OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhammad Qodir
Asar nomiMen mashhurman endi! (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Muhammad Qodir
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi (2006)


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Men mashhurman endi! (hajviya)
Muhammad Qodir

Meni televizorda koʻrsatishdi. «Boʻsh kelma, ijodkor!» teletanlovida. Otning qashqasiday tanilib ketdim. Koʻchada odamlar bir-birlariga meni koʻrsatishib tirjayishadi, deng! Ishonasiz-mi, baribir xotinimga yoqmadim. Bolalarim hurmat koʻrsatishdi. Quchoq ochib peshvoz chiqishdi, yuzlarimdan choʻlp-choʻlp oʻpishdi.
— Oʻzimizning qiziqchi otamiz! — deyishardi tillaridan bol tomib. Ogʻizlari quloqqacha tortilgan.
— Xotinim esa... Nahotki televizorda chiqqanligimni koʻrmagan boʻlsa? Axir bu ish men uchun dahshat! Uning kulaverib koʻzlaridan yosh chiqishini orzu qilaman. Buning uddasidan chiqolmasam, men bu olamda nima qilib yuribman?! Yoʻq, haytovur televizorda chiqayotgan erini jijja tomosha qilganga oʻxshaydi. Negaki, menga labini burib koʻrsatdi:
— Shuyam tomosha boʻldi-yu? Masxaraboz!..

Shunisigayam shukur. Eh, sen shoshmay tur hali, koʻzlaringdan yosh chiqazvoraman!
— Ota, bizniyam bir kuldiring? — deb qoldi dabdurustdan kichkinam.
— Ha, ha, ota, «Yaponcha ism» degan askiyangizni aytib bering? — iltimos qildi kattam.
— Yoʻq, sizlarning talabingizga binoan, yap-yangisi bor! — dedim ilhomim joʻshib.

Axir bu xotinimga oʻzimning mashhurligimni tan oldirishda ayni muddao-ku? Boʻsh kelma, ijodkor!
— Vuy, yashasin, ayting! — dedi kattam qoʻlimga qahva toʻlgʻizilgan idishni tutqazarkan. Xanda aytishni boshlab yubordim. Ijro qilyapmanu koʻzim xotinda.

«Bir kuni doʻxtirga borib arz qildim, dedim obrazga kirib, — doʻxtir, qachon qahva ichsam bas, nuqul qulogʻim ogʻrigani-ogʻrigan. Davosi bormikin?
— Uning davosi juda oson, — dedi doʻxtir.
— Nahotki? Nima qilsam tuzaladi? — soʻradim.
— Qahvani ogʻzingizga olib borishdan avval idish ichidagi qoshiqni olib qoʻying, vassalom!».

Bolalarim miriqib kulishdi. Xotinim qosh chimirib qaradi:
— Otangiz toʻqib chiqardi.
— Toʻqimadim, boʻlgan voqea, — e’tiroz qildim.
— Toʻqidingiz!
— Yoqmadimi? Boshqa yangisidan bor...

U labini burdi:
— Yana toʻqiysiz-da, biram bachkanasiz-ey!..

Yomo-on alam qildi-da! Toʻxtab tur, hali koʻzlaringdan yosh oqizvoraman!..

«Yoʻlda ketayotsam, bir ogʻaynim uchrab qoldi, — deya yangi qiziqchilik hikoyamni boshladim.
— Ha, ja-a shoshib ketyapsan? Yoʻl boʻlsin? — soʻradim.
— Uyga shoshyapman, — deydi.
— Yoʻgʻ-e, uygayam shoshiladimi odam? — dedim. -Tinchlikmi?
— Xizmatkor ketib qolgan. Xotinim uyda yolgʻiz. Oʻzing-chi, oʻzing qayoqqa shoshyapsan? — deb soʻradi mendan.
— Men ham uyga, — dedim bamaylixotir, — xotin bola-chaqalarni olib onasinikiga ketuvdi. Xizmatkor qiz uyda yolgʻiz...».

Xotinim birdan koʻzlarini moshday ochib, menga tikilib qoldi. Sovuq uchqun chaqnadi. Momaqaldiroq guldirab, chaqmoq chaqish onlari yaqinlashayotganini sezgan bolalarim biri olib, biri qoʻyib sakrasha va chapak chala boshlashdi:
— Otam toʻqidi, otam toʻqidi!!! — derdi jon-jahdi bilan kichkinam.
— Ha, ha, toʻqidi!!! — derdi oʻlib-tirilib kattam.

Xotinim esa qoʻliga otashkurakmi, oʻqloqmi ilashtirib olish ilinjida paypaslanardi.
— Yoʻq, bu — boʻlgan voqea! — derdi lablari shivirlab. Mijjasidan esa koʻz yoshlari oqib tusha boshladi. Ana endi xotinim uchun ham hech unutilmas, mashhur kishiga aylandim.

Boʻsh kelma, ijodkor!..