OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhammad Rahimxon Feruz
Asar nomiElga shohu ishqqa qul (devon)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Muhammad Rahimxon Feruz
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm87KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/12/11
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Elga shohu ishqqa qul (devon)
Muhammad Rahimxon Feruz

Gʻazallar

Zihi bordur zuhuringgʻa azal birla abad paydo,
Tafakkur aylabon zoting, qila olmas xirad paydo.
Ne hikmatdurki, guldek yuz ato bir kimsaga aylab,
Birovda bulbuloso ohu afgʻon beadad paydo.
Qachon hamdingga goʻyo aylagum tilni mane bekas,
Manga gar boʻlmasa altofi fazlingdin madad paydo.
Bu ham bor qudratu sun’ing tasdiqiga bir burhon
Ki, qilding bu toʻqquz qat osmonni beamad paydo.
Nechuk maqbulligʻ topgʻusidur ahli jahon aro,
Ul odamkim, onga qahring soridin boʻlsa rad paydo.
Borisi xohishi taqdiring ila boʻlgʻusi mavjud,
Nekim gar bandadin olamda boʻlsa neku bad paydo.
Topar kavnayi ichra maqsad ila komini Feruz,
Inoyoting bila boʻlsa anga gar masnad paydo.
* * *
Boʻlsun salom behad anga subh ila maso
Kim, dedi vasfini oni furqon aro xudo.
Xoki qudumin ayladi boʻsa hama rasul,
Bildi oʻziga shoh oni jumlai anbiyo.
Ul shomkim, haq amri bila ayladi uruj,
Topti hama murod ila maqsudini ravo.
Albatta hashrda topar oning shafoatin,
Har kimsakim, jahonda qilur inqiyod ango.
Har kimki, amri shar’iygʻa gar sunmagʻay boʻyun
Roʻzi jazoda boʻlgusi ikki yuzi qaro.
Har kim salomu salovot etsa odatin,
Shahd shafoatin ichadur tongla hashr aro.
Feruzdek shafoating umidin etgamen,
Hosil qil oni lutfing ila bobini masho.
* * *
Yorab, ish subhu maso jurm ila isyondur manga,
Iki koʻzum ushbu gʻussa birla giryondur manga.
Boshlagʻil tavfiq ila rohi hidoyat sorigʻa
Kim, koʻngul har dam zalolat birla javlondur manga.
Man ayon qilmoq sanga lozim emasdur har nafas,
Kim sanga bordur namoyon neki pinhondur manga.
Sen agar lutfu inoyatu karam anlasang,
Jumlayi mushkul iki olamda osondur manga.
Afu hajridin bir qatra ehson aylagil,
Kim hamisha jurm ila isyon farovondur manga.
Ma’rifatning jonibigʻa boshla yoʻlkim borho,
Jahl sori xotiri afkor joʻyondur manga.
Qil ato bir jur’ai fazling bilakim, Feruzing,
Subh ila shom orzu daryoi gʻufrondur manga.
* * *
Nigoro, oldi hushim, tarzi raftoringgʻa sallamno!
Yerutti tiyra kulbam, mehri ruxsoringgʻa sallamno!
Ishim qotil koʻzung bedodidin boʻlmish, base, mushkul,
Ichib qonimni toʻymas, chashmi xunxoringgʻa sallamno!
Labing soʻzdin berur jon oʻlgan elga dardi ishqingdin,
Ravoniarvar dabi jonbaxshi guftoringgʻa sallamno!
Hama ishq ahlidur, ey mugʻbacha, zulfning giriftori,
Bori din ahlini band etdi — zunnoringgʻa sallamno!
Deding: «Lutf aylagum!», oʻlturding, ammo necha noz aylab,
Agar lutfing bu ersa, javru ozoringga sallamno!
Qilursan noz, agar man har necha arzi niyoz etsam,
Sitamkor mahvasho, bu nav’ atvoringgʻa sallamno!
Senga, Feruz, oʻlub baxt, etding ul op qaddi, zulfin vasf,
Bu yangligʻ tab’i iozik birla ash’oringgʻa sallamno!
* * *
Ul oy vasfini vird etsam zabonda,
Necha yillar ado boʻlmas bayonda.
Debon ma’shuqing asru bevafodur,
Manga koʻp ta’nalar aylar jahonda.
Netaykim, ishq zoʻr anlab koʻngulga,
Ul oyning mehrini asratdi jonda.
Habibimgʻa chu mahram boʻldi agʻyor,
Erurman ushbu hasratdin figʻonda.
Firoq ichra mening bagʻrim qilib qon,
Nngorim, bilmadim, ermish qayonda.
Humoyun baxt ila boʻlsun salomat,
Agar boʻlsa habibim har makonda.
Agar Feruzlik iqboling esa,
Visoligʻa yetushkung bir zamonda.
* * *
Gul yuzungga bulbuloso oʻtlugʻ afgʻonim fido,
Sarvi ozodinggʻa qumridek xush alhonim fido.
Xirmani guldek boʻlub kirgil quchogʻim ichrakim,
Gul kibi islab yuzung, aylay sanga jonim fido.
Vah, nechuk kofirdurur ikki koʻzingkim, bir qiyo
Holima boqmas ham etsam naqdi imonim fido.
Goh-gohi man sori qoʻygil qadamkim, aylayin
Maqdaming gardigʻa jon, ey koʻnglum olgʻonim, fido.
Ey parivash kulbamgʻa eldin nihonu oshkor
Kelki, to aylay sanga paydoyu pihonim fido.
Chashmi umidim yor oʻlgʻil mehrdek yuz birlakim,
Bahri kon etsun sanga chashmi durafshonim fido.
Baxti Feruz ila gar topsam visoling davlatin,
Soʻz durrin bazmingda aylay, ey suxandonim, fido.
* * *
Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro.
Boshdin oyoqi bor ekan mehru vafo, nozu ado.
Chiqsa falakka har sahar ohu figʻonim, ne ajab,
Aylar fuzunroq har kecha ul oy menga javru jafo.
Bilmon, ne ofat erdi ul boʻlgʻoch nazarga jilvagar,
Aqlu xirad, islomu din oʻldi bori mendin judo.
Joning uchun har dam manga koʻrguz tarahhum, ey pari
Kim, sabru toqat qolmadi javring chekib subhu maso.
Oydek yuzungning partavi tushsun karo kulbamgʻa ham,
Koʻygʻil qadam, ey mahliqo, ochib uzori dilkusho.
Ne sud, tole’ boʻlsa gar yuz oyu kun, har subhu shom,
Nechunki bor Feruzgʻa mehru jamoling muddao.
* * *
Ey, yuzungdur husn avjida munavvar oftob,
Koʻrgach oni zarradek etsam tong ermas iztirob.
Bulbuloso aylabon tun-kun figʻonu nolalar,
Zor koʻnglum gul yuzung shavqida boʻlmishdur xarob.
La’li mayguning firoqida yetibman oʻlgali,
Vasl aro la’ling sharobi birla qilgʻil komyob.
Doʻstlar, faryodu afgʻon etsam ermas aybkim,
Dilbarim agʻyorgʻa lutfu manga aylar azob.
Mahram et vasling aro iqboli Feruzing kibi,
Bu hazinni, ey sumanbar, aylamay nozu itob.
* * *
Dedim: «Koʻzumni ravshan et mehri jamoling koʻrsatib!»
Dedi: «Uzorim oʻtigʻa joning netarsan oʻrtatib?!»
Dedim: «Tarahhum aylabon holimgʻa qil nazzora».
Dedi: «Koʻzum joning figor etgusi noz oʻqin otib».
Dedim: «Visol ichra labing shaxdi mening komim erur».
Dedi: «Sanga bergum ani zahri firoq ichra qotib».
«Dedim: «Labingning sharbati shirinmu yo kavsar suyi?»
Dedi: «Boʻlurmu har suyi obi baqogʻa oʻxshatib?!»
Dedim: «Nedin erkan bugun olam muattar boʻlmogʻi?»
Dedi: «Sochimni tong yeli yuz uzra solmish butratib».
Dedim: «Koʻzung bedor qil noz uyqusidin, ey pari».
Dedi: «Bu lahza fitnayi noyimni netkung uygʻotib?!»
Dedim: «Koʻzungdin oʻrgilay, bir boʻsa ber Feruzgʻa».
Dedi: «Yuzumni ogʻritur har yon xating nishi botib».
* * *
Yetushti hajridin jonimgʻa yuz ranju alam, yorab,
Koʻrub holimni, kam qilmas manga bir dam sitam, yorab.
Visoli orzusida oʻturdim subh ila shomim,
Muyassar boʻlmadi hijronida juz dardu gʻam, yorab.
Na qoldi tob jismimda, na toqat zor koʻnglumda.
Yetur emdi visoligʻa oʻzung aylab karam, yorab.
Sochi savdosida doim qorongʻudur manga olam,
Mening bu shomi hijronimga yetkur subhidam, yorab.
Jahonoro jamolidin mening bazmimgʻa ham bir tun
Yeturgaymu ekan ravshanligʻ ul mahvash sanam, yorab.
Agar lutf aylabon oʻz ilki birla bersa bir sogʻar.
Koʻngulda qolmas erdi orzuyi jomi Jam, yorab.
Ne yangligʻ sabr qilsun ul quyosh hijronida Feruz,
Ziyod aylar jafosin, aylamas bir zarra kam, yorab.
* * *
Bu oqshom keldi ul dilbar adab birla salom aylab,
Oʻluk jismimga jon berdi masihoso kalom aylab.
Shabistonimni qildi orazining mehridin ravshan,
Ochib ruxsoridin parda, quyosh yangligʻ xirom aylab.
Ayon aylab jamolin qildi shomim subhga tabdil,
Yuzi hijronida agʻyorning subhini shom aylab.
Kelib yuz nav’ nozu ishva birla mehr etib ogʻoz,
Qoshimda oʻlturub dedi tilin moʻ’jiz kalom aylab.
Kp: «Ey hajrimda koʻngli loladek dogʻ uzra dogʻ oʻlgʻon,
Yurursan boʻyla toki ayshi rohatni harom aylab?
Visolimgʻa chu yetding shodu masrur aylabon oʻzni,
Bayon ayla manga sen arzi holingni tamom aylab».
Chiqorib bir surohiy boda paydar-pay qilib labrez,
Ichurdi qoʻl solib boʻynumgʻa yuz ming ehtirom aylab.
Kirib ogʻushima majlis aro sarmasti xob oʻldi,
Tong otgʻuncha mani masti mudom shodkom aylab.
Yori ushshoqini Feruz sarmastp bahor etti,
Olloh, shod et oni barchadin oliymaqom aylab.
* * *
Olsa jonim qoshu koʻzung, ikki lab,
Tozadin jon bergusidur ikkilab.
Yetsa soqiy bazmi aro navbat manga,
Maydin aylab jomni tut labo-lab.
La’li mayguning firoqidur mening,
Solgʻon oʻt jonimgʻa gar soʻrsang sabab.
Tashlabon hijron qorongʻu chohigʻa,
Qon oqizding koʻzlarimdin roʻzu shab.
Kecha-kunduz gʻayr ila suhbat tuzub,
Noʻsh etarsan dam-badam jomi tarab.
Zori sargardon boʻlub subhu maso,
Jonu dil qilgʻusidur vasling talab.
Oʻzgalarga koʻrguzub lutfu karam,
Ne uchun Feruzgʻa qilgʻung gʻazab.
* * *
Zulfi mushkinini ul oy ayladi yuzga niqob,
Oshiqu bechoralarning koʻznni qildi purob.
Otashin ruxsori ustida muanbar kokili,
Oʻtgʻa tushgan qil masallik qilgʻusidur pechu tob.
Lutf etib kelding bukun bazmim aro, ey mugʻbacha,
Kelturub jomi payopay qil mani sarmasti xob.
Ey sumanbar, har qachon ishq ahligʻa solsang nazar,
Man haziningni dogʻi ul jumladin qilgʻil hisob.
Noʻsh etib agʻyor ila gulrang may ul sarvnoz,
Ayladi man zorni rashk oʻtigʻa bagʻrin kabob.
Gar takallum chogʻi dur sochsa labi yoqutidin,
Aylay olgʻaymu anga oʻzin barobar durri nob.
Solibon Feruzni koʻzdin yiroq, ey nozanin,
Gʻayr ila suhbat tuzub ichkungdur gulgun sharob.
* * *
Yorimning ruxsori oldida hijildur oftob,
Vahki, oshiq ishqi oʻti qildi bagʻrimni kabob.
Ul parivashgʻa dedim: «La’ling mayidin boda tut».
Noz ila derkim: «Sanga yetkaymu la’limdin sharob.
Yolvorib har necha lutf ummid qilsam yordin,
Ul manga soʻkub-kulub yuz noz ila aylar itob.
To erur joning badanda, ista jonon vaslini,
Yetsa ham, ey dil, sanga yoʻlida yuz ranju azob.
Man dedim yorimgʻa: «La’lingdin ato qil boʻsaye!»
Dedi: «Ey Feruz, sabr et, muncha koʻrguzma shitob!»
* * *
La’ligʻa yetkurubmu ul guluzor sharbat,
Ta’m ichra buki yupmish koʻp ishtihor sharbat...
Ichgandek obihayvon ruhi ravoi toparman,
Gar bersa labga eltib bir kosa yor sharbat.
Goʻyo labi suvidin bir qatra tomizibdur,
Qand uzra muncha boʻlmish koʻp shiravor sharbat.
Ul shoʻx labshakarning la’ligʻa yetkonidin
Topmish bu nav’ qadru ham e’tpbor sharbat.
To qildi boʻsa ul shoʻx la’li ravon fizoyin,
Ushbu xususdin oldi mandin qaror sharbat.
Jonimni rashk oʻtigʻa, jopo, desapgki yoqmay,
Agʻyor birla ichma koʻb oshkor sharbat.
Doim vujudi boʻlgʻay emin xazon yelidin,
Har kimki, yori birla ichsa bahor sharbat.
Na xush saodat oʻlgʻay Feruzliq qilib baxt,
Har kecha oʻz qoʻlidan bersa nigor sharbat.
* * *
Furqating soldi dilu jon ichra oʻt,
Kufri zulfing dinu iymon ichra oʻt.
Nargisi shahlo koʻzung solgʻusidur
Bir nigahdin bogʻu rpzvon ichra oʻt.
Oh cheksam furqatingdin oʻrtannb,
Tushgusidur baytulahzon ichra oʻt.
Jurmim, ey mahvash, nedur, har dam solur
Barqi ishqing jismp vayron ichra oʻt.
Oy kibi farrux yuzungshshg furqati
Soldi koʻkda mehri raxshon nchra oʻt.
Ne ajab, koʻrgach yuzung Feruzning
Ohidin tushsa guliston ichra oʻt.
* * *
Oʻlmakka yetdpm hijron gʻamidin, holimgʻa et rahm, ey sarviqomat,
Qadding niholi bodi xazondin boʻlsun, iloho, doim salomat.
