OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Mirza Karim. Mohlaroyim (qissa)
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMirza Karim
Asar nomiMohlaroyim (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Mirza Karim
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm79KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/11/30
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
«Шарқ юлдузи» журнали, 1992 йил, 11-сон


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Mohlaroyim (qissa)
Mirza Karim

Mohlaroyim

Yozuvchi va publitsist Mirza Karim koʻhna adabiyotimizning yorqin yulduzlaridan biri boʻlmish Mohlaroyim (Nodira) haqida tavalludining 200 yilligi arafasida kitob yozib tugatdi. Quyida shu kitobdan olingan, shoira hayotining baьzi qirralari yoritilgan lavhalar bilan tanishasiz.

Olam Etagi

Saratonning bir tutam tunida koʻzing ilinmasidanoq tong yorishadi. Mohlaroyim xobgohining yon tomonidagi derazadan oppoq nur oʻynoqlayotganini koʻrdi-yu, oʻrnidan turishga oshiqdi. Ammo, vujudida anchadan buyon bahr toʻlqiniday toʻlib-toshgan istaklari ushalganidanmi yoinki, olampanohining suhbatlariyu qaynoq quchoqlaridan uzil-gisi kelmasdi. U yana vujudida horgʻinlik sezdi, soniyan oppoq parday uchishga ham shay edi. Mohlaroyim oʻrnidan turmak niyatida nozik qoʻllarini olmoqchi edi, yostiqdoshining uzun va tim qora soqoli yuziga tegib, badanida chumoli yugurgilagandek boʻldi. Qizargan badanini berkitdi, sekin oʻgirilib munsak va tunbonini kiydi, zarkovushini oyogʻiga ilib, obrez tomon yurdi. Bugun uning uchun olam yanada koʻhli va munavvar, boqiy va muqaddas edi. Ana shu boqiylik Mohlaroyimga dalda berar, yor va diyor haqidagi nekbin oʻylariga jon bagʻishlardi. Tunov kungi majlislarning birida gʻijjakchi Otaxon Hoʻqandiy «Kel dahrni imtihon etib ket» matlai bilan boshlanadigan gʻazalni shunday kuyga solib xonish qildiki, oʻz-oʻzingdan sel boʻlmay ilojing yoʻq edi. Bir tomonda olampanoh koʻzlarini yumgancha boshini tebratar, goʻyo aql-hushini hofizning xonishiyu shoiraning soʻzlari olib qoʻygandek edi.

Mohlaroyim Jahon otin bilan chekkaroqda, saltanat arboblariga yaqin maxsus xonada oʻtirarkan, koʻzlaridagi yosh tomchilari"dur singari toʻkilay-toʻkilay deganday omonat turardi. Gʻazalning qilichday keskirligini yana b,ir bor his etgan, mana shu his uni yana ijod etishga undardi. Qaddi biroz tik, yoshi ulugʻ, lokin husnda har qanday nozanin bilan bas boylasha oladigan Jahon otin ham chuqur oʻylarning girdobiga botgancha xayol surar, chamasi ana shu qa-rashlarining oʻzi bilan Mohlaroyimga tan bermoqda edi. Yoʻq, Mohlaroyim oʻzini yuqori tutmadi, salgina jilmaydi, atrofini majlis ahlining sharaflovchi ovozlari tutdi. Mohlaroyim buni gʻijjakchi Otaxon Hoʻqandiy sha’ni deya xayol etdi, ammo xonanda soʻz sarvariga ta’zim etganida ikki yuzi loladek qizardi-yu, bosh egib qoʻya qoldi. Uning bu takallufi oʻzbek ayolining adabi, kamolotidan darak berar, qolaversa, shunday dabdabali davralarda oʻzini ham mayin, ham muloyim, ham erkin tutar, oʻz navbatida bu ayrim koʻngli yarim odamlarning dilini oʻrtab yuborardi. Ilgari bunday anjumanlarga zaifalar taklif etilmavdi. Endi esa zamon oʻzgarib, goʻyo dunyo gʻildiragi ters aylanayotganday, mana shunday qutlugʻ davralarda ojizalar ishtirok etishadi, tap tortmay suhbatga qoʻshilishadi, yo atayin, kazo-kazolarning soʻzini boʻlishadi. Bu ham mayli, ochiq yuz bilan qalam qoshini, qora koʻzini, qomatini koʻzguga solganday mushoaralarda ishtirok etishadi. Ayrim koʻngli egri odamlar qiyofasini oʻzgartirib oʻzini mamnun namoyish etmoqchi boʻladilar-u, lekin olampanohning koʻnglini ovlash maqsadida qoʻl qovushtirib «Siz, haqsiz» deganday bosh egadilar.

Mohlaroyim majlisu mushoaralarni mushtoqlik va intizorlik bilan kutar, olampanohning saltanat tashvishlaridan xoli, amiru umarolari orasida erkin boʻlishini ayni mana shu majlis ahli uchun xayolini jamlab, dilida roʻy bergan oʻzgarishlar, sogʻinishlar xususida qogʻoz qoralashini va «Amiriy» taxallusi bilan oshiqona gʻazallar bitishini yaxshi koʻradi. Alalxusus, shoiraning fikri joyizicha, gʻazal bitilgan xonadonga xizr nigoh tashlab oʻtarmish. Mohlaroyim oʻz xonadonini ham, saltanatini ham hamisha ana shu nigoh ostida boʻlishini qumsaydi, har kuni sahar-mardondan tilovat qiladi. U el-ulusning ezgu niyatini bajo keltirish orzusida. Bu orzuning qanot qoqishi bir tomondan sohibqironning ma’qullashiga bogʻliq, hozircha Mohlaroyim madad olayotir. Xuddi mana shu madad, el nazarida, Mohlaroyim hurmatini baland etayotir. Buning ustiga u Jahon otinsiz oʻzini yolgʻiz his etadi. Negaki, u yaqin oʻn yillik qadrdon, sirdosh, murabbiy. Buning ustiga Jahon otin kelinchakning qirqi chiqmayoq xonadonga tashrif buyurgan. Mohlaroyimning esida, kelinlikning dastlabki kunlari Margʻilon negadir uning uchun begonadek tuyulaverdi, Andijonni, toʻptosh oʻynagan bolalik damlarini, lola Tergan Xokan adirlarini oʻy-layverdi, chehrasiga sogʻinch hislari tepchib chiqdi, buni panjshanba kunimi, tungi tahorat olish oldidan Umarbek payqab qoldi, erkaladi, quchdi, koʻnglida uygʻongan hadikmi, qoʻrqinchmn, hammasini birma-bir soʻzlab berishni iltifot ila soʻradi. Toʻgʻrisi, Mohlaroyim kuyovtoʻraning quchogʻida choʻgʻ boʻldi, nima deyishini bilolmadi va bazoʻr Hafiza otinni tilga oldi. Umarbek ojizasining qalbida gʻazal dardi yonib, tobora alanga olayotganligini tushunib yetdi, mamnun boʻlganidan yorining peshonasidagi patila sochlarini qayirib oʻpdi, soʻng mehr bilan bagʻriga bosdi. Bekning otash bagʻridan Mohlaroyim chiqqisi kelmasdi. Umarbekning xayolida nimadir uygʻondi sheky\pli, sekin oʻrnidan turib xobgohdan tashqariga yoʻnaldi. Xonadonning oʻng to-monidagi eshik uning kitobxrnasi edi. Bu yerda garchi kam boʻlsa-da, Navoiy, Fuzuliy, Yassaviy asarlarini oʻqyr, oʻzi tazkiralarga ishtiyoqmand, nomi xayoldan koʻtarilsa-da, gʻazali dilning chuqur joyidan oʻrin oladigan shoirlarning bayozlarini koʻp mu-tolaa qilardi. Hozir u bu yerga bejiz chiqmagandi. Toʻy-tomosha boʻlibdiki, Umarbek beklik ishlari bilan band.

Mohlaroyim esa kelinlik chillasidan sarmast. Umarbek qoralagan qogʻozlarni birma-bir izlab topdi va koʻz yugurtirdi, ayrimlariga koʻz tashlab kulimsiradi. Shu mahal Umarbekni qizgʻanganday ostonada Mohlaroyim koʻrindi. Yana ixlos va havas bilan bagʻriga bosdi, soniyan qogʻozni qoʻliga olib, gʻazalni toʻlib-toshib oʻqishga tushdi. Mohlaroyim bu gal bagʻriga olgandan ham boshqacha ta’sir ogʻushida toʻlgʻonardi. Umarbek qilich bilan mashgʻul boʻlgan bekgina emas, uning qoʻlida qalam ham yayrab yozarkan, Hammasidan «Amiriy» deb gʻazal maqtasini tugatishlari jozibali edi. Shu-shu Umarbek vaqti boʻlganda Mohlaroyim bilan saboq qilishni yoʻlga qoʻydi, lekin bu mashgʻulot uzoq choʻzilmadi. Umarbek beklik yumushlari bilan boʻlib, margʻilonlik shoira Jahon otin — Uvaysiyga odam yubordi. Jahon otin beklik dargo-higa qeldi-yu, Mohlaroyim bilan biri koʻz, biri qosh boʻlib qoldi.

Mohlaroyim zarrin sochiqlarga artinib, patila sochlarini toʻgʻriladi. Pardozxona-da mashshota mushklardan: boʻyinlariga, quloqlarining ortlariga surtdi, sohibqironi tuxov kuni maqtagan oʻrik guli yangligʻ koʻylagini havasmand kiydi va yana xobgoh sari yurdi. Koʻzining nuri, dilining malhami, umrining yoʻldoshi, olampanoh Umarxon bu gal Mohlaroyimning oʻrnida gʻoyat xushsuvrat uxlardi. Shunday boʻlsa-da, Mohlaroyim shohi koʻrpachani sekin surib, sohibqironning yelkasini oʻrab qoʻydi-da, bamdod namozini oʻqishga oshiqdi. U yana orqasiga oʻgirilib mehmonxona yonidagi eshikni ochdi-da, ilgichdagi barqut joynamozni olib, yuzini qiblaga oʻgirdi. Mohlaroyim oyoq sharpasini eshitdi-yu, e’tibor bermadi. «Assalomu alaykum va rahmatullo» deb ham oʻngga, ham soʻlga burilgan paytda Olima otinga koʻzi tushdi, u goʻyo bemavrid kirganidan xijolatda edi. Mohlaroyim bamdod namozidan soʻng tilovat qilib, joynamozini yigʻishtirib, oʻrnidan turganda qushday yengil edi. Olima otin peshvoz chiqdi, koʻlini koʻksiga qoʻyib, ta’zim bajo keltirdi-da: «Jahon otin tashrif buyurmishlar», dedi Mohlaroyimga qarata. Mohdaroyim mana shunday dili ravshan damlarda Jahon otinni koʻrsa yayrab ketar, shu kuni saharmardondan shomgacha ayrilgisi kelmas, oʻqigan bayoziyu qoralagan gʻazaligacha birma-bir bayon etar, gohida Jahon otinni yoniga olib turli qurilishlarning borishini oʻz koʻzlari bilan koʻrmak niyatida shaharning turli dahalariga boshlardi...

Mohlaroyim Jahon otinning yoʻqlaganini eshitiboq, xonadan chiqdi va odimini tezlashtirdi. U yoʻl-yoʻlakay roʻmolini toʻgʻrilagan boʻldi. Mehmonxona poygagida nazokat ila oʻltirgan Jahon otinga koʻzi tushdi-yu, yashnab ketdi.
— Xush kelibsiz Jahon bibi, qadamlariga hasanot, — Mohlaroyimning qarashlariyu soʻzlaridan kelinlik davridagi iltijo, mayinlik va tavoze namoyon edi.
— Sizning husnu jamolingizu shirin kalomingizsiz tura olarmidim, oyim! — Jahon otin iltifot ila javob qaytardi.
— Lokin oina yuziga chang oʻrnashganday emasmi? Yo men adashdimmi?

Jahon otin Mohlaroyymning sezgirligiga tong qoldi. Mohlaroyim intizorlik bilan yana soʻradi.
— Bu koʻzlarni miskin etgan kim boʻldi? Menga yorilmasangiz kimga aytasiz dar-dingizni, bibi!

Jahon otin saharmardondan bostirib kirganiga oʻzini ming qatla koyidi, shunday boʻlsa-da, Mohlaroyimning savoliga sekin javob berdi.
— Kecha hujramga kech borib edim. Ne koʻz bilan koʻrayin, darvoza ochiq. Qulf buzilgan. Kimga nima kerak boʻldiykin, deb xonaga otildim. Qarang, oyim, dilim hamrohi — tanburimni ham koʻp koʻribdilar. Axir, toliblarimga ilmi musiqiydan saboq berardim. Tuni bilan faryod chekdim. Men yigʻlamay kim yigʻlasin.

