OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Nodira. Gʻazallar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNodira
Asar nomiGʻazallar
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Nodira
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Gʻazallar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotЎзССР давлат бадиий адабиёт нашриёти, Тошкент - 1958
Hajm69KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/12/11
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Нашрга тайёрловчи
Азиз Қаюмов



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Gʻazallar
Nodira

Shoira Nodira

Nodira XIX asrning birinchi yarmida Qoʻqonda yashagan va ijod etgan talantli shoiralardandir. Nodira she’rlari oʻzining yuksak badiiyligi va chuqur mazmundorligi bilan ajralib turadi.

Nodira taxminan XVIII asrning oxirgi choragida Andijon shaharida tugʻildi. Uning otasi Rahmonqul qushbegi Qoʻqon hukmroni Norboʻtabiyning yaqinlaridan boʻlib, asli oʻzbeklarning Ming urugʻidandir.

Nodiraning nomi Komila boʻlib, Nodira uning adabiy taxallusidir. Komila oʻzining goʻzalligi, aql, odobi bilan mashhur boʻlgan edi. Shuning uchun ham keyincha Qoʻqon xoni boʻlgan Umarxon (1811 — 1822 yillarda hukmronlik qilgan) unga gʻoyibona oshiq boʻlib, 1808 yili Nodiraga uylanadi va uni Qoʻqonga olib keladi. Nodiraning ijodiy mahorati Qoʻqondagi adabiy guruhlar ichida va ularning ta’siri ostida takomil topdi. Nodira gʻazallarining asosiy mazmuni insonparvarlik, muhabbat va sadoqatni ulugʻlashdir. Nodira har doim insonparvarlik gʻoyalarini; adolat, insof, xalq manfaatlarini koʻzlashni targʻib qilar edi. U xonga qarata bunday deb yozadi:

Boʻylakim mumtoz erursen barcha sultonlar aro,
Shod qilgʻil bandalarning koʻnglini ehson etib...
Fuqaro holigʻa gar boqmasa har shoh, anga
Hashmatu saltantu raf’atu shon barcha abas.
Shoh oʻldirki rayyatga tarahhum qilsa,
Yoʻq esa qoidai amnu omon barcha abas.

Shoira inson qadri qiymatini yuqori qoʻydi, uning ruhan boy va mazmundor boʻlishini kuyladi. Bu esa uning muhabbat tuygʻularini chuqur seza olishi bilan bogʻliq edi. Shuning uchun ham u insoniylik va muhabbatning mavjudligigina insoning haqiqiy inson ekaniga dalolat berishini qayta-qayta takrorlaydi:

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsen muhabbat ixtiyor et.
Nodira, jomi muhabbatni labo-lab ichibon,
Mastlik birla qilay ishq namozini ado.
Jahonda, Nodira, ishq ixtiyor et
Muhabbatsiz kechurgʻon hayf avqot.

Nodira kuylagan muhabbat insonlar oʻrtasidagi qalbning qalbga intilishi natijasida paydo boʻlgan sof, samimiy muhabbatdir. Olijanob insoniy tuygʻu boʻlmish bunday sevgining eng oliy xususiyati — vafodorlikni shoira ayniqsa baland ilhom bilan tarannum etadi.

Nodira koʻyida bosh qoʻymogʻim ermas noyob
Itlari hayli erur maqsadi ikrom menga.
Boʻlsa to umru hayoti boqi,
Meni ilkimduru domoni vafo.

Qoʻqon xonligining siyosiy va ma’muriy hayotida ham Nodira faol ishtirok etar edi. Bu faoliyat Umarxon vafot etib, oʻrniga Nodiraning oʻgʻli Muhammad Alixon hokimiyat tepasiga chiqqach (1822 — 1842), ayniqsa ortdi. Xalq oʻrtasida Nodirani hurmat qilib Mohlar oyim deb atar edilar. Qoʻqonda uning tashabbusi bilan bir madrasa bino qildirilgan boʻlib, uni madrasai Mohlar oyim deyilar edi. Bu yerda shaharning koʻp yoshlari ta’lim olgandir. Jumladan keyinchalik atoqli oʻzbek shoiri Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat ham shu yerda oʻqidi.

1842 yili Qoʻqon xonligi bilan Buxoro oʻrtasida urush boshlanib, Qoʻqon xoni Muhammad Alixonnnng magʻlubiyati bilan tamom boʻldi. Buxoro amiri Nasrullo oʻz qoʻshini bilan shaharga bostirib kirib, qonli terror oʻtkazdi. Xalq molu mulki talon qilindi. Amir Nasrullining buyrugʻi bilan Muhammad Alixon, uning ukasi va yosh oʻgʻli dorga osib oʻldirildi. Shu paytda Nodira oʻzining kichik yoshli nabirasini himoya qilib amirga qarab: «otasini-ku oʻldirding, bu ma’sum goʻdakda nima gunoh, nega bu bolani oʻldirmoqdasan, zolim», deb xitob qilib, uni saqlab qolishga intiladi va amirning zulmiga la’natlar oʻqiydi. Shunda Nasrulloning buyrugʻi bilan jallodlar Nodirani ham tutib dorga osadilar. Shunday qilib, xalqning talantli qizi — atoqli shoira Nodira fojiona ravishda halok boʻladi.

Nodiraning oʻzbek va tojik tillarida yozilgan she’rlaridan tashkil topgan toʻla boʻlmagan devoni bizgacha yetib kelgan. U hozir UzSSR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Nodiraning olijanob insonparvarlik gʻoyalarini targʻib etuvchi goʻzal she’rlari uzoq yillardan beri xalq tomonidan sevib oʻqilmoqda va kuylanib kelmoqda. Shuning oʻzi ham jabrdiyda shoiraning xotirasi qanchalik aziz ekanini namoyish etib turadi.

