OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Muhammad Salom. Muhoraba (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhammad Salom
Asar nomiMuhoraba (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Muhammad Salom
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm30KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Muhoraba (hikoya)
Muhammad Salom

Katta xoʻjalik daftari hamda A shaklidagi oʻlchagich — hachcha koʻtargan Hamroev bir necha kishini ergashtirgancha, Xolmurodlarning uyi yoniga, oʻng yonidagi sayxonlikka kelib toʻxtadi. Atrofga qarab olib, Sayfi muallimga nimalardir degan edi, muallim yayrab kuldi. Darcha-eshik biqinidagi chorioyada gazeta oʻqib oʻtirgan Xolmurod ularga koʻzi tushib, ajablandi, bu deyarli tashlandiq yerda ular nima qilib yurishibdi? Nahotki, yangi qoʻshni orttiradi? Yoki boshqa biror ish rejalashtirilganmi? Unda yaqindan boshlab tomorqa harakatiga kirishgan Yandani daroz bilan uning otasi Sayfi muallim nega yer oʻlchovchi atrofida parvona. Har qalay, kolxoz yer oʻlchovchisi bekordan bekorga xoʻjalik daftari qoʻltiqlab kelmas.

Aslida Xolmurod qoʻshniga ehtiyoj sezmas, toʻgʻrirogʻi, buni istamas edi. Uning uchun bir yoq tomoni ochiq turgani — kolxozning harob bogʻidan oʻt-oʻlan, xas-xashak yigʻib, mol boqishi har jihatdan qulay. O’zining taxminicha ham kolxoz hech qachon, hech kimga bu tarafdan tomorqa taklif etmasligi kerak. Negaki, keyingi yetti-sakkiz yildan buyon faqat bosh rejaga kirgan yerlardangina odamlarga tomorqa tegyapti. Bu joylar esa istiqbolsiz — atigi yarim chaqirim naridan oʻtadigan na gaz, na vodoprovod quvurlari aqalli qiyo boqadi...

Xolmurod shunaqa xayollarga borardi-yu, ammo oʻzining ham rejasi yoʻq emas edi. Hademay, bolalari voyaga yetadi, ularni uylantiradi — oila kengayadi. Demak, yangi hovliga ehtiyoj tugʻiladi. Bosh rejadan yer olish shart emas. Qulayliklari boʻlmasa boʻlmasin. Bolalari oʻz yonida, shundoqqina bagʻrida yayrab yurganiga nima yetsin. Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi oʻpka afzal emasmi?..

Xuddi shunaqa fikrlar boshqa qoʻshniilar mislida ham aylanishardi, albatta. Lekin kolxozdan yer undirish osonmikan? Qancha-qancha yangi, navqiron onlalar navbat kutishyapti. Undaylar yil sayin emas, oy sayin koʻpayib boryapti. Yoki Sayfi muallim yangi raisni avradimikan?

Bu oʻydan koʻngliga gʻulgʻula tushgan Xolmurod shart oʻrnidan turdi-da, eshikdan naryoqqa oʻtdi, dilida kechganlarni sezdirmay, ohista odimlab, toʻplangan kishilar yoniga bordi.
— Salom berdik, — dedi u ovozi sal titrab, Hamroevga ajabsinnb qaragancha.
— Sizga hamsoya boʻlyapmiz, aka, — dedi darhol quvonchini yashirolmay Yandash.
— Yer-joyli boʻlish yaxshi, tabriklaymiz, — deb qoʻydi-yu, Xolmurod Sayfi muallimga koʻz tashladi. Muallim qaddini gʻolibona koʻtarib, magʻrur turardi. Hamroev esa hech narsaga dahli yoʻqday beparvo, xoʻjalik daftarini xachchaga tiragancha, shoshilmay bir nimalar belgilar edi. Xolmurod oʻz hayrihohligini bildirgisi kelib, qoʻshib qoʻydi: — Hovli olma, qoʻshni ol, deganlar. Modomiki kimdir hamsoya boʻlishi shart ekan, sen boʻlganing menga ma’qul.

Chindan ham Yandash daroz begona emas — qarindoshlardan ahil, qoshu koʻzday yaqin qoʻshni — bitta hovli narida yashaydigan Sayfi muallimning toʻrtinchi oʻgʻli. Kolxozda elektr payvandchi. Kamgap, yuvosh yigit. Agar oʻziga kolsa, tomorqa tugul koʻxlikkina xotini Oyhochga ham erisholmasdi. Hammasiga otasi balogardon. Avvalgi uch oʻgʻilni tomorqali, uyli-joyli qilgan ham muallimning oʻzi. O’gʻillarning arizasi idoralarda anchagina chang bosib yotadi, hech kim qiyo boqmaydi. Gohida ochiqdan-ochiq rad javobi beriladi. Shunda Sayfi muallim nishonlarini koʻksiga qatorlashtirib qadab chiqadi-da, martabali tashkilotlarga tanda qoʻyadi.
— Vatan uchun jon berib, jon olganmiz, fashistlarni qirganmiz.
— Bilamiz, muallim, xizmatingiz bor. Buni hamisha qadrlaymiz.
— Yoʻq, qadrimga yetmayaptilar. Hatto bir qaricha yerniyam darigʻ tutyaptilar.
— O’zi yer masalasi rayon boʻyicha ogʻir savdo. Oilalar koʻpayyapti, paxtayam koʻpayyapti, yer boʻlsa...
— Unda nima qilay? Bolalarni hovlidan quvib chiqaraymi?
— Hm... Aytamiz, muallim, yordam qilishadi.