Ishqinggʻa tushdum, qoldim balogʻa, kelmasmu rahming bu mubtalogʻa,
Zoʻr aylab ishqing men benavogʻa, soldi boshimgʻa shoʻri qiyomat.
Kofur koʻzungga jonu jahonim boʻlsun tasadduq, ey mehribonim,
La’ling mayidin mast ayla jonim, gʻamdin topay to birdam farogʻat.
Yuz uzra la’ling chun qildi pinhon xatti zumurrad, ey mohitobon,
Desam tong ermas, zulmatda qolgʻon hayvon suyidin uldur alomat.
Vasling sharobin noʻsh aylab agʻyor, tun-kun erurlar sarshor-sarshor,
Vahkim, boʻlubman mahrumi diydor, zahri gʻamingga qildim qanoat.
Rashk oʻti aylab bagʻrimni bir yon, ashkimni qildi daryoi ummon,
Anduhi furqat oshubi bir yon, bir yon hujumu ta’nu malomat.
Charxi sitamgar aylab manga kin, qildi sanga qahr etmakni oyin,
Billohki, gʻamdin bu joni shirin topmas tanimdin chiqmoqgʻa fursat.
Ahbob vasling xonida mahzuz, hijron gʻampidin ma’munu mahfuz
Bordur manga ham maqsudi malhuz, jomi visoling yoʻq shahdi sharbat.
Boʻlsun hamisha gardun gʻuloming, pqooli tole’ romi maroming,
Feruz oʻlub har subh ila shoming, hamrohing oʻlub baxtu salomat.
* * *
Nechuk ofat eding, ey sarviqomat,
Boshimgʻa soldi ishqing yuz qiyomat.
Qiyomat shoʻrishin jahongʻa solding,
Jahondin mun’adam boʻldi farogʻat.
Farogʻat pstagan chiqsun jahondii,
Tonilmasdur tiriklikda salomat.
Salomat ahli boshigʻa falakdin,
Dame tinmay yogʻar sangi malomat.
Malomat toshidin ozurdadurlar,
Bu koʻhna dayrda ahln farosat.
Farosat haylining ollida bu qul,
Boshinggʻa solmanin chipi malolat-
Malolat chekmayin desang jahonda,
Xudoning berganiga qil qanoat.
Qanoat birla sabr oʻlsa sanga ish,
Har ishda qilmagung hargiz nadomat.
Nadomat birla umrim oʻtdi, yorab,
Yetur tongla rasulingdin shafoat.
Shafoat jomidin sarshor qilgʻil,
Hazin Feruzni shohi risolat.
* * *
Qachonkim aylasa ul Isoyi zamona hadis,
Oʻluk badanga berur umri jovidona hadis.
Boʻlur bori shakkarin nuktagoʻylar abkamu lol,
Ne majlis ichra qilur ul mahi yagona hadis.
Hadisidin, neajab, zumri jovidon topsam
Ki, har dam obn Xizrdin berur nishona hadis.
Desa soʻz oʻzga habibimdin, aylamas ta’sir
Quloqgʻa har nechakim boʻlsa qudsiyona hadis.
Bihamdillah, erurman visoligʻa mahram,
Nedinki, bordur eshitmak manga bahona hadis.
Mugʻanniyo, tuzub «Ushshoqi rost» ohangin,
Navo qil, aylabon ogʻoz oshiqona hadis.
Gohi karam bila Feruzni ham aylab yod,
Zamon-zamon anga qil xat bila ravona hadis.
* * *
Qading hajrida, ey huri parizod,
Qilurman qumri yangligʻ nola bunyod.
Dame bu holima aylab tarahhum,
Visoling bazmida qilgʻil mani shod.
Munavvar orazing chun mohi anvar,
Erur zebo qading chun sarvi shamshod.
Jafo tarkin tutub man notavongʻa,
Hazin koʻnglumni gʻamdin ayla ozod.
Erur har kirpiking bir tuki xanjar,
Koʻzung jon olgʻuchi berahm jallod.
Ne boʻlgʻay bir kecha eldin nihone
Xirom etsang qilib Feruzni yod.
* * *
Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur?
Nargis erkanmu va yo ul chashmi purafsunmudur?
Ul gul olmishmu qizil gul ilkiga bu bogʻ aro,
Yo shahidi ishq qonidin qoʻli gulgunmudur?
Gul nechuk gulgun yuzungga oʻzni monand aylagay
Kim, oning rangi yuzungdin dam-badam afzunmudur?
Gul uza shabnadshu yoxud bulbul ashki hajridin
Gul boshi uzra nisor oʻlgʻon duri maknunmudur?
Buki, tinmay gulshan ichra nola aylar andalib,
Ul dagʻi bir gul gʻamidin man kibi dilxunmudur?
Doʻstlar, Laylini gulroʻyimga tashbeh aylading
Kim, oning devonasi men zordek Majnunmudur?
Ey koʻngul, ul gul visoli ichra shod etkan sani,
Baxti Feruzingmu yoxud gardishi gardunmudur?
* * *
Kulub dedi manga bu kecha dildor:
«Boʻlubmusan manga asru giriftor?»
Dedimkim, «Oshiqi zoringman, ore,
Netaykim, vaslinga yoʻl berding agʻyor.
Sanga agʻyor hamdam boʻlsa bor dam,
Mening bagʻrim boʻlur afgoru afgor.
Bu holimni koʻrub, qilgil tarahhum
Boʻlubman dardi ishqingdin base zor...»
Tabassum birla dur sochib soʻzidin,
Dedimki: «Ne gʻaraz bu soʻzdin, ey yor?»
Dedim: «La’lingdin etgil boʻsa ehson»,
Dedi: «Bu nukta bordur asru dushvor».
Koʻrub ul damda behad iztirobim,
Dedi: «Feruz, boʻlgum sanga gʻamxor».
* * *
Shod oʻlgʻil, ey mahzun koʻngul, ou kecha dildoring kelur,
Shirin takallum, gulbadan, la’li shakarboring kelur.
Soz ayla aysh asbobini, ochgʻil tarab abvobini,
Ruxsori olamtobini ochib sevar yoring kelur.
La’lin qilib moʻ’jizbayon, bermakka umri jovidon,
Yuz nav’ mehr aylab ayon, jonbaxsh guftoring kelur.
Hijroni ichra borho tortar eding ranju ano,
Bu dam tutub rasmi vafo shoʻxi sitamkoring kelur.
Mahzun qilib agʻyorni, shod etgali sen zorni,
Tark aylabon ozorni, yori vafodoring kelur.
Koʻngliga nolang bir sahar ta’sir qilmishdur magar,
Shirin dudoqu siymbar, farxunda diydoring kelur.
Feruzbaxt oʻlgʻil mudom, et noʻshi ishrat birla jom,
Andoqki sarvi xushxirom, ozoda raftoring kelur.
* * *
Ohkim, jonimgʻa javr aylab mani yor oʻlturur,
Hajr tigʻidin qilib koʻksimni afgor oʻlturur.
Bersa jon shirin labidin gar oʻluk jismimga, lek
Qatlima aylab ishorat, chashmi xunxor oʻlturur.
Kelsa toki majlisimga necha turluk noz ila,
Gah qilib xushdil, boʻlub gohi dilozor oʻlturur.
Gar nazar qilsam ul oy ruxsorigʻa moyil boʻlub,
Rashk oʻtigʻa oʻrtabon zulfi nigunsor oʻlturur.
Vasli birla shod etib agʻyorni, hijron aro
Aylabon mahzun mani, charxi sitamkor oʻlturur.
Ishq aytur: «Masti xob oʻlgʻonda oʻpgil la’lidin»,
Aql der: «Qoʻy bu ishing, gar boʻlsa bedor, oʻlturur».
Har necha yoʻlida jon qilsam fido Feruzdek,
Aylamay manzur oni, har damda yuz bor oʻlturur.
* * *
Lutf ila aylab tabassum, keldi chun bazm ichra yor,
Na anga bir kimsa hamdam erdi na agʻyor yor.
Noz ila boshlab takallum dedi ul dilbar manga:
Qaysi mahvash koʻrguzub yuz oldi sandin ixtiyor?
Qaysi bir jallod koʻz holing xarob etmish sening,
Kaysi dilbar zulfiga boʻlding asir, ey dilfigor?
Qaysi bir yoqutlab durdek tishi mushtoqisan
Kim, kecha-kunduz koʻzung yoshi erur gavharnisor?»
Man dedim oning bu yangligʻ iltifotini koʻrub:
«San erursan bagʻrim etgan qon, chashmim — ashkbor».
Yuz tuman nayrangi birla ikki jodu nargising
Aqlu hushimni olib qildi mani majnunshior.
Dedi: «Ey Feruz, keldim kulbanga tanho bu tun,
Xoh soʻrgʻil, xoh oʻp engu labu engu uzor».
* * *
Yoqut labu gavhar tishu gʻuncha dahan yoring kelur,
Nasrin uzoru lolaruh xurshid ruxsoring kelur.
Iso nafas, Yusufi Chin, Muso takallum mohroʻ,
Jallod koʻzu berahm dil, shoʻxn jafokoringʻ kelur.
Mushkun qoshu sunbul sochu mohpaykaru jonbaxsh dam.
Siyminzaqan, gulpirahan, la’li shakarboring kelur.
Mehrorazu farrux yuz, toʻbiqadu shnrinsuxan,
Toʻti maqomu gulbadan, tovus raftoring kelur.
Kofirvashu oshiqkushu nozik mizoju tundxoʻ,
Sangin koʻngil, bedodgar, yori dilozoring kelur.
Rangin adoyu tezfahm, abroʻkamonu xashmgin,
Qotil nigohu bevafo, chashmi xunxoring kelur.
Iqbolu Feruzing boʻlub yovar sanga uz nozanin,
Lutfu karam zohir qilib, boʻlmoq uchun yoring kelur.
* * *
Qildilar koʻzum ravshan orazi duraxshonlar,
Komim etdilar shirin la’li shakkarafshonlar.
Noz ila karam aylab majlis ichra keldilar
Orazi gulafshonlar, kokili parishonlar.
Husnigʻa berur ziynat bir-biridin afzunroq,
Yuzda xoli hindular, labda hatti rayhonlar.
Jonfizo tabassumdin lablarin qilib xandon,
Qildilar soʻrub holim necha lutfu ehsonlar.
La’li jonfizolardin boʻsalar ato aylab,
Berdilar firoq ichra xasta jongʻa darmonlar.
Noʻsh etib Mayi gulrang mastligʻ qilib har
Bir-biri bila oʻynab chok etib giribonlar.
Soʻz durin nisor ayla maqdamigʻa, ey Feruz,
Bazming ichra kelmishlar bu aziz mehmonlar.
* * *
Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur?
Sarvqadu gulpirahan, gʻuncha dahonim qaydadur?
Bir qiyo boqmoq bila aqlimni toroj aylagan
Ul pariruxsor, mujgoni sinonim qaydadur?
Chiqti jonim furqatida gul yuzin koʻrmay aning,
Jon berurgʻa la’lidin Iso nishonim qaydadur?
Kechayu kunduz firoqpda oʻlar holatdaman,
Ayting, ey ahboblar, jism ichra jonim qaydadur?
Ohu nolam charxfarsodur yuzi hijronida,
Bilmadimkim, boisi ohu figʻonim qaydadur?
Belu ogʻzi yodi birla koʻzlarim giryon etib,
Oshkoro anlagan dardi nihonim qaydadur?
Vasli birla shod etib agʻyorlarni har kecha,
Baytulahzonimgʻa boʻlmay mehmonim qaydadur?
Topmadim ul gul visolidin xabar Feruzdek,
Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur?
* * *
Oftoboso jamoling koʻrgach oʻldum, ey nigor,
Beqaroru beqaroru beqaroru beqaror.
Tigʻi ishqu xanjari nozingdin oʻldum subhu shom,
Dilfigoru dilfigoru dilfigoru dilfigor.
Ohu nolam ayladi ishqingni oxir dahr aro,
Oshkoru oshkoru oshkoru oshkor.
Javru zulming boʻlgʻondur man hazingʻa dam-badam,
Beshumoru beshumoru beshumoru beshumor.
Oy kibi farrux jamoling koʻrgali yoʻlungda koʻz
Intizoru intizoru intizoru intizor.
Noz ila soʻrsang samanding sakratib yoʻq sen kabi
Shohsuvoru shohsuvoru shohsuvoru shohsuvor.
Vaslinga yoʻl topsa har kim boʻlgay ul Feruzdek
Baxtiyoru baxtiyoru baxtiyoru baxtiyor.
* * *
Ayladi hayron mani bir shoʻx chashmi xoldor,
Koʻrgach oni bordi ilkimdii inonu ixtiyor.
Chiqsa raxshin sakratib maydongʻa gar, davron elin
Qilgʻusn daryoyi hayrat ichra gʻarq ul shohsuvor.
Vah, ne yangligʻ ofat erdi soldi oʻt olam aro,
Aynatib qoshu koʻzin ochibon gulgun uzor.
Burkini egri qoʻyub zulfin parishon aylasa
Aytgusidur porsolar koʻnglidin sabru qaror.
Gul koʻtarmish boshiga shabnam durin qilmoq uchun,
Sayri bogʻ etsang agar oni qudumnnggʻa nisor.
Lola poyandoz uchun bargin toʻshab yoʻlung uzra,
Nargis shahlo koʻzidur kecha-kunduz intizor.
Xoʻbliq lofin urar gulshanda gul, en jon, kelib
Qilgʻil ochpb gul yuzung ul xiyra sarni sharmisor.
Gul yuzungni koʻrmak aylab orzu subhu maso,
Koʻzlarim yosh toʻkkusidur misli abri navbahor.
Oshiqi bechoralar holigʻa qilmoqqa sitam,
Yoʻqturur olamda sandek bir pariruxsor yor.
Bu jahon ra’nolarigʻa boʻlma maftun, ey koʻngul,
Borchasidur besabotu bebaqoyu bemador.
Ayb qilmang gar parishonhol esam Feruzdek,
Aydadi ishqi ul oyning jonu koʻnglum beqaror.
* * *
Orazining mehrigʻa xurshidi raxshon bandadur,
Qomati zebosigʻa sarvi xiromon bandadur.
Chashmi xob oludigʻa nargis qilib qurbon oʻzin,
Yuzining gulzorigʻa firdavsi rizvon bandadur.
Ruhparvar nuktasigʻa boʻlgʻusidur qul Masih,
Jonfido la’ligʻa oning obihayvon bandadur.
Dargahidadur Zulayho bir kanizi kamtarin,
Partavi ruxsorigʻa ming mohi Kan’on bandadur.
Layliyi loʻlivashining zulfi anbarborigʻa,
Aylabon jonni fido Majnuni hayron bandadur.
