OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Mixail Sholoxov. Xol (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMixail Sholoxov
Asar nomiXol (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Mixail Sholoxov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonVahob Roʻzimatov
Hajm21KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Xol (hikoya)
Mixail Sholoxov

1

Stolda kuygan oʻq-dori anqib turgan patron gilzasi, qoʻy soʻngagi, dala xaritasi, ma’lumot, ot terining isi urib qolgan naqshdor yugan, bir boʻlak non. Bularning hammasi stolda, devorning zaxidan moQor bosgan, chopilgan xarrakda yelkasini deraza raxiga tiragancha eskadron komandiri Nikolay Koshevoy oʻtiribdi. Uyushgan, karaxt barmoqlariga qalam tutgan. Stolda yozib qoʻyilgan allaqachongi plakatlar yonida — chala toʻldirilgan anketa. Dagʻal qogʻozga qisqagina soʻzlar yozilgan: Koshevoy Nikolay. Eskadron komandiri. Ekinchi. RKSM a’zosi.

«Yoshi» degan katakka eran-qaran qilib 18 deb yozilgan.

Nikolka yoshiga qaraganda yaQrindor koʻrinadi. Atrofini ajin qoplagan koʻzlari va chollarga xos bukchaygan yelkasi uni keksanamo koʻrsatardi.
— Yosh bola-ya, bolakay, koʻk qoʻQaning oʻzi, — deyishadi hazillashib eskadrondagilar, — ammo deyarli talofat koʻrmasdan ikkita bosmachi toʻdasini tugata oladigan, eskadronni yarim yil mobaynida har qanday keksa komandirdan qolishmasdan janglaru olishuvlarga boshlab boradigan boshqa bir odamni topib koʻr-chi!

Nikolka oʻn sakkiz yoshdaligidan iymanadi. Oʻamisha «yoshi» degan yoqimsiz katak qarshisiga kelganda qalamining yurishi sekinlashib, imillab qoladi, Nikolkaning yonoqlari oʻkinchdan qizgʻish tortadi. Nikolkaning otasi kazak, otasiga koʻra u ham kazak. Besh-olti yoshlarida otasi uni harbiy otiga mindirganini xuddi aloq-chaloq tushday eslaydi.
— Yolidan ushla oʻgʻlim! — deb qichqirardi otasi, onasi esa oshxona eshigidan Nikolkaga jilmayib turar, otning doʻng sirtiga qapishgan jajji oyoqlariga va yugan tutgan otasiga tikilar edi.

Bu allaqachonlar boʻlgan. Nikolkaning otasi german urushida, xuddi suv yutgandek, bedarak ketdi. Nikolkadan otasiga otga ishqibozlik, behad dovyuraklik, chap oyogʻining yuqorisida xuddi otasidagiga oʻxshash kaptar tuxumidek xol meros qoldi. Oʻn besh yoshigacha xizmatkorlikda sargardon kezdi, keyin esa uzun shinel soʻrab olib, stanitsadan oʻtayotgan qizil polk bilan birga Vrangelga qarshi kurashga joʻnadi. Shu bu yil yozda Nikolka Donda harbiy komissar bilan choʻmilayotgan edi. Komissar Nikolkaning bukchaygan, quyoshdan qoraygan yelkasiga qoqa-qoqa, kontuziyalangan boshini qiyshaytirgancha duduqlanib shunday dedi:
— Sen haligi... haligi... Sen baxt... baxtli ekansan! Oʻa, baxtli ekansan! Xol — baxtning nishonasi emish.

Nikolka sadaf tishlarini koʻrsatib tirjaydi-da, suvga shoʻnQidi. Suvdan turib pishqirgan koʻyi:
— Bekor aytibsan, dovdir! — deb qichqirdi. — Goʻdaklikda yetim, umrim boʻyi xizmatkorlikdan qaddimni rostlamagan boʻlsamu bu kishi baxtlisan deb oʻtirsa!

Shunday dediyu Donni quchib turgan sariq qumloq tomon suzib ketdi.

