OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Nabi Jaloliddin. Umr (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNabi Jaloliddin
Asar nomiUmr (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Nabi Jaloliddin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm30KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/05/22
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Umr (hikoya)
Nabi Jaloliddin

Chol oʻrnidan turib, paypaslab choponini axtardi. Derazadan tushayotgan yoruqqa tutib, oʻng-tersini toʻgʻriladi-da, yelkasiga tashladi va «yo bismillo» deya qoʻzgʻaldi.

Oʻujanak boʻlib tgan qizi 0hamon uyqudan uygʻonmagandi. Cholning har safar qiziga koʻzi tushganida yuragi eziladi — bechoraning baxti oschilmadi-da, buning ustiga dard oʻlgur yopishmasa nimaydiykiin? Qari odam chorpoyada yotsa tuzoʻq ekan — oyokingni shundoq yonboshga tushirasanu... Yerga solingan joydan turish ancha mushkul, tik boʻlguncha suyaklaring qisirlab ketadi. Boʻlmasa, juda unaqa semiz yoki suyagi ogʻir emas. Shundanmi, kiygan kiyimi ustida shalviraydi.

Chol qizini uygʻotishni istamadi. To uydan chiqqunicha odatga aylangan tomoq qirishdan ham saqlandi. Ayvonga chiqib, oʻchoq tomonga qarab, birpas turib qoldi. Mustahabga chovgunda suv isitsammikin-a? Qurgʻur elektrochoynak ham bir haftadan beri buzuq — sim-pimi uzilib ketganmi, nima balo. Har safar oʻgʻli kelganida bu haqda aytaman deydi, esidan chiqadi. Oʻzi juda dastyor narsa-da, suv degani bir zumda qaynaydi. Ayniqsa, soʻqqabosh chollarga rosa askrtadi-da. Kampiri tirik boʻlganidayu, allaqachon suvni ilitib qoʻyardi, rahmatli bunaqa ishlarga usta edi. Mana endi qazosiga bir yildan oshayapti hamki, uning qadri oʻtmoqda, er kishining oʻz juftidan avvalroq ketgani durust ekan, boʻlmasa qariganda manavinaqa ahvolga tusharkan. Bolalarning oʻrni boshqayu, oʻz xotining yoʻrigʻi boshqa ekan-da. Mana, qiziyam oʻrnini bosolmayapti. U shoʻrlik-ku otasi uchun hamma narsaga tayyor, ammo ota uni bezovta qilishni istamaydi...

Hafsalasi boʻlmadi — qachon oʻt yoqib, qachon suvni isitadi. Tagʻin namoz oʻqimaganidan keyin mustahab qildi nimayu, qilmadi nima. Avvallari hali yoshman, namoz deganlarini keyinroq oʻqirman, deb namozning tartib-kridalarini oʻrganmagandi. Endi esa kalla qurgʻur sust ketgan, hech narsa esida qolmaydi. Teng-toʻsh oksoqollarning qistovi va hazil-mazaxlari bilan namozda oʻqiladigan bir-ikkita soʻrani yodlashga oʻrinib koʻrdi, boʻlma¬di, «alhamdoʻdan nariga oʻtolmadi. Axiyri suralarni hato aytib, gunoh ustiga gunoh qilmay, dediyu «bor-a, nima boʻlsa boʻlar», deya namoz oʻqishni oʻylamay ham qoʻydi, masjiddan ham, chollardan ham oʻzini olib qochadi. Aslida-ku, avvallari ham qari-qartang, hatto, mahalla-koʻyga-da juda unaqa aralashavermasdi-ya. Mundoq oʻylab qarasa, odam qariganida namoz oʻqiganiyam durust ekan. Negaki, tahorat olib, bomdod uchun masjidga chiqib, chollar bilan gangir-goʻngur qilguncha peshin ham boʻp qolarkan. Peshin oʻtgach, bir kunning boʻyni uzilgani shu-da, har holda vaqtni yengib yashaysan. U boʻlsa har kunni butun bir umr kabi yashaydi, uning kunlarining qarishi mushkul. Kampirining koʻzi ochiqligida boshqacha edi— har zamonda koʻchaga chiqib kelganini hisobga olmaganda, uzzu-kun uyda boʻlardi. U paytlar uyquyam kelaverardi-da, qandaydir bagʻri toʻlib turarmidi-ey. Har tugul xotirjam edi. Kampiri boyaqish beozor, xushroʻy xotin, qulganda ochilib ketardi. Ba’zida oʻzining pachoq gavdasiyu, qoramagʻiz, koʻrimsiz yuzini oʻylab, shundayin sohibjamol xotinga ega chiqqanidan hayron ham qolardi. Peshana deganlari shu boʻlsa kerak-da... Mana endi oʻsha bagʻrini toʻldirgan, sadoqatli kampiri ham uni tashlab ketdi. Hamma qizlarini tengiga topshirgandi, lekin kenjasining turmushn boʻlmadi, ham bedavo kasalga chalinib qolgach, quda tomon orani ochiq qilishdi. Yolgʻiz oʻgʻli ham bola-chaqali, qoʻshni mahallaga uy qilib chiqib ketgan. Chol-kampirning oʻzlariga qolsa, boshqa qilishmasdi-ya, ammo kelin ular bilan chiqisholmadi. Axiyri chol toliqdi, qadimiy hikmatga amal qilib, ularning qozon-tovogʻini boshqa yoqqa koʻchirdi. Mana, bi-noyidek yashashyapti.

