OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuhammad Ziyo
Asar nomiGul va Ziyo (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Muhammad Ziyo
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm20KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/31
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Gul va Ziyo (hikoya)
Muhammad Ziyo

Masofalar Margʻibdan Mashriqqacha, masofalar yer bilan osmoncha, masofalar muhabbatdan nafratgacha, masofalar qaygʻudan shodlikkacha, masofalar visoldan hijrongacha, masofalar zimistondan ziyogacha, masofalar xasdan gulgacha, masofalar tutqunlikdan erkgacha, masofalar hayotdan mamotgacha, masofalar... Masofalar hadsiz-hududsiz...

Masofalar million yillik yorugʻlik tezligidan chorak soniyalargacha...

Biz shunchalar yaqinmizki, tasvirlashga soʻz ojiz, biz shu qadar olismizki, oʻlchovlarga mezon yoʻq.

Masofalar... Baxtsizlikdan baxtgacha... Masofalar...

Soniyalar: bir, ikki, uch, toʻrt...

Keng, chiroyli koʻcha, ikki cheti toʻla bahaybat chinorlar. Subhidam boʻlganligi uchun odamlar siyrakroq edi. Bir-birlarini payqagani aniq, chunki bundan sal avvalroq qalblarni allanechuk larzaga keltirgan bu holat ularga juda tanish edi. Bu ular… Ziyo Gul tomon, Gul Ziyo tomon borar...

Chinor oʻziga xos viqor bilan yashaydi, majnuntollarga oʻxshab boʻlar boʻlmasga qad bukmaydi. Chinorlardan birining kutilmaganda chamasi oʻn besh arshin balandlikdagi rosa yetilgan bir bargi shabodada uzilib, tusha boshladi. U xuddi patday havoda soniyalar bilan achomlashib, oʻynoqilab asta-asta pastlasha borar... Barg ularning koʻksiga yetganda havoda muallaq turib qoldi. Ularni oʻn dyuymli yam-yashil barg ajratib turar, bu ikki vujudning hayotidagi eng yaqin kelgan masofalari…

Nihoyat koʻzlar-koʻzlarga tushdi.

Soniyalar: yigirma yetti, yigirma sakkiz, yigirma toʻqqiz, oʻttiz...

Nihoyat koʻzimiz koʻzimizga tushdi.

Mayin iforingizdan koʻzlar tinadi, bosh aylanadi. Shunda siz «Bu dunyoda adolat bormi oʻzi?» deya soʻroqlandingiz. Nega, nima uchun aynan shu savolni berdingiz? Axir sizning bisotingizda: «Inson bir kishini qattiq sevsa-yu, usiz qanday yashash mumkin?», yoki «Inson sevsa-yu, oʻrtasidagi uzoq ayriliq muhabbatning soʻnishiga sabab boʻladimi?», yoʻqsa, «Mangu sevgi-muhabbat bormi?» Yo «Sevish va sevilishni ibtidosi qaerda-yu, intihosi qaerda?» Va yoki «Visol muhabbatning yakunimi? Yo ...Boshlanishi» kabi millionlab savollar boʻlsa-da, siz aynan «Bu dunyoda adolat bormi oʻzi?» deya yuzlandingiz goʻyo butun olam bizga qarshidek, goʻyo bu dunyoda adolat yoʻqdek.

* * *

Men sizni dastlab uchratganimdayoq oʻrtamizda qandaydir bir rishta borliginiyu va yana qandaydir koʻz ilgʻamas masofa borligini dilimning tub-tubidan his etganman. Bu nima ekanligini ayni paytda oʻzim ham tushunmas, bilmas, anglamas edim. Sizdagi sharshara kabi sumbul sochlaru qaldirgʻoch qanotiday qayrilma qoshlar qaysi elning qizida yoʻq deysiz va yoki sizdagi ohu koʻzlaru istarali, oydek yuz xohlagan bir millatning mohitoblarida mavjud emasmidi? Yo siznidek kelishgan qaddi-qomatni har qaysi xalqning hurliqolarida uchratish mumkinmasmidi? Bilganim, sizga koʻnglim iliqligiyu, siz ham menga befarq emasligingizda edi.

Agarda yer yuzidagi insonlardan «Siz qaysi dinga e’tiqod qilasiz?» deb soʻralsa, ularning koʻpchiligi, falon dinga e’tiqod qilishini, Xudoni borligiga imon keltirishini aytsalar-da, biroq ular orasida aksariyati oʻzlari tanlagan dinning ilmu ahkomiga amal qilmagan holda oʻsha dinga mansubligini da’vo qilishardi. Har holda menga uchraganlarning koʻpchiligi mana shunaqalar edi. Yana bir guruhi borki, ular Xudoni borligini ham tan olishmaydi. Naqadar qoʻrqinchli hol bu.

