OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Nabi Jaloliddin. Bayroq (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNabi Jaloliddin
Asar nomiBayroq (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Nabi Jaloliddin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm20KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/05/22
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bayroq (hikoya)
Nabi Jaloliddin

Bola uyning ostonasiga soʻmkasini tashlab, poyabzaliii yechayotganida hovli tomondan dadasining ovozi eshitildi:
— Botir bolam, senmisan?

Dadasining kayfiyati yaxshi shekilli, chunki yaxshi boʻlsa, uni hozirgiday «Botir bolam» yoxud «Botir bola», deya chaqirish odati bor edi.
— Menman, dada, — deb qoʻydi u ovozi jaranglab.
— Biyaqqa ke! — dedi dadasi erkalovchi ohangda.

Botir uyga kirib, apil-tapil kiyimlarini almashtirdi-da, qaytib chiqdi. Idishdagi suvda qoʻlini chayib, hovlining etagiga qarab yurdi.

Dadasi oʻrtalab qolgan bahorning tanni qoʻydirguvchi oftobidan qochib, hovlining katta bir qismini egallagan ulkan oʻrikning soyasida Toʻlqin choʻloq degan oshnasi bilan gaplashib oʻtirardi. Botir Toʻlqin choʻloqni yaxshi biladi — dadasining sinfdoshi. U asli traktorchi boʻlgan. Bir oyokini traktor bosib qolgach, oyokidan ayrilib, nafaqaga chiqqan, ya’ni ancha-muncha odamning vaqtini oʻldira oladigan gʻirt bekorchi.
— Assalomaleykim, — deya salom bergan Botir avval mehmon, soʻng esa dadasi bilan soʻrashdi.
— Keldingmi, Botir bola? Qani, oʻtir-chi! Qorin ham ochgandir?.. — Dadasi uni yoniga oʻtqazdi. — Ayang enasinikiga ketganida bir maza qivolaylik, oʻgʻlim. Qani, olchi!

Oʻrtadagi ixcham kirchimol dasturxon ustida bahorda ancha tanqis boʻladigan yeguliklar bor edi. Pomidor, bodringlar parrak-parrak qilib toʻgʻralgan, ularning tiniq rangi koʻzni qamashtirardi. Tovoqda esa krvoʻgʻilgan goʻsht. Bahorda bu narsalar falon pul turishini bola boʻlsa ham Botir yaxshi bilardi. Uning ogʻzi suvlanib, yumshoqqina obinonga qoʻl oʻzatdi.
— Sen tortinmay olovur, — deb qoʻydi Toʻlqin choʻloq tili qaltirab. — Goʻshtdan olchi! — u bir boʻlak goʻshtni Botirning oldiga surdi. — Qani, urdik! — dedi dadasi piyolani olarkan.

Ie, araq ichishayotgan ekan-da. Ha, biladi — bu dadasining «ishi». Dadasi shunaqa — bir oyda bir bor, oʻzi aytmoqchi, «boʻshalib, bitini toʻkvoladi». Oʻshandayam koʻcha-poʻchada ichib yurmaydi, hamma narsani sotib oladi-da, Toʻlqin choʻloqnimi yoki boshqa biron dil yaqin oshnasinimi, uyga boshlab keladiyu, bitta-yarimta araq ichishib, mana shunaqa gaplashib oʻtirishadi. Bunday paytda dadasining gapini tinglaguvchi odam topilsa boʻldi, yozilgandan-yoziladi. Toʻlqin choʻloqka oʻxshagan qoʻli yupqa bekorchi uchun esa bu ayni muddao edi, ayniqsa, manavinaqa «ilik oʻzildi» kunlarda haytovur ogʻzini choʻchitvolardi.