Koʻp oʻtmay, oʻgʻillaridan bittasi yangi tomorqada imoratga poydevor tashlaydi. O’gʻillar bunaqa ishlarning hadisini olgan. Hammalari quloq qoqmay bir yoqadan bosh chiqarishadi. Qoʻshnilar ham qarab turishmaydi. Xash-pash deguncha xashar yoʻli bilan imoratning tomi yopiladi. Birov havas qiladi, birov hasad. Xolmurod esa asosan xayrihoh . Faqat bu safar bir oz ogʻrindi.

Lekin dilidagini tiliga chiqarolmadi. Eng muhimi, koʻshnisi yomon yigit emas — koʻz oʻngida voyaga yetgan. Oralaridan qora mushuk oʻtmasa yedi. Odamning oʻziga ham koʻp narsa bogʻliq, iloji boricha gʻalva chiqadigan soʻqmoqlardan yurilmasa, hammasi joyida kechadi. Bu borada Xolmurod uzoqni koʻradigan, ancha-muncha puxta odam. Hozir ham unga oʻshanaqa nozikrok soʻqmoq borday tuyuldi-yu, xachcha tortishga shaylanayotgan yer oʻlchogvchiga iltimos qildi:
— O’rtoq Hamroev, biz tarafga bir xachcha tashlab oʻtsangiz.
— Bir xachcha? Nima uchun?
— Qarang!.. — Xolmurod oʻzining ellik qadamcha masofaga choʻzilgan past-baland imorati sari bosh irgʻadi. Toʻplanganlar hech nimaga tushunolmadilar, uyning ikkita xonasi, ayvon, oshxona, tandirxona, ogʻilxona shu tarafda tiklangan.
— Tolor koʻtarasizmi? — Hamroev quv kulimsiradi. — Mumkin emasda, yeringiz yetarli.
— Sezmadingiz chogʻi, — dedi-yu, Xolmurod tushuntirishga kirishdi. — Biz imorat qurishda shu yogʻimizda hamsoya boʻlishini oʻylamagan ekanmiz. Ikkita xonamizning oynasi shu yoqqa qaragan, shu yoqdan oftob tushadi.
— E, avvalroq shunday demaysizmi, malim! — deya Hamroev bir xachcha emas-u, ikki qadamcha yer tashlab, Yandash darozga tomonga oʻlchay ketdi. Bu ish yangi qoʻshnida e’tiroz tugʻdirmadi, aksincha, uni mamnun etgandey tuyuldi.

Ertasigayoq binoga poydevor koʻtarishga tushdilar. Ozroq vaqt O’tar-oʻtmas, imorat chala suvoqdan chiqdi. Xashar kuni Xolmurod bilan xotini Nurinisa toʻlib-tolib, koʻmakka oʻtdilar. Xuddi bir oila a’zolariday apoq-chapoq. Ayniqsa, hovli toʻyi chinakam bayramga aylandi...

Ular necha oy qoʻshnilar bir-birlari bilan quyuq iltifotda boʻldilar. O’rtada hamsoya tovoq yurdi. Nuripisa tansiqroq biror taom pishirsa, ayvon eshigidan boʻy koʻrsatib:
— Oyhol, hu, Oyhol, buni oling, — deya tovoq yoki kosa uzatadi.

Yandashning xotini Oyhol ham goho qoʻshnidan andaza oladi.

Shu tariqa ular orasidagi ahillig tobora kuchayib, goʻyo mustahkam qoyaga aylanib bordi.

Biroq, kunlarning birida bitta maslahatsiz ish, oʻylanmay bosilgan qadam tufayli ahillik koyasiga avval darz ketdi, keyin parchalandi — ikkala taraf ham kutmagan vaziyatdan jiddiy mashmasha boʻldi. Imkoniyatlari kariyb teng edi. Shuniig uchun ham jumboqni biryoqlik qilish iloji tezda topilavermadi. Muhorabaga yangi kuchlar qoʻshilib, hiyla keskin tus oldi. Oqibatda, urushlarda kuzatilgani kabi bunda ham ayrim talafotlaru qurbonlar berildi...