U hovlidan qaytib kelib, krpkrgʻi puchayib ketgan, dastasi oʻrnida sim bogʻlangan eski choynaqaagi muzdek suvda yuz-qoʻlini yuvdi. Keyin sochiq axtaribmi, ayvon boʻylab koʻz yugurtirdi-da, «hah» degancha bir siltanib qoʻyib, yelkasidagi toʻnining peshiga yuz-qoʻlini chala-chulpa artdi. Biratoʻla toʻnini kiyib ham oldi-da, taxirlashib qolgan ogʻziga nos tashladi. Shoshilmay borib, ayvonning chirogʻini oʻchirdi — kun yorishib qolgandi. Odati boʻyicha, xiyol munqaygancha darvoza tomon yurdi.

Xuddi cholning boʻy-bastiga oʻlchab qilinganday pastak yogʻoch darvoza ichkaridan tambalangandi. Chol vaqtning juda tez oʻtayotganini har kuni darvozani berkitayotganda va ochayotganda, ayniqsa, aniq his qilganday tuyulaveradi — axir haligina berkitgandi-ku, mana birpasda tong otibdi. Tun boʻyi choʻzilgandan-choʻzilgan vaqt endi oʻtib ketganday goʻyo. Bir tomoni, uning tez oʻtganiyam tuzoʻq, har holda kutilayotgan narsa tezroq roʻy berarmidi. Endi oʻnga tun va kunning nima qizigʻi bor? Uning uchun bularning hammasi tezroq oʻtsa, tezroq toʻgay qolsa — ana shu muhim. Kampiri rahmatli: «Chol, men oʻlsam, zeriqib qolmasmikinsiz?» — degan gapni koʻp gapirardi. Toʻgʻri aytgan ekan, u oʻldiyu goʻyo dunyodagi hamma narsa krtib qolganday, taqqa toʻxtaganday, tirikliqaan nishona yoʻqday tuyuladi.

Koʻchaga chiqib, qoʻlini orqaga qilgancha birpas turdi. Oʻng tarafdagi hamsoyaning darvozasiga bir-ikki qarab qoʻydi. Qoʻshnining kelini koʻcha supurgani chiqmabdi, demak, hali erta ekan. Bu xotinlar soatdan ham aniq ishlashadi, ularning ish taqsimotiyuyumushga ulgurishlariga qarab, soatlarni toʻgʻrilash mumkin chol ogʻzidagi nosni tuflab tashlab, darvozaning chap yonidagi ajriqda choʻnqayib, devorga suyandi. Roʻparasidagi asfalBt yoʻldan tezroq mashina oʻtishini kutdi — shu bilan qulogʻini batangga keltirgan huvillashga bir oz boʻlsa-da, putur yetadi-ku. Qaniydi tezroq oʻta qolsa... Huvillashni boshqa ovoz buzdi — qoʻshnining temir darvozasi gʻiyqillab ochilib, qoʻlida eskiroq paqir va uzun supurgi tutgan kelin chiqib keldi. U peshanasiga yupqa yaltiroq roʻmol tangʻib, egniga gulli halat kiyib olgandi va bularning bari oʻziga juda-juda yarashgandi. Kelin supurgisini devor tagiga tashlab, qoʻlida paqir bilan chol tomon ildamladi. Ikki qoʻshnining devorlari ostida ariqcha oqardi, u ana oʻsha ariqchadan suv olgani kelayotgandi.
— Assalomalaykum, buva, yaxshi yotib turdingizmi? — deya salomlashgan kelin tezda ariqchaga enqayib, suvga paqir soldi. Uning ovozi juda muloyim va mehribon eshitildi, chamasi, u cholga dil-dilidan achinardi. Ehtimol, shuning uchun ham uning koʻzlariga koʻzi tushishidan bezillar.
— Aleykim assalom! Ha, qizim, omon yotib turdingmi? — dedi chol ovozi jaranglab. U yana nimalardir demoqchi, shu bilan tun boʻyi qulogʻini egovlagan soʻqunatning adabini bermoqchi boʻldi. Ammo gap kelmadi, qizi tengi narsaminan nimaniyam gaplashardi.