Aziz Qayumov

Gʻazallar

Vasl oʻyin obod qildim, buzdi hijron oqibat
Seli gʻamdin bu imorat boʻldi vayron oqibat
Qildi choki pirahan dogʻi dilimni oshkor,
Qolmadi koʻnglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilgʻum deboi,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalgʻon oqibat.
Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora boʻldi hajr ilgida giribon oqibat.
Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor koʻyida na boʻldi shayx San’on oqibat.
Baski qon boʻldi yurogim gavhari ashk oʻrnigʻa,
Qatra-qatra koʻzlarimdin tomdi marjon oqibat.
Ohkim boʻldi yana subhi nashotim shomi gʻam,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.
Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli xayli moʻr oʻldi Sulaymon oqibat.
Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor oʻtti, xazon oʻldi guliston oqibat.
* * *
Farhod agar ursa menga lofi muhabbat,
Bir oh ila aylarman uni dogʻi xijolat.
Harchandki bemori gʻami ishq edi Majnun,
Dardimni koʻrib tishladi angishti nadomat.
Farhodda boʻlsaydi mening gʻayrati ishqim,
Bir oh ila aylar edi ul togʻni gʻorat.
Majnunda agar boʻlsa edi sabru tahammul,
Qilmasmu edi men kabi shahr ichra iqomat.
Gar boʻlsa Zulayxoda mening zarracha ishqim,
Qolmas edi Yusufni firoqida salomat.
Ishq ofatiga togʻ tahammul qila olmas,
Man manki qilurman bu gʻamu dardigʻa toqat.
Dardu alamu gʻussaki hajrida chekarman
Bu mehnatu gʻam kimdadur, ey ahli muhabbat.
Yuzdin biri Majnunda agar boʻlsa gʻamimni,
Bir oh ila olamgʻa solur shoʻri qiyomat.
Har holda, ey Nodira, shukr ayla xudogʻa,
Kim berdi senga ishqu muhabbat ila davlat.
* * *
Bahor keldi koʻzim gulga boqmadi aslo,
Nadinki, gulshan aro gulruxim emas paydo.
Yuzimga boʻldi yuzing muqtarin, bihamdilloh,
Ochildi mehru vafo bogʻida guli ra’no.
Sarigʻ yuzimda qizil ashkimi tarovati bor,
Nuchukki, sogʻari zarrin aro mayi humro.
Labidin ayru menga boda tutma, ey soqiy,
Xumor kulfatigʻa moni’ oʻlmadi sahbo.
Bu joni xastaki, vaslingni orzu aylar,
Xayol turrasidin boshida uzun savdo.
Firoq lashkari tugʻyonidin maozalloh,
Ki qildi sabru tahammul diyorini yagʻmo.
Yuzing nazorasi ushshoqlarni firdavsi,
Harimi dargohing ahboba jannat-ul-ma’no.
Sening salosili zulfingga mubtalodurman,
Ki boʻldi ahli xirad qushlarigʻa domi balo.
Falakdin oʻtdi figʻonim, quyoshga yetdi unim,
Hanuz, Nodira, kam boʻlmadi bu ohu navo.
* * *
Ey sarvi sihi boʻylugʻim, ey qomati zebo,
Kelkim, koʻzim oynasi mushtoqi tamosho.
Ul kunki, visoling chamanin sayr etar erdim,
Manzuri nazar erdi menga ul qadi bolo.
Aydimki, qachon boʻlgʻusi kuyingda makonim,
Oshiqqa, dedi, hojat emas manzilu ma’vo.
Kuydurdi chaman gullarini rashk oʻti birla
Ul gʻunchai xandon ila ul nargisi shahlo.
Ul zulfi dil oviz muanbar girihidin
Har kimni tushib boshigʻa bir oʻzgacha savdo.
Har sabzai sunbulki, bu gulshanda chekar bosh
Muyi sari Majnunduru, yo turrai Laylo.
Vayronada oqilgʻa iqomat na munosib
Sarmanzili osoyish emas arsai dunyo.
Hijron gʻamidin tashna labu, hasta jigarmen,
Soqiy, karam aylab menga tut sogʻari sahbo.
Koʻzgu kabi hayronlaringga arzu xayol et,
Diydoring uchun Nodiradur volai shaydo.
* * *
Ey mehri jamoling olam oro,
Zarroti yuzingga mastu shaydo.
Ey husni riyozida qading sarv,
Ul sarv uza sunbuling sumanso.
Kelkim nazarimgʻa, ey pariroʻ,
Devonagʻa bir dam et tamosho.
Sen uyquda masti nozdursen,
Men dard bila gʻaribu tanho.
Tun kecha figʻonu nolishimdin
Koʻying iti ichra tushdi gʻavgʻo.
Sen qaysi diyor azmin etding,
Kelmas xabaring bu yerga aslo.
Ohim oʻqigʻa qadim kamondur
Bu oʻqni, nishonidur surayyo.
Majnun nega Layli tarkin etsun,
Yusufni unutmadi Zulayxo.
Qaydin seni Nodira unutsin,
Bu soʻz ne munosib, ey diloro.
* * *
Ey yuzing qiblai arbobi safo,
Sari koʻyingda koʻngul qiblanumo.
Ka’bai koʻying erur tak’yagahim,
Koʻz yoshim zam-zam oʻshal ka’ba aro.
Boʻlmasa mehr koʻngulda ne osigʻ,
Manziling Yasrib oʻla, yo Batho.
Surma oso qadaming tufrogʻi
Xira boʻlgʻay koʻzima berdi ziyo.
Toʻtiyodur menga naqshi qadaming
Ki koʻzim oyinasi topti jilo.
Boʻlsa to umr hayoti boqiy,
Meni ilkimduru domoni vafo.
Doʻstlar ayshu farogʻat ila xush,
Boʻldi dushman hadafi tiyri balo.
Har kim oʻz rutbasidin lof urar,
Bu marotibda maqoming a’lo.
Domani yor ilikdin ketdi.
Nodira, pirahanim boʻldi qabo.
* * *
Marhabo, ey payki sulton marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marxabo.
Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.
Xoʻb kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.
Boʻldi mavzun qomatingdin munfail
Sarv nozi bogʻi rizvon, marhabo.
Qilgʻasen ul moh mehrin oshkor,
Subh yangligʻ pok domon, marhabo.
Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.
Kel beri, to xoki poyingni qilay,
Toʻtiyoi chashmi giryon, marhabo.
Ravshan aylarman chirogʻi ohin,
Koʻzlarimdur gavhar afshon, marhabo.
Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charogʻon, marhabo.
Qoʻy kafi pokingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.
Nodira, har soʻzki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron, marhabo.
* * *
Ey xusho, shisha aro obi hayoti hukamo,
Kim oning har kishi aytsa boʻlur Xizrnamo.
Hukamo ishq marizigʻa buyurmush mayi pob,
Hajr dardigʻa demishlar bu mufarrihni davo.
Bodadin aylama parhez, damo-dam qadah ich,
Keldi mazmumi muhabbat yoʻlida zuhdu riyo.
Boʻldi gul mavsimiyu maykadalar jonibidin,
Mujdai ayshu-tarab yetkizadur bodi sabo.
Ey xush ul rind may oshomi siyah mast mudom,
Joma may ilgida, olida sabuvu meyno.
Gʻussa paymonasida xuii dil oshom aylar
Bodadin har kishikim, aylar esa istigʻno.
Zohido, gar desang ishq ahliga rasvo boʻlmay,
Demogʻil maykada avboshigʻa koʻp chunu charo.
Boda mushtoqiga lutf ayla, qadah tut, soqiy,
