OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNargiza Gʻulomova
Asar nomiShaharlik kelinchak (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Nargiza Gʻulomova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm16KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shaharlik kelinchak (hikoya)
Nargiza Gʻulomova

Sahar osmondagi tun rangini artdi. Ammo quyosh hali koʻringani yoʻq. Uni baland togʻlar toʻsib turibdi. ltlar vovillab, xoʻrozlar qichqirdi. Qishloq uygʻona boshladi. Hovlilarda chelak, supurgi ushlagan kelinchaklar koʻrindi. Siz ham uyqungizning eng shirin damlaridan kechib tashqariga chiqsangiz, ajoyib manzaraning guvohi boʻlasiz. Kelinlarning hammasi koʻzni qamashtiradigan yaltiroq koʻylaklar, tafta va parcha xalatu lozimlar kiyishgan. Atlasning ming xil turi bor deysiz. Ular koʻcha supurishga emas, milliy liboslar koʻrigiga otlanishganday. Supur-sidirdan soʻng koʻchalaming chiroyi ochildi, gul-daraxtlari koʻrindi. Quyosh ham togʻlarortidan moʻraladi. Kelinchagi yoʻq xonadon eshiklari bugun sal kechroq ochiladi. Dam olish kuni onalar boʻy yetgan qizlarini bir oz ayashadi. Uyquga toʻyib olishsin. Quyosh ufqqa koʻtarilganda koʻchaning eng chekka eshigi ochilib, chelak koʻtargan Ra’no koʻrindi. Egnida oqarib ketgan chit xalat, sap-sariq gulli roʻmolini qoshigacha tushirib olgan. Ra’no chelaklaridagi suvni hafsalasizgina sepdi-da, uyiga kirdi. Yotoqda pishillab yotgan erining yoniga choʻzildi. Jannat xola kelinining qadam tovushlaridan uygʻongan edi. Ana, suv sepib boʻldi, oshxonaga kirdimi? Yoʻq. Zarda bilan oʻmidan turdi. Taraqa-turuq bilan nonushta tayyorlashga tutindi. Qudrat aka xotinining choynakni ushlab turishidan kayfiyatini sezdi.
— Boshqalar qani? — deb soʻradi-yu, tilini tishladi. Bekor xotinining ogʻriq tomiriga tegib ketdi-da.
— Qayerda boʻlardi erta sahardan? Shirin tush koʻrib yotgandir. Boshqalarning hovlisi yogʻ tushsa yalagudek, biznikida esa nomiga supurgi aylanadi. Ikki yil oʻtdi, hech oʻrgana olmadi, oʻrgana olmadi-da. Buning ustiga uyquchi ham boʻlib qoldi. Shaharlik kelin bizga toʻzmaydi, deb necha marta aytgandim sizga. — Jannat xola Qudrat akaga emas, qoʻni-

qoʻshniga gapirayotgandek, bor ovozi bilan javray boshladi.
— Balki...
— E, qayoqda?! Shu paytgacha bir etak bola tugʻsa boʻlardi. Bu keliningizga ishonch yoʻq. Shamol tursa, rayhondan oldin egiladi. - Qudrat aka xotiniga sirli qarash qildi.
— Axir oʻzing ham besh yil tugʻolmaganingni unutdingmi?
— Shuning uchun-da, Xudodan tilab olgan yakkayu yolgʻizim oʻzidan koʻpaysin deyman. Shaharliklar bitta-ikkitadan oshirisholmaydi.
— Bu yer shahar emas. Xudo bersin, bir orqa-olding toʻlib, qimirlamay qol!

Jannat xola yigʻlab yubordi.
— Keliningiz meni biysitmaydi. Boshqa kelinlar qaynonasini oyijon deb chaqirishadi. U boʻlsa...
— E... xotin, oyijon desa Jannat otingga bir narsa qoʻshilib qolarmidi? Kelinimiz shunday odobli, bosiq. Ikki yil ichida «san-man«ga bormagan boʻlsang. Oyijon degan kelinlarning ba’zilari »jon’iab jonini oladi.
— Axir bu ham orzu-havas, dadasi.
— Oʻgʻling bilan kelining qoʻsh kabutarday «ku-ku»lashib yuribdimi, shu orzu-havasingga yetganing, shukr qilaver, onasi!