Vangʻillab mashina oʻtib ketdi. Uning ovozidan chol oʻziga keldi, ogʻzini yumdi. Choʻntagini paypaslab, noskrvogʻini oldi-da, kaftiga nos solib, tilining ostiga tash¬ladi. Ogʻzi qup-quruq boʻlganidan tilining ostidagi nos donalari u yoq-bu yoqka dumaladi. Bu savilni hadeb chekaversang, ogʻizga soʻlak ham kelmay qoʻyarkan. Unaqada nosning mazasini ham bilmaysan. U oppoq osmonga tikildi. Tikilib tugʻarqan, bugoʻngi kun qanday oʻtarkin, deya uyladi, oʻtarmikin ishqilib? Yomchining aytishiga qara¬ganda, nafaqamni koʻpaytirsa boʻlarkan. Mening mehnat qilgan yillarimga koʻra koʻprogʻam olishim mumkinakan. Shuni anavi gazetachi bolaga aytishim kerak. Axir u krnunni biladi-da, balki koʻpaytirib berar... Yaxshisi, unikiga kechki payt kirganim durust. Tilizor-pilizor koʻrib, birpas chaqchaqlashib chiqaman. Bolang koʻpaygur, xoʻb dilkash bola-da. Chol bularni oʻylarkan, shu ahvoliga pul xayoliga kelganidan oʻzicha uyaldi. Menga nafaqam oz boʻldi nimayu, koʻp boʻldi nima? Bir toʻgʻram nonga qornim toʻysa. Qizimniyam oʻz nafaqasi bor. Nima, oʻgʻlimu nevaralarimga toʻplab beramanmi? Hah, odam sira toʻymasakan-da... Toʻgʻrisi, u pulni, aniqrogʻi, nafaqasini koʻpaytirishni unchalar ham oʻylamagandi, uning asosiy tashvishi bugoʻngi kunni bir nima qilib qaritish edi. Nima boʻlganda ham u shu kunni yashashi kerak edi. Avvallari tushunsa-tushunmasa, oynai jahonni koʻrib, bir oz ovunardi, vaqt oʻtkazardi. Endi oynai jahon ham yoʻq — katta qizi obketdi. Bolalari televizor koʻramiz, deb qoʻymayotganmish, kuyovning esa televizor obergani qurbi yetmasmish... Hay mayli, chol bir amallab kunini oʻtkazar.

Qoʻshnining kelini chelagu supurgisini koʻtarib, uyga kirib ketdi. Masjid tomonda uch-toʻrtta chol koʻrindi, ular namozdan qaytishardi. Uning yuragi bir shigʻillab qoʻydi, u oʻsha namozxon teng-toʻshlariga kurinishdan bezillardi. Chunki ular sirayam indamasdan oʻtishmasdi, bitta piching gai qilib yoki masjidga chiqmaganini yuziga solib qoʻyishardi. Bu namoz oʻqimasa ularga nimaykin-a? Hnga qolsa, oʻqishni juda-juda istaydi, kallasi olmasa, nima qilsin? Namoz keksalikning ziynati ekanligini allaqachon anglab yetgan. Lekin nima qilsinki, ikkitagina soʻrani yodlashdan ham gʻofil qolgan.

U chollarga qorasini koʻrsatmay, tezroq uyga kirib ketish uchun oʻrnidan turganida, darvozadan yuzi rangpar, ozgʻin qizi supurgi koʻtarib chiqib keldi.
— Choyizi damlab qoʻydim, ichvoling, — dedi u otasiga yoʻl begʻarqan.
— Xoʻp, qizim, xoʻp. Ha, barakalla!..

Ayvondagi soʻrida xiyla oʻringan dasturxonga ikkita non qoʻyilgan, choy sovimasligi uchun choynakning usti yopilgapcha, yonida bitta piyola toʻnkarigʻliq turardi. Chol soʻriga oʻtirib, issiq choyni ikki-uch bor qaytardi va nonlarning birini olib, sindirdi.

Tez orada qizi ham qaytib kirdi. Qoʻlida yuvilgan bitta piyola bilan otasining roʻparasiga kelib oʻtirdi. Chol ivitgan nonini yeb boʻlib, oʻzicha choyxoʻrlik bilan band edi. U choynaqaln choy quyayotgan qiziga bir qarab qoʻydiyu, tezda koʻzini olib qochdi. Negaligini oʻzi ham bilmasdi — hamisha qizining koʻziga koʻzi tushishidan saqlanardi.
— Bugun bozorga oʻtib kesammi degandim, ota, — dedi qizi ijozat soʻrash ohangida sekingina. Chol birpas jim turgach:
— Nimaga? — deya soʻradi majburiyat yuzasidan.
— Toʻqiydigan ipim tugab qoluvdi.
— Mayli, borib kelovir, — dedi chol qoʻllarini yuziga tortib, soʻng oʻrnidan qoʻzgʻaldi. — Puling bormi? — soʻradi noskrvogʻini izlab, choʻntagini paypaslarkan.
— Hmm, — deb qoʻydi qizi unta bir qarab.