Yoʻqsa Jamshidgʻa ham aylamadi jom vafo.
Nodira, jomi muhabbatni labo-lab ichibon
Mastliq birla, qiday ishq namozini ado.
* * *
Yuzing oftobi mohi olam oro
Jamoling koʻzgusi mehri mujallo.
Labing yodi koʻnglimda pinhon emastur,
Erur shishada maaji sahbo huvaydo.
Erur ikki ajdar xamu pech birlan
Qading sarvida iki zulfi sumanso.
Magar husn bogʻini nargislaridur
Iki chashmi jodui bodom-u shahlo.
* * *
Nazar ahli savdolaridin xating qildi lavhi jamola paydo,
Netong aylasa dudi ohim qamar davrida hola paydo.
Soching sunbulidin girihlar tushubdur koʻngul rishtasigʻa,
Ki yuzdin birin zohir etsam qilur ja’d mushkin kulola paydo.
Mening qissai roʻzgʻorim farovon gʻami hijroning afsonasidek,
Ki bir nuktasin sharh qilsam boʻlur necha daftar risola paydo.
Yuzing oyini hayratidin erur badri tobon qaro dogʻliq,
Qoshing nunidin voqif erdi ki ojizligʻ oʻldi hilola paydo.
Karam dastgohi ki xon atosi mudom omoda mehmon yuziga
Aning rezai bazm baxshoyishidin boʻlur har gadogʻa navola paydo.
Sirishkim sahobini imdodidin dilkushodur muhabbatni dashti,
Koʻngul dogʻini aytsam biyobon boʻlur, ul biyobonda lola paydo.
Solib hijratni mulkina zilzila, dedi qilma davri falakdin gila
Nadur chorai dardim, ey Nodira, firoq oʻldi nogoh, visola paydo.
* * *
Kel, senga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido,
Diydalarimga qoʻy qadam, har qadamingga jon fido.
La’li labing firoqida xuni jigar gʻizo menga,
Sarv qading havosida jon etaram ravon fido.
Ayshu nishoti ofiyat dardi gʻamingni sadqasi,
Bir nafas ishtiyoqinga ishrati jovidon fido.
Vaqti xirom, ey sanam, diydalarimga qoʻy qadam,
Xoki rahingga aylaram chashmi guharfishon fido.
Garchi mening alimdadur hosili mulki mamlakat,
Etsa visoling aylaram barchai royigon fido.
Yigʻlama endi, ey koʻzim, toʻkma yurakni qonini,
Dogʻni toza ayladim, qonigʻa boʻldi qon fido.
Nodirai gʻazal saro nazmini koʻrsa nogahon
Durri javohirin qilur fikrigʻa bagʻri kon fido.
* * *
Gʻunchadek ogʻzi aro ul lutfi guftori ajab,
Sun’i ilgi yoʻqdin izhor aylagay bori ajab.
Oldi koʻngul qushlarni har lahza mushkin turrasi,
Bola shohindurki, sayd aylarda tarrori ajab.
Baski majnundir aning husnigʻa gulshan gullari,
Gʻunchalardindur chaman boʻynida tumori ajab.
Ayladi oshufta tab’imni parishon turrasi,
Qildi baxtimni qaro xoli sitamkori ajab.
Koʻzidin ozurdameiu, qoshidan ozurdaroq,
Zor ahvolimgʻa ozor uzra ozori ajab.
Har qachon kim noz etib chiqsa mayi gulfom ichib,
Qon toʻkar maydek damo-dam chashmi xummori ajab.
Yor vasli birla odat aylab erdim, Nodira,
Andin ayru menga bir dam sabr izhori ajab.
* * *
Tiyradur subhi nashotim, soqiyo, keltir sharob,
Shomi hijron zulmatida jomi maydur oftob.
Mohi tobon yuzligim, har lahza yod etsam seni,
Dudi bagʻrimdin chiqar oʻt ichra tushgandek kabob.
Band etib zulfing aro koʻnglimni ozod etganing
Qush uchurgandek erur bogʻlab ayogʻiga tanob.
Koshki ohim nasimidin taharruk aylasa,
Yorkim ruxsorigʻa gul bargidin solmish niqob.
Hajr oshubi balodurkim, ani tashvishidin
Qatrai simob yangligʻ koʻnglim aylar iztirob.
Shod edi ul shohi davron vasli birla xotirim,
Aysh davronigʻa soldn davri gardun inqilob.
Bevafolardek seni hargiz faromush aylamas,
Nodira, yodingni aylar to dami yovmulhisob.
* * *
Gulga desam yoʻq kafi poyingga tob,
Diydama qoʻy, ey, buti zarrin, rikob.
Tashqari chiqma kechalar hashr oʻlur,
Chiqsa yarim kechada gar oftob.
Gʻarqai xuni jigar oʻldi tanim,
Qon yosh ila muyi sar etdim huzob.
Turfa savoli labidin soʻrdi yod,
Jon berayin boʻlmasa shirin javob.
Surati devor kabi boʻlmisham,
Hasrati diydor ila bexoʻrdu-xob.
Jonima qasd aylar esang qil, valek
Tishlama la’lingni, qilursan itob.
Moyili zulm etma koʻzing tarkini,
Yoʻqsa qilur mardum uyini xarob.
Bu kecha mayxonani dargohida
Piri mugʻondin tilaram fathi bob.
Aylamading, ey buti paymon shikan,
Nodirani vasling ila komyob.
* * *
Gʻazab birla nigorim oʻtdi yonimdin shitob aylab,
Yuzin koʻrguncha oʻldurdi meni hajri azob aylab.
Pari yangligʻ nazardin chehra pinhon etdi ul mahvash,
Firoqu hajr jomidin meni mastu-xarob aylab.
Koʻngul shodob erdi jur’ai jomi visolidin,
Solib hijron oʻtigʻa ketti bagʻrimni kabob aylab.
Muruvvat ayla, jono, sendin ayru tiyradir ayshim,
Prut kulbamni bir tun orazingni oftob aylab.
Icharmen may damo-dam yor la’lini xumoridin,
Meni mayxonadin man’ etma zohid ihtisob aylab.
Hnsob etmoqqa charx anjumlarin bor ehtimol anda,
Mening dogʻi dilimni lek boʻlmaydur hisob aylab.
Labidin ayru qon yutmoq ishimdur borgʻil, ey soqiy,
Menga behuda kulfat berma taklifi sharob aylab.
Darigʻo, ketti oxir gavhari maqsud ilgimdin,
Topib erdim seni mahbublardii intixob aylab.
Vafo sarlavhi uzra Nodira mavzun kalomini
Yozar tahsini she’ri xisravi oliy janob aylab.
* * *
Yor la’lin yod etarmen gʻunchai xandon koʻrib,
Sabzai xat sogʻinurmen bogʻ aro rayhon koʻrib.
Sabzai xat la’l nobing uzra ma’vo ayladi,
Xizr qilgʻondek vatan sarchashmai hayvon koʻrib.
Dardi jongohu damo-dam, oh, ahvolim taboh,
Rahmi kelmasmu menga bu hol ila sulton koʻrib.
Sovrulurman hajr vodisi aro Majnun kibi,
Girdubod aylar gumon dasht uzra sargardon koʻrib.
Qecha la’li hajridin oʻlmoq menga dushvor edi,
Yuz tahayyur birla ilgin tishladi jonon koʻrib.
Rashkdin yuz fitna barpo ayladi davri falak
Koʻzlarim oyinasin yor oldida hayron koʻrib.
Tong emasdir boʻlsa (bu) muddatda ustodi suxan,
Nodira ash’origʻa tahsin etar Salmon koʻrib.
* * *
Beray jon visol ichra, ey noʻshi lab,
Firoqingda tokay qilay tobu-tab.
Jamoling menga muddao subhu shom,
Visoling menga orzu roʻzu-shab.
Agar kelsa boshimgʻa tigʻi ajal,
Qilurmanmu yoʻlingda tarki talab.
Qading misrai shoʻxu barxastadur,
Boʻlib husi devonidin muntaxab.
Meni zor Farhodu Majnunnajod,
Erur yor Shirinu Layli nasab.
