OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhabbat Hamidova
Asar nomiVaziyat oʻzgardi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Muhabbat Hamidova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Vaziyat oʻzgardi (hajviya)
Muhabbat Hamidova

Shahar yoʻl boshqarmasining boshligʻi Halim Xalilovich endigina ishdan qaytib kelgandi hamki, telefon jiringladi.
— Eshitaman!

Goʻshakdan kimningdir yigʻloqi ovozi eshitildi:
— Yaxshimisiz xoʻjayin. Falokat yuz berdi, rasvo boʻlamiz endi. Kattaning otasi qazo qilibdi.

Bu gapdan Halim Xalilovichning jahli chiqdi. Oʻlsa hokimning otasi oʻlibdi. Bu nega yigʻlamsiraydi.
— Xudo rahmat qilsin, chol boʻlganidan keyin oʻladi-da, sen nega yigʻlamsiraysan. Yoki u ammangning erimidi?

Narigi tomondagi odam sal oʻzini bosib oldi. Ammo ovozidan qoʻrquv baribir sezilib turardi:
— Xoʻjayin kattaning otasi qoʻyiladigan qabristonga Nurafshon koʻchasi orqali boriladi. Koʻcha qazib tashlangan, tizza boʻyi tuproq boʻlib yotibdi. Bu yoqda havo aynib turibdi. Xudo urib, yomgʻir yogʻib qolsa bormi, belgacha loy kechib tobut koʻtarishga toʻgʻri keladi. Ustiga ustak u kishinikiga nuqul kattakonlar kelishadi, mashinalari tiqilib qolguday boʻlsa, ikkalamizning shoʻrimiz quriydi-ku!

Halim Xalilovich vahima boisini tushunganday boʻldi. Biroz oʻylanib turgach, shoshilinch nomer terdi:
— Menga qarang, Sobirov! Zudlik bilan «Husnobod» koʻchasida asfalt yotqizayotgan kechki smenani «Nurafshon» koʻchasiga oʻtkazing!
— Bu koʻcha oʻtgan oyda bitishi kerak edi, bunday qilolmayman! — degan ovoz eshitildi u yoqdan.
— Buyruqni bajaring, yarim soatdan keyin oʻzim oʻsha yerda boʻlaman, — gapni choʻrt kesdi Halim Xalilovich...

Soʻngra injener bilan bogʻlandi.
— Yura, gap bunday, zudlik bilan «Nurafshon» koʻchasiga qoʻshimcha asfalt yotqizadigan mashina bilan projektorlarni yubor. Xonasi shunaqa boʻlib qoldi, koʻcha shoshilinch remont qilinishi kerak. Barakalla, tushungan yigitsan-da oʻzing, darvoqe, mashinada biznikiga kel, birga boramiz...

Tonggacha koʻcha tekislandi, u yer-bu yerdagi daraxt toʻnkalari qazib olinib, oʻrni toʻldirib yuborildi. Koʻcha chetidagi daraxtlar ham oqlandi. Uyqudan turib, darvozadan chiqqan nurafshonliklar oʻz koʻchasini tanimay, oʻngimmi yoki tushmi deb, oʻzini chimchilab koʻrardi.

Ishchilarni ham ayamagan, oʻzi ham mijja qoqmagan Halim Xalilovich koʻchaga odam qoʻyib, bu yerdan tobutni olib oʻtishsa, xabar berishini tayinladi. Endigina uyiga kirib, yuvinib choy ichmoqchi boʻlib turganda «aygʻoqchi» sim qoqdi.
— Alo, xoʻjayin. Kattaning otasini «Husnobod» koʻchasidan olib chiqadigan boʻlishipti.

Halim Xalilovich bu xabardan bir qalqib tushdi. Soʻngra, tuflisini ham kiymay koʻchaga otildi...