Chol yana darvoza tomonga yurdi. Hozir maktab bolalari oʻtishadi, oʻshalarni birpas tomosha qilsa, xiyla vaqtni qaritadi. Qiziq, kampiri rahmatli ham maktabga borayotgan yoxud maktabdan qaytayotgan bolalarni tomo¬sha qilishni xush koʻrardi. Ehtimol, xush koʻrmasayam, har tugul qator-qator boʻlvolib, turli alpozlarda oʻtayotgan bolalardan zavq olardi, shekilli-da. Oʻshanchun koʻpincha darvoza oldidan oʻtib borayotgan shoʻxchan bolalar karvoniga uzoq-uzoq tikilib qolardi. Chol boʻlsa, u paytda bunaqa narsalarga parvoyam qilmasdi va hatto, koʻchada uzoq qolib ketgan kampirini oʻzicha yengilgina tergab ham qoʻyardi. Endi esa oʻzi oʻsha ahvolga tushib turibdi — ertalab boʻldi deguncha, maktab bolalarini tomosha qilgani koʻchaga chopadi. Hozir ham darvoza krshida bir oz turdi-da, mayda qadamlar bilan tebrana-tebrana beixtiyor katta yoʻl yoqasiga chiqdi. Ikki qoʻlini orqaga qilgancha, dam oʻngga, dam soʻlga termildi. Ana, bir-birlariga gal bermay allanimalarni javragancha uch bolatoy yoʻlning oʻrtasiga chiqib qolganlarini ham sezmasdan u tomonga kelishmoqda. Ularning boʻy-bastlari ham bir xil boʻlib, chamasi yo uchinchi, yoki toʻrtinchi sinf yoshida edilar. Hammalari soʻmkalarini yelkalariga osib olishgan va shuning uchun oʻrtadagi bola qoʻlidagi nimanidir u yoq-bu yoq qilar, ikki chekkadagi bolatoylar esa uning qoʻlidagi narsaga tikilib, qariyib yonboshlab yurib kelishardi.
— Sal chekkarogʻda yurishgin, hoʻy! — dedi chol ular roʻparasiga kelib qolganda. — Moshina kep krsa...

Bolalar birdaniga oʻnga qarashdi — kemshik tishini koʻrsatib, gʻalati tirjayib turadigan oʻsha har doimgi chol. Bir lahzagina xayollari boʻlingan bolatoylar koʻzlari ila tanish va shuningdek, beozor cholni birrov tanib olishgach, yana oʻz «tashvish»lariga gʻarq boʻlishdi. Bir-ikki qadam tashlashgach, narigi chekkadagisining odobi esiga tushib ketdimi, shoshib cholga qayrilib, «assalomaleykim» deb qoʻydiyu, tagʻin sheriklariga qoʻshildi.
— Aleykimassalom, — deya alik olgan chol loʻkillab, ularning ortidan tushdi. Bolalar juda sekin yurishar, goʻyo maktabga borayotganliklarini ham unutgandek edilar. Shuning uchun jikkak chol tebrana-tebrana ularga yetib oldi.

Bolalar hamon oʻzlari bilan oʻzlari ovora edilar. Endi ular cholning sharpasidanoq tanishib, hatto qayrilib ham qaramadilar va goʻyo u hozir mana shu turishida bolalarning oʻz odami edi. Oʻrtadagi bolaning qoʻlida qattiq simdan tayyorlangan, har xil narsalarni otishga moʻljallangan oʻyinchoq bor boʻlib, oʻrtoqlariga maqtanish uchun uni turli kurinishlarda namoyish etardi.
— Nima u? — deya soʻradi chol boʻynini choʻzib, bola¬ning qoʻliga qararkan.
— Toʻpponcha, — dedi bola, shuniyam bilmaysizmi, deganday.

Endi chol ularga butunlay qoʻshilib ketdi:
— Qaniy, qukay-chi...

Bola cholning qoʻlini surganday qoʻl siltadi.
— Ey-y, baribir otishti bilmaysiz.
— Ot-chi boʻlmasa! — dedi chol hamon bolalar bilan bab-baravar yurib borarkan.
— Bir ot, Rahmat! — deya yalinganday boʻldi sherigi.
— Otakrsangchi-ey! — dedi boshqasi ham. Bola choʻntagidan semizoʻt chiqarib, bir santimchasini barmogʻi bilan uzib, qoʻlidagi «toʻpponcha» simining uchiga sanchdi-da, «oʻqladi» va qolganini yana choʻntagiga solib qoʻydi. U roʻparasini moʻljallab, «toʻpponcha»ning «tepki»sini bosgandi, «oʻq» ancha olisga uchib, koʻzdan yoʻqoldi.
— Zoʻru, — deb qoʻydi chol ovozi jaranglab.
— Zoʻr-da ashnaqa! — dedi bolalarning biri — «bu mening oshnam-da» deganday maqtangap ohangda.
— Kim yasab berdi? — soʻradi chol gapning uzilishini istamay.
— Akam, — derkan bola «toʻpponcha»sini «ma, bir koʻrvol», deya chap yonidagi sherigiga berdi.
— Kimniig oʻgʻlisan?
— Ahmadjondi.

Chol harchand oʻrinmasii, bolaning otasini taniyolmadi.
— Opoqdadangning oti nima?
— Daminbuva.

Cholning ovozi yana jaranglab ketdi:
— Ha-a, haligi Damin boʻkrqti nevarasiman degin, — deya bolaga tegishdi.
— Boʻkrqmas, opoqdadam, — dedi bola araz qilganday.
— Yoʻq-yoʻq, boʻkrqmas, — chol bolani ranjitishdan choʻchib ketdi. — Shunaqa deyishadi-da endi...

Ular maktabga yetib kelishgai edi. Yonlarida chol¬ning borligini ham unutishib, tagʻin oʻzlari bilan ovo¬ra boʻlishgancha, maktab darvozasi tomon yurishdi. Cholga qayrilib qarashmadi va ular bu keksa odam nega endi oʻzlari bilan kelganligi haqida, hatto, oʻylashmagandi ham.