Siz ulardan, yahudiy otangizdan farqli oʻlaroq hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligingizni aytsangiz-da, biroq «Yaratguvchi, Xudo bor» deguvchi edingiz. Va aynan shu narsa, nazarimda, sizni boshqalardan ajratib turgan, meni hamisha hayratga solib kelgan boʻlsa, neajab. Har qanday elat, millat, xalqlarning siz kabi goʻzallari orasida xuddi sizdek dunyoqarashga ega boʻlganlari bordir, ehtimol, ammo men ularni uchratmagandirman. Shuning uchun ham men sizdan boshqani demagandirman...

Men e’tiqod qiladigan dinda erkaklar ayollarga bosh boʻlishi, ayollarni Odam Atoning chap qovurgʻasidan yaralganligi va yana ayollar ojiza ekani haqida aytiladi. Qolaversa, sizdan uch-toʻrt bahorni koʻproq koʻrganligimdanmi, balki siz mendan avvalroq savolga tutinganingizdanmi? Nima boʻlganda ham men sizni savolingizga javob berishga majburman.

Eng avvalo, adolat bu – haqiqat demakdir. Odatda biz qalam, daftar, kitobni koʻramiz va qoʻl bilan ushlaymiz. Bu tilshunoslikda «aniq otlar» deyiladi. Shuningdek, qalb, muhabbat, haqiqatni koʻzi bilan koʻrib, qoʻl bilan ushlab boʻlmasa-da his etamiz. Ular «mavhum otlar» deyiladi. Bu degani, haqiqat mavhum narsa degani emas, azizam. «Haqiqat – egiladi, bukiladi ammo sinmaydi» degan naql bor. Bu ham toʻgʻri albatta, biroq haqiqat mayda-mayda boʻlib parchalanadi. Chunki bu dunyoning oʻzi mayda-mayda zarra, elektronlar, protonlar, undanda maydaroq zarrachalardan tashkil topganidan keyin... Haqiqat ham mayda-mayda zarrachalarga aylanib sochilib ketish-yu va yana yigʻilib bir kuchga aylanishiga qanday shubha qilish mumkin.

Haqiqat xuddi Atom bombasi portlaganda ajralib chiqadigan koʻz ilgʻamas nurlarga oʻxshaydi. Uning tezligi yorugʻlik tezligiga teng boʻlib, yoʻlida uchragan narsani, hatto qalinligi oʻn metr boʻlgan betonni ham bemalol teshib oʻtadi. Uning zarb toʻlqini yoʻlida uchragan barcha narsalarni eritib, kuydirib, yondirib yuboradi. U shu qadar kuchliki, butun insoniyatni bir zumda junbushga keltirishi, shikastlashi, adoi tamom qilishi mumkin. Biroq tibbiyotda oʻsha nurlar maxsus texnologiyalar yordamida inson sogʻligʻini tiklashda qoʻllaniladi. Bunga nima deysiz, azizam. Bu Yaratganing moʻ‘jizasi emasmikin? Bu xuddi soʻzga oʻxshaydi-ya, insonni bir soʻz bilan oʻldirish yo tiriltirish mumkin deganday.

Uni anglashning birdan–bir yoʻli oddiygina qora qalamni bilasizmi? Ichida grafit moddasi boʻladi. Birgina oddiy qora qalam oʻsha qalingi oʻn mert boʻlgan betonni ham bemalol teshib oʻtadigan, koʻzga koʻrinmas oʻsha nurlarni oʻziga yutib, singdirib toʻxtatoladi. Sizga aytmoqchi boʻlganim, eng muhimlaridan biri oʻsha qora qalamda yozish, yozganda ham sariq, qizil va boshqa rangli qogʻozlarga emas, aynan oppoq qogʻozga yozilgandagina aniq va tiniq aks etishi va ular yigʻilib-yigʻilib butun boshli bir kitobga aylanishi mumkinligida. Buning uchun albatta vaqt kerak boʻladi. Ha, azizam, vaqt kerak boʻladi. Asrlaru yillar, oylaru kunlar kerak boʻlsa, uni roʻyobga chiqishi, butun boʻy-basti bilan namoyon boʻlishi uchun hatto soniyalarini ham kutish kerak boʻladi. Shuning uchun ham «Vaqt eng oliy hakam» deb bejiz aytishmagan.

