OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhammad Ochil
Asar nomiToʻydirdi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Muhammad Ochil
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Toʻydirdi (hajviya)
Muhammad Ochil

Meylinor bitiruv imtixonlarini deyarli hammasini qiynalib topshirdi-yu, faqat shu tarix faniga qolganda...
— Ehtiyot boʻl! — dedi dugonalaridan biri uni ogohlantirib — Bu burunboy domla oʻta uxajyor! Ayniqsa, senga oʻxshagan chiroyli qizlarni koʻrsa...

Dugonasining aytgani keldi. Burunboy domla tixirlik qilib turib oldi.
— Baribir javobingizdan qoniqmayman, yaxshi qiz... Oʻh-oʻh, sochingizni qoʻy qatigʻida yuvganmisiz? Biram priyatni! Xoʻsh, men sizga aytsam, tarix bu matematika emas. Mening fanim har kuni yangilanib turadi. Shunday ekan, siz hech qachon savolimga... Yoki, nozikroq topshiriq beraymi-a?

Domla bodringsifat burnini silagancha koʻzoynagi ostidan qizga gʻalati qarash qildi. Meylinor oʻngʻaysizlanib yerga tikildi.
— Soʻrang, domla...
— Soʻrasam, gapning dangali shu. Qishloqlik qizlarni juda yaxshi koʻraman. Ular haligi, sodda... Shoirlar tili bilan aytganda, nafosat va nazokat timsoli... Hi-hi-hi... Qarang, xonatlas sizga qanday yarashib turibdi.
— Maqsadga oʻting domla!

Domla yana ma’nodor tarzda burun siladi.
— Oʻ-oʻ, boqsa odam boʻlasiz, shekilli! Shunaqa dangal qiz-juvonlarga besh ketaman va ... besh ham qoʻyib berishim mumkin... Xullas, maqsadga oʻtsam, ertaga «Ergash ota»mi, «Narzulla ota»mi... Qaerga boʻlsa bir piyola choyga taklif qilaman. Sharti, faqat atlas koʻylakda kelasiz! Ma’qulmi? Nega rangingiz oqardi? Tagʻin gapimni boshqacha tushunmang... Shunchaki, goʻzallik shaydosi sifatida atlasga bir toʻysam, degandim... Hi-hi-hi!

Meylinor oʻrnidan ilkis qoʻzgʻolib «Sinov daftarcha»sini domlaga uzatdi.
— Faqat shuginami? Gap boʻlishi mumkin emas. Faqat siz oldin besh bahoingizni qoʻying-chi... Atlasga toʻydirish boʻlsa, toʻydiramiz-da! Shuyam koʻylakmi? Ertaga juhud atlas, qichiq atlas, xonatlas deysizmi... Toʻydiraman! Biz ham chapani qizlardan, domla!

Domla bahoni qoʻyib, qizga mahliyo holatda termuldi.
— O-o! Ana... Toʻmaris! Oʻ-oʻ, mana Kenagasbegim! Demak, ertaga-a... Soy boʻyidagi restoranda-a... O-o, qanchalik baxtiyorman! Tongning otishini sabrsizlik bilan kutaman!

Meylinor soʻzida turdi. Va’dani oshigʻi bilan bajardi. Restoran eshigida turgan domla xushboʻy hid va quvnoq qahqahadan sergak tortdi. Oʻgirilib qarasa, roʻparasida Meylinor boshliq oʻn besh nafar qiz, barchasi atlaslarga burkangan holda yonib-yolqinlab turishardi...