Jahon otinning oʻrtanib yonishlari Mohlaroyimning bagʻrini tilib oʻtdi, haligina shodmon boʻlgan koʻngli ustiga tuz sepilganday boʻldi, Mohlaroyimga ham qiyin, hozir koʻnglini koʻtarayin desa, oʻzining qoʻli qisqa, Jahon otindek mumtoz shoira, murabbiya va buning ustiga dono ayolga kim ozor berdi? Mohlaroyim chuqur oʻylar, oʻylagan sari turli saboq kelaverardi. Oxiri fikrini jamlab, sekingina javob berdi.
— Meni avf etgaysiz, bibi! Xonadoningizga kirgan nobakorlar topilur! Oʻzingizni oʻksitmang. Bu dunyoda yaxshidan koʻra, gumrohlik urugʻini sochayotgan kimsalar ustundir. Lokin undaylarning kosasi oqarmas. Siz bilan bizning xojamiz bor ekan, alalxusus, aytganimiz ayon boʻlgusidir.
— Siz meni avf eting, oyim!
— Hechqisi yoʻq, bibi! Sizni koʻrib shodlandim. Nonushta qilaylik, madrasadan xabar olmoqchiydim. Birgalashib boramiz.

Olima otin shu orada dasturxon yozdi, noz-ne’matlarni birma-bir qoʻyib chiqdi. Mohlaroyim issiq patirnonni ushatarkan, chehrasida tabassum oʻynaganini sezdi. Hozirgina oʻzini ezayotgan gʻam yukidan forigʻ boʻldi. Soʻng kecha dilining bir chetiga tugib qoʻygan fikrini ayta boshladi.
— Sarimozor dahasidagi Hoji otinning mehmoni boʻlgandim. Tolibalarni koʻrib hayron qoldim. Qizlar emas, naq bulbulning oʻzi deysiz. Kelini ham she’rga koʻp xushta’b ekan. Dilshod Barno...
— Dilshod Barno, — qiziqib soʻradi Mohlaroyim. Soʻng eslay olmadi shekilli, sekin boshini qimirlatdi.
— Sizga ixlosi baland erur. Bir gʻazalini oʻqib berdi. Oʻratepadan kelib qolibdi. Bandi qilingan ekan.
— Yoʻgʻ-ey... — hayratlandi Mohlaroyim.
— Oʻz tilidan eshitdim. Aytmoqchimanki, oʻsha muhojirlik damlarini' qogʻozga tushira boshlabdi.
— Dilshod Barno dedingizmi? Haramga chorlasakmi?
— Bilmadim.
— Nega?
— Olampanoh huzurlarida she’r oʻqib, qahrlariga uchragan emishlar.
— Gap bu yoqda deng. Saltanat doirasida boʻlmagan odam oʻzini begona hisoblayveradi. Boʻlmasa, Gulxaniy, Maxmurdek allomalar oʻzlarini chetga olisharmidi. Yo hajv kuchi oʻtmaslashib qolishiga aqllari yetsa kerak-da. Dilshodingiz ham oʻsha toifadan... Sezdim, sezdim, oʻsha toifadan...
— Lokin gʻazallari bagʻoyat goʻzal. Shirali. Mana, nima deb yozibdi shoira: «Oʻrdadan chiqqach, ikki yil keyin fahm etdimki, u yerda Fargʻona mulkining malikasi, she’riyat va tarona shavq-zavqining sohibi, ya’ni davr Nodirasi va zamonasi koʻzga koʻringan shoirasi hayot ekanlar, koʻrishga koʻp harakat qildim, ammo muyassar boʻlmadim:

Tong mahal chikdi haramdin turfa moh,
She’riyat tojini kiygan podshoh.
Taьzim etdik ehtiromi nazmigʻa,
Loyiq aylab anga hurmat izzu joh,
— Kim? — dedim, — Nodira, — dedilar ani
Yonida Vasiy turur olampanoh.
Har biri ming shoira oʻrnidadir,
Ikkovi birla toʻlur, har borgoh.

Jahon otin koʻzini qogʻozdan oldi-da, sukut saqladi.
— Oʻqing, oʻqing, davom eting, bibi, — dedi Mohlaroyim xayol daryosida choʻmgan oʻylarini jamlab. — Qanday gʻazal-a, oʻqing, bibi.

Jahon otin davom etdi:

— Bir anor vasfi uchun ming ofarin,
Deb malika bir menga qildi nigoh.
Shu bilan yetti boshim to osmon,
Qolabimga toʻldi lik mehri giyoh.
Davrasida oʻlturib Dilshod edim,
Ayriliq etdi mani holim taboh.

Mohlaroyim bir soniya tong qotib qoldi. Bu soʻzlarda quruq maqtov, avrashu aldash iuk, aksincha xush tavoze, samimiyatu e’tirof etishdek ma’nili ma’nolar yashiringan edi. Ama shu sirli, sehrli soʻzlar nainki Mohlaroyimni, balki Jahon otinni ham band etgan, u ham oʻzi oʻqigan gʻazaldan lol, bemajol edi. Hoʻqand saltanatida oʻzini shoir deb sanagan kazo-kazolar safining karvonboshilaridan biri atalishiga arzirli Dilshod Barnoga tahsin oʻqimasdan iloji yoʻq edi. Mohlaroyim buni tushunib yetdi, u ham Dilshod Barno bilan uchrashishni diliga tugdi...

Jahon otin bir burda patir nonni qoʻliga olib, zar yugurtirilgan piyoladagi choydan hoʻplarkan, xayolida hamon oʻzini koyir, arzimagan tanbur uchun Mohlaroyimga yumush orttirdimmikin, deganday besaranjom koʻrinardi. Lokin, xayolining yana bir chetida Mohlaroyimni koʻklarga koʻtargan, Hoʻqand viloyati malikasi deya chin koʻngil va vijdon amri ila kuylayotgan Dilshod Barnodek yana bir gʻazalnavis topilganidan, vaqti-soati bilan koʻrishish niyatida boʻlganidan Jahon otinning boshi osmonda edi. Nega boshi osmonga yetmasin. Mohlaroyimning quvonchi — uning quvonchi. Gar afsus va nadomat chekkuday boʻlsa Jahon otinga oʻn chandon ogʻir. Avvaldan turmush tashvishlari uni kunma-kun ezib turibdi. Umrining guli va hamrohi Hojixonning foniy dunyodan boqiy dunyoga safar etganiga yaqin sakkiz yil boʻlyapti. U, qolaversa, umr yoʻldoshiga sadoqatini saqladi, uni buzgisi ham yoʻq.

Axir toʻngʻichi Muhammadxon, Quyoshxon boʻy choʻzib kelyapti. Jahon otin umrining, orzu-umidining davomini ana shu farzandlari-da koʻrish niyatida. Mana shu niyatgina uning qaddini egmay turibdi. Buning ustiga Muhammadxon Majnun taxallusi ila bitgan gʻazallarini oʻqiganda entikib qoʻyishlari bir oʻzigagina ayon. Qizi gʻazallarni mushtoq va ishtiyoq bilan oʻqiydi, hatto xattotlik bilan shugʻullanadi. Demak, Jahon otinning ertasi yorqin, nurafshon. Yana kim bilsin deysiz?..

Bir gala oʻy Jahon otinni oʻz girdobiga tortganini Mohlaroyim his etardi. Mohlaroyim ana shu his — sezgining quli edi, unga har qancha va hamisha qullik zanjirida boʻlishga shay edi. Negaki, olam besabot va bebaqo! Har bir odam, alalxusus ijodkor sezgi va sevgi bilangina tirik. Qoʻyib bersa odamning oʻzi eng kichik zarra, lokin ana shu zarrada aql va imon ustivor. Bu ustivorlik besh kunlik dunyoni shodu xurramlik bilan oʻtkazishga, ezgu ishlar qilishga undaydi, qolaversa erk tigʻining nozik pallala-rida qaynashdan ham toymaydi...

Mohlaroyim ana shunday ezgu yumush bilan band. Yon-atrofida, davrada va boringki, Hoʻqand saltanatida xayrli ishlarga qoʻl urgan kishilarni ardoqlayapti, qoʻlidan kelgan yaxshilik urugʻini sepishga intilyapti. Nojoizliklarni koʻrganda, eshitgan damlarda Mohlaroyim kun boʻyi tund, besaranjom yuradi, ba’zan yuragiga qil sigʻmaydi. Shunda Mohlaroyim qayerdadir bir gala gʻalamis qilichini qayrayotganini, saltanatga koʻz olaytirayotganini, koʻnglining mulki va olampanoh Umarxonga tahdid qilayotganini anglaydi. Mohlaroyim shu zahoti harir gullik koʻylagining yoqasini xiyol ochib, koʻksiga tuflab qoʻyadi: «Oʻzidan kelib, oʻziga ketsin», degan salovatni uch-toʻrt bor qaytaradi, shundan soʻnggina koʻngli bir oz taskin topadi.

Shu soniya ostonada Olima otin koʻrinish berdi-yu, soʻz qotib Jahon otin bilan Mohlaroyimning shirin oʻylarini toʻzgʻitishga xalaqit etadiganday birpas sukut saqladi-da, jur’atsizlik bilan:
— Mulozimlar aytdilarki, olampanoh yoʻqlamishlar!

Mohlaroyim etaklarini yigʻishtirib, sekin oʻrnidan turdi-da, birrov xabar olishga izn soʻragansimon Jahon otinga oʻgirildi. Soniyan ostonadan oʻtib odimini tezlashtirdi. Mohlaroyim xonai xosga kirganida mulozimlar olampanohni kiyintirib boʻlishgan, yangi bir buyruq, imo-ishorani ehtirom bilan kutib turishardi. Mulozimlar Mohlaroyimni koʻriboq, ta’zim bajo etishdi, soʻng oʻzlarini chetga olmak niyatida orqasi bilan yurib tashqariga chiqdilar. Olampanoh qop-qora, qalin soqollarini silagancha tiyrak koʻzlarini Mohlaroyimga tikdi, bu iboli, iltijoli qarashida faqat ikkovi uchun sir yashirinligi oʻz-oʻzidan ayon edi. Mohlaroyim beixtiyor olampa-nohning roʻparasida toʻxtadi. Olampanoh ayni nozli chehrani sogʻinganday bagʻriga olib uzoq bosdi.
— Qoʻyingiz, nomahramlar nima deyishadi! Olampanohimiz aynib qolibdi degan oʻy-xayollarga bormaydimi? Keyin, keyin...
— Koʻrishsin, mayli butun Hoʻqand ahli koʻrishsin. Rozimen.
— Voy anavilarni...

Mohlaroyim noz bilan issiq bagʻridan chiqdi va chekkaroqqa oʻtdi. Hozir ana shu issiq bagʻrida uzoq erakalangisi, qop-qora soqolining tikanlariga oppoq yuzlarini oʻynatgisi kelardi, lekin, yoyilib qolgan oftob nurlari xon va malikaning xatti-harakatidan ogoh boʻladiganday edi. Mohlaroyim olampanohning qoni mana shunday gupurib turgan mahalda dilini yoradi. Olampanoh issiq bagʻirning nash’asidanmi, ishvali koʻzlarning nigohidanmi karaxt boʻlganday, la’l qadalgan sallali boshini sekin-sekin qimirlatib, ado etishga rizolik byoradi. Mohlaroyim hozir ana shu daqiqaning etagini qoʻldan chiqarmaslik maqsadida edi.
— Begim, Jahon bibim tashrif buyurgan edilar, anchayin xomushlar...
— Sabab? — olampanoh qoshini chimirib, Mohlaroyimning soʻzini boʻldi.
— Hujrasidan tanburi oʻgʻirlanganmish...
— Kim...
— Shuni bilolmay garangmiz, begim!
— Malikamizning murabbiyalari hujrasiga kiradigan badbaxtning chotini yirib tashlangay!

Mohlaroyim olampanoh ogʻziga olgan xunuk soʻzdan yerga qaradi-yu, lokin alam va dard bilan aytilgan, erta-indin u nokasning topilishi muqarrar ekani ta’kidlanganidan quvondi. Hozir chiqiboq, Jahon otinni quvontiradi, quvontiradigina emas, erta-indin tanburini qaytarib berdiradi-yu, yana avvalgiday oʻzini lol etgan «Munojot»mi, «Tanovor»mi, istagan kuyini chaldirib, rohatlanadi, lazzatlanadi. Mohlaroyim shu bilangina chegaralansa boʻlardi, ittifoqo ingirchoqlik Xosiyat kampirning arzi hamon yechilmayotganini esladi. Ana shu onaning koʻzyoshlari haqqi, farzandining yoʻliga nigoron orzu-umidlari haqqi hozir aytishi kerak, ha, hozir!
— Begim... — Mohlaroyim olampanoh oldida va umrining yoʻldoshi oldida tas-rayib turgisi kelmadimi boshini xiyol egdi. Lekin Mohlaroyim bir muddat sukut saqlab turdi.
— Soʻzlangiz... — olampanoh betoqatlik bilan soʻradi.
— Avval sizdan oʻtinib soʻragan edim, ingirchoqlik Xosiyat kampirning qizi hususida...
— Ingirchoqlik...
— Ha, yakkayu yolgʻiz qizalogʻini oʻgʻirlab ketishganmish. Hatto haramga olib ketilgan degan mish-mish yuribdi. Oʻsha kuygan onaizor haqqi qizining topilishini oʻzingiz qoʻllamasangiz...
— Ingirchoqdan dedingizmi?
— Ha, ha, — Mohlaroyim hozirning oʻzida topilib qoladiganday sevinardi. Olampanoh Umarxon sevgilisi Mohlaroyimning iltijo ila aytgan iltimoslarini yerda qoʻymas, ado etishga va’da bersa yerning ostidan boʻlsa ham qidirtirar va topilgach, sevgilisining chehrasida jilva qilgan kuldirgichlaridan oʻpib qoʻyguvchi edi.