Chol: «Maktab shunaqa yaqinmidi?», — deya oʻylab qoʻydi. Oʻyladi-da, bir narsa esiga tushganday, bolalarning or¬tidan baland ovozda ta’kidladi:
— Maktabda otishmagin, bitta-yarimtani koʻziga tegib ketadi!

Bolalar bu gapni yo eshitishdi, yo eshitishmadi.

Chol yilda bir keluvchi ikki hayit bayraminiyu, rajab oyining boshlanish kunlarini juda xush koʻrib qolgan. Negaki, oʻsha kunlari qishloq erkaqlari guruh-guruhga boʻlinvolib, shu bir yil ichida qazo qilgan qishloqdoshlarinikiga fotiha oʻqish uchun birma-bir kirib chiqishadi. Bu ba’zan ertalabdan peshingacha, goho esa kechgacha choʻziladi. Bu chol namozxon, aniqrogʻi, masjidparast keksalar guruhiga qoʻshilmay, oʻrta yosh odamlar koʻp boʻlgan va yosh-yalang ham aralashgan toʻpga kirib oladi. Ular yoshi ulugʻ boʻlgani bois cholni oldinga oʻtkazishadi-da, to kechgacha oyogʻiga qarab yurishadi. Choli tushmagur ham ataylab qadamni mayda oladi, vaqtni, tagʻinki, huzurbaxsh fursatlarni choʻzgisi keladi-da.

...U qaytib kelib, ikki qoʻlini orqaga qilgancha, darvozasi oldida yana turib qoldi. Bir payt qoʻshnining kelini chiqib, u yon-bu yondagi odamlardan yuz soʻmga may¬da bor-yoʻqligini surishtirdi. Nihoyat, nigohi cholda toʻxtab, soʻradi:
— Yuz soʻmga maydangiz yoʻqmi, buva?
— Yoʻ-oʻq, — dedi u bir qimirlab qoʻyarkan va kemtik tishlarini namoyish qilguvchan ogʻzi yana ochildi.

Qoʻshnining kelini u yoq-bu yoqka termilib, najot kutdi.
— Doʻkondan maydalatib keberaymi? — deya soʻradi chol odati boʻyicha tirjayarkan.
— Voy, sizi ovora qilamanmi, buva! — rostakamiga xijolat tortdi qoʻshnining kelini.
— Ovorasi yoʻq. Obke! — U juvondan pulni olib, endi doʻkon tomonga yurdi.

Bir oz yuruvdi hamki, uch-toʻrt eshik naridagi oʻttiz yoshlar chamasidagi qoʻshnisining darvoza oldida turganiga koʻzi tushdi. U cholni koʻrib, salom berdi. Chol alik olarkan, toʻxtadi, butun gavdasi bilan haligi yigit tomon oʻgirildi.
— Qoʻshnimi keliniga mayda keragakan. Yuz soʻmni maydalab keberay, — dedi yigitga astoydil tushuntirib. Aslida yigit uchun uning nima qilib yurganining sirayam qizigʻi yoʻq edi. Shunday boʻlsa ham, u cholning hurmati uchun zoʻraki jilmayib, «hm» deb qoʻydi. Chol yana yoʻlga tusharkan, yigitga qarab ta’kidladi:
— Doʻkonda mayda boʻlatta, a?..

Uning kuni shunday oʻtaverdi. Bu orada bir-ikki bor «Gazitachi bola»nikiga borib keldi. Uning ayni paytda ishda ekanligini bilsa ham boraverdi. Endi u tezroq kech kirishini orziqib kutardi...

Qizi tayyorlagan kechki ovqatni ichib, ogʻziga nos tashladi-da, «Gazitachi bola»nikiga otlandi. Darvozaga yetganda ortiga qayrilib, qiziga dedi:
— Bugun joyimi ayvondagi soʻriga solgin, qizim. Bolishim ustiga birorta toza durrayam tashlab qoʻygin.

Qorongʻi tushib qolgandi. U chirogʻini yoqib oʻtayotgan mashinalardan saqlanish uchun yoʻlning chekkarogʻida yura ketdi. Har zamonda bir toʻxtab, butun gavdasi bilan ortiga oʻgirilib, qarab ham kuyadi. Lekin nega qaraganini oʻzi ham bilmaydi. Oʻz odaticha, qoʻllarini orqasida krvushtirib, xiyol munkayganicha, vangʻillab kelayotgan ma¬shina chirogʻigami yoxud boshqa biron gʻimirlagan sharpagami, tikilib qoladi. Axiyri undan zeriqib yoki oʻzi kutgap maqsadiga yetmaganlikdanmi, loʻkillaganicha tagʻin yoʻlida davom etardi.

