OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMunavvarqori Abdurashidxonov
Asar nomiYer yuzi
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Munavvarqori Abdurashidxonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm28KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/31
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yer yuzi
Munavvarqori Abdurashidxonov

Makotibi ibtidoiyaning 3—4-sinf shogirdlari uchun moʻ‘tabar kitoblardan intixob etilib, Turkiston shevai turkiyasinda tartib va tahrir oʻlinmish jugʻrofiya risolasi

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

Muqaddima

Janobi Haq ta’oliy hazratlari bizni yerdan yaratmishdur. Chunki bizim tugʻulodurgʻon, oʻsadurgʻon, tiriklik qiladurgʻon ham oʻlgʻondin soʻngra koʻmiladurgʻon oʻrnimiz shul yerdur. Bas, yer bizim onamiz va umrlik vatanimizdur. Bir kishigʻa oʻz uyi va mahallasining ahvolini bilib turmak qanday lozim boʻlsa, umrlik vatan aslisi boʻlgʻon yerning ahvolini bilmak ondan ortugʻroqlozimdur. Lekin bir kishining umri har qancha uzun boʻlsa ham, yer yuzini tamom aylanib, koʻrub bilolmas. Yer yuzidagʻi insonlarni, hayvonlarni, hukumatlarni, shaharlarni, togʻlarni, choʻllarni, dengizlarni, nahrlarni va shulargʻa oʻxshash kerakli narsalarning barchasini koʻrib, bilmak bir kishi uchun mumkin emasdur.

Ammo joʻgʻrofiya ilmini oʻqugʻon kishilar bu narsalarning har birini osonlik ila bilurlar, shul sababli hozirda bolalargʻa joʻgʻrofiya kiritmak, ibtidoiydan boshlab oʻrta va oliy maktablargʻacha dars jadvaligʻa joʻgʻrofiya kiritmak, butun dunyodagʻi madaniy millatlar tarafidan qabul oʻlinmishdir.

Yerning suvrat va harakati

Yer tarbuz yoki apelsingʻa oʻxshash yumaloqdir. Yer hech narsaning[1] ustida turmas, balki Allohi ta’oliyning qudrati ila otilgʻan toʻp zambarakigʻa oʻxshash havo orasida yurub turodir. Yerning ikki xil harakati bor: biri — yumalanish, ikkinchisi — aylanish. Yumalagʻanda[2] arobaning gʻildiragʻigʻa oʻxshab oʻz oʻqining atrofida yumalanur. Va bu harakatni har bir 24 soatda bir marotaba tamom qilur. Bundan bir kecha-kunduz hosil boʻlur. Shul sababli bu harakatni harakati yumiya (kunlik harakat) va harakati mehvariya (oʻq atrofida harakat) derlar.

Aylangʻonda esa quyoshning atrofida aylanur. Bu harakatini 365 kun va olti soatda tamom qilur. Bundan yil hosil boʻlur. Shul sababli bu harakatni harakati sanaviya (yillik harakat) va harakati davriya (aylanma harakat) derlar.

Asbob va atroflarning ismlari

Yerning shakl va suvratini tamoman chizub koʻrsatgʻon narsani kurrai musanna’ (globus) deyilur. Yumaloq qilunmasdan, qogʻoz ustigʻa chizilgʻon boʻlsa, kurrai mastaha deyilur.

Yerni ikki pallaga boʻlib koʻrsatgʻon, qogʻazlarni nisfi kurra (polushariya) deyilur.

Yerni qit’a va mamlakatlargʻa boʻlub, har birini boʻlak-boʻlak koʻrsatgʻan qogʻazlarni xarita (karta) deyilur. Bir necha xaritalarni yigʻub daftar qilingʻon boʻlsa atlas deyilur. Yerning kun botgʻangʻa oʻxshab koʻrungʻon tarafini Gʻarb, kun chiqqangʻa oʻxshab koʻrungʻon tarafini Sharq deyilur. Gʻarbga qarab turgʻon kishining oʻng yogʻini Shimol, soʻl yogʻini Janub deyilur. Gʻarb ila Shimol orasini Gʻarbi shimol, Gʻarb ila Janub orasini Gʻarbi janub, Sharq ila Shimol orasini Sharqi shimol, Sharq ila Janub orasini Sharqi janub deyilur. Xaritalarning ust yogʻi Shimol, ost yogʻi Janub, oʻng yogʻi Sharq, soʻl yogʻi Gʻarb e’tibor qilinmishdur.

Yer yuzi[3]

Yer yuzi suv ila qurugʻliqdan iboratdur. Yer yuzining toʻrtdan bir boʻlagi qurugʻliq va uch boʻlagi suv ila qoplanmishdur. Qurugʻluq besh parchagʻa boʻlinur: Ovrupo, Osiyo, Afriqo, Amriqo, Avstraliyo.

Bularning har birini qit’a deyilur. Bulardan Ovrupo, Osiyo, Afriqo qit’alarini barri a’qiq (eski dunyo) deyilur, Amriqo va eski Avstraliyo qit’alarini barri jadida (yangi dunyo) deyilur.