Ul labi shirin firoqida qolib shomu sabo,
Vaslin aylab orzu Farhodi nolon bandadur.
Baxt oʻlub Feruz agarchi har dor osha ersa ham,
Oʻpmak istab la’li shiriningni, ey jon, bandadur.
* * *
Sochi sunbul, yuzi gul, shoʻxi parizodim kelur.
Qilgʻoli komim ravo ul sarvi ozodim kelur.
Ishqida bilmish durur holi xarobimni, magar
Rahm etib man sori bukun qaddi shamshodim kelur.
Jilva birla qomati sarvin xiromon aylabon,
Gʻarq etib ozoru javrin koʻzi jallodim kelur.
Vaslin istab borgʻoch—oʻq qoʻyi sori boqib manga
Dedi ul shirinliqo: «Ishqimda Farhodim kelur!».
Javru zulmin tark etib bukun mening kulbam aro,
Lutf aylab boisi afgʻonu faryodim kelur.
Koʻrubon Majnuni zabun holim junun vodiysida,
Dedi taslim aylabon: «Ishq ichra ustodim kelur».
Koʻrgach-oʻq Feruzni dedi tabassum koʻrguzub:
«Vaslim aylab orzu ul zori noshodim kelur».
* * *
Sakratib maydonda raxshin ul pari javlon qilur,
Chustu chobuklikda olam ahlini hayron qilur.
Sarvqaddu gul yuzin koʻrmaklik aylab orzu,
Bulbuli qumri oʻzin shavq oʻtigʻa soʻzon qilur.
Koʻz yumub ochgʻuncha yetsa ishq sultoni agar,
Aqlu hushu sabr qasrin yer bila yakson qilur.
Hajridin yetsa jafo ul dilrabodin har necha,
Ul jafoni vasl umidi dardima darmon qilur.
Ohkim, man notavonni furqat oʻtigʻa yoqib,
Vaslida agʻyorni sarshor etib shodon qilur.
Aylabon koʻksum hadaf, qahru gʻazab zohir qilib,
Qoshining yosi bila mujgon oʻqin parron qilur.
Joni zorimgʻa necha qilsa sitam parvonadek,
Boshi uzra aylab oʻzni nisor, onga qurbon qilur.
Iltifotingdin nasime yetsa, jono, man sori
Bogʻi umidim gulini gʻunchasin xandon qilur.
Yogʻdurub anjum ushshoq toshini kajraftordin,
Olam ahli umrini bunyodini vayron qilur.
Ahli xissat yetsa davlatgʻa, zamona ahlining
Bir fulusi karmana uchun bagʻrini biryon qilur.
Sabr qil Feruz, agar qilsa jafo bu charxi dun,
Sabr qilgʻonning xudo mushkullarin oson qilur.
* * *
Har soʻzida fosh etar ul buti tannoz noz,
Boʻlmush anga goʻyiyo hamdamu hamroz noz.
Har necha ul shoʻxgʻa arzi niyoz aylasam,
Ayni tagʻoful bila qilgʻusi ogʻoz noz.
Nozlar aylab qilur ishq eli koʻnglin shikor,.
Boʻldi, magarkim, anga shunqori shahboz noz.
Noz ila boqgʻoch qiyo hushumu sabrim olib,
Dashti jununda mani qildi sabuktoz noz.
Gar anga tuzgil desam doʻstliq ohangini,
Javri maqomin tutub qilgʻusidur soz noz.
Turfa budurkim, oʻluk jismima jon bergali
Boʻldi Masiho kibi moʻ’jizapardoz noz.
Gar tilasang vaslida kom ila Feruzliq,
San anga koʻb qil niyoz, etsa gar ul oz noz.
* * *
Yor koʻnglimdagi asroru nihonim bilmish,
Ishqida har neki pinhonu ayonim bilmish.
Lutf birla bu kecha keldi yonimgʻa goʻyo
Yongʻonin furqat oʻtigʻa tanu jonim bilmish.
Chiqgʻonin gul yuzi hijronida aflok uzra
Bulbuloso tun-kun ohu figʻonim bilmish.
Hojat ermas anga arz aylamak ahvolimi
Kim, vafo yoʻlida yaxshiyu yomonim bilmish.
Shukrkim,tole’ Feruz ila bormish xushhol,
Ishqida tuzlukim ul qoshi kamonim bilmish.
* * *
Ayb aylamang boʻlsam ul oy ishqida nolon, ey rafiq,.
Qildi hazin jonimni hajr oʻtigʻa soʻzon, ey rafiq.
Dardu gʻam hijronida holim koʻrub rahm aylamas,
Zulmin fuzun aylar manga ul nomusulmon, ey rafiq.
Topgusidur oʻlgan badan nutqidin oning toza jon,
La’li labini har qachon qilsa durafshon, ey rafiq.
Yuz noz ila ul dilrabo qilsa takallum nogahon,
Ul boʻlgusi, koʻrsa agar, ming mohi Kan’on, ey rafiq.
Otib qoshining yosidin kirpik oʻqini dambadam,
Bu oʻq bila qildi koʻngul mulkini vayron, ey rafiq.
Rohat topar jonim mening qilsa sitam har necha ul,
Javri magar boʻlmishdurur dardima darmon, ey rafiq.
Man’ aylama Feruzni ul mahliqoning ishqidin,
Boʻlmish oning ishqi mening jismim aro jon, ey rafiq.
* * *
Sayri gulshan aylaganda ul sumanbar, ey rafiq,
Ishq oʻtini soldi koʻnglum ichra axgar, ey rafiq.
Oʻynotib qoshu koʻzini aqlu hushimni olib,
Ayladi Majnun mani ul shoʻxp kofar, ey rafiq.
La’li ruhafzosini oʻpmak tamanno aylabon,
Boʻldi koʻnglum ma’dani yoqutu ahmar, ey rafiq.
Aylagach la’li tabassum koʻrub inju tishlarin,
Domanimgʻa toʻkdi koʻz marjonu gavhar, ey rafiq.
Yogʻdu olamni koʻzumga qildi shomi tordek,
Aylabon pinhon yuzin zulfi muanbar, ey rafiq.
Ul parimu ravshan etgan tiyra boʻlgʻon koʻzlarim,
Koʻkdin indimu va yo xurshidi anvor, ey rafiq.
Zohir aylab javru zulmu qahru kin Feruzgʻa,
Ayladi holin xarob ul mohi paykar, ey rafiq.
* * *
Olding niqob yuzdin, ey dilrabo, muborak!
Xurshiddek jahongʻa berding ziyo, muborak!
Farxunda orazingii aylarga sham’i majlis,
Kelding tarahhum aylab bu bazm aro, muborak!
Oshiqlaringgʻa vasling koʻb va’da aylab erding,
Bu va’dalargʻa oxir qilding vafo, muborak!
Gohi tabassum aylab, gohi takallum aylab,
Pnihonu fosh qilding nozu ado, muborak!
Gohi olib qoʻlunggʻa tanbur, oʻlub navosoz,
Ushshoqi benavoga berding navo, muborak!
Chiqmay usuldinki raqqosliq qilib fosh,
Yuz boʻsa bir diramgʻa qilding baho, muborak!
Feruz, koʻngling etma qoshu koʻziga maftun,
Erkan hayosiz asru ul shoʻxi nomuborak!
* * *
Ey falak, netdim sani, dunshanligʻ izhor aylading,
Notavon koʻnglum tuganmas gʻamgʻa duchor aylading.
Solibon ayru malaksiymo habibimdin mani,
Gʻulsurat devsiyratlar bila yor aylading.
Vasl ila bir dam xush etmay xotiri noshodimi,
Doimo dardu firoqu gʻam aro zor aylading.
Hajr tigʻidin qilib jismimnn sartosar yaro,
Joni zorimii mashaqqat birla afgor aylading.
Davlatp vaslin muyassar aylabon agʻyorga,
Mehnatu hajrigʻa koʻnglumni sazovor aylading.
Bir yoʻli aylanmayin Feruzning komi bila,
Ey falak, netdim sani, dushmanligʻ izhor aylading.
* * *
Husn avjining xurshididur, ey mohsiymo, orazing,
Balkim, latofat ichradur ondin ham a’lo orazing.
Kun zohir aylab infiol oʻldi shafaq ichra nihon,
Subhi saodatdin tulu’ etgach musaffo orazing.
Sarv uzra ochilmish guli ahmar debon hasrat qilur,
Koʻrgan kishi qadding uza bu nav’ zebo orazing.
Husnu latofat ramzini ishq eliga bildurgali,
Gulgun sahifa ustida xat qildi paydo orazing.
Koʻnglum qushi bulbul kibi tinmay navo cheksa, netong
Kim, oni bu nav’ aylamish xushlahi goʻyo orazing.
Ishqingdin oʻlganlara ber, jono, hayoti tozakim,
La’lingdin etmish chashmayi hayvon huvaydo orazing.
Shahlo koʻzu mushkin qoshu xoli muanbarlar bila,
Ziynatligʻ etmishdur, base, tangri taolo orazing.
Sabru qaroru toqatim bordi koʻnguldin, ey pari,
Vasling aro bir dam koʻzum qilgoch tamosho orazing.
Iqboli Feruzing kibi boʻlmoq tilarman munising,
Yoshurma haq haqqi uchun, ey shoʻxi yakto, orazing.
* * *
Koʻnglumga soldi, vah, ishq oʻtinkim bir gʻamza birla tarzi nigohing,
Qildi koʻzumga olamni tiyra yuz uzra tushgan zulfi siyohing.
Qilgʻoch tamosho mehri jamoling ishqing gʻamigʻa boʻldum giriftor,
Yolgʻuz ekanmu bu dilraboligʻ, bordurmu yoxud mehri giyohing.
Oyu quyoshgʻa qilmas nazora gar koʻrsa ushshoq hayratlar aylab,
Jono, qamardek ruxsoring ila xurshid. gavhar zarrin kulohing..
Hajr ichra gʻamdin oʻlmakka yetdim rahm aylab emdi, boʻlgʻil panohim,
To barcha koming aylab muyassar boʻlsun hamisha tangri panohing!
Feruz, yoring ortuqroq aylar joninggʻa har dam javru javosin,
Gar tavba qilsang ollida yigʻlab oʻtmasmu erkan jurmu gunohing!
* * *
Yoqutdurmu bilmadim yo la’l, ey jonon, labing,
Yo orazing gulzorida bormu guli xandon labing.
La’lingni bir oʻpmak bila toptim hayoti jovidon,
I’jozi Isomu ekan yo sharbati hayvon labing.
Kulgu chogʻi zohir boʻlur bu musaffo tishlaring,
Goʻyo alardur bebaho dur, huqqayi marjon labing.
Koʻzdin toʻkub hijron aro doim sirishqi lolagun,
Oʻpmaklik anlab orzu tun-kun yutarman qon labing.
Ming bebaho yoqut la’l in’omidin ortuq durur,
Bir soʻrgʻoli bu zoringa qilsang agar ehson labing.
Gar boʻsayi la’linggʻa jon naqdin qilur ersang baho,
Olgʻum, nedinkim, bir oʻlgub oʻlganga ne armon labing.
Oʻtlugʻ zamirimgʻa mening dogʻ uzra qoʻygʻon dogʻlar,
Jon nuqtasidek xollar zohir qilib haryon labing.
Feruz jannat ravzasin gar istamas, ermas ajab
Kim, orazing jannat guln, kavsar suyi, ey jon, labing..
* * *
Soldi olam ichra gʻavgʻo, ey malaksiymo, koʻzung,
Dinu iymonimnn toroj ayladi tarso koʻzung.
Man nechuk jon asragʻayman koʻzu qoshing oldida,
Yo qoshing olgusidur jonimni bir kun yo koʻzung.
Jon fido qilsam agar, lutf aylab, etmas bir nigoh,
Vah nechuk berahm erur, ey orazi xumro, koʻzung.
Jon berurda lablaring qilsa tabassum nogahon,
Qatlima mujgonnng oʻq aylar, qoshingni yo koʻzung.
Javrini ortuqroq aylar dam-badam ushshoqga,
Turfa zolim xalq qilmish xoliqi ashyo koʻzung.
Boʻyninga solib qoʻlumni, qoshinga qurbon oʻlub,
Gul yuzung, maygun labing oʻpsam, gohi shahlo koʻzung.
Har necha izhori ajz etsam agar Feruzdek,
Ortuq aylar zulmini, kam aylamas aslo koʻzung.
* * *
Keldi ochib gul yuzin bazmimga jononim mening,
Koʻzu qoshigʻa fido boʻlsun dilu jonim mening.
Gul yuzun yuz pora aylar lola, gʻarqi xun oʻlur,
Kelsa gar gul sayrigʻa sarvi xiromonim mening.
Koʻzi jallodi agar jonimni olsa gʻam emas,
Tozadin jon bergusi ul la’li xandonim mening.
Ravshan etdi furqatida tiyra boʻlgʻon koʻzlarim,
Mehri ruxsorin ochib xurshidi tobonim mening.
Ochsa soʻz ayturgʻa lab majlisda mahvashlar agar,
Borchasin mulzam qilur shoʻxi suxandonim mening.
Anbarafshon zulfin etmish orazi uzra niqob,
Qon toʻkar koʻrmak tilab bu chashmi giryonim mening.
Keldi bazmim ichra, ey Feruz, ul dilbar bukun,
Koʻngligʻa ta’sir qilmish ohu afgʻonim mening.
* * *
Ketur soqiyo bodai la’lrang,
Oning nash’asidin boʻlub bedarang.
Solay shoʻri gʻavgʻo jahon ahligʻa,
Na Rumu na Rusu na qolsun Farang.
Balovu gʻami ishq koʻhsorida
Erurman jayon sheri gʻorron palang.
Ki to ixtiyor ayladim ishqini,
Yetar koʻhi gʻamdin boshim uzra sang.
Balo dashtidayu ishq sahrosida,
Koʻzum xira boʻlmish, oyoq dogʻi lang.
Jununim ziyod oʻlsa har dam netong,
Nigorim bagʻoyat erur shoʻxi shang.
Agar jam’ boʻlsa jahon mahvashi,
Boʻla olmagʻay ul pari birla tang.
Vafo koʻrmayin hech bir doʻstdin,
Boʻlubman jahon ahlidin asru tang.
Tama qilma dahr ichra har dundin,
Tamadin borur elga nomusu nang.
Tavozeni ayla oʻzingga shior,
Havo birla nafsingga berma malang.
Bu bazm ichra Feruzga dam-badam,
Ketur soqiyo bodai la’lrang.
* * *
Bazmimgʻa keldi bu kecha bir sarvqomat, ey koʻngul
Boshdin oyoqidur oning koni malohat, ey koʻngul.
Boqib koʻz uchidin qiyo pinhon agar qilsa nigoh,
Bordir aning har boqishi yuz jonga ofat, ey koʻngul.
Boʻl shodu xurram, koʻrguzub tutti sanga ul mugʻbacha
Oʻz ilki birla jomi may lutfu muruvvat, ey koʻngul.
