OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Nazarmat. Ta’zim (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNazarmat
Asar nomiTa’zim (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Nazarmat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ta’zim (hikoya)
Nazarmat

Men yaqinda togʻdagi olis bir qishloqda boʻldim.

Qishloq markazidagi gulzorda mangu olov yonib turibdi. Gulxan yonida urushda halok boʻlgan qishloq mardi-maydonlarining xotirasiga marmardan yodgorlik tiklangan.

Soqoli koʻksiga tushgan, yoshi yetmishlarga borgan bir moʻysafid olti-etti yashar nevarasini yetaklab, yodgorlik yoniga keldi. Boboning ham, nevaraning ham qoʻlida anvoyi gullar. Ular gullarni yodgorlik poyiga qoʻyib, ancha vaqt koʻzlarini gulxandan uzmay, sukut saqlab turdilar. Men ham ular yonida turdim.

Togʻ shamoli gulxan choʻgʻini oʻynardi. Qariya boshini gulxandan koʻtardi. Men bilan koʻrishib, hol-ahvol surab, maydon yonidagi buloq boʻyida savlat toʻkib turgan azim chinor tagidagi soʻriga boshladi.

Dasturxon yozildi. Nevara choy keltirdi. Otaning suhbatga mushtoq ekanligini sezdim. Choy asnosida dardu dilimiz ochilib ketdi. Ota qirq yoshida gʻalaba bilan uyiga qaytib kelganligini aytdi. Frontda zenitchi boʻlib, fashist kalxatlarini qiyratgan ekan.

Yodgorlikka gul qoʻyilgan kun otaning ham, nevarasining ham tugʻilgan kuni ekan. Ota oʻz tengqurlaridan koʻp kishi ikkinchi jahon urushida halok boʻlganligini aytdi. Soʻng bunday dedi:
— Qani endi ular hayot boʻlganlarida mana shu sizu biz soyasida dam olib oʻtirgan chinor tagida osh qilib, yetmish yilligimni nishonlayotgan boʻlar edik.
— Boshqa tengqurlaringiz ham bordir, sovxoz ulugʻ yoshingizni esga olgandir, — dedim.

Ota menga xursand qaradi:
— Ulugʻ yoshimni yaxshi nishonladilar. Rahmat ularga! Ammo tengqurlarim boʻlganda yanada boshqacharoq boʻlardi. Bir koʻrpada katta boʻlgan koʻpgina doʻstlarimdan ayrilganman. Ular xotirasiga shu yodgorlik tiklanib, gulxan yonib turibdi. Shuning uchun har kuni bu yerga bir marta ta’zimga kelaman.

1976