Na mahfilda shahdu shakar yolading,
Ki bir-birga chaspondur ul ikki lab.
Firoqida sham’i shabi hajrmen,
Emas kuymagim Nodira besabab.
* * *
Ketmadi mendan qadah birla xumori oftob,
Subh yangligʻ tortadurman intizori oftob.
Sarf qilgʻumdur oni(ng) jomi visoli naqdina
Gar muyassar boʻlsa la’li obdori oftob.
Mohroʻlarni yuzing oyi musaxxar ayladi,
Muncha boʻlmas anjum ichra iqtidori oftob.
Orazingni (ng) tobidin boʻldi nazokat dastgoh,
Turfa gullar zohir etdi navbahori oftob.
To yuzing oyi namoyon boʻldi husn aflokida,
Rashk oʻtidin tiyra boʻldi roʻzgori oftob.
Gar koʻzim husning chirogʻidin munavvar boʻlmas,
Ravshan etmas partavi nuri sharori oftob.
Nodira, ohim sinonidin tavahhum tortibon
Charx maydonidadur chobuksuvori oftob.
* * *
Sayd etdi meni ul ikki qullob,
Boʻynimda kamandi zulfi purtob.
Qoshini qilichigʻa boʻyin sun,
Oshiqqa budur tariqi odob.
Gulxan kulida farogʻat etgan
Qilmas havasi samuri sanjob.
Tirdoba erur koʻzimni yoshi,
Oshiqni halok etar bu girdob.
Orom toparmu charx davri,
Doim harakat etar bu doʻlob.
Olam elida vafo topilmas,
Bu gavhar erur jahonda noyob.
Qondur jigarim labidip ayru,
Keltur menga, soqiyo, mayi nob.
Ushshoq misoli korvondur,
Ul qofilada erur vafobob.
Yosh oʻrnida, Nodira, koʻzimdin
Hajrida oqar mudom xunob.
* * *
Agar gulshangʻa kirsa sarv gulroʻyim xirom aylab,
Yugurgay sarv gul yuz marhabo birla salom aylab.
Xiromon keldi yoru, qomati ta’zimiga bexud
Yiqildim soyadek yerga turargʻa iltizom aylab.
Qilurga kunduzimni kecha xurshidi jamol uzra
Parishon ayladi gisularin subhimpi shom aylab.
Sihi qadlar panohi gul jabinlar podshohisan,
Chamanda sarvni ozod etar qadding gʻulom aylab.
Xusho, oqilki, aylab yaxshiliq bunyodini mahkam
Oʻtar bu dayr fonidin oʻzini neki nom aylab.
Masih azmi safar aylab quyoshgʻa boʻldi hamsoya,
Boʻlur himmat bila aflok ustida maqom aylab.
Gʻizoli umrkim vahshatdadur payvasta ram birla
Boʻlurmu yuz ming afsun birla bu vahshini rom aylab.
Koʻngul sayd etgani omoda qilmish ishq sayyodi,
Pariroʻlar kamandi halqai zulfini dom aylab.
Qalam tahrir etarda nay shakardin boʻlsa gong ermas,
Labing vasfini aylar Nodira shirin kalom aylab.
Soqiyo, hajr davosini demish gar mayi nob,
Tuta koʻr maykadada qaygʻuli oshiqqa sharob.
* * *
Soqiy, menga qadah (tut) bu dayr aro labo-lab,
Zuhd ahlidin oʻsondim, tutdim seningla mashrab.
Husning tajallisidin betob mohroʻlar,
Andoqki zohir oʻlmas xurshid chiqsa kavkab.
Yerimni vasli birla olam munavvar erdi,
Bor erdi mohi tobon xurshidgʻa muqarrab.
Majnuni benavoni taklifi joh qilma,
Kim telbalar boshida yoʻqdur havoyi mansab.
Muhtoji dargohingmen yuz ming umid birla,
Men qulni bu eshikdan navmid qilma, yorab.
Tigʻi zaboning oʻldi miftohi ganji donish,
Allomai zamondur olingda tifli maktab.
Qil, Nodira, muyassar shoʻri junun jahonda
Ishqu muhabbat oʻldi oshiqqa dinu mazhab.
* * *
Chiqdi ul gulgun qabo maydon aro javlon etib,
Gʻamza tigʻi birla oshiqni yurogin qon etib.
Mahvashim maydon aro beparda javlon ayladi
El koʻzin oyinadek diydorigʻa hayron etib.
Povaki mujgonlari qatlimgʻa tirkish bogʻlamish,
Chokligʻ koʻnglimni qoshi yosigʻa qurbon etib.
Ul xudovandiki, qildi yeru-koʻkni oshkor,
Shukrkim, bizni gado qildi, sani sulton etib.
Boʻylakim mumtoz erursan barcha sultonlar aro,
Shod qilgʻil bandalarning koʻnglini ehson etib.
Mubtalomen to asiri zulfi purtobing boʻlay,
Qil meni ozod boshing uzra sargardon etib.
Boqmading bir lutf ila, ey bemuruvvat sang dil,
Nodira hajringda yigʻlar nolau afgʻon etib.
Men ki qoldim hajr vayronida besomon boʻlib,
Yer kelmas kulbai ehzonima mehmon boʻlib.
Dashtu sahrodin soʻrogʻingni topolmay dard ila
Aylanib keldim yana gʻam uyiga hayron boʻlib.
Sharbati la’ling xumori birla chandon yigʻladim,
Qatra-qatra koʻzlarimdin oqti bagʻrim qon boʻlib.
Vasl aro magʻrur edim diydorigʻa, shomi firoq
Oʻrtadi jismimni oxir otashi hijron boʻlib.
Aylasam devonaligʻ ayb etmangizkim, ul pari
Gʻoyib oʻlmishdur nazardin jilvasi pinhon boʻlib.
Nodira, ul mehri tobon shavqida qildim junun
Oshkoro boʻldi ishqim shuhrai davron boʻlib.
* * *
Chaman riyozila gulgasht murgʻzor qilib,
Koʻngulni sayd etar sarv qad shikor qilib.
Gʻizolalarni koʻzi sayd qildi sahroda,
Qoshi uqobini shohin patiga yor qilib.
Kelurmukin yana ul shahsuvor maydongʻa?
Ki bordi ul kecha koʻzlarni intizor qilib.
Qilurmen ishqu junun karvonigʻa imdod
Sirishk noqalarin ashki shashqator qilib.
Tanimda hajr oʻqini zaxmi benihoyatdur
Ki boʻlmagʻay ani yuzdan birin shumor qilib.
Netayki dahr guzargohida bu telba koʻngul
Yoʻluqti hajriga vaslini ixtiyor qilib.
Jahonda, Nodira, yoring pari misol erdi
Boʻlurmu husnini oyinaga duchor qilib.
* * *
Yuzingdur qiblai ahli munojot,
Jamoling sham’idin ravshan xarobot.
Bugun mayxonada sahbo qilur jush,
Erur piri mugʻondin bu karomot.
Surohi qul-qulin aylar muqarrar,
Erur bu chor quldin daf’i ofot.
Chu haq mavjud erur, odam adam bil,
Suluk ahliga budur naf’yu isbot.
Koʻtarmak togʻni oson emasdur
Menu hijron gʻami hayhot-hayhot.
Meni holimgʻa yigʻlar oshinolar,
Erur hayron menga begonadin yot.
Jahonda, Nodira, ishq ixtiyor et
Muhabbatsiz kechurgon hayf avqot.
* * *
Rafiqo, menga bir dam doʻstligʻ rasmini izhor et,
Ki men bordim oʻzimdii, yor agar kelsa, xabardor et.
Qachon ishq ahlini oʻlturmogʻini ixtiyor etsang,
Jafo tigʻi bilan avval meni(ng) bagʻrimni afgor et.
Haqorat birla, ey soqiy, boqar mayxona ahligʻa,
Sunib bir jomi may zohidni anda naqshi devor et.
Mening holimgʻa yigʻlar dashtu sahrolarda vahshilar,
Agar koʻyiga borsang, ey sabo, yorimgʻa izhor et.
Erur piyri mugʻondin bu bashorat, turgil ey, soqiy,
Labo-lab jom ila zohidni da’vosini bekor et.
Qading ra’no niholi sarvdur, jono, xirom aylab
Chaman gulgashtida tovusqa sen ta’limi raftor et.