«Gazitachi bola»npng uyi uncha uzoq emasdi, shundoqqina mahallaning boshrogʻida edi. Chol katta darvozadan ichkariroq kirib, ovoziii baland qoʻyib chaqirdi. U baqirganda ovozi ingichkalashib ketar va hatto, bir oz kulgili ham tuyulardi. Uchinchi bor chaqirganidan keyin ichkaridan xotirjam va chol tomonga yaqinlashib kelayot¬gan ovoz eshitildi. Hademay roʻparasida hozirgi zamon amaldorlari orasida rusum boʻlgan uy kiyimi kiygan «Gazitachi bola» koʻrindi.
— Ie, keling buva, keling! — deya qoʻsh qoʻllab koʻrishdi u oʻzi tomon bir-ikki qadam tashlagan chol bilan. Chol tezdagina muddaoga oʻta qoldi:
— Sizam davlatti odamisiz deb, bir ishman chiqdim-da, — u shunday derkan, uyning old tarafidan kelayot¬gan televizor ovozini eshitib, oʻsha yoqqa bir-ikki qadam tashladi va ayvon pastiga qoʻyilib, ustiga dasturxon solingan xontaxta turgan soʻriga koʻzi tushdi. Chamasi, televizor ayvonda edi. Hozir cholning juda-juda tele¬vizor koʻrgisi va kim bilandir laqillashib oʻtirgisi kelayotgandi. «Gazitachi bola»yam buni sezdi shekilli, xuddi uni shu yerda toʻxtatib qolmoqchi va tezroq chiqarib yubormoqchi boʻlgandeq cholning yonboshidan aylanib dar-voza tomonga oʻtib oldi va soʻradi:
— Qanaqa ishiydi?
— Nafaqami koʻpaytirib bering depta.

«Gazitachi bola» miyigʻida kuldi:
— Nimaga endi?

Darvozaning ustidagi chiroq cholning koʻzini oldi, shuning uchun undan qochmoqchi boʻlib, uy egasining yonboshiga oʻtib, oʻnga qaradi.
— Men bitta jeyda — mashi koʻlxoʻzda qiriq besh yil ishlaganman. Shunichun meni nafaqam koʻprogʻ boʻli¬shi keragakan. Poshtachiyam shunday dedi.

Endi uy egasi cholning yonboshiga oʻtib, chiroqqa orqa qilib turib oldi. Ular shu asno darvozaga yaqinlashmoqda edilar, chunki chol oʻnga qarovdi hamki chiroq shu’lasiga dosh berolmagan koʻzlari qisildi.
— Mayli, men ertaga raysabezga sim krqib, surishtirib qukay-chi.

Birovniig har qanday gʻam-tashvishi «Gazitachi bola»iing boʻgʻzidan nariga oʻtmaydigandek tuyulardi. Uning kurinishi shunday edi. Ayni paytda ham goʻyo cholning tashvishini yeb gapirardiyu, ammo uni va uning gaplarini tezroq unutishni istayotgani sezilib turardi.

Chol chiroqdan oʻzini yana panaga oldi.
— Ashna-a qiling, uka. Nafaqam koʻpaysa yaxshi-da, — chol endi televizorning ovozi ham elas-elas eshitilayotgan uyning old tomoniga yana bir bor umidvor qaradi-da, nigohini uy egasiga burdi.
— Boʻpti, men ertaga gaplashib qoʻyaman, — degan yigit koʻzini olib qochib, darvoza tomonga bir-ikki qadam tashladi.
— Mayli, iltimosta, endi, — chol darvozadan hatlagandi orqasidan «Gazitachi bola»yam chiqdi.
— Boʻpti oʻmasam... — dedi chol hayrlasharkan.
— Bir piyola choy ichmadik-da, buva! — deya mulozamat qildi yigit.
— Rahmat-rahmat... — chol uyigʻa tomon yurdi, avval juda sekin, soʻngra yoʻrgʻalab ketdi.

Va nihoyat qadrdon darvozasining boʻsagʻasiga kelib, qadrdon ajrigʻiga oʻtirdi. Tilining ostiga nos tashla¬di. Uning darvozasi chiroqsiz boʻlganidan devor ostida oʻtirgan odamni dabdurustdan ilgʻash mushkul edi. Shu payt darvoza gʻalati ovoz chiqarib ochildi-da, undan engashibroq chiqib kelayotgan oʻgʻli koʻrindi.
— Ie, she yerdaykansizu, ota, — assalomaleykim.
— Aleykimassalom. Ha, ke, bolam, — chol oʻtirgan yerida oʻnga qoʻl uzatdi.
— Tuzukmisiz?.. Yuring uyga, osh sovimay yevoling, — Oʻgʻil otasini turishga undadi. Otasi «yo pirim», deya qoʻzgʻalganda, qoʻltigʻidan olib, turishiga koʻmaqlashdi.
— Endiragʻda ovqatlanuvdigu, bolam. Qornim toʻq.
— Bizi osh boshqa-da, ota. Ataylab sizga atab, yumshoqroq qilib pishirtirdim.

Qizi soʻriga joy hozirlab, dasturxon ham yozib qoʻygandi.
— Bira toʻla qoʻliyziyam yuvib olaqoling, ota, — Oʻgʻli dastasi oʻrniga sim bogʻlangan choynakda otasining qoʻliga suv quydi, keyin oʻzi ham qoʻllarini yuvib, singlisi otasiga uzatgan sochiqning bir uchiga apil-tapil artdi.

