OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Muhammad Ziyo. Anglash (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhammad Ziyo
Asar nomiAnglash (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Muhammad Ziyo
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm19KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/31
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Anglash (hikoya)
Muhammad Ziyo

Mana, Vatan oldidagi yigitlik burchimini oʻtab kelganimga ham bir oylar boʻldi. Xizmatdoshlarim bilan oʻqishga kirish uchun beriladigan imtiyozni imtiyozni qoʻlga kiritdik Navbatdagi masala bilimlarni mustahkamlash uchun repetitor bilan yana uch kundan soʻng shaharda uchrashish.

Mening esa sira borgim yoʻq. Sababi... Toʻgʻrisi, sababini bilmayman. Balki buning boisi rostdan ham Saidadir, kim biladi yana. Oʻzi ham juda alomat qiz-da tushmagur. U mendan ikki sinf pastda, Sardor ukam bilan birga oʻqigan. Avvalari maktabdagi faolar yigʻinida koʻrishib turardik. Oʻsha paytlarda umuman e’tibor bermagan ekanman. Qolaversa, u bizning uydan toʻrt devor narida turardi. Harbiydan qaytganim munosabati bilan keldi-ketdi boʻldi. Saida ham xizmat qilib yurdi. Ilk bor yoʻlimiz-yoʻlimizga, koʻzimiz-koʻzimiga toʻqnash keldi. U qizarib yerga qaradi, koʻzlarini olib qochdi. Yuragim allanechuk boʻlib ketdi. Qaerdadir oʻqiganim yodimga tushdi. Soʻzma-soʻz eslay olmayman-u taxminan shunday: xaloyiq Arastuning qizidan «Goʻzallik nima?» deb soʻrashganda, u «Qiz bolaning hayodan qizargan yuzi», – deb javob bergan ekan. Nazarimda, bu aynan Saida haqida aytilganday edi. Qiz degani xuddi shunday boʻlishi kerak. U meni tamoman oʻziga rom etdi. Shu-shu Saida haqida shirin xayollar sura boshladim. Shifokor boʻlish orzuimdan voz kechmagan boʻlsam-da, lekin shu topda nimagadir hech narsa qilgim kelmayatdi. Faqat shirin xayol soʻrishdan boshqa...

* * *

Onam kechki ovqatga chaqirdilar. Xonamdan chiqdim, qarasam onamning yaqin dugonasi, narigi mahalladagi Roziya xola kelibdi. Shu xolani yoqtirmayman, onamga yaqin boʻlganligi uchun hazil- hazil qilib qizi Ohchani menga pichaveradi. Salom-alikdan keyin bazoʻr ularga qoʻshilib, chimsalanib ovqatlana boshladim.

Roziya xola har galgidek meni maqtay boshladi:

– Zoʻr, oʻktam yigit boʻpti-da, oʻgʻlingiz koʻz tegmasin.

– Ha, undan umidimiz katta, – dedi onam.

– Oʻqishga qachon ketmoqchisiz? – yana soʻradi mehmon.

Oʻzi borgim kelmay turgan boʻlsa ham sir boy bermay, « uch kundan keyin», – deb dadil javob berdim.

– Ohchaxon ham sigirni sogʻib, sutini sut, qaymogʻini qaymoq qilib oʻtiribdi. Ketganigizcha bitta bonkada qaymoq, bittasida doʻltali saryogʻ qilib beradi, – dedi Roziya xola.

– Ha, Sardorbek ham bugʻdoyni tegirmonga olib ketdi, un qilib kelsa yogʻliq patir qilib berar ekanmizda-a – dedi onam Roziya xolaga ma’noli qarab.

Bu qochirim gap menga yoqmadi, shartda omin qildim-da, turib ketdim.

– Ovqatingni yemaysami? – deb hoy-hoylaganicha qoldi onam.

– Toʻydim, – dedim.

* * *

Xonamga kirar ekanman yana oʻsha xayollar ogʻushiga chorlaydi. Kitob varaqlab oʻtirsam-da koʻzimga hech narsa ilinmaydi. Shuurim ham karaxt bir holatda.

Ayvondagi telefonning jiringlashi xayolimni boʻldi. Goʻshakni oldim.

– Allo... Sardor aka, – dedi nihoyatda tanish, yoqimli muloyim ovoz.

– Allo, kim u... – dedim.

– Iy... – deb goʻshakni qoʻyib qoʻydi.