Umid kirib kelishi bilan Qudrat aka yuziga oʻzgacha tus berdi:
— Kel, oʻgʻlim, yaxshi dam oldingmi?
— Qani suyukli xotinchang? Haligacha uxlayaptimi? Kecha-si nima ish qiladi uning? - Ona hovuridan tushmadi.
— Boʻldi-da, xotin, - dedi Qudrat aka qat’iy qilib. Umid indamadi. Onasi bilan tortishish befoyda ekaniga allaqachon aqli yetib qolgan edi. Eri bilan izma-iz Ra’no koʻrindi. Hammaga salom berdi. Xijolatdan nima deyishini ham, nima qilishini ham bilolmay koʻzini yerga tikib turaverdi. Qaynona alik olmay teskari qarab oldi. Qudrat aka kelinini noqulay ahvoldan chiqarish uchun gapirdi:
— Kel, qizim. Choying sovib qolyapti.

Nonushta paytida hamma ogʻziga talqon solganday jim oʻtirdi. Dasturxonga fotiha oʻqilgach, oila a’zolari oʻz yumushlari bilan har yerga tarqalishdi. Ra’no bir oʻzi qoldi. Idish-tovoqlarni yigʻishtirib, yuvdi. Keyin oʻz xonasiga kirib, divanga choʻkdi. Oʻyga toldi. Ikki yildan beri shu oilada turadi, ammo hamma narsa unga omonatga oʻxshaydi. Uni doimo har qayoqdan oʻrab turgan bu besoʻnaqay togʻlar, salkam yarim kechasidan chiqib oladigan jazirama quyosh, qishloqning koʻchalarini changitib u yoqdan bu yoqqa yuraveradigan sigir va eshakJar, nahotki uning butun umri shular orasida oʻtsa...

Ra’noning nazarida, bularning barchasi tush... Hademay uygʻonadi va u oʻz shahriga, ota-onasi bagʻriga qaytadi. Agar Umid akasini sevmaganida edi, allaqachon etagini silkib ketgan boʻlardi. Erini oʻrtogʻining toʻyida uchratib, birinchi koʻrishidayoq sevib qolgan edi. Avvaliga onasi ularning turmush qurishiga qarshilik qildi. Lekin Ra’no oʻjarlik qilib turib oldi. Otasi esa qiziga yon bosdi. Jiddiy, mustaqil fikrli Umid unga ham yoqib qolgan edi.

Toʻydan keyingi paytlar Umidning sevgisi Ra’noga qanot baxsh etar, butun atrof-olam goʻzal koʻrinardi. Lekin vaqt oʻtishi bilan tabiat goʻzalligi ham, sof togʻ havosi ham, hattoki erining sevgisi ham odatiy ikir-chikirlarga qorishib ketdi, unga hamma narsa malol kela boshladi. Buning ustiga, qaynonasining meni oyijon desin, degan talabiyam ortiqcha...

Bir kuni Ra’no onasini juda sogʻindi. Shaharga eltadigan yoʻlga ma’yus qarab turganida eri orqasidan keldi-da, yelkasidan ohista quchdi.
— Uyingni sogʻindingmi?
— Ha.
— Ra’no, sendan bir narsani iltimos qilsam maylimi? Ra’no savol nazari bilan eriga qaradi.
— Onamni «oyijon» degin. Ra’no chuqur xoʻrsindi.
— Bilasizmi, onam mening eng yaqin dugonam, sirdoshim, maslahatchim. Ular juda ajoyib ayol. Men esa, afsuski, biror marotaba ularni «oyijon» deb atamabman.

Umid indamadi. Lekin shundan soʻng xotinining koʻngli bilan qiziqmay qoʻydi. Boshi bilan ishigashoʻngʻidi.

Ra’no qaynonasiga hech gap qaytarmasa ham, yumushlarni bekami koʻst bajarsa ham ularning munosabatlari sovuqlashib ketaverdi.

Xayollar ogʻushida oʻtirarkan, birdan uning ogʻziga taxir maza keldi. Oʻrnidan turib, hovliga odimladi. Arang ekin ekilgan yergacha yetib kelib, tiz choʻkdi. Sal narida oʻz yumushlari bilan andarmon yurgan qaynona unga sinchkov qarab qoldi.