Soniyalar: oʻttiz uch…

Oʻylarimni jamlashga ulgurmasdan yana siz «Nega unda biz...?» deya soʻroqlandingiz, darhaqiqat dunyoda muhabbat va haqiqat boʻlsa nega unda biz sarson va sargardonmiz? Siz haqsiz «Nega unda biz...»

Menimcha, u vaqtlarda juda yosh va gʻoʻr edim. Ammo sizga boʻlgan muhabbatim oʻsha paytlardagidek hozir ham shaffofdek tiniq. Toʻgʻrisi, Londonga oʻqishga borish, u yerda sizni uchratish va bir guruhda tahsil olish yetti uxlab tushimga kirmagan edi.

Ilk bor uchrashganimizdayoq qandaydir rishta borligini-yu, yana qandaydir toʻsiq borligini har ikkimiz his etgan boʻlsak, ne ajab. Sizning qarshingizda oʻzimni allanechuk boshqacha, goʻyo siz bir ma’budayu men unga sigʻinayotgan ibodatgoʻyga oʻxshardim. Buni moddiy tafovut deb oʻylardim va ana shu kemtik toʻldirilsa bas, hammasi joyiga tushib ketadi deb hisoblardim. Bundan tashqari universitetdagi tadbirlardan biriga dunyoni manaman degan «Magnat» kishilaridan biri keldi: qimmatbaho libosda, baland boʻyli, sochlari silliq taralgan, burgutday oʻtkir nigohi hamisha kulimsirab turadi. Tadbirdan soʻng hamma oʻqituvchilar, talabalar u bilan koʻrishishga, suratga tushishga oshiqishardi. Ammo tansoqchilar va yordamchilaridan bir amallab oʻtganlaridan keyin ham uni qandaydir sirli salobati oldida esankirab qolishardi. Men-ku oʻsha odam otangiz ekanligini bilgach, oyoq-qoʻlim qaltirab faqat olisdangina kuzatdim, xolos.

Shundan keyin masofalar yana ham uzayganday boʻlsa-da, tunu-kun siz haqingizda oʻylayverganimdan tushlarimda ham sizni koʻra boshladim. Bir kun qarasam xonamda yeyishga hech vaqo yoʻq, choʻntakda bir tsent ham qolmapti. Yayov oʻqishga bordim.

Eslang: siz menga «Bu mening bisotimdagi eng yaxshi kitoblarimdan biri, albatta oʻqib chiqing», deya uni qoʻlimga tutqazgandingiz. Minatdorchilik bildirib qabul qildim. Xonamga borib varaqlay boshladim, ichidan besh yuz funt sterling chiqdi. Oʻshanda tang ahvolim haqida birovga churq etmagan boʻlsam-da, siz buni sezgandingiz. Bu hol tushlaringizda ayon boʻlgan boʻlsa, neajab. Ancha vaqtlardan soʻng bisotimdagi eng yaxshi kitoblarimdan biri bilan sizni omonatingizni qaytarishga bazoʻr erishdim.

Shu tariqa hayot davom etayotgan bir paytda na yeyishimda, na ichishimda, na uyqumda halovat bor edi. Darsga kech qolib kirdim, oʻshanda siz birinchi marta ogʻiz ochmay, biroq oʻsha mayin ovozingizda «Xayriyat-ey, bormisiz?» dedingiz, buni aniq eshitdim. Va men ham beixtiyor «Boringizga shukur», dedim baralla ovozda ogʻiz juftlamay. Shu kuni tugʻilgan kuningizga taklif qildingiz, borolmadim. Meni bu gʻayritabiiy muloqotdan esim ogʻib qolgandi. Bir haftacha holsizlanib yotib qoldim. Bizdagi bu oʻziga xoslik, oʻzgarish sabablarini izlab ruhshunoslarga, shifokorlarga murojaat qila boshladim. Tayinli biron javob ololmaganim yetmaganday ular bir dalliga qaraganday razm solishi alam qilardi. Bir oz oʻzimga kelgach «Hechdan koʻra kech» deganlariday tugʻilgan kun sovgʻasini berar chogʻimda, yodingizda boʻlsa, bizdagi roʻy bergan bu oʻzgarishlar haqida birovga indamay turishingizni iltimos qilgandim. Toki oʻzimiz biron bir toʻxtamga kelmaguncha...