Ayasining aytishicha, dadasi asli oʻqimishli odam, «raislarning oʻkishida» (qishloq xoʻjaligi institutida demoqchi) oʻqigan ekan. Avval qolxozda agronom boʻlib ishlagan, keyin-keyin qolxozlardan qoʻr ketib, kun koʻrish ogʻirlashgach, oʻzini bozorga oʻrgan. Ul-bul narsalarni olib-sotib yuradi. Mol bozoriga chiqadi. Uyda esa ikki-uchta boʻrdoqi novvos boqadi. Shuiing orqasidan tirikchiliklari ancha yaxshilapib qolgan.
— Yoshimizam qirqdan oʻtdi, oshna, — deya gapga tushdi dadasi bir boʻlak goʻsht bilan bir parrak pomidorni ogʻziga solib. — Endi manashilarni deb, — u kafti bilan Botirning boshini siladi, — yashaymizakan-da. Ommalekin...

Botir ogʻzini toʻldirib ovqat chaynarkan, beixtiyor dadasiga qaradi.
— Sen qorningni toʻygʻaz, Botir bola — deya bir nafas chalgʻigan dadasi yana gapida davom etdi. — Omma¬lekin bollarimizning tarbiyasi izdan chiqib ketdi. Maktablar aynidi, nimani oʻqityapti, Xudo biladi. Ayniqsa, oʻgʻil bollar bachkanalashib ketyapti. Bu yomon, oshna!.. Qornimiz oldingiga qaraganda xiyla toʻq boʻp qoldi. Endi manavilar haqidayam oʻylashimiz keraq — Dadasi barmogʻi bilan boshi va koʻksini koʻrsatdi. Keyin piyolalarga tagʻin araq quydi. — Mening uchta oʻgʻlim bor. Men ularning, eng avvalo, haqiqiy erkak haqiqiy vatanparvar boʻlishlarini istayman! — Shu gapni aytdiyu Toʻlqin choʻloqning koʻzlariga birpas tikilib qoldi. — Tushunyapsanmi, Toʻlqin, haqiqiy vatanparvar boʻlishini istayman. — Soʻng hafsalasi pir boʻlganday qoʻlini siltadi-da, — ke, qoʻy... — deya araqni sipqordi.

Dadasining gapidan keyin Botir ham Toʻlqin choʻloqning koʻzlariga qaradi: ular goʻyo boʻm-boʻsh edi, hatto, qorachiqlari ham yoʻqqa oʻxshardi. Toʻlqin choʻloq dadasining gapini tushunmayotganligini u ham payqadi. Nega endi tushunmayotganiykin-a? Axir Botir kichkina boʻlsa ham, tushunyapti-ku. Oʻgʻil bola vatanparvar, ya’ni Vatanini yaxshi koʻradigan boʻlishi kerak ekan. Nahotki, shuni tushunishi qiyin boʻlsa?!.

Toʻlqin choʻloq tilining ostiga nos tashladi, gap esa novvos boqish «san’at»iga boʻgʻilib ketdi. Ana endi da¬dasi ochilgandan-ochildi...

Botir qornini boplab toʻygʻazib olgach, oʻynagani koʻchaga yugurdi.

Tushdan keyin dadasi Toʻlqin choʻloqni koʻzatib chiqqanida Botir roʻparadan chopqillab kelardi.
— Dada-dada, hozir Mel Gibsondi kinosi boʻlarkan. Koʻrasizmi? — dedi u bidillab, hali darvozaga yetmasdan.

Dadasining soʻzilgan koʻzlari battar qisilib, jilmaydi:
— Siz minan boʻlsa, koʻramiz-da, Botir bola. — Dadasi uni, ya’ni kenjatoyini boʻlakcha suyardi, endigina beshinchi sinfda oʻqiyotgan boʻlsa-da, goho-goho kattalarday gapirib qolishidan huzurlanardi. — Qani, ketdik boʻlmasa. — Dadasi ortiga boʻgʻilarkan, xiyol dovdirab ketdi.

U uyga kirayotib velosipyodni yetaqlab koʻchaga chiqib ketayotgan oʻrtancha oʻgʻlini toʻxtatdi:
— Qayaqqa ketyapsan?
— Oʻtga, dada, — dedi oʻgʻil qoʻlidagi etak va oʻroqqa ishora qilib.
— Qorningni toʻqlavoldingmi?
— Hm-m...
— Unaqa boʻlsa, oʻtni qoʻy. Yur, Mel Gibsondi kinosini koʻramiz.

