OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMurod Joʻra
Asar nomi«He... bratishka, qalaysan?»
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Murod Joʻra
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«He... bratishka, qalaysan?»
Murod Joʻra

Yoki bugungi sotilayotgan daftarlarning ahvoliga nazar

Yangi oʻquv yili arafasida zarurat tufayli Toshkentga borishga toʻgʻri keldi. «Qoʻyliq» buyum bozori tashqarisidagi maydonchada «Maktab bozori» tashkil etilibdi. Gʻoyat aqlli tadbir boʻlibdi. Kuniga bozorga kelib ketuvchi minglab, ehtimol oʻn minglab xaridorlar maktabga boradigan bolalari uchun uyga qaytayotib shu yerning oʻzidayoq maktabga zarur narsalarni xarid qilinyapti.

Rang-barang bezatilgan kitob-daftaru qalam-ruchkalarni va boshqa yuzlab nomdagi oʻquv buyumlarini olmasangiz ham qiziqib tomosha qilasiz.

Mening e’tiborimni tortgan narsalar judayam chiroyli ishlangan umumiy daftarlar boʻldi. Muqovasi chet elda chiqarilgan jurnal yoki otkritkani eslatadi. Asosan oʻzimizda, Turkiya va Rossiyada ishlab chiqarilganlari ham bor ekan. «Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan» deb yozilgan umumiy daftarlar muqovasi asosan biz kuniga televizorda bir necha marotaba koʻradigan yoki radiodan ovozini eshitib turuvchi estrada yulduzlarining suratlari bilan bezatilgan. Eng qizigʻi, muqovaning 4-sahifasida siz ushbu estrada qoʻshiqchisini yaxshi tasavvur qilishingiz uchun uning bitta qoʻshigʻi matni ham berilibdi. Jumladan, Sardor Rahimxon, Shohruh va Shahzoda, Sharof Muqimov, Rayxon, yana Shahzoda, Shoxrux...

Hammasi esimga kelmadi. Estrada osmonida paydo boʻlgan, men bilgan va hali bilmagan yulduzlar ham koʻp ekan degan fikr oʻtdi miyamdan.

Ajab emaski, bugun maktabda oʻqiyotgan talabalar orasidan 4-5 yil oʻtib, muqovadagi qoʻshiqlar ta’sirida oʻnlab, balki yuzlab yulduzlar chiqsa.

Sizga ma’lum boʻlsa kerak, biz qoʻshiqni, ayniqsa, estrada kuyiga joʻr boʻlib kuylanayotgan qoʻshiqni ting­layotganimizda qoʻshiq ma’nosiga koʻp-da e’tibor beravermaymiz. Bizni koʻproq musiqa va kuylanayotgan qoʻshiq ohangi jalb etadi. Mana endi umumiy daftar sotib olib, uning muqovasidagi matndan qoʻshiqning nima haqdaligini bemalol oʻqib olish, oʻquvchilar esa uni yodlab olib xirgoyi (darsda emas, albatta, tanaffusda) qilishlari mumkin.

Oʻsha kuni bozorda sotilayotgan umumiy daftar muqovasining soʻnggi betida yuqorida nomlari keltirilgan xonandalarning «Ishonmasman», «Kim, ayt», «Netay», «Yodingdami?» va boshqa qoʻshiqlari berilgan.

Ayrimlari lotin, ba’zilari kirill alifbosida chop etilgan matnlarning shriftlari shu qadar turli-tumanki, birini lupa bilan oʻqish mumkin boʻlsa, boshqa birini koʻzoynaksiz bemalol oʻqisa boʻladi.

Koʻzoynaksiz oʻqisa boʻladigan matnlardan biri Rayhonaning «Yodingdami?» deb nomlangan qoʻshigʻi edi. Garchi, qoʻshiqchining nomi lotincha harflar bilan yozilgan boʻlsa-da, qoʻshiq matni kirill alifbosida yozilgan.