Barcha yogʻi suv ila oʻralgʻon qurugʻliqni ata (jazira) deyilur. Uch yogʻi suv ila oʻralub, yolgʻiz bir yogʻi qurugʻluqgʻa tutashgʻon joylarni yarim ata (shaba jazira) deyilur.

Yarim ataning qurugʻluqgʻa tutashgʻon tor joyini barzah deyilur. Uchi ingichka boʻlub, suvgʻa uzoyib chiqgʻan joylarni burun deyilur. Yuqori koʻtarulgʻon joylarni baland boʻlsa togʻ, past boʻlsa tepa deyilur. Ustidan doimo tutun, olov chiqib turadurgʻon togʻlarni yonar togʻ (vulqon) deyilur. Suvsiz, tekis joylarni choʻl, ekin oʻsadurgʻon suvluq joylarni dola (uva) deyilur. Togʻ va tepalar ustidagʻi mol oʻtlaydurgʻon tekis joylarni yaylov (qir) deyilur. Ikki togʻ orasidagʻi tor yoʻllarni darband (dara) deyilur. Dengiz, koʻl va nahrlarning boʻylarini sohil deyilur.

Suvlar

Yer yuzini toʻrtdan uch boʻlagini qoplagʻon suvlar avvalo toʻrt qismga boʻlinur: dengiz, koʻl, nahr, oʻqyonus. Oʻqyonus deb butun qurugʻliqni oʻrab olgan shoʻr suvlarni aytilur. Oʻqyonus suvlari beshga boʻlinur: Bahri muhiti kabir, Bahri muhiti atlas, Bahri muhiti hind, Bahri muhiti shimoliy, Bahri muhiti janubiy. Bahri muhiti shimoliy ila Bahri muhiti janubiy doimo muz ila qoplanib turgʻoni uchun Bahri munjamid, ya’ni Muz dengizi deb atalur.

Dengiz deb qurugʻliqning orasigʻa yorib kirgʻon shoʻr suvlarni aytilur. Koʻl deb barcha yogʻi qurugʻliq ila oʻralgʻon suvlarni aytilur. Nahr deb togʻlardagi buloqlardan, qor va yomgʻurlardan paydo boʻlub, bir-birigʻa qoʻshilub, zoʻray-gʻan suvlarni aytilur. Nahrlar koʻllargʻa va dengizlargʻa borib quyulodurlar. Nahrlarning chiqodurgʻon yerlarin manba’, borib quyadurgʻon yerlarin mansub deyilur. Ikki dengizning bir-birigʻa qoʻshiladurgʻon tor joylarini boʻgʻoz deyilur. Inson kuchila qozilgʻon boʻgʻozlarni qanol deyilur. Qurugʻliq orasigʻa suqulib kirgʻon suvlarni koʻrfaz deyilur. Paraxoʻdlar kirib turadurgʻon koʻrfazlarni liman deyilur.

Ovrupo qit’asi

Ovrupo qit’asi Osiyoning gʻarb tarafida, Afriqoning shimol tarafida voqe’ ulugʻ bir yarim atadur. Bu qit’aning shimol tarafi butun Bahri munjamid, shimoli sharq tarafi Oʻrol togʻlari, Urol nahri, Bahri Hazar (Kaspiy dengizi) janub tarafi Qofqoz togʻlari, Bahri siyoh (Qora dengiz), Istanbul boʻgʻozi, Marmara dengizi, Dardanel (Chanoq qal’a) boʻgʻozi, Bahri safid (Oq dengiz), Sipta (Jabali toriq) boʻgʻozi, gʻarb tarafi butun Bahri muhiti atlas ila oʻralmishdir.

Ovrupo qit’asi boshqa qit’alarning kichigi boʻlsa ham, oʻzining obodliligi va xalqining maorif, hunar, sanoat, tijorat, ziroat va siyosatdagʻi taraqqiysigʻa qaragʻanda, eng birinchisi va hokimidir. Kengligi 180 ming murabba’ mil boʻlib, toʻrt yuz (400) milyongʻa yaqin aholisi vordur. Aholisining barchasi oq jinsdan boʻlub, 25 milyonchasi musulmon, qolgʻonlari xristian va bir oz yahudiydur.

Yer yuzidagʻi eng zoʻr hukumatlar, madrasa va dorilfununlar, fabrik va zavudlar, temir yoʻl va paraxoʻdlar, shahar va mamlakatlar jumlasi bu qit’adadur. Ovruponing havosi yaxshi boʻlub, yerida har xil meva va ekinlar yetishodur. Yer ostidan oltun, kumush, temir, koʻmir kabi har xil foydalik konlar chiqodur. Atrofi kirgʻan-chiqgʻan boʻlib, ata va yarim atalari, koʻrfaz va limanlari, dengiz va boʻgʻozlari, koʻl va nahrlari koʻpdir. Ovrupoda katta-kichik 21 mamlakat vordur. Hukumatlarning beshi shimoliy Ovrupoda, oltisi oʻrta Ovrupoda va oʻni janubiy Ovrupodadurlar. Shimoldagʻi hukumatlardan birinchisi ham kattasi Rusiya imperatoʻrligʻidur.

