OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMuxtorali Nosirov
Asar nomi«F.I.Sh.» nima? (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Muxtorali Nosirov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«F.I.Sh.» nima? (hajviya)
Muxtorali Nosirov

Yaqinda ish bilan kattagina muassasaga kirgandim, toʻldirish uchun qoʻlimga qogʻoz («blanka») tutqazishdi. «Xayriyat, oʻzbekcha ekan!» deb xursand boʻlib koʻz tashladi-mu hafsalam pir boʻldi. Boshlanishidayoq katta-katta harflar bilan «F.I.Sh». deb yozib qoʻyishibdi.

«Fish» nima? — soʻradim «blanka» bergan xodimdan.

«Fish» emas, «F.I.Sh.», — dedi u dona-dona qilib.
— Xoʻp, ana, «F.I.Sh. Nima oʻzi u? — takror soʻradim men.
— Ziyoli kishiga oʻxshaysizu shuniyam bilmaysizmi, — ajablandi u. — «F.I.Sh.» bu — «familiyasi, ismi, sharifi» degani-da, axir!
— «Sharifi» degan soʻzning ma’nosi nima? — yana soʻradim men.
— Iya, shuniyam bilmaysizmi, — battarroq ajablandi u. — «Otchestvo»si degani-ku, axir...

Men besh-olti daqiqa vaqtimni sarflab arab tilidan kirib kelgan «sharif»ning oʻris tilidan olingan «otchestvo»ga mutlaqo toʻgʻri kelmasligini tushuntirdim.
— «Otchestvo» — «otets» soʻzidan olingan boʻlib, haqiqatan ham otasini bildiradi. Ammo «sharif» soʻzi otaniyam, boboniyam, katta boboniyam, umuman, naslni bildirmaydi. Bu soʻz sharafli, sharofatli degan ma’noni anglatadi. Oʻtmishda bobolarimiz shu qadar madaniyatli boʻlganlarki, bir-birlariga quruqdan-quruq «Ismingiz nima?» deyish oʻrniga nazokat bilan «Ismi sharifingiz», ya’ni «sharif ismingiz, sharafli ismingiz nima?» deb murojaat qilishgan. Ana endi «F.I.Sh.»ni oʻqib koʻring: «Familiyasi. Ismi. Sharafli». Mazmun qani?

Xodim ziyrakkina ekan, darhol tushundi. Ammo yelkasini uchirib:
— Fikringiz toʻgʻri-ku, lekin... baribir, hamma yoqda shunday yozilyapti-da! — deb qoʻydi.

Oʻsha xodim aytganidek, hamma yerda shunday yozilayaptimi, yoʻqmi — bilmayman, ammo koʻpgina joylarda, hatto ba’zi maqomli idoralarda ham shunday yozilganidan xabarim bor. Har bir soʻzni bilib, oʻrnida ishlatish ona tilimizga boʻlgan hurmat-e’tiborning belgisidir.