2

Nikolka istiqomat qilayotgan uy Don ustidagi uchirim yoqasida joylashgan. Derazalaridan yam-yashil, yoyiq Don boʻylari, qoramtir suv koʻrinib turadi. Boʻron esgan kechalari uchirim tagida toʻlqinlar shaloplaydi, darchalar entikkandek hasrat chekadi, Nikolkaning nazarida suv pol tirqishlaridan oʻgʻrincha sizib kirayotgandek, toʻliqib, uyni silkitayotgandek tuyuladi.

U boshqa kvartiraga koʻchmoqchi ediyu, niyatini amalga oshirmay, kuzgacha shu yerda qoladigan boʻldi. Ayozli tongda moʻrt sukunatni nagʻalband etigining jaranggi bilan chil-chil sindirgancha Nikolka boʻsagʻaga chiqib keldi. Olchazor bogʻchaga tushdi-da, shabnamdan giryonzada, oqarinqiragan oʻlanga yostandi. Ogʻildan uy bekasining sigirni tek turishga undayotgani, yoʻgʻon ovozli buzoqning qistov bilan moʻngrayotgani, tizillab tushayotgan sutning paqir chetiga jaranglab urilayotgani eshitilar edi.

Oʻovlida yon eshik gʻijirladi, it akilladi. Vzvod komandirining:
— Komandir uydami? — degan ovozi eshitildi.

Nikolka tirsaklariga tayangancha qaddini koʻtardi.
— Men buyoqdaman! Xoʻsh, yana nima boʻldi?

Stanitsadan chopar keldi. Aytishicha, Sal okrugidan bosqinchilar kirib kelganmish, Grushinskiy sovxozini bosganmish.
— Boshlab kel uni buyoqqa.

Chopar qora terga botgan otini otxonaga yetakladi. Ot hovlining oʻrtasida oldingi oyoqlari bilan munkib tushdi, keyin yonboshiga quladi-da, oʻqtin-oʻqtin, kalta-kalta xirillaganicha, nafasi tiqilib, dargʻazab vovullayotgan zanjirband itga soʻnayotgan koʻzlari bilan tikilgan koʻyi oʻlib qoldi. Chunki chopar olib kelgan paketda uchta xoch belgisi bor edi, chopar uni qirq chaqirim yoʻldan otga dam bermay olib kelgan edi.

Nikolka raisning undan, eskadron bilan madad bergani yetib kel, deb iltimos qilganini oʻqigach, mehmonxonaga kirib qilichini taqarkan, tinkasi qurib oʻyladi: »Biror yoqqa oʻqishga ketsam boʻlardi, buyoqda esa banda... Harbiy komissar izza qiladi, birorta soʻzingni toʻgʻri yozolmaysan, axir eskadron komandiri boʻlsang deb... Uning ustiga banda bosganini ayt... Yana qon toʻkiladi, bunaqa turmush tinka-madorimni quritdi... Hammasi me’damga tegdi...»

Yoʻl-yoʻlakay karabinini oʻqlagancha boʻsagʻaga chiqdi. Xayoli tep- tekis, katta koʻchalarda chopib ketayotgan otlardek uchqur edi, shularni oʻylardi: «Shaharga ketsam boʻlardi... Oʻqisam boʻlardi...»

Oʻlib qolgan ot yonidan otxona tomon oʻtib borarkan, uning chang bosgan burun kataklaridan sizib chiqib, qora tasmadek chizilgan qonni koʻrib, yuzini ters oʻgirdi.