Bu Saidaning nafis ovozi edi. Bir qancha vaqt esankirab qoldim. Oʻzimga kelganimda goʻshakdan uzuq-uzuq tuvilloq tovush eshitilib turardi. Goʻshakni joyiga qoʻyib, xonamga kirdim. Xonamga emas, ming bir xayol koʻchasiga kirdim.

Nima, Saida Sardorni soʻradimi? Nega, nima uchun? Unda nima ishi boʻlishi mumkin? Ehtimol shunchaki sinfdosh sifatida hol-ahvol soʻragan boʻsa kerak? Unda nega soʻray qolmadi? Soat kech boʻlganda, hol ahvol soʻrashi nimasi. Qolaversa, «Allo... Sardor aka» degan soʻzlari juda boshqacha, juda samimiy, juda iliq... Qandaydir sirli ohangda erkalangannamo, oʻta sehrli, bu oʻzgacha bir tarzda aytildiki, uning soʻzlarida, ohangida sogʻinch, ha, ha sogʻinch mujassam edi. Sogʻinch boʻlganda ham sevgilisini, suyuklisini, yorini sogʻingan malakning navozishi edi u. Buni his etmaslik, anglamaslik uchun inson inson emas, boshqa maxluqot boʻlish kerak. Ming afsuski, bizni xudo odam qilib, ongli qilib, ustiga-ustak his eta oladigan qilib yaratgan. Demak, Saida Sardorni yaxshi koʻradi. Sardor-chi? U ham sevarimikin. Agar sevsa mendan ortiqroq sevarmikin yo kamroqmi? Uni oʻlchaydiga uskuna bormikin? Yo mezonlar bormi? Agar kim koʻproq sevsa, qiz oʻshaniki boʻlarmikin? Yo qizdan ham soʻralarmikin? Ota-onasidan-chi? Menga nimalar boʻlyapti oʻzi, nega nafasim boʻgʻzimga tiqilyapti. Nega asabiylashyapman? Nima, Saida meni yaxshi koʻrarmidi oʻzi, dil izhor qilganmidim? Yoʻq, sevgimni aytishga ham fursat boʻlmadi, shekilli. Unda kimdan va nimadan oʻpkalayapman?

Eh, Saida, Saida, nimasini yaxshi koʻrasan oʻshani. Ukam boʻlsa ham toʻgʻrisini aytaman. U koʻcha bezorilarning bittasi-ku, menimcha, uni yaxshi bilmaysan. Bilganingda, ehtimol bu fikringdan qaytarmiding, yana kim biladi...

Qizlarga ham qoyil emasman. Saidaga ham besh ketmadim, kelib-kelib shunaqa bezorini sevadimi? Sardorning nimasiga uchgan boʻlishi mumkin. Hayotda qoʻliga kitob olmagan boʻlsa, meni oʻqigan kitoblarni taroziga qoʻysak, naqd bir tonnadan oshadi. U boʻlsa bitta risolani ham oxirigacha oʻqimagan, nuqul koʻchada maza-bemaza ishlar bilan yuradi.

Men hayotda hamisha toʻgʻri yashashga, yaxshi boʻlishga harakat qildim. Onam bizlarni otasiz katta qilganligi uchun: «Sen oilamiz kattasisan, ogʻirroq boʻlishing, ukangga oʻrnak boʻlishing kerak» deb uqtirar edilar. Men hech qachon onamning gapini ikki qilgan emasman. Ichma, chekma, bezorilarga qoʻshilma, dedilar. Barcha aytganlarini qildim. Birinchi yil ToshMIga imtihon topshirib, oʻz kuchim bilan kontraktga kirdim. Togʻam «Shartnoma asosida oʻqisang, onangga jabr qilasan, yaxshisi, armiyaga bor, imtiyoz olib qaytsang, keyingi yilga byudjetga kirasan», dedi. Menga shu gap ma’qul keldi. Umuman, har doim onam, togʻamni, kattalarning chizgan chizigʻidan chiqmadim. Ular yaxshi boʻl dedi, men yaxshi boʻlay dedim.

Ukam aksincha, oʻz bilganidan qolmaydi. Kimnidir toʻyida aroq ichganmish, ichgandan keyin chekmaydi deb kim kafolat beradi. Maktabda birinchi ataman. Bolalar undan qoʻrqadi. Toʻgʻri, sport bilan shugʻullangani uchun qomati menga qaraganda ancha kelishgan. Lekin «Bilagi zoʻr birni yiqitadi, bilimi zoʻr mingni» degan naql bor-ku. Gap kuchda emasdir.