Bir kuni Xolmurod ishidan horib qaytdi. Xotiniga achchiq choy buyurib, oʻzi ayvondagi chorpoyaga yoyilgan koʻrpachaga yonboshladi. Devor ortidan eshitilayotgan gʻoʻngʻir-gʻoʻngʻir ovozlar qulogʻiga chalindi. Erinchoqlik bilan burilib, ochiq eshikchadan qoʻshni hovliga nazar soldi. Sal narida Yandosh darov yoʻgʻon bolarga minib olgancha roʻparasidagi poytesha tutgan yigitga allanpmalarni tushuntiryapti. Orga oʻgirgan usta indamay bosh silkiyapti. Atrofda mayda-chuyda yogʻochlar, payraxalar... Xolmurod taajjublanmadi. Aftidan, charchoq holat vaziyatni chamalatnga imkon bermadi. Shu payt choynak koʻtarib, xotini kirdi.
— Yandash yana biror nima qurmoqchimi deyman, Nuri? — Choynakni yoniga tortib. xotinidan soʻradi u.
— Peshayvon qilisharmish. — Beparvo javob qaytardi Nurinisa.
— Peshayvon?.. Qaerdan? Narigi botidanmi?
— Yoʻq, shu yoqdan.
— Shuyogʻing qayoq?
— Biz yoqdan-da. O’rtada manavi eshik kirib-chiqish uchun qolarkan.
— Ii... qiziq!.. — Xolmurod irgib turib, eshikdan egilgancha narigi hovliga moʻraladi. Shundoqqina pastda, devor tagida tarashlangan uzun, yoʻgon yogoch — sinch choʻzilib yotardi. U xotiniga shaxt oʻgirildi. — Peshayvon nimaligini bilasanmi oʻzing?
— Bilmay oʻlibmanmi, dadasi. Mana shu oʻzimnznikiga oʻxshaydigan boʻladi.
— Keyin-chi? — deb soʻradi-yu, javobini kutmay yana oshigʻich savol berdi. — Sen indamaygina rozilik berdingmi?
— Mendan maslahat soʻrashibdimi? O’zim soʻrovdim, aytishdi.
— Indamadingmi axir?!
— Qurilish ularniki, hovliyam oʻzlariniki, nima derdim?
— Miyaning ishlaydimi oʻzi! — dedi-yu, Xolmurod quyilgan choyni ham ichmasdan eshikcha orqali oʻtib, Yandash darozga yaqinlashdi. — Hormanglar.
— Bor boʻling, — deya Yandaga minib oʻtirgan yogʻochidan koʻtarilib, Xolmurod bilan koʻrishdi. — O’zingiz hormang aka.
— Rahmat... Nima qilyapsizlar?
— Shu... kichkina bir qurilishcha... — Yandaga shohini chetga burdi.
— Peshayvonmi?
— Hmm... shunaqaroq... Shunaqa maslahat chiquvdi.
— Maslahat? Kimdan?
— Ha, endi, kerak ekan...
— Sinchni bizni devor tagiga tiqishtiribsizlarmi?
— Shunaqa boʻlib qoldi, aka.
— Buni boshda kelishuvdik-ku, Yandagaboy.
— Hech nimani kelishganimiz yoʻq.
— Iy-ye, bu qanaqasi boʻldi! — dedi-yu, Xolmurod boshiga bir nimalar oʻrmalab chiqqanday tuyuldi. — Axir zemlomer ikki qadam tashlab ketgani esingdan chikdimi?
— Menga hech kim bunaqa gap aytgani yoʻq. Devorizdan buyogʻi meniki — Oʻzim xoʻjayin, naryogʻi sizniki — siz xoʻjayin.

Xolmurod koʻzlariga inonmay, tushimmi, oʻngimmi, deganday angrayib qoldi. Nayiki oʻtna odamovi, yuvosh Yandash darozdan shunday gaplar chiqsa?! Balki unga oʻrgatgandirlar...

Shu tobda u Sayfi muallimni koʻrgisi, bu bola bilan adi-badi aytishib oʻtirmay, dardiii oʻshanga yorgisi keldi. Atrofga najotli boqdi. Biroq kunda-shunda ivirsib yuradigan odamning qorasi koʻrinmasdi.
— Otang qani? — G’azabini arang bosib soʻradi u. — Men otang bilan gaplashaman.
— Gaplashavering. Baribir hech nima oʻzgarmaydi.
— O-ho, shashting juda baland-ku!.. — Xolmurod kulishga urindi, eplolmadn, labi qiyshaydi, xolos. Keyin ustaga yuzlandi. — Siz ishni toʻxtatib turing.

Usta yelka qisdi, iljaydi, keyin Yandash sari qosh uchirdi. Bu Xolmurodga ogʻir botdi. Usta uni ermak qilganday tuyuldi.
— Kulmang, usta G’affor. Darhol ishni toʻxtating.
— Nega toʻxtatarkan?. — dedi Yandash koʻzlari olayib. — Toʻxtatmaydi. Meni ustamga ishiga siz buyruq berasiz?
— Uv, Yandash — dedi Xolmurod birdan qizishib. — Xato qilsang, ustang tugul oʻzinggayam buyruq beraman.
— Katta ketmang, — dedi Yandash iyagni silkib. — Buyrugʻiz bizga oʻtmaydi. Hu ana, xotinizga, bolalarizga buyruq qilnng.