* * *

Avvallari siz haqingizda tunu kun oʻylardim. Endi esa oʻrtamizda yuz berayotgan gʻayritabiiy oʻsha hodisa, ma’lum masofada muloqotga kirishimizu uzoqlashgach uzilishi, yana ham qiziqrogʻi, bu nega aynan bizni oʻrtamizda roʻy berishi. Bizdan boshqa qanchadan-qancha sevishganlar, koʻngli yaqinlar boʻlsa-da, bu hodisa aynan bizda roʻy berdi. Buning sababi nima? Oqibati nima boʻladi? Bu qanchalik foydaliyu qanchalik xavfli? Bu qanday kuch oʻzi? Bu baxtmi? Yo baxtsizlik... singari minglab savollarga javob izlash maqsadida din, falsafa, falakiyot, kimyo, tarix kabi bir qancha fanlarni oʻrganishga kirishdim. Bu fanlarni oʻzlashtirish uchun bir qancha tillarni oʻrganishga toʻgʻri keldi, roʻy berayotgan hodisani bilish uchun olamni, eng avvalo oʻzni anglash kerakligini tushunib yetdim. Bolaligimdan shundayman, bir narsaga qiziqdimmi, uning mohiyatiga yetmaguncha toʻxtamayman. Oʻzim bilan oʻzim andarmon boʻlib yurgan kezlarimda otangiz meni huzuriga chorladi. Ofisiga bordim. Kattakon xona juda did bilan bezatilgan, e’tiborimni tortgani – oʻng tomonda odam boʻy keladigan ulkan globus, chapdagi shkaflar kitoblar bilan toʻldirilgani, hashamatidan odam zoti hurkadi. Ammo bu safar hech qanday sirli savlatini sezmadim, juda xushmuomala odam ekan. Suhbatlashib oʻtirib, uning bir qancha shartlariga koʻnsam, qizini, ya’ni sizni menga berishi aytdi. Shulardan birinchisi – uning dinini qabul qilishim, keyin qoʻl ostida ishlashim, unga qoʻshilib yana olam-olam dunyo orttirishga qaratilgan bir qancha loyhalar edi.

Bir paytlar meni vahimaga solgan bu inson shu qadar ojiz koʻrinishi bilan birga gaplari ham negadir juda erish tuyuldi. Ikki oʻt orasida qoldim. Qandaydir bir kuch ichkimi, tashqimi, bilolmadim. Qisqasi takliflarini qabul qilolmadim. Hayotdagi eng katta orzularimdan biri sizga uylanish boʻlsa-da, toʻgʻrimi, yoʻqmi bilmadim. Sizga bu tarzda yetishishni xohlamadim. Ayni paytda meni qiziqtirayotgan, izlayotgan eng muhim narsa oʻrtamizda roʻy berayotgan hodisa mohiyatini anglash, bilish zarurati edi. Shundan soʻnggina qolgan masalalarga oydinlik kiritish mumkindek, aks holda «qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarib qoʻyish», bir nooʻrin xatti-harakat bilan sizni baxtsiz qilib qoʻyishim ham hech gap emasdek tuyuldi. Bu vaqtlarga kelib allaqachon oʻqishni tashlab yuborgan edim. Aksiga olib dardga – teritanosil kasaligiga chalindim, turli shifokorlar-u shu kasallik boʻicha mutaxassislar bilan ham gaplashdim. Bir-biriga qarama-qarshi fikrlaru tashxislardan charchadim. Ularning javobidagi yagona umumiylik dard yosh oʻtgan sayin zoʻrayishi, butun vujudni qoplab borishi edi. Sogʻligʻim bilan bogʻliq muammolarni bir chetga yigʻishtirib, tadiqotlarga, izlanishlarga berildim. Natijada «Maqsadning mohiyat markazi», «Masofalarda vaqtning parchalanishi», «Vaqtda masofalarning parchalanishi» kabi oʻz qarashlarim bilan bogʻliq bir qator ilmiy-ommabop maqolalarim matbuotda e’lon qilindi va juda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Shuningdek, «Sky Sent Media Group» kompaniyasi nazariga tushib, men bilan uzoq yillik hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Bundan buyon iqtisodiy masalalar haqida oʻylamasligim, dunyoni istalgan yeriga borishim, oʻrganishim mumkin boʻlgan, olam eshiklari men uchun lang ochilgan bir vaqtda onamning betobligi haqida xabar keldi.