Bu payt hovli tomonda katta oʻgʻil koʻrindi.
— Dasturxondi yigʻishtirib qoʻyib, senam uyga kir, — dadasi yoqimli boʻyruq ohangida.

Bolalar dadalari bilan birga kino koʻrishni juda-juda yoqtirishardi. Shuning uchun ogʻizlari quloqlarida televizor roʻparasida jam boʻldilar. Hademay kino boshlandi, nomi «Vatanparvar» ekan.
— Zoʻr kino shekilli, a, dada? — dedi koʻzlari chaqnagan Botir bir koʻzgʻalib olib.
— Mel Gibson yomon kinoda oʻynamaydi, — deb qoʻydi yonboshlab joylashib olgan dadasi beparvolik bilan.
— «Sheryurak»ka oʻxshaydikan-a? — yana bidilladi Botir.

Katta akasi «jim boʻl» deganday uni bir toʻrtdi.
— Hm-m... — deb qoʻydi dadasi uning soʻrogʻini javobsiz qoldirmay.

Kino avjga mina boshladi. Ana bosqinchilar Mel Gibsonning (ya’ni u ijro etayotgan kahramonning) katta oʻgʻlini bandi etishib, haydab keta boshladi. Uning kichikroq yana bir oʻgʻli akasini ozod qilish uchun gʻanimga tashlandi. Ammo uni bosqinchilarning yovoʻz boshligʻi otib qoʻydi. Mel Gibson «Yoʻ-oʻq!..» deya hayqirib, oʻgʻli sari otildi...

Botirning dadasi esa «ahh!» deya siltanib oʻrnidan turib, oʻtirib oldi. Uning boʻyin tomirlari boʻrtib ketdi.
— Oʻgʻlini oʻldirgani uchun endi u vatanparvar boʻp qoladimi, dada? — soʻradi Botir bolalarcha soddalik bi¬lan fnlBmning nomini eslab.

Dadasining koʻzlari yoshlangandi.
— Hozir uniychun bollari Vatan, — dedi dadasi ekrandap koʻzini oʻzmay. — Anovi oʻlgan bola uchun esa asir qilingan akasi Vatan!..

Uning nazdida, hozir dadasi televizorda chiqadigan shoirlarga oʻxshab ketdi. Gaplarini tushunmadi shekilli, oʻnga tikilib qoldi. Dadasi buni sezib, oʻgirildi.
— Agar erkaqlar oʻz Vatanlarini himoya kilolmasalar, ota-onalar bollarini, aka-ukalar bir-birlarini asrolmay qoladilar. Tushundingmi? — dadasi yana kinoga andarmon boʻldi.

Botir esa oʻychan «hm-m» derkan, «opamiz bunaqa gap¬larni aytmovdi», deb qoʻydi oʻziga-oʻzi gapirayotganday.

FilBmdagi voqealar rivoji kuchaya borgani sari bir nimalar nimalar esiga toʻshayotgan dadasining jigʻibiyroni chiqa boshladi:
— Mana, kino! — derdi tizzasiga shapatilab, — mana, haqiqiy kino! Biznikilar esa faqat bachkana narsalarni ishlashadi. Xuddp oʻzbeqai kulgidan boshqa dardi yoʻqday. Yo boʻlmasa, ashulachilardan kino qilishadi-miey... — U katta oʻgʻliga qaradi: — Nomi nimaydi?..

Oʻgʻil kuldi:
— «Sevinch»...
— Ha, ashi, «Sevinch», «Sarvinoz» «Shohsanam», «Gulsanam»... — Dadasi ataylab yangi nomlarni toʻqib tashladi. — Ularga qoʻyib bersa ... Jon bollarim, bizga hozir unaqa kinolardi keragi yoʻq, manavinaqa kinolar kerak!.. — U qoʻli bilan televizorni koʻrsatdi.

