OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhammad Ismoil
Asar nomiMeni kechir, Mukesh (badia)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Muhammad Ismoil
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Badialar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Meni kechir, Mukesh (badia)
Muhammad Ismoil

Samolyotimiz Dehli shahriga qoʻnganida havo ochiq, harorat 27-30 daraja issiq edi. Dehli koʻchalari yam-yashil daraxtlarga burkangan, koʻcha boʻylarida erinchoq maymunlar galasi tamshanib oʻtgan-ketganlarni tomosha qilib oʻtirishadi. Bizni kutib olishga chiqqan hind doʻstlarimiz boʻynimizga shoda-shoda moychechaklar guldastasini osishdi. Ularning hushboʻy va muattar hidi dimogʻimizga urilib beixtiyor hind kinolarini yodimizga tushirdi.

Darhaqiqat koʻnglimda tugʻilgan birinchi savol ham shunday edi: - Hindistondagi xayot hind kinolariga oʻxshaydimi?

Guruhimizni shahar markazidagi mehmonxonalardan biriga joylashtirishdi. Erta tongda balkondan shaharni tomosha qilar ekanman, bu yer oʻn million aholi yashaydigan joy emas, quyuq oʻrmonzorga oʻxshashini koʻrdim. Albatta, Hindistonning Dehlidan koʻra aholi koʻp yashaydigan shaharlari ham bor. Masalan, Bombeyda 13 mln. Kolguttada 12 mln. aholi yashaydi. Hindistonda 25 ta millioner shahar bor. Umuman olganda, Hindistonda toʻrt mingdan ortiq shahar boʻlib, jami mamlakat aholisining 26 foizi shaharda istiqomat qiladi.

Mehmonxona atrofi katta gulzor boʻlib, turli va rang-barang gullar chamani gilamday qoplanib yotar, balkondan turib bu manzarani tomosha qilar ekanman, hind kinolaridagi gullar vodiysi yodimga tushib ularni tasvirga tushira boshladim.

Aytishlaricha, Hindistonda bir soatda 4 mln. dona gul hadya etilar yoinki uylar mehmonxonlarni bezash uchun uzilar ekan.

Bir kun mehmonxona devoriga taqab qurilgan kapadan bir bolakay imlab meni chaqirayotganiga koʻzim tushdi. E’tibor bersam u turli oʻyinlar koʻrsatmoqchi va ularni tasvirga tushirishim mumkinligini imo-ishoralari orqali tushuntirmoqchi boʻlayapti.

«Daydi» filmidagi bolakay yodingizdami, yoinki «Zita va Gita» filmidagi qizaloqni eslaysizmi? Ularni kiyimi, nogʻora chalishi, dorda oʻynashi, hayratlanuvchi jismoniy mashqlari xuddi mana shu bolakayni eslatar va ularning oilasi suratga olinganday edi. Shaharda bunday bolakaylar va bunday oilalar minglab uchrardi.

Ularni tasvirga tushirar ekanman, bolakay bilan ham tanishib oldim. Ismi Mukesh ekan.

Bolakay har gal mehmonxonaga kelganimda yoki ketayotganimda qoʻl koʻtarar, «Mister yangi oʻyinlarimdan koʻrsataymi» deya soʻrardi. Men unga oʻn rupiy uzatar va tasvirga olishni boshqa kunga qoldirardim.

Hindiston aholisi keyingi yuz yil ichida 240 mln.dan 1 mlrd. kishiga koʻpaydi. Aholining 80 foizi induizm diniga mansub. 140 mln. musulmon yashaydi. Bu yerda bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining sulolasi 350 yil mobaynida hukmronlik qilgan.

Hozirgi vaqtda Hindiston choy, shakar, yeryongʻoq, murch yetishtirish boʻyicha jahonda birinchi oʻrinda turadi. Hindistonda 200 mln. bosh qoramol boʻlib, bu jihatdan ham u jahonda birinchi oʻrinda turadi. Lekin hind xalqi jon boshiga yiliga atigi 1,5 kilogramm kg. goʻsht, 1 kg. qoramol yogʻi, 55 litr sut, 24 dona tuxum iste’mol qiladi, xolos.

Hindistonda 30 dan ortiq mashina ishlab chiqaruvchi zavodlar ishlab tursada, koʻchalarda asosan velosipedlar, mototsikllar, rikshalarni koʻrish mumkin. «Bobbi» filmidagi Chopra mingan riksha yodingizdami? Yoinki Raju Bobbining ortidan izlab minib ketgan avtobuschi? Ha, Hindistonga kelib oʻz bolaligingizni xotirlaysiz.

Hindlar ham oʻz kinolarini sevisharmikan degan xayolda bir kuni kinoga tushdim. Kinoteatrda odam gavjum, chipta narxi osmonda. Shoxruxxon ijrosidagi yangi filmni tomosha qilar ekanman, bir necha qator oldinda yigʻlab oʻtirgan Mukeshga koʻzim tushdi. U kinoga berilib kegan, chaqirishimga ham quloq solmasdi. Kino tugagandagina, yonimga chaqirib oldim.
— Nima, sen ham birovni yaxshi koʻrib qolganmisan dedim yarmi hazil, yarmi chin aralash.