Shundan soʻng Xolmurod oʻylamasdan gapirib, xatoga yoʻl qoʻyganini, yigitning hamiyatiga tekkanini sezdi. Ha, jahlga erk beribdi, ogʻzidan soʻzlar bexosdan otilib chiqibdi. Aytilgan soʻz— suvga otilgan qarmoq emaski, joyiga tushmasa, qaytadan moʻljalga otsang. Toʻgʻri, uzr soʻragashi, boshqacha muomala qilishing ham mumkin. Lekin bunga oriyat, manmanlik yoʻl bermaydi. Manmanlik allaqachon yelkaga chiqib, jilovni qoʻlga oldi. Rost, kelib-kelib, Yandash darozday mishiqi, kechapsha Xolmurodning oʻzi qulotini burab yurgan boladan kechirim soʻrasinmi?! O’sha paytlarda erkalatib, «osmonga otgan», kezi kelganda yuziga shapaloq ham tortgan. Endi-chi?..
— Ushaydigan boʻlsa, mayli, oʻtmasin, — dedi nihoyat Xolmurod gaashtidai bir oz tushib. — Borib, zemlemerni boshlab kel, ajrim qilsin.
— Zemlemer menga xoʻjayin emas, qerak boʻlsa, oʻzingiz olib kelavering:
— Juda haddingdan oshipsan, Yandash. Ishni toʻxtatmasang, sigach-pinchingni uloqtirib tashlayman...
— Koʻramiz, qani, qoʻlingni tegiz-chi, urib sindiraman! — deya qoʻrqandan xezlandi Yandash.

Xolmurod esankirab qoldi. Unga bir yoʻla uch zarba tekkan edi. Avvalo, hali kichkina fahmlab, nazari ilmay yurgan bola kutilmaganda koʻzlarini chaqchaytirib, tahdid soldi, obroʻsini «tepkilab», uni sensiradi. Keyin... eng yomoni... haqoratli shart qoʻydi. Bunga qanday chiday-di? Nima qilsam? Daroznn gʻippa boʻgʻib, yuziga ustma-ust shapaloq tortsinmi gash yiqitib olib, alami bosilguncha rosa tepkilasinmi? Kuchi yetadi. Jahlga minganida uni hech kim uddalolmagan paytlar boʻlgan. Lekin keyin rosa xijolat chekkan. Mana, hozir ham jahl butun vujudini zirillatiyu, tomirlaridan kuch boʻlib oqyalti. Faqat jilovini qoʻyib yuborsa bas...
— Qoʻying, dadasi, shunga tenglashasizmi? Eshikdan sekin chiqib kelayotgan, rangi xiyol oqaribqiragan Nurinisaning shu soʻzlari jahlni hurkitdi — mutat tugilayotgan barmoqlar yana yoyildi. Amaliy harakat oʻrnini soʻzlar egalladi:
— Chegaradan bir qarich surilchi, butingni yirtib, devorga yopaman!
— Hoo... yana nimalar qilasan? — Yandash noipsatlik bilan tirjaydi. Keyin nimanidir izlaganday atrofga alangladi. Hovlining narigi boshida Oyhol bolasini emizib, ammo shu tarafdan koʻz uzmay, diltang oʻtiribdi. Ustaning esa koʻzlarn kichrayib, xotirjam kulimsiragan. Mojaroga qiziqsinib, olisroqdan moʻralagan qoʻshnilar...
— Yana nima qilinshmni oʻshanda koʻrasan. Lekin unda kech boʻladi.
— Bor, qoʻlingdan kelsa, ustimdan somonni tashlab yubor!
— Hay, ogʻzingga qarab gapir, Yandash darov! — dedi Nurinisa shangʻillagancha, qoʻlini paxsa qilib. — Sendan oʻn-oʻnbeshta ortiq kuylak yirtgan odamga shunqa muomala qilasanmi?

Oyhol ham bolasini surib, shart oʻrnidan turdi-da, ular tomon chopqilladi. Orqasidan kichkintoyi chinqirib yigʻlagancha, onasiga talpinib qoldi.
— O’ziz ogʻzizga qarab gapiring, Nuri yanga, — deya bidilladi Oyhol. — Meni erimni shaniga daroz deb, mazaq qilasiz?
— Ibi, darozdi daroz, kaltani kalta, deydilar-da, sen nega lovullaysan?
— Sizga tili tegmagan odamni mazaq qilsangiz, indamay oʻtiraymi? Nima, daroz boʻlib, kechasi devorrizdan oshib tushdimi?
— Bir oshib tushsin-chi, boʻynini oshpichoq bilan chopaman!..