Qiziqib oʻqiy boshladim:

«Ming afsus hamma aytgan
suzlaring
aldab meni sozligicha
qoldi umrbod
shahlo kuzlaring
xayotimni kildilar barbod
Shildiragan tinik
bulokdan men
Seni deb chankoq bosmadim
Aldamagin desalar
yonib karamadim
kuloq osmadim
Yodingdami, tunlarimda
oy bulib mening
Yodingdami, yularimni
yoritmokchi yeding
Yodingdami, kunduzinda
bulib kuyoshim
Yodingdami, jamolimda
xop tuymokchi yeding»

Men toʻrtta verguldan boshqa tinish belgisini topa olmagan, oʻzbekcha h, oʻ, q, e harflarining daragi ham boʻlmagan, imloviy va grammatik xatolar toʻlib ketgan matn bosilgan ushbu daftarni oʻzini bilgan odam maktab ostonasidan ham olib oʻtmasligi kerak deb hisoblayman. Qoʻshiqning mazmuni haqida gapirish esa ezmalik boʻladi, xolos.

Xonanda Shoxrux ijro etgan qoʻshiq matnini oʻqib koʻrdim.

Siz ham bir oʻqib koʻring:

«He Sarvar bratishka qaleysan?

O baratan tinchmi?

O’y salom qani???

Sekin-sekin de oka...»

Xullas, qoʻshiqning qolgan qismida ham bundan aqlliroq (mazmunliroq) gap topa olmaysiz.

Bu umumiy daftarlarni ishlab chiqarganlar nima uchun aynan shu qoʻshiqlarni muqovada chop etishgani meni xoʻp oʻylantirdi. Ammo biror joʻyali sabab topolmadim.

Soʻnggi yillarda ma’naviyat haqida gapiraverib, ushbu soʻzning ham siyqasini chiqarib yubordigov. Ma’naviyat tushunchasini har kim oʻzicha talqin etib, tushuntiradi, izoh beradi. Ammo, negadir hech kim ma’naviyat soʻzining oʻzagi «ma’no» soʻzi ekaniga e’tibor berganini eshitganim yoki oʻqiganim yoʻq. Ehtimol, ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi qoʻshiqlardagi ma’nosizlik, boshqacha aytganda bema’nilikning sababi shudir.

Yuqorida umumiy daftarlarning oʻzimizdan tashqari Rossiya va Turkiyada ishlab chiqarilganini ta’kidlab oʻtgan edim. Rossiyada ishlab chiqarilgan daftarlar muqovasida tabiat manzaralari, sportchilar, texnika vositalari — asosan avtomobillar aks etgan boʻlsa, Turkiyadan keltirilgan umumiy daftarlarda asosan artistlar — Hollivud yulduzlari va oʻzimizning estrada qoʻshiqchilarimizning suratlari bosilgan. Turkiyada tayyorlangan ana shunday umumiy daftarlardan birining muqovasida qoʻshiqchi va akrtisa Britni Spirs surati bosilganki, uni oʻquvchilar odam anatomiyasi darsida koʻrgazmali qoʻllanma sifatida foydalanishsa ham boʻladi.

Maktab bozorida 12 varaqli oddiy oʻquvchilar daftarlari ham sotilayotgan edi. Negadir bu daftarlar Rossiyada, Belorus va Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan, oʻzimizda chiqarilgan 12 varaqli daftarni koʻzim tushmadim. Chetdan keltirilgan oʻquvchilar daftarlarining muqovasi maktab nomi va raqami, sinf oʻquvchisining ismi, familiyasi fan nomi yoziladigan tarzda tayyorlangan boʻlib, muqovaning 4-betida xal­qaro oʻlchov birliklari va karra-karra jadvali berilgan.

Bizning maktablarimizda bu ma’lumotlarga ehtiyoj yoʻqmikin?

Yaqinda bir oshxonada ovqatlanib oʻtirib, qoʻshni stoldagi toʻrtta xoʻrandaning yegan ovqati haqini hisoblay olmay, 2 ta hamkasb dugonasini yordamga chaqirgan ofitsant qizning ahvoli yodimga tushdi. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida «men matematik boʻlarmidim» degan xayolda na koʻpaytirish jadvalini, na qoʻshish, ayirish va boʻlish amallarini oʻrganmagan ofitsant qiz oʻshanda maktabda tuzukroq oʻqimaganiga ich-ichidan afsuslanganiga mening imonim komil edi. Ammo, soʻngi pushaymondan foyda yoʻq-da!

Xullas, bu haqda gapiraman desam, gap keltiraman desam, misol koʻp. Gapni qisqa qilib aytadigan boʻlsam, qilayotgan ayrim ishlarimiz, gapirayotgan gaplarimizga har doim mos emasday, nazarimda.