OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMixail Zoshchenko
Asar nomiHajvchi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Ukrain adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Mixail Zoshchenko
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAbduvohid Umr (Ruschadan)
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hajvchi (hajviya)
Mixail Zoshchenko

Yaqinda menga telefondan qoʻngʻiroq qilishdi.

Kimdir muloyim, yumshoq ovozda soʻradi:
– Oʻrtoq Zoshchenkomisiz?
– Ha.
– Gap shundaki, biz kuchaytirgich ustida tajriba oʻtkazyapmiz. Birorta hikoyangizdan uch-toʻrt satr oʻqib berishingizni oʻtinib soʻraymiz.

Kechiktirib boʻlmaydigan muhim yumushim bor edi. Uni toʻxtatishni hecham xohlamasdim. Lekin men koʻngilchan odamman. Kamina, bundan tash-qari, har xil yangi ixtirolarni hurmat qilaman.

Telefon goʻshagiga bir necha satrni oʻqib berdim.
– Juda soz, – dedi muloyim ovoz. – Minnatdorman. Jarangdorlik a’lo darajada. Endi eshittirishimizni tinglab koʻrishingizni iltimos qilamiz. Marhamat, xonaning burchagiga borib turing. Va quloq tuting.

Goʻshakni stol ustiga qoʻydim-da, oʻn qadamcha yurib toʻxtadim. Ikki daqiqalar chamasi tentakday gʻoʻdayib turdim. Keyin qaytib keldim.
– Qalay?
– Hech narsa eshitmadim.
– Unda besh qadamcha yuring va shu taxlit oʻtiringki, qulogʻingiz goʻshak bilan bir cathda boʻlsin.

Uzoqlashdim va oʻtirib oldim.
– Qalay?
– Xudo haqqi, hech nimani eshitmayapman! – dedim jahl bilan.
– Unda, – dedi hamsuhbatim kula-kula, – goʻshakni qoʻying va yotib uxlang.

Haligi odam yayrab, miriqib, entikib xoxolab kulardi.

Nimasini aytasiz, chindan ham juda xunobim chiqdi. Goʻshakni uzib olishimga sal qoldi. Qarang-a, allaqanday yaramas meni oʻn daqiqacha laqillatsa-ya. Hatto oʻtirishga ham majburladi.

Keyin oʻzimni bosib oldim. Hatto tirjayib qoʻydim. Nima boʻpti? Hammasi joyida. Syujet tayyor, yozsa boʻladi. Dolzarb mavzu – telefon bezorilari haqida moʻ‘jazgina hajviy hikoya qoralash ham mumkin. Mana shu boʻlmagʻur ishda yigirma rublni halol ishlab oldim.

Har bir bema’nigarchilikning tagida hikmat bor, deb shuni aytsalar kerak-da.