Kimdir piq etib kuldi. Xolmurod ham, Yandash ham oʻsha yoqqa alanglashdi — kulganni ilgʻasholmadi. Bolakaylar, ayollar — talay tomoshatalablar voqeaning borishini qiziqish hamda sabrsizlik bilan kuzatardilar. Xolmurod kuzarganqiradi — mashmashani tezroq bartaraf etib, bu yerdan qorasini oʻchirgisi keldi. Buning iloji hozircha faqat bitta — yon berish, taslim boʻlish. U taqdirda ikkita xonada kunduzi ham chiroq yoqib oʻtiriladi, toza havo nasiyaga ham topilmaydi. Keyin... axir, gʻurur toptaladi. G’urur-a?!
— Qoʻyinglar, urishmanglar, bir parcha yer kimdan qolmaydi, — dedi usta jur’atsiz. Uning soʻzi Yandashga yon bosganday tuyuldi-yu, Xolmurodga nayzaday sanchildi. Shu sabab ustani u bir hamla bilan «jang»dan chiqarish istagida:
— Usta G’affor, siz bu ishga tumshuq tiqmang, — dedi qat’iy. — Oʻzi qilday ilgʻanib turibsiz, bir puflasa, uchib ketasiz!
— Nimaga unaday deysiz, aka? — usta G’affor xadiksirab, koʻzlarini pirpiratida.
— Beruxsat karmonga ishlayotganingizni kim bilmaydi?
— Qa-qanaqa ruxsat?.. Biz bir zakaz bajaruvchi... Sizga yomonlik...
— Yana shu desang, gʻashing chatoqlashadi. Yaxshilikcha, imi-jimida tuyogʻingni shiqillat! — dedi Xolmurod jahl aralash. Usta qoʻrqa-pusa narirok jildi. Biroq allaqayoqdan paydo boʻlgan Sayfi muallim «urush» muvozanatiga oʻz ta’sirini oʻtkazdi.
— Ustani haydashga hech kimning haqqi yoʻq. Men ruxsat berganman. Uni men ishlatyapman.

Muallimning vajohatiga, yonib turgan koʻzlariga qarab, Xolmurod soʻnggi ilinjidan ham ayrilganini tushungadi. Shu bilan birga endi kurash avjga chiqishini ham his etdi-yu:
— Siz? — deya koʻzlarini yarim qisib, Sayfi muallimni kalaka qilgan kabi iljaydi. — Sizda shunaqa katta huquq, zoʻr vakolat bor ekan, bilmay yugrganimizni qarang.
— Sen ham frontga borib, qon toʻk, jon ol, azob tort. Keyin sayraysan-vakolatli boʻlasan. Biz tufayli yayrab yurganingni unutma, bola.
— Yolgʻiz siz front koʻrgansiz, faqat sizdagina nishon bor. — Bir oz chekinib, toʻngʻilladi Xolmurod. — Xoʻp, yaxshi, shunday ham deylik — sizda shunaqa huquq ham boʻlaqolsin. Ammo ustangizni Yandashnikida emas, oʻz hovlingizda oʻzingiz ishlating. Bizga halal bermang.
— Yandash degani - men degani, Yandashning yeri degani.
— Mening yerim degani. Ustani ham ham hohlasam oʻz uyimda, hohlasam oʻgʻlimnikida ishlataman.
— Unda men ham otamni yetaklab kelsam boʻlarkan, — dedi Nurinisa soddadillik bilan. — Nishonlari siznikidan koʻproq. Zora shu iiki qadamga naflari tegsa. Otamiz bizga yer olib berish uchun nemis bilan urushgan boʻlsalar, shuni aytib bersinlar.

Bu soddagina, beozor aytilgan gap urush paytida otilgan zambarak misol ta’sir etdi. Sayfi muallim bir soniya dovdirab qoldi. Nurinisannng otasi Mardon muallimni yaxshi biladi. O’zi bosiq, muloyim, suhbati shirin odam. Lekin jigʻiga tegsa, zambarakka aylanadi, yopishgan yerini oʻpiradi... Urush qoldirgan jarohatlar, ayniqsa, kontuziya bot-bot qoʻzgʻab, hamon unga azob beradi. Biroq buni ham, kechmishlarini ham doston qilib yurmaydi. Hatto ikkita «Shuhrat» ordeni borligini koʻpchilik bilmaydi. Shunday odam qizining oʻrtasiga tushib, mashmashaga aralasharmikan? Aralashsa-chi? Baribir Sayfi haq...
— Hovlimizning ichidagi yerga Mardonning nima dahli bor? — deydi nihoyat bir muncha soʻniq ohangda Sayfi muallim. — Yoʻlini hech kim poylagani yoʻq, imtiyozlardan foydalansin. Ana, oʻgʻillari choʻllarda sarson boʻlib yuripti. Mayli, sizlargayam qoʻshimcha yer olib bersin.
— Bizga boshqa yer kerak emas! — Xolmurod uning soʻzini keskin qayirib tashlab, tashabbusni qoʻlga oldi.
— Shu ikki qadamni kelishuvdik, Hamroev qoldirib ketdi. Endi nega ayniysizlar? Odamda lafz boʻlishi kerak-da.
— Hamraev bilan men emas, sen kelishgansan.
— O’sha paytda nega shu dardingizni aytmadingiz? Mum tishlab yer olganingizdan quvonib oʻtirigansiz.
— O’shanda kimning esiga kelibdi, — dedi Sayfi muallim istar-istamay. — Endi oʻylab qarasam, birovning hovlisida boshqaning yeri boʻlishi aklga sigʻmas ekan.
— Axir, u yerdan men zarracha foytdalanmayman-ku. Yorugʻlik, toza havo deb...
— E, hadeb yorugʻlik, toza havo deyaverib, boshni qotiraverasanmi? — dedi Yandash birdan yuzdek kekkayib.
— Men baribir peshayvon quraman, koʻcha tarafga kichkiia eshikcha qoʻyaman.
— Eshikcha? Endi eshicha qayoqdan chiqdi? Ana, kattakon darvozang borku?
— Darvoza oʻz yoʻliga, elgak oʻz yoʻliga, — Sayfi muallim tushuntirmoqchi boʻldi. — Toʻy-ma’rakalarda xotin-xalaj oʻtadigan eshikcha juda zarur.