Eh, Saida, Saida, qanday qilib sendek goʻzal, aqlli, farosatli qiz uning qarmogʻiga tushib qolding. Axir sen eng a’lochisi eding-ku, menga oʻxshab ertayu kech kitobdan boshingni koʻtarmas eding-ku. Saida, seni nima jin urdi oʻzi. Men seni chin dildan sevaman, seni baxtli qilishni xohlayman.

Nega bu dunyo teskari, nega beshafqat, nega adolat yoʻq, men qanchalik yaxshi boʻlishga urinmay, atrofdagilar meni tushunmayotgandek, anglamayotgandek. Mana endi Saida ham...

Mana, kechagi kuni uyni ta’mirlash uchun bir moshin qum toʻktirdik. Qoʻshnimiz Bahodirlarnikiga chiqib aravangni berib tur desam, «oʻzim ishlatyapman», deb, bermadi. Sardor chiqib, Bahodirni aravasiga qoʻshib olib chiqdi. Qoyilmisiz? Ikkita ogʻaynisi oʻtib ketayotgan edi, ularni toʻxtatib yordam berishni iltimos qildi. Ular ham rozi boʻldi. Sardor belkurakka suyanib faqat gap sotib turdi, xolos. Biz tashidik. Gaplarining ham ma’nisi yoʻq, falonchi fermer bilan anavi qishloq Ambulatoriyasi hamshirasi oʻrtasidagi ishqiy munsabatlar haqidagi boʻlar-boʻlmas uydirma, mish-mishlar, bolalarga ham shu kerak. Tagʻin deng, voqeaning qiziq joyiga kelganda «Bor – ey, aravani boʻshatib ke, sen kelguncha qolganini aytmay turaman», deydi xuddi olamshumul voqeani bayon qilayotgandek. U qumni toʻkib kelguncha qolganlarga latifa aytadi, yana hiring-hiring. Menga uning na mish-mishlari, na latifasi yoqadi. Bema’nilar... Sen bilmaysan-da uning asli qanaqaligini. Eh, Saida... Saida...

* * *

Men oʻrtoqlari bilan koʻp martda bahs-boylashganman – morojniydanmi, limonaddanmi? Lekin bir-birimizdan yutq talab qilmaganmiz, chunki oshna-ogʻaynigarchilik deganday, qolgani muhim emas.

Sardorchi? Doʻstlikni bilarmidi-u. Qishlogʻimizda bir oila bor. Ular har yil erta bahorda qishloq aholisi qoʻylarini yigʻib, yaylovga olib chiqib boqib, kuzda qaytishadi. Har bir qoʻy boshiga kelishilgan narxda pul toʻlanadi. Oʻsha oilaning katta oʻgʻli koʻy boqadi, kichigi Sardor bilan sinfdosh. Ikkala oʻrtoq futbol ustida bahs boylashibdi, qanaqadir Barsami-e, Riyalmi degan jamoa oʻynasa, «El klassika» deyilar ekan. Biri Barsani tanlabdi, ikinchisi Riyalni debdi. Xullas, bahs shartiga koʻra Sardorning jamoasi yutsa, oʻrtogʻi ikkita qoʻyni bahordan kuzgacha tekinga boqtirib beradigan boʻpti. narigi jamoasi yutsa, Sardor bitta qoʻy beradigan boʻlibdi. Omad Sardorga boqib, ikkita qoʻyni yaylovga joʻnatibdi. Elning ogʻziga elak tutib boʻymaydi. Bu voqea onamga ham yetib kelibdi. Tabiyki, onam togʻamga aytgan. Bir kuni koʻchadan kelsam, ayvonda togʻam, onam, soʻppaygan Sardor oʻtiribdi. Ular bilan koʻrishgach, gap ohangidan jiddiyligini bilgach, aralashgim kelmadi uyga kirib ketdim. Togʻam nuqul tutoqib, asabiylashib, Sardorni urishar, onam indamay koʻz yosh qilib oʻtirardi. Men uyda boʻlsam-da, ovozlari bemalol eshtilib turardi.

– Xoʻsh, yutqazib qoʻyganingda nima boʻlardi? – dedi togʻam zarda bilan.

– Yutqazmasdim, yutqazsam yozi bilan ishlab, kuzda qoʻylar qaytguncha oʻrniga tiklab qoʻyardim, – dedi xotirjam Sardor.