3

Oʻnqir-choʻnqir yozlik yoʻl boʻylab, shamol yalagan arava izlari boʻylab gajimdor, boʻzrang bargizub, qalin hurpaygan shoʻra va taxoj tarvaqaylab yotibdi. Bu — bir vaqtlar xirmonjoylarga pichan tashib borilgan oʻsha yozlik yoʻl, gʻaramlar dasht boʻylab qahrabo qatralaridek sochilib yotibdi, serqatnov yoʻl esa telegraf simyogʻochlari tagidagi doʻnglik uzra yostangan. Simyogʻoch soya jarlar orqali kuzning xira tortgan oqish bagʻri tomon shitob intiladi, simyoQochlar yonidan oʻtgan yaltiroq yoʻl boʻylab esa ataman ellik chogʻli sovet hokimiyatidan norozi Don va Kuban kazaklaridan iborat bosqinchilar toʻdasini boshlab ketmoqda. Ular xuddi qoʻy suruviga darigan boʻridek uch kecha- kunduzdan buyon yoʻl boʻylab yoki yoʻlsiz qoʻriq osha qochib bormoqda, orqadan esa ularni qoralagancha Nikolka Koshevoyning otryadi kelmoqda.

Bandadagilar koʻpni koʻrgan, pixini yorgan harbiylardan boʻlsalar-da, har qalay ataman ogʻir oʻyga botadi, uzangiga oyoq tiraganchi dashtni koʻzlari bilan paypaslaydi, Donning narigi tomoniga choʻzilib ketgan oʻrmonning moviy hoshiyasigacha nechchi chiqirimligini chamalaydi.

Ular shu tariqa boʻridek qochishadi, Nikolka Koshevoyning eskadroni esa ularning izidan quvadi.

Yozning ochiq-yorugʻ kunlari, shaffof osmon ostidagi Don dashtlarida qalin bugʻdoy boshoqlari kumushdek jaranglab tebranadi. Oʻrim oldida sarhil-sara bugʻdoy boshogʻining murti oʻn yetti yashar yigitchaning moʻylovidek qora tortgan, javdar esa odam boʻyi oʻsgan boʻladi.

Sersoqol dehqonlar daraxtzorlar yaqinidagi qumloq tepalardagi qumoq paykallarga javdar ekadilar. U yaxshi bitmaydi, qadim-qadimdan bir desyatinadan oʻttiz chorakka yetar-etmas hosil beradi, javdarni shuning uchun ekishadiki, undan qiz bolaning koʻz yoshidek tiniq samogon tortishadi: negaki azroʻyi azaldan shu taomil bor, boboyu bobokalonlar ham ichib kelishgan. Don oblasti kazaklari qoʻshinining tugʻrosida aroqli bochka ustida yalongʻoch oʻtirgan mast kazak tasviri aks ettirilganligi, chamasi bejiz boʻlmasa kerak. Xutorlaru stanitsalar kuz kunlari quyuq va oʻtkir xamr boʻlib gupiradi, qizQish tol chetanlar uzra tepasi qizil papoqlar mastona chayqaladi.

Ana shunga koʻra ataman ham biror kun hushyor boʻlmaydi, shu sababdan barcha aravakashlaru pulemyotchilar ressorli tachankalarda kayfdan qayshayishib oʻtiradilar.

Ataman qadrdon qoʻralarini yetti yil mobaynida koʻrmadi. German asirligi, keyin Vrangel, quyosh tigʻidan erib turgan Istambul, tikan simli lager, mumlangan, shoʻr qanotli turk felyugasi, Kubaning popiltiriqli qamishzorlari va nihoyat — banda.

Agar yelkasi osha orqasiga oʻgirilib qarasa — atamanning kechirgan turmushi ana shu. Atamanning yuragi jazirama yoz kunlari dashtdagi chalchiqlar boʻyida hoʻkizlarning ayri tuyoqlaridan tushgan izlar qotganidek tosh qotdi. Tushunib boʻlmaydigan gʻalati bir alam ichini kemiradi, mushaklarini oʻqchiqdan tirishtiradi, ataman payqab turadiki, uni unuta olmaydi, bu dardga hech qanday samogon bilan bas kela olmaydi. Shuning uchun hushyor tortmay kuniga ichadiki, Don dashtlaridagi tashna bagʻri quyosh ostida agʻdarilib yotgan gʻalla xushboʻy va totli gullamoqda, qoramagʻiz yuzli jalmerkalar xutorlaru stanitsalarda shunday samogon tortmoqdalarki, sharqirab turgan chashma suvidan ajratib boʻlmaydi.