Avval dedim tark aylagil ishqini, bovar qilmading
Qilma jafosidin oning emdi shikoyat, ey koʻngul.
Sarv ila gul gulshan aro gar koʻrsa qaddu orazin
Tushgay alarning boshiga shoʻri qiyomat, ey koʻngul.
To ul parivash dilrabo ishqiga boʻldim mubtalo,
Zuhd ahli koʻb qildi manga ta’nu malomat, ey koʻngul.
Chun tiyra kulbam ayladi ravshan mahi ruxsoridin
Hijron qorongʻu shomidin topding farogʻat, ey koʻngul.
Feruz oʻlub baxting ul oy vasligʻa yetsang, neajab,
Chekmish eding hijronida koʻp ranju mehnat, ey koʻngul.
* * *
Yorab oʻlgʻaymu muyassar manga jonon ila bazm,
Sochi sunbul, yuzp gul, lablari xandon ila bazm
Bir kecha hujrani agʻyordin aylab holi,
Etmak boʻlgʻaymu ravo yori qadrdon ila bazm.
Aylasam mehri uzori bila koʻzni ravshan,
Zarra andoqki kilur mehri duraxshon ila bazm.
Sharh etib hajrida kechgan qatigʻ ahvolimi,
Tonggʻacha aylasam ul shoʻxi suxandon ila bazm.
Solibon boʻynigʻa ilkimni, soʻrub la’lidin,
Aylasam noʻsh labi dardima darmon ila bazm.
Gʻamu anduh uyidan hazrati Ya’qub kibi,
Chiqibon shod oʻlub etsam mahi Kan’on ila bazm.
Baxti yovarligʻ ila Feruz aylab iqbol,
Yorab oʻlgʻaymu muyassar manga jonon ila bazm.
* * *
Iki mahvash bu kecha bazmim aro tutdi maqom,
Birisi mehri duraxshon, biridur mohi tamom.
Biri oʻltursa gʻazabdin, biri toza jon berur,
Biri boʻlsa talx hadis, biridur shirin kalom.
Masti loyaqil qilurga majlis ahlini tamom,
Biri olib shishani ilkiga, yana biri jom.
Birini la’li labida zohir oʻlmish sabzi xat,
Husn Misrida biri Yusufgʻadur qoyimmaqom.
Birisi olib surohiy oʻlturub ming noz ila,
Biri kosa bermak uchun bazm aro aylab xirom.
Birisi bazm ahli koʻzin ravshan aylar yuz ochib,
Zulfi yuziga boʻlub birining niqobi mushkfom.
Shonu koʻngul bulbulin sayd ayladi ul iki shoʻx,
Biri xolin dona aylab, birisi zulfini dom.
Ichgil ishrat jomini, Feruz, ul iki yor ila,
Ul iki mahvashni oʻlgʻay husni doim mustadom.
* * *
La’li shiriningki ta’rif aylab oʻlmish shahdkom,
Anvariyu Fazliyu Hoqoniyu Masnad mudom.
Chashmi fattoningga nargisni nechuk tashbih etar,
Sohibu Bedil, Hiloliy, Hofizi shirinkalom.
Vah, ne yangligʻ sharh qilgʻay orazing tavsifini,
Unsuriyu Asjadiyu Farruxu Sa’diy, Humom.
Koʻrsa husning Layliyu Shirinni vasf etmas edi,
Xisraviyu ham Navoiy, Jomiyu Shayx Nizom.
Oʻxshatib boʻlmas yangi oyga muqavvas qoshlaring,
Sayidoyu Nozimu Lutfiyu Kiromiy, Xisom.
Sarvoso qomating vasfin qilurda lol oʻlur,
Andalibu Ravnaqu Ziyrak masihi xushkalom.
Ogahiyu Komilu Feruz, Xolis, Chokaring,
Rojiyu Mirzoyu Akmal, Munisu Xokiy, Gʻulom.
* * *
Sayri bogʻ etsang agar, ey sarv qaddu gulbadan,
Sarv ayoqingga qoʻyar bosh, chok etar gulpirahan.
Aylamassan rahm oltundek ruhi zardim koʻrub,
Dilraboliq rasmi bu nav’ oʻlgamu, ey siymtan?
Koʻrsa raftoringni gar bogʻ ichra kabki xushxirom,
Banda boʻlgʻay jilvayi qaddingga ul, andoqki man.
Shona olib, yuz uza zulfing parishon aylagach,
Yer yuzin qildi muattar boʻyi rayhonu suman.
Boʻlmagʻay ozurda nishi kirpikimdin deb taning,
Koʻrqaram, gar koʻz uyin mardum kibi qilsang vatan.
Orazing bogʻida ikki nargising koʻrgan kishi
Derki, Chin gulzori ichra kirmish ohuyi Xoʻtan.
Bazmi vasling ichra mahram aylagil Feruzni,
Chunki hijroningda ul bechora chekmish koʻp mihan.
* * *
Qilurman yutub shavqi la’lingda qon
Figʻonu figʻonu figʻonu figʻon.
Yuzung to mani zordin aylading
Nihonu nihonu nihonu nihon.
Koʻzumga qorongʻudir ondin beri
Jahonu jahonu jahonu jahon.
Tplarman koʻzung fitnasidin mudom
Omonu omonu omonu omon.
Erur qoshlaring ishq eli qatliga
Kamonu kamonu kamonu kamon.
Guli husnunga yetmasun dahrdin
Xazonu xazonu xazonu xazon.
Qil, ey shoʻx, Feruz koʻksini qil
Makonu makonu makonu makon.
* * *
Bir dam aylab holima lutf oshkor, ey gulbadan,
Kulbama gul-gul ochib kelgil uzor, ey gulbadan.
Mushk isi bu tun dimogʻimni muattar ayladi,
Yuz uza yoydingmu zulfi mushkbor, ey gulbadan.
Lablaring kavsar, qading toʻbi, yuzung jannat guli,
Har soʻzung bir gavharedur obdor, ey gulbadan.
Yuz ochib chun sayri bogʻ aylarga kelding, aylading
Gul yuzungga bulbuli koʻnglumni zor, ey gulbadan.
Oshiqi beqaroringman, vafo aylab manga,
Aylagil ma’shuqlikni ixtiyor, ey gulbadan.
Orazi xurshid timsoling tamosho aylagach,
Zarra yangligʻ koʻnglun oʻldi beqaror, ey gulbadan.
Zulfu qadding ishtiyoqida falakka chirmashur
Har tun ohimdin suud etgan sharor, ey gulbadan.
Kirgil ogʻushimgʻa jon ichra alif yangligʻ boʻlub,
Dilraboliq shevasin aylab shior, ey gulbadan.
Ne esa koʻnglungda koming tangri mavjud aylasun,
Doim oʻl Feruz baxting birla yor, ey gulbadan.
* * *
Orazing davrida har yon zulfi anbarmu ekan?!
Yoʻqsa, ganj ustida yotgʻon ikki ajdarmu ekan?!
Yuzlaring may tobidin qilgʻon araqlarmu ayon,
Mohi anvar davrida bir necha axtarmu ekan?!
Tishlaring durmu boʻlur zohir tabassum aylagach,
Huqqayi yoqut aro bir necha gavharmu ekan?!
Koʻzlaringdurmu iki qosh ostida qilgʻon makon,
Dayr toqi ichra yoxud ikki kofarmu ekan?!
La’li jonbaxshida bormu xoli mushkin, yoʻq es
Chashmaxsh hayvonda yozilgʻon nuqatlarmu ekan?!
Orazidin tiyra kulbam ravshan etgan bu kecha
Mohi anvarmu va yo ul huri paykarmu ekan?!
Elni hayron aylagan, Feruz, husnigʻa sening
Dilbaringmu yo bizing sarvu sumanbarmu ekan?!
* * *
* * *
Manga, ey dilrabo, muncha itob etmak nedur, bilmon,
Hazin jonimgʻa javring behisob etmak nedur, bilmon.
Chekib yillar firoqing ranjini, topsam agar vaslin
Ketarga umrdek bir dam shitob etmak nedur, bilmon.
Erur koʻnglum firoqing ichra ashkim selidin vayron,
Yana ortuqroq oni xarob etmak nedur, bilmon.
Yoqib ishqing oʻtigʻa sarbasar joni nizorim ham
Kuyuk bagʻrim kabob uzra kabob etmak nedur, bilmon.
Bu gulshanda ochilmoq xorsiz gul mumkin oʻlgʻonmu,
Nigoro, mendin asru ijtinob etmak nedur, bilmon.
Xumori bodayi vasling boʻlub Feruz, agʻyoring
Sharobi lutf birla komyob etmak nedur, bilmon.
Keldingmu ibodatgʻa, ey mahliqo, bukun,
Yetushti qudumingdin dardimga davo bukun.
Oʻnsam labi jonbaxshing, jonimga yetar rohat,
Boʻlmoqing anga mone’ boʻlgʻaymu ravo bukun.
Jurmim nedur, ey mahvash, bilmasman, ayon etgil,
Dahring boʻladur afzun har lahza mango bukun.
Aqlu xiradim olib, rasvoyi jahon etding,
Bir jilva qilib zohir, ey koʻzi qaro, bukun.
Oʻlmakka yovuq yetdim tortib gʻami hijroning,
Holimgʻa karam aylab, man sori qaro bukun.
Ey soqiyi gulchehra, jomingni qilib mul-mul,
Qilgʻil mani zoringgʻa paydar-pay ato bukun.
Qoshu koʻzungga qurbon boʻlsa, neajab, Feruz,
San kibi parivashni yetkurdi xudo bukun.
* * *
Ayb emastur lutf ummid aylasam jonondin,
Rishtayi ummid uzmas bandasi sultondin.
Vaslin aylab orzu tun-kun ajab hayratdaman,
Don toʻkub yosh oʻrnigʻa bu chashmi xunafshondin.
Gar koʻrib majnunligʻimni ishqida laylivashim,
Aylamas zohir tabassum ul labi xandondin.
Vah, nechuk zolimdurur jonu koʻngulga yettusi,
Dambadam zulmu sitam ul nargisi fattondin.
Olma koʻzgu ilkinga husning tamosho qilgoli,
Qil tamosho orazing bu diydayi giryondin.
Har kishi bosh oʻynay olmas ishqning maydonida,
Oʻynagʻoy, boshin ul odam kechsa avval jondin.
Ishqni koʻngulda pinhon asramoq mushkuldur,
Zohir oʻlgay oshiq etgan nolayu afgʻondin.
Bevafodur bu jahon ra’nosi, billah, ey koʻngul
Koʻrgan ermastur burungʻilar vafo davrondin.
Yolborib boshim oyoqigʻa qoʻyub Feruzdek,
Ayb emastur lutf ummid aylasam jonondin.
* * *
Jafo qilmoqdin hazar qil jonima, ey nozanin,
Haq kalomida demishdur «la-yuhibbu-z-zolimin».
Har necha javr aylasang ishqingni tark etmas koʻngul,
Bu soʻzumni bovar etmassan agar ichkum yamin.
Yetsa jonondin jafo, sabr ayla, ey mahzun koʻngul,
Sabr qilgʻon haqqida nozil «yuhibbu-s-sobirin».
Ey sitamgar, aylagil mazlum ohidin hazar,
Ne uchunkim kelgusidur larzaga arshi barin.
Saqlasun solim havodis tundbodidin mudom,
Naxl qaddingni saning halloki rabb-ul-olamin.
Tishlaring durmu labing qilsa tabassum koʻrunur,
Yo magar yoqut huqqa ichradur durri samin.
Koʻrmadi davron koʻzi yillar oʻtub bu dahr aro
Sen kibi shirin lab uzra gʻaddoru mahjabin.
La’li mayguning xayoli birladur qone’ mudom,
Obihayvon orzusin aylamas joni hazin.
Boʻlgʻusi Feruz soʻzidin boshing uzra nisor,
Yuz ochib kelsang agar majlis aro ey nozanin.
* * *
Erur javring mennng dardimga darmon,
Na darmon, balkidur, jismim aro jon.
Bilur holi parishonimni ulkim,
Erur gar dilbari kokil parishon.
Firoqida ishimdur kecha-kunduz
Hazin bulbul kibi faryodu afgʻon.
Boʻlur jonu koʻngul qurbonn oning,
Qadi sarvin bu yon qilsa xiromon.
Qilib nihon yuzin man notavondin,
Koʻzumni qildi hijronida giryon.
Koʻrub rahm aylamas holi xarobim,
Gʻami ishqi aro ul nomusulmon.
Ochib xurshiddek ruxsorin ul oy
Koʻziga ayladi koʻzumni hayron.
Qilib lutfu karam ul shoʻxi tarso,
Kelib bazmimni qildi rashki soʻzon.
Boʻlub Feruz baxting, ey sumanbar,
Hamisha boʻlgʻosan masruru xandon.
* * *
Payvasta qoshi shaklidur ul chashmi jodu ustina,
Bir chargʻkim, yozmish qanot qasd aylab ohu ustina.
Nazzora qilgil orazi uzra xatigʻa har zamon,
Gar mavji javhar koʻrmasapg bir sof koʻzgu ustina.
Mehrimiz oʻlmushmudur gulgun shafaq ichra nihon
Kiymish va yo gulrang toʻn ul shoʻxi gulroʻ ustina.
Koʻnglum netong siymobdek har lahza qilsa iztirob
Kim ul yuz oʻtidin erib suv boʻlgusi suv ustina.
Laylivangamning ishqida majmunligʻim koʻrgan kishi
Holimga kulgular qilur izhor kulgu ustina.
Xatdurmu ruxsori uza yohud musaxxar qilgʻoli
Chin mulkining kelmushmudur afvoji hindu ustina.
Zulfi xatining hajrida boshimgʻa aylarlar hujum
Gʻoyatsiz anduhu alam yuz nav’ qaygʻu ustina.
Yogʻdu kun oʻldi koʻzlarim oldida shomi tordek.
Aylarga pinhon yuzlarin chun yozdi gesu ustina.
Vah naylayin Feruz, ul qotil gʻazab yoyin chekib,
Mujgon oʻqin tez otgali chin solmish abroʻ ustina.
* * *
Ayo, berahmi xoʻboni zamona,
Mani hijronda qoʻyma jovidona.
Sanga arz aylaram rozi dilimni,
Eshit arzimni koʻrguzmay bahona.
Visolingda boʻlub agʻyor xushhol,
Mani hajring gʻami yetkurdi jona.
Hadangi gʻamzanga jismi nizorim,
Tarahhum qilmay aylarsan nishona.
Ne boʻlgaykim, soʻrub Feruz holin,
Agar boʻlsang anga yori yagona.
* * *
Yorab, ul oy vaslini aylab muyassar bu kecha,
Orazi mehridin et bazmim munavvar bu kecha.
