OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMunavvarqori Abdurashidxonov
Asar nomiTugʻishganlik sevgisi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Munavvarqori Abdurashidxonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tugʻishganlik sevgisi (hikoya)
Munavvarqori Abdurashidxonov

Togʻ yaqinida kichik bir qishloq bor edi. Shu qishloqning buzuq bir binosida oʻn uch yoshlik Oyxon otlik bir qiz turar edi.

Oyxonning ota-onasi ocharchilik yilida — bundan toʻrt yil burun oʻlgan edilar. Boyaqish Oyxon besh yoshlik Turdiboy degan ukasi bilan qoʻsh yetim boʻlgan edi. Turdiboyni onasi kabi boqar edi.

Qish chogʻi kelmish, besh haftadan beri qor butun yer yuzini qoplamish va tevarak oppoq qor bilan chulgʻanmish edi. Oyxon onasidan bir necha martaba: «Qish kunlarda boʻrilar och qolsalar, qishloqqa keladilar-da, tomoq izlaydilar», deb eshitgan edi. Faqat bu ham tomoq topmoq uchun tashqariga chiqmoqqa majbur edi.

Bir kun ertalab Oyxon non olmoq uchun bozorga bordi. Non olib, uyiga yaqinlashgan chogʻda qoʻrqinchli tovushlar, ukasining baqirgan-chaqirgan ovozi eshitildi.

Oyxon chopib uyga kirdi. Ukasiga yugurmoqda boʻlgan boʻrini koʻrdi. Bor kuchi bilan borib, ukasini quchoqlab olib, ogʻzi ochiq turgan sandiqqa soldi, chap qoʻli bilan sandiqni bosib turdi.

Oyxon ukasini qutqarmoqdan boshqa bir narsa tushunmas, orqasidan kulib, sevinib kelayotgan beshta boʻrini koʻrmas edi.

Boʻrilar birdan uy ichiga kirdilar-da, Oyxonga yugura boshladilar. Oyxon bor kuchi bilan haydamoq istar edi, lekin boʻrilar har tomondan irillab, yugurushib, tishlab tortishar edilar.

Oyxon tanidan oqqan qon bilan sekin-sekin kuchdan ketib, yiqila boshlaganin anglar-anglamas sandiqdan uzoqlashdi, eshik oldigacha bordi.

Ortiq boʻrilar xursand edilar. Bu gʻayratli qiz eshik oldida kuchdan qolib yiqildi. Och boʻrilar boyaqish qizni yeb bitirdilar.

Bir necha soatdan soʻng uyiga kelgan qishloqliklar koʻrdilarki, Turdiboy sandiqning ichida pish-pish uxlab yotibdir. Bechora Oyxon oʻz jonini sevikli ukasining oʻrniga qurbon qilmishdir.