Rusiya imperatoʻrligʻi

Rusiya mamlakati yerining kengligʻi jihatidan yer yuzidagʻi mamlakatlarning (Anglatardan soʻngra) eng ulugʻidir. Ovruponing yarmidan koʻprogʻi, Osiyoning uchdan biri Rusiya mulkidir. Bungʻa qaragʻanda Rusiya hukumati butun yer yuzining (taqriban) oltidan bir boʻlagida hokimdur.

Rusiyaning Ovrupodagʻi yerini Ovrupoyi Rusiy deyilur. Osiyodagʻi yerini Osiyoi Rusiy deyilur. Ovrupoyi Rusiyning shimol tarafi Bahri munjamid, shimoli sharq tarafi Oʻrol togʻlari, Oʻrol nahri va Bahri Hazar, janub tarafi Qofqoz togʻlari, Qora dengiz, Tuna shahri, Rumoniya hukumati, gʻarb tarafi Avstriyo hukumati, Germoniya (Olmoniyo) hukumati, Boltiq dengizi, Isvech, Nurvej hukumatidur. Kengligʻi (100000) yuz ming murabba’ mildur. Aholisi yuz oʻn milyoncha boʻlub, toʻqson (90) milyoni ruslar, qolgʻonlari musulmon, polyak, yahudiy, armani kabi turli millatlardan iboratdur.

Dengiz, koʻrfaz, koʻl va nahrlari

Ovrupoyi Rusiyning shimol tarafida Bahri munjamidi shimoliy va bundan paydo boʻlgʻon Abiz dengizi ham Pechuro va shimoliy Ruyna nahrlari vor. Pechuro Bahri munjamidi shimoliygʻa, shimoliy Ruyna Abiz[4] dengizigʻa quyilur.

Gʻarb tarafida Boltiqdengizi va bundan chiqgʻon Butani, Finlanda va Rigʻa koʻrfazlari ham Neva va gʻarbiy Ruyna nahrlari vor. Neva nahri Finlanda koʻrfazina, gʻarbiy Ruyna Rigʻa koʻrfazina quyiladur. Janub tarafinda Qora dengiz va bundan paydo boʻlgʻon Azoq dengizi ham Doʻn, Dnepr va Dnestr nahrlari vor. Doʻn nahri Azoq dengizina, Dnepr va Dnestr nahrlari Qora dengizga quyilodur. Sharq tarafinda Bahri hazar va bungʻa quyiladurgʻon Volgʻa ham Oʻrol nahrlari vor.

Idora va shaharlari

Rusiya hukumati yerining kengligi, aholisining koʻpligʻi va quvvai askariyasigʻa qaragʻanda Ovrupo hukumatlari orasinda birinchi darajada hisob qilinsa ham, mamlakatining obodligʻi va aholisining ilm-ma’rifat, hunar va sanoatdagi taraqqiysigʻa 3-nchi darajada sanolur.

Mamlakat nizomlarini qaramak uchun Gosudarstvenniy duma (Majlisi mab’uson) va Gosudarstvenniy sovet (Majlisi a’yon) ismli mahkamalari vor. Bunga qaragʻanda idorasi mashrutadur.

Rusiya hukumat tili ruscha, hukumat mazhabi provaslavniydur. Shunday boʻlsa ham islom, yahudiy, ma’jusiy, qatoʻlik, luteran mazhablari ila amal qilgʻuvchilar, turkcha, forscha, polakcha, armanicha kabi har xil tillar ila soʻylashadurgʻon kishilar koʻpdur. Bahri munjamidi shimoliydagʻi «Zombili jadid», Qoʻlquef va Vaygʻach atalari ham Rusiyagʻa tobe’dur.

Rusiya imperatoʻrligʻining poytaxti Petrogʻrad shahridur. Bu shaharni 1703 yilda Pyotr Velikiy Finlanda koʻrfazigʻa yaqin yerida Neva shahrining boʻyigʻa bino qilmishdur. Shul sababli tijorat va askariy jihatdan Rusiyaning birinchi shahridur. Bir yarim milyon aholisi vordur. Rusiyaning eski poytaxti Maskov shahridur. Bu shaharning aholisi bir milyon olti yuz ming boʻlub, tijorat va sanoat jihatincha Petrogʻraddan qolishmaydur. Bulardan soʻngra Varshava, Kief, Xarkuf shaharlari, Qora dengiz boʻynida Adesa ham Sevastopoʻl shaharlari, Doʻn nahri boʻyinda Rostoʻf shahri va Voʻlgʻa nahri boʻyinda Astraxan, Saratov, Samara, Simbir, Qozon, Yekatirinburgʻ, Kostroʻma va Yaroslav shaharlari, Oʻrol nahri boʻyinda Oʻrenburgʻ shah-ri, shimoliy Ruyno boʻyinda Arxangelski ham Volugʻda shaharlari mashhurdir.