Yumulmas koʻzlarim, ey mohi toboi, ishtiyoqingdin
Chiqib yer ostidin mushtoqlargʻa arzi diydor et.
Zulayxo mushtaridur ganj gavhar birla vasligʻa,
Jahon ahlinn Yusufdek jamolinggʻa xaridor et.
Guli savsan ochildi, benavoliq qilma, ey bulbul,
Chamanda Nodira ash’ori birla nolau zor et.
* * *
Gar ahli vafo istasa koshona salomat,
Boʻlsun meni maxmurgʻa mayxona salomat.
Ul husn shifoida koʻngul kuysa ajab yoʻq,
Qolgʻaymu chirogʻ ustida parvona salomat.
Devona muhabbat yoʻlida bevatan ermish,
Obod agar boʻlmasa, vayrona salomat.
Gar sinsa surohiyu, sabuh zohid alinda,
Boʻlsun meiga sogʻar ila paymona salomat.
Oʻlmak zararidin meni bir zarra gʻamim yoʻq,
Gar bor esa jon bergali jonona salomat.
Yaxshi-yu, yomon bir-bnriga mugʻtanam ermish,
Farzona tirik boʻlsin-u, devona salomat.
Obod oʻla, ey Nodira, iqlimi tajammul,
Jamshidi zamon, xisravi Fargʻona salomat.
* * *
Na gul sayr ayla, na fikri bahor
Jahondin kech, hayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur
Gar odamsan muhabbat ixtiyor et.
Uzoru qaddu, raftoringni koʻrsat,
Chaman sarvu gulini sharmsor et.
Labi maxmurdurmen jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i xumor et.
Aialhaq, mojarosin aylading fosh,
Kel, ey, Mansur, istiqboli dor et.
Duri ashku aqiqi, xuni dilni,
Kelu yoring ayogʻiga nisor et.
Kuyib, ey Nodira, olam eligʻa
Muhabbat shevasini oshkor et.
* * *
Kelgʻil, ey yor, vafo rasmini tut,
Sham’i ruxsor ila kulbamni yorut.
Yer la’li labidin ayrilding,
Ey koʻngul, emdi damo-dam qon yut.
Koʻzlarim yigʻladi zulfingni koʻrib,
Ki yogʻin boisidur tiyra bulut.
Qil faromush bu olam gʻamini,
Boda ich, may bila koʻngulvi ovut.
Kishigʻa himmati mardona kerak,
Yoʻqki, oroyish ila rishu burut.
Xuni dil birla jigar porasidin
Bodadur la’li mufarrix yoqut.
Nodira da’viyi ishqingni qilib,
Qoʻli bu mahkamada topti subut,
* * *
Ey sabo, rozi dilimni bexabar yorimgʻa ayt.
Dardligʻ koʻnglimni ahvolini dildorimgʻa ayt.
Hajr dardidin yurakda qoldi dogʻ ustida dogʻ,
Sharh etib bu mojaroni lola ruxsorimgʻa ayt.
Furqat ichra tushdi savdoi Zulayxo boshima,
Qimmati Yusuf baho topti xaridorimgʻa ayt.
Lutf etib soʻrsa meni xolimni ul nomehribon,
Uldi hijroningda deb yori vafodorimgʻa ayt.
Sendin ayru talxikom etdi debon zahri firoq
Yoshurun dardimni ul la’li shakarborimgʻa ayt.
Yuz salom aydim, na boʻlgʻay bir yoʻli ul ham desa
Bul salomimni oʻshal oshiftai zorimgʻa ayt.
Nodira sensiz tiriklikdin na rohat koʻrdi deb
Ul humoyun toli’i farxunda atvorimga ayt.
* * *
Sayr etarda naxliston yor qaddini yod et,
Men qachon dedim senga, orzui shamshod et.
Hajr shehnasi oxir oʻltirar asiringni
Bir qiyo boqib, jono, bandi gʻamdin ozod et.
Boʻldi yor savdosi, oshiq ersang, ey koʻnglum,
Naqd jon muhayyo qil, yor xotirini shod et.
E, koʻngul, figʻoningdin tiyradur falak qasri,
Bu binoni vayron qil, ishq uyini obod et.
Qon toʻkarga moyildur qoshlaringni shamshiri,
Elni qatli om etsang, koʻzlaringni jallod et.
Gulshan ichra, ey bulbul, subhdam navo tortib,
Gul yuzini yod aylab, nola birla faryod et.
Nogoh ul jahon shohi kelsa, ey koʻngul, borgʻil,
Shoh inonini ushlab, hajr ilgidin dod et.
Dahr kishtzorida bir sharoru yuz xirmon,
Kuydirurgʻa olamni barqi ishq bunyod et.
Hajr mojarosigʻa, Nodira tahammul qil,
Beqaror koʻnglingni sabr birla mu’tod et.
* * *
Hajrdin maxmurmen, soqiy, labo-lab jom tut.
Men kabi har kimki boʻlsa rind dard oshom tut.
Istasangkim, dargohida posbon oʻlmoq mudom,
Berma vahshat hajr ila koʻnglim gʻizolin rom tut.
Benavolarmiz, falak xurshidi yangligʻ, soqiyo,
Jomi sarshori sabuhi bizga har ayyom tut.
Boʻlsa gar maqsad koʻngullar qushlarin sayd aylamak,
Dona qil xoliigni, zulfing halqasidin dom tut.
Yer kuyi itlarigʻa nogoh oʻlsang hamnishin,
Oshnolardur alargʻa izzatu ikrom tut.
Gar zamone dahr gʻavgʻosidin istarsen faror,
Sokini mayxona boʻl, bir goʻshada orom tut.
Boʻlmagʻil Farhodu Majnundek jahon afsonasi,
Ishq aro, ey Nodira, oyini nangu nom tut.
* * *
Oshiq oʻlding, ey koʻngul, emdi rohi mayxona tut,
Mast oʻlib, soqiy ayogʻini oʻpib paymona tut.
Eyki dersan, oshino, begonadin koʻrmay zarar,
Olam ahlidin oʻzingni bir yoʻli begona tut.
Husni ishq aylar sening xokistaringni toʻtiyo,
Sham’idan kuymakni kasb et, mazhabi parvona tut.
Gar tilar boʻlsang havodis shohibozidin omon,
Nugʻz yangligʻ, ey koʻngul, bir goʻshada vayrona tut.
Donishu fahmu xirad, sabru sukunu aqlu hush,
Barchani parvonai sham’i ruhi jonona tut.
Boʻlma giyru dorigʻa magʻrur gar oqil esang,
Davlati dunsni uyqu farz qil, afsona tut.
Aylagil obod tavfiqu adolat mulkini,
Nodira, mavlo yoʻlida himmati mardoni tut.
* * *
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shahu, men benavo lutf ayla, faryodim eshit.
Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misra’i barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
Sarvinozim, sendin ayru naxli ohim boʻldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.
Har nechakim sabr ta’mirini bun’yod ayladim,
Ashk selobida vayron oʻldi obodim, eshit.
Barcha yoru oshnodin aylading begonaligʻ,
Necha kunlar boʻldi hargiz qilmading yodim, eshit.
Kelki, bir soat seni koʻrmoq uchun mushtoqmen,
Telba boʻldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.
Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu gʻazalni tab’i noshodim, eshit.
* * *
Meni(ng) jununima Majnunni bermangiz nisbat,
Qilurmu xoru xashak tobi shu’lai gʻayrat.
Chekarda jov menga taqlid qilmasin Farhod,
Firoq togʻida behuda chekmasun kulfat.
Meiga barobar emas koʻhkan bilan Majnun,
Alarda yuz gʻam edi, lek menda ming hasrat.
Jahonda boʻylaki boʻlmishmen ishq oyinasi,
Menga ziyoda boʻlur yor husnidin hayrat.
Gʻamimni zarrasini togʻlarga arz etsam,
Tahammul aylamagay, togʻ keltirib toqat.