Toʻgʻri, Mohlaroyim oldida gʻoyat yuvosh va mayin koʻringan Umarxon saltanatda, saroyda, jang maydoniyu va hatto sayr-sayohatda butunlay oʻzga holatda boʻlar, buni oʻzicha tabiiy hisoblar va shunday boʻlishini istardi. Negaki, u birgina Mohlaroyimning oshigʻigmma emas, balki butun Hoʻqand saltanatining otasi! Uning dasti uzun — xohlasa qirqadm, yuhlasa uzaytiradi va ayni paytda xumga avaylab chogʻir quyilgandek, olampa-nohming miyasida ham jaholat urugʻi koʻpayaveradi. Oʻzining fahmicha, saltanat mayinlik, ibolikni emas, balki qilichdek keskirlik va qattiqqoʻllikni yoqtiradi. Hozir ingirchoqlik qiz haqida eshitdi-yu, chuqur xayolga toldi. Oʻylab-oʻylab eslolmadi, keyin birdan nimadir yodiga tushdi. Eh-ha, oʻsha emasmikin? Quvasoy atrofida edi shekilli. Yoʻq, oʻshanda chodirning burchagiga ikki arvoh kapalak qoʻngandiyu butun orzu-umidlari puchga chiqqandi. Aniq kuni esida yoʻq, vaziri kalonning: «Haligi parini singlingiz choʻrilikka sinash umididadirlar», deganini eshitdi-yu, ustma-ust chogʻir ichib, dunyo ishlaridan koʻnglini uzgan olampanoh kim haqida, nima deyayotganligini ham unutib «Buyuringiz!» degandi.

Podshohi a’zamning oʻylab-oʻylamay bergan buyrugʻi oʻsha zahoti ado etilishi muqarrar. Bu ming yillab oʻzgarmay kelayotgan udum.

Hozir roʻpara turgan saltanat malikasi yoxud beozor ma’shuqasi soʻroviga nima deb javob bersin?! Toʻgʻrisi, Mohlaroyim oldida yolgʻon gapirishga botinolmas, bunga tili ham kelmas, ayni mahalda oʻrgaimagan ham edi. Shu xislat ustun keldimi va nihoyat dildan yorilishni farz deb bildimi, ishqilib, olampanoh Umarxon dedi:
— Shahrixonga chopar yuboringiz. Hoji toʻra xonadonida boʻlsa ajab ermas.

Bu gaplarni eshitib Mohlaroyimning hayrati oshdi, toʻgʻrisi qulogʻigacha qizarib ketdi. Goʻyo yostiqdoshini harom-harish joyda qoʻlga tushirgan-u, hozir ustiga ustak dakki berayotganga oʻxshardi.
— Shahrixon... Qiziq... Ingirchoqlik qiz nima qiladi u makonda. Olampanoh qovogʻini uydi.
— Saltanat atrofida necha ming yugurdak borligidan bexabarmusiz. Illo biladi, ne maqsadda oʻgʻirlashgani-yu, uni Shahrixon sari eltishganini... Nihoyat singlim choʻrilikka soʻrattirgan ekan, buyurib edim.
— Qulluq... — Mohlaroyimning chin dildan aytayotgan tashakkuri allaqanday ta’naga oʻxshardi.

...Olampanoh kaftini bir-biriga urdi, ostonada shay turgan ikki mulozim qoʻl qovushtirib koʻrinish berdi. Soʻng olampanohning imosi bilan huzuriga oshiqdi.
— Sizlarga ikki kunlik muhlat berurmen. Malikangizning izmida boʻlasizlar. — Soʻng olampanoh Mohlaroyimga oʻgirildi. — Bugun yoʻl tadorigini koʻrishsinmi?
— Ixtiyoringiz...

Olampanoh «gap tamom» deganday shaxdam odimlar bilan chiqib ketdi. Mulozimlar Mohlaroyim qarshisida nima qilarini bilmay jovdiragancha turishardi. Mohlaroyim avval Ingirchoqqa chopar yuborib, Xosiyat kampirni tinchitish zaruriyatini oʻyladi-da: «Sizlar boraveringyzlar, keragida yoʻqlaturmen», deb ruxsat berdi. Mulozimlar ozod etilgan qushday yengil chiqishar ekan, Mohlaroyim tanasida ogʻriq turganday tuyuldi. Bu qachonlardan beri aytolmagan va aytishga istihola etgan muhabbat ogʻrigʻi edi! Bu ogʻriq qachonlardan beri aks sado berar edi-yu, hozirgidek yuragiga xanjar yangligʻ qadalmagandi. Umrining yoʻldoshi sayru sayohat va shikor bahonasida diliga xush keladigan yumushlarni uyalmay-netmay soʻzlab oʻtiribdi-ya. Ayol qalbini nimta-nimta qilmaydimi bu!

Mohlaroyim yana Jannat kampirga bagʻrini ochibdi-ya. Axir oʻsha jodugarning erkasi olampanohning toza toʻshagida yumalashga rozi boʻlgandir-da! Yoʻq, bunday yengil tabiat qizlarni parchalab tashlashga qodir Mohlaroyim. Keyin yana bir zum oʻyga toldi. «Nimalar dedim men! Axir onaizorning yigʻlashi dunyoning agʻdar-toʻntariga teng emasmi?! Koʻrib-bilib va hatto suhbat qurmay odamning ichidagisini bilib boʻlarkanmi? Ehtimol ingirchoqlik qiz butunlay begonadir».

Mohlaroyim ba’zi oʻylaridan qizgʻanib, ba’zilaridan esa bezib oʻzini avaylagan boʻldi-da, hech narsa roʻy bermaganday Jahon otin oʻtirgan xonaga kirdi. Soʻng hayallab qolganidan duv qizarib uzr soʻradi. Jahon otin bundan xijolat tortdi va «Ayta oldingizmi, oyim» degandek koʻzlarini pirpiratdi.
— Bezovta boʻlmangiz, bibi, hammasi oʻz oʻrnida boʻlur...
— Hudoga ming qatla shukur-ey...
— Ammo topilganda qarzdorligingizni unutmassiz deb oʻylayman.
— Aytganingiz boʻlur, oyim.
— Fahmlagan odamdan ming oʻrgilsang arziydi. Sizning «Tanovor»ingizni, «Munojotiingizni shunday sogʻindim...

Mohlaroyimning ham dili yorishdi. Oʻgʻirlangan tanbur topilgunga qadar qanoat qila olmadi, Olima otinni tanbur olib chiqishga buyurdi. Jahon otinning kayfiyati yaxshi edimi, yoinki, Mohlaroyim davrasida shunday boʻlmadimi, haytovur oʻzi ham erib ketdi. Olima otin olib chiqqan tanburning u yoq-bu yogʻini koʻrdi-da, sozlashga tushdi. Soʻng oʻngʻay oʻtirdi-da, torlarni cherta boshladi. Hozirgina sovuq, nimjon simlar goʻyo tilgan kirib oʻtmishning adamli damlarini shundoq koʻz oʻngingda aks ettirar, ana shu kunlar, onlar davridan omon kelayotgan qoʻshiq, gʻazal va soʻzni ulugʻlardi. Bu hikoyalar ma’nili, maqsadli va shuning barobarida bir xazina edi. Ana shu xazina hozir birgina Jahon otinning qoʻlida jaranglar, goʻyo oltin sandiq ochilgan-u, undan noyob buyumlarni birma-bir ulashayotganday tuyulardi. Jahon otin ana shu xazinani ulashayotganidan mamnun va masrur edi.

Yangrayotgan sado ayni damda Mohlaroyimni goh oʻtmish salaflari huzuriga yetaklar, ularning gʻam toʻla koʻzlarida dardli munojotni uqayotganday boʻlardi. Shu bilan birga oʻzining baxtiyor onlarini ham eslardi. Toʻgʻrisi, baxtli onlari bisyor, alalxusus, gul tikansiz boʻlmaganidek, ba’zan-tba’zan mushkul xayolot — dard, musibat ham oʻz nomasini taqdim etardi. El-ulus dardi uchun qalqon boʻlishga intilgan Mohlaroyimning koʻksiga turli-tuman nayzalar tez-tez sanchilgudek, qoʻyib bersa qalbini tilka-pora qilgudek edi. Vaholanki, saltanat olampanohi ana shu nayzalarning uchini qayirib turar, zero Mohlaroyim buni yaxshi bilar va qadriga yetardi.

Sado tingach, Mohlaroyimning ham, Jahon otinning ham yelkasidan tegirmon toshi sidirilib tushgandayg boʻldi. Ogʻir tin olish bilan oʻsha dard birdan yengil tortdi, shu tobning oʻzida ikkovi ham parday parvoz qilishga shay turardi.

Mohlaroyim Jahon otinning bezovtalanayotganini sezib, Olima otinni chorladi-da, dasturxonni yigʻishtirishga buyurdi. Uch-toʻrt xodima dasturxondagi noz-ne’matlarni olaboshladilar. Soʻng Jahon otin uzoq duo oʻqidi, ular birin-ketin oʻrinlaridan turdilar.
— Men boray, oyim! — Jahon otin tovushida oʻkinch ohangi kuchliroq tuyuldi.
— Voy, vo-oy, bibim, hali kelishgan edik-ku! Yana yolgʻiz tashlab ketmoqchimisiz?
— Olima otin-chi?
— Hozir Ingirchoqqa yoʻl oladir. Bir onaxonning arzi yuzasidan. — Mohlaroyim atayin Xosiyat kampiru uning parivash qizi xususida toʻxtalmadi. — Shunga oʻzingiz yonimda boʻlasiz.
— Jonim bilan.

Mohlaroyim Olima otinni huzuriga chorlab qulogʻiga nimalarnidir quydi-da, zudlik bilan xabar yetkazishni soʻradi. Qaddi biroz tik, boʻyniga oppoq roʻmol tashlagan Olima otin bekasining soʻzini tez-tez ilgʻab «aytganingiz boʻladur» deganday bosh silkidi. Soʻng oshigʻich ortga qayrildi. Mohlaroyim esa Jahon otin bilan Hoʻqand koʻchalari tomon yoʻl oldi.

Hoʻqandliklar bu ikki ayolni yaxshi bilar, maboda yoʻlida uchratib qolsa, bir zum toʻxtab, hurmatini joyiga qoʻyishardi. Ana shunday paytlarda ayrim chorikor, kosib, duradgor, taqachi, umuman ahli fuqaro bir nima demoqchidek jovdiragancha bosh egib turishardi. Bunday onlarda Mohlaroyim darrov toʻxtab, ular arzini tinglar va shu zahoti xulosa chiqarardi.

Mohlaroyim hozir Jahon detin bilan yoʻd tanlab, terak va tollar soyasi boʻylab sekin borarkan, odamlarning salomiga alik olardi. Zero, kattayu kichik gʻoyat aziz sanar, ana shu nomning oʻzidan beadad faxrlanar edi. Axir uning gʻazallari hofizlar ijrosida pastqam-pastqam hujralargacha yetib borgan, ayni paytda Hoʻqandning mashhur qogʻozuga qayta-qayta zeb berilib, koʻchirilib, qoʻshni saltanat va yurt tomon uchirma qilinayotgandi. Va oʻz oʻrnida Nodira el-ulusning malikasi, onasi hamda qizi edi. Bu bilan Nodira faxrlanardi, faxrlanishga haq-huquqi ham bor edi.

Mohlaroyim Jahon otin bilan qurilayotgan yangi madrasa tomon burilishdi. Ostona hatlashlari hamono bugun bu yerga shayxulislom Ma’sumxon toʻra ham qadam ranjida qilganligini eshitib, behad sevinishdi. Chunki shayxulislom Ma’sumxon toʻra Hoʻqandning yorugʻ yulduzlaridan biri. Bu zot olampanoh Amir Umarxon kengashlarida koʻp boʻlar, ollohning inoyati ila yaxshiliklar qilishni buyurar, oʻzga yurt, el-ulus ustiga hujum qilishni, bejiz qon toʻkilishini qoralardi. Shayxulislomning oʻgitlari gʻoyat bama’ni va magʻizli edi, afsuski, yuksak martabada oʻtirib, oyoq ostini koʻrishga iy-mangan, choh qazish ilinjida payt poylagan va buning uddasidan chiqishga qiynalayotgan fe’li egrilar olampanohni boshqa yoʻl sari burib yuborishga oshiqardilar, shayxul-islomning otalik oʻgitlari, yoʻl-yoʻriqlarini eshitmaslikka undardilar yoki undan boshqacha bir ma’no yoʻyishga urinardilar. «Haq» soʻzini tildan tushirmagan shayxulis-lom Ma’sumxon toʻra egri yoʻl asqotmasligini, baribir egriligicha qolishini aytardi-ki, bu pisandadan ayrim fe’li egrilarning dami ichiga tushib ketardi.