Botir dadasining fe’lini yaxshi biladi: u kishi doim ham bunaqa gaplarni gapiravermasdi. Faqat gohida «yozilib» qolganida... Aslida dadasi kamgap, qoʻpolroq odam. Lekin fe’li oʻziga juda yarashadi. Bunaqa paytda dadasiiing gapini boʻlmaslik lozimligini ham bola yaxshi biladi.
— Toʻgʻri, bulardi hammasi uchun pul kerak, mablagʻ keraq Ommalekin pul topilsayam eplasholmayapti-ku!.. Amir Temur haqidagi kinomizni qara. Senlarga avval ham aytganman. «Loy jangi» Temur bobo hayotida katta oʻzgarish yasagan jang. Oʻsha katta jang kinoda qanday tasvirlangan?..

Bolalar filBmdagi oʻsha lavhani va dadasining oʻshanda aytgan gaplarini eslab, kulib qoʻydilar.
— Toʻrtta yoki oltita odam chuqurga tushvolib, loyga dumalayverishadi. Shunchaligam masharabozlik boʻladimi axir!.. Jangni manavinday qilib koʻrsatishsa boʻmeydimi!..

Yana hammalari jim qoldilar, chunki filBmdagi voqealar avj nuqtasiga chiqqandi. Ana, Mel Gibsonning toʻngʻich oʻgʻli uning oʻz qoʻlida jon berdi. Haligi yovuz boshliq yigitchaning qorniga qilich soʻqib oldi. Botir oʻnga juda-juda achinib ketdi.
— Ogʻrisa kerak-a? — deb yubordi beixtiyor.
— Ogʻriydi-da! — dedi kichik akasi bilagʻonlik bilan.
— Vatan uchun boʻlsa, ogʻrimasa kerak — deb qoʻydi dadasi oʻziga-oʻzi gapirayotganday.

Mel Gpbson butkul tushkunlikka tushdi, jang qilishdan voz kechib, ortiga qaytib ketmoqchi boʻldi. Shu payt oʻgʻlining soʻmkasidan Amerikaning titilgan (oʻgʻli tiqib, butlab qoʻygan) bayrogʻini topib oldi. Shunda... U bayroqni azot koʻtarib, ot ustida pastliqaan chiqib kelayotganda dadasi tagʻin «ahh!» deya oʻrnidan sapchidi. Uning boʻyin tomirlari yoʻgʻon-yoʻgʻon boʻlib ketdi. Dadasi juda barvasta va kuchli odam edi. Hozir koʻzlarida yosh boʻgʻriqib, joʻshib turishi Botirning yodiga «Sheryurak» filBmidagi Mel Gibsonni soldi. FilBm oxirida Mel Gibsonni qiynashib, osib qoʻyishadi. Ana oʻshanda uning boʻyni xuddi dadasiniki kabi yoʻgʻonlashib, tomirlari boʻrtib ketadi...
— Mana, bayroqdi qanday ulugʻlash kerak! — deya hayqirdi dadasi.

Botirning koʻzlari katta-katta ochilib, dadasiga ti¬kildi.
— Bayroq shunaqa aziz narsami, dada? — bu soʻzlar uning ogʻzidan beixtiyor chiqib ketdi.

Dadasi keskin u tomonga oʻgirilib, koʻzlariga qattiq tikildi.
— Bayroq — bu Vatandi yuzi-da, bolam. Gap bayroq deb atalgan bir parcha lattada emas... — dedi gʻoyat sokin ovozda. — Mana, mening yuzim, ana, sening yuzing. Bayrogʻimiz esa Oʻzbyokistonimizdi yuzi!..