– Ey, seni gapga oʻqitgan oʻshani... Qaytib garov oʻynaganingni eshitsam, nima qilishni oʻzim bilaman, eshitdingmi? Hayvon, rasvo... Birinchisi ham oxirgisi ham shu boʻlsin. Tushundingmi, tushundingmi, deyapman. Senga aytayapman, ey, – dedi togʻam baqirib.

Sardor miq etmasdi. Shunda togʻam jahl bilan:

– Bor yoʻqol, koʻzimga koʻrinma, ahmoq, – dedi ovozi titrab.

Sardor uydan chiqib ketdi. Onam otasiz bola oʻstirish azobini aytib, yigʻlay boshladi. Shunda togʻam onamni yupatish uchunmi, yo rostdan ham shundaymidi, bilmadim, har holda shunday dedi:

– Ke, xafa boʻlovurma... Lekin shu Sardoring boʻladigan bola, – dedi onamga.

* * *

Bugun ertalabki voqea-chi, Sardorning oʻrtogʻlaridan birining otasi tegirmon yurgazadi. Ogʻaynisi oʻsha yerda ishlaydi. Sardorga «Bir qop bugʻdoydan, yarim qop oppoq un chiqadi, lekin menga tegirmonda bir kecha yordamlashsang, yonimdan qoʻshib bir qop oppoq un qilib beraman», debdi. Bugʻdoyni velosipedga ortib ketayotgan Sardorni toʻxtatib:

– Bolam, ishlayman deb, oʻzingni urintirib qoʻymagin yana, – dedi kuyinib onam.

– Nimalar deyapsiz, Jaqini oʻzi ishlaydi, biz buyoqda qarta oʻynab, gap berib turamiz, – dedi Sardor qopni mahkamroq joylar ekan.

– Ie... hali qimor oʻynaysizlarmi? – dedi onam kapalagi uchib.

– Qanaqa qimor, shunchaki zerikmaslik uchun qarta oʻynaymiz, – dedi onamni tinchlantirib.

– Yoʻq, bormaysan. Tagʻin bir nimani boshlab yurmagin, akang boradi, – dedi onam battar xavotirlanib.

– Oʻzim boraman, boʻpti qarta oʻynamayman. Menga ishonmaysizmi? Qarta oʻy-na-may-man boʻldimi? – dedi ukam onamning yuzlarga qarab. Onam hech narsa deyolmay, turgan joyida qoldi.

* * *

Toʻgʻri, ehtimol, Saidaga munosib emasdirman. Lekin Sardor munosib deb, kim ayta oladi. Bahs boylashaman. Agar hozir tegirmonga borsak, aniq bilaman – ukam qarta oʻynab oʻtirgan boʻladi, toʻgʻri, puldanmas, gugurt choʻpidan oʻynashadi. Nima farqi bor? Qimor oʻynamayotgandir. Lekin onamga qarta oʻynamayman deb va’da bergan edi-ku, oʻz onasini aldagan bola qanday qilib yaxshi inson boʻladi. Bunga nima deysan, Saida ertaga seni ham aldamaydi deb kim kafolat beradi. Men seni baxtli boʻlishingni xohlayman, xolos... Togʻamga ham tan bermadim. Shuncha gap-soʻzdan, soʻkishdan keyin «boʻladigan bola»ga balo bormi? Agar u toʻgʻri qilgan boʻlsa, nima keragi bor edi shuncha urishishni, asab, buzarlikni, undan koʻra «Barakalla – jiyan zoʻr qilibsan» deb maqtab qoʻyaqolsin edi. Kattalarga ham hayronsan – til boshqa, dil boshqa. Agar men togʻamning oʻrnida boʻlganimda Sardorni oʻlguday kaltaklardim, toki qizlarga koʻrinolmay yursin. Keyin choʻponga qoʻyni boqqani uchun beriladigan pulni berib, jiyanim bir ahmoqlik qilib qoʻyibdi, deb uzr soʻrardim. Odam degan mard boʻlishi kerak. Ammo... ammo togʻamda ham ortiqcha pul yoʻqdir, uni ham tushunish kerak.