Shayxulislom Ma’sumxon toʻra Mohlaroyimni anchadan beri koʻrmagan, uning shirin kalomini tinglashga musharraf boʻlishni orzulab yurgan edi. Buning ustiga Jahon otin, ya’ni Uvaysiy ham birga edi, ularni yonma-yon koʻrganda, darrov opa-singillari koʻz oldiga kelaverardi. Mohlaroyim Ma’sumxon toʻrani koʻriboq shayxulislom tomon uch-toʻrt odim yurdi va ibo bilan egilib salomlashdi. Jahon otin ham ayni harakatni takrorladi.
— Barakallo, malika kelin! Barakallo, Jahon otin, — dedi shayxulislom qiroat bilan. — Umrlaringiz uzun, yoʻllaringiz ravshan boʻlgʻay.

Shayxulislom Ma’sumxon toʻra Mohlaroyimni kelin qilib tushirib kelgan kundan «qizim» deb, keyin Umarxon Hoʻqand saltanatini egallagach, «malika kelin» deyishga oʻtgandi.

Mohlaroyim shayxulislom Ma’sumxon toʻra yonida kalovlanib qolganday, soʻzlarini yoʻqotib choʻmdi, shoshib Jahon otinga qaradi, oʻz navbatida Jahon otin ham «Siz soʻzlang, oyim», degandek imo qildi.
— Madrasa qurilishidan xabar olay degandik... — dedi Mohlaroyim.
— Bu yumushning savobi bisyor, malika kelin! —dedi.

Soʻng shayxulislom Ma’sumxon toʻra balx tuti ostidagi soʻri tomon yurdi. Mohlaroyim bilan Jahon otin shayxulislom izidan ergashishdi.
— Men sizga aytsam, malika kelin, madrasai Mohlaroyim zamonamizning zap koshonalaridan biri boʻlib qolgʻay...
— Madrasai Mohlaroyim...
— Ha, shundoq, hayratlanmang, — dedi shayxulislom Ma’sumxon toʻra. Madrasalar nomi koʻpincha uni qurdirgan kishi nomi sharifi bilan ataladi. Ana axsilik Xonxoʻja Yusuf Alixoʻjaming muborak nomlari Madrasai Xonxoʻjaga muhrlangan. Yomon boʻlibdimi? Madresai Mohlaroyim. Ulugʻ nom. Sizning muborak nomingizni asrlar osha bayok etgusidir. Bu dunyo besh kunlik dunyo deymiz-u, yeb-ichish, oʻqish, oʻrganishdan tashqari qilinadigan ishlar ham bisyor. Peshonamizga olampanoh Amir Umarxonday saxovatpesha sohibqiron yozilgan ekan, alqissa ishlarimiz choʻng boʻlgusidir. Shu orzu-umid yoʻlida tasbeh oʻgirib, olamning barkamolligiga oyatlar oʻqib, kunni kech qilmoqdamen. Bu olamning etagi keng deymiz-u, kengga keng, torga tor, malika kelin. Degrezlik mahallasida men ham madrasa qurdiryapman: «Madrasai Hakimxon toʻra».
— Hakimxon toʻra nomigami?
— Shunday. Shu oʻgʻlimdan umidim katta. Aqlli, sinchkov, mehribon. Tariximiz oʻchmasin deganiga shukronalar aytamen. Boʻladigan bola boshidan, malika kelin.

Shayxulislom Ma’sumxon toʻra qoʻllarini ochib uzun duo oʻqidi va kaftlarini yuziga surtib soqolini silab qoʻydi. Hozir shayxulislom Mas’umxon toʻraning bu duosi xojai Xizrning «Tila tilagingni» deb, duo qilishlariga oʻxshab ketdi. Mohlaroyim koʻz ostidan Jahon otinga qaradi. Jahon otin esa bor diqqat-e’tiborini shayxulislom Ma’sumxon toʻraga qaratgan edi. Bu nuroniy cholni saltanat davralarida koʻrgan boʻlsa ham fe’li bunchalik keng, aqli raso, niyati ulugʻ va fmdoyiligini tushunib yetmagandi. Shayxulislom Ma’sumxon toʻra oʻrnidan qoʻzgʻaldi-da, degryozlik mahallasi tOmon yoʻl oldi. Mohlaroyim shayxulislomning ortidan kuzatib qolarkan, balx tutga suyangancha yana bir bor ulugʻvor madrasaga koʻz tikdi. Saratonning haroratiga oʻralib mayin esayotgan sabo allaqayerdan sas olib kelar va u ham goʻyo «Madrasai Mohlaroyim», «Madrasai Mohlaroyim», deb takrorlardi...

Oyning Oʻn Beshi Yorugʻ...

1240 hijriy yil zulqa’da oyining oxirlari.

Hoʻqand saltanati malykasining amri boʻyicha Oʻrda bugun kun boʻyi band boʻlgusi, bu xabar jazoyiriy qilich taqqan maxsus muhofiz yigitlarga uqdirilgan, mushoirayu dil bazmiga tashrif buyurgan sanamlargina haram darvozasiga qoʻyilardi. Olima otin saharmardondan kanizlarni ishga solgan, ayniqsa qoʻrgʻonning tashqi aylanasidagy gulzor havas qilgulik edi. Gulzor oʻrtasidagi olti qirrali marmar hovuz yoniga soʻrilar qoʻyilgan, majnuntol atrrflariga selgytyb suv sepilgan, kanizlarning biri qoʻyib, biri dasturxon tuzatishga oshiqar, taomni xushboʻy va shirin tayyorlash borasida bahslashardi. Mohlaroyimning iltifoti yana oʻsha — mushoira tashkil etysh, shu bahonada dil dardlarini toʻkish va bu shevaga mehr-muhabbatni xiyla oshirish edi. Uning muborak soʻzlari sidqidillik ila ado etilar, bu davra qayigʻiga tushgan oysanamlarning dili yorugʻlik nurini toʻlaligicha sipqorar, mungli qoʻshiq ortidan galma-gal shoʻx laparlar ham yangrar, inchunun Maston oyim laparchi bunyng uddasidan qoyilmaqom chiqa olardi. Uning Qumri deb atalmish yoʻrgʻalama oʻyinchisi gʻoyat kirishimli, koʻzga yaqin, qaragan saring qaraging kelaveradi.

Olima otinning kaniz va qullarni shoshirganicha bor, kyocha oqshom Nodira unyng qoʻlogʻiga maxfiy gap quygan, bugun u ishlarni yurishtirib ana shu yumushni ado etishi zarur edi. Bu yumush aslida savobli edi: Dilshod Barno nomini bir necha eslab yurdi-yu, ayni mana shunday damlarda uni davraga tortgisi, oʻz tilidan gʻazalarini eshitgisi kelardi. Buni Olima otinga uqtirdi, oʻz navbatida Olima otin mamnun boʻlib, ta’zim bajo etdi.
— Borimizni birga baham koʻramiz-da, nima dedingiz?
— Dunyo turguncha turing, oyim! Nodira ogʻir uh tortdi.
— Qaniydi siz aytgancha boʻlsa... Bu urushu qirgʻin el-ulus qaddini bukib yuboryapti, qonini zulukday soʻryapti. Dilshod Barnoni majlisimizga chorlashdan maqsad ham shu. Uning yosh boshiga ming tashvish ortgan ham biz, tugʻilgan maskanidan ayirganimiz yetmasmidi... Bunday savdoni boshdan kechirayotganlar oz deysizmi? Qaniydi, oʻshanday sanamlarning boshini silay olsak.
— Qulluq, oyim!
— Siz yoʻqlab borsangiz boshi osmonga yetar. Keyin, nazm daftari...
— Tushundim, oyim!

Olima otin Nodirai davronning kechagi yumushini oʻyladiyu quyoshga qiyo boqdi. Kun bugun ham issiq boʻlishi muqarrar edi. Bu sanamlarning jon-dili, soyai salqinda, majnuntollarning uzun va qayrilma novdalari ostida shoʻxchan kulishlari, xonish qilib davrada gir-gir aylanishlari uchun qulay edi. Olima otin sayr gulshanini yana bir bor koʻzdan kechirib, kanizlar orasidan sugʻurildi va yumushni bajarish ishtiyoqida shitob yoʻl oldi.

Shu soniya Nodira oʻz xonasida oq harir roʻmolini holsizgina bogʻlab, bugungi davraga yangi yozib tugatgan gʻazalini oʻqish umidida oʻzicha takrorlardi.

Kel, senga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido,
Diydalarimga koʻy qadam, har kadamingga jon fido.
La’li labing, firoqida xuni jigar gʻizo menga,
Sarv qading havosida jon etaram ravon fido.
Ayshu nashoti ofiyat dardi gʻamingni sadaqasi,
Bir nafas ishtiyoqinga ishrati jovidon fido...

Qalamni bir yon qoʻyib, qaytadan oʻqishga tushdi. Oʻqilgan sayin koʻngli xush boʻlayotganday tuyulardi, inchunun gʻazalning oʻzi ham jon fido etayotgan sohibasi yangligʻ behad ishvali edi. Bu ishvaning ne-ne dilga qanot boʻlgusy ayon edi. Nodira kuyuq qoshini chimirgancha bexos oʻrnidan turdi va xonai xosga toʻshalgan arabiy gilam uzra odim tashladi. Beixtiyor gʻuncha lablari pichirlab, gʻazal matlaini tilga koʻchirdi.

Xonai xos eshigi yonida sokin qadam tovushi sindi, Nodyra nogoh oʻsha tOmon koʻz tashladi, oʻn sakkiz yoshli kaniz Goʻzal bosh egib turardi.
— Yumushingiz bormidi, soʻzlangiz?

Goʻzal qimtina-qimtina soʻz boshladi.
— E’tibor enaga kirishga izn soʻraydir.

Nodiraning koʻz oldida doʻmboqqina oʻgʻli Sulton Mahmudxon koʻrindi, koʻrindiyu shu zahoti oʻrtanib sogʻinganini his etdi. Yuragining bir parchasi — oʻtgan kundan buyon koʻrinish bermagan edi. Hozir oʻsha sogʻingan damlarning hissasini chiqaradi, bagʻriga bossin, bir toʻyib bossin!
— Aytingiz, marhamat!

Goʻzal yana ta’zim bajo aylab sekin orqasi bilan yurdi. Ostonada E’tibor enaga koʻrindi. Qoʻlidagi doʻmboqqina bolani yerga qoʻydi-da, Nodira tomonni koʻrsatib:
— Amirzoda Sulton Mahmudxon, volidai mukarramangiz ila salomlashing-chi? Nima deb oʻrgatuvdim.
— Assalomu alaykum, buvi...

Farzandning biyron tilidan Nodira oʻzida yoʻq xursand edi.
— Vaalaykum assalom, tillaringizdan onangiz oʻrgilsin!

Amirzoda vrlidasi bagʻrida erib ketganday edi. Bu manzara E’tibor enagaga xush yoqdi shekilli, chehrasida toʻkin nur oʻynadi. Bola talpina-talpina Nodira bagʻridan chiqar ekan, biroz oʻsgan kokillarini koʻrsatdi.
— Sochim oʻsib qoldi, qarangiz, mana, mana...

Nodira beixtiyor kenja farzandini yana bagʻriga olib, sochlarini uzoq siladi.
— Qoʻrdim, oʻgʻlim, juda yarashiqlik...
— Enagam ertak aytib beradilar.

Nodira yer ostidan E’tibor enagaga qaradi va «tashakkur» deganday bosh silkidi, oʻz navbatida enaga gʻamzali boqdi. E’tibor enaga burma yoqali oq batis kuylagining etagini xiyol koʻtardi va oʻrnidan turib ketishga izn soʻradi, alhol Sulton Mahmudxon volidai mukarramasi bagʻridan hamon ayrilgisi kelmasdi. Mana shu ayriliq azrbini dil qatiga joylashtirish enaga uchun ham ogʻir, ham mashaqqatli edi. Shu sababli siniq ovoz bilan:
— Amirzoda Sulton Mahmudxon! — deya chorladi. — Qani, yuring, sabogʻimiz... Sulton Mahmudxon bir enagaga, bir volidai mukarramasiga termuldi. Tili biyron, ayni shakarning oʻziga oʻxshash bola uchun har ikkovi ham aziz va mehribon edi. Ona mehr-muhabbatyga toʻygan bolaning imoni mustahkam boʻladi. Sulton Mahmudxon volidai mukarramasi bagʻriga otildi. Nodira oʻgʻlining keng peshonalaridan, munchoqdek qop-qora, uzun sochlaridan, olma yangligʻ yuzlaridan uzoq oʻpdi, dast koʻtarib quchogʻiga oldi, soniyan yana tushirdi.
— Amirzodam!—dedi E’tibor enaga. — Kun yoyilib qolyapti. Sabogʻimiz...
— Hozir, hozir...

Nodira Sulton Mahmudxonning kattalardek biyron tillaridan oʻzida yoʻq toʻlqinlandi. Amirzoda sekin qayrilib xayrlashgandek boshini silkidi. Nodira koʻngli haligina limmo-lim turgan gʻazal tuygʻulariyu yuragining bir boʻlagi — farzandining sevinchlari bilan toʻlib-toshgandi...