Botirning koʻzlari chaqnadi. Biroq tezda tusi oʻzgarib, xayoli chalgʻidi-da, yaqindagina maktabda koʻrgani bir voqeani esladi: oʻshanda katta tanaffus mahali edi. Botir oʻrtoqlari bilan oʻynab yugʻarqan, maktab xoʻjalik mudiri omborining lang ochiq eshigi oldida beixtiyor toʻxtab qoldi. Ichkarida qorni tandirday keladigan xoʻjalik mudiri uyulib yotgan turli narsalar ostidagi katta stolni olishga oʻrinayotgan ikki yuqori sinf oʻquvchisiga «uni u yoqqa, buni bu yoqqa», deya boʻyruq berib turardi. Bir payt bolalardai birining qoʻlida dastasiga beoʻxshov oʻramoqlangan, rangi uniqqan bayroq paydo boʻldiyu, «Buni nima qilay?» deganday xoʻjalik mudiriga qaradi. Mudirning, hatto, biron toʻqi ham qimir etmadi.
— Naryaqqa, spisat (Botir bu soʻzni tushunmagan, hatto, eslab qololmagan boʻlsa-da, mudirning soʻz ohangidan «keraksiz narsa» degan ma’noni angladi) qilingan bayraq, — dedi devor ostini koʻrsatib.

Haligi bola avvaliga hayron boʻldi, soʻng «menga nima» deganday uchida yaltiroq nayzasi boʻlgan bayroqni devor tagiga uloqtirdi. Botir ayni damda ana oʻsha voqeani eslarkan, agar bayroq aziz narsa boʻlsa, unda xoʻjalik mudiri nega uni uloqtirishga buyurdi, deya oʻylardi. Axir u ham dadasiga oʻxshab kap-katta odam boʻlsa!.. Demak, bayroqni qutqarishim kerak, deya xayol qildi u. Negadir miyasiga aynan shu — «qutqarishim kerak», degan soʻz keldi.

Bahorda ish degani koʻpaygandan-koʻpayadi. Ayniqsa, maktablarda, bahoriy bayramlar bahona xonalarni, tevarakni soʻpurib-sidirish, yuvib-tozalash avj oladi. Goho bunaqa yumushlardan bolalar bezib ham ketishadi.

Bir kuni Botirlarning muallimasi uchinchi soatdagi darsni oʻtib boʻlgach:
— Bugun bir hashar qilaylik-a... Polni, partayu devorlarni ham sodalab yuvamiz, maylimi, bolajonlar? — dedi erkalovchi ohangda. — Xotira va qadrlash kuniga xonamizni zoʻr qilib qoʻyaylik!..

Botir bilan yana bir bolani xoʻjalik mudiriga joʻnatdi. Opasi undan eski latta va soda soʻrab qoʻygan ekan, oʻsha narsalarni olib kelishlarini tayinladi.

Xoʻjalik mudiri oʻz ombori oldidagi soʻrida qornini tizzasiga qoʻyib, yastanib oʻtirardi.
— Opamiz joʻnatdi, — deyishdi bolalar.
— Hozir senlarga latta oberaman, — degan mudir ombor eshigini ochib, nima qilishini bilmay serrayib turib qoldi. Soʻng bir burchaqaan eski latta topdi-da, Botirning sherigiga uzatdi. Bola lattani olgach, sherigini ham unutib, sinfxonasi tomon chopib ketdi.
— Senga nima bersamiykin? — dedi mudir u yoq-bu yoqqa alanglarkan. Shu payt devor ostida chang bosib yotgan bayroqqa koʻzi tushdi. Uni qoʻliga olib, dastasidan chiqardi, bir chetini oyoki bilan bosib, ikkinchi chetini qattiq siltadi. Bayroq goʻyo ingraganday ovoz chiqarib, yarmigacha yirtildi. Uni yerdan olib, gʻijimlab oʻramoqladi-da, Botirga uzatdi.
— Ma, birovga koʻrsatmay ishlat.

Botir karaxt edi. Mudirning bu harakatlari asnosida Mel Gibsonning kinolari koʻz oldiga keldi, dadasining Vatan, bayroq haqidagi gaplari yodiga tushib, bayroqni qutqarmoqchi boʻlganini esladi. Shuning uchun omborning eshigi oldida birpas ikkilanib turib qoldi. Bir qarorga keldi shekilli, gʻijimlangan bayroqni qoʻltikiga qisib, uyi tomon chopib ketdi. Muyulishdagi qishloq masjidi oldida ikki-uchta chollar oʻtirishardi. Ularning qarshisiga yetganda bola goʻyo chollar qoʻltikidagi narsa nima ekanligini bilib qolishayotgandek picha gʻalati boʻlib oldi. Biroq bir necha lahza oʻtar-oʻtmas havotiri oʻrinsizligini fahmlab, oqsoqollarga quyuq salom berdi-da, qadamini tezlatdi.