* * *

Maktabda oʻqib yurgan kezlarimda juda goʻzal sinfdosh qizlar boʻlardi. Nimagadir chiroyli qizlarning hammasi a’lochi, a’lochi qizlar hamisha chiroyli boʻlishadi. Bunda qanday bogʻliqlik bor, aqlim yetmaydi. Sinfdagi eng goʻzal qiz Zarnigor edi. Uni hamma yigitlar yaxshi koʻrardi, menga ham yoqardi. Unga hech qachon yaxshi koʻrishimni aytmaganman, chunki meni nazariga ilmasligini bilardim. Hozir oʻylab koʻrsam, oʻsha Zarnigor ham sinfmizning eng bezorisi Gʻaffor bilan sevishar edi. Xuddi Sardor va Saidaga oʻxshab.

Avvallari Saida osmondagi yulduz boʻlsa-da, xohlagan paytimda qoʻl choʻzsam yetadiganday tuyulardi. Shuning uchun boʻlsa kerak, unga sevgimni izhor qilishga shoshilmagandirman. Ehtimol. Endi-chi, u shu qadar olisdaki, unga yetmoq tugul bir qiyo boqish amrimaholga ham oʻxshab qoldi.

Eh, Sardor, Sardor, bolaligida suvga choʻkib ketayotganda uni qutqarib qolgandim. Agarda uni qutqarmaganimda, choʻkib ketganda, hozir sevgimga toʻgʻanoq boʻmagan boʻlarmidi? Kim biladi deysiz, agar u boʻlmaganda Saida meni degan boʻlarmidi? Ey xudoyim, nimalar deyapman? Sevgi koʻzimni koʻr qildimi? Oʻz ukamga, jigarimga oʻlim tilayapmanmi? Agar Sardorga biror gap boʻlsa, onam bechora buni koʻtarolarmidi? Keyin onamsiz nima qilardim? Muhabbat insonni tarbiyalaydi, ulugʻlaydi, oʻzgartiradi, der edilar. Nega men borgan sari xudbinlashib, tubanlashib ketyapman.

* * *

Sardor bilan Saidaning munosabatlarini tahlil qila boshladim. Ularni qaerda, qachon, qanday holatda uchratardim… Bir-bir eslay boshladim. Bir kuni Saida bir qoʻlida bir chelak suv, ikkinchisida choʻmich bilan Sardorni qarshisidan chiqib qolgandi:

«Suv ichasizmi?» – erkalangandi Saida oʻshanda. «Yoʻq» – degandi ataylab jigʻiga tegish uchun Sardor iljayib. «Mayli, zorimiz bor, zoʻrimiz yoʻq» – degandi noz-karashmalar bilan Saida. «Hazillashdim, ke bitta ichay» – deb Sardor koʻzlari kichraytirib, «Endi yoʻq, boshqalardan ichavering» – deb joʻrttaga arazlab olgandi Saida. «Sen turganda boshqasiga bolo bormi?» – dedi Sardor uni nigohlari bilan erkalagandi. «Rostdanmi, gapingizda turasizmi?» – degandi Saida tabassum bilan suv uzatar ekan. Oʻshanda koʻzlarida baxt porlar edi. Ular yoʻl-yoʻlakay toʻqnash kelib qolsalar, yuzlarida qandaydir koʻtarinki kayfiyat paydo boʻlardi. Ular goʻyo Farhod va Shirin, Tohir va Zuhra, haqiqiy Sardor va Saida edilar. Nega bularni ilgariroq sezmadim. Men ular shunchaki tengdosh, sinfdosh, doʻst boʻlganligi uchun ochilib-sochilib gaplashishar deb oʻylar edim. Bilsam, shunchaki munosabat emas, balki muhabbat rishtalari bor ekan. Unda men bilan Saida oʻrtasida qanday munosabatlar bor edi?

U meni koʻrganda qizarib, yerga qarab zoʻrgʻa salomlashib oʻtib ketardi. Xoʻsh bu nima? Nima boʻlishi mumkin... Miyamga yashin tezligida bir fikr keldi. Bu boʻlgʻusi kelinlarning boʻlgʻusi qayinakalarga boʻlgan munosabati emasmidi? Nahotki, shuni tushunmadim, bilmadim. Saida meni ham qayinota, ham qayinaka deb bilgan boʻlsa, neajab. Shunchalik, shuqadar ham befahm, befarosat boʻlamanmi? Shu qadar ham ahmoq boʻladimi? Ahmoq ham gapmi, ablahman, dunyoda eng yomonlarning yomoni. Axir Saidaga kitob kerak boʻlsa, doim Sardor orqali soʻratar edi-ku, nahot shuda ham anglamadim-a. Meni kechir Saida, meni kechir, Sardor, axir men oʻqigan kitoblarda bu toʻgʻrida yozilmagan, aytilmagan edi-da, kechiringlar.