Bu dardu gʻamki aning notovon koʻngul koʻtarur,
Muhabbat ahligʻa yuzdan biri erur ofat.
Gʻamimni sharhini yuz minggidin birini dedim,
Falak ani koʻtarurda xam ayladi qomat.
Bu gʻamni togʻ koʻtarmas edi, valek menga
Berib tahammulini qoʻydi jonima minnat.
Siyehr martabai ishqni baland koʻrib,
Dediki Nodirani himmatiga yuz rahmat.
* * *
Necha muddatki koʻngul gʻayr ila tutti ulfat,
Meni sargashtani dogʻ ayladi favti fursat.
Bormogʻim amr ila ul, yerga zarurat erdi,
Yoʻqsa shoyista etmas bandagʻa tarki xizmat.
Surmai chashmi dilimdur eshiking tuprogʻi,
Dargohingdin menga ovvoraligʻ ermas hojat.
Sa’d erur axtari iqbol humoyun toli’,
Saltanat chokaru, quldur senga baxtu davlat.
Xizmating boisi osoyish erur qullargʻa,
Sendin ayrilsa kishi umrida yoʻqdur lazzat.
Ostoningga qoʻyib farsh qilay boshimni,
Oʻzga manzilda topilmas menga sepsiz rohat.
Koʻkaning bandaligʻin Nodiragʻa arz aylab
Qoʻygʻil, ey bodi sabo, jonima andin minnat,
* * *
Ramozon oyida har kimda farovon hojat
Elgadur sham’u menga diydai giryon hojat.
Basdurur kavkabi ashkimni chirogʻi kechalar
Menga gʻam shomi emas, sham’i shabiston hojat.
Roʻza iftorida xuni jigarimdur kofi
Benavolargʻa emas ne’mati alvon hojat.
Shoh- haqigʻa duo olmoq uchun kulbamgʻa
Shom vaqtida boʻlur har kecha mehmon hojat.
Bogʻaro dilni etar mashqi xayoli ranggin
Bogʻbon, menga emas sayri guliston hojat.
Har faqiriki qilur xokn harimida maqom
yoʻq anga saltanati qaysaru, xoqon hojat.
Roʻzaga Nodira boz ayla sahovat eshikin
Boʻlsa haq rahmatidin ravzai rizvon hojat.
* * *
* * *
Soqiyo, maxmurdurmen jom tut,
Bir nafas tarki gʻami ayyom tut.
Domi gʻamdin istabon ozodligʻ,
Sogʻari may subhdii to shom tut.
Boda noʻsh et, qilma beoromligʻ,
Aysh vahshidur, zamone rom tut.
Ey pari paykar, koʻzimni manzari,
Xush nashimandur dami orom tut.
Emdikim, oshiq boʻlibsei, ey koʻngul,
Vaslii istab tarki nangu nom tut.
Gar koʻngul saydi senga maqsad esa,
Halqa-halqa sunbulini dom tut.
Vasl jomi to sening ilkingdadur,
Oʻzni yo Jamshid, yo Bahrom tut.
Sof may gar noʻsh etarsen, durdini,
Bazli jomi rindi durd oshom tut.
Vasl aro kom istabon ey, Nodira,
Endi oʻzni necha kun nokom tut.
* * *
Har kimda agar bor esa osori muhabbat,
Aylar anga mahbublar izhori muhabbat.
Mayxonai ishq ichra xush ul rindnki, tunlar
Bir jur’a uchun bor esa bedori muhabbat.
Xushdur kishi dunyo gʻamini qilsa faromush
Lojur’a chekib sogʻari sarshori muhabbat.
Tut gʻayrdan ey xasta koʻngul, dogʻini pinhon,
Gar soʻrsa birov aylagʻil inkori muhabbat.
Rohat tilasang ishq binosini panoh et,
Osuda erur sopi devori muhabbat.
Bolini uza bordi ayodatgʻa Masiho,
Xurshid edi charxida bemori muhabbat.
Gar ta’nai agʻyordin, ey dil, hazar etsang,
Olam eligʻa boʻlmagʻil iqrori muhabbat.
Tasbihi riyoi ila magʻrur edi zohid,
Tavfiq topib bogʻladi zinnori muhabbat,
Ey Nodira, zuhd ahlini mayxonada koʻrsang,
Dam urmaki, fosh oʻlmasin asrori muhabbat.
* * *
Kel dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.
Bedardlaring jafelaridin
Faryod chekib figʻon etib ket.
Dunyo chamaniii bulbulisen
Gul shoxida oshyon etib ket.
Ey ashk, koʻzimni maktabidin
Hayrat sabaqin ravop etib ket.
Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh bila xazon etib ket.
Ushshoq maqomi boʻstondur,
Azmi rahi boʻston etib ket.
Maqsad na edi jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.
Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Koʻngulda ani nihon etib ket.
Kel ishq yoʻlida koʻzlaringni
Ey Nodira, durfpshon etib ket.
* * *
Jon koʻrmadi roʻzadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat!
Yor aylasa yori birla iftor,
Yoʻq roʻzada mundin oʻzga davlat.
El barcha visol bazmida shod,
To subh chekib surudi ishrat.
Har shom menga navolai gʻam
Iftor qilurga boʻldi qismat.
Mohi ramazonki, fayzi choʻqtur,
Men xastaga yorsiz na rohat.
Har shom koʻzimni yoshi sham’im,
Xuni jigarim ba joyi sharbat.
Hijron ila roʻza javr etolmas,
Gar yor esa, Nodira, salomat.
* * *
Kuyma deb aylamadi hech kishi parvonaga bahs,
Oqil ersang na qilursan meni devonaga bahs.
Shisha sarshori mayi nob erur soʻrma sabab,
Labidan nash’a topar aylama paymonaga bahs.
Shoʻxlik birla Xoʻtan dashtida Mochin kiyiki
Boʻldi rasvo, qilib ul nargisi mastonaga bahs.
Sirri zulfi girihin ochmoq emasdur oson,
Besabab aylama mashshota bugun shonaga bahs.
Seli sahroda qilur shavq ila javlon, lekin
Chugʻzni dushmanidur aylasa vayronaga bahs.
Dardligʻ qissai ishqim ne emishdi Farhod,
Telba Majnundek ani qilsa bu afsonaga bahs.
Aylading jahd ila ta’miri muhabbat obod.
Kim qilur, Nodira, bu himmati mardonaga bahs.
* * *
Jonimgʻa jafolar bala jonona qilur bahs
Bir lahza koʻzim yoshinn toʻfona qilur bahs.
Ul zulfi dil oviyzini ishkolini ochman,
Behuda nadin til tuzatib shona qilur bahs.
Zohid, meni devonaga koʻrguzma taarruz,
Majnunni qachon oqilu farzona qilur bahs.
Kuymoq erur oshiq ila ma’shuq tariqi,
Bir mahfil aro sham’ ila narvona qilur bahs.
Kimdur toʻlin op boʻlsa jamolingga barobar,
Xurshida qulogʻingda(gn) durdona qilur bahs.
Bu marhalada qolmadi xalq ichra tafovut,
Bu turfaki oqil ila devona qilur bahs.
Otashmidur, ey Nodira, bu madrasa ahli,
Har necha ki taslim etaram yona qilur bahs.
* * *
Har qachon kim desa ul la’li shakarbor hadis,
Talx oʻlur toʻtiya guftor ila bis’yor hadis.
Gungu lol oʻlgʻusidur bulbulu toʻti nogoh
Ul shakarlab nafasi aylasa izhor hadis.
Bildilar chunki jahon ahli hadisini sahih,
Tong emas boʻlsa ulus ogʻzida takror hadis.
Ishq asrorini izhor qilib fosh etma,
Kim bu yangligʻ demish ul voqifi asror hadis.
Labidin soʻrma hadisiki erur tilga garon,
Yor nozik labigʻa bermasin ozor hadis.
Belini(ng) borligʻin qildi kamarbandi ayon,
Ogʻzi yoʻq erdi, ani qildi padidor hadis.
