OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMixail Zoshchenko
Asar nomiOvroʻpalik (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Ukrain adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Mixail Zoshchenko
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAbduvohid Umr (Ruschadan)
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ovroʻpalik (hajviya)
Mixail Zoshchenko

Idora xizmatchisi Seryoja Kolpakov bir necha kun aqldan ozganday boʻlib yurdi.

U shahar telefon stansiyasiga ikka marotaba borib, u yerda telefon apparatining narxi va uni oʻrnatish shartlari haqida vazminlik bilan, erinmay surishtirdi.

Bu juda arzon va hamyonbop edi.

Seryoja Kolpakov shahar stansiyasiga uchinchi marta – shartnoma imzolash haqidagi qat’iy qaror bilan kirib bordi. U aldanib qolmayin, deb ma’lumotlar byurosiga uchinchi marotaba yoʻl oldi va narxlar haqida vazminlik bilan yana surishtira boshladi. Bundan tashqari, Seryoja telefon sohasidagi eng yangi ixtirolar haqida suhbatlashishga ham urinib koʻrdi, biroq oʻzining qogʻozlariga oʻralashib qolgan bagʻritosh va quruq, xudbin ma’lumotchi xonim ilmiy kashfiyotlarga sovuqqonlik bilan qarab, hatto jamoatchilik ishiga xalal bermaslikni istehzoli ohangda soʻrashga jazm etdi.

Shunda oʻzining eng ilgʻor gʻoyalarini inobatga olmaganlaridan ranjigan Seryoja Kolpakov hamyonini chiqarib, stol ustiga otib yubordi va ovozini balandlatib, oʻzi ham muassasada xizmat qilishini hamda insonga xalaqit berish nima ekanligini yaxshi tushunishini bildirib qoʻydi. Lekin, baxtga qarshi, u xalal berishi shart.

Shu tobda Seryoja Kolpakovning yuzida magʻrurlik ifodasi zuhur etdi va zudlik bilan shartnoma tuzish istagida ekanligini bildirdi.

Seryojani mudirning huzuriga yuborishdi va yarim soatdan soʻng shart-noma imzolandi.
– Faqat, iltimos, hurmatli oʻrtoq, – dedi Seryoja mudirga, ovozi titrab, – shoshilishingizni iltimos qilaman. Men band odamman. Har bir soniyam qadrli.

Koʻchaga Seryoja Kolpakov boshqa inson boʻlib chiqdi.

U shoshilmay, vazmin odimlar va oʻtkinchilarga yengil istehzo bilan nazar tashlardi.
– Roʻyobga chiqdi, – shivirlardi Seryoja Kolpakov. – Uzoq kutilgan orzuim roʻyobga chiqdi. Va nihoyat, Sergey Ivanovich Kolpakovda telefon bor. Sergey Ivanovich Kolpakov, sakkizinchi razryadli xodim, ta’bir joiz boʻlsa, hayotning umumiy tarmogʻiga ulandi. Sergey Ivanovich Kolpakov, xizmatchi – madaniy koʻnikmalar va odatlarga ega boʻlgan haqiqiy, asl ovroʻpalik inson.

Sergey Ivanovich bosh kiyimini yechdi, peshanasidagi terni artdi va telefon sohasining foydali jihatlari hamda umuman, inson dahosi haqida fikrlar ekan, vazmin qadam ila xizmatga yoʻl oldi.

Bir necha kun tushdagiday oʻtdi.

Sergey Ivanovich telefonni qayerga qoʻyishini xayolan tasavvur qilardi. Bir ovroʻpachasiga karavot oldiga qoʻygisi kelardi, bir qarasang, aksincha, stolga qoʻygisi kelib qolardi. Seryoja ovoz chiqarib oʻziga oʻzi e’tiroz bildirar, qizishardi, biroq bir qarorga kela olmadi.

Nihoyat, tantanali kun ham yetib keldi. Uning xonadoniga sumka osgan, apparat koʻtargan kishi kirdi-da, quvnoq ohangda soʻradi:
– Qayerga qoʻndiray?

Seryoja Kolpakov indamay, qaltiroq qoʻllari bilan karavot yonidagi devorni koʻrsatdi.

Xullas, telefonni oʻrnatishdi.

Seryoja Kolpakov yangi, yaltillab turgan apparatga zavq-shavq bilan boqarkan, karavotga choʻzildi. Keyin oʻtirib oldi, goʻshakni qulogʻiga tutdi va qoʻngʻiroq qila boshladi.
– «A» guruhimi? Sinov...

Telefon malikasi nimadir deb mingʻirladi, lekin Seryoja eshitmadi. U har soniyada qoʻli bilan goʻshakni his etarkan, uni ilgakka ohistagina ildi. U yana zavq bilan yostiqqa suyandi.

Sergey Kolpakov ajoyib qutidan koʻzini uzmay chamasi ikki soat karavotda choʻzilib yotdi. Keyin yana qoʻngʻiroq qilishga tutindi.

U oʻzining tanishlarini xotirasida xayolan birma-bir oʻtkaza boshladi. Afsuski, tanishlar kam boʻlib, ularning telefonlari yoʻq edi.

Shunda Seryoja Kolpakov qoʻngʻiroq qilish mumkin boʻlgan har qanday manzilni topish haqida hatto bir oz hadik bilan oʻylay boshladi. Biroq bunaqa joyning oʻzi ham topilavermadi.

Seryoja karavotdan sakrab turdi, telefon kitobchasini qoʻliga oldi va uni shosha-pisha varaqlay boshladi, baxtga qarshi qoʻngʻiroq qilish mumkin boʻlgan joy yoʻq edi.

Shunda Seryoja Kolpakov Kolomenskiy oʻt oʻchirish boʻlimiga qoʻngʻiroq qildi.
– Nima? – soʻradi kimdir boʻgʻiq ovozda. – Yonyaptimi?
– Yonyapti, – ma’yus ohangda dedi Seryoja.

U goʻshakni joyiga osdi-yu, toʻshakka choʻzildi.

Kechqurun Seryoja Kolpakovni bezoriligi uchun qamoqqa olishdi.