* * *

Ertaga Sardor bugʻdoyni un qilib keladi, Roziya xola joʻnatadigan doʻltali saryogʻdan patir qilinadi. Indinga togʻam devzira guruch olib keladi, undan keyin Sardorni urishqoq xoʻrozi soʻyiladi. Palovxontoʻra, bayram qilinadi, tantanali kuzatish marosimi. Yoʻq... yoʻq... Men bunga munosib emasman. Koʻzlarim tinib ketdi. Hammayoq zimiston, ichimda qandaydir bir kuch «sen ketishing kerak» deb hayqiradi. Hech kimni qoʻziga koʻringim kelmayapti. Goʻyo bir katta xato qilganmanu boshqalarga bildirmaslik uchun hoziroq, shu tobda ketish, olislarga ketish kerak. Men shaharga borish uchun barcha narsalarni bir hafta oldin tayyorlab qoʻygandim. Vaqt yarim tun, agar hozir yoʻlga chiqsamu, yoʻlimdan och boʻri chiqib qolsa ham shak-shubhasiz ketishga tayyorman. Menda qandaydir gʻayritabiiy kuch bor ediki, u ayni paytda hamma narsaga qodir goʻyo...

Sumkamni olib ayvonga chiqdim, taqur-tuqirni eshtib onam yugurib chiqdi. Onam meni bunday avzoyi buzuq holda hech qachon koʻrmagan edilar. Nimadir roʻy berganini sezdi shekilli...

«Qaerga, yoʻl boʻlsin dedi» xokisor ovozi bilan. «Oʻqishga dedim», alamli koʻzlarim bilan. «Qutlugʻ uydan quruq chiqib boʻlmaydi, bolam,» deydi iltijoli koʻzlari bilan. «Men quruq qolib boʻldim dedim», norizo nazar bilan. «Yarim tunda yoʻlga chiqishning xosiyati yaxshi boʻlmaydi bolam dedi», sarosimali nigohlari bilan. «Men aynan shuni izlab ketyapman» dedim vajohatli qiyofam bilan.

Onam meni ilgarilari hech bunday ahvolda koʻrmagan edilar. Shunga boʻlsa kerak, bahsni davom ettirishdan tiyildi-da, tiz bukib, qiyom holda oʻtirib, qoʻllarini duoga ochdilar, men ham qoʻlimdagi sumkamni yonimdagi stulga qoʻyib, tik turgan holda duoga qoʻl ochdim. Onam pichirlab duolarni boshladilar. Biroz vaqt oʻtdi shekilli oyoqlarim tola boshladi. Bu uxlamaganimdan boʻlsa kerak deb oʻylab, stuldan sumkani olib pastga qoʻydim-da, stulga oʻtirib duoga qoʻl ochdim. Onam nigohlarini bir nuqtaga tikib hali ham duoda edilar. Endi qoʻllarim tola boshlagandi, tizzamga qoʻyib oldim. Onam boʻlsa hali-hamon duo qilishda davom etardilar. Shunda «Bir katta Sahroi kabirga oʻxshash joyda bir toʻda olomon koʻrindi, qandaydir hayqiriq eshitildi. Hamma shoshib qaygadir keta boshladi. Ovoz qaysi tomondan kelayotganini anglash uchun uyoq-buyoqqa qaradim, shunda kimdir menga turtilib oʻtdi». Uyqu elitgan shekilli seskanib uygʻonib ketdim. Qancha vaqt oʻtganini bilolmadim, qarasam onamning qoʻllari ochiq, pichirlab hali ham duo qilyaptilar. Darrov oʻzimni oʻnglab yana duoga qoʻl ochdim.

Onam keksa boʻlsalar ham titroq qoʻllari shu paytgacha hech tolmaganiga hayron qoldim. Olis-olislardan azon ovozi kela boshladi. Bu tongdan, yangi kundan darak edi. Nihoyat onam qoʻllarini tabarruk yuzlariga tortib uzundan-uzoq duolarini yakunladilar. Onam «Balki endi niyatingdan qaytarsan deganday» menga tagʻin mehr bilan iltijoli boqib turardi. Mendagi vajohat qaygadir gumdon boʻlgan, qandaydir shalvirab qolgan edim. Lekin shunga qaramay oʻzimga-oʻzim «baribir yoʻlga chiqish kerak» dedim ichimda.