4

Tongotarda dastlabki ayoz boshlandi. Nilufarning serbar yaproqlariga nuqra tuklar sochildi, kichkina tegirmon toshida esa ertalab Lukich slyudaga oʻxshagan rang-barang, yupqa-yupqa muz parchalarini koʻrdi.

Ertalabdanoq Lukichning tobi qochib qoldi: beliga sanchiq kirdi, simillagan oyoqlari oQirlashib yerdan uza olmasdi. Eti soʻngaklaridan ajralib ketayotgandek bema’ni gavdasini arang koʻtargancha tegirmon boʻylab oyoqlarini surgab bosardi. Tariq juvozdan bir gala sichqon lip etib chiqqancha urib ketdi; yoshlangan nam koʻzlari bilan yuqoriga tikildi: shift tagidagi qoʻndoqdan turib kaptar ishchanlak bilan jadal bidir-bidirlagancha xonish qilmoqda edi. Bobo bamisoli qumoq tuproqdan yasalgandek burun kataklari bilan moQor bosgan talx suv isini, javdar uni hidini dimoQiga tortdi, suvning xunuk yutoqqancha ustunlarni yalab-yulqayotganini, tinglab turdi-da, paxmoq soqolini Qijimlab oʻyga toldi.

Bobo asalari kuvalari turgan joyda dam olish uchun yostandi. Poʻstinini ustiga qiyQoch tashlagancha uyquga ketdi, oQzi nimochiq, uvizidan sizgan iliq, yopishqoq soʻlagi soqoliga ilashgan. Oqshom qoronqusi boboning uyini bus-butun chulqab oldi, tegirmon sutrang tuman uvadalari orasida qoldi...

Uyqonganida oʻrmondan ikki otliq chiqib kelmoqda edi. Ulardan biri asalari kuvalari orasida yurgan boboga qichqirdi:
— Buyoqqa kel, bobo!

Lukich shubhalanib qaragancha turib qoldi. U notinch yillar orasida yem bilan unni soʻramay-netmay tortib oladigan mana bunday qurama odamlarni juda koʻp uchratgan, ularning hammasini bab-barobar, yoppasiga qattiq yomon koʻrar edi.
— Tezroq yursang-chi, galvars chol!

Lukich oʻyib yasalgan kuvalar orasidan oʻtib bordi, tusi ketgan lablarini ohista qimirlatganicha, sassiz chapillatdi, mehmonlarga qiyQos qaragancha beriroqda turib qoldi.
— Biz qizillardanmiz, bobojon... sen bizdan qoʻrqma, — dedi xirqirab ataman beozorgina. — Biz bandani quvib yuribmiz, oʻzimiznikilardan qolib ketdik... Balki, koʻrgandirsan, kecha shu yerdan otryad oʻtgan edi?
— Allaqanday odamlar oʻtgan edi.
— Ular qayoqqa qarab ketishdi, bobo?
— Kim bilsin jin urganlarni!
— Tegirmoningda ulardan bitta-yarimtasi qolmaganmidi?
— Yoʻq, — dedi Lukich qisqagina va orqasiga oʻgirildi.
— Shoshma, qariya, — ataman egardan sakrab tushdi, mastligidan maymoq oyoqlarida turolmay qalqib ketdi, oqzidan samogon hidi burqigancha shunday dedi, — biz komunistlarni yoʻqotamiz, bobo... Oʻa shunday... Bizning kimligimizning senga hech bir dahli yoʻq! — Qoqilib ketib, yuganini qoʻlidan tushirib yubordi. — Senga dahldor joyi shuki, yetmish otga yem tayorlab berasan, uningni chiqarmaysan... Oʻozirning oʻzida!.. Tushundingmi? oʻallang qaerda?
— Yoʻq, — dedi Lukich atrofiga alanglaganicha.
— Bu omborda nima bor?
— Balo-battar, lash-lush... Oʻalla yoʻq!
— Qani, yur-chi!