Mohlaroyim Andijon zaminida chopqillab yurgan qizaloq edi, vaqti yetib Margʻilon hokimiga uzatildi, kuyovning baxti chopib Xoʻqand taxtiga chiqdi. Mohlaroyim beka, shoiragina emas, malika. Uning katta oʻgʻli Muhammad Alixon boʻy choʻzib qolgan. Otaliq yetakchiligida otda chopish, qilich urushtirish, jangda oʻzini himoya qilish sirlarini oʻrganadi. Musiqadan, tarix va riyoziyotdan saboq oladi. Bil’aks, hisobni negadir soʻramaydi, aljabrdan soʻz ochilsa, oʻzini chetga olish payida boʻladi. Shahzoda Muhammad Alixon birodari Hakimxon toʻradan ayrilmas, koʻpincha saboqni birga olishardi. Gʻazal, she’riyat borasidagi saboqlardan Nodiraning koʻngli toʻlmas, gʻazaliyotning nozik sirlarini, tabarruk bobokalonlarning diloʻrtar hikoyatlarini oʻzi hikoya qilishni volidalik burchi deb hisoblardi. Bil’aks Nodira mana shu saboq bahona turli qoʻlyozma, bayoz va tarixlarni titkilar, pichoqqa ilingulik topilsa, daftarga qayd etar va uning eng mukammallarini saboq paytida tilga olardi. Ayniqsa, Hakimxon toʻraning tarixga dildan berilganligi Nodiraning xayolida shahzodamga ham yuqsa qaniydi, degan oʻy chimdib oʻtardi.

Ostonada paydo boʻlgan kaniz Goʻzal ogiz juftlashga ulgurmayoq shahzoda Muhammad Alixon bilan Hakimxon toʻra boʻy koʻrsatishdi.
— Assalomu alaykum! — yoqasiga zar qoʻshib tikilgan kuylak, tilla suvi yugurtirilgan qalpoq qoʻndirgan shahzoda Muhammad Alixon salom berdi va shoshib Hakimxon toʻrani koʻrsatdi. — Biz oʻtgan kunlarning tarixi haqida tortishib qoldik. Men ayturmenki, Xoʻqand saltanatining xoni — padari buzrukvorimiznyng el-ulus yoʻlida cheka-yotgan zahmatlari boqiydir. Shunday emasmi, oyijon!

Nodira shahzoda Muhammad Alixon salomiga alik oldi va uning qizara-boʻzara tyoz-tez soʻzlayotganidan, bil’aks qozilik qilishga undayotganidan «Ne tarix ekan?» deganday hayratlandi. Bu orada Hakimxon toʻra odob va qiroat bilan salomlashdi, malika huzurida bir soniya bosh egib turdi.
— Aybga buyurmasangiz, bir boshdan soʻzlab bersam...

Nodira aql, idrok ila soʻzlayotgan Hakimxon toʻra tomon yuz burdi.
— Marhamat...
— Gapning indallosi shuki, bugungi kunimiz erta uchun tarix. Bil’aks, bu bizdan yoxud har birimizdan damlarning qadriga yetishga undaydi. Beixtiyor shunday deb oʻylaydi odam.
— Shunday, shunday... — ta’kidladi Nodira. — Xoʻsh, nechuk kerak boʻldi bu gaalar!
— Sizning saboqlaringiz meni qadimiy qoʻlyozmalarni oʻqishga undaganligidan baxtliman. Alhol... Oʻtmishda ham, binobarin bugungi kunimizda ham xatoliklar roʻy berayotganligini yashirmasligimiz darkor. Shahzoda ikkimiz tortishgan muammoni tilga olishimiz gunohi azimdir. Alhol, haq yoʻlini qidirar ekanmiz, aytmasdan oʻzga ilojimiz yoʻq.
— Bagʻoyat haqlisiz...
— Bundan besh yil muqaddam biz Oʻratepaga yurish qilgan ekanmyz. Haq taolo yoʻlida dilimiz yorugʻ va ravshan boʻlishi yuzasidan aytish joyizki, adolatsiz boʻlgan bu yurish...
— Koʻryapsizmi, oyijon, padari buzrukvorimning yurishlarini adolatsizga yoʻyyapti, Hakimxon. Tortishib qolganimning boisi shul.

Nodiraning qoshlari chimirildi. Qarshisida turgan bolakaylarning fikrlari dadil va mustaqil edi. Avvalan, Hakimxon toʻraning teran bilimi, mulohazasi va soʻzlarni joy-joyiga qoʻya olishi, nodir tarixiy voqealarni tilga koʻchirganda vujudan berilishi oqil va bilimdon alloma kamol topayotganidan darak berardi.

Taassufki, shaharda Muhammad Alixon bu shoxda biroz yengil, hatto jirraki, inchunun, uni manfur voqealar, hodisalar, taqdirlar qiziqtirmasdi. Darvoqe, amiralmuslymin Amir Umarxonning peshonasi yarqirab, oʻning qadami yetgan joylar beshak boʻyin egib xiroj toʻlash bilan band, mamlakat sarhadlari kengaymoqda, yangi-yangi madrasa-karvonsaroy, xonaqohlar qad koʻtarmoqda. Xonlikning xazinasi ham kam emas, hozir toʻrt tomonga qoʻl uzatsa yetgudek. Bil’aks, yaxshilikning soyasida yomonlik ham tomir otishi muqarrar. Shahzoda Muhammad Alixon tilga olgan gʻoziy yurishlar va sarmast gʻalabalar ostida achchiq qismat berkinganini kim bilmaydi.

Hakimxon toʻra Nodiraning chuqur va gʻalayonli oʻylar girdobida gʻarq boʻlganligini sezar, chamasi, dardu alamlarni yolgʻiz malika va shoiragina tushuna olishiga ishonardi. Hakimxon toʻra vujudidagi oʻylar malika qalbini qanchalik sirqiratsa, birodari Muhammad Alixonni. esa shunchalik olovlantirardi. Hozirning oʻzida Muhammad Alixon betoqat, saboq olish, yoinki, pand-nasihat eshitishni sira yoqtirmasdi...

Nodira xayol daryosining sohiliga chiqqziday bir soniya sukut saqladi va nihoyat:
— Hakimxon toʻraning fikrida adolat bor, — dedi.

Bu Muhammad Alixon qalbiga mrmoqaldiroqday gumbirlab urildi, shahzodaning yuzlari qip-qizarib ketdi.
— Nimalar deyapsiz, buvijon...

Nodira shahzoda sochini siladi.
— Adolat hamisha haq chiqqusidir...
— Siz... Siz padari buzrukvorimga qarshimisiz, — Nega bunday deb oʻylaydirsiz, jonim...

Shahzoda Muhammad Alixon dylidagini yashirib turolmadi.
— Padari buzrukvorimning yurishlari xususida...

Nodira bu gal masala nima xususda borayotganini farzandi toʻgʻri anglay olmayotganidan oʻksindy, Bu oʻksikdan dilida ogʻriq paydo boʻldi.
— Nahotki, masalaga yuzaki baho bersak. Hakimxon toʻra, tarix — hayot koʻzgusi ekanligini toʻgʻri fahmlagan. Siz bilan har qancha tarixiy votsealarni yashirish xususida qizishmaylik, baribir u oʻz aksyni topgusidir. Bu masalada Hakimxon toʻraning haqligi shundaki, siz bilan bizga zafar hadya etgan ana shu jangu jadal necha oilaning yostigʻini quritgan. Bu haqda loaqal oʻylab koʻrdingizmi, jonim. Sizlar kamolot palla-siga qadam qoʻydilaringiz. Har bir masalaga haq torozusi nuqtai nazaridan qarashga oʻrganishlaringiz lozim.

Hakimxon toʻra haq ekanligyni dildan His etdi-yu, tiliga chiqarmadi, chehrasida ham oʻzgarish yuz bermadi. Nodira buning boisini tushunib yetdi. Hozir, Hakimxon toʻra bu haqda tilga kirsa, oʻlganning ustiga tepgan boʻlady.

Nodira bu ikki oʻsmirga tarixyy voqealardyon koʻp saboq bergan, ammo bugungiday chigal masalaga duch kelmagan edi. Harqalay, el-ulus uchun yonayotganligi va oʻz olami uzra teran tahlil qilayotganligidan Nodira mamnun boʻldi. Shahzoda Muhammad Alixon volidai mukarramasidan biroz noligan holda xushkayfiyat ila xonai xosdan uzoqlashdi, oʻz navbatida Hakimxon toʻra boshegib xayrlashdi.

Malikai mukarrama bugun avvalan fidoyi farzandlarining kamolini xayolan tasavvur etdi, ertangi kundan umidvorligini sezdi, qolaversa, kezi kelganda Muhammad Alixonga tarixiy voqealarni toʻgʻri anglay bilish, ulardan toʻgʻri xulosalar chiqara olish xususiyatini singdirish zarurligini tushunib yetdi. Axir, kechagi kunning fazilatini toʻgʻri anglay olmaslyk bugungi kunning qadriga yetmaslikka va ertani butunlay unutishga yetaklamaydimi? Bunday yovuzlikka yoʻl qoʻyish gunoh! Uning nafosati va latif soʻzlarigina yigit qalbini erkalashi va uigʻrtishi muqarrar. Nodira xayol daryosiga choʻmgancha daftarini qoʻliga oldi va yana dona-dona oʻqidi:

Вакти хиром, эй санам, дийдаларимга кўй қадам,
Ҳоки раҳингга айларам чашми гуҳарфишон фидо...

Ostonada paydo boʻlgan Olima otin Nodira xayollarini toʻzgʻitgisi kelmay oʻzini chetga oldi, uning soyasi xonai xosda yalt etib paydo boʻlganidan Nodira bosh koʻtardi. Olima otin ta’zim bajo etdi.
— Marhamat...

Olima otin ostonadan avaylab oʻtarkan, qiroat bilan salomlashdi. Nodira alik olib, oʻtirishga taklif etdi, bil’aks Olima otinning, hali yumushi koʻpligidan uzr soʻragan boʻldi.
— Dilshod Barno Oʻratepaga yoʻl olgʻan zqamlar, qaynonasi afsus bilan ta’kidladilar. Harqalay murabbiysi oʻrnini bosa oladigan shogirdlari anchagina...
— Taklif etildimi...
— Albatta, oyim.

Oʻrdaning bahavo joylaridan biri — olti qirrali marmar hovuz boʻylarida qoʻyilgan soʻrilar misoli gulshan chamanining oʻzi. Bir yonda rayhon, jambil, oʻsma, xina, ikkinchi yonda ra’nogul, atirgul, sapsargul boʻy taratayotganday edi. Kanizlar izzat-ikrom ila oyimlarni qarshi olardi. Erta kelgan sanamlar quyiroqdan, naq hovuzning boʻyiga, shundoqqina majnuntol soyasiga oʻrnatilgan soʻrida oʻtirishardi. Sanamlar duv etib oʻrinlaridan turishdi: Jahon bibi bilan Mahzuna bibi yonma-yon kelishmoqda edi. Xoʻqandning e’tiborli shoiralaridan hisoblanmish Jahon otin qaddi biroz tik, Mahzuna bibiga nisbatan ulugʻg qoʻrinar, shu sababli unga koʻproq hurmat va izzat koʻrsatilmoqda edi. Mahzuna bibi oʻrta boʻyli, handalak yuzli, sochlari mayda qilib oʻrilgan, bil’aks yuzini shodonlikdan koʻra allaqanday mahzunlik egallab qoʻyganday edi.

* * *

...Nodira Andijonda boʻlgan kunning ertasiga volidai muhtaramadan uzr soʻrab, murabbiyasi Hafiza otinni yoʻqlash tadorigini koʻrdi. Oyshaxonim qizining bu odatini yaxshi bilar, har safar Hafiza otinning huzuriga oʻzi otlanardi. Bu gal ham Nodira shunday qildi. Nodira oʻziga ilk bor harf tanitgan, endigina uygʻonib kelayotgan gʻuncha yangligʻ koʻngliga she’riyat urugʻini solgan va uni ne azob, mashaqqat ila koʻkartirgan Hafiza otin oldida oʻzini hamisha qarzdor hisoblardi.

Qaytar chogʻi volidasi rizolik soʻraganda koʻngli birdan boʻshashib ketdi. Tez-tez xabar olib turgin, deb tayinladi. Bunga javoban Mohlaroyim bunday gaplarni tilingizga olmang, oʻtinaman, yolvoraman, dedi. «Aytganing kelsin qizim», dedi buvijonisi. Ammo Hoʻqand sari qaytayotganida koʻzlari gʻiltillab, yoshga toʻldi. Bebaho, bor bomligidan ajralayotganini koʻz oldiga keltirib, unsiz yigʻladi. Shu-shu volidasi nomiga noma yuborib turar va chopar qaytib kelguncha, koʻzi toʻrt boʻlib kutardi.