Ota-bola bir-birlariga yuzma-yuz boʻlib oʻtirishib, osh yeyishga kirishdilar. Cholning echki soqoli yana tepaga va pastga borib-kelib, siltana boshladi. Oʻgʻil otasiga choy quyib uzatib oʻtirarkan, ora-sirada tovoqdagi oshdan choʻqilab ham qoʻyardi. Chamasi, u oshni uyida yeb kelganu, hozir otasini yolgʻizlatgisi kelmay, nomigagina totinib oʻtirardi.
— Zeriqib krmayapsizmi ishqilib, ota? — sekingina soʻradi oʻgʻil mehribonlarcha.
— Zeriqish qagʻda-ya, bolam, — chol bu gapni shunchaki aytdi, axir hol soʻraganlarga hamisha yaxshi javob berib oʻrgangan-da.
— Tunov kuni ellikvoshi menga sal tanbeh berganday boʻldi...
— Nima deydi?
— Otangdan tez-tez xabar olib turgin, deydi. Tez-tez oʻtib turaman, dedim, — Oʻgʻil odobsizlik boʻlmasligi uchun ovozini sal pasaytirib soʻradi. — Siz biron narsa demovdingizmi? — Aslida u «arz qilmovdingizmi?» demoqchi edi, lekin otasini ranjitib qoʻyishdan koʻrqdi. Chol ham buni fahmladi:
— E, yoʻ-oʻ, men nimayam derdim, bolam... — U osh yeyishdan toʻxtab, qoʻlini sochiqka arta boshladi,
— Omaysizmi, ota, hech qancha yemadiyzu.
— Yoʻ, boʻldi... Oʻzi ellikvoshimiz yaxshi odam. Bizikigayam tez-tez kirib turadi. Tunov koʻngi bayramda bir kilo goʻsht, non-pon qilib koʻtarib kiribdi, — chol choy xoʻplarkan, xayolchan dedi. — Omon boʻsin ishqib!..
— Yo tilivizorimizni olib oʻtib beraymi?
— E, qiziqmisan, oʻgʻlim , dulbuzardi yosh bollar koʻratta, — chol haligina rosayam oynai jahonni koʻrgisi kelganini aytmadi. Aytib boʻladimi, yosh bolaga oʻxshab.
— Zerikmayrogʻ oʻtirassimi deyman-da.
— Qoʻy uni, bollaring koʻrsin. Sen yaxshisi bizi toʻkchoynagimizni tuzatib ber, — chol shunday deya qiziga «toʻkchoynakni obchiq» deganday ishora qildi. — Bir-ikki haftadan beri buzuq.

Oʻgʻil singlisi olib chiqqan elektrochoynakning u yoq-bu yogʻiga birrov nazar tashladi-da:
— Sim-pimi uzilib ketgandir-da, — dedi. — Ertalab oʻgʻlim biznikidagini sizlarga olib oʻtib beradi. U yangiroq. Buni biz tuzatvolamiz.
— Mayli, — deb qoʻydi chol qorongʻiliq qa’ridagi hovlining allaqaeriga tikilib.

Oʻgʻil mushtdekkina boʻlib qolgan otasining gajik yuziga qararkan, oʻnga rahmi kelib ketdi.
— Yo shu yerga kelib yashaylikmi, ota? — deya soʻradi achinish aks etgan ovozini maslahat ohangiga doʻnib.

Chol oʻzini dadilroq tutishga oʻrinib, gavdasini koʻtardi.
— Yoʻq, bollaringminan tinchgina yashayver. Baribir menga hech narsa qilib berolmaysan. Mening safarim qarigan bolam, bu dunyoda qiladigan ishim qolmadi, shekilli. Faqat shu... — Chol «negadir oʻlim fursati kechikayapti-da», demoqchi boʻldiyu, oʻgʻlini havotirga solishdan andisha qildi. — Onang boʻgandayu... Baribir uning oʻrni boshqaydi-da, oʻgʻlim... — Picha jim qolgach, goʻyo oʻziga-oʻzi gapirayotganday oʻychan dedi: — Nomoz-pomozam oʻqiyolmayappan...

Bir ozdan soʻng oʻgʻil ham oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Elektrochoynakni koʻtarib, darvoza tomon yuruvdiki, chol ham unta ergashdi.
— Oʻtiravering ota, nima qilasiz endi koʻchaga chiqib? — dedi oʻgʻil mehribonchilik koʻrsatgan boʻlib.
— Shu topdan uyga qamalvosam qachon tong otadi? — deb qoʻydi chol «sen nimani bilasan?» deganday. Ular darvozada hayrlashdilar.

Chol oʻgʻlining ortidan ma’nosiz tikilib picha turgach, bir narsa esiga tushganday nariroqqa borib qolgan oʻgʻlini toʻxtatdi.
— Hoʻy, bolam, nomozdi oʻrgangin, — dedi bu gapi oʻziga yarashmayotganini bilib tursa ham ta’kidlab. — Bollaringayam oʻrgatgin.

Oʻgʻli «xoʻp-xoʻp» dediyu, birpasda qorongʻiliq qa’riga singib ketdi.

Chol oʻz gapi ta’siridan chiqolmay, qadrdon ajrigʻiga asta oʻtirarkan, beixtiyor pichirladi:
— Keyin qiyin boʻlarkan, bolam!..