Onam yolgʻiz yashagani uchun qoʻshni qiz tez-tez xabar olib turishi haqida menga xatlarida koʻp bora yozgan edilar. Onamning yoniga borganimda oʻsha dastyor qizga uylansam, oʻzini «Bu dunyodagi eng baxtli inson» deb hisoblashini aytdilar. Yana ikki oʻt orasida qoldim, nazarimda, bu dunyoda baxtli boʻlish uchun onadan haqliroq biron zot yoʻq edi. Men oʻsha kuchga, ichkimi, tashqimi, bilmadim, birinchi bor qarshi borib, toʻyga rozilik berdim. Bu vaqtga kelib, sizni allaqachon turmushga uzatishgani, farzandli ham boʻlganligingiz tushlarimda ayon boʻlib borardi. Nikohdan soʻng asal oyi Venetsiyada oʻtdi, ancha vaqt oʻsha yerda qolib, izlanishlarimni davom ettirdim. Kunlarning birida meni kompaniya boshqaruv raisi yoʻqlabdi. Bordim. Amazonka changalzorlarida yangi qabila topilganini, uni oʻrganish uchun maxsus ekspidietsiya guruhi tuzilganini, agar xohlasam meni ham roʻyxatga kiritishini aytdi. Taklifni bajonidil qabul qildim. Rafiqamni onamning yoniga yuborib, oʻzim ekspidietsiya bilan joʻnadim.

Ming bir azob bilan yangi qabilaga yetib borganimizda rafiqamdan onamning ahvoli ogʻirlashgani va tez yetib borishim haqida xabar keldi. Bir kunda butun dunyoni aylanib chiqsa boʻladigan shu zamonda bir hafta deganda uyga zoʻrgʻa yetib bordim. Oʻshanda yuragimni tub-tubidan ezilib yigʻlagandim. Onamni soʻnggi manzilga kuzata olmaganimdan, marosimlarida qatnasha olmaganimdan emas, balki siz «Bu dunyodagi eng baxtli inson boʻla oldingizmi?» deb soʻrab ulgura olmaganimdan afsuslanib oʻkingandim. Ana shu karaxtlikdan chalgʻish uchun ham yana dunyo keza boshladim, turli joylarda koʻplab xalqlar, millat va elatlarni kelib chiqishi, dini, tili, urf-odati, ma’naviyati va qadriyatlari bilan bogʻliq masalalarni oʻrgandim ular haqida maqolalar yozdim. Eng muhimi, shu vaqtlar oraligʻida «Falakiyot va insoniyat», «Tana va ruhning tutash nuqtasi» kabi risolalarim chop etilishi menga muvaffaqiyat-u, kompaniyaga judda katta daromad olib keldi.

Hozirda shuncha yillik izlanishlar, tadqiqotlarimni jamlab, «Me’yoriy nuqta qonuniyati» nomli asarim ustida ishlayapman. Bu asar insoniyat dunyoga kelib, faqat bir narsani – baxtni izlab yashashi haqida. Ya’ni, insoniyat hayot kechirar ekan, hamisha oʻzidan qoniqmaslik hissini, qalbida qandaydir kemtiklikni sezib yashaydi. Ba’zi insonlar buni boylik bilan bogʻlashadi, ya’ni boylik boʻlsa bas, oʻzilarini baxtli hisoblashadi. Ba’zilar ota-onasi erta vafot etgani bilan, ba’zilar tirnoqqa zorligi bilan, yana ba’zilar sevikli yoriga yetisha olmagani bilan bogʻlashadi. Boylik, qarindosh-urugʻ, doʻstu-yor, obroʻ-e’tibor toʻkis kishilar ham yolgʻizlikni his etib yashashi sir emas. Inson qalbining bir chetida hamisha boʻshliq borligi sezilib turadi. Aynan shu narsa uni baxtli emasligidan dalolat beradi. Ba’zilar «Men bir vaqtlar baxtli edim» deyishadi. Bu uning hozirgi hayotiga nisbatan avvalgi hayoti yaxshiroq ekanligidan boshqa narsa emas. Uning eng katta xatosi oʻzi aytmoqchi «baxtli vaqti»dagi mavjud kemtiklikni eslay olmasligida, xolos.

