OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMirza Karimiy
Asar nomiGazetada gazetxonga oʻrin bormi?
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Mirza Karimiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Gazetada gazetxonga oʻrin bormi?
Mirza Karimiy

Byurokratik toʻsiqlar deganda men asosan quyidagilarni nazarda tutmoqdaman: TV va radiolarni-ku qoʻyavering... Efirga chiqish maqsadida taklif etilsangiz yoki oʻz ixtiyoringiz bilan borsangiz, xizmat guvohnomangizning hech qanday amaliy ahamiyati yoʻq. Agar yoningizda pasportingiz boʻlmasa, sizni hech kim kiritmaydi. Bunday holatlar respublika miqyosidagi, hatto ayrim tarmoq gazetalariga ham tegishlidir. Toʻgʻri, saqlanganni Yaratganning oʻzi saqlaydi deganlaridek, har nedan ogoh va hushyor boʻlganimiz ma’qul, albatta. Shu bois ham u joylarda shunday ichki tartib oʻrnatilgandir, balki...

Xuddi bugungidek yodimda. Biz universitetda tahsil olgan talabalik yillarimizda domlalarimiz jurnalistika nazariyasiga oid ma’ruzalarida har gal, gazeta — bu xalq minbari, millionlar minbari. Shu bois, u joyga tashrif buyurgan qalamkashmi, muxlis yoki arizachimi farqi yoʻq, ular uchun muharririyat eshigi doimo ochiq boʻlmogʻi kerak. Chunki undan barcha ham gʻoyaviy, ham ma’naviy ozuqa olishlari mumkin deb uqtirishardi.

Domlamizning bergan yuqoridagi oʻgitlari garchand bu sohada qabul qilingan muayyan qonun yoki qaror vazifasini oʻtamasa-da, uning gaplari mantiqan toʻgʻri deb oʻylayman. Chunki gazeta qaysi davlat va jamiyatga xizmat qilishidan qat’i nazar, uning manfaatini ifodalash bilan keng jamoatchilik fikrlari xilma-xilligini yoritgan holda hamisha xalq­chil boʻlib, hukumat bilan xalq oʻrtasidagi odil hakam va ayni chogʻda vositachi — koʻprik vazifasini oʻtab kelgan va bundan keyin ham shunday boʻladi.

Yaqinda gazetalardan birida OʻzMU magistranti Nigora Toʻxtamurodovaning «Ehtiyotkorlik qimmatga tushmasin» rukni ostida chop etilgan «... Kasb mas’uliyati» sarlavhali maqolasini oʻqib, unda koʻtarilgan shu kunning dolzarb mavzusi birgina «Nuroniy» gazetasigagina emas, balki respublikamizda chop etilayotgan boshqa qator nufuzli gazetalarga ham tegishli deb oʻylayman. Bunday deyishimizga birmuncha asoslar, kerak boʻlsa daliliy isbotlar bor. Boshqa sohalardagi kabi qalam sohiblarining ham haq-huquqlarini muhofaza qiluvchi qonun va ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlar borki, ular sirasiga «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida»gi va «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarni kiritish mumkin.

«Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida»gi qonunda fikrlar xilma-xilligini yoritishga alohida e’tibor berilgan. Uning 3-moddasida: «Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, oʻz fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir», deyiladi. Qolaversa, hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurilayotgani munosabati bilan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirilishini ta’minlash, faollashtirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida tsenzura bekor qilindi.

Ming afsuslar boʻlsinki, amalda turli byurokratik toʻsiq va qator muammolarga duch kelinmoqda.

Byurokratik toʻsiqlar deganda men asosan quyidagilarni nazarda tutmoqdaman: TV va radiolarni-ku qoʻyavering... Efirga chiqish maqsadida taklif etilsangiz yoki oʻz ixtiyoringiz bilan borsangiz, xizmat guvohnomangizning hech qanday amaliy ahamiyati yoʻq. Agar yoningizda pasportingiz boʻlmasa, sizni hech kim kiritmaydi. Bunday holatlar respublika miqyosidagi, hatto ayrim tarmoq gazetalariga ham tegishlidir. Toʻgʻri, saqlanganni Yaratganning oʻzi saqlaydi deganlaridek, har nedan ogoh va hushyor boʻlganimiz ma’qul, albatta. Shu bois ham u joylarda shunday ichki tartib oʻrnatilgandir, balki...

Lekin nima boʻlganda ham, matbuot xalq, demakki, millionlar minbari ekanligini ham unutmasligimiz, tomoshabin, eshituvchi, gazetaxonu mushtariylarni bunday moʻ’tabar dargohga kelib, u yoki bu yumushlari bilan murojaat etishlariga qulay shart-sharoitlar yaratib berilmogʻi maqsadga muvofiq degan fikrdamiz.

Inson zoti hamma narsaga koʻnikma hosil qilarkan. Bunisiga ham koʻnikdik, deylik. Lekin hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida joylarda amalga oshirilayotgan bun­yodkorlik ishlari va iqtisodiy islohotlarni qay darajada amalga oshirilayotgani xususida gazetalarga xabar yoxud maqola, qoʻyingki turli janrlardagi qoʻlyozmalar bilan murojaat etsangiz, antiqa tartib oʻrnatilganini guvohi boʻlasiz.