U mening taajjubimga javoban tasdiqlovchi ravishda boshini qimirlatdi.
— Kimni?
— Koʻrsataymi?
— Men ha, dedim va:
— Nima u senga rad javobini berdimi? - dedim.
— Ha, - dedi u.
— Men oʻzim aytib qoʻyaman, sen yaxshi bola ekansan. «Yoʻq» demaydi, – dedim.

Mukesh kinoteatrdan chiqayotgan odamlarni koʻrib tilanchiligi esiga tushib ketdi shekilli, ketishga shaylandi.

Qiziq, kinoga chipta olish uchun u necha kun tayyorlandi ekan? Umuman tilanchining kinoga tushishi gʻayritabiiymi yoki oddiy holmi?

Shundan soʻng mehmonxona eshigi oldida har tong Mukesh meni poylab turadigan, yaxshi koʻradigan qizining oldiga olib borishini tayinlaydigan boʻlib qoldi. Goʻyoki men borib, Mukesh sevib qolganini aytsam, u qiz koʻnadiganday edi. Lekin men qizni oldiga borishni har gal orqaga surar, albatta borishimni, Mukeshning koʻngil izhorlarini yetkazishga va’da berardim. Men, yarimyalangʻoch bu bolakayning qabi nihoyatda tozaligiga allaqachon iqror boʻlgandim. Avliyo Maxatma Gandi ham, yarim yalangʻoch kiyimda qalbining tozaligi, tafakkurining buyukligi bilan milliardlab odamlarni oʻz ortidan ergashtirmaganmidi? Shaxmat boʻyicha jahon chempioni Anand ham, chempionlik tojini kiyish uchun FIDYe minbariga chiqqanida oyoqyalang emasmidi? Nobel mukofoti laureati Rabindranat Tagor ham oilaa oʻn toʻrtinchi farzand boʻlib tugʻilgan va keyinchalik Shantiniketonda universitet tashkil qilganida, yarim-yalangʻoch bolalarni talaba qilib olmaganmidi?

Hindistion bugungi kunda oʻz yadro quroliga ega qudratli davlatlardan biri. Fazoda oʻzining bir qancha sun’iy yoʻldoshlari bor. Kompyuter ishlab chiqarish boʻyicha ham u dunyoda birinchi oʻrinlarda turadi.

Hindiston dunyo boʻylab, betaraflik va tinchlik siyosatini ishlab chiqqan va bugungi kunga kelib oʻz atrofiga 120 davlatni birlashtirgan eng buyuk mamlakatlardan hisoblanadi.

Hindiston bilan xayrlashar ekanmiz, buyuk bobomiz qurib ketgan Tojimahal yana qalbimizga gʻurur va iftixor tuygʻularini soldi. Dunyoda bobomiz singari oʻz sevgilisiga mana shunday buyuk yodgorlik qoldirgan yana bir inson bormi? Oʻzining buyuk muhabbatiga boqiy timsol oʻrnatgan, muhabbatning mangulik qasrini qurib, ulugʻlay olgan, Oʻzbekning muhabbati abadul-abad yashashini koʻrsata olgan yana kim bor? Oʻzbekning qalbini, oʻzbekning muhabbatini, oʻzbekning buyukligini Tojmahal timsolida qayta-qayta koʻrib, kim hayratga tushmaydi, kim tasanno aytmaydi.

Dehli aeroporti odamlar bilan gavjum. Bu yerga butun dunyodan oqib kelayotgan turli xil millat va elat vakillarini oq, sariq, qizil, qora tanli odamlarni koʻrish mumkin. Ular Tojmahalni koʻrish uchun kelayotgan, yoinki ziyoratlari tugab qaytishayotgan sayyohlar edi.

Men ham kinoda koʻrganlarimni oʻz qoʻllarim bilan tasvirga tushirganimdan, Hindistondagi xayot, hind kinolaridagi xayot bilan bir xilligiga amin boʻlganimdan, xursand edim.

Bir payt aeroport oynasini qattiq-qattiq urib, meni chaqirayotgan Mukeshni koʻrib qoldim. U meni imlab chaqirdi-da, baqirib soʻroqqa tuta boshladi:
— Qachon u qizga men haqimda aytasan, men bilan nega xayrlashmay ketayapsan, uning oldiga boramiz deb va’da berganding-ku?!

Men nima deyishni bilmay qoldim. Mukeshning koʻzidan duv-duv yosh toʻkila boshladi:
— Axir borib aytaman, deganding-ku?
— Nima, u mening gapimga kirad deb oʻylaysanmi?
— Bilmadim. Oʻzim aytolmasam nima qilay?
— Men yanagi safar kelganimda ancha katta boʻlib qolasan, balki oʻshanda aytarmiz.
— Faqat meni aldab ketma. Kelishingni intiqib kutaman.
— Xayr, Mukesh. Albatta koʻrishamiz.

Mikrofondan, Dehli – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtishlarini soʻrab, chorlay boshlashdi. Mukesh bilan shu yerda xayrlashdik. Xayr, Mukesh! Xayr, Hindiston!