OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNilufar Turgʻunova
Asar nomiQismat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Nilufar Turgʻunova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qismat (hikoya)
Nilufar Turgʻunova

Quyosh yer bagʻrini qizdirar, keng koʻchaning boshidan esa oʻn toʻrt yoshli qiz koʻzlarida milt-milt yosh bilan yugurib kelardi, hovlisi yoniga kelganida shashqator yoshini artib, eshikni asta ochdi-da:
— Oyijon, men keldim, — degancha uyga kirib ketdi. Nazira opa bu holga hayron. Maktabdan erta qaytgani sababini soʻrash uchun deraza oldiga borganida Zarinaning nolali ovozini eshitdi.
— Otam kim, onam kim, qachongacha tashlandiq deyishadi meni? — degancha yigʻlardi. Nazira opa bu koʻzyoshlar qanchalik alam, gʻam bilan tomayotganini his etib yuragi ezilib ketdi.

Zarina bu hovliga kelganida jajjigina, nozik bir niholga oʻxshash qizcha edi. Uni Nazira opa avtobus bekatida onasini izlab har tomonga chopib yurganida topib olgandi. Bir oy, bir yil oʻtdi, ammo hech qanday darak boʻlmagach, uni oʻz qizidek boqib oldi. Farzandlaridan ham ziyoda erkalab, tarbiyalab voyaga yetkazdi. Ammo Zarinaning bugungi alamli soʻzlari yuragiga juda ogʻir botdi. Zarina Nazira opani juda yaxshi koʻrardi-yu, koʻcha-koʻyda birortasidan «etimcha, tashlandiq qiz» degan gapni eshitib qolsa koʻtarolmasdi.

Nazira opa bu kabi qiyin vaziyatlardan chiqib, qizga oʻz mehrini berib ulgʻaytirdi. Zarina asta-sekin mehr taftidan alamlarni unuta boshladi. Oʻsha, koʻchadan yigʻlab kelgan kunlar ham oʻtib ketdi.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlganida, goʻzal, hammaning havasi keladigan farishta misol qizga aylandi. U hayotidan mamnun edi.

Shunday kunlarning birida Zarinaga bir maktub keldi. Maktubni ochganida uning ichidan surat chiqdi, suratni qoʻliga olgan Zarina esankirab qoldi. Oʻziga oʻxshagan, ammo kattaroq yoshdagi ayol. Surat ortiga maktub yozilgandi:

«Salom, Zarinam, men seni bu yoshingda koʻrishni juda orzu qilgandim, koʻrdim ham. Bolajonim, bu mening — tuqqan onangning surati. Ammo ismimni ayta olmayman. Bilaman, sen juda baxtlisan, men badbaxt seni tashlab ketganimdan keyin shunday ayol seni topib olganiga shukr. U senga mendan yaxshi ona boʻla oldi. Agarda seni bagʻrimdan yulib tashlab ketmaganimda, bu qadar baxtli boʻla olmasmiding? Chunki mening noshudligim senga pand berardi. Shuni bilishingni istardimki, men seni yaxshi koʻraman, buni unutmagin. Kechir meni, yolgʻizim!».