Hozir u Hoʻqand saltanatining ulugʻ va koʻrkam maskani boʻlmish oʻrdadagi sanamlar, evoh, qumrilaru bulbullar davrasida bu gulshandan sarmast boʻlib, xush kayfiyatda hordiq chiqararkan Dilshod Barnoning e’tiborli shogirdi Mohinbonu tilidan yangrayotgan alam-sitamlari dilini oʻrtardi, nega qalbi tirnalmasin, axir Andijoni olis, volidayu g.adari buzrukvori olis. Ilgari u ota-onasi haqida bugunchalik oʻrtanmas va yonmas edi. Beixtiyor yon-veriga qaradi, Jahon otin ham, Mahzuna bibi ham boshini quyi solishgancha xayol daryosiga gʻarq boʻlishgan. Gʻazal hammyoning yuragini sel qilgan edi.

Mohinbonu gʻazal oʻqib boʻlgach, bir lahza jim qoldi. Unda-bunda ogʻir tin olishlar eshitildi. Jahon otin sekin soʻz qotdi.
— Dilshod Barnoga bizning nomimizdan tashakkur va tahsinlar yetkazgaysiz. Yarador dilni yaralab yana oʻzi davolay olish qudratiga ega gʻazal bitibdilar. Bu har kimning qoʻlidan kelmas.

Mohinbonu qulluq qildi-da, soʻng:
— Kaminai gʻaribingiz birodaru yor xususidagi hikoyatdan bejiz boshlaganim yoʻq. Olampanoh, qolaversa, malikai muhtaramamizning behad iltifoti ila boshimiz gʻam neligini koʻrmasa deyman.
— Toʻgʻri gapni aytursiz!
— Alqissa, yana bir gʻayritabiiy taomilimiz ham bor. Muhtarama shoira murabbiylarimiz koʻngillariga olmasalar chinini aytishim kerak.
— Marhamat!
— Soʻzlangiz...
— Biz oʻtgan kunlarimizga tosh otib keldik. Alqissa, bu taomil keyin ham davom etgusidir! Shunday ekan, tarixni qadrlash zaruriyatdir. Toki, nabiralarimiz bizning peshonamizga tavqi la’nat bitmasinlar.

Mohinbonuning gaplaridan Mahzuna chehrasiga qizillik yugurdi. ,.
— Gapingiz bagʻoyat qadrli, singlim!

Nodira Mahzuna fikrini qoʻllab-quvvatladi. Shu soniya Mohinbonu yonida Toʻtiqiz paydo boʻlib, dedi:
— Bugungi ustozlar davrasi meni gʻoyat mamnun etdi. Avvalo, gʻazal oʻqib vaqtni olishim...
— Oʻqing, oʻqing!—atrofdan turli ovozlar yogʻildi, Toʻtiqiz uyalib, gapning indallosini aytdi.
— Ustozlar gʻazaliyoti oldida meniki hali ancha gʻoʻr. Topgan bir bogʻ gul, topmagan bir bogʻ piyoz, deganlar axir. Kuni kecha Nodirabegimning gʻazallaridan devon tartib qilib edim. Yosh xattotning tuhfasi deb bilursiz, ustoz!

Toʻtiqiz mayin va ohista qadam tashlab soʻri tomon yurdi va Nodira yonida ta’zim bajo qildi-da, qoʻlidagi devonni uzatdi. Nodira behad shod, buning ustiga kutilmagan sovgʻa ham edi. Nodira Toʻtiqizning peshonasidan oʻpib, «tashakkur» deganday ishora bildirdi. Mana shu hadya yuraklar chigilini yozyb yubordi. Maston oyim laparchi ana shu chigilni batamom yoyish maqsadida childirmani zarb bilan ura boshladi. Halidan beri dam olib oʻtirgan raqqosalar muqom bilan birma-bir davraga otildilar. Dasturxondan xabar olib turgan Olima otin Nodiraning qoʻlidan devonni olarkan, koʻz qarashlaridan nima deyayotganligyni angladi va «qulluq» deganday shitob yurib ketdi. Dam oʻtmay Toʻtiqiz uchun tilla zebigardon solingan barqut qutichani avaylab, malika yoniga qoʻydi.

Yomgʻir selgib oʻtgach, bahavo boʻlgani singari Nodiraning koʻngli yorishgan edi. Sanamlarning oshifta muqomlari, dildan yayrab, osmon qadar sakragisi kelayotganligining oʻzi rohat bagʻishlardi kishiga.

Maston oyim laparchi sanamlarning xislatlariga mos terma toʻqib, hammani kul-dirardi, Sanamlarning shoʻxshan qiyqiriqlari Oʻrdani tutar, yiroq-yiroqlardan jazoiriy qilich taqqan maxsus muhofiz yigitlar ogʻir tin olib, yutinib qoʻyishardi.

Kun Oʻrda orqasiga oʻtib, pastladi. Haroratning dami qaytdi. Sanamlar birin-ketin oʻz oʻrinlaridan qoʻzgʻaldilar.

Nodira xonai xosda arabiy gilam uzra toʻshalgan zar koʻrpachada oʻtirgancha, ho-zirgina tuhfa etilgan oʻz gʻazallarini koʻzdan kechirarkan, nogoh ochilgan eshik uning xayolini tum-taraqay uchirib yubordi. Olima otinning chehrasi negadir tund edi,
— Oyim, — Olima otin ohista soʻz boshladi-yu, boshqa gapirolmadi. Nodiraning yuragiga gʻubor qoʻndi, bu gʻubor butun jismini egallab olgan edi.
— Soʻzlangiz! .
— Andijondan chopao bor...
— Chopar!—Nodira beixtiyor tizzalari qaltirab, oʻrnidan turib ketdi — Tinchlikmi?

Olima otin gapirolmadi, chaqirayin deganday ortiga qayrildi. Dam oʻtmay shoshib kirgan chopar gilam uzra yukindi.
— Qutlugʻ xonadoningiz uzra shum xabar olib kelganligim uchun izn soʻrayman, oyim. Siz zudlik ila safar tadorigini koʻrmoqligingiz joiz.

Nodira muz qotib qoldi, nahotki volidai mukarrama... Yoʻq, yoʻq, uning ishongi-si kelmasdi, unsiz faryod-la chopar koʻziga tikildi. Chopar nayza yangligʻ sanchilayotgan qarashlarga bardosh berolmadi, boshini solintirib davom etdi.
— Volidai mukarramangiz bugun peshinda... — Chopar hiq etib yutindi. — Pe-shin chogʻi...

Nodira faryod chekib, yiqilayozganda Olima otin chaqqonlik bilan bagʻriga oldi. Hozir iztirob bilan vaqt oʻtkazishning mavridi emas, buni Olima otin angladi-da, kanizlarga safar hozirligini koʻrishni buyurdi.

Tinimsiz uvlayotgan Hoʻqand shamoli aro Andijon sari ot boshini burishdi. Bu safar abri gʻurron Nodira qalbida tinimsiz aylanar, nazarida qorongʻi kunlar boshlanmoqda edi...

Yarador Yurak

Kuz Hoʻqand diyoriga oʻz palagini yoydi.

Mohlaroyim har galgiday tong bilan turib, ilimiliq suvda tahbrat oldi. Bugun uning koʻngli negadir oʻksik edi, olampanoh Amir Umarxon yelkasidagi ogʻriq yana qaytalanganday kechasi ikki-uch ingradi. Bundan Mohlaroyim choʻchib uygʻondi, soniyan zar koʻrpachani sekin surib, olampanoh yelkalarini oʻradi.

«Ishqilib koʻnglim podshohining umri uzun boʻlsin!» Xayolidan chaqmoq singari oʻtgan bu fikr Mohlaroyimga tasalli berdi-da, xonai xosga kirdi.

Bamdod namozini oʻqib, xonai xosdan ayvon tomon yurdi. Bu orada olampanoh Amir Umarxon koʻrinish berdi. Mohlaroyim oʻzini chetga oldi.
— Oʻzlaridan boʻlsin, xonim.

Qachonlardan beri bu muloyim soʻzni tinglamagan Mohlaroyim rosti entikdi, toʻgʻrisi mana shu iltifotni sogʻingan edi. Erta bahordan, yaьni Oʻratepa qolib, Jizzax uchun boʻlgan jangu jadaldan olampanoh Amir Umarxon oʻzini oldirib qoʻygan, deyarli besh-olti hafta tabiblarning nazoratida boʻlgan va nihoyat turli muolajalardan koʻngli endigina ravshan tortib kelayotgan edi. Bu rrada ne-ne savdolar oʻtdi, bu birgina ollohgayu Mohlaroyimgagina ayon. Dastlab, ogʻriq alamlariga arang chidagan olampanoh beixtiyor Xonposhsha oyim deb yuborgan payti Mohlaroyim bir qadar titragan, koʻnglim podshohi deb e’zozlab yurgani koʻz oldida oʻzgalarni qumsayotganligidan rangi quv oqargan, «Evoh, bunday koʻrgilikka qanday chidar ekanman», degan xayolga borgan va yana «koʻz ochib koʻrgan jufti halolim-ku», deya oʻzini bosgandi. Oʻsha kuni tun tobora uzayib borayotganday tuyuldi Mohlaroyimga. Koʻngli ham gʻira-shira edi. Toʻgʻrisi, Mohlaroyim haligi ismni yuziga solmoqchi boʻldi, qayoqda, ogʻiz juftlashga qudrati yetmadi. Olampanoh Amir Umarxon kechagi kundan ancha tetik, bardam, kayfiyati xush edi. Mohlaroyimga mana shu kerak. Beixtiyor olampanoh Amir Umarxonning chehrasidagi tabassumdan koʻngli yayradi, xayriyat, muolaja oʻz ta’sirini koʻrsatdi. Xudo xohlasa keyingi haftada oʻrnidan batamom turadi! Shunday tabiblar bor boʻlsin! Olampanoh Amir Umarxon oʻshanda Muhammad Alixon bilan Sulton Mahmudxonni koʻrajagini aytgandi. Mohlaroyim shu zahoti farzandlariga yasovul yubordi, oʻzining ham sogʻinganini his qildi. Shahzoda Muhammad Alixon besh yashar chamasi, inisi — Sulton Mahmudxonni yetaklab kirib keldi, avval onalari, soniyan padari buzrukvorlari bagʻriga otilishdi. Xuddi shu soniya olampanoh Amir Umarxonning koʻzlari birdan charaqlab ketdi.
— Qani-oʻtiringlar, mehmonlar, — dedi olampanoh Amir Umarxon. Olampanoh Amir Umarxonning bu gapi shahzoda Muhammad Alixonga nash’a qildi.
— Biz farzandingiz erurmiz, padari buzrukvor.

Olampanoh Amir Umarxonning yuzidan jiddiylik tark etmadi, ohista nafas oldi.
— Bu dunyoga hammamiz ham mehmonmiz, oʻgʻlim.
— Padari buzrukvor...
— Padari buzrukvor oʻgitini u quloqlaringizga ham, bu quloqlaringizga ham Quyib olinglar, bolalarim.

Mohlaroyim olampanoh Amir Umarxon qulogʻiga: «Hozir mavridi emas», demoqchi edi, tili aylanmadi.
— Padari buzrukvor...
— Muhammad Alixon ibn Amir Umarxon! Keling, baxt qushi qoʻnishga oshiqayotgan peshonangizdan bir oʻpay!

Shahzoda Muhammad Alixon dovdiradi, Sulton Mahmudxon nima qilarini bilolmay bir padari buzrukvoriga, bir Mohlaroyimga oʻgirildi. Muhammad Alixon olampanoh sari yurdi.
— Kenjatoyimiz Sulton Mahmudxon, keling, jonim, qachonlardan beri erkalatolmadim chogʻi. Bu padari buzrukvoringiz saltanat ishlari bilan boʻlib...

Sulton Mahmudxonning yirik-yirik koʻzlari lovullab yondi, shu soniya padari buzrukvori quchogʻida erkalangisi keldi va oʻzini ana shu haroratli ogʻushga otdi.
— Bolalarim, sizlar men uchun biringiz koʻz, biringiz qoshsizlar. Har ikkingizni birdek suydim. Ming afsuslar boʻlsinki, saltanat yumushlari meni bukib qoʻydi. Mana, volidangiz boxabar. Mening ham yuragim gʻazal ila toʻligʻ edi, nailoj. Ustiga ustak kamina lovullayotgan choʻgʻ ustiga kul bostirishga intildim. Eh, xom sut emgan banda! Boshing yostiqqa tekkanda oʻylar ekansan, dunyoning ishlarini...
— Padari buzrukvor...
— Hozir, Muhammad Alixon, hozir... Siz valiahdimsiz. Oʻylagan niyatlarim koʻp edi, volidangiz ila Hoʻqand saltanatini Samarqandu Buxoro yangligʻ osmonoʻpar binolar ila boyitish edi. Shu ishlarim chala...
— Padari buzrukvor...
— Hammamiz bu dunyoda mehmonmiz, deya bejiz boshlamadim gapni. Kimdir oldin, kimdir keyin deganday... Yuragim tubida toʻplanib qolgan soʻzlarni birma-bir yozmoqdamen, oʻgʻlim!
— Hazratim! — Mohlaroyimning gʻoyat shirali ovozi tashvish ila yangradi.— Siz... Siz...

