OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Nazarmat. Tabarruk javon (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNazarmat
Asar nomiTabarruk javon (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Nazarmat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tabarruk javon (hikoya)
Nazarmat

Qishloq kutubxonasiga keldim. Ikki qavatli sakkiz xonadan iborat koʻrkam va shinam bino. Ikkinchi qavatdagi keng xona qiroatxona. Bu yerda yoshu qari kitob muxlislari ekan, ular oʻzlari qiziqqan adabiyotlarni koʻzdan kechirish bilan band.

Bir mahal qishloq oʻrtasidagi mangu olov yonida koʻrgan va keyin chinor ostidagi soʻrida tanishgan keksa suhbatdoshim kutubxonaga kirib keldi. Qoʻlida jumhuriyat gazetasi. Kutubxona mudirasi yoshgina yoqimtoy juvon otaga peshvoz chiqib salom berdi.
— Qizim javonga gazeta keltirdim. Unda uchta hamqishlogʻimizning nomi bor. Bittasi mening oʻrtogʻim Abdurahmon. Brestda 1941 yil iyun tongotarida halok boʻlgan ekan. Yaqinda Brest qal’asida qazilma ishlari borayottanida uning suyagi va nomi yozilgan hujjat topilibdi. Shular gazetaga yozilgan ekan. Xabaring boʻldimi, yoʻqmi, deb olib keldim.
— Rahmat ota, — juvon qoʻlidagi gazetani olib varaqladi, soʻng tegishli joyini topib oʻqidi. Oʻsha joyini menga koʻrsatib dedi:
— Mana qarang, qariyib, oʻttiz besh yilga yaqin yer ostida yotgan noma’lum qahramon haqida xabar. Qishlogʻimizdan ekan. Biz gazetani mana bu tabarruk javonda, avlodlarimizga tarihdan saboq sifatida saqlaymiz.

Ota xayrlashib chiqib ketdi.

Tabarruk javon! Men kutubxonaning mutolaa zali devoriga maxsus ishlangan javon hujjatlari bilan tanishdim. U yerda turli tillarda va turli yillarda chiqqan gazeta taxlamlari, muqovalangan jurnallar va kitoblar did bilan taxlanib, ehtiyot bilan saqlanmoqda. Tabarruk javondagi har bir hujjat shu qishloqdan boʻlgan Vatan farzandlarining fashizmga qarshi urushda koʻrsatgan qahramonliklarini hikoya qiladi.
— Javondagi hujjatlarni kim toʻplayapti? — deb kutubxona mudirasidan soʻradim.

U ikkinchi qavat derazasidan hovliga qarab:
— Oʻsha tabarruk otaxonimiz,— dedi mamnun.

1976