Vah, nechuk asragʻayman doʻstlarkim, qilgʻusi
Qatlima har dam ishorat chashmi kofar bu kecha.
Ne ajab, qilsam tafoxur ahli ushshoq ichra man,
Keldi, qildi xoki poyin boshgʻa afsar bu kecha.
Soqiyo, emdi karam aylab mani sarmast qil,
Bazmima kelmishdurur bir nozparvar bu kecha.
Jongʻa yetdim javru ozoring chekib subhu maso,
Rahm qil holimgʻa, ey shoʻxi jafokor bu kecha.
Oy kibi farrux uzorigʻa beribdur oʻzga zeb,
Sochilib har sorigʻa zulfi muanbar bu kecha.
Ne jahonoro jamol erdiki, bir koʻrmak bila
Ayladi Feruzni ishqida muztar bu kecha.
* * *
Rahm etib hajrida holimgʻa nigorim bu kecha,
Majlisigʻa ayladi taklif yorim bu kecha.
Vosil oʻlsam bazmigʻa sen ham payopay may tutub,
Soqiyo, bergʻil necha yilligʻ xumorim bu kecha.
Aylagil sarmast beparvoyenikim, yigʻlabon,
Arz etay surtub oyoqpga uzorim bu kecha.
Bazm aro gar mast ham beixtiyor oʻlsam netong
Kim, qoʻlumdin oldi ul oy ixtiyorim bu kecha.
Aylamang gʻamdin gumonkim giryai shodi erur,
Jomdek qon toʻksa chashmi ashkborim bu kecha.
Ey mugʻanniy, olmayin orom tuz vaznin saqil,
Toki sokin boʻlgʻay oromu qarorim bu kecha.
Boru yoʻq nagʻmang yeturgil majlis ahli sam’igʻa
Kim, fido sozinggʻa aylay yoʻqu borim bu kecha.
Ey falak, mehringni yotroq ayla magʻribda nihoya,
Furqat ichra haddin oshti intizorim bu kecha.
Gardini garduni dundin gʻam emas Feruzgʻa,
Chunki lutf etti manga chobuksuvorim bu kecha.
* * *
Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona,
Boʻlur sham’i ruhigʻa jon qushi parvona-parvona.
Tutub zuhdu vara’ tarkini kirdim dayr aro bu tun
Ketur, soqiy, manga emdi toʻla paymona-paymona.
Qilur javru sitam, qilmas tarahhum man hazingʻa
Desam rozi dilimni boshigʻa aylopa-aylona.
Borib agʻyor bazmigʻa, ichib ishrat mayin tun-kun,
Meni hijronda aylab gʻam bilan hamxona-hamxona.
Qilib pinhon yuzin man zori hayrondin parizodim,
Firoqida meni qildi ajab devona-devona.
Havas aylarsan, ey dil, ishq dashti sayrini qilmon
Kechib boshdin, qadam qoʻymoq kerak mardona-mardona.
Qilib zohir bukun lutfu karam, Feruz, dildoring
Kelur koming ravo qilmoq uchun sallona-sallona.
* * *
Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi,
Koʻrgach-oʻq, hushu xirad mulkini vayron ayladi.
Gʻamzayu nozu tagʻoful birla imo aylabon,
Koʻzlari jonimni olib qasdi imon ayladi.
Otashin gul bargini eltib labi xandoniga,
Jon ila koʻnglumni rashk oʻtiga soʻzon ayladi.
Zulfi mushkini yuzi uzra parishon aylabon,
Koʻzlarimni tiyra, koʻnglumni parishon ayladi.
Chunki ruxsori jahontobin koʻz ochtim koʻrgali,
Orazi mehrin niqob ostida pinhon ayladi.
Siynasi uzra koʻrub gulgun kabosi chokini,
Gulshan ichra gul dagʻi choki giribon ayladi.
Seskanib uygʻondim ersa, topmadim ondin asar,
Ushbu tush Majiun kibi aqlimni hayron ayladi.
Yo rab, uygʻoqliqda roʻzi qil visoli davlatin
Kim, mani oshifta bir gul yuzli jonon ayladi.
Mumkin oʻlgʻaymu visoli ichra bir kun shodligʻ,
Boʻylakim Feruzni hajrida giryon ayladi.
* * *
Bu kecha bazmim aro ne boʻldi, yorim kelmadi,
Oʻrtadi hijron oʻtiga yoʻqu borim, kelmadi.
Kel deganda, «Yaxshi, kelgum», deb edi, faryodkim,
Bilmadimkim, ne sabab boʻldi, nigorim kelmadi.
Necha kundurkim, qolib hijron aro mahjurman,
Tarqaturgʻa jomi vaslidin xumorim kelmadi.
Kelmakiga va’da aylab erdi bu tun, ohkim,
Haddidin yoʻlida oshti intizorim, kelmadi.
Orazi hijronida olam qorongʻudur manga,
Ravshan aylarga yuzidin shomi torim kelmadi.
Boʻldi bazmim gulshani ketgach xazoni bogʻdek,
Oni aylarga guliston navbahorim kelmadi.
Xor aro guldek boʻlurgʻa xoʻblar oʻrtasida,
Sarvqaddu guljabinu guluzorim kelmadi.
Ishq sirrin kimga sharh aylay man emdi, doʻstlar,
Mahrami rozi nihonu oshkorim kelmadi.
Nola aylarman tunu kun hajrida Feruzdek,
Koʻngliga ta’sir etib afgʻoni zorim kelmadi.
* * *
Yor soʻrorgʻa man hazin holini kelmadi, netay?
Ishqi oʻtpga kuygʻanim koʻziga ilmadi, netay?
Garchi jahonda yoʻqturur man kabi ishqi ichra zor
Holima rahm bir nafas umrida qilmadi, netay?
Masti sharobi husn oʻlub koʻzlarn xobu nozdin,
Holima qilgʻoli nazar bir dam oyilmadi, netay?
Har necha man hazinigʻa qildi visoli va’dasin,
Va’dasi ichra bir nafas, lek topilmadi, netay?
Ishq eli shohiman, vale oshiqining qatorida
Ushbu hazinin ul pari koʻziga ilmadi, netay?

Masnaviylar

* * *
Onga hamdkim hayyi dono durur,
Bori ilmi qudratda yakto durur.
Yaratti toʻquz harfni mustadir,
Birovni shah etti, birovni vazir.
Jahondorlardur kamin bandasi,
Sarafrozlardur sarafkandasi.
Birovga berib husni beintiho,
Birovni qilib ishq ila mubtalo.
Anga bermayin zarra yangligʻ vafo,
Muning peshasin qildi chekmak jafo.
Ul aylab sitam oshiqigʻa shior,
Bu aylab anga naqdi jonin nisor.
Birovni qilib oshgoda pokboz,
Onga koʻrguzub yori ajzu niyoz.
Boʻlub bir-biriga base mehribon,
Qilib doʻstligʻ oshkoru nihon.
Agar tushsalar bir-biridin yiroq,
Chekib koʻkka afgʻon debon al-firoq.
Na haddim demak anga loyiq sano
Ki, borman base ojizu benavo.
Xudo hamdidin soʻngra tortib qalam,
Payambar vurudini aylay raqam.
Zixi sururikim erur koinot,
Tufayli erur gar jamodu nabot.
Shafi’ul-umam Sayyidul-Mursalin,
Boʻlib payk anga Jabroil oyin.
Gahi arshi a’loga aylab uruj,
Gʻazo qilgoli goh aylab xuruj.
Jahon mulkini islomobod etib,
Baso, yaxshi ishlarni bunyod etib.
Chekib osiyi ummat uchun koʻb ta’b,
Oʻtub umri qaygʻu birla roʻzu shab.
Shariat bila dingʻa berdi rivoj,
Shahanshohlar boshidin oldi toj.
Ilohiy erurman base sharmisor,
Gunah dudi birla siyoh roʻzgor.
Mani aylab ul doʻstunggʻa qariyb,
Shafoat manga ondin etgil nasib.
Salom oʻlsun avlodu ashobiga.
Bori ahli ahfodu ahbobigʻa.
Alargʻa xudo rahmati dambadam,
Fuzun oʻlsun, boʻlmasun hech kam.
Alardin soʻng, ey nodiri roʻzgor,
Yoʻlunggʻa duo durrin aylab nisor.
Debon haddin ortuq duoi salom,
Sanga arzi holimni aylay payom.
Salom, ey shahi qaddi zebo jamol!
Salom, ey guli boʻstoni kamol!
Salom, ey parivash maloyik sifat,
Soʻzidin oʻluk tanga bergan hayot!
Salom, ey sabohat bahrida mehr,
Salom, ey falak kadar xurshid chehr!
Salom, ey sumanboʻyi shirinsuxan,
Salom, ey jafoshevayu javrfan!
Salom, ey koʻzi jongʻa boʻlgon balo,
Sochi kufri imonga boʻlgon balo!
Salom, ey hayo boʻstonida vard,
Bari xoʻblar ichra yaktoyu fard.
Duodin soʻng, ey dilbari xush maqol,
Qilurman sanga bu sifat arzi hol.
Eshit barcha arzimni solib quloq,
Qilay sharhi rozimni boshdin oyoq.
Desam soʻz chuchuk yo der ersam achigʻ,
Zamiringga kelturma oni qatigʻ.
Sanga arzi holimni aylay bayon,
Nihon borcha sirimni dogʻi ayon.
Ayo shoʻxi yakto, barnoi dahr,
Yetushgay yuzung nuridin koʻzga bahr.
Edim bazmi vasling aro asru shod,
Tiriklikdin erding manga san murod.
Topar erdi bazmingda koʻnglum surur,
Jamolingdin erdi koʻzum ichra nur.
Tunu kun yoningda anising edim,
Xaloyu maloda jalising edim.
Edi shod koʻnglum topib suhbating,
Ulugʻ davlat anglar edim qurbating.
Sochingdin maqomim muattar edi,
Koʻzum orazingdin muavvar edi.
Labingdin edi jonim ichra huzur,
Soʻzungdin topar erdi koʻnglum surur.
Gohi qoʻl solib noz ila boʻynuma,
Kirar erding oʻynab gahi qoʻynuma.
Yuzungni agar koʻrmasam bir zamon,
Koʻzumga qorongʻu edi bu jahon.
Gahikim, jamolinggʻa qilsam nazar,
Boʻlur erdi jonu koʻngul bahravar.
Gahi islabon mushkdek kokiling,
Boʻlur erdim oshiftai bediling.
Gahi koʻz solib anbarnn xolingga,
Gahi orazi mehri timsolingga.
Junundin gar yetsa oshuftahol,
Qilur erdi bu lek daf’i malol.
Koʻzung noz ila koʻnglum olgʻon zamon,
Berur erdi la’ling yana toza jon.
Tizzam ustida aylar erding maqom,
Eding murgʻi davlat kibi asru rom.
Visoling xayol aylar erdim chunon,
Sani onda hur aylar erdim gumon.
Manga san dogʻi koʻb eding mehribon,
Edim goʻyi man jismu san anda jon.
Base va’dai vasl aylab mudom,
Yoningdin ayirmas eding subhu shom.
Desang soʻz manga anlar erding xitob,
Eshitur eding posuxi bo savob.
Boʻlub tun-kun iqboldek hamdaming,
Edim baxtdek munisu mahraming.
Na der ersam aytur edim borho.
San oniig birin etmas erding baho.
Kilib goh-gohi manga iltifot.
Der erding ayo shoʻxi olip sifot.
Ki: «Ey oshiqi xasta holim mening,
Rahi ishq aro poymolim mening.
Oʻziga visolimni anglab mahol,
Kechurgan kunin yigʻlabon mohu sol.
Qolib furqatim ichra zoru nizor,
Kechurgan qaro aylabon roʻzgor.
Labim yodi bagʻrini qon aylagan,
Visolim uchun sadqa jon aylagan.
Sochim fikrida boʻlgon oshuftahol,
Gʻami furqatim ichra chekkan malol.
Chekib dardi xijron aro koʻb ta’b,
Shabu roʻz vaslimni etgach talab.
Bu damkim, berib haq muroding sening,
Boʻlub dastgnr z’tiqoding sening.
Qilib tangri lutfini yovar sanga,
Visolimni etmish muyassar sanga.
Qilib emdi bazmi visol ichra shukr,
Tamoshoyi husni jamol ichra shukr.
Bu soʻzlar bilan durafshonligʻ qilib,
Burun bu sifat mehribonligʻ qilib.
Nedin soʻngra aylab manga qasdi jon,
Firoq oʻtigʻa koʻksum etding nishon.
Na goʻstohlik zohir etdim sango,
Hazin jonimga hajr koʻrding ravo.
Dedimmu yuzung mehrini oftob?
Qading sarv deb ayladimmu xitob?
Muqavvas qoshingni dedimmu xilol?
Yetushti sanga muncha mandin malol?
Dedimmu sani yoki gunchadahon?
Mening bagʻrim etding firoq ichra qon?
Dedimmu ikki chashming ohuyi Chnn?
Chekibsan mehnat qatlima tigʻu kin?
Soching boʻyi ranhon berurmu dedim?
Oʻlukka soʻzung jon berurmu dedim?
Visol ichra qadringnimu bilmadim,
Va yo xizmatingni bilib qilmadim.
Gunohim nedur, avkal etgal bayon,
Soʻngida na qilsang oʻzing bil ravon.
Qilurmu kini muncha badxoʻyligʻ,
Na badxoʻylngkim, jafojoʻyligʻ.
Berib goh qahr aylabon xoʻb azob,
Qilib noz ila goh bagʻrin kabob.
Jafoyu sitam tigʻin oʻz yorigʻa,
Chekib ilkini sungʻay ozorigʻa.
Tariqi muruvvat bu nav’ oʻlgʻomu?
Vafoyu futuvvat bu nav’ oʻlgʻomu?
Burun koʻrguzub ancha mehru vafo,
Soʻngida qilib muncha javru jafo.
Bilursan raqibim bila boda noʻsh,
Ichim qon boʻlub man chekarman xurush.
Boʻlub bazmi vaslingda xushdil raqib
Yetib man hazindin oʻlargʻa qariyb.
Falon qayda deb aylamay hech yod,
Ichib oʻzgalar birla jomi murod.
Kilib emdi kahru itobingni bas,
Tarahhum qil ahvolima bir nafas.
Gul husn erur asru, bee’tibor,
Ki, bormu jahonda xazonsiz bahor.
Gʻanimat bilib husn davronini,
Koʻb oʻrtatma ishq ahlining jonini.
Sanga ham falak zulme etiboshkor,
Banogah birov ishqida qilsa zor.
Koʻra olmayin yordin iltifot,
Topo olmayin ishqdin ham najot.
Qolib dardi hijron aro mohu sol,
Visoliga yetmoqlik oʻlsa mahol.
Xayoli labidin koʻzung toʻksa qon,
Qoshi yodidin qadding oʻlsa kamon
Musalsal sochi fikridin pechtob,
Tushub jismingga aylasang iztirob.