Finlanda

Ovrupoyi Rusiyning shimoliy qismida, Boltiq dengizi sohilida muxtoriyat[5] (avtonomiya) bir viloyatdir. Hozircha bu mamlakatning oʻziga maxsus temir yoʻllari, paraxoʻd va dorilfununlari, telegʻrom va telefunlari, oʻz ismigʻa yasagʻon chaqa tangalari va mamlakatni idora qiladurgʻon majlisi mab’usonlari (seymolari) vordur. Butun mamlakatning kulli idoralari oʻz qoʻl va ixtiyorlarindadur. Markaz idorasi Gʻelsinforgʻs shahri boʻlib, Viborgʻ, Obo shaharlari mashhur shaharlardur. Aholisi fin va shvedlar boʻlub, barchasi 2 milyondur. Maorif va madaniyat jihatidan ruslardan qolishmaylar, balki ba’zi axloq-odob xususlaridan necha martaba ortuqdurlar. Mazhablari luteran.

Isvech-Nurvej qirolligʻlari

Shimoliy Ovrupodagʻi hukumatlarning ikkinchisi Isvech (Shvetsiya), uchinchisi Nurvej (Norvegiya) qirolligʻlaridur. Bu hukumatlar Isqandinaviyo yarim atasinda boʻlub, shimoliy tarafi Bahri munjamidi shimoliy, gʻarb tarafi — Bahri muhiti atlas, janub tarafi — Sund boʻgʻozi, Ysqajaroh boʻgʻozi va Boltiq dengizi, sharq tarafi — Boltiq dengizi va Rusiya hukumati ila oʻrolmishdur.

Avvalda Isvech va Nurvej bir hukumat boʻlsa ham, hozir bir-birisidan tamom ayrilgʻon va har birining oʻziga maxsus majlisi mab’usoni ham qiroli vor. Isvechning aholisi 4 milyoncha boʻlib, poytaxti Istuqulm shahridur. Nurvejning aholisi 3 milyoncha boʻlub, poytaxti Xristoniyo shahridur. Mashhur shaharlari: Gʻutburgʻ, Malmu, Vopsa shaharlaridur. Ikkisining idorasi ham mashruta. Mazhabi — protestant vatili shvedchadur. Mashhur Isqandinaviyo togʻlari ila Vinar, Vitar va Mular koʻllari bu mamlakatdadur.

Angltara qirolligʻi[6]

Shimoliy Ovrupodagʻi hukumatlarningtoʻrtinchisi Angltara qirolligʻidur. Bu mamlakat Bahri muhiti atlasda Britaniyo, Irlandiyo va Shotlandiyo kabi bir necha atalardan iboratdur. Aholisi 42 milyon boʻlub, aksari protestant mazhabi ila amal qilur. Poytaxti Loʻndoʻn shahridur. Mashhur shaharlari: Liverpul, Bermingem, Gʻlasqu va Dublin shaharlaridur. Idorasi: mashruta, tili inglizchadur. Oq dengizdagʻi Malta va Qibris atalari ham Angltaragʻa tobe’dur. Mashhur Tayms nahri bu mamlakatda, Loʻndoʻn shah-ridan oʻtadur.

Donimarqa qirolligʻi

Shimoliy Ovrupodagʻi hukumatlarning beshinchisi Donimarqa (Daniya) qirolligʻidur. Bu mamlakat Boltiq va shimol dengizlari orasinda Islanda, Fivniy, Lolanda, Folstr, Burnhoʻlm ismlik bir necha atalar ila Joʻklanda yarim atasindan iboratdur. Aholisi ikki yarim milyoncha (2500000) boʻlib, aksari protestant mazhabindadur.

Poytaxti Islanda[7] atasinda Koʻpenxogʻ shahridur. Mashhur shaharlari: Alsinur, Avdonis, Gʻorxus, Viburgʻ va Olburgʻ shaharlaridur. Idorasi mashrutadur. Bahri muhiti atlas ila Bahri munjamidi shimoliy orasindagʻi Islanda atasi ham bu hukumatgʻa tobe’dur. Mashhur Haqla yonar togʻi (vulqoni) Islanda atasindadur.

Olmoniya imperatoʻrligʻi

Oʻrta Ovrupodagʻi hukumatlarning birinchisi Olmoniya (Germaniya) imperatoʻrligʻidur. Bu hukumatning shimoliy tarafi Shimol dengizi, Donimarqa hukumati va Boltiq dengizi, sharq tarafi Rusiya hukumati va janub tarafi Avstriya va Isvechra hukumatlari, gʻarb tarafi Fransiya, Belchiqo va Flamang hukumatlaridur. Aholisi oltmish milyoncha (60000000) boʻlub, aksari katoʻlik va protestant mazhablarindandur. Poytaxti Berlin shahridur. Mashhur shaharlari: Franqfurt, Miyunxin, Shtutxardt, Darmshtatd va Hamburgʻ shaharlaridur. Idorasi mashrutadur, tili nemischadur. Olmoniyaning janubida mashhur Kira oʻrmon togʻlari va bu togʻlardan chiqub, Qora dengizgʻa quyiladurgʻon mashhur Tuna — Dunay nahri vordur. Shimol tarafinda Boltiq dengizina quyiladurgʻon Visla va Oder nahrlari, shimol dengizina quyiladurgʻon Elba, Vizir nahrlari vordur.

