OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMunavvarqori Abdurashidxonov
Asar nomiQanday qullik tushdi? (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Munavvarqori Abdurashidxonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/17
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qanday qullik tushdi? (hikoya)
Munavvarqori Abdurashidxonov

Koʻm-koʻk maysalar, yaxshi sabzalar bilan oʻralgan keng, goʻzal bir qirning ustida bir aygʻir ot yolgʻiz oʻzi oʻtlab yurar edi. Yangi chiqqan yam-yashil, koʻm-koʻk oʻtlarning eng yaxshisini tolalab-tolalab yer edi. Yeb, qorni toʻygandan soʻng u yoq-bu yoqqa oʻynoqlab, kishnab yurar edi. Hech kimni yoniga yoʻlatmas edi. Yollarini yiltillatib yurib, charchagandan keyin, dalaning har xil xush isli chechaklar ochgan tekis yerlariga borib agʻanar edi.

Bir zamon bu yerga bir xoʻkiz kelib qoldi. Dalaning rohat-goʻzalligini koʻrgach, shu yerda qolmoqchi boʻldi. «Dala — keng, tekis, oʻtlar qalin, suvlar tiniq, xuddi togʻlarning tepasidagi yaylovlarga oʻxshaydi, oʻti menga ham yetar, otga ham yetar», deb oʻyladi. Ot buni koʻrib achchigʻi keldi. Quvlab yubormoqchi boʻlib kelgan edi, xoʻkiz suzib, yaqin keltirmadi. Shundan soʻng otga juda alam qilib, odamning yoniga kelib: «Oʻrtoq, shu hoʻkizni qirdan quvlab yuborishga koʻmak qilsang-chi», — dedi. «Tuzuk, sening bu iltimosingni qabul qilib, hoʻkizni quvib yuboraman, ammo tez quvlash uchun sening orqangga egar, ogʻzingga yugan solib, ustingga otlanishim kerak boʻladi. Shunga koʻnasanmi?» — dedi.

Ot bu shartga unadi. Odam egarlab va yuganlab, otni minib olib, qirga chiqdi. Hoʻkiz buni koʻrgandan keyin qirdan qochib ketdi. Hoʻkizdan qutulgach, ot kishiga: «Qani, oʻrtoq, ustimdan tush, egar-yuganingni ol, hoʻkizni haydaganingga rahmat!» — dedi. Kishi otdan tushdi, lekin otning ogʻzidan yuganni olmadi. Buning ustiga oyoqlariga ham kishan soldi. Shu kundan boshlab bir yerga bormoqchi boʻlsa, darrov otning ustiga egar solib, minib boradigan boʻldi. Ot esa odamga qul boʻlib qoldi.