Firoq ichra dardu alammu bu,
Agar qilsalar boshing uzra gʻulu.
Meningdek tushub ayru dildordin,
Yiroq boʻlmayin bir dam ozordin.
Zamiring boʻlub hajr aro beqaror,
Tong otgʻuncha yigʻlar esang zor-zor.
Hamul dam bilib holim, ey bevafo,
Tushub yodinga manga qilgʻon jafo.
Bilursan firoq ichra na bor ekan,
Nechuk joni zorimda ozor ekan.
Kel emdi karam oshkor aylabon,
Muhabbat rusumin shior aylabon.
Qilib qadrim avvalgʻidin ham baland,
Yana aylabon lutf ila arjumand.
Visoling harimigʻa xos et mani!
Judoliq gʻamidin xalos et mani!
Sani dogʻi ul qodiri zul-jalol,
Qilib husn boʻstonida barkamol.
Xazondin vujuding gulin asrasun,
Mudom oʻz panohn aro saqlasun!
Zamiringga yetkurmanin hech ranj,
Nihoyatsiz etsun ato sanga ganj.
Qilib suhbat Feruz ila shodmon,
Qiyomatgacha aylasun komron.
Agarchi bu yangligʻ soʻzum topti tul,
Ravo koʻrmayin ayb, qilgʻil qabul.
Burungʻudek aylab yana iltifot,
Hazin koʻngluma darddin ber najot.
Bu erdi payomimki, yozdim tamom,
Bas etdim duo birla soʻz vassalom.
Yana qolmasun, ey, saodat nishon,
Zamiringgʻa mahf bu soʻz nogahon.
Agar mundin ortuqroq aylab jafo,
Yana hajr ila aylasang mubtalo.
Meni bilki, hech qolmamish quvvatim,
Koʻngul ichra na sabr ila toqatim.
Bu yanglig firoq ichra tortib azob,
Adam sori gar aylar ersam shitob.
Boʻlub hashr aro dodxohing saning,
Xudo nazdida tutgʻayman domaning.
* * *
Soqiyo, tut manga karam jomin,
Toʻldurub vasli rohi gulfomin.
Rangi boʻlsun aqiqdin rangin,
Ta’mi—obi hayotdin shirin.
Jon topib lazzatidin oning qut,
Dilkusho boʻlsun oʻylakim yoqut.
May dema oni sharbati jon de,
Sharbati jon de, la’li jonon de.
Lab-balab aylay oni paydar-pay,
Birla chiqsun boshimgʻa bazm aro may.
Ki firoq ichra zormen asru,
Muddatidur, xummormen asru.
Toki noʻsh aylab oni mastona,
Boshlayin behudona afsona.
Boshima ne kelibdurur bir-bir,
Xoma birla borin qilay tahrir.
Gah yozib hajru dard ila alamin,
Gah bitay yori bevafo sitamin.
Gah falak iyakidin shikoyat etay,
Haqgaki, shukri benihoyat etay.
Bu sifat soʻzlar aylabon holi,
Koʻnglum aylay maloldin xoli.
Vah, na xush kun edi zamone visol.
Xush kechib bazmi vasl aro mohu sol.
Yorima baxtdek boʻlub hamdam,
Doim iqboldek edim mahram.
Koʻnglum erdi visolidin gulshan,
Koʻzum erdi jamolidin ravshan.
Jon topib la’lnning ziloli bila,
Shod edim jonfizo maqoli bila.
Koʻrmak ila koʻngulda surur,
Jon topar erdi suhbatida huzur.
Koʻzi qatlimgʻa aylasa imo,
La’li jonbaxshi edi Masihoso.
Mijasi jonima oʻn otsa ravon,
Koʻksim aylar edpm ul oʻqgʻa nishon.
Koʻrubon qoshini nechukkim «nun»,
Qaddim aylar edim qoshida nigun.
Yonima kelsa ul qadi shamshod,
Ravza toʻbisin etmas erdim yod.
Sunbul zulfin eslabon har dam,
Dahr anduhidin edim begam.
Anbarin holini koʻrub har yon,
Sogʻinur erdim ani nuqtai jon.
Tishin inju xayol etar erdim,
Labini fahmi bol etar erdim.
Ogʻzikim bor edi xat ichra nihon,
Zulmat ichra bu chashmai hayvon.
Goh zohiri takallum aylar edi,
Goh pinhon tabassum aylar edi.
Doʻstim erdi zohiru pinhon,
Goʻy man jism erdimu ul jon.
Kechayu kunduz ichra bir soat,
Mansizin yoʻq edi onga toqat.
Gah solib gul kibi uzorigʻa koʻz,
Gah nihoni debon quloqigʻa soʻz.
Siypabon gah kumush badanni,
Oʻpubon gah shakkari dahanni.
Der edim:—Paykaring erur siymin!
Der edi: —Bu soʻzung emastur chin!
Der edim:—Bordurur labnng chun qand!
Der edi: — Kilma qandgʻa momand!
Der edim: — Orazingmu yoki quyosh?
Der edi: — Kunda bormudur koʻzu qosh?
Der edim:—Koʻzlarigʻgmu ohuni Chin?
Der edi:—Onda bormu zulm ila kin.
Der edim: — Qomatingmu sarvi ravon?
Der edi: — Sendadurmu jilva ayon?
Der edim: — Kokilingmudur pechon?
Der edi: —Ganji husnum uzra ilon!
Der edim:—Yuz uzra tushubmu nuqat?
Der edi:—Xol erur soʻz etma gʻalat!
Der edim:—Qoshlaring erurmu hilol?
Der edi:—Ul boʻlurmu zebi jamol?
Der edim:—Tishlaringmudur inju?
Der edi: — Oncha sof emas loʻ’lu!
Der edim:—Lablaring erur kavsar!
Der edi:—Onda yoʻq safodin asar!
Der edim:—San parimusan, ey jon?
Der edi:—Man parisifat inson!
Der edim:—Hurdek erursan xoʻb!
Der edi:—Mancha ul emas margub!
Aylar erdim man ondin oncha savol,
Berur erdi javobin ul filhol.
Der edi:—Sansan oshiqi zorim,
Dahr aro sandin oʻzga yoʻq yorim.
Koʻzi gar borsa uyqugʻa nogoh,
Ishqidin tortibon man oʻtlugʻ oh.
Bulbuloso chekib navoyu figʻon,
Bul husnigʻa bor edim hayron.
Labidin boʻsa aylab ohista,
Topar erdim farax mani xasta.
Rashkdin subh etib yaqosini chok,
Tuzmas erdi bu bazmima aflok.
Bu sifat yori mehrini afzun,
Koʻrubon zulm fosh etib gardun.
Mani oxir ul oydin etti yiroq,
Soldi jonimgʻa dogʻi dardi firoq.
Zori joninga zulm koʻrdi ravo,
Mani ul yor jondin etdi judo.
Mani dildori mehribonimdin,
Oyirib oʻt chiqordi jonimdin.
Chun mening budim etti charx nobud,
Har necha kuysam emdi yoʻqtur sud.
Koʻnglum ar topmasa visol ila bahr,
Ne karax boʻlmoqi makonni shahr?
Kadi gar boʻlmas ersa jilvanamo,
Sarvni naylayin mani shaydo?
Yuzi boʻlmas esa manga manzur,
Ne kerak mardum koʻzum aro nur?
Quloqim gar soʻzin eshitmas esa,
Netayin soʻz agar Masih desa?
Topa olmas esam labidin kom,
Komim ermasturur mani gulfom
Yuzidin apru naylayin gulni,
Zulfi atridin ayru sunbulni?
Koʻzi jonimga boʻlmasa ofat,
Naylayin umrima tilab muhlat?
Koʻpi boʻlmas esa manga maskan,
Naylabon ne qilay behishtni man?
Yetmasa vaslidin koʻngulga surur,
Ne qilay hamdamim agar esa hur?
Soʻrmasa yor holi zorimni,
Hajrida joni beqarorimni.
Ne kechar furqati aro manga hol,
Bilmas ersa gar ul pari timsol.
Bedilim yoʻqmu deb va yoxud bor,
Xabare tutmas agar dildor.
Mani mahzunin ul qadi shamshod,
Aylamas ersa oshiqim deb yod.
Kechurub man firoq aro ayyom,
Topsa agyor bazmi vaslida kom.
Boʻlubon manga zahri hajr nasib,
Sharbati vaslin etsa noʻsh raqib.
Yutubon man labi firoqida qon,
Boʻlsa agʻyor bazm aro xandon.
Man boʻlub ishqi birla afsona,
Shod esa suhbatida begona.
Bu sifat boʻlsa yor yot manga
Ne kerak dahr aro hayot manga.
Dilbarim gar bu nav’ qilsa jafo,
Manga darkor emas hayot aslo.
Vasl subhi gar oʻlmasa umid,
Ne qilay umrni tilab jovid.
Ohkim, javr etib bahri dani
Soldi oxir judolik ichra mani.
Emdi bor koʻnglum ichra ne toqat,
Jismi bemorim ichra ne quvvat.
Na oyoqda yurur majolim bor,
Sayr etib oʻlturur na holim bor.
Na manga munglashurgʻa bir mahram!
Na manga yigʻlashurgʻa bir hamdam!
Na manga bor jahonda bir gʻamxor,
To onga dardim aylasam izhor!
Kimnikim oʻzga doʻst bilsam man,
Joni zorimgʻa ul boʻlub dushman.
Aylabon har tarafga nazzora,
Dardima hech topmayin chora.
Bir makon ichra oʻlturub tanho,
Yigʻlamoqdur ishim sabohu maso.
Goh-gohi qoʻlumgʻa olib rud,
Tuzubon har dam oshiqona surud.
Rost ohanglik qilib ogʻoz,
Boʻlub ushshoqdek navo pardoz.
Oʻtlugʻ abyotlar oʻqub mani zor,
Chiqorib koʻkka ohi otashbor.
Derman: Ey charx, bu nechuk oyin,
Sangakim, bu sifat qilursan kin.
Kim, mening yori mehribonimni,
Oyirib yoqding oʻtga jonimni.
Bevafoligʻ rusumini tuzding,
Manga bu pav’ zulm koʻrguzding.
Falaki kajravo sitamkoro,
Nega qilgʻung manga bu nav’ jafo?
Qaro dedimmu orazi oling?
Oq dedimmu yuzingdagi xoding?
Yo bu soʻzlar sanga esa ta’rif,
Man dogʻi bu sifat qilib tavsif.
Sani dey bir ajuza makkora,
Holing oqdur, vale yuzung qora.
Aybparvarsan, hunari dushdgan,
Doimo makru hiyladur sanga fan.
Kim sevar yori birla xamogush,
Bir zamon boʻlsa tark oʻlub sanga xuga.
Koʻrguzub turfa behayoliqlar,
Oʻrta yerga solib judoliqlar.
Koʻngliga yetkurub tuman ozor,
Qilgʻung oxir firoq aro ani zor.
Koʻzidin oʻchsa tonggʻacha uyqu,
San emassan oning uchun qaygʻu.
Turfa berahm erursan zolim,
Kim ilkingdin oʻlmadi solim.
Bir kishi yoʻqki mandin istifsor,
Aylabon degali na holing bor.
Turfaroq buki ul hujasta nihod,
Aqlu hushidshi aylagan barbod.
Eshitib muncha ohu faryodpm,
Oshiqlik deb bir anlamas yodim.
Muncha ham bevafoliq oʻlgʻaymu?
Bu sifat purjafoliq oʻlgʻaymu?
Avval doʻstlugʻlar aylab fosh,
Soʻngra tuzmak nedur bu nav’ maosh?
Burun aylab vafoyu mehr shior,
Soʻngra qillyuq pedur bu nav’ mador?
Koʻnglum aylab burun visol ila shod,
Soʻng nedur muncha jonima bedod?
Sobiqan aylab ahd ila paymon,
Kishi boʻlgaymu soʻngra ofatijon.
Ey koʻngul, haqga shukr aylayu bas,
Soʻz uzatmoq bu nav’ yaxshi emas.
Kilmagʻil charx javridin shikva,
Yer ham bevafo deb etma gila.
Boshingga ne kelur nihonu ayon,
Kismati haqdin oʻzga qilma gumon.
Tangri qilgʻon esa nekim taqdir,
Bera olmas kishi anga tagʻyir.
Bir qaddin koʻrki oʻt sochib har yon,
Raddin qichqurub boʻlub nolon.
Ul dogʻi beqaror oʻylaki sen,
Ishq aro doimo zoru tanho men.
Ishq bir oʻtdurur, nechukkim barq,
Aylamas shoh bila gadoki farq.
Tushsa ondin koʻngulga bir uchqun.
Kuydurub boshiga solur qaro kun.
Ishq aro garchi sabr erur mushkul,
Sen oni pesha aylagil, ey dil.
Boʻlubon sazmi vasl aro Feruz,
Tun kuning boʻlsun iyd ila navroʻz.
Yor ila noʻsh etib mayi gulfom,
Sanga shoyad muyassar oʻlgʻay kom.
Aylabon iltifotlar, jonon,
Surgaysan to abadgacha davron.
* * *
Sano hamdu xalloqi jahongʻa,
Xudovandi zaminu osmonga.
Birovga husn berdi benihoyat,
Birov koʻnglidin oldi sabru toqat.
Durud oʻlsun oning paygʻambarigʻa,
Rasuli ham nabilar sarvarigʻa.
Yaratdi haq oni aylab mukarram,
Tufayli birla oʻn sakkiz ming olam.
Oning avlodiyu ashobiga ham,
Duo birla salom oʻlsun damo-dam.
Bulardin soʻngra, ey sarvi gulandom,
Sanga boʻlsun salomim subh ila shom.
Salom, ey dilraboyi hur timsol,
Salom, ey mahliqoni farrux iqbol!
Salom, ey dilrabo pokiza anvor,
Salom, ey guluzoru sarv raftor!
Salom, ey gavhari koni sabohat,
Salom, ey durri dareyi saodat!
Salom, ey xoʻbluq boʻstonida vard,
Salom, ey husn iqlimi aro fard!
Agarchi manda, ey sarvi diloro,
Yoʻq avsofing qilurgʻa haddu yoro.
Duo durrin yoʻlungda aylab iysor,
Bu yangligʻ arzi hol aylarman izhor.
Hamuldamkim, yuzungni koʻrdum, ey hur,
Baloyi ishqing aylab jonima zoʻr.
Koʻngulda qolmayin sabru qarorim,
Ilikdin ketdi bilkull ixtiyorim.
Visoling gun-koʻn aylab orzular,
Koʻlungda tpnmay aylab justujoʻlar.
Junun koʻpi aro har yon yugurdum,
Tilab bazmi visoling poʻya urdum.
Bu yangligʻ hol ila, ey sarviqomat,
Talab aylab sani behaddu gʻoyat.