U ogʻziga nos tashladi. Ogʻzi quruqshab qolganidan nosning achchigʻiniyam sezmadi shekilli, xumor deganlari bosilmadi. «Endi binnasa qilib nomozdi oʻrganmasam boʻlmaydi shekilli, — Oʻyladi u osmondagi yulduzlarga nazar tashlarkan, — har tugul umrimga ma’ni kirarmidi. Vaqt ham oʻtardi... Bu oshkrvoq, — u qoʻli bilan kallasini bir noʻqib qoʻydi, — hech narsani olmay qoʻygan-da! He, atta-ang!.. Yo uch-toʻrtta qoʻy boqsammikin-a? Ermak boʻlardi-da. Dalalarda aylantirib yurardim. Ha, nima, nafaqa pulimi toʻplasam... Oʻgʻlimam qarab turmas axir!..»
— Assalomalaykim.

Chol ovozdan choʻchib tushdi. Roʻparasida qoʻlidagi sigaretining choʻgʻini yiltiratib, qoʻshni kelinning eri boʻlmish yigit turardi. U shomlikdan soʻng tamaki cheqish bahona koʻchaga chiqar va cholning hamisha ajriqda oʻtirishini bilganidan koʻpincha toʻgʻri shu yoqka oʻtardi-da, u bilan picha guroʻnglashardi. Hozir ham qariya bilan soʻrashgach, uning yoniga oʻtirib, tamaki burqsitdi.
— Zerikmay oʻtiribsizmi, buva? — soʻradi yigit ermaktalab odam ohangida.
— Nimagayam zerikardim endi, — deb qoʻydi chol bir xoʻrsinib. — Ishlaring qalay?
— Yomonmas. Yurippizu...

Yigit shu koʻyi yarim soat-bir soat chol bilan gangir-goʻngur qilib oʻtirdi, bu orada ikki-uchta tamaki tutatdi. Uniig almoyi-aljoyi suhbatlari cholga xush yoqadi, ishqilib uyigʻa tezda kirib ketmasligini istaydi. Ammo yigit oʻz odaticha uzoq oʻtirmaydi. Hozir ham:
— Boʻpti, buva, hozir «Vremya» boshlanadi, — dedi-da, oʻrnidan turdi.

Chol yigitdan keyin ham ancha oʻtirdi. Va nihoyat, nazarida ancha kech boʻlgandek tuyuldimi, oʻrnidan turib, uyga kirdi. Aytganiday qizi yotar joyini ayvondagi soʻriga solib qoʻyibdi. U soʻrining bir chetiga oʻtirarkan, derazadan uy ichiga nazar tashladi — chiroq oʻchiq, demak, qizi uxlabdi. Bir xayol bilan oʻchoqqa qaradi. Undagi chovgunning ostida bir-ikkita mayda choʻgʻlar yiltirardi. Chovgundagi suvni qizi ilib tursin uchun choʻqqa qoʻyib qoʻygandi, chunki u otasi har zamonda iliq suv ishlatib turishini bilardi. Chol krpkrgʻi pachoq choynakka chovgundagi iliq suvni qoʻyib, uni koʻtargancha hovliga oʻtib ketdi. Bir ozdan soʻng qaytib kelib, yuz-qoʻlini yuvdi. Ayvonga chiqib, qizi bolishi ustiga qoʻygan durrada artindi. Keyin toʻnini yechib, chiroqni oʻchirdi-da, «yo bismillo» deya joyigʻa yotdi. Yotdiyu, kampiri esiga tush¬di shekilli, «hah, kampir-a», deb qoʻydi ovoz chiqarib. Koʻzlari ayvon harisi ostidan miltillab koʻrinayotgan yulduzlarga tikildi. «Qachon chaqirasan endi, kampir, — deya oʻyladi soʻng. — Tezroq chaqirasanmikin?.. Ertamatangacha oʻlib qolsam-a?» Uning ogʻzi gʻalati tabassum uchun ochildi shekilli, gʻira-shira qorongʻida ham kemshik tishlari xira yaltirab qoʻydi. Shu payt bir narsa esiga tushganday keskin qimirlab, bosh tomonidagi boyagi durrani oldi. Yotgap koʻyi qoʻllari bilan paypaslab, uni taxladi. «Bismillo» dedi-da, choʻqqi soqolini old tomonga qayirib, durra bilan jagʻini tangʻidi. Oʻlib-netib qolsa, qoʻni-qoʻshni kirganda jagʻi osilib, xunugi chiqib turmasin. Chunki: «Kechasi menga bir narsa boʻlsa, oʻzing yopishmay qoʻshnilarni chaqir. Biyagʻi qarichilik, bilib boʻlmaydi», deya qizini ogohlantirib qoʻygan.

Yosh narsa, yurak-puragi tushib qolmasin, degan-da. Oʻlikdan qoʻrqqan yomon boʻladi, deyishadi-ku...
— Rostdanam oʻlib qolsam-a!.. Qhim!.. — U xushnud bir kayfiyatda koʻzlarini yumdi-da, uch bor kalima keltirdi. — La iloha illAlloh. La iloha illAlloh. La iloha illAlloh!..

1999