Cholning yoqasidan tutdi-da, qiyshayib yerga qapishib yotgan ombor tomonga tizzasi bilan sudragancha olib ketdi. Eshikni lang ochdi. Xaltalarda bugʻdoy bilan taxojli arpa bor edi.
— Bu gʻalla boʻlmay nima, qari ablah?
— Oʻalla, valine’matim... Bular supurundi... Men bularni bir yil mobaynida bittalab yiqqan boʻlsam-u... sen otlarga yedirib uvol qilmoqchisan...
— Nima, bizning otlarimiz ochidan tirishib oʻlsinmi? Xoʻsh, bu nima qilganing — qizillarning tarafini olayotibsanmi, oʻzingga oʻlim tilayotibsanmi?
— Rahming kelsin, mehribonginam? Senga nima gunoh qildim? — Lukich boshidan shapkasini yulqib oldi-da, shartta tiz choʻkib, atamanning serjun qoʻliga yopishgancha oʻpa ketdi...
— Ayt: qizillarni yoqtirasanmi?
— Kechir, jafokashginam!.. Behuda gapirgan boʻlsam, aybimdan oʻt. Voy, kechir, qiynama meni, — deb oʻkrardi chol, atamanning oyoqlarini quchgancha.
— Qizillarga tarafdormasligingga qasam ich... Choʻqinma, tuproq oshala!

Bobo kaftlaridagi tuproqqa yosh toʻkkancha, tish-ogʻzida aylantirib kavshandi.
— Xoʻsh, endi ishondim. Oʻrningdan tur, qariya!

Ataman oyoqlari uvishib qolgan cholning turolmayotganini koʻrib kuldi. Yetib kelgan otliqlar xompalardan arpa bilan bugʻdoyni tashib chiqib, otlarning oyoqlari ostiga sepdilar, oltinrang donlarni hovli yuziga toʻkib-sochdilar.

5

Tuman, namxush qorongʻilik qoʻynidagi tong.

Lukich soqchining oldidan oʻtib, yoʻldan emas, oʻrmondagi oʻzigagina ma’lum boʻlgan soʻqmoqdan pildiragancha, jarliklar osha, tong oldidagi tetik mudroqlikda sergaklangan oʻrmon osha xutor tomon joʻnadi.

Yeltegirmonga yetib borib, Qovli yoʻldan tor koʻchaga burilmoqchi edi, koʻz oʻngida daf’atan otliqlarning gʻira-shira sharpasi paydo boʻldi.
— Kim u kelayotgan? — degan tashvishli xitob eshitildi jimjitlik qoʻynida.
— Menman... — Lukich chaynalib, oʻzi esa bus-butun boʻshashib, a’zoyi-badani titray boshladi.
— Kimsan oʻzing? Nima, propuskang bormi? Nima qilib izQib yuribsan?
— Tegirmonchiman... shu yerda suv tegirmonda ishlayman. Xutorga zarur ish bilan ketayotgan edim.
— Qanaqa zarur ish ekan u? Qani, komandirning oldiga yur-chi! Oldinga tush! — deb qichqirdi bittasi ot bilan bostirib kelarkan.

Otning buQli lablari boʻyniga tegayotganini sezgan Lukich oqsoqlagancha xutor tomon yoʻl oldi.

Maydondagi cherepitsa yopilgan uy oldida toʻxtadilar. Kuzatuvchi inqillagancha egardan tushdi-da, qilichini shaloplatgan koʻyi boʻsaQaga koʻtarildi.
— Orqamdan yur!..

Derazalardan chiroq yoruQi koʻrinib turibdi. Kirib borishdi.

Lukich tamaki tutunidan aksirib yubordi, shosha-pisha shapkasini oldi-da, toʻrdagi burchakka qarab choʻqindi.
— Mana bu cholni ushlab keldik. Xutorga ketayotgan ekan.

Nikolka paru pat yopishgan paxmoq boshini stoldan koʻtarib, uyqusiragancha, ammo jiddiy soʻradi:
— Qayoqqa ketayotgan eding?