Aha, ana, mojaro chiqargan sabablardan yana bittasi— eshikcha oʻrnatishsa, oraliqning oldini ham, davomini ham egallab olishsayu... Shu eshikchaga yopshmib olishdimi, bas, bu mashmashani osonlikcha bartaraf etish amrimahol. Xolmurod ham oʻlaqolsa ularga yon bermaydi. Chunki uning ham hech kimga aytmagan oʻz rejasi bor— ariq bilan imorat oʻrtasidagi uch yarim gazcha masofani garajga moʻljallagan. Avvalgi yili oʻsha yerni oʻzi songa kiritgan. Shunday joyni tayyorga ayyor — Yandashga ikki qoʻllab tutqazelimi?
— Tushingizni suvga ayting, muallim, men bu yerga eshikcha oʻrnatishingizga sirayam yoʻl qoʻymayman. Orqada mening mashinam turadi.
— Mashinang turib boʻpti, — dedi Yandash xotirjam turdida, — Mashinangni bir qoʻyib koʻrchi, pachogʻini chiqarmaymanmi.
— O’rtada qon toʻkilar ekan-da, — deya Xolmurod kuluga oldi.
— Qon?! — Sayfi muallimning yuziu koʻzlariga chindan ham birdan qon tepdiyu, Xolmurodning ustiga bostirib keldi. — Men nemislarni qonini toʻkkanman. Qani, zoʻravon, kuchini koʻrsat, meni qonimni toʻk!
— E, o, — dedi-yu, Xolmurod ikki qadam tisarildi.

Sayfi muallim yana boʻynini choʻzib, bostirib kelaverdi. Yandash daroz oʻzini shaylab, ularga yaqinlashdi. Nurinisa kurk tovuqday hurpayib, oʻrtaga otildi. Oyhol titrab-qaqshab, arining qoʻliga yopishdi. Ayni shu tobda Sayfi muallim toʻsatdan chekingan kabi ortiga burildi-yu, darvoza sari yurdi:
— Endi mendan koʻrasan, boradigan joyimga boraman. Tanobingni torttiraman.
— Tezroq boring, biryoqlik qilishsin.
— Unda senga yomon boʻladi.

Xolmurod indamadi. Ammo, baribir, koʻngliga gʻulgula oʻrlab, tinchini yoʻqotdi. U mojaro kengayib borayotganidan, shapaloqday yerni deb, qoʻshnisi bnlan olishib yurgani uchuq va ogʻziga tushayotganidan xijolat chekar yon berishni esa oʻylab ham koʻrmas edi. Nazarida, qushnilar salmogi tarozi pallasini raqib tomonga agʻdaradiganday tuyulardi. Shuni oʻylab, har ehtimolga qarshi qaynatasining oldidan ham oʻtib qoʻydi. Mojaro Mardon muallimning qulogʻiga chalingan ekan, yana eshitib, shunchaki jilmaygancha: «U telba haddidan oshyapti», deb qoʻya qoldi...

Nihoyat, Sayfi muallimning nishonlariii taqqancha, bot-bot rayonga qatnashlari ish koʻrsatdi. Oradan bir necha kun oʻtgach, rayon ijroiya komitetining raisi boshchiligidagi komissiya belgilangan soatda Xolmurodlarnikiga tashrif buyurdi. Har ikki tomonning vakillari — «urush qatnashchilari», — ikki tarafda toʻplanib, gʻalaba yo magʻlubiyat, urush yohud yarash qayoqqa ogʻishini taxminlagancha saf tortishgan edi.

Atrof-tevarakni koʻzdan kechirishgach, ijrokoʻm raisi mashmasha sababchisi boʻlmish oraliqda toʻxtadi-da, Xolmurodga ta’na qildi:
— Shu arzimaydigan yer uchun sizday boobroʻ odam janjal chiqarishi uyat-ku!
— Uyatlikka uyat... — dedi Xolmurod bir lov etgach, oʻzini bosib. — Lekin bular ahdni buzdilar. Endi hech nimani tushinishni istamayaptilar — shu bir narcha yer uchun meni qonimga tashna qilshidi.
— Ana, koʻrdingizmi, oʻrtoq Hakimov! — Sayfi muallim quvongan kabi birdan jonlandi. — Mana, fashistlar bilan kurashgan kishini bu mushtumzur tomogʻimdan boʻgʻdi, qonimii toʻkmoqchi boʻldi.

