OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Najib Mahfuz. Qalampir (hikoya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNajib Mahfuz
Asar nomiQalampir (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Misr adabiyoti
Boʻlimlar
   - Ekzistensializm
Mualliflar
   - Najib Mahfuz
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAsqad Muxtor (Rus tilidan)
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qalampir (hikoya)
Najib Mahfuz

«Baxt» deb atalgan chogʻroqqina qahvaxonada kelgan-ketganning e’tiborini tortadigan narsalar ancha-muncha. Lekin bu yerda chindan ham diqqatga sazovor Gʻaroyibot «Qalampir»dir.

Qalampir — Oʻn ikki yoshlar chamasidagi bolakay. Uning asl ismi — Taha Sankar, ammo qahvaxonada va bu tevarak-atrofda u «Qalampir» laqabi bilan mashhur. Erta sahardan to tun yarmigacha stollar orasida ivirsib, yugurgilab, lov-lov choʻgʻ tashiydi. «Qalampir» degan laqabni ham unga, hoynahoy, mana shu kashandalar yopishtirishgan. Laqab unga haqiqatdan juda yarashib tushgan edi: chaqqon, koʻzi oʻtkir, har burchakda hoziru nozir. Iflos qahvaxonaning boʻgʻiq havosi «Qalampir!», degan baqiriq-chaqiriqlardan larzaga kelib turadi.

U qariyb bir yildan beri shu yerda ishlab, kuniga bir qirsh puldan tashqari, nonushtaga va tushlikka bir stakan choyni tekinga ichar edi. Goho esa bironta kashandadan keyin qolgan chilimdan bir-ikki marta qurillab tortishga ham haddi sigʻardi. Shularning hammasini hisobga olib, Qalampir oʻzini omadi yurishganlardan deb bilardi. Mijozlar koʻpaygan paytda ularga choy tashib, yetkazib boʻlmaydi, bahslar avjiga chiqib, qahvaxonani boshlariga koʻtaradilar, kimdir kechki gazetani baland ovoz bilan oʻqigan, kimdir qiroat bilan unga sharh bergan... Munozara qizigan sari qahvaxonadagi boshqa odamlarni ham oʻziga tortib ketadi. Qalampirga xuddi shunaqasi kerak!

Bora-bora odamlar nima haqida bahslashayotganini anglaganday, yaqinroq kelib quloq sola boshlaydi. Bu gal ular pora olgan bir amaldor haqidagi maqolani muhokama qilishayotgan edi.
— Nihoyat qoʻlga tushibdi! — dedi kimdir, — bunaqalardan hali qanchasi yallo qilib yuribdi!

Boshqa birovi gapni ilib ketdi:
— Ayrim mansabdorlargina oladi, deysanmi porani... oddiyroq odamlar-chi, tekintamoq emasmi? E, bu barchaga ayon-ku! Agar adliya xodimlari chinakam odil boʻlsa bormi, shahar huvillab qolib, qamoqxonalar toʻlib-toshib ketardi, ha!

Shunda hamma gapga aralashib, bir-biriga soʻz bermay, qoʻllarini paxsa qilib, baqirib ketishdi, katta-kichik bir xil kishilarning nomlari ham tilga olindi. «Mana, masalan... falonchi... qaysi yoʻl bilan boylik orttirganini bilamiz!»

Bitta-yarimtasi gapdan chalQib, uni chaqirganida, Qalampirning ahvolini tomosha qilsangiz! Goʻyo choʻntagi toʻla pul-u, undan odamlar: «Ishlar qalay? Joyidami?» deb soʻrayotganday, yuziga xotirjam va baxtiyor tabassum yoyiladi. Xoʻjayin unga olov-qoʻr tashishgina emas, chilimning oʻzini eltib berishga, balki xoʻrandalarga qahva damlashga ham ijozat beradigan kunlarni orzu qilib iljayadi, shekilli-da! Unday boʻlsa u oʻzini katta amaldor hisoblardi... Oʻozircha esa qahvaxoʻrlarning betinim talabchan imo-ishoralariga «Labbay, hozir!» deb, kekirdakka zoʻr berishga toʻgʻri kelayapti. Kekirdak ham bu yerda, oyoqni qoʻlga olganga oʻxshab muhim.