Olampanoh Amir Umarxon Mohlaroyim tomon koʻz tikdi, chamasi, termilib toʻymayotganga oʻxshardi.
— Xonim... Sizni koʻp qiynadim, orzularingiz yoʻlida toʻgʻanoq boʻldim. Men... Men...
— Hazratim!
— Padari buzrukvor!

Olampanoh Amir Umarxon kenjatoyi Sulton Mahmudxon peshonasini silarkan, Muhammad Alixonga qarab, dedi:
— Hech qachon iningiz Sulton Mahmudxonni oʻksitmang! Ikki qoʻchqorning boshi bir qozonda qaynamas deganlar. Ammo, sizlar...

Shahzoda Muhammad Alixon bosh silkidi,
— Mayli, boringiz. Hozirdan yosh boshingizga tashvish ortmay.

Shahzoda Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxon padari buzrukvori va volidasiga ta’zim qilib, ortiga qayrilishdi.

...Hozir Mohlaroyimga olampanoh Amir Umarxonning tavoze ila «Oʻzlaridan boʻlsin, xonim» degan soʻzlari benihoya yoqimli eshitildi. Koʻngli quvonchga toʻlib toshdi. Ayol kishining koʻngli bir ogʻiz soʻz bilan osmon qadar yuksalishi yoinki batamom abgor boʻlishi mumkin. Keyingi yoz fasli olampanoh Amir Umarxon uchun tahlikali oʻtdi, yaxshiyamki Mohlaroyimdek koʻngil dardini sezuvchi yoʻldoshi bor ekan, kam boʻlmadi, vaziri kalon Ismatullabiy, shayxulislom Ma’sumxon toʻra, xoʻjakalon Sultonxon toʻra va mavlono Abdulkarim Fazliy kabi niyati pok, el-ulus dardini oʻz dardi bilan baham koʻradigan olijanob kishilar etagida saltanatni bir navi boshqarib turdi. Mohlaroyim yangi qad rostlayotgan madrasa, masjid, xonaqoh, karvonsaroy xususida toʻlib-toshib soʻzlar, ba’zan muhandis, koshinkor, me’morlar xizmati yetarli qadrlanmayotganligidan afsuslanar, sohibqironning nozik koʻnglini koʻtarish bahona-sida uning gʻazallarini xattotlarga koʻchirtirardi. Olampanoh qoʻliga devonini olganda koʻzida yosh oʻynadi. Shundagina bebahra oʻtgan damlarning qadrini tushunib yetdi. Evoh, qoʻlidagi dubulgʻa oʻrnida qalam ushlasa boʻlmasmidi. Qilich oʻynatishni bas qilib, lavh ustidagi ochiq qolgan daftarini dil hayajonlari bilan toʻldirishni nega unutdi? Shuncha fursat befoyda ketibdi-ya! Buni kim toʻldiradi, qanday toʻldiradi! Yuragi jiz etganini sezdi va endi u kech edi! Shunda ham olampanoh Amir Umarxon yostiqdoshi boshida parvona boʻlayotganidan taskin topdi!
— Oʻzlaridan boʻlsin, xonim!

Mohlaroyim uyat va iymanish iskanjasidan gʻolib chiqib, koʻngil ruhining podshohiga oʻgirildi.
— Muborak izlaringizdan yurish ham gʻoyat sharaflidir, hazratim! Olampanoh Amir Umarxon oʻz vaqtida aytilgan bu javobdan jilmaydi, xonai xos tomon dadil odim tashladi. Mohlaroyim jufti halolining ortidan sokin borarkan, maia shu odim olishlarining oʻzi bir dunyo boylik ekanligini, keyingi damlarda yuragi qon boʻlib ketganligini oʻyladi, hayot deb atalmish xonaqohda oldinma-ketin qarib-qartayish, nevara-chevaralarning toʻy-bazmlarini koʻrishdek baxtga muyassar etishini Ollohdan soʻradi.

Olampanoh Amir Umarxon xonai xosning toʻrisiga oʻtarkan, avvaldan tayyorlab qoʻyilgan loʻlabolishlarni qoʻyniga oldi va sokin kuzning moʻ’tadil havolaridan toʻyib-tuyib simirdi. Favvora atrofidagi sarvqad teraklarning sargʻaygan yaproqlari chirt uzilib, zamin uzra toʻshalardi. Olampanoh bir xazonning havoda zir uchib yerga tushganidan koʻngli muz tortdi. Evoh, inson umri ham shu ekan-da!

Mohlaroyim jufti halolining bir muddat xayolga botganini sezib, ostonada koʻrinish bergan Olima otinga imo qildi. Olima otin tushunib yetdi. Mohlaroyimning ostona tomon boqishi hamono bakovullarning kelishi tayin edi. Mohlaroyim olis hind elidan sovgʻa qilinmish zar yugurtirilgan choynakdagi choyni qaytardi-da, biroz tindirib, olampanohga tavoze birla uzatdi. Olampanoh Amir Umarxon ma-lika harakatlaridagi mayinlik, muloyimlik va tavozedan oʻsha, bundan oʻn besh yil muqaddam Margʻilon chorbogʻidagi unutilmas damlarni xayolidan birma-bir oʻtkazdi.

...Ostonada paydo boʻlgan eshikogʻa shayxulislom Ma’sumxon toʻra huzurlariga kirmoq niyati borligini yetkazdi.

Olampanoh Amir Umarxonning yuzida nur oʻynadi, padari buzrukvor oʻrnidagi gʻoyat mehribon bu nuroniyni chamasi ikki kundan beri sogʻinch bilan kutardi, shu sabab bosh qimirlatib rozilik bildirdi.
— Assalomu alaykum, yurtimizning tayanchi, islom dinimizning himoyachisi olampanoh! Assalomu alaykum, malika kelin!

Mohlaroyim shayxulislom Ma’sumxon toʻra hurmati yuzasidan oʻrnidan turib ta’zim bajo ayladi. Ma’sumxon toʻra olampanoh bilan koʻrisharkan:
— Abulmuzaffar va-l mansur amir musulmon said Muhammad Umarxon hazratlari! Men ulugʻ arshning egasi boʻlmish olloh taolodan sizga shifo bermogʻini soʻrab duo qilib yotibman!

Olampanoh Amir Umarxon chehrasiga nur yogʻildi, shu soniya shayxulisom Ma’sumxon toʻraga minnatdorchilik bildirib, bosh qimirlatdi.
— Olampanohimiz sihatlari durust boʻlganlaridan boshimiz osmon qadar ba-land boʻlgʻay! Bu olamning etagi kengdir, voajab, mana shu keng dunyo har kimga ham nasib etgusi mushkuldir. Jizzax etaklarida yuqqan balo-qazoning daf boʻlganligi har birimiz uchun inshoolloh, yorugʻ kunlar nasib etishidan darak bergusidir. Shundaymi, malika kelin.

Shayxulislom Ma’sumxon toʻraning bosiq va osuda soʻzlashlari Mohlaroyim yuzida nim tabassum uygʻotdi. Olampanoh Amir Umarxon ham shayxulislom Mas’umxon toʻraning qadriga yetmaganligini va xonadaniga yorugʻ nur bagʻishlovchi bu nuro-niyni oʻz vaqtida e’zozlamaganini tushunib yetdi. Bu oʻksik ogʻir tin bilan bosilganday boʻldi.

Olampanoh Amir Umarxon yelkasidagi ogʻriq shu soniya halal berdimi, ohista loʻlabolishga yonboshlagan kuyi dedi:
— Sizni koʻrmoq orzusida edim. Mening shu kechadagi nolalarimni xudonikg oʻzi yetkazibdi. Ming qatla shukur.
— Mening ham dilimga solingandek boʻldi, olampanoh. Oʻz koʻzim bilan koʻrib, nasibamni totib kelarman, deb huzuringizga oshiqib kelaverdim, olampanoh.
— Yetkazganiga shukur. Ammo, keyingi damlarda koʻnglim negadir shikorni qumsab qoldi. Yozyovon taraflarda aylansam deb edim...
— Shikor? Bemavrid emasmi, olampanoh.
— Nechun?

Shayxulislom Ma’sumxon toʻra bir soniya tin oldi. Chamasi, yuragida yilt etib uygʻongan bu ogʻriqni aytmaslikka haqqi yoʻq edi. Shayxulislom xazonrezgi paytlari olampanoh Amir Umarxonning shikorga chiqishini ravo koʻrmasdi. Buni qanday ayta oladi.

Boz ustiga xastalik endigina tark etyapti. Chor-atrof, ufq va hududsiz manzara koʻnglining ravshan tortishiga yordam berarmikin. Yoinki dil yarasini badtar ogʻri-tarmikin. Shayxulislom Ma’sumxon toʻra mana shundan choʻchir, choʻchirdigina emas, shunday ofat balo-qazolardan asrashga intilardi.
— Olampanoh, koʻngillari shikorni tusaganligi ham sharafdir. Bil’aks, tabiat oʻz libosini almashtirayotgan bir payt. Bos ustiga hali ogʻir darddan forigʻ boʻlganingizcha yoʻq, olampanoh. Menga qolsa, bahor kyozlari, tabiat yoshargan pallada chiqsak deyman.

Mohlaroyim shayxulislom Ma’sumxon toʻra taklifini ma’qulladi. Ammo olam-panoh Amir Umarxonga hozirgi taklif yoqinqiramadi shekilli, sekin yerga qaradi. Biroz jim turgach, amirona buyurdi.
— Abulmuzaffar val mansur amir musulmon said Muhammad Umarxon bizning soʻzimiz...
— Bosh ustiga, olampanoh, — shayxulislom Ma’sumxon toʻra yana ta’zim qildi.
— Shu onlarda shikorga chiqmoqni ixtiyor etdim, vaziri kalon Ismatullabiy amiru umarolarni shikorga shaylasinlar. Nazarimda, bu safar koʻnglim ravshan boʻlgʻay...
— Aytganingiz kelsin, hazratim,— dedi Mohlaroyim.
— Xudovandi karim ol qulim desin, olampanoh. Sizning shodligingiz el-ulusning baxtiyorligi. El-ulusning niyati endigina roʻyobga chiqyapti.

Shayxulislom Ma’sumxon toʻraning soʻnggi tilagi olampanoh Amir Umarxon boshini osmon qadar koʻtardi, yuziga tabassum yugurdi. Bugungi kun Mohlaroyim uchun gʻoyat esda qolarli edi, alalxusus, olampanoh Amir Umarxon necha oyki bugungidek yayramagan va oʻzini xushnud tutmagan edi.

Shayxulislom Ma’sumxon toʻra chiqishga izn soʻragandek olampanoh Amir Umarxonga yuzlandi va eshik tomon ohista yurdi. Mohlaroyim tabarruk bu nuroniy izidan ostonagacha kuzatib qoʻyishni oʻzi uchun burch sanadi va ostonadan hatlab, «Yaxshi boringiz», dedi.

Olampanoh Amir Umarxonning xayoli shu topda shikor bilan band edi, alhol oʻzini bu oʻylardan chalgʻitish maqsadida kitobxona tomon yurdi.

Mohlaroyim olampanoh Amir Umarxonni.ng kitobxonagʻa kirmoqchiligini anglab, yuragi zavq-shavqqa toʻldi. Bu ne baxtki, olampanohning oʻzi fikr bahridan gavhar tersa. Bu ne baxtki, anchadan buyon lavhda ochiq qolgan nazm daftarini toʻldirish istagi tugʻilsa.

Olampanoh Amir Umarxon kitobxonaning keng va oydin xonasiga toʻshalgan gilam boʻylab yurarkan, ancha xushnud boʻldi.
— Ofarin, xonim! Kitobxona koʻnglimni ravshan etdi-qoʻydi.

Mohlaroyim hozir gap bylan chimdib olishning payti kelganligini sezdi-yu, umrining hamrozi va gultojisini nooʻrin xafa qilib qoʻyishdan oʻzini tiydi.
— Ha, hazratim, siz saltana^ yumushlari bilan boʻlib...
— Saltanat yumushining oʻzi tubsiz jar... Alalxusus, bu kitoblar, bayozlar, zar suvi yugurtirilgan devonlar. Mana bu devonlar yangi bitilgan shekilli...

Olampanoh Amir Umarxon koʻzga koʻrinarli joyga qoʻyilgan devonlarning birini oldi.
— Amiriy...
— Shundogʻ, hazratim...
— Qachon tartib berilgan.
— Kuni kecha, hazratim! Shahri azimimizda Oxun devondek xattotlarimiz borki, husnixatligi uchun Mirzoi Zarrin kalom deb bejiz aytilmasdir.
— Barakallo. Saltanat boshida yuz yil qad kerib turgandan koʻra, mana bunday yagona devon tartib etishning oʻzi afzal.,.
— Haq gap, hazratim.

Olampanoh Amir Umarhon shu soniya umrini bejiz oʻtkazib yuborganligini tushunib yetdi.
— Amiriy... Yanami, xonim?
— Shundogʻ, hazratim! Bu devonni Toʻtiqiz tartib bergan...
— Nodira...