Xolmurod tanglayi quruqshab, adashib koldi. Yandashning koʻzlari chaqnadi. Oyhol ogʻzini yarim ochgancha qaynatasiga hayratomuz tikildi. Nurinisa qoʻrqqan kabi bezovtalanib, otasiga qaradi. Mardon muallim yarim jilmaygan koʻyzi, bir-bir bosib, Sayfi muallimga yaqinlashdi.
— Sen fashistlar bilan ham xuddi shunaqa olishganmisan? — dedi u kinoyasini oshkora bayon etib. — Qiziq, oʻshandayam biror iz qolmagan, mana, xozir ham boʻyning yoki boshqa yeringda barmoq oʻrni qolmapti. O’q tegmas, musht oʻtmas pahlavon boʻl-e!..

Bir necha kishi beixtiyor kulib yubordi. Ijrokoʻm raisi oʻzini zoʻrgʻa bosib, chetga qaradi.
— Bunga sening ishing boʻlmasin! — dedi Sayfi muallim qizarinqirab.
— Ikkinchi darajali gaplarni qoʻyinglar, — deya Hakimov ikkala qoʻlini havolantirib, yana tushirdi. Soʻng bir chekkada koʻzga tashlanmay, boʻynini qisib turgan Hamroevga yuzlandi- — Xoʻsh, sen nega oʻzboshimchalik qilding?
— Men... men... — Kalovlandi Hamroev. — Av... avvalgi raisni aytganini bajardim... Yer oʻlchab bering, devdi…
— Bu ikki qadamni-chi? Sen tashlab ketdingmi axir?
— Yoʻ-oʻq... Ular... Oʻzlari...
— A? — Xolmurodning koʻzlari kosasidan chiqquday kattarib ketdi. — Bu qanaqasi boʻldi, zemlomer? Men uyga yorugʻlik tushmasligini aytdim, oʻsha paytda tushundingiz...
— Bu gapni oʻzing oʻylab chiqargansan, — dedi Sayfi muallim ovozini ancha koʻtarib. — Bizni hokliga koʻz olaytirding.
— Qoʻying! Men sizdan batamom qaytdim. Qoʻlimni yuvib, qoʻltigʻimga urdim! — Xolmurod qoʻl siltadi. Soʻng Hakimovga umidvor boqib ma’yus ohangda soʻzida davom etdi. — Mayli, bu odamning nazarida birovning yerigz koʻz olaytiray, mayli, yolgʻoichiga chiqay...
— Bor gap shu-da! — boʻsh kelmadi Sayfi muallim.
— Siv jim oʻtiring, sizga endi mening gapim yoʻq! — dedi Xolmurod. Keyin yana komissiya a’zolari tomon oʻgirildi. — Mana, koʻrib turibsizlar, haqiqiy ahvolni toʻgʻri baholab beringlar, voh demayman.
— Derazani shu yoqqa qaratganingnzni oʻzi yaxshi boʻlmagan, — dedi mujmal ohangda Hakimov.
— Bu imoratni oʻn nkki yil avval qurganman! — dedi jazavalanib Xolmurod. — O’shanda Yandashvoy menga hamsoya boʻlishini, ota-bola boshimga shunchalar gʻalvalar solishlarini tush koʻribmanmi...
— Muddaoga oʻting.
— Mana, koʻrib turibsizlar, sinch yotqizgan, devor koʻtarmoqchi. Uyimni zulmatga aylantirib, toza havodan benasib qilmoqchi.
— Hm... da... — Ijrokoʻm raisi iyagini tutib, imoratga sinchiklab qaradi. — Hm... darhaqiqat, yomon boʻlarkan...
— Sizdan bitta iltimos, oʻrtoq Hakimov.
— Xoʻsh? — Ijrokoʻm raisi Xolmurodga koʻngilchan nigoh tashladi.
— Chindan ham hech nimaga arzimaydigan shu ish uchun shunchalar gʻalva chiqargai qoʻshni bilan ahil yashashga koʻzim yetmay qoddi. O’zimgayam, bolalarimgayam sogʻliq kerak.
— Nima demoqchisiz? — dedi shu paytgacha goʻyo tomoshabindek turgan kolxoz raisi.
— Menga oʻsha bosh rejadan yer beringlar. imoratimni buzib, oʻsha yoqqa koʻchiraman. Mayli, men zarar koʻray, bular istagancha yayrab, yashayversinlar.

Ijrokoʻm raisi hushyor tortdi. Kolxoz raysiga ma’nodor qarab qoʻydi-da, Yandash sari burilib, beozor ohangda dedi:
— Kani, menga kolxoz pravleniesining qarori bilan uy planini keltir.

Yandash otasiga qaradi. Otasi kolxoz raisiga umidvor bokdi. Rais esa hamon beparvodaydi.
— Qogʻozini olganimnz yoʻq, plan ham qilganimiz yoʻq edi, — dedi Sayfi muallim boʻshashib.
— Sabab?
— Kishloqchilik...
— Bu yerlar bosh rejaga kirmaydi, — dedi sovuqqina ohanlda kolxoz raisi. Qaror ham chiqarmagan.