Botir qoʻlidagi kattagʻina latta bilan sinfxonaga hansirab kirib kelganida, opasi omborga u bilan birga borgan boladan uning qaerda qolganligini endigina soʻroqlab toʻrgan ekan...

Bolakay oʻsha kuni kechga tomon ayasidan igna bilin ip oldi.
— Nima, endi chevarchilik qilmoqchimisan, Botirjon? — dedi ayasi kulib.

U esa «kerak boʻp qoldi-da?», deya darsxonasiga kirib ketdi. Bayroqni oʻsha yerga berkitgan edi. Rangi oʻchgan yirtik bayroq hozir koʻziga juda gʻarib koʻrindi. Uni tyokis qilib yozib, bir oz oʻychan tikilib turdi va yirtikining bir chetiga asta igna urdi.

Uning «tikuvchiligi» bir necha kunlik boʻsh vaqtini oldi. Sababi, choki oʻziga yoqmay qayta-qayta tiqishga toʻgʻri keldi. Qoratolning shohidan bayroq uchun dasta yoʻndi — boʻnga ham ancha vaqt ketdi. Soʻng hafsala bi¬lan dazmolladi...

Mayning boshlarida maktabda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan kecha boʻlishi kerak edi. Botir ana oʻsha yigʻinga borishni moʻljallardi. Tyokis tikilgan, dazmollangap bayroqni yangi dastasiga yaxshilab oʻrab, darvoza tomon borayotganda ortidan ayasining ovozi eshitildi:
— Bayraq qaydan keldi, bolam?
— Maktabdan berishuvdi. Bugoʻngi bayramda koʻtarib turaman, — dedi bola onasini ortiqcha bezovta qilmaslik uchun yolgʻon gapirib.
— Ha, tuzuq Ommalyokip yirtib-netib qoʻymagin, — deya nasihat qilgan boʻldi ayasi.

Botir «xoʻp-xoʻp» dedi-da, koʻchaga chiqdi. Oz-moz yurgach, yengil shabada esayotganini payqab, zavqi keldi. Oʻramoqlangan bayroqni yoyib, dastasidan tutdi va boshi uzra koʻtardi. Bayroq yengil, biroq yoqimli hilpiradi, bola qadamini tezlatgani sari tobora baralla hilpirayverdi.

Koʻchadagi odamlarning bari oʻnga qarardi. Ayniqsa, guzarga yetganda odamlarning ming bir ma’noli nigohiga ularning turfa soʻzlari ham qoʻshildi:
— Ie, bayraq koʻravoptimi? — deb qoʻydi chinor ostida oʻtirgap chol.
— Bayrogʻimiz chiroyli ekan-a? — deb qoʻydi doʻkondan chiqayotgap yigit kulib, xuddi bayroqni birinchi bor koʻrib toʻrganday.
— Bayroq minan hazillashib boʻladimi! — deya toʻngʻilladi tamaki tutatayotgan ziyolinamo kishi. — Buning siyosiy tomonlariyam bor.
— He, yasha, azamat! — deb baqirdi birov. — Bitta barabanchiyam ovolmabsan-da.
— Kimni oʻgʻli oʻzi bu? — deya soʻradi kimdir.
— Otasining oʻgʻli-da, — dedi ogʻziga nos tashlayotgan Toʻlqin choʻloq. — Bayraqti ehtiyot qil, Botirvoy!..

