OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMunavvarqori Abdurashidxonov
Asar nomiBizda hamiyat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Munavvarqori Abdurashidxonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bizda hamiyat (hikoya)
Munavvarqori Abdurashidxonov

Havo qish oʻldigʻindan gʻoyat sovuq edi.Koʻchalar bilchirab bitgʻan, butun atrofni balchiqlar iflos qilib tashlagʻan edi. Shul balchiqlarning oʻrtasindan, balchiqlargʻa botgʻan, kiyimlari yirtilgʻan, ikki koʻzi nobajo bir yetim bola qoʻlida aso ushlab kelmoqda edi. Lekin bu yetim bolani koʻrgʻan inson har qanday hamiyatsiz boʻlsa ham rahmi kelur edi.

Meni yonimdagʻi ziyolilar «nazar-diqqatlarina jalb etdirdilar». U yetim bola bizlargʻa yaqin keldi-da, shul yerda odamlar borligʻini bilmish kabi qaramakgʻa boshlab bizlargʻa qarshi ma’yuslik birlan shunday dedi:
— Taqsirlar, mengʻa shafqat etib bir oz maovanat qilingʻizlar! — dedigʻi birlan man yonimdagʻi ziyolilarni bir narsa bermaklarini taklif etdim. Manim bu taklifim A. afandigʻa oʻxshamadigʻindan mangʻa tahqir nazari birlan bir qarab oldigʻindan soʻngʻra bu yetim bolagʻa qarab shoʻyla dedilar:
— Sen yoshsan. Kuch va quvvating bor, oʻqi, mardikor ishla, andin soʻngra pul topilur, — deb qat'iy soʻzlamishdilar. Zavolli bola yigʻlab yolingʻon tovush birlan:
— Oʻrgulay pochcha, oʻqiy desam koʻzlarim koʻr, mardikor ishlamak mumkin emas, balchikdardan yurolmayman, qornim och, taom yegʻani qudratim yetmaydi. ... nima qilay? — dedigʻi asnoda A. afandi gʻoyatda shiddatli etib shunday dedilar:
— Ovrupoliklar koʻr, quloqsiz kar va hokazo oʻqumogʻi mumkin boʻlmagʻon insonlargʻa maxsus etib maktablar ochgʻonlar va u maktablardan koʻr, karlardan oʻqub chiqgʻon in-sonlarning had va hisobi yoʻq, san ham shundogʻ maktabda oʻqi.

Shundogʻ deb erdilar, ziyolilar qahqaha etib kulub yubordilar. Man ham shu soʻzlarni soʻzladim:
— Siz bu soʻzlaringizni qaysi yerda soʻzlarsiz? Berlindami va yo Lundundami, oʻzingizni zan etursiz... aqlingiz qaysi yerda? — deb erdimki, A. afandining chehralari burishib, achigʻlari birlan mangʻa qarab:
— San yoshsan, hali sangʻa gap tushgʻani yoʻq, — deb erdilar, man javoban:
—Afandim? Bu vaqtda yoshgʻa qaramaydi, har bir kishi fikr, akd, zehn, xizmat, hamiyatgʻa qarab qolgʻondir.

Ziyolilar ham A. afandining soʻzlarina gʻoyat daraja mukaddir boʻldilar. Vujudlari titramakgʻa boshladi. Mani ham hamiyatim qaynay boshladi va ziyolilargʻa qarshi:
— Ajabo! Bizlar oʻn-oʻn besh kishi ittifoq etib, shu yetim bolani tarbiya qilsak boʻlmaydimi? — dedigim vaqtda N. va Y. afandilar masrur boʻlib qabul etgʻan kabi boshlarini qimildotdilar-da, soʻngra shuni ilova etdilar:
— Soʻzladigʻingʻiz toʻgʻri, ammo A. afandi kelsunlar, soʻngra muzokara etamiz.

Bu soʻzlarina qarshi A. afandi gʻoyat vahshiyona bir nazar birlan:
— Sizlar oʻzingʻizni ziyoliman deysizlar, ammo ... qilgʻon ishlaringʻiz hech biri ziyolilarning ishlarigʻa oʻxshamaydi?

Faqir A. afandining bu soʻzlarina gʻoyat daraja xafa boʻlib, shundogʻ dedim:
— Demak, sizning zaningʻizcha, ziyoli boʻlmak uchun hamiyat-siz, rahimsiz oʻlmak lozimdirmi?.. Agarda ziyoli boʻlmak uchun shu shart lozim esa, balki, sizni ziyoli oʻlmoqingʻiz lozimdir. Bizning zanimizgʻa ziyoli oʻlmak gʻoyat mushkul bir narsadir. Ziyoli Millat, Vatan nima edigʻini bilur va ziyoli millat uchun jonini, molini fido etar va mil-latning taraqqiysi uchun doimo harakat etar. Vaqti kelgʻanda, millat uchun oʻzini halokat vartasina tashlamakgʻa muhayyo boʻlur. Sizning bilmagʻingʻiz lozimdirki, bizning millatimizgʻa sado va soʻz birlan ziyoli nomini olgʻon insonlar lozim emas. Balki, xizmati, harakati, yordami va himmati birlan ziyoli nomini olgʻon insonlar lozimdir. Ioʻq esa, «Millat», «Vatan», «Madaniyat» — shungʻa oʻxshash soʻzlarni bilmak bilan inson ziyoli boʻlmaydir. Agarda shunlarning ma’nisini soʻrar esam, balki bilmasangiz deb erdim, A. afandi gʻoyatda xafa boʻlib, bizdan ajraldilar. Biz ham buni koʻrib, kulib qolduk. Birda qarasam zavolli bola bir devorgʻa suyanmish yotiyur.
— San hozircha borib tur. Erta va yo birisi kun kel. Ul vaqtda sani oʻz yonimizda tarbiya etamiz!
— Rahmat, rahmat, Xudo xayr bersun, — deb ketdi. Bizlar ham ittifoq birlan har birimiz har tarafgʻa, A. afandini holigʻa taassuf etub tarqalduk.

Muharram
«Sadoyi Turkiston» №58, 1915 yil 6 fevral