Hakimov gangib qoldi: sobiq raisning bitta nooʻrin koʻrsatmasi qancha sarson-sargardonliklar, koʻngilsizliklar, oshiqcha mehnatu qancha xarajatlar keltirib chiqargan. Qani endi bir ogʻiz gap bilan bir yoqlik qilish oson boʻlsa?!
— Boʻlar ish boʻlibdi, — dedi u nihoyat. — Endi orqaga qaytish yoʻq.
— Ishimiz shundayligicha qoladimi? — Sabrsizlanib soʻradi Xolmurod.
— Mana shu ikki qadam yerni daxdsiz qoldiramiz. Bunga hech kim egalik qilolmaydi. Buni qaror bilan mustahkamlang, rais bobo! — Hakimov kolxoz raisiga iyak kekdi. Rais ma’qul ma’nosida bosh irgʻadi.
— Demak, bu yoqda peshayvon ham, eshik ham qurilmaydi, — dedi yana bir bor tasdiqlatib olqish niyatida Xolmurod oʻktam ohangda.
— Hohlasa, faqat oʻz imorati chizgʻidan, oʻzi tarafdan qurishi mumkin.

Xolmurod qoniqish hosil qilib, yengil xoʻrsindi-yu, harifiga razm ooldi. Sayfi muallimning qovogʻi osilgan, kartoshkaga oʻxshash pirik burni atroflaridan ter oqib tushardi. Mardon muallim negadir unga achinib qarab turardi.
— Xoʻp, endi urishmasdan, ahil yashanglar, — deya ijrokoʻm raisi darvoza sari yoʻnaldi. Koʻpchilik unga ergashdi.
— Men bir narsaga tushunolmadim, — degan Sayfi muallimning oʻkinchli ovozi birdan quloqqa urildi. Hakimov taqqa toʻxtab, orqasiga oʻgirildi:
— Ha, muallim, biror anglashilmovchilik boʻldimi?
— Bu odamning yuzidan davlat oy koʻrganmi yoki davlatga oʻtkazib qoʻygani bormi?
— Masala adolatli hal qilindi, Sayfi togʻa, — dedi kolxoz raisi bu safar dangalroq. — Sizga nimasi yoqmadi?
— Bu odam ham enidan, ham boʻyidan yulqigan. Tomorqasiyam oshiq. Nega indamaysizlar?
— Yeringiz qancha oshiq? — Hakimov jahl aralash soʻradi Xolmuroddan.
— Oshiq emas chogʻi... — dedi rangi surpdak oqarib Xolmurod. — Ha, aytgancha, uyning orqa tarafi ziyod boʻlishi mumkin.
— Nega ziyod?
— O’rni eski ariq edi. Bultur tartibga solib, tekislab, daraxt oʻtkazdim, beda ekdim!.
— Hmm... Hamroev! — Kolxoz raisi endi faollashib, yer ulchovchini imladi.

Hamroev loʻkillagancha uning yoniga bordi. — Siz hoziroq ishga kirishib, yerlarni oʻlchang. Har qarich yer uchun boshingiz bilan javob berasiz.
— Xoʻp boʻladi! — Hamroev shartta devorga suyab qoʻyilgan xachchani oldi.

Rahbarlar mashinasiga oʻtirishdi. Xolmurod karaxt qotgan singari oʻrnidan qoʻzgʻalmadi. Uning barmoqlari musht tugilgan, vujudi titrar, ammo, bor kuchi bilan oʻzini tutishga urinardi. Uning aftiga koʻzi tushgan Mardon muallim zahrini hamkasbiga sochdi:
— Shubha qilardim, ikkilanardim. Mana, nishonlarniyam qingʻir yoʻl bilan olganing aniqqa oʻxshab qoldi. Endi buni tagiga yetmasam men ham qoʻymayman.

Sayfi muallimning ongiga bu gap yetib bordimi, yoʻqmi yoki boshqacha tushundimi, har qalay, u bir qalqib toʻxtagancha, Mardon muallimga angrayib karadi-da, yana Hamroevning oldiga tushib, yer oʻlchatiga kirishdi. Har qarich yer, koʻzdan chetroqdagi har burchak avval uning nigohidan oʻtar, soʻng Hamroevning xachchasiga tushar, boshqalar esa terga pishgan muallimga jaxolat bilan ilgarilashini tomosha qilishardi.

Yoʻq, bu antiqa muxorabayu gʻalati tomosha uzoq choʻzilmadi — yer changitib, oldinda shiddatli qadamlar tashlayotgan Sayfi muallim kattakon bir kesakka qoqilib, bor boʻyi bilan yiqildi. Shoshilgancha oʻrnidan turishga intildi-yu, oʻzini eplolmay yana choʻzilib yotaverdi. Yandash bilan Oyhol unga tomon otildilar. Hamroev pinagini buzmasdan, raqamlarni oʻzicha takrorlagancha, xachcha tortishda davom etdi. Mardon muallim lab tishlab, bosh tebratdi-yu, oʻzi ham tebrangancha imorat devoriga behol suyandi. Oradan koʻp oʻtmay, ikki hovli naridan koʻtarilgan uvvos yigʻini u eshitmadi, insult degan dard uni kuyovining chorpoyasiga «shaxlagan», hatto tildan ham qoldirgan edi...

Bu muddat talafot oldida ba’zi bir yoʻqotishlar endi hech kimning xayolida kolmas edi.