Kechki payt Ra’no koʻcha supurayotganda, qoʻshni bola Rustam uning oldiga yugurib keldi.
— Ra’no, bugun mazang qochdimi deyman. Tomdan seni kuzatib turuvdim. Rangingda rang qolmapti.
— Hechqisi yoʻq. Biror narsa yeb qoʻygandirman-da, - javob qildi Ra’no.

Rustam Jannat xolaning bir devor qoʻshnisi. 13—14 yoshlarga kirgan boʻlsa-da, koʻrinishidan yosh bolaga oʻxshaydi — boʻydan xudo bermagan. Lekin shunga qaramay u nihoyatda chayir, qishloq bolalari ichida eng «obroʻlisi» edi. Ra’noga boʻlgan munosabatini oʻzi ham tushunolmasdi. Nima boiganda ham, uni juda hurmat qilar, unga qattiq bogʻlanib qolgandi. Umidni esa koʻrgani koʻzi yoʻq edi. Bu koʻngilchan yigitchaniiig mehribonchiligi Ra’noga xush yoqar, kezi kelganda, dalda boʻlardi. Butun qishloq boʻyicha shu bolakaygina uning yagona doʻsti desa ham boʻlardi.
— Kel, hovlingni supurib beraman.
— Yoʻq. Odamlar nima deydi.
— Nima desa deyaverishsin. Kasal boʻlib qolmagin deyman-da. Oʻzing nozikkina boʻlsang.

Ra’no jilmaydi.
— Juda qiziqsan-da, Rustam.
— Mayli. Faqat oʻzingni ehtiyot qil. Anavi telba ering qani? Senga bir oz qarashsa boʻlmaydimi?
— Bekor unday deyapsan. Uning ishi koʻp.
— Bilaman ishini. Oʻtgan yilgi qorning undan koʻra foydasi koʻproq, — shunday deya, Rustam nariroqda futbol oʻynayotgan bolalar tomon yugurib ketdi.

Ra’no tuni bilan bezovta yotdi. Endi koʻzi ketgandi, eri turtdi:
— Tur, tong otdi.

Ra’no eriga norozi qarab qoʻydi, ammo oʻrnidan turdi. Koʻchaga chiqdi-yu, kulimsiradi. Atrof top-toza supurilib, suv sepilgan edi. «Rustamning ishi», - darrov fahmladi Ra’no. Uyga qaytib kirdi-da, hovlini supurib, suv sepdi. Bir xayoli yotoqxonasiga qaytib yotmoqchi boʻldi, ammo oshxonaga kirib, nonushta tayyoiiashga kirishdi.

Odatdagiday dasturxon atrofida yigʻilib, nonushta qila boshlashdi. Ra’no qaynonasiga koʻz ostidan qarab qoʻydi. Hech qanday oʻzgarish yoʻq, hafsalasi pir boʻldi. Choy tayyorladi nima-yu, tayyorlamadi nima? Bir burda nonni endigina ogʻziga yaqinlashtirgan ediki, kechagiday achchiq ta’m sezdi. Oʻrnidan tura solib, tashqariga shoshilib chiqib ketdi.
— Keliningning tobi yoʻqqa oʻxshaydi, - dedi Qudrat aka. -Doʻxtirga koʻrsatib kelsang boʻlardi.
— Unga hech narsa boʻlgani yoʻq, — zarda bilan javob berdi Jannat xola. — Oʻzi shunaqa boʻladi.

Umid ovqat yeyishdan toʻxtadi. Nari-beri yuziga fotiha tortib, xotini ortidan yugurib ketdi.
— Axir shuncha kutganding-ku buni. Xursandchiligingni ham sezmayapman. Qaragin, kelining bugun qanchalik harakat qilibdi. Bundoq chehrangni ochsang boʻlmaydimi?
— Qoʻni-qoʻshnilar ustimdan kulyapti, — yana koʻziga yosh oldi Jannat xola. - Kelining seni mensimaydi, ikki yilgacha oyijon degizdira olmading, buyogʻigayam uni yoʻrigʻingga yurgiza olmaysan, deyishyapti.

Qudrat akaning kulgisi qistadi.
— Butun qishloqqa jar solish kerakmasdi. Hovlingda tiq etgan tovush qoʻshningnikida gulduros boʻlib aks beradi. Sen uchun bu shunchalik ahamiyatli boʻlsa, kelin bilan ochiqchasiga gaplashib qoʻya qol.
— Aytganman unga. Lekin Ra’no juda oʻjar. Balki, sizning gapingizga quloq tutar, — Jannat xola eriga iltijoli nigoh tikdi.
— Yoʻgʻ-e... - Qudrat aka dovdirab qoldi. - Ha, mayli, urinib koʻraman.

