OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

2 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNasiba Abdullayeva
Asar nomiBegona govmish (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Nasiba Abdullayeva
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Begona govmish (hajviya)
Nasiba Abdullayeva

– Sumbatini koʻrgan satil toʻldirib sut bersa kerak deb oʻylaydi. Bir echkicha ham himmati yoʻq, shuni soqqunchayam enamdan emgan sutim ogʻzimga keladi. Mendan boshqani yoniga yoʻlatmaydi-ya, qirilgur. Yana yil oralatib qisir qoladi, jonimga tegib ketdi.
– Guljamol qargʻana-qargʻana molxonadan chiqib keldi. Xotinining javrashidan Boboqul sigiri yana bir hunar koʻrsatganini sezdi.
– Savil qolgur, satilning ichiga oyogʻini tiqib oldi. Shuncha qiynalib soqqanim bir qoshiq sutniyam huzurini pishagingiz koʻradi endi, – jahl bilan sutni konserva qutiga agʻdardi Guljamol.
– Hozir mol arzon, yem qimmat, odamlar boqolmay molini suv tekinga sotyapti. Sabr qil enasi, qish chiqsin, sotib boshqa siyir obberaman, xotinini ovutgan boʻldi Boboqul.
– Siyiringizni bu qishloqning odami omaydi, tepongʻich, suzongʻichligini hamma biladi, ustiga-ustak qoʻtir. Tunov kun Nazira kelin sizlarga itning ham keragi yoʻq, siyiringiz itdan ham yomon deb rosa kuldi.
– E, kim olaman desa qoʻsh qoʻllab tutqazardim bunday siyirni, – deb uf tortdi Guljamol.
– Ota, – gapga aralashdi Eshmurov, – molbozorga olib chiqsak-chi? Bir-ikki hafta kunjara berib yaxshilab boqaman, semirsa balki qoʻtiriyam ketib qolar?

Oʻgʻlining gapidan Boboqul ham oʻylanib qoldi.
– Boʻmasa, xotin, ertadan sogʻma, boquvga solamiz. Buzovini ayiramiz, bedani ta’mini bildi, qiynalmaydi endi. Ulim, sen qoʻtiriga kun ora chuchitilmagan moydan surt, bir oy-yarim oyda tuzalib qoladi.

Oradan bir oy oʻtar-oʻtmas sigir yaltirab semirib qoldi. Ammo belidagi qoʻtiri tuzalmadi. Bu orada Haydar boboning gʻunajini sotiladigan boʻlib qoldi. Guljamol otasiga sigirni bir haftadan keyin olamiz, joʻrangizni koʻndiring deb tayinlab keldi.
– Shu bozor siyirni sotmasangiz boʻlmaydi, otamga aytib keldim, siyirdan quruq qolmaylik. Qanchaga sotsangiz-soting, yetmasa qarz olamiz.
– Boʻpti, shu haftadan qoldirmayman, – va’da berdi Boboqul.

Bozor kuni ota-bola tong qorongʻusida molni haydab ketishdi. Kim echki sotgan, kim qoʻy. Mol oluvchi-yu, sotuvchidan dallol koʻp. Qorongʻuda yaxshi koʻrmagan ekan, Boboqulning sigiriga koʻzi tushib tanimay qoldi. Toʻsday qop-qora, yaltillagan, tirsillagan.
– Ulim, siyirni nima bilan choʻmiltirding, qoʻtiriyam bilinmay qopti-ya?
– Yana aytib yurmang, ota, enamni ipak boʻyogʻi bilan boʻyadim, qoʻtiriga poʻstakdan kesib yopishtirdim.

Boboqul kulib yubordi.
– Enang kecha poʻstagimni bir chetini sichqon kamirib ketibdi, qaytishda margimush olib keling deb tayinlagandi. Lekin bozordagilar bilib qolishsa oʻzingdan koʻr.

Boboqul bozor aylanib narx-navoni bilgach, sigirni sakkiz yuz mingga narxladi. Bir ozdan soʻng oʻrta boʻyli, miqtigina, qorachadan kelgan bir kishi keldi.
– Aka, qancha deyapsiz?

Shunday deb sigirning u yoq-buyogʻidan aylanib belidan ushladi. Boboqul xaridorning qoʻli poʻstakka tegib sidrilib tushsa deb qoʻrqqanidan rangi oqarib ketdi.
– Sakkiz yuz ming, aka, – dedi Eshmurod, soʻng otasiga xavotir olmang deganday imo qildi.
– Ha, sakkiz yuz ming deyapmiz, uka, – deya Boboqul ham tasdiqlagan boʻldi.

Aka, muncha pulga buzogʻli sigir beradi-ku, sal pastroq tushing.

Xaridor sigirning ogʻzini ochib tishlarini koʻra boshladi.
– Uka, bozor koʻtarganiga sotamiz-da, buyam kuzga borib bolalaydi, – deb dadillashdi Boboqul.
– Qisirga oʻxshaydi-ku, kuzda bolalaydigan sigirning qorni bilinib qoladi, muningiz tep-tekis-ku?
– Uka, qiyshiqmi-tekismi, siyirimizning narxi shu, olsangiz oling, olmasangiz, birov yarim xaridor chiqib qolar.

Bu kishining savdolashishidan dallolligi bilinib turardi. Boboqulning qoʻlini tutganicha 750 ming, boriga baraka, aka, deya siltayverib shilib yuborayozdi. Boboqul ham yoʻq deb turib oldi. Oxiri 770 mingga kelishishdi.

Ota-bola pulni sanab olgach xursand boʻlib uyga qaytishdi. Ertasi Haydar boboning sigirini sotib olishdi.

Guljamolning ogʻzi qulogʻida, molxonani tutunga toʻldirib isiriq tutatdi, soʻngra sigir sogʻishga tutindi. Bir pas oʻtar-oʻtmas satilning taraqlagani-yu, gurs etgan tovush eshitildi.
– Ha, qirgʻinginaga ketgur, siyir boʻlmay, ado boʻl, yomgʻirdan qochib doʻlga tutildim-ku, otasi.

Koʻylagi tappi-yu, shiptirga belangan Guljamol yigʻlagandan beri boʻlib molxonadan chiqib keldi. Oʻgʻli bilan Boboqul bir-biriga qaraganicha na yigʻlashni, na kulishni bilar edi. Guljamol qargʻana-qargʻana uyga kirib kiyimini alishtirib chiqdi.
– Buni oldida oʻzimning siyirim qoʻydek yuvvosh ekan-a. Qani yuringlar, bu shaytondan toʻraganga oʻzimning kuchim yetmaydi.
– Begona qilayotgandir-da, enasi.

Boboqul oʻgʻli bilan xotiniga ergashdi. Ikkovlon sigirning oyogʻini bogʻlashdi, Guljamol bir amallab sogʻib oldi. Ammo sigir har kuni «begona» qilaverganidan uni uchchovlon sogʻadigan boʻlishdi.