OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMixail Zoshchenko
Asar nomiUnutilgan shior (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Ukrain adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Mixail Zoshchenko
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAbduvohid Umr (Ruschadan)
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Unutilgan shior (hajviya)
Mixail Zoshchenko

(Tahririyatga xat)

Hurmatli oʻrtoq muharrirlar va muhtaram harf teruvchilar! Ayollarlar uchun maxsus son nashr etayotganingizdan gazeta orqali xabar topib, mening kamtarona ovozimni ham qoʻshib qoʻyishingizni soʻrayman.

Bir oz suriling, muhtaram yozuvchilar! Menga ham kichkinagina joy ajrating-u, ayollar masalasi va teng huquqlilik xususida ma’lumot berishimga ijozat eting.

Bu qanaqasi, hurmatli oʻrtoqlar, ayollarning teng huquqliligi masalasi nima boʻladi? Bu jozibador shior nahotki unutilgan boʻlsa? Darvoqe, nahotki undan nom-nishon qolmagan boʻlsa?

Yaqindagina, oʻn sakkizinchi yili, katta zavq-shavq bilan tenglik haqidagi bu shior e’lon qilingan edi.

Lekin oradan besh yil ham oʻtmay, bu shior unutildi va tomoshabin oldida boshqacha manzara namoyon boʻlmoqda. Qandaydir xonimcha bilan teatrga borasanmi yoki kinoga tushasanmi, teatr uchun ham, kino uchun ham kirish haqini toʻlab qoʻy. Agar xonimcha yoshgina singilchasini yetaklab olsa-chi, unda yosh singilchasi uchun ham choʻntak kavla. Yoshi bir joyga borib qolgan onasi ergashsa bormi, u kishi uchun ham pul chiqar, yaxshi yashayapsan-ku, axir. Darvoqe, garchi onaxonning koʻzi xiralashib qolgan boʻlsa-yu, hatto koʻzoynak orqali ham hech nimani koʻrmasa, unda, demak, pulim koʻkka sovurildi, deya-ver.

Yoki masalan, xonimcha bilan tramvayga oʻtirding, deylik, chiptachiga tramvay uchun ham haq toʻlab qoʻy. Bir kishi uchun pul chiqarsang bormi, naq baloga qolasan va yigʻi-sigʻi hamda janjalga roʻpara boʻlasan.

Bu qanaqasi, hurmatli oʻrtoq harf teruvchilar? Qanaqasiga bu teng huquqlilik boʻlsin, axir? Oʻz vaqtida qimmatli shior e’lon qilingan boʻlsa-yu, kishi nima uchun azob-uqubat chekishi kerak?

Yana bir oz suriling, hurmatli va moʻ‘tabar yozuvchilar! Harflarni terish uchun sizlarni majbur qilayotganimdan jahlingiz chiqmasin, muhtaram harf teruvchilar, siz, ya’ni erkaklar uchun ham qaygʻurmoqdaman va harakat qilyapman, men sizga aytsam.

Xullasi kalom: oʻn sakkizinchi yili qimmatli shior e’lon qilingan edi, oʻn toʻqqizinchi yilda esa, paysalga solib oʻtirmay, shu shiorga mos keladigan umr yoʻldoshini izlashga tushdim. Afsuski, bunday sohibjamolni topa olmadim.

Ba’zi xonimchalar shior ustidan shunchaki kulishar va bundayin shior ularga kerak emasligini aytishardi. Boshqalari esa, aksincha, aytishardiki, shior juda jozibali, lekin, nimasini aytasiz, ishga keladigan boʻlsak – pulni choʻzib qoʻy: kirish haqini ham toʻla, joy ham boʻshat, obakidandon ham olib ber... Mana sizga shior!

Ikki yil axtardim va nihoyat, topdim.

Yana bir oz suriling, hurmatli yozuvchilar! Fabulani oxiriga yetkazishimga ijozat bering. Yirikroq harflar bilan tering, muhtaram harf teruvchilar.

Nima deyotgandim, ha, topdim. U bilan klubda tanishdim, oʻshanda u ogʻzidan koʻpik sochib ushbu shiorni himoya qilardi.

Albatta, bu xonimchani chiroyli deb boʻlmasdi, lekin men uning tashqi koʻrinishiga emas, balki ichkarisiga razm solardim.

Xonimchaning tashqi koʻrinishi esa kamtarona edi – sochlari qirtishlab olingan va bir labi ozroq pastga osilib turar, bu esa uning yuziga ma’yuslik ifodasini berardi. Biroq yuz terisi qizil va sogʻ-lom edi.

Yoniga kelganimda u ogʻzidan koʻpik sachratib, erkak kishi uning uchun pul sarflashiga hech qachon yoʻl qoʻymasligini aytardi.
– Xonim, bu shunchaki gap, – deyman. – Kema choʻka boshlaganida xonimlar oldinga, erkaklar esa choʻkaversin, suvga boʻkib oʻlsin, shunday emasmi?
– Yoʻq, – deydi, – choʻkishmi, birga choʻkamiz.
– Unda, – deyman, – keling, tanishaylik.

Tanishdik. U bilan turli joylarga bordik. Haqiqatan ham oʻziga haq toʻlaydi va boshqa xonimlar haqida nafratlanib gapiradi.

U bilan ikki oy yurdim – axiyri rasman qoʻlini soʻradim.
– Ijozat eting, – deyman, – umr yoʻldoshingiz boʻlay. Siz, – deyman, – oʻzingiz uchun ishlaysiz, men – oʻzim uchun. Siz kirish haqini toʻlaysiz, men ham oʻzim uchun toʻlayman. Bu, – deyman, – juda jozibali va shiorga ham mos keladi.

U esa:
– Mayli. Faqat barcha toʻy xarajatlarini teng boʻlamiz, – deydi.
– Marhamat, – deyman.

Shunday qilib, uylanib ham oldim, deng.

Yana bir oz suriling, muhtaram yozuvchilar! Soʻzimni oxiriga yetkazyapman.

Shunday qilib, men may oyida uylandim. Iyun oyida esa rafiqamni turmushga chiqqan ayol sifatida ishdan boʻshatishdi.

U esa uyga qaytib, kuladi, deng.
– Siz, – deydi, – mening erimmisiz, oʻzingiz boqasiz.

Uning ishxonasiga uchib bordim, ular esa eshitishni ham xohlashmaydi va shior xususida iljayishdan nariga oʻtishmaydi.

Hurmatli muharrirlar va muhtaram harf teruvchilar! Buyogʻi necha puldan tushdi? Men nima uchun aziyat chekishim kerak? Va endi qaysi gunohim uchun bu taviya bilan yashashim kerak?

Qimmatli shior qayoqda qoldi? Nahotki butkul unutilgan boʻlsa?