Mohlaroyim uyalinqiradi. Hozir uning yuragi his-tuygʻu bilan toʻlib toshgan edi.
— Bunisini ham, hazratim...
— Toʻtiqiz dedingizmi?
— Shundogʻ, hazratim! Hoʻqandimiz shoiralaridan. Husnixatini qarang! Olampanoh Amir Umarxon bugun ilk bor zavjasi Mohlaroyimning «Devon»ini qoʻlga oldi.
— Ollohga beadad shukrlar boʻlsinki, she’riyat bogʻida men oʻylagandan ming chandon oʻzibsiz...
— Qulluq, hazratim! Lekin hazratlarim shikoru saltanat yumushlari ila band boʻlganlarida men sizning gʻazallaringiz dunyosida yashadim, uning marvaridlarini terishga oshiqdim.
— Ajab...
— Tinglang, hazratim!

Lab uyur takallumga, zulfungni parishon kil,
Qand qiymatin sindur, narhi anbar arzon qil.
Husn shohisan, dono, bu hazin gadolargʻa,
Koʻz uchi ila boqib xayr birla ehson qil.
Ishq diniga munkir boʻlsa oshiqi xudbin
Ey sanam, liqo koʻrsat, gabrni musulmon qil.
Ihtisob uchun zohid kirsa dayr aro, soqiy
Bir qadah bila oni zuhdidin pushaymon qil.
Istasang koʻngullarni gʻamza yoyiga partob
Qoshlaring hilolini mohi iydi qurbon qil.
Shoʻx chashmi navxatsan, noz xashtida sayr et,
Gardi xoki poyingni surmai gʻazolon qil.
Yor la’lidin harfe ayladim, Amir, insho,
Ey koʻngul, bu gavharni jon ichinda pinhon qil.

— Ofarin, ming ofarin, xonim!

Mohlaroyim yuzida tabassum ishva qildi. U amiralmusliminning soyai davlatida yayrab-yashnab yurishni, joʻshib ijod sahifalarini boyitishni va cholaversa, Hoʻqandi azimning chiroy ochishiga hissa qoʻshishini istardi. Yaqin ikki fasl gʻoyat uzoq choʻzildi, toʻshakka mixlangvn olampanoh Amir Umarxon toʻshagi yonidan jilmadi, qalb daftari varaqlanmadi, sayqallanmadi. Bugungi kun negadir boshqacha — yorqin va jozibali edi.

Shu asnoda Olima otin koʻrinish berdi, demak saltanatdan kimdir tashrif buyurgan. Ostonada vaziri kalon Ismatullabiy ta’zim qilgach, olampanoh huzurlarida yukingan boʻldi. Mohlaroyim olampanoh Amir Umarxonni xoli qoldirish niyatida qoʻlini koʻksiga qoʻygancha kitobxonadan chiqishni ixtiyor etdi. Bu orada vaziri kalon Ismatullabiy olampanoh Amir Umarxonga roʻbaroʻ kelib egilgan kuyi qoʻlini uzatdi.
— Qoʻlingizni olganimdan behad umidvormen, shahriyor! Saltanatingiz bundan ham toʻkin, obod va ravshan boʻlgʻay! Boz ustiga koʻngullari shikorga chiqmoqni tiladi, tahsinlar oʻqigaymiz. Buyogʻi Oʻsh, Yozyovon, yoinki Quva havosi rohat bagʻishlashini, dillarni ravshan etishini tilagaymiz. Alalxusus, yagona umid sizdan muddatni izhor etsangiz, oʻsha ondayoq otlanurmiz, shahriyor!

Olampanoh Amir Umarxon vaziri kalonning bu gal «shahriyor» deya murojaat etishini negadir yoqtirmadi, hozirning oʻzida javob qilmoqchi edi, yana nimanidir eslab, indamay qoʻya qoldi.
— Meni kiyintirsinlar!

Vaziri kalon Ismatullabiy shoshib qoldi. Shikor muddatini aytish oʻrniga olampanoh Amir Umarxonning shahar aylanishi ayonlashdi. Yasovullar olampanoh Amir Umarxonning oltin jigʻa, zar toʻnlarini kiyintirishga tushdilar.
— Urinib qolmasmikinsiz, shahriyor!

Olampanoh Amir Umarxonning chehrasi biroz ochilganday boʻldi.
— Bedovlar shaymi?
— Hammasi shay, shaxriyor!
— Hoʻqandi azimni koʻrish niyati tugʻildi. Yangi imoratlar, madrasalar...
— Niyatingiz ulugʻ boʻlsin!

Vaziri kalon Ismatullabiy oʻzida yoʻq xursand, yaqin orada boshlanadigan shikorni oʻylab ogʻzining suvi kelar, negaki xuddi shu onlarni u orziqib kutardi. Shikor bahona tunlari qoʻynida mohichehra nozaninlarni erkalar, tong yorishmayoq yana olampanoh Amir Umarxon huzurida ta’zim bajo aylardi.

Oʻrda maydoni sari yaqinlashayotgan olampanoh Amir Umarxon vaziri kalon Ismatullabiy jazoiriy qilich taqqan maxsus muhofiz yigitlarning betoqat boʻlayotganligini sezishdi. Vaziri kalon Ismatullabiyning qovogʻi osildi, qorovulbegining yuragi hapriqdi, shoshib soqchilar tomon yurdi. Darvoza ortidan allaqanday ovoz kelar, soqchilar sochlari toʻzgʻigan xotinning nariroq turishini buyurishar, haydashar va doʻq-poʻpisa qilishardi. Xotin esa ovozini atayin balandlatib sultoni mozoriga gʻisht qalardi.
— Duo qilaman, bir karniki, bir koʻrniki, deganday meniki ham ijobat boʻlib qolar...

Olampanoh Amir Umarxon xotin qargʻishini elas-elas eshitdi-yu, bir soniya joyida turib qoldi.
— Shahriyor!..
— Shangʻillayotgan xotinni tanurmisiz?

Vaziri kalon Ismatullabiy bu savoldan dovdiradi, toʻgʻrisi u bundai yumush bilan shugʻullanishni oʻzi uchun or deb hisoblardi. Hozir nima deb javob qilishini bilolmay qoldi.
— Dilingizni ogʻritmangiz, shahriyor!
— Tanirmusiz?
— Biror tilamchi adashib kirib qolgandir, shahriyor!...
— Dard ila oʻksib yigʻlayotganligi qulogʻingizga chalinmadi shekilli...
— Bunday nokaslarning urugʻi bir, shahriyor. Oʻzlarini pokiza koʻrsatish payida boʻladiyu...
— Bas!

Vaziri kalon Ismatullabiy olampanoh Amir Umarxon tomon ta’zim qildi.
— Buyuringiz, shahriyor. Hozir amringiz oʻrinlanur...
— Ilgari bundaylar yoʻq edi chamasi...
— Shahriyor...

Olampanoh Amir Umarxonning oʻq yalab oʻtgan yelkasi qolib koʻkragida sanchiq turdi, u ohista koʻkrak qafasini silagan boʻldi. — Shahriyor...
— Yoʻlni buring...

Vaziri kalon Ismatullabiy tushunib yetganicha yoʻq edi, olampanoh Amir Umarxon yuganni siltadi. Bedov old oyoqlarini dast koʻtarib, kishnadi. Olampanohning oʻzi zar suvi yugurtirilgan egardan uchib ketishiga bir bahya qoldi. Shunday boʻlsa-da, otning boshini orqaga burdi.

Vaziri kalon Ismatullabiy bedoviga qamchi urdi. Mohlaroyim olampanoh Amir Umarxonning zudlik bilan ortga qaytganligini eshitib, darvoza tomon yurdi. Mohlaroyim olampanoh Amir Umarxonning ranggi oqarib kelayotganligidan yuragi ezildi.

Vaziri kalon Ismatullabiy olampanoh Amir Umarxonning otdan tushishiga yordamlashdi.
— Hazratim...

Olampanoh Amir Umarxon Mohlaroyimning tiniq va hazin ovozini anglab yetdimi, koʻzini xiyol ochdi.

Mohlaroyimning imosiga mushtoq Olima otin xonai xosga koʻrpachani qalin qilib toʻshab, «Hammasi taxt, oyim», deganday bosh qimirlatdi. Mohlaroyim koʻnglining gulzori va bogʻboni olampanoh Amir Umarxonning vujudini timdalayotgan yarani anglay olmas hamda bunchalik tez oʻzgarib borayotganining boisini tushunib, yetolmas edi. Yaqin olti oy umrining sohibqironi boshida termulib oʻtirib, bugungidek yorugʻ lahzalarni orziqib kutgan, qolaversa, yuragi ham qon boʻlib ketgan edi. Ajabo, bu munavvar kunlarni kim koʻp koʻrdi ekan? Nahotki olamlanoh Amir UmarxOn xastalik toʻshagidan qaddini koʻtarolmasa. Oʻzing qoʻlla, oʻzing yoʻllahaloqqi egam!

Olampanoh Amir Umarxon koʻrpacha uzra yotarkan, bir zum ogʻir ingradi, chamasi yelkasi osha borayotgan ogʻriq kuchayayotgandek edi. Alalxusus, olampanoh Amir Umarxon bu safar koʻkrak qafasini ushladi.
— Hazratim... Bir ogʻiz soʻzingizga mushtoqmen. Nima boʻldi, qiynalayotgan joningizga jonim tasadduq. Jillaqursa bir ogʻiz soʻzlang...
— Chogʻir...
— Hazratim!
— Chogʻir...
— Bir muddat sabr qiling, hozir tabib tashrif buyuradilar. Inshoolloh, darddan xalos boʻlursiz...
— Yuragim... yuragim... Qani, kim. Kim bor, chogʻir!..
— Hazratim...
— Chogʻir...
— Hazratim...

Olampanoh Amir Umarxon koʻz oldida ikki arvoh kapalak bosh tbmoniga oʻtgandek tuyuldi, uni koʻrdi-yu, nafasi tiqildi, soniyan ingragan tovushda qoʻl silkidi.
— Ket... ket...

Mohlaroyim qalbini qorongʻulik chulgʻadi. U sekin oʻrnidan turib burilmoqchi edi, olampanoh Amir Umarxonning «ket, ket», deya hazin ovozi takrorlandi, shundagina Mohlaroyim umrining hamrohi va mastoni oʻz-oʻzi bilan soʻzlashayotganini tushunib yetdi. Olampanoh Amir Umarxon oʻrnida toʻlgʻandi. Chamasi unga Jumabiy qaytoqi va Irisqulibiyning suhbati tinchlik bermasdi.

Mohlaroyim ikki oʻt orasida, nima qilarini bilolmas, olampanoh Amir Umarxonning bosirqirab, «ket, ket», deyishlaridan joni halakda edi. Uch-toʻrt tabib muolaja qilib koʻrdi, alalxusus, saltanat sultonining tanasidan harorat pasaymasdi.

...Kunlar ortidan kunlar gʻamgin oʻtardi. Mohlaroyim olampanoh Amir Umarxonning arang pirpirayotgan kipriklariga termiladi. Bir tomonda sham eriy-eriy kichraya boradi.

Umr va sham...

Mohlaroyim uni esladi-yu, choʻchib ketdi, oʻzini oʻzi koyidi. «Yoʻq, yoʻq, bunday la’nati oʻyni yel olsin!»
— Hazratim...

Mohlaroyim olampanoh Amir Umarxonga intiq termildi, tobora muzlab borayotgan badaniga qoʻli tegdiyu koʻzyoshlari oqib tushdi.

Olima otin shamni yangiladi, sharpasiz ortiga qayrildi. Mohlaroyim hamon unsiz faryod chekar, qaniydi, umrining sultoni va gultojisi hisoblanmish olampanoh Amir Umarxon umrini sham yangligʻ yangilay olsa?! Jonini, jahonini berishga tayyor edi, afsus, ming bora afsus... Oyoq tomonda Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon... Shayxulislom Ma’sumxon toʻra tinimsiz tasbeh oʻgiradi.

Olampanoh Amir Umarxon bir entikdi, uning koʻz qorachiqlari kengayib ketgandek boʻldi. Ana shu koʻzlardan alvidolik soʻzlari yashirin boqayotganligini anglash mumkin edi. Buni shayxulislom Ma’sumxon toʻra angladi va Mohlaroyimga: «Bardam boʻling, malika kelin» deyishga ulgurdi. Mohlaroyim oʻkira-oʻkira sochlarini yuldi.
— Yoʻq, yoʻq. Hazratim...

Shayxulislom Ma’sumxon toʻra olampanoh yuziga bir zum termulib turdi-da, dedi:
— Ollohning irodasi, qizim! Oʻzi umr bergan egam oʻzi tortib olsa nima ham derdik.

Mohlaroyim qora roʻmolini changallab, qoʻsh farzandini bagʻriga bosgancha yigʻlashga tushdi.

Meni, ey charx kajraftor, yorimdin judo qilding,
Xazondur bogʻi ayshim, navbahorimdin judo kilding,
Ayirding mehribonimdin, nigorimdin judo qilding,
Charogʻi nuri baxshi roʻzgʻorimdin judo qilding,
Nigori sarv qomat guluzorimdin judo qilding,
Tanim xoki rah oʻldi, shahsuvorimdin judo qilding.