Fransiya jumhuriyati

2 nchisi Fransiya jumhuriyatidur. Bu mamlakat shimoliy tarafi Shimol dengizi, Podokla boʻgʻozi va Mansh dengizi, gʻarb tarafi Bahri muhiti atlas, Gʻosqoniya (Bosqoy) koʻrfazi, janub tarafi: Fransiyani Ispaniyadan ayirgʻan Pirana togʻlari, Oq dengiz, sharq tarafi Italiyo, Isvechra, Olmoniyo va Belchiqo hukumatlaridur. Aholisi 39 milyoncha boʻlub, katoʻlik mazhabigʻa amal qilurlar.

Poytaxti Parij[8]. Mashhur shaharlari: Lion, Boʻrdu, Marseliyo, Sharburgʻ, Hovr, Kola va Ruan shaharlaridur. Idorasi: jumhuriyat, tili fransuzchadur[9].

Oq dengizdagʻi Koʻrsika atasi Bahri muhiti atlasida Olorun, Rey, Xilil, Gʻurdo, Sen va Udasason atalari Fransiyagʻa tobe’dur. Fransiyadan chiqub, Parijdan oʻtaturgʻon mashhur Sen nahri Mansh dengizina quyiladur. Lura, Jirando nahrlari Gʻosqoniyo koʻrfazina, Runa nahri Oq dengizdagʻi Lion koʻrfazina quyiladur.

Flamang qirolligʻi

3 nchisi Flamang (Hoʻllanda) qirolligʻidur. Bu mamlakatning shimoli gʻarb taraflari Shimol dengizi, janub tarafi Belchiqo va sharq tarafi Olmoniyo hukumatlaridur. Aholisi olti milyoncha boʻlib, poytaxti Amsterdam[10] shahridur. Mashhur shaharlari: Lahi, ya’ni Gʻagʻa, Luvardan (Zul), Utraxt, Harlem va Roterdam shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili nemischa va fransuzchadur. Bu mamlakatda ilm va hunar nihoyatda taraqqiy uchun aholisi koʻp boydur. Shimol dengizidan paydo boʻlgʻon Zuydrza koʻrfazi vor. Reyn va Muz nahrlari bu mamlakatdan bir necha qismgʻa boʻlinub oʻtub, shimol dengizina quyiladur.

Belchiqo qirolligʻi

4 nchisi Belchiqo (Belgiya) qirolligidur. Bu mamlakatning shimol tarafi Flamang hukumati, gʻarb tarafi Shimol dengizi, janub tarafi Fransiya va sharq tarafi Olmoniyo hukumatlaridur.

Aholisi yetti milyoncha boʻlub, protestant mazhabindadur. Poytaxti Bruksil (Bryussel) shahridur. Mashhur shaharlari: Muns, Anvars, Gʻand, Bruj, Nomur, Orliun, Liyoj va Xaslat shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili fransuzchadir. Bu mamlakatda temir va koʻmir konlari nihoyatda koʻpdur. Janub tarafida Ordan togʻlari vor. Fransiyadan chiqadurgʻon Isqut va Muz nahrlari bu mamlakatdan oʻtibdur. Temir yoʻlining koʻpligʻi va aholisining ilm va hunari soyasinda nihoyatda boy mamlakatlardandur. Bu mamlakatni hozirda Germaniya hukumati olub va qanchalar idora qilib turibdur.

Avstriyo va Mojariston

5 nchisi Avstriyo va Mojariston imperatoʻrligʻidur. Avstriyo va Mojariston (Vengriya) ikkisi boʻlak-boʻlak, ikki mamlakat boʻlsa ham, bir podshohga tobe’ boʻlgʻonligʻi uchun bir hukumat sanaladur. Podshohlari Avstriyo imperatoʻri va Mojariston qiroli deb ataladur.

Bu mamlakatning shimol tarafi Olmoniya va Rusiya hukumatlari, sharq tarafi Rusiya va Rumoniyo hukumatlari, janub tarafi Rumoniyo, Serbiyo va Qoratogʻ hukumatlari ila Adriatik dengizi, gʻarb tarafi Isvechra va Olmoniyo hukumatlaridur. Turkiyadan olingʻon Boʻsna — Hertsogʻovinya davlati ham qoʻshilgʻon holda, aholisi 47 milyoncha boʻlub, aksari katoʻlik, qolgʻonlari protestant, pravoslav, musulmon, yahudiy mazhablarindadur.