Lukich oldinga bir qadam tashlab, shodligidan qalqib ketdi.
— Jonginam, oʻzimizniki ekansizlar, men boʻlsam, yana oʻsha gʻaddorlar, deb oʻylabman... Oʻtakam yorilganidan soʻrashga ham botinolmabman... Men tegirmonchiman. Mitroxaning oʻrmonidan oʻtayotganlaringda menikiga tushgan edinglar, men senga sut quyib bergan edim, qoʻziginam... Yo esingdan chiqdimi?
— Xoʻsh, nima demoqchisan?
— Aytadigan gapim shuki, oʻrgilay: kecha qorongʻi tushishi bilan menikiga oʻsha bandadagilar bostirib kelishdi, bor don-dunimni otlariga pok-pokiza yedirib yuborishdi!.. Meni xoʻrlashdi... Kattasi: joningdan umiding boʻlsa, oldimizda qasam ich, dedi, tuproq oshalattirdi.
— Ular hozir qaerda?

Oʻsha yerda-da. Bir talay araq olib kelishgan ekan, shimirishyapti iblislar. Mening mehmonxonamda, men siz shafqat panohimga xabar bergani yugurib keldim, hech boʻlmasa siz ularning ta’zirini berib qoʻyarsiz.
— Ayt, otni egarlashsin! — deya boboga jilmaygancha xarrakdan sapchib turdi Nikolka va horgʻinlik bilan shinelining yengini tortdi.

6

Tong otib boryapti.

Uyqusiz kechalarda zahil torgan Nikolka pulemyotli dvukolka tomon chopib keldi.
— Atakaga kirishishimiz bilan oʻng qanotiga qarab shiQillat. Biz ularning qanotini sindirishimiz kerak!

Shunday dedi-da, yoyilib borayotgan eskadron tomon ot qoʻydi.

Yoʻldagi bir toʻp majmaQil dublardan oʻtgach otliqlar koʻrindi — ular toʻrtta-toʻrttadan saf tortishgan, oraliqlarida tachankalar ketmoqda edi.
— Yeldiringlar! — deb qichqirdi Nikolka va orqasidan tuyoqlarning kuchayganini sezib, ayQiriga qamchi bosdi.

Dahanada jonholatda pulemyot tarilladi, boyagi, yoʻldagilar xuddi mashq vaqtlaridagidek darhol halqa boʻlib yoyilishdi.

* * *

Ayqash-uyqash yogʻochlar orasidan tepalikka toʻngʻiztaroq yopishgan boʻri yugurib chiqdi. Boshini oldinga choʻzgancha gʻingshidi. Yaqin orada tars-turs oʻqlar otilmoqda, turli ohangda uvillagan tovushlar payvast tebranib yangramoqda edi.

«Taq!» etib qayragʻochzorga kelib tushardi oʻq tovushi, tepalikning naryogʻidagi qaerdadir, shudgordan narida payvast bidirlagan aks-sado eshitiladi: «tuq!»

Yana oʻqtin-oʻqtin taq-tuq-taq! Tepalik orqasidan javob kelardi: tuq-tuq-tuq!

Boʻri turdi-turdi-da, eran-qaran, lapanglagancha jarlikdagi sarQayib qolgan, oʻrib olinmagan qoʻgʻazorga qarab yoʻnaldi...
— Boʻshashma!.. Tachankalarni tashlamanglar!.. Chakalakka... Chakalakka, deyman onangni emgurlar! — deb qichqirardi ataman, uzangiga oyoq tirab turgancha.

Tachankalar atrofida esa hovliqib qolgan aravakashlar bilan pulemyotchilar yon qayishlarini kesmoqda, pulemyotdan uzluksiz oʻt ochilayotgani tufayli uzilib ketgan halqadagilar tiraqaylab qochishga kirishgan edilar.

