OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNabi Jaloliddin
Asar nomiOchiq qolgan koʻzlar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Nabi Jaloliddin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/08/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ochiq qolgan koʻzlar (hikoya)
Nabi Jaloliddin

U qattiq bir silkinib, yonboshiga agʻdarildi...

Men choʻchib ketdim. Qoʻlimdagi yarogʻimni tashlab, dovdirab borib, yelkasidan koʻtardim. Tilimga soʻz kelmadi, gapirishni unutib qoʻygandek edim. Koʻzlarimga yosh toʻlgandi, koʻzlarim achchigʻini hech qachon his qilmagan yosh.

Oʻq uning koʻksiga tekkandi. U siltanib-siltanib zoʻrgʻa nafas olar, oʻqchib-oʻqchib yarim yoʻtalardi. Ogʻzidan koʻpik aralash qon sachrardi. Ammo gapirolmasdi, qizargan koʻzlari agʻdarilib-agʻdarilib ketardi.

Nigohim uning katta-katta ochilgan qizgʻish koʻzlariga qadaldi. Yoʻq, meni uning koʻzlari tortaverdi, yutib yuborgudek tortdilar oʻziga. Tikilganim sari ochkoʻz qorachoʻgʻlari kengayaverdi. Men uning koʻzlariga kira boshladim.

Keyin hamma yoq shafaqlashdi. Atrof xuddi qizgʻish shishadek yaltiradi. Koʻzlarim qamashdi, bir-ikki pirpiratdim-da, qizillikka bardosh berolmay yumib oldim, qattiq yumdim.

Koʻzlarimni ochganimda shaffof olamda turardim. Roʻparamda oppoq matoga burkangan bir ayol mungligʻ-mungligʻ oʻtirardi. Boshi xam, yuzini koʻylagining keng yengi bilan yashirgan. Kimgadir oʻxshatdim bu ayolni. Bir qoʻlida aji-buji yozuvlar bitilgan qogʻoz, bu ayol menga tanishdek edi...

Men ketaverdim. Shaffof olamning shaffof yoʻli boʻylab ketaverdim... Ana, qulochi dunyoni yopgudek daraxt. Soyasini unutgan, faqat osmonga boʻylagan ulkan daraxt. Uning ostida bir toʻda yosh-yalang yigit-qiz qiy-chuv qilib irgʻishlashadi, nimalarnidir bahslashishadi. Gaplarini esa tushunib boʻlmaydi, bunaqa gaplarni men umuman bilmasdim, qachonlardir eshitgandimu endi unutgandim. Ulardan ayro tushgan, ikki oʻrim sochi belida toʻlgʻongan chit koʻylakli qiz daraxtga suyanadi. Xomush nigohi uzoq-uzoqlarga — mening ortimda qolgan manzillarga tikiladi. Nafaqat koʻnglim, koʻzim, balki butun vujudim uning gʻamgin nigohi boyagi ayolning qoʻlidagi aji-buji yozuvli qogʻozga qadalganini his etadi.

Men esa boraverdim...

Qarshimda atrofi chavra bilan toʻsilgan keng hovli paydo boʻldi. Meva-cheva, dov-daraxt, mol-qoʻyga toʻla hovli. Qora toʻnli, qoʻllarini orqasiga qilgan moʻylovli kishi hovlini besaranjom kezadi. Qoʻylar ma’raydi, hovlining qaeridadir dupillab mevalar toʻkiladi. Haligi odam esa hovlini kezaveradi. Goho chavra osha ortimda qolgan qulochi dunyoni quchgulik daraxtga boʻylab-boʻylab qoʻyadi. Koʻzlaridagi daraxtning shoxlari tebranadi, halovatsiz tebranadi...

Hovlidan qayrilib, bagʻri shaffoflikka toʻlgan pastak uyga kiraman. Uy kitoblarga toʻla. Katta-kichik, eski-yangi kitoblar mudraydi. Toʻrda bir cheti tishlangan oʻzbaki non osilib turibdi. Mening nigohim qadalishi bilan u tebranib ketadi, uzoq tebranadi.

Tomga chiqaman. Tomning bir tarafida quritib bogʻlangan xashaklar uyumi. Bir yonda tom sinchining ustuniga «yalangʻoch» beshik osib qoʻyilgan. Chang bosgan eshik. Unda qip-yalangʻoch goʻdak tipirchilab yotibdi. Tinmay kuladi u. Koʻzlari quyosh aksi tushgan suv kabi yaltiraydi... Birdan tomning osmon koʻringan tirqishiga koʻzim tushdi. Tirqishdan qizgʻish rang yogʻiladi. Tagʻin koʻzlarim qamashdi. Qizillikka bardosh berolmay, pirpiratib-pirpiratib, koʻzlarimni yumdim. Va shu lahzada «Nahotki bor koʻrganim shu boʻlsa?!», degan oʻy miyamga urildi. Urildiyu... Endi men koʻzimni ochishni istardim, katta-katta ochishni xohlardim. Qoʻrqa-pisa ochdim ham. Olam hamon shafaq rangida edi. Bor kuchimni toʻplab, qizillikka tikildim. Yoʻq, bu mudhish qizgʻishlik ichra nuqtadek oʻzga bir rang ham bor edi. Nigohim oʻsha yagona umid nuqtasiga qadaldi. Tikilganim sari kattarib boraverdi u. Va nihoyat, yerda yotgan yarogʻimni koʻrdim. Men unimi yoxud oʻzga rangnimi, sogʻingan edim...

Jismimdagi jamiki quvvatni yigʻib, u tomon sakradim. Yana oyogʻim kipriklarga tegdi, buni aniq his etdim. Ular siltanib, meni irgʻitib tashladilar. Ucha-ucha hali oʻzim tuzukroq anglab yetmagan zaminga tushdim. Yarogʻimga suyanib oʻrnimdan turganimda yuqoridan tushgan bir tomchi iliq suvmi... yuzimga urildi...

U endi nafas olmasdi. Lablarining cheti qon. Koʻzlari ochiqligicha qotib qolgan. Qorachoʻgʻlari torayib, chuqur-chuqur botib ketgandi. Men uning qaboqlarini uqalab, koʻzlarini yopmoqchi boʻldim. Ammo koʻzlari yopilmadi...

Osmonda sonsiz koʻzlar uchaverdi...