OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMunavvarqori Abdurashidxonov
Asar nomiDevpechak (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Munavvarqori Abdurashidxonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Devpechak (hikoya)
Munavvarqori Abdurashidxonov

Bir kun bir dehqon sakkiz yoshli oʻgʻlini yetaklab bogʻchasiga kirdi. Bogʻchada olma, nok, shaftoli, oʻrik, anor, anjir ham uzum kabi har turli yemish ogʻochlari yam-yashil boʻlib koʻkargan. Uriklarning dovuchchalari yosh bolalarni qiziqtiradigan bir tusda osilib turgan edi. Ota-bola bogʻchada keza-keza bir yosh oʻrik ogʻochining tagiga yetdilar. Bola qoʻl uzatib, haligi oʻrikdan ikki-uch dona uzib, ogʻziga soldi. Oʻrik dumbul edi. Qars-qurs chaynagandan soʻngra: «Otajon, bu oʻrik qanday chiroylik ham qanday totli!» — dedi. Ota-si: «Oʻgʻlim! Bu oʻrik ogʻochini sen tugʻilgan kunda senga atab ekkan edim. Hozirda bu ham senga oʻxshab, sakkiz yoshga kirdi. Ikkingiz tengsiz, bu kundan boshlab, ogʻochning egasi sen. Sen oʻzing boq, oʻzing sugʻor, yemishlarini istagancha ye, oʻrtoqlaringga ber, nima qilsang, qil!» — dedi.

Bola otasining bu soʻzlariga juda sevindi. Ogochga yaqinroq borib, diqqat bilan qaradi. Ostdan bir oʻt chiqib, ogʻochga chirmasha boshlaganin koʻrdi.
— Otajon, bu qanday oʻt, nima uchun mening oʻrigimga chirmashadir?
— Oʻgʻlim! Bu devpechak degan oʻtdir. Buni tezlik bilan yulib tozalamasa, bir necha kun ichida butun ogʻochni oʻrab olib, darrov quritadir. Bu oʻt uchun ildiz ham kerak emas, ogʻochning bir shoxida ozgina bir boʻlagi qolsa ham oʻsib ketib, butun shoxlarni qoplaydir.
— Boʻlmasa, ertaga kirib bu dushmanni butun ildizlarini yulib, oʻrigimni tozalab qoʻyaman.
— Balli, oʻgʻlim, shunday qil, unutma!

Ota-bola bu suhbatdan soʻng qoʻl ushlashib, bogʻchadan chiqib ketdilar.

Ertasiga bolaning esidan oʻrigi chiqib ketdi. Oradan oʻn besh kun oʻtdi. Bolaning esiga birdan bogʻchadagi oʻrigi va unga chirmashgan devpechak tushdi.Yugurgancha bogʻchaga kirdi, oʻrikning tagiga borib qarasa, allaqachon devpechak oʻrikni butun shoxlarigacha oʻrab olgan, yashil yaproqlarni sargʻaytirgan, totli yemishlarini soʻldirgan edi.