Ataman otini burdi, unga tomon qanot yozgandek, qilichini oʻynatib bir kishi ot choptirib kelmoqda edi. Koʻkragidan chayqalayotgan durbinidan, burkasidan ataman ot choptirib kelayotgan oddiy qizil askar emasligin payqadi-da, tizginni tortdi. Uzoqdan yosh yigitning Qazabdan burishgan muylabsiz yuzini, shamoldan yumilayotgan koʻzlarini koʻrdi. Atamanning tagidagi ot orqa oyoqlariga choʻkkudek boʻlib oʻynoqlardi, oʻzi esa kamariga ilinib qolgan mauzerini yulqilab tortarkan, shunday deb qichqirdi;
— Itvachcha goʻdak!... Oʻynataver, oʻynataver, oʻynatishni mendan koʻrasan hali!...

Ataman yaqinlashib kelayotgan qora burkaga qarab oʻq uzdi. Ot sakkiz sajencha chopib kelib, qulab tushdi, burkasini irgʻitib tashlagan Nikolka esa oʻq uza-uza, yugurgancha ataman tomon tobora yaqinlashib kelmoqda edi...

Chakalakning orqasidan kimdir vahshiyona chinqirib yubordi-da, ovozi oʻchib qoldi. Quyosh yuzini bulut bosdi, dashtga, yoʻlga kuz va shamollar dastidan yalanQochlangan oʻrmonga suzib boruvchi soyalar toʻshaldi.

«Nodon, goʻdak, hovliqma, shuning uchun ham bu yerda ajalga duchor boʻladi», deb oʻylardi ataman, shoshqinlik bilan, nihoyat yigitning oboymasidagi oʻqlari tamom boʻlgach, tizginini boʻshatdi-da, kalxat boʻlib otildi.

Egardan ogʻgancha qilichini siltadi, zarbdan yigitning gavdasi shilq etib boʻshashganini bir lahza his etdi, keyin jasad sirQalgancha yerga asta qulab tushdi. Ataman sakrab tushib marhumning durbinini yulqib oldi, uning uvishib titrayotgan oyoqlariga qaradi, atrofiga alangladi-da, oʻlikning xrom etigini yechib olish uchun choʻnqayib oʻtirdi. Qirsillayotgan tizzasiga oyogʻini tiragancha etikning bir poyini chaqqonlik bilan yechib oldi. Ikkinchisining ichida paypoq yiQilib qolganmi, yechilmasdi. Oʻazabi oshib soʻkingancha etikni paypoQi bilan qoʻsha suQurib oldi-da, oyogʻining toʻpiqdan yuqorirogʻidagi kaptar tuxumidek keladigan xolga koʻzi tushdi. Yigitni uyQotib yuborishdan qoʻrqayotgandek uning sovib kelayotgan boshini asta-sekin yuzini yuqoriga qilgancha oʻnglab qoʻydi, qoʻli ogʻzidan laxta-laxta boʻlib chiqayotgan qonga belandi, tikilib qaradi-da, shundan keyingina uning oʻxshovsizroq yelkalarini noqulay quchgancha, boʻgʻiq ovoz bilan shunday dedi:
— Oʻgʻlim!.. Nikolushka!.. Jonim!.. Jigarbandim...

Unniqib borarkan, qichqirdi:
— Aqalli bir ogʻiz soʻz aytsang-chi! Nima boʻldi oʻzi-ya?

Soʻnayotgan koʻzlariga qaragancha oʻzini yerga tashladi; qon quyilgan qovoqlarini ochib qararkan, ixtiyorsiz, majolsiz jasadini silkitardi... Nikolka esa benihoya zoʻr va muhim narsasi haqida soʻzlab yuborishdan qoʻrqayotgandek moʻmataloq tilining uchini gʻarchcha tishlab olgan edi.

Ataman oʻgʻlining sovub borayotgan qoʻllarini bagʻriga bosib oʻpdi-da, ter ingan mauzerining poʻlat milini tishlari bilan tishlab, ogʻziga oʻq uzdi...

* * *
Kechqurun chakalakning naryogʻida otliqlar koʻrinib, shamol gʻala-gʻovur tovushlarni, otlarning pishqirishlari va uzangilarining jaranglashini olib kelarkan, atamanning boshidan oʻlimtikxoʻr kalxat istar-istamas uchib ketdi. Uchib ketdi-da, kuzning xira, boʻzraygan osmonida gʻoyib boʻldi.