Qalampir qahvaxonaga oliy oʻquv yurtlari talabalari yopirilib kiradigan paytlarni xush koʻradi. Bu suronli, sershovqin toʻdalar qahva buyurib, bahslashgani-bahslashgan, oʻzlari oʻrgangan burchakka gʻuj boʻlib olib, sigaret tutuni ichida «taxta» oʻynashadi.

Bu yerga qatnaydiganlarning koʻpchiligi singari, bular ham ancha yupun tabaqa-yu, ammo oʻquv yurtlarida olgan bilimlari tufayli ular jamiyatning koʻzga koʻringan qatlami hisoblanardi, ya’ni ziyolilar.

Uchta-toʻrtta boʻlib kelishganida, qahvaxonadagilarga ancha bepisandlik bilan qarab, chekkaroqqa oʻtirishadi. Lekin koʻplashib kelib qolishsa bormi, yoshliklariga borib, oʻzlarining qaerdaliklarini unutib qoʻyisharmidi?! «Falonchini ayt! Uyida toʻkin bazm... daromadining manbai... falonchi-chi... haligi-chi...» Nihoyat, kimdir baland ovozi bilan baralla qichqiradi: «Ey, kissavurdan oʻgʻrigacha tap tortmaydi!»

Qalampir bahslarning ma’nosiga yetib qoldi... Endi unga talabalar gapidagi ba’zi ajnabiy soʻzlar ham, ilgari Qashini keltiradigan ilmoqli iboralar ham xalaqit bermasdi. Zap topib gapiryapti: «OʻQrilik rasmga aylangan!», «Oʻgʻrilarning oshigʻi olchi!» Qalampir buni yaxshi biladi, yaxshi tushunadi, oʻzi ham oʻQri emasmi, axir... Onasi ham, pista sotib kelayotganida, tor koʻchada adashib yurgan joʻjaxoʻrozni... qoʻyniga joylab qaytadi... Otasi-chi? Kunduzi bodomfurush, kechasi esa tomma-tom sakrab, birovlarning arqondagi kirlarini...

Bu oqshom Qalampir oʻylaganidek xayolparastlik bilan tugamadi. Hujrasiga qaytsa, onasi siniq kursida, poldagi axlatga tikilib qon yigʻlab oʻtiribdi. Mishiqi ukalari ham gʻingshib, onalariga biqingancha jovdirashardi. Qalampir, nima gap, deb soʻrab ulgurmadi, «Dadamizni mirshablar olib ketdi!» deyishdi. Qalampir darrov tushundi, kattaroq singlisi voqeani yigʻlab-siqtab gapirib berdi.
— Ular anchadan beri kuzatib yurishgan ekan dadangni... — dedi ona.

Qalampir dadasini kamdan-kam koʻrar edi. Odatda dadasi tungi «sayr»lardan qaytganida, u uxlab qolgan boʻlardi. Ertalab ishga ketayotganida esa, otasi uxlab yotgan boʻlardi. Lekin, baribir, otasiga rahmi kelib, yuragi siqilib ketdi, yigʻlab yubordi.

Keyin u qahvaxonadagi suronli gurunglarni eslab, oʻgʻri koʻp ekanini, oʻgʻirlik uchun birov qattiq jazolanmasligini onasiga hikoya qilib berdi...

Onasining gʻashi kelib, «bas qil!», deya jerkib tashladi. Qalampir esa hayajonda hamon gapiraverdi. Onasidan bir tarsaki yegandan keyingina uyquga ketdi.

Ertalab oʻrnidan turganida, hech narsa boʻlmagandek, hammasi esidan chiqib ketgan edi. Oʻzini tetik sezib, chopqillagancha qahvaxonaga joʻnadi. Chindan ham, nima boʻpti, otasi birinchi marta qoʻlga tushayaptimi!..