Poytaxti Vena shahridur. Mashhur shaharlari: Budapeshta, Praga, Trupod, Purnu, Qrakoʻv, Triyista, Zora, Leybax, Gʻrach shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili nemischa va mojarchadur. Mashhur Alp va Qorpot togʻlari, Platin va Nuzidil koʻllari, Boltiq dengizigʻa quyiladurgʻon Tavna va Dnistr nahrlari jumlasi bu mamlakatdadur. Avstriyo hukumati Ovrupoda eng kuchlik va nufuzliq hukumatlar qatoridan sanalur.

Isvechra (Shvetsariya) jumhuriyati

6 nchisi Isvechra jumhuriyatidur. Bu mamlakatning shi-mol tarafi Olmoniyo, sharq tarafi Avstriyo, janub tarafi Italiyo, gʻarb tarafi Fransiya hukumatlaridur. Aholisi uch yarim milyoncha boʻlub, aksari protestant va qolgʻonlari katoʻlik mazhabidadur. Poytaxti Bern shahridur. Mashhur shaharlari: Jeneva, Luzanna, Pozl, Syurix, Argʻu va Svin shaharlaridur. Idorasi jumhuriyat boʻlub, koʻp xalqi fransuzcha, italyoncha tillar ila soʻylashurlar. Isvechrani Fransiyadan Jura togʻlari ila Jeneva koʻli ayiradur. Italiyodan Alp togʻlari ila Mojur va Lugʻonu koʻllari ayiradur. Isvechrada bulardan boshqa Zura, Nufshatl, Lusirna va Mojur ismli mashhur koʻllari, Tu, Run, Eys, Tiss ismlik nahrlari, turli qaynar buloqlar, xushhavo togʻ va tepalar nihoyatda koʻpdir. Shul sababli yoz faslida har tarafdan koʻp sayyohlar kelub istirohat qilurlar.

Poʻrtigiz jumhuriyati

1. Janubiy Ovrupodagʻi hukumatlarning birinchisi Poʻrtigiz (Portugaliya) jumhuriyatidir. Bu mamlakatning shimoli va sharq taraflari Ispaniyo mamlakatigʻa yopishgʻon boʻlib, gʻarb va janub taraflari Bahri muhiti atlas ila oʻralmishdur. Aholisi besh milyoncha boʻlub, mazhablari katoʻlik. Idorasi jumhuriyatdir. Poytaxti Lizbon (Lissabon) shahridur. Mashhur shaharlari: Poʻrtu, Brigʻansa, Avvara, Foru shaharlaridur. Ispaniyodan chiqadurgʻon Minhu, Duru, Toj va Vadiy algʻana nahrlari bu mamlakatdan oʻtub, Bahri muhiti atlasgʻa quyiladur. Bahri muhiti atlasdagʻi Osu va Modara atalari bu mamlakatgʻa tobe’dur. Avvallari bu mamlakat arablar idorasida edi.

Ispaniyo qirolligʻi

2 nchisi Ispaniyo qirolligʻidur. Bu mamlakatning shimol tarafigʻa Gʻosqoniya koʻrfazi, Fransiya hukumati, sharq tarafi Oq dengiz, Sipta boʻgʻozi va Bahri muhiti atlas, Gʻarb tarafi Poʻrtugʻaliyo hukumati va Bahri muhiti atlas ila oʻralmishdur. Aholisi oʻn sakkiz milyondan ziyoda boʻlub, katoʻlik mazhabidadur. Idorasi mashruta, tili ispancha, poytaxti Madrid shahridur. Mashhur shaharlari: Barsiluna, Valensiyo, Kastiliyo, Kordova, Silviyo va Gʻirnota shaharlaridur. Oqdengizdagi Minoʻrqa va Mayoʻrqa atalari ham bu mamlakatga tobe’dur. Bu mamlakatning ismi avvallardan Andalus boʻlib, arablar idorasida edi. Arablardan qolgʻon mashhur asarlardan Silviyo shahrinda «Al-qasir» saroyi, Gʻirnota shahrinda «Al-Hamro» va «Al-Bayzo» saroylari va Koʻrdoʻva (Qurtuba) shahrida «Jome’ al-Kabir» masjidi va «Madinatul-Zahro» saroyi hozirda ham bordur. «Jome’ al-Kabir» masjidi alhol kalisogʻa aylan-tirilgʻanmishdir. Ispaniyoda Taxo, Duero, Vadiy algʻana nahrlaridan boshqa Vadiy al-Kabir ismlik mashhur bir nahr boʻlub, Bahri muhiti atlasgʻa quyiladur.