Ra’no ayvonda erining koʻylagini dazmollardi. Qaynotasining kirib kelganini koʻrib, oʻrnidan qoʻzgʻaldi:
— Qizim, — gap boshladi u. — Oyingdan xafa boʻlma, aslida u juda mehribon ayol. Seni ham yaxshi koʻradi. Mana koʻrasan, farzandlaring tugʻilsin, ularni yeru koʻkka ishonmay oʻzi katta qilib beradi.

Ra’no indamadi. Qudrat aka uning koʻzlari qizarganidan yigʻlaganini his etdi:
— Balki, onangni sogʻingandirsan?

Ra’no bu gal «ha» degandek bosh irgʻadi.
— Oʻgʻlimga aytaman, seni shaharga olib tushsin. Ota-onangning uyida uch-toʻrt kun mehmon boʻlib qaytasan.

Ota-bola ishga ketishdi. Qaynona ham kiyinib, qayergadir chiqib ketdi. Ra’no uyda bir oʻzi qoldi.
— Ra’no, — devor tepasidan Rustamning boshi koʻrindi. U devordan bir sapchib tushdi-da, qoʻynidan bir necha shaftoli olib Ra’noga uzatdi.
— Ol, bular senga.
— Rahmat.
— Endi har kuni senga mevalar olib kelaman. Tuzukroq ovqatlanishing kerak.
— Nimaga unday deyapsan? - ajablandi Ra’no.
— Chunki yaqinda ona boʻlasan.
— Qayoqdan olding bu gapni? Senga kim aytdi?
— Butun qishloq biladi-ku. Hamma shu haqda gapirib yuribdi.
— Men oʻzim bilmayman, ular qayoqdan bila qolishibdi?
— Kecha Jannat xola biznikiga chiqib mening onamga aytdila. Oying shunday xursand edilarki, hattoki yigʻlab ham yubordilar.
— Yoʻgʻ-e, - Ra’no ishonqiramadi.
— Yolgʻon gapirayotgan boʻlsam, til tortmay oʻlay, — qizishib ketdi Rustam. - Endi bu yogʻiga oʻzingni ehtiyot qil.
— Shuning uchun bugun koʻchani supurib qoʻygan ekansan-da? — jilmayib dedi Ra’no.
— Men supurganim yoʻq.
— Nega yolgʻon gapirasan, kim boʻlmasa?
— Farishtalar boʻlsa kerak.

Ra’no kulib yubordi.
— Albatta, agar sen — farishta boʻlsang. Boshqa bunday qilma. Oʻzim eplayman. Ammo baribir rahmat.
— Arzimaydi. Lekin sen hammadan kech chiqasan-da.
— Nima boʻpti? Tong otguncha boshqalarniki qurib boʻladi, meniki esa salqin boʻlib turadi.

Endi Rustam xandon otib kulib yubordi.
— Ajoyibsan-da, Ra’no. Axir gap bunda emas. Erta saharda parilar uylar tepasidan uchib oʻtadi. Qaysi uyning atrofi supurilgan, suv sepilgan, eshiklar ochiq boʻlsa, oʻsha xonadonga qut-baraka tashlab ketadi. Sendan bir narsani soʻrasam maylimi?
— Mayli.
— Nega qishloqda hech kimga qoʻshilmaysan? Yo oʻzgalardan farqing bormi?
— Albatta bor. Aks holda shaharni tashlab, shu xudoning nazaridan chetda qolgan qishloqqa kelarmidim?
— Bu yer senga yoqmaydimi? — xafa boʻldi Rustam.
— Yoʻq.
— Nima, bu yerdan ketasanmi?
— Ketaman. Ammo sen kuyunma. Albatta, bu yerlarga yoʻlim tushsa, seni yoʻqlab turaman. Ungacha oʻzing ham qanot qoqib ketmasang.
— Men bu yerdan hech qayerga ketmayman! — magʻrur dedi Rustam.

Ra’no kechki ovqatga dasturxon tuzatdi-da, hovliga yugurib chiqdi. Togʻlar orasiga yashirinayotgan quyoshga mahliyo boʻlib qoldi. Uning soʻnggi nurlari ta’sirida atrof oltin kabi tovlanaredi.