Manga iqbol oʻlub ham baxt yovar,
Visolingni xudo qildi muyassar.
Kecha kun man gʻarib, ey sarvi ozod,
Visoling bazmida erdim, base, shod.
Labingdinki, nasibim erdi sharbat,
Soʻzungdinki, topar erdim halovat.
Quchar erdim gohi nozuk belingni,
Soʻrar erdim gahi shirin tilingni.
Gohi ilkimni boʻynunggʻa hamoyil,
Qilur erdim yoʻq erdi hech hoil.
Dumogʻim zulfi mushkining muattar,
Qilur erdi gohi holi muanbar.
Oʻpar erdim gohi shahlo koʻzungni,
Gohi tishlar edim gulgun yuzungni.
Bilur erdim visoling rohati jon.
Boʻlur erdim qoshing yoyigʻa qurbon,
Kecha boʻlsa makonni qoʻynung erdi,
Yoturda ilkim uzra boʻynung erdi.
Yuzungga yuz qoʻyub, doʻshing uzra doʻsh
Tong otgʻuncha boʻlur erdim hamogʻush.
Tun oʻlgʻonda boʻlub husnungga nozir,
Yuzung koʻrmak bila xush erdi xotir.
Jalisu mahraming doim man ordim.
Sanga mehru muhabbat erdi pesha,
Vafodin dam urar erding hamisha.
Qilib oʻz odaticha bevafoliq,
Oragʻa oqibat soldi judolik.
Firoq ichra qolib man zoru giryon,
Falakka yetkurub faryodu afgʻon.
Ki, shoyad topgʻayman vasling sori yul,
Debon poʻya ururman sogʻ ila soʻl.
Na tinmoq bor manga, na bir tayanmoq,
Ishim doim firoq oʻtigʻa yonmoq.
Oyoqimdin ketib emdi majolim
Yurarga qolmamishdur hech holim.
Kilib emdi qorongʻu uyda maskan,
Tuzub majnundek oʻz holimgʻa shevan.
Gahi aylab visol ayyomini yod,
Kilurman behuda ohu faryod.
Gahi la’ling gʻamida qon yutarman,
Kading hajrida gah motam tutarman.
Qadim yo aylamish fikri hiloling,
Koʻnguldin toqatim olmish xayoling.
Belu ogʻzing xayoli, ey nigorim,
Meni nobud etibdur yoʻqu borim.
Xususan ushbu dardim asru dushzor,
Banogah yoʻl topib vaslinggʻa agʻyor.
Koʻzi kimning yuzungga nozir oʻlgʻay?
Kim altofing bila xush xotir oʻlgʻay?
Kim erkan bodan vasling bila mast?
Janobing tufroqigʻa kim ekan past?
Soching zanjiri birla kim ekan band?
Oʻpub holing kim erkan shodu xursand?
Bu yangligʻ fikr birla subh to shom,
Gʻamingda oʻtkarurman yigʻlab ayyom.
Koʻrub man zordin mundoq tazallum,
Birov yoʻqkim, manga etgay tarahhum.
Na yetkurgay sanga mandin salome,
Na kelturgay manta sandin payome.
Sanga holimni derdek bir kishim yoʻq,
Figʻon chekmakdin oʻzga varzishim yoʻq.
Maal-qissa firoqingda mani zor,
Boʻlurman bu sifat gʻamga giriftor.
Bu yerga tegru holim, ey sitamkor,
Yetib san boʻlmading hargiz xabardor.
Burungʻi ahdu paymoning unutding,
Muborak xotiring mandin sovutding.
Bilib hajringda tun-kun iztirobim,
Birovdin soʻragin holi xarobim.
Gunohim ne edikim, ey parizod,
Mani bir noma birla qilmading shod.
Bu pav’ oʻlgʻaymu rasmi dilraboligʻ,
Tilab oʻz oshnosidin judoligʻ.
Raqibi birla yoru munis oʻlgʻay,
Birov bazmida sham’i majlis oʻlgʻay.
Sanga bu ishlar ermas erdi lozim,
Visolingda raqib oʻlgay mulozim.
Xaloyiq ta’nidin ke bir uyolding,
Ne etgan va’dani yodinggʻa solding.
Ajabkim, sandin, ey mahbubi nodir,
Bu yangligʻ bevafoligʻ boʻldi sodir.
Kel emdi, qayt bu af’oli baddin,
Oshurma nomunosib ishni haddin.
Yana man zoringga aylab muruvvat,
Muhabbat rasmi birla tutgʻil ulfat.
Burungʻi va’dalarni yodingga sol,
Mani qil bazmi vasling ichra xushhol.
Duom uldur: «Sening yoshing uzalsun,
Koʻrub farrux yuzung koʻz bahra olsun.
Xudo afzun etib husni jamoling,
Damadam ortsun fazli kamoling.
Qulungman, san shoh, ey qaro koʻz,
Yana mehru muhabbat sozini tuz.
Mudom iqbolu Feruznig boʻlub yor,
Jahonda dushmaningdin qolman osor.
Boʻlub olti jihatdin xotiring xush,
Tarab jomin falak tutsun sanga koʻsh.
Yetub umring tarab birla mohu sol,
Mudom ul masnadu izzatda xushhol.
Gahi yod aylagil bu zorini ham,
Tarahhum birla ey barnoyi olam.
* * *
Ey qodiri farruxi dono,
Xalloqi jahon basiru binno.
Ne avvalingda erur bidont,
Ne bordur oxiringga nihoyat.
Mavjudsan, oʻzga borcha nobud,
Borsan ikki kavn eliga ma’bud.
Muhtojing erur gadoyu sulton,
Lutfu karamingga yoʻq haddu son.
Man zorga koʻrguzub inoyat,
Aylab shafqat, bilo nihoyat.
Bergil nlkimga jomi tavfiq,
Qilgʻil meni shodkomi tavfiq.
Kim, asru zaifu zor erurman,
Osiyu gunohkor erurman.
Dashti havas ichra qolmisham zor,
Hirs ilkiga boʻlmisham giriftor.
Boshdin-oyoqim erur zalolat,
Toatda ishimdurur kasolat.
Tun-kun mayi gʻaflat aylabon noʻsh,
Majnundek oʻlub mudom madhush.
Daryoyi gunahga oʻzni solib,
Gʻarqoyi jaholat ichra qolib.
Boʻlmishmen asiri nafsi shayton,
Jurmu gunahimga yoʻq haddu son.
Toatda garchi notavonman,
Aylarda gunoh pahlavonman.
Man xud bu sifatman asru gumroh,
Holimdin oʻzung erursan ogoh.
Rahm ayla bu nav’ holatimgʻa,
Chohi gʻam aro malolatimgʻa.
Koʻb manda agarchi jurmi isyon,
Joʻshon sanga lek bahri gʻufron.
Sansan iki kavn aro panohim.
Rahm aylabon afv qil gunohim.
Koʻnglum uyin aylagil sarosar,
Tavhid charogʻidin munavvar
Toatda qaddimni aylagil xam,
Lutfing manga hargiz etmagil nam.
Man zorgʻa tavba ato qil,
Fayzingga zamirim oshno qil.
Dahr eliga garchi podshoman,
Ehzoniga mustahiq gadoman.
Adlim bila faqr elini qil shod,
Ehsonim ila jahonni obod.
Borcha tilagimni ayla maqbul,
Majmu’m murodim ayla mahsul.
Dunyoda maqomimi rafi’ et,
Uqboda rasulingi shafi’ et.
Koʻbtur manga rahmatingdin umid,
Kilma mani notavonni navmid.
Qil baxt ila tole’imni Feruz,
Har bir kunim ayla iydi Navroʻz.
Koʻnglumda ne ersa komi maqsud,
Bir damda borisin ayla mavjud.

Muxammaslar

* * *
Koʻrmak tilab yuzungni, ey shoʻx guluzorim,
Qonlar toʻkar damodam bu chashmi ashkborim,
Quchmok tilab belingni hech qolmadi qarorim,
Yoʻlungda tufroq oʻldi bu jismi xoksorim,
Oromijon nigorim, sarviravon nigorim.
Boʻlgʻoch nazarda zohir tovusdek xiroming,
Aqlimni qildi hayron ta’zim ila saloming,
Lol ayladi tilimni toʻtisifat kaloming,
Yoʻqtur jahonda mandek bir kamtarin gʻuloming,
Oromijon nigorim, sarviravon nigorim.
Sen husn shohidursen, rahm ayla bu gadogʻa,
Kelmasmu hech rahming bu zori mubtalogʻa,
Kahringin aylab afzun koʻp qoʻymagʻil balogʻa,
Lutfu karam shior et, xoʻy aylama jafogʻa,
Oromijon nngorim, sarviravon nngorim.
Gulgun uzoring uzra chiqmish xatti zumurrad,
Bu xat bila boʻlub sen husn ahligʻa saromad,
Goʻyo sanga boʻlubdur shamsu qamar obo jadd,
Mundin ziyod etarga vasfingni yoʻq manga had,
Oromijon nigorim, sarviravon nigorim.
Qadding xayoli tushgach xotirgʻa, ey sumanbar,
Ermas nazargʻa manzur shamshod ila sanavbar,
Boʻlmas esa muyassar ul kokili muanbar,
Tutgʻoymu oʻrnin oning rayhonu sunbulu tar,
Oromijon nigorim, sarviravon nigorim.
Qil holima tarahhum, ey soqiyi diloro,
Soldi sipohi ishqing jon kishvarigʻa yagʻmo,
Mani zor bedilinggʻa lutf aylagil nigoro,
Qolmadi furqatingda sabru qarorim aslo,
Oromijon nigorim, sarviravon nngorim.
Mehri kamardek olib toju kamarni pinhon,
Oxir boshu beliga ziynat yeturdi ul jon,
Qilsang muni tafakkur, ey shoiri suxandon,
Bir shoʻxi dilraboning ismi boʻlur namoyon,
Oromijon nigorim, sarviravon nigorim.
Boʻstonda bazm etarga jam’ oʻlsalar sanamlar,
Ul bazm ichida Feruz oʻlsun desang suxanvar,
Oʻz ilking ila tutgʻil bir lolarang sogʻar,
Yuz nozu ishva birla kirganda bogʻa dilbar,
Oromijon nigorim, sarviravon nigorim.
* * *
Chekib hijronda ranji bekaron ohista-ohista,
Yutar erdim labi fikrida qon ohista-ohista,
Bu holimdin topib bu kun nishon ohista-ohista,
Manga rahm aylab ul shirin zabon ohista-ohista,
Yetushti boshim uzra nogahon ohista-ohista.
Shabi hijronda aylab dardu mehnat kulbasin maskan,
Sochar erdim sirishkim donasin har sori yuz xirman,
Bu hol ichra tarahhum koʻrguzub ul dilbari purfan,
Firoqida qororgʻoh koʻzlarimni ayladi ravshan,
Ochib ruxsorai xurshidson ohista-ohista.
Qudumi intizorida boʻlub tong otgucha bedor,
Chekib har damda gardun sori yuz ming ohi otashbor,
Boʻlub gʻam tigʻi birla sarbasar jonu tanim afgor,
Edim hijroni dardi shiddatidin oʻlgudek bemor,
Yetushti vaslidin suhbat ravon ohista-ohista.
Minib raxshigʻa bukun man sori atfi inon aylab,
Shitob ichra araqni gul uza shabnam fishon aylab,
Kelib bazmim qudumi birla gulzori jikon aylab,
Masiho moʻ’jizin jonbaxshi la’lidin ayon aylab,
Oʻluk jismimga berdi toza jon ohista-ohista.
Rusumi dilraboligʻ koʻrguzub gul yuzli jononim,
Bilib hijron oʻti kuydurganni boshdin-oyoq jonim,
Koʻrub rahm aylabon jismi nizoru chashmi giryonim,
Soʻrub dildorligʻ rasmi bila holi parishonim,
Qilib oshino dilbarlik ayon ohista-ohista.
Tarahhum koʻzguzub har dam fuzun a’dodi imkondin,
Tabassum aylabon yuz ishva birla la’li xandondin,
Takallum boshlabon har lafzni aylab chuchuk jondin,
Dedi:«—Ey oshiqi zorim maloli dardi hijrondin,
Boʻlubsan asru zoru notavon ohista-ohista»
Mayi la’limni dardingga davo aylarga kelmishman,
Zamiringda ne ersa muddao aylarga kelmishman,
Nekim rasmu muhabbatdur, sango aylarga kelmishman,
Bu dam vaslim bila koming ravo aylarga kelmishman,
Maqominggʻa bori eldin nihon ohista-ohista.
Qilib tun-kun visolim bazmigʻa yetmakni andisha,
Urub Farhod yangligʻ ranju mehnat togʻigʻa tesha,
Qilib ishqimda koʻnglungni musaffo, oʻylakim, shisha,
Necha kun dardi hijronim aro sabr aylading pesha,
Boʻl emdi vaslim ichra shodmon ohista-ohista.
Edi hijron aro maqsuding oʻpmak borho la’lim,
Quchub nozik belim koʻnglungga soʻrmoq muddao la’lim,
Bugun koming ne ersa qilgʻusi oni ravo la’lim,
Agar istarsan oʻpmaklikni, eng jonfizo la’lim,
Qucharsan, quch belim, engu miyon ohista-ohista.
Manga iqbol yangligʻ boʻldi chun ul hamdamu hamdast,
Oyoqing oʻpkali man ollida tufroqgʻa boʻldum past,
Talattuf birla ul la’lin labimga ayladi payvast,
Man oʻldum yor la’li bodasi birla boʻlub sarmast,
Firoqi ranjidin toptim omon ohista-ohista.
Koʻzumdin oqizib ashkni hijron ichra suv yangligʻ,
Boʻlub obi ravon ondin ayon har sori joʻ yangligʻ,
Riyozat tortibon aylab tanin za’f ichra mu yangligʻ,
Kishi gar sodiq ersa ishq aro vasl ichra bu yangligʻ,
Boʻlur Feruzbaxtu komron ohista-ohista.
* * *
Yorim labining yonida jon sharbatidur bemaza,
Yoʻq partavi ruxsoricha husn avji uzra mehru moh,
Vasligʻa bir kun yoʻl topib bir necha ojizliq bila,
Dedim:—Koʻzungdin oʻrgulay, bir boʻsa ber Feruzgʻa!
Dedi:—Yuzumni ogʻritur har yon xating nishi botib.
Zebo nigorimkim, bukun zar birla zevargʻa botib,
Yonimgʻa keldi noz ila qoshu koʻzini oʻynotib,
Koʻnglum parishon ayladi yuz uzra zulfin tarqotib.
Dedim:—Koʻzumni ravshan et mehri jamoling koʻrsotib!
Dedi:—Uzorim oʻtigʻa joning netarsan oʻrtotib?
Ul dilbarikim, bordurur husn avjida mohpora,
Jonimgʻa soldi ishq oʻtin toki ochib ruxsora,
Chun oshiq oʻlgʻoch ishqining dardiga pstab chora,
Dedim:—Tarahhum aylabon holimgʻa qil nazzora!