Sharh etib yozmoq uchun la’l labingni sifatin,
Nodira ayladi chun gavhari shahvor hadis.
* * *
Damiki lablaridip zohnr etsa yor hadis,
Ulusni kotirini aylagay shnkor hadis.
Labing hadisini jon lavhina savod ettim,
Koʻzim qarosi kabi boʻldi mushkbor hadis.
Guhar oʻzini sadaf ichra ayladi pinhon,
Chu zohir ayladi ul la’li obdor hadis.
Biri labingni hadisidek obdor etmas,
Koʻngul sahifasina yozmisham hazor hadis.
Kalom chogʻida har soʻzki zohir etdi labing,
Sadaf guharlariii qildi sharmsor hadis.
Takallum etdi muloqot la’l nobing ila,
Fasohat ahli aro topdi e’tibor hadis.
Labingdin ayru tushib Nodira kitobot ila
Qaro libos kiiib qildi suvguvor hadis.
* * *
Bevafodur bu jahon sudu ziyon barcha abas,
Kim gʻamu ayshu bahor ila xazon barcha abas.
Boʻlma andishai savdosi bila sargardon,
Yoʻqu bori gʻamidin vahmu gumon barcha abas.
Topmasa yor janobigʻa sharaf birla qabul,
Ohu faryoding ila shoʻru figon barcha abas.
Boʻlmasa oshiqa gar yor visoli maqsud,
Orzui havasi jonu jahon barcha abas.
Fuqaro holigʻa gar boqmasa har shoh, anga
Hashmatu saltanatu raf’atu shon Sarcha abas.
Yuoh uldurku, raiyatga tarahhum qilsa,
yoʻq esa qoidai amnu omoi barcha abas.
Nodira, boʻlmasa gar ishq oʻtini ta’siri,
Alami zohir ila dogʻi nihon barcha abas.
* * *
Ketdi hushum ul parivash jilva ogʻoz aylagach,
Oʻrtada jon pardasin mutrib navo soz aylagach.
Tong emas qilsa yuzi mashshotani bedastu po,
Ayladi oynnani suv, chehra pardoz aylagach.
Lablari toʻkti tabassum shahdndin obi hayot,
Koʻzlari yuz fntna barpo apladi, noz aylagach.
Noz birla bogʻboni sun’i bu gulzor aro
Sabz xurram qildi sarvingni sarafroz aylagach.
Fursati umri kiromi etganin rasvo, koʻngul
Bildi gʻaflat uyqusidin koʻzlarin boz aylagach.
Sayd etar bir damda olam ahlinn murgʻi dilin,
Qoshlarin shohin etib, koʻzlarni shahboz aylagach.
Vomiqu Farhodu Majnundin muqaddam bildi yor,
Nodira ishqini oshiqlikda mumtoz aylagach.
* * *
Koʻzlarim mushtoqdur diydor uchun ruxsora och,
Pardani yuzdin koʻzim qilgʻuncha bir nazzora och.
Pardai nozu hayo xomush la’lingdin koʻtar,
Ikki gul bargini birdin guhar guftora och.
Besutun togʻida koʻp jon chekmagʻil, ey koʻhkan,
Koʻkragimdin juyi shir oʻrnigʻa oʻtlugʻ yora och.
Ey koʻngul, dudi figʻoningdin kavokib tiyradur
Oh koʻp chekma, hijobi sobiti sayyora och,
Shavq komil boʻlsa muxlis koʻchasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sangi xora och.
Muncha pinhon dogʻkim, ey jon, falak qoʻydi senga,
Yor agar kelsa giriboningni aylab pora, och.
Nodira ohi dilu shoʻri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar birla olam mulkini yakbora och.
* * *
Tiyra dilman shona zulfingni parishon aylagach,
Subhi ayshim shomi gʻamdur chehra pinhon aylagach.
Soldi ishq ahligʻa rastoxez hijron ofati,
Ohni sarsar qilib, ashkimni toʻfon aylagach.
Bargi gul keltirmadi ul husni anvorigʻa tob,
Qildi gullarni xazon sayri guliston aylagach.
La’lidin dardimga darmon aylar erdi vasl aro,
Chora qilmas mubtaloi dardi hijron aylagach.
Benavoman dayr aro soqiyni istigʻnosidin,-
Jomni yigʻlatdi miyno bagʻrini qon aylagach.
Chobukikim, gʻamza tigʻi birla ushshoq ahlini
Qatli om aylar, koʻzi maydonda javlon aylagach.
Nodira gar vasli davronni gʻanimat bilmadi,
Oʻrtanur erdi xayoli shohi davron aylagach.
* * *
Ey koʻngul, yor uchun jahondin kech,
Havasi bogʻi-boʻstondin kech.
Anga oʻzluk bila yetib boʻlmas,
Istasang yor vasli jondin kech.
Olam ahlida chun vafo yoʻqtur,
Bir yoʻli yaxshiyu, yomondin kech.
Boʻlgʻil anqoi qofi istigʻno,
Ey humo, mushti ustixondin kech.
Boʻlding, ey jon, asiri shahri fano,
Kim dedi mulki jovidondin kech.
Kech deding yoru oshinolardin,
Menga lekin dema falondin kech.
Nodira shoʻri ashki daryodur,
Ushbu daryoi begirondin kech.
* * *
Vasli yor istasang jahondin kech,
Harna taqdiring oʻlsa ondin kech.
Tilasang vasl, oʻt jahon gʻamidin,
Na jahon, balki jismu jondin kech.
Bir nazar qomati xiromigʻa boq,
Muddati umri jovidondin kech.
Bordur olam binosi vahmu gumon,
En koʻngul, vahm ila gumondin kech.
Boʻlmagil yaxshiyu, yomongʻa taraf,
Bexud oʻl, yaxshiyu, yomondin kech.
Koʻyi tufrogʻini nashiman qil,
Sayri gulzoru boʻstondin kech.
Yorkim yer tubida pinhondur,
Nodira, mohi osmonidin kech.
* * *
May ichsang, ey koʻngul, eldin nihon ich,
Labi yodi bila may royigon ich.
Agar gʻamdin xalos oʻlmoq tilarsen,
Surohidek sharobi argʻuvon ich.
Koʻngul, shodob eding vasli mayidin,
Labidin ayru tushding emdi qon ich.
Kirib mayxonagʻa gʻamdin omon top,
Damo-dam jom tut, may har zamon ich.
Mayi nob el iyoriga mahaq (dur)
Oʻzingni aylamakka imtihon ich.
Budur mazmuni mavji bodai nob
Ki sahbo pirni aylar juvon, ich.
Senga, ey Nodira, jomi muhabbat
Chu sundi soqiyi shirin zabon, ich.
* * *
Qilmagʻil zinhor izhor ehtiyoj,
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj.
Hech kim olamda forugʻbol emas,
Har kim oʻz miqdoricha bor ehtiyoj.
Ganji husningni zakotin ber menga,
Sen gʻaniysan, menda bisyor ehtiyoj.
Koʻzlarim aylar yuzingni orzu,
Kim erur koʻzguya diydor ehtiyoj.
Mustamand etti meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.
Gar tilarsen obroʻ ahbob aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.
Qil ravo albatta oshiq hojatin,
Boqmagʻil arz etsa agʻyor ehtiyoj.
Bir tarahhum zohir etsang netgusi,
Qildi husningga meni zor ehtiyoj.
Yer vaslini tilarman, Nodira
Ayladi koʻnglimni afgor ehtiyoj
* * *
Ey jamoling sabohat ichra sabih,
Husn ahli zimrasida sabzi malih.
Boʻlma magʻrur muddai soʻzina,
Ani qavli sahimdur, na sahih.
Men kabi lofi ishq urib zohid,
Elga rasvoligʻin qildi sarih.
Lablaringdur Masihu, Xizr labing,
Sendin istar hayot Xizru, Masih.
Kufr islom eliga zulfingdin
Aqlu zinnoru halqau, tasbih.
Tarki ishq et, dedi menga zohid,
Demadi hech telba muncha qabih.
