OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNilufar Turgʻunova
Asar nomiSogʻinch (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Nilufar Turgʻunova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sogʻinch (hikoya)
Nilufar Turgʻunova

Osmonga termulib turgan koʻzlar miltillagan eng yorugʻ yulduzni izlardi. Tabiat tun bagʻrida, oy mitti yulduzlarga alla aytgan ona singari oʻz mehrini ma’suma nurlari orqali ayon qiladi...

Husnoraning yuragi entikib oʻz onasini koʻz oldiga keltirdi, mehrli nigohi, issiq taftini eslab sogʻinch yoshlari koʻzidan sizib chiqdi.

Poytaxtga kelganiga uch oy boʻlgan boʻlsa, onasini eslamagan bir kuni ham yoʻq edi. Lekin bugun u onasini har kungidan koʻra koʻproq sogʻindi. Tungi yulduzlarni koʻrib ularga juda havasi keldi. «Onam yonimda boʻlganida, dardimni aytsam, yuragimni gʻashlayotgan muammoning yechimini ham toparmidim», — deb oʻylardi. Otasi aytgan gaplarni takror-takror xayolidan oʻtkazardi. Otasining gapidan ranjigan boʻlsa-da, rad javobini berishga qudrati yetmagandi oʻshanda.

Ertasi kuni oliygohga borar ekan, oʻsha qadrdon majnuntol tagida koʻzlarida mehr bilan jilmayib turgan Sardorni koʻrib Husnora doimgidek quvonmadi, gʻamgin nigohda jilmayib qoʻydi, xolos.

Sardor Husnoraga uni yoqtirishini takror-takror aytar, Husnoradan ham bu gapiga quvonchli javob olishni kutardi.

Husnoraning gʻamgin nigohini koʻrgan Sardor, uning koʻnglini olishga harakat qildi, ammo qizning yuragiga qil ham sigʻmas, otasining soʻzlarini yodidan chiqara olmas, oʻrtadagi muhabbat poymol boʻlishidan qalbi iztirob alangasida yonar edi. Qalbida ildiz otgan tuygʻu, Sardorning quvnoq chehrasi, mehrli nigohlari uni mutlaqo asir qilib olgan, yuragida goʻzal ishq gʻunchasi yetilgan edi...

Oy, kunlar oʻtgan sayin otasi aytgan kun kelishi uni qoʻrquvga solardi.

Nihoyat, oʻsha, oʻzining boʻlgʻusi qayligʻi bilan uchrashadigan kun keldi. U uchrashuvga chiqishni xohlamasdi. Ammo otasining: «Qizim faqat shu yigitga turmushga chiqasan, rozilik berib boʻlganmiz, ularning oilasi qishloqda oʻz hurmatiga ega oilalardan hisoblanadi», — degan soʻzlari oʻta qat’iy edi. Husnoraning qalbida nima bor, bunga qiziqmasdi ham.

Qizning qalbi shu kundan isyon koʻtara boshladi, ammo otasining oxirgi soʻzi: «Onang vafotidan soʻng, ham otang, ham onang boʻlib voyaga yetkazdim. Soʻzimni rad etib, gapimni ikki qilsang, meni qattiq ranjitgan boʻlasan», — degani unga qattiq ta’sir qilgan edi. U osmondagi eng yorugʻ yulduzda onasining mehr nurini koʻrgandek, kechalari unga tikilib biroz taskin topardi.

Sardor Husnorani tushunolmas, qiz esa yuragidagi dardini oshkor qilolmas edi. Bu holdan qiynalgan Husnora Sardorga xat-xabar ham qoldirmay oliygohni tashlab, qishlogʻiga qaytdi. Otasi qizi qaytishi bilan toʻy kunini tezlatib, toʻyni oʻtkazdi.

Ammo Husnoraning hamon yolgʻiz yuragidagi dard faqatgina oʻziga ayon edi. Qachonki, biron joyda majnuntol daraxtini koʻrsa, oʻsha mehrli nigohni, nurli chehrani eslayverardi. Tunda boʻlsa, oʻsha yorugʻ yulduzga dilidagi dardlarini unsiz soʻzlardi.

Oradan bir yil oʻtgach, yosh oilada oʻgʻil farzand tugʻildi. Bu mitti vujudga Sardor deb ism qoʻydilar. Jajji Sardorning yuzlarida jilvalangan nur Husnoraga onalik baxtini hamda taqdirga shukronalik hissini in’om etardi…