Dedi:—Koʻzum joning figor etgusi noz oʻqin otib.
Husn ahlining shohi mening shoʻxi dildorim erur,
Yuz birla zulfi hajrida teng subh ila shomim erur,
Dedi:—Sanga maqsad na, ey besabru oromim, erur? ,
Dedim:—Visol ichra labing shahdi mening komim erur,
Dedi:—Sanga bergum oni zahri firoq ichra qotib.
Ta’m ichra la’lidin emas jannatfizo kavsar suyi,
Yetkurmas elga nutqidek fayzu safo kavsar suni,
Bir kun boʻlub mazkur ul on bazmi aro kavsar suyi,
Dedim:—Labingning sharbati shirinmu yo kavsar suni?
Dedi:—Boʻlurmu har suyi obi baqogʻa oʻxshotib?!
Na mumkin ul oy zulfining atricha anbar boʻlmogʻi,
Shirin labigʻa sharbati hayvon barobar boʻlmogʻi,
Shahlo koʻzidek zulmkor dahr ichra kofar boʻlmogʻi,
Dedim:—Nedin erkan bugun olam muattar boʻlmogʻi?
Dedi:—Sochimni tong yeli yuz uzra solmish butrotib.
Bu kecha kulbamga kelib mast ul parilar sarvari,
Etti koʻzum ravshan yuzin ochib chu mehri anvari,
Chun subh chogʻi masti xob olud edi nargislari,
Dedim:—Koʻzung bedor qil noz uyqusidin, ey pari,
Dedi:—Bu lahza fitnai noyimni netkung uygʻotib?

Ogahiy Gʻazallariga Taxmislar

Rangin takallummu boʻlur chunkim guharafshon labing,
Fayzu farah yetkurgusi koʻnglumga bepoyon labing,
Fahm etmadim ne xosiyat qilmushdurur pinhon labing,
Yoqutdurmu bilmadim yo la’l ey jonon, labing,
Yo orazing gulzorida bormu guli xandon labing.
La’lnig firoqida boʻlub asru zaifu xasta jon,
Jismi nizorimdin olib qadding gʻami tobu tavon,
Oʻlmakka yetganda yovuq kelding boshimgʻa nogahon,
La’lingni bir oʻpmak bila toptim hayoti jovidon,
E’jozi Isomu ekan yo sharbati hayvon labing.
Javru jafolar aylabon jonimga bu garduni dun,
Qildi labing hijronida ashkimni qon, bagʻrimni xun,
Dardim erur behad fuzun, kun-kundin ahvolim zabun,
Koʻzdin toʻkub hijron aro doim sirishqi lolagun,
Oʻpmaklik aylab orzu tun-kun yutarman qon labing.
Koʻnglumga boʻlmishdur labing bir boʻsa qilmoq muddao,
Muft ermas ushbu matlabim, boʻlsa agar, sandin ravo,
Oltun-kumish xud sahl erur, ey dilbari shirinliqo,
Gar boʻsa la’lingga jon naqdin qilur ersang baho,
Olgʻum nedinkim bir oʻpub oʻlganga na armon labing.
Taqvoi toat aylabon zuhd ahli tinmay roʻzi shab,
Jannatga kirmak orzu aylab chekar ranju taab,
Aql eli koʻying borida jannatni qilgaymu talab,
Feruz, jannat ravzasin, gar, istamas ermas, ajab
Kim, orazing jannat guli, kavsar suyi, ey jon, labing.
* * *
Bir jilvagar boʻlgʻoch koʻzum ollida to qoshu koʻzung,
Fahmi xiradin ayladi mandin judo qoshu koʻzung,
Jonimni oldi aylabon nozu ado qoshu koʻzung,
Vah ne balodur bilmadim, ey dilrabo, qoshu koʻzung
Kim, bir nazarda soldi oʻt jonim aro qoshu koʻzung.
Ham Xizri xatting dilkusho, bordur masihoniy soʻzung,
Ham koʻzu qoshing qotili jonbaxga erur, rangin soʻzung,
Ham beqaror oʻlgʻon koʻngullarga berur taskin soʻzung,
Ham yuz oʻlukni tirguzur la’ling aro shirin soʻzung,
Ham ming tirikni oʻlturur aylab jafo qoshu koʻzung.
Tun-kun soʻrogʻing aylabon istab muallo manziling,
Koʻrgach musaffo orazing, boʻldum asiri bediling,
Jonu koʻngul betob erur soʻrmoq tilab shirin labing,
Oldi karori toqatim oq siynayu nozik beling,
Soldi qaro kun boshima ikki qaro qoshu koʻzung.
Boqgoch koʻz ila qoshinga, boʻldum asir, ey noʻshlab,
Jonim yoqar oshiq oʻti, qoshu koʻzung boʻldi sabab,
Emdi figʻonlar aylabon hijroning ichra roʻzu shab,
Qoshu koʻzung bedodidin dod aylasam ermas ajab,
Kim, ne jafolar qilmadi oxir mango qoshu koʻzung.
Farrux yuzung husn avjining bordur mohitobopikim,
Xanling erur mahbublar, sansan alar sultonikim,
Mankim tamanno aylamak, san shoʻx beparvonikim,
Yoʻqtur manga ishqing aro yurmak tirik imkonikim,
Jonimni yo qaddu yuzung olgʻusi yo qoshu koʻzung.
Husn ahli shohisan, erur mulkung malohat kishvari,
Ikki koʻzung jodu erur, qoshing alarning xanjari,
Majnundek oʻldi koʻrgach, ul husning jahon donolari,
Man zori hayroning nechuk devona boʻlmay, ey pari
Kim, aqlu hushim ayladi mandin judo qoshu koʻzung.
Istab visoling bazmini, ey xoʻblarning ahsani,
Iqboli Feruzing kibi koʻb justujoʻ aylab sani,
Koʻrgach yuzung ishq oʻtiga koʻpdi vujudi xirmani,
Shirin labingdin Ogahiy jismigʻa jon berkim, ani,
Oʻlturdi bir imo qilib boqgʻoch qiyo qoshu koʻzung.
Qilmish azalda sun’i haq husn ichra yakto orazing,
Oyu quyoshgʻa oʻxshamas hargiz musaffo orazing,
Koʻrgan kishi aqlin qilur hayronu shaydo orazing,
Jonbaxsh la’ling uzra xat to qildi paydo orazing,
Jam’ ayladi xurshid uza Xizru Masiho orazing.
Bir tun mening kulbamgʻa, ey mahvash, karam raxshini sur,
Ochib uzoringni qaro shomigʻa ravshanligʻ yetur
Kim, sandin ehsonu karam zohir boʻlur vaqtida koʻr,
Oydek yuzung mahjurlar shomi gʻamini yorutur,
Partav mening shomimgʻa ham solgʻoymu, oyo, orazing.
Lutf aylabon man zorgʻa, ey sarvqaddi mahliqo,
Koʻpgʻil qadam kulbam aro ochib uzori dilkusho,
Toki chekarman orazing koʻrmak tilab ranju ano,
Joning uchun rahm aylabon koʻrguz yuzungkim hajr aro,
Joninggʻa yetdim aylabon koʻrmak tamanno orazing.
To ishqing ichra ey pari, devonai zor oʻlmusham,
Hajringda gʻam tirnogʻidin a’zoyi bir-bir yulmusham,
Guldek uzoringni tilab gulbargi yangligʻ soʻlmusham,
Rozi oʻlumga orazing hajri gʻamidin boʻlmusham,
Oʻltur mani yo tigʻ ila, koʻrguz manga yo orazing.
Qat’ etgali yuz urmusham to furqating togʻu tuzin,
Olmon qulogʻimgʻa gʻaming tarkida nosihlar soʻzin,
Mayl etmagum gar xoʻblar har necha arz etsa oʻzin,
Koʻz solmagʻum jannat aro gʻilmonu hur ochsa yuzin
Kim, maksadim koʻyung aro qilmoq tamosho orazing.
Hargiz zulmat yoʻli sori gʻayrat bila yuz urmamish,
Gulzoru koʻyung sayrigʻa sa’y ila markab surmamish,
Oʻzni tamoshoyn qadu ruxsoringa yetkurmamish,
Zohid tilar jannat, guli sarvdin magarkim koʻrmamish,
Lutf ichra zebo qomating, husn ichra yakto orazing.
Feruzning arzi budur san xoʻblar shohigakim,
Boʻlma sabab javr aylabon har dam oning ohigʻakim,
Bir lutf ila taskin yetur faryodu jonkohigakim,
Ishqing oʻtigʻa koʻngusi, rahm ayla Ogahiygakim,
Tokim koʻrubdur bir nazar ul zori shaido orazing.

Musaddaslar

Subhkim, ul sarvi gulroʻx sayri gulzor ayladi,
Sarvu gulgʻa qaddu ruxsorni namudor ayladi,
Sarv qaddigʻa egib bosh qulluq izhor ayladi,
Gul yuzin surtub poyigʻa oʻzini xor ayladi,
Rashk tigʻi joy ila koʻngulni afgor ayladi.
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Gar nafas qilgach nazora ul quyosh ruxsorga,
Jon koʻnglum qoldi ishqi ranjidin ozorgʻa,
Aylasam jonim fido boqmay man bemorga,
Har nafasda koʻrguzur yuz iltifot agʻyorgʻa,
Aylamas bir rahme zohir man gʻaribu zorgʻa,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Jonfizo la’lin takallumga oyursa nogahon,
Har kalomidin topar oʻlgan badan ruhi ravon,
Goʻyiyo uldur bu davron nchra Isoyi zamon
Kim, kishi koʻrmaydur andoq mahvashi shirin zabon,
Ayb qilmang, istab oni, aylasam ohu figʻon,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Xoʻb emastur qaddi toʻ’bi qomati raftoricha,
Dilkash ermas ravzai rizvon yuzi gulzoricha,
Yoʻqturur xurshid nuri jabhai anvoricha,
Sunbul ermas atrparvar zulfi anbarboricha,
Tong emas, vaslin talab qilsam agar jon boricha,
Doʻstlar, ul dilrabo haqi mani zor ayladi.
Ohkim, tarki muhabbat aylabon ul dilrabo,
Notavon jonimgʻa koʻrdi hajr anduhin ravo,
Muncha ham boʻlgʻoymu bir bedilgʻa qilmoqlik jafo,
Dilraboligʻ rasmida avval qilib mehru vafo,
Soʻngra qildi mehnat hijroni birla mubtalo,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Ul quyoshdin ayru bir zarra qarorim qolmadn,
Aqlu hushim ketdi-yu, sabr-ixtiyorim qolmadn,
Dardi hijron chekkali tanda madorim qolmadi,
Vasl uchun aylab gadoliq nangu orim qolmadi,
Yigʻlamoqdin oʻzga hajr ichra shiorim qolmadi,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.
Ishq mulkida edim Feruzbaxtu komkor,
Amrima ma’mur erdi necha shoʻxi guluzor,
Lekin oni koʻrgach oʻldum bandasi beixtiyor,
Qolmayin koʻnglum aro bir zarracha sabru qaror,
Aql ila hushu xiradni qildi mandin beqaror,
Doʻstlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladn.
* * *
Ul pari egnida gulrang libosini koʻrung,
Mehrdek orazining nuru ziyosini koʻrung,
Nutqi jonbaxshu labi ruhafzosnni koʻrung,
Otgʻoli gʻamza oʻqin qoshlari yosini koʻrung,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Orazidin olib ul mehru jahontob niqob,
Zeb uchun koʻzga chekib surma, urub yuzga gulob,
Koʻzlari fitnasidin qilgʻoli olamni xarob,
Yuzi oʻti bila aylarga jigarlarni kabob,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Gul xijil bogʻ aro oning gul ruxsoridin,
Sarupo dar gul erur qomati raftoridin,
Lol erur qumriyu bulbul labi guftoridin,
Sindi shakkarga baho la’li shakkarboridin,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosinn koʻrung.
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Jon olur har boqishi birla qaro koʻzginasi,
Toza jon ham berur elga shakkarin soʻzginasi,
Koshi yo, kipriki oʻq, ofatijon yuzginasi,
Fitnagar chobuk xudroyi erur oʻzginasi,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Koʻz yumub noz ila gohi chekibon xomyoza,
Kosh qoqib gah qilibon jilvai beandoza,
Oʻziga har dam etib gʻamza fununi toza,
Kildi oshiqligʻim olam eliga ovoza,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Jilvai qomatigʻa tu’bini rizvon banda,
Mutabassim labigʻa gʻunchai xandon banda,
Ikki shahlo koʻzigʻa nargisi fatton banda,
Orazi mehrigʻa xurshidi duraxshon banda,
Vahki, ul mehrliqo nozu adosini koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosini koʻrung.
Toki ul shoʻx gʻami ishqigʻa duchor oʻldum,
Dam-badam dardi balo xayli bila yor oʻldum,
Kokili domiga pobasti giriftor oʻldum,
Talab vaslida Feruz kibi zor oʻldum,
Vahki, ul mehrliqo nozu adospni koʻrung,
Jonima har nafas ozoru jafosinn koʻrung.

Ruboiylar

* * *
Ey shoʻx, tarahhum aylakim, zoringman,
Jonu dilu din ila giriftoringman.
Gar vaslingga aylasang baho jon naqdin,
Yuz jon esa ham berib xaridoringman.
* * *
Qilmish mani bir dilbari zebo oshiq,
Boshdin oyoqi latifu ra’no oshiq,
Yoʻq mumkin oʻzi xoli hamsuhbati man,
Boʻlgʻaymu maningdek yana paydo oshiq.
* * *
Jonbaxshi kaloming erur ul nav’ fasih,
Iso kibi jon bergusidur elga sarih,
Har shoʻxki, husn ichra tutar oʻzni sabih,
San borchasidin sabih ham asru malih.
* * *
Koʻrgach yuzung, zy dilbar, farxunda sifot,
Hech qolmadi koʻnglum aro oromu sabot,
Xosiyati la’ling obi hayvon yangligʻ,
Soʻrgʻon kishiga bergusi jovidi hayot.
* * *
Kam etmadi qahrin manga dildor hanuz,
Tark aylamadi javr ila ozor hanuz.
Man hajrida subhu shom yigʻlarman qon,
Xushnud erur bazmida agʻyor hanuz.
* * *
Gar dilbarim oʻlmasa mango hamsuhbat,
Naylay esa yuz hurliqo hamsuhbat,
Ul shoʻx agar anisim oʻlmas ersa,
Darkor emas ushbu dahr aro hamsuhbat.
* * *
Roʻzi sanga borcha kom boʻlsun, yorab!
Iqbolu man mudom boʻlsun, yorab!
Ham davlati mustadom boʻlsun, yorab!
Ham ishrati bardavom boʻlsun, yorab!