Odatda gazetaga kelgan xat-xabaru maqolalar birinchi navbatda xatlar boʻlimiga kelib tushadi va boʻlim xodimlari tomonidan alohida ish yuritish daftarida qayd etilganidan soʻng bosh muharrirga, u ta’til, xizmat safarida yoxud betob boʻlib qolsa, bosh muharrir oʻrinbosariga kiritiladi. Bosh muharrir yoki uning oʻrinbosari kelgan xat-xabarni koʻrib ularning mazmun-mundarijasiga qarab, imzosi qoʻyilgan holatda yana xatlar boʻlimiga qaytariladi va undan soʻng tegishli ijroga chiqariladi.

Va ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatilar, birorta xat-xabar e’tibordan chetda qolmasdi. Agar kelgan xat-xabarlar bir xil yoʻnalishda yoki mazmunda boʻlsa, shtatsiz muxbirlarni ranjitib qoʻymaslik, faolligini soʻndirmaslik uchun xatlarga sharh (obzor berilardi. Unda har bir maqola muallifining ismi va sharifi alohida koʻrsatib oʻtilardi. Mabodo muharririyatga kelgan xat-xabar yoki maqola gazetada bosishga lozim topilmasa, uning kamchilik va nuqsonlari koʻrsatilgani holda maqola muallifiga albatta javob xati yuborilardi. Shu boisdanmi, gazeta sahifalarida chop etilgan maqolalarning 60-70 foizi tashqaridan jalb etilgan shtatsiz muxbirlarniki boʻlardi. Natijada kundalik davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar mazmun-mohiyati, geografik oʻrni, texnik bezagi jihatidan rang-barang hamda oʻqimishli boʻlar, shu bois matbaa tarqatuvchi doʻkonlardan gazetxonu muxlislar keti uzilmasdi.

Hozir-chi? Hozir buning mutloq aksi desak ham mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Aksariyat gazeta sahifalarida chop etilayotgan maqola va xat-xabarlar (onda-sonda uchraydigan ba’zi «oʻgay» muxbirlarni joylardan yozgan shingil maqolalarini hisobga olmaganda) oʻsha gazetaning maxsus muxbirlariniki yoki chet el matbuotidan koʻchirib olingan uzuq-yuluq rasmiy xabarlardan iborat boʻlib qolmoqda. Nazarimizda bunday gazetalar oʻsha yerda faoliyat yuritayotgan qalam sohiblarining monopoliyasiga aylanib qolgandek tuyuladi. Ayrimlari oʻzlarining turli xil koʻngilsizliklardan soqit qilish maqsadida «muallif nuqtai nazari tahririyatnikidan farq qilishi mumkin, maqolada keltirilgan faktlar uchun muallif javobgar», degan ajabtovur izohni yozib qoʻyishgan. Ular bu bilan mas’uliyatdan qochib, gazetxonlar oldidagi burch va vazifalarini unutib qoʻyishganga oʻxshaydi.

Fikrim quruq boʻlib qolmasligi uchun uni respublikamizdagi gazetalardan biriga «Chimyon» sihatgohi yonidagi qir-adirlardan yangi yer ochib, bogʻ-rogʻ barpo etishga kirishgan mehnatkash inson haqida

«UMRBOQIYLIKKA DA’VAT» sarlavhali maqola berganim bilan izohlamoqchiman. Maqolaning taqdiri boʻyicha uch-toʻrt marta telefonlashganimdan soʻng gazetaga kirishga toʻgʻri keldi. Maqolani mas’ul kotib xonasidan bir amallab topdik. Yoʻqotib yuborishmaganlariga shukrona aytib maqolaga koʻz tashlasam, asl nusxasining uchdan biri ham qolmabdi. Boshqacha aytganda «eti menga, suyagi senga» deganlaridek, oʻquvchiga suyagi qolib, iligi olib tashlanibdi. Maqolani gazetaga topshirganimga olti oy oʻtayotgan boʻlishiga qaramay, hanuzga qadar bosilmaganiga afsus qilib, yiqilgan kurashga toʻymas deganlaridek, yana boshqa bir maqolamni topshirib chiqdim. Bunisi qachon chiqadi bilmayman.

Boshqa bir gazetalarning tashkilot, korxona, xoʻjalik va muassasalar haqida ijobiy maqola hamda tabriklardan tushadigan moddiy manfaatdorlik ketidan quvayotgani oqibatida MILLIONLAR MINBARIDAN PUL MINBARIGA aylanib qolayotgani koʻzga tashlanmoqda.

Boshqa kasb-kordagilardan farqli oʻlaroq hamkasb­larimning barcha bilib-bilmay qilgan xurmacha qiliqlarini tushinish mumkin, ammo ayrim gazeta xodimlarining joylarga borib yoritmoqchi boʻlgan mavzusi boʻyicha ashyoviy dalil toʻplash, reportaj va intervyular olishdan avval ta’magirlik qilish, hali yozib ulgurmagan maqolasi uchun «qalam uchi» olishga urinishlarini aslo kechira olmayman. Chunki ular mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda tinib-tinchimas, halol va pokiza mehnati bilan boshqa soha xodimlaridan tubdan ajralib turmogʻi lozim deb oʻylayman.