OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Mona Gardner. Ziyofat (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMona Gardner
Asar nomiZiyofat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Mona Gardner
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonDilshodbek Asqarov
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ziyofat (hikoya)
Mona Gardner

Hindiston. Gubernator va uning xotini katta ziyofat berishayotgandi. Ular — harbiylar, elchixona xodimlari, ularning ayollari va amerikalik tabiatshunos katta stol atrofida — oshxonada oʻtirishardi.

Bir ayol va polkovnik ayollarning sichqondan ham qoʻrqishlari xususida qizgʻin bahslashishardi.
— Ayollar har qanday qiyin vaziyatda chinqirishadi, — dedi polkovnik. — Erkaklar esa asabini jilovlay olishadi.

Tabiatshunos bahsga qoʻshilmay, mehmonlarni kuzatib oʻtirardi. Birdan u uy bekasining yuzi oʻzgarib ketganini koʻrdi. Beka toʻgʻriga qarab oʻtirar, goʻyoki qotib qolgandi. Ayol ohista imlab xizmatkor bolani chaqirdi va uning qulogʻiga nimadir deb pichirladi. Bolaning koʻzlari katta-katta ochildi va xonani tezda tark etdi.

Tabiatshunosdan boshqa hech kim bolaning ayvonga likopda sut keltirib qoʻyganini sezmadi. U tashvishlana boshladi. Hindistonda likopda sut qoʻyish bir narsani – ilonni chaqirishni bildiradi. Tabiatshunos xonada kobra borligini angladi. U xonaning burchaklariga, guldon orasiga koʻz yugurtirdi. Ilon koʻrinmadi. Faqat bir joy — stol osti qolgandi.

U shartta sakrab turmoqchi, boshqalarni ham ogohlantirmoqchi boʻldi, lekin keskin harakat kobrani choʻchitib, ilon biror kishini chaqib olishi mumkinligini bilardi. U tez-tez, hammaning diqqatini jalb qiladigan ohangda gapirdi.
— Men kimning asabi chidamli ekanligini bilmoqchiman. Hozir uch yuzgacha – besh daqiqa sanayman, birortangiz qimir etmay oʻtirishingiz lozim. Kim qimirlasa, ellik rupiy toʻlaydi. Tayyorlaning!

Stol atrofidagi yigirma nafar kishi toshday qotib oʻtirardi. U ikki yuz saksonga yetganida koʻz qiri bilan kobraning ayvondagi sut idish tomon oʻrmalab ketayotganini koʻrdi. Ilon ayvonga chiqishi bilan u sakrab turib eshikni yopganida hamma qichqirib yubordi.
— Siz haq ekansiz, polkovnik!-dedi gubernator. — Mana, hozirgina erkak kishi asabini qanday jilovlay olishini bizga namoyish etdi.
— Bir daqiqaga,-dedi tabiatshunos uy bekasiga qarab.-Missis Vinks, xonada kobra borligini qaydan bildingiz?.

Ayol tabassum qilganicha javob qaytardi:

— Ilon oyogʻimga oʻralib olgandi.