«Buncha goʻzal boʻlmasa, - xayolidan oʻtkazdi Ra’no. - Shu paytgacha sezmagan ekanman».

Ra’no yana achchiq ta’mni his etdi. Ammo noxush hissiyot tezda oʻtib, yoqimli kayfiyat bilan almashindi. Ra’no sekin qoʻllarini koʻksi ostiga qoʻydi. «Nahotki men ona boʻlsam?» Qaynota uni choyga chaqirib, shirin xayollarini boiib yubordi.

Yulduzlar bilan qoplangan tungi osmon oʻz hukmronligini oʻtkazmoqda edi. Yangi tugʻilgan oy yotoqxonaning ochiq derazasidan moʻralab, Ra’noni uygʻotib yubordi. Togʻlar ortidan aks bergan boyoʻgʻli qichqirigʻi tunning sehrli sukunatini buza olmadi.

Ostonada Ra’no koʻrindi. Uning egnida onasi sovgʻa qilgan yangi issiq xalat, boshidagi zarhal roʻmoli oʻziga juda yarashgan. Ra’no zinapoyaning eng yuqori pogʻonasiga tiz choʻkdi-da, qop-qora togʻlar tomon qaradi. Oy nuri ostida ular juda mahobatli va samimiy tuyuldi.

«Men va farzandimni ular har qanday balo-qazolardan asraydi«, — xayolidan oʻtkazdi. Shu tobda Ra’no fikr-xayolidagi bu oʻzgarishdan oʻzi ham hayratga tushdi. »Menga nimalarboʻlyapti oʻzi?»

... Tunning saharga oʻrnini boʻshatib beradigan vaqt ham keldi. Oy va yulduzlar xira tortdi. Ra’no hamon roʻparasidagi keng togʻ tomon qarab oʻtirardi. Bir necha daqiqalardan soʻng uning ortidan quyosh koʻrinadi, oʻzining iliq nurlarini dunyoga tortiq etadi. Bundan Ra’no ham bahramand. Tonggi shafaq koʻrindi. Yangi kun tugʻila boshladi. Ra’no oʻzini shu sehrli subhidamning bir boiakchasi ekanini tuydi. Shu payt u savoliga javob topdi: unda, shu kun kabi, ayollik hissi tugʻilayotgan edi.

Ra’no oʻrnidan turib, pastga tushdi. Qadamlari yengil edi. Koʻcha va hovlini supurdi, suv sepdi. Keyin oshxonaga kirib, nonushtaga dasturxon tuzatdi. Bir ozdan soʻng xonaga qaynona kirib keldi.
— Assalomu alaykum, oyijon! - Ra’noning ovozi titradi. Beixtiyor aytdi «oyijon» soʻzini. Jannat xolaning yuzlari yorishib, koʻzlari porilladi, lekin darrov javob bermadi.
— Vaalaykum assalom, qizim. Yaxshi uxlab turdingmi?
— Juda yaxshi, oyijon. Men bugun saharni kutib oldim.
— Senga yoqdimi?
— Albatta yoqdi. Uning shunchalar goʻzal boʻlishini bilmagan ekanman.

Oshxonaga ota-bola kirib keldilar. Qaynona-kelinning kayfiyati nonushtaga iliqlik berdi. Suhbat qizidi.
— Ra’no, qachondan beri hech qayerga bormaymiz. Yur, sha-harga tushib aylanib kelamiz, - dedi Umid er-xotin yolgʻiz qolgach.
— Oyijon nima derkinlar... — Ra’noning ovozi oʻziga yoqdi, muloyim, beozor.
— Boringlar, bolalarim, boringlar, — dedi nariroqda ularni kuzatib turgan Jannat xola. — Faqat ovqatgacha kechikmay qaytinglar-da. Sizlarsiz dasturxon huvillab qoladi.

Yoshlar chiqib ketishi bilan Jannat xola ham qoʻliga kosa tutib, eshik tomon yoʻnaldi.
— Ha, sen qayoqqa, xotin? - Qudrat akaning ovozi shahdam edi.
— Qoʻshnilarnikiga chiqib, birontasinikidan qaymoq topib kelay. Kelinimiz chuchvarani juda yaxshi koʻradi.
— Qaymoqning bunga nima daxli bor?

— Axir keliningiz chuchvarani qaymoqsiz emaydi-da...