Aslida inson dunyoga kelib baxtli boʻlishi uchun na boylik, na obroʻ-e’tibor, na qarindosh-urugʻ kerak boʻladi. Tadqiqotlarim natijasida yaratilgan nazariya shundan iboratki, ong va qalb yoʻnalish traektoriyasining me’yoriy nuqtada birlashtira olingandagina inson oʻzini va butun olamni anglaydi. Inson oʻz qobigʻida chiqadi. Va gʻayritabiiy imkoniyatlarga erishadi. Shundan soʻnggina hayot, toʻlaqonli baxt va baxtsizlik haqida mushohada qilishi mumkin boʻladi. Ungacha insoniyat oʻz yogʻida oʻzi qovrilib yuraveradi. «Me’yoriy nuqta qonuniyati» xuddi Nyutonning «Butun olam tortishi qonuni»ga oʻxshab barchaga barobar dahl qiladi. Bu oʻz-oʻzidan dunyoga kelgan har bir inson baxtli boʻlishga haqli degan farazni keltirib chiqaradi.

Men ishlab chiqqan «Me’yoriy nuqta qonuniyati» nazariyasi boʻyicha unga erishish yoʻllari va hayotga tadbiq etish boʻyicha yechimini kutayotgan ayrim masalalarga oydinlik kiritish uchun ham tadqiqotlarimni davom etirishim zarur.

Hayot esa meni hayratga solishda davom etmoqda. Bundan oʻn besh yillar avval uchragan teritanosil kasalligidan shu yil butunlay xalos boʻldim. Vaqt, umr oʻtishi bilan dard kuchayishini aytgan shifokorlarga uchradim. Ular tekshirishlardan soʻng hayron qolishdi va qanday qilib davolanganim bilan qiziqishdi. Men ularga yillar davomida dard haqida umuman oʻylamay, faqat ilm bilan mashgʻul boʻlganimni aytdim. Ammo bunga ishonishmadi. Shuncha yillar davomida qaerlarda boʻlganimni, nimalar iste’mol qilganim haqida surishtirib, buni insonlar sogʻligʻini tiklashdagi ahamiyatini tushuntirishdi. Men vaqtim ziqligini insoniyat uchun bundan-da muhimroq ishlar bilan bandligimni aytdim. Ular hol-jonimga qoʻymay hamkorlik qilish uchun hatto bosim ham oʻtkaza boshlashdi. Faqat kompaniyaning aralashuvidan keyingina meni tinch qoʻyishdi.

«Bir yigit qirq yilda dunyoga keladi» deyishadi. Men shu yil roppa-rosa qirqqa toʻldim. Ehtimol, shu yil bu sirli olam oʻz tilsimlarini menga ochar, oʻshanda sizga yana ham joʻyaliroq javob aytarman.

Men juda koʻp tinch-osuda mamlakatlarda boʻldim. Endi taqdir taqozosi bilan jangu-jadal avjiga chiqqan yurtlarga borishga toʻgʻri kelyapti. Haqiqatdan ham hayot tasodiflarga toʻla ekan. Men bu oʻlkaga bor-yoʻgʻi bir-necha soatlarga toʻxtab oʻtish uchungina kelgandim. Siz esa xalqaro koʻrgazmaga tashrif buyurgan ekansiz. Shu tobda sizu meni uchrashtirgan tasodifni...

Azizam, meni aeroportga kechikayotganligim sababli ma’zur tutasiz, keyingi safar dunyoning qaysi bir chetida uchrashib qolamiz, bilmayman. Ammo bir narsani aniq bilamanki, oʻshanda faqat men savol beraman-u, siz javob qidirasiz.

Koʻzlardan yosh qalqidi. Beixtiyor bir vaqtlar oʻqigan satrlar yodga tushdi.

Asta chayqaladi osmon dengizi,
Yulduzlar koʻzimga ketmoqda sachrab.
Har bir nafasimda nafasing sezib,
Koʻzimda koʻzingni qololsam asrab.

Topdim, senga boʻlgan chin ishqim gʻolib,
Bildim, bildirmasdan kuzatyotgan kim.
Endi yuragimga joylashib olib,
Koʻzlarimdan qarab tur, Tangrim.
Koʻzlarimdan qarab tur Tangrim!

Soniyalar: oʻttiz yetti...

Bu – Gul va Ziyoning soʻnggi uchrashuvi edi.

Ular Xudoning yetti kunda yaratgan dunyosida, yetti qavat osmon ostida edilar. Ularning yuraklaridan taralayotgan infiraqizil nurlar yam-yashil bargni jigarrang holga keltirdi. Shaboda uni erkalab yerga yumalatdi. U yetti soniya avval yam-yashil edi, endi hazonga aylanib oyoqlar ostida maydalanib, bu dunyodagi oʻz vazifasini a’lo darjada ado etdi.