Italiyo qirolligʻi

3 nchisi Italiyo qirolligʻidur. Bu mamlakatning janubida gʻarbi shimolidan sharqi janubigʻa qarab uzaygʻon bir yarim ata ila Sardiniyo, Sijiliyo, Alba va Lepari ismlik bir necha atalardan iboratdur. Shimoli Fransiya, Isvechra, Avstriyo hukumatlaridan Alp togʻlari ila ayrilmishdur. Sharqi janub, gʻarb taraflari esa Vandik koʻrfazi, Adriatiq dengizi, Tarn koʻrfazi, Yunon dengizi, Oq dengiz, Tiranin dengizi va Januh koʻrfazi ila oʻralmishdur. Aholisi 35 milyoncha boʻlub, katoʻlik mazhabindadur. Poytaxti Rumo[11] shahridur. Mashhur shaharlari: Turino, Milan, Vandik, Florinsa va Niapol shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili italyonchadur. Alp togʻlaridan chiqub, Adriatiq dengizina quyiladurgʻon Po nahri ila Rumo shah-rining yonidan oʻtub, Oq dengizgʻa quyiladurgʻon Tibr va Arnu nahrlari va ham mashhur Vezu va Etna yonar togʻlari[12] Italiyodadur. Shimol tarafida Mojor, Qayu va Gʻordoʻ ismlik koʻllar vor. Oʻrtasida Perujiyo, Pulsano va Fuchino ismli koʻllari vor[13]. Sijiliya atasini Italiyodan Musino boʻgʻozi va Sardiniyo atasini Bunifachio boʻgʻozi ayiradur.

Serbiston qirolligʻi

4 nchisi Serbiston (Serbiya) qirolligʻidur. Bu mamlakatning shimol tarafi Avstriyo, sharq tarafi Rumoniyo va Bulgʻoriyo, janub tarafi Yunoniston, gʻarb tarafi Albaniyo, Qoratogʻ va Avstriyo mamlakatlari ila oʻralmishdur. Poytaxti Belgʻrad shahridur. Mashhur shaharlari: Samandra, Aliksinoch va Zaychar shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili serbchadur.

Qoratogʻ qirolligʻi

5 nchisi Qoratogʻ qirolligʻidur. Bu mamlakat Adriatiq dengizi boʻyinda, Serbiyoning gʻarbinda, Avstriyoning janubida, Albaniyoning shimolida kichkinagʻina bir hukumatdur. Aholisi uch milyoncha, mazhabi pravoslav, idorasi mashruta, poytaxti Chatina shahridur. Dengiz boʻiida Boʻr ismlik mashhur shaharlari ham vor.

Arnovud (Albaniya) hukumati

6 nchisi Arnovud (Albaniya) hukumatidur. Bu mamlakat Adriatiq dengizi boʻyicha Qoratogʻ, Serbiston va Yunoniston mamlakatlari orasinda yangigʻina yasalgʻon[14] bir islom hukumatidur. Aholisi bir yarim milyondan ziyodroh boʻlub, aksari islom mazhabidadur. Poytaxti — Durasti va mashhur shaharlari Ishqudra, Ufrida va Avluniya shaharlaridur.

Rumoniyo qirolligʻi

7 nchisi Rumoniyo qirolligʻidur. Bu mamlakat shimoldan Avstriyo, sharqdan Rusiyo, Qora dengiz va gʻarb tarafidan Serbiyo hukumatlari ila oʻralmishdir. Aholisi olti yarim milyoncha boʻlub, aksari provaslav mazhabidadur. Poytaxti Buxarist (Bukrash) shahridur. Mashhur shaharlari: Yash, Tulja, Yirkuki, Kustancha, Silastra va Abrail shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili ruminchadur.

Turkiya imperatoʻrligʻi

8 nchisi Turkiya imperatoʻrligʻidur. Turkiya hukumatining eng koʻp yeri Osiyodadur. Ovrupodagʻi yerini Ovrupoyi Usmoniy, Osiyodagʻi yerini Osiyoyi Usmoniy[15] deyilur. Ovrupoyi Usmoniy shimoldan Bulgʻoriyo, sharqdan Qora dengiz, Istanbul boʻgʻozi, janubdan Marmara dengizi, Chanoq qala (Dardonil) boʻgʻozi va gʻarb tarafidan Atalar dengizi va Bulgʻoriyo mamlakati ila oʻralmishdur. Turkiyaning Ovrupodagʻi aholisi uch yarim milyoncha boʻlub, aksari musulmondur. Poytaxti Istanbul va Ovrupodagʻi mashhur shaharlari: Adirno, Qirq kaliso va Charkoskuy shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili turkchadur. Turkiya imperatoʻri siyosiy jihatdan «Sulton» va diniy jihatdan «Xalifa» atalur.

Bulgʻoriyo qirolligʻi

9 nchisi Bulgʻoriyo qirolligʻidur. Bu mamlakat shimoldan Rumoniyo, sharqdan Qora dengiz, janubdan Turkiya, Atalar dengizi, Yunoniston va gʻarbdan Serbiyo mamlakatlari ila oʻrolmishdur. Aholisi uch yarim milyoncha boʻlub, aksari provaslav mazhabidadur. Poytaxti Soʻfiyo. Mashhur shaharlari: Ruschik, Vana, Burgʻos va Filba shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili bulgʻorchadur[16].