Bola bu gaplarning birontasiga parvo qilmay bayroqni magʻrur koʻtargancha guzardan oʻtib borardi. U oʻz nazdida, ot ustida Vatani bayrogʻiii koʻtarib borayotgan Mel Gibsondan kam emasdi. Bola chinakam jang ichra borardi. Ammo oʻzi buni anglamasdi, anglashga ojiz edi. Bu halqning, millatning ong-tafakkurida evrilish, ehtimolki, inkilob yasamoq uchun ahd qilmoq, kurashmoq tarixning ulugʻ janglariga kirmoqliqaan kam emasligini u tushunmasdi va bolakay bunaqa chiroyli gaplarni bilmasdi ham. Lekin ma’soʻm qalbining amri, undovi va ehtirosi tufayli ona-Vatanining bayrogʻini bolalarcha zavq ila mardona koʻtarib borardi. Uning buyuk koʻrashga, jangga oʻzi bilmay bel bogʻlaganligini faqatgina tiniq osmon, yam-yashil daraxtlar, yoʻllar, Vatani, qoʻlidagi bayroq va oʻsha qoʻllari fahmlab, tushunib turardilar.

Botir maktab darvozasiga yetganda velosipyod mingan dadasi masjid muyulishidan oʻtib, guzarga keldi. Oshnasi Toʻlqin choʻloq bilan koʻrishib qoʻyish uchun toʻxtadi.
— Oʻgʻling bayraq koʻtarib oʻtib ketdi-ya? — deya tirjaydi choʻloq hali soʻrashib ulgurmay. — Uniyam ja vatanparvar qivoribsanmi?..

Bu gapdan otaning jahli chiqdi. Toʻlqin choʻloqning basharasiga birpas gʻalati tikilib turdi-da:
— Hushyor boʻl, seniyam!.. — deya zarda bilan shartta burilib, velosipyodga mindi.

Botir qator boʻlib davra qoʻrgan maktab jamoati yoniga yetganda bir toʻxtab oldi. Bayroq qoʻlidan tushib ketay dedi. Oʻqituvchiyu oʻquvchilar — hamma-hamma oʻnga oʻgirildi. Hatto, uchrashuv uchun kelib, davra toʻrida oʻtirgan urush qatnashchisi boʻlmish ikki chol ham oʻnga qaradilar. Chor atrof soʻqunatga choʻmdi. Hamma hayratda — axir taomil bunday emasdi-ku!

Shu payt bolaning ortida dadasi paydo boʻldi. U velosipyodini yerga tashladi-da, shahd ila oʻgʻliga yaqinlashdi. Barchannig nigohida «nima qilarkin?» degan havotirli savol zohir boʻldi. Hoynahoy, beta’sir oʻgʻliga shapaloq tortib yuborsa keraq Yoʻq, unday qilmadi. Ota oʻgʻlining ikki chakkasidan tutib, koʻzlariga tikildi.
— Barakalla, oʻgʻlim! — dedi ovozi titrab va mijjalarida yosh aylandi. — Barakalla!.. — U oʻgʻlining peshanasidan oʻpib, dast koʻtardi-da, yelkasiga oʻtqazdi va davra tomon yurdi.

Botir bayroqni yanada yuqori koʻtardi. Butun vujudi jimirlab, koʻzlari chaqnadi.

Ikki faxriy chol Botirga mehr va zavq ila boqisharkan, beixtiyor chapak chalib yubordilar. Ularga oʻqituvchi va oʻquvchilar ham ergashdilar. Hammayoq olqishga toʻldi. Barcha Botirga va uning qoʻlidagi bayroqqa tikilardi, koʻzlarida esa turli ma’nolar balqib turardi.

Botirning kichik akasi oʻz sinfdoshlari orasida safda tugʻarqan, dadasi bilan ukasiga boqib, qaddini rostladi, yelkalarini koʻtardi. Toʻqqizinchi sinfda oʻqiydigan katta akasi esa sinfdoshining ortiga berkinib, yerga qaragancha tirjaydi.

Oʻz soʻrisining ustida tik turib davrani tomosha qilayotgan xoʻjalik mudiri gʻoʻldirab qoʻydi:
— Obbo qiztalagʻey, yangi bayraqti qaydan toptiykin?..

Botir hozir chinakam Mel Gibson edi va barchadan balandda turardi. Qoʻlidagi bayroq esa yuksak-yuksaqlarda mardona qanot krqardi.

2004