Yunoniston qirolligʻi

10 nchisi Yunoniston (Gretsiya) qirolligʻidur. Bu mamlakat Ovruponing eng janubida boʻlub, shimol tarafi Bulgʻoriyo, Serbiyo va Albaniyo hukumatlari, janub va gʻarb taraflari Atalar dengizi, Oq dengiz, Yunon dengizi ila oʻrolmishdur. Aholisi 6 milyoncha boʻlub, aksari provaslav mazhabidadur. Poytaxti Afina (Otina) shahridur. Mashhur shaharlari: Pera, Larisa, Tarxoʻla, Gʻlus, Gʻordicha, Foʻrsala va Saloʻnik shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili yunonchadur. Atalar dengizidagʻi va Yunon dengizidagʻi koʻp atalar ila mashhur Grid atasi Yunonistonga tobe’dur.

Kichkina hukumatlar

Yuqorida zikr oʻlinmish 20 hukumatdan boshqa Ovrupoda yana besh adad kichkina hukumatlar vor. Birinchisi Avstriya ila Isvechra orasinda Lixtinshtiyn prinsligʻi boʻlib, aholisi 9.500, markaz idorasi Vadus qaryasidur. Ikkinchisi Monaku prinsligʻi boʻlub, aholisi 13 ming, markaz idorasi Monaku shaharidur. Uchinchisi Piranda togʻlari orasinda, Andur qaryasidur. Toʻrtinchisi Italiyada, San-Marina hukumati boʻlub, aholisi 8 mingdur. Marina hukumati Ovruponing eng eski hukumatlaridandur. Beshinchisi Fransiya, Belchiqo va Germaniya hukumatlari orasinda Lyuksimburgʻ duqaligʻidur (gertsoglik). Aholisi 31 ming boʻlub, markazi Lyuksimburgʻ shahridur.


  1. Bu oʻrinda shogirdlargʻa yerning dumaloqligʻini daloil naqliyasini bayon etmak lozimdir.
  2. Olmagʻa oʻxshash bir narsani yerdan yumalatib hamda dumidan ip bogʻlab, boshdan aylantirib koʻrsatmak va ul narsani chiroqgʻa oʻxshash bir narsagʻa ul bir tarafini, soʻngra aylantirib ikkinchi nimarsani tutib, kecha va kunduz husulini tushuntirmak muallim afandilarning vazifalaridur.
  3. Axtar: ushbu darsning har birini xarita, kurrai musannalardan, rasmlardan koʻrsatib oʻqutmak va har bir jumlasina durust savol qoʻyib soʻramak muallim afandilargʻa muhavvaldur.
  4. Abiz— Barents dengizi (S. A.)
  5. Bir mamlakat ikkinchi bir hukumatning qoʻlida boʻlib, barcha doxiliy ishlari ul mamlakatni oʻz ahllari qoʻligʻa topshurulsa, shunday mamlakatni muxtoriyatli, avtonomiyali deyilur.
  6. Angltara hukumati mamlakatining kengligʻi va aholisining koʻpligʻi urush va suro poraxoʻdlarining koʻpligʻi ila dunyoning eng ulugʻ va zoʻr hukumatidur. Besh qit’aning har birida mustamlakasi vor. Butun aholisi 400 milyonchadur. Loʻndoʻn shahri dunyoning eng ulugʻ shahridur. Aholisi 5,5 milyondur.
  7. Islanda — muz yerlari degan soʻzdir. Haqiqatdan Islanda atasi muz boʻlub, dunyoning eng sovuq mamlakatlaridandur. Yonar togʻlari, issiq buloqlari koʻpdur. Kengligʻi Daniyadan katta boʻlsa ham, aholisi yuz mingdan ortmaydur.
  8. Parij shahri eng ziynatli va chiroyli shahrdur
  9. Fransuzcha til butun dunyoga yoyilib, umumiy til hukminda kirmishdir.
  10. Amsterdam shahri Flamang hukumatining asl poytaxti boʻlsa ham, qirollari koʻp vaqt Lahi shahrinda turgʻanligʻi uchun bu ham poytaxt e’tibor qilinur. Atama munqism boʻlub, bu atalar bir-birina 290 koʻprik ila tutashirilmishdur.
  11. Katolik mazhabining boshligʻi papa Rumo shahrida turodur.
  12. Vezuviy yonar togʻlari Italiyoda Neapol yaqinida boʻlub, Etna yonar togʻi Sijiliyo atasidur.
  13. Italiyo koʻl va nahrlarining koʻpligʻi soyasinda Ovruponing eng manbat va mar’i mamlakatlaridan hisoblanadur.
  14. Serbiston va Qrratogʻ hukumatlarining ba’zi joylari hozirda Avstriyo hukumati tarafidan zabt va xarob qilinmishdur.
  15. Turkiya hukumatini eng avval yasagʻon kishining ismi Usmon boʻlgʻon-ligʻi uchun bu hukumat Usmoniy hukumati atalur.