Nodira vozei maoniyi shavq
Anga taslim etar sharifu, vazih.
* * *
Firoqing otashidan ohu avvah,
Ki toqat aylamas bu oʻtqa doʻzax.
Yurak zaxmida paydo boʻldi yoʻl-yoʻl
Oʻqing paykoni goʻyo erdi rax-rax.
Bali bir-birga oshiq birla zohid,
Muxolifdur nuchukkim oʻt bila yax.
Shah aylar masnadi noz uzra orom,
Meni devonaga bas xoki goʻlax.
Jahon, ey Nodira, ed maqtalidur,
Emastur joyi osoyish bu maslax.
* * *
Agar boʻlsa kishini yori farrux,
Muborakdur yuzi diydori farrux,
Qani ul yordek shirin shamoyil,
Jamoli dilkashu, atvori farrux.
Mening yorim parilar shohi erdi
Labi shahdu, shakar guftori farrux..
Niholi qomati sarvi xiromon,
Yuzi gul, la’li shakarbori farrux.
Erur mayxona fayzi maymanatligʻ,
Labo-lab sogʻari sarshori farrux.
Menga zohid yuzidur nomuboran,
Valekin jubbau dastori farrux.
Boʻlubdur Nodira mumtozi ma’ni,
Kalomi ravshanu ash’ori farrux.
* * *
Riyou, hirsu, tama’ savtidur taronai shayx
Eshitmagum, hama afsun erur fasonai shayx.
Sanamlar ishqina toqat qilolmayin nochor
Yoshundi savmaaga zuhd oʻlib bahonai shayx.
Riyou zarq gʻariqida tashnakom oʻlur,
Sarobi bahri xayoloti begironai shayx.
Xamush etarman ani bir sharori oh ila,
Agarchi tez erur oʻt kabi zabonai shayx.
Koʻngullar oʻldi sovuq suhbatidan afsurda,
Erur chu bodi xazon ohi oshiqonai shayx.
Berur gʻurur ila oroyishi fashu dastor,
Ki xudnamoligʻ erur zebi korxonai shayx.
Topilsa, Nodira, bir shayxi orifi komil,
Boshim havosin etay nazri ostonai shayx.
* * *
Yor kerak oshiqa, menda sevar yor yoʻx,
Dardu gʻamim beadad soʻrgali gʻamxor yoʻx.
To abad odob oʻla shahri fano koʻchasi,
Jannat erur oshiqa andaki ozor yoʻx.
BOʻldi xayoling bila koʻnglim uyi dilkusho,
Kelki, bu zayronada soyai devor yoʻx.
Mahfili ayyom aro moyai ayshu nashot
Barcha muhayyo menga, hayfki, dildor yoʻx.
Gʻunchau gul teng emas la’ling ila ogzinga,
Gulda shakar xandau gʻunchada guftor yoʻx,
Oʻtsa xirom aylabon jilva bila chobuknm
Yetmas aning qaddigʻa sarvda raftor yoʻx.
Elga ne tong aylasa ohu fpgʻonim asar,
Menga bukun, Nodira, yordin osor yoʻx.
* * *
Bogʻ sayr et, karami dovara box,
Gulni boshidagn toji zara box.
Xudi zarrin menga ohim sharari,
Sham’i farqi sarida magʻfara box.
Qon toʻkar gʻamzasi, mujgonlari ham,
Koʻzi qatligʻa chekan xanjara box.
Hajr tigʻi bila bagʻrim yuz chok,
Ani har chokiga yuz ming yara box.
Sham’ yangligʻ giyah burkin zarrin
Dudi ohimdin etar qarqara box!
Vahshat aylarmu kiyik Majnundin,
Menga, ey koʻzlari ohu, bara box.
Nodira, dahr elini sarhuga bil,
Soqiyi davr alida sogʻara box.
* * *
Ul pari paykarki hajridin jahonim boʻldi talx,
Sharbati la’lidin ayru komi jonim boʻldi talx.
Voykim, jomi visolidin farah topti raqib,
Ishratim, ey soqiyi shirin zabonim, boʻldi talx.
Komi jon vaslingda shirin erdi men masti gʻurur,
Emdi hijroningda, ey nomehribonim, boʻldi talx.
Ne halovat koʻrgamen hajringda bu mayxonadin,
Nash’a zahr oʻldi, sharobi arguvonim boʻldi talx.
Siybi gʻabgʻab birla unnobi labing hijronida,
Mevai alvoni bogʻu boʻstonim boʻldi talx.
Sharbati la’lingdin ayru topmadim jon lazzatin
Komima ishrat mayi, ey dilistonim, boʻldi talx.
Vasl davronida ayshu ishratim jovid edi.
Nodira, hijronda ayshi jovidonim boʻldi talx.
* * *
Tushti ohimdin bu oqshom charx maydonigʻa dud,
Kim asar qildi falakni mehri tobonigʻa dud.
Bahri ashkimdin rutubat ketti to taxtassara,
Yetti ohimdin falak toqi namoyoniga dud.
Kecha ul gisu tamannosida chektim ohlar,
Tong emas andin tutashsa charx ayvoniga dud.
Sham’i ruxrosshsh atrofida pechitob oʻrar,
Turfa oʻxshar yorning zulfi parishonigʻa dud.
Sham’dek oʻrtab tanimni ehtiyot et dudini,
Kim keraklikdur savodi xatti rayhoniga dud.
Yor ushshoqini sham’i jilva ravshan qilmasun,
Kim tushar andin raqibi roʻsiyah jonigʻa dud.
Kuydi bagʻrim oh misra’ini insho aylagach,
Tushti andin Nodira avroqi devonigʻa dud.
* * *
Oʻtdi koʻksimdin oʻqing sarviravondin berdi yod,
Zaxmlarkim qoldi andin gulistondin berdi yod.
Mehnati hijron aro nokomligʻ chekkanlara
Vasl aro oʻlmak hayoti jovidondin berdi yod.
Ogah etdi elni ashkim sobiti sayyorasi,
Dudi ohimdur falakda qahkashondin berdi yod.
Aylagach barbod ayshim hosilin hijron yeli,
Oshinolargʻa sarigʻ rangim samondin berdi yod.
Voqif oʻldim dahr bogʻini guli ra’nosidin,
Kim bahori rang kelturgach xazondin berdi yod.
Yoridan ayrildi deb har kun menga davri falak
Koʻrguzib mehrini ul nomehribondin berdi yod.
Nodira, qilgʻoch muhabbat nash’asidin guftigoʻ
Lazzati she’ri Umar sohibqirondin berdi yod.
* * *
Ul sarvki bordur ani mavzun qadi ozod,
Mashshota uchun shona chekar zulfiga shamshod.
Mardumligʻ ila ayladi ul oy meni rasvo,
Nayrang ila xud telba qilur elni parizod.
Qoshi qalami birla qilur qatl damo-dam,
Ushshoqlarin ikki koʻzi boʻlgali jallod.
Ul gʻamza senga javru jasfo ilmin oʻqutti,
Afsuski, ta’limi vafo bermadi ustod.
Sen tarki vafo qildingu badmehrligʻ etdning,
Yoring(ni) faromush qilib aylamading yod.
Ohim sharari qilmadi koʻnglingni muloyim,
Harchand muloyim boʻlur oʻt tobida foʻlod.
Barpoy tutib qoidai mehru muhabbat
Tark aylamading, Nodira, davlat uyi obod.
* * *
Chun mendin uzdi mehrini ul yor moʻ’tamad,
Begona boʻldi bir-biridin jon ila jasad.
Boʻlsam firoq lashkaridin munhazim, netong,
Sabru sabot cherikidin yetmadi madad.
Men notavon xastani ul oy jamolidin
Mahrum qildi toli’i bargashta, baxti bad.
Yoʻq ogʻzining soʻrogʻida, ey jon, nishon tilab
Tushding adam tariqina kimdir senga balad.
Yoʻq, sendin oʻzga dodrasi dayru, Ka’bani,
Sen-sen murodi kimki sanam deru, yo samad.
Har kimki topsa ishq adabgohida qabul,
Qilmas ani takallumini hech kimsa rad.
Dardi firoq shiddatidin bildi Nodira
Doʻzax azobidin gʻami hijron ekan ashad.
* * *
Ajalni dastidin yuz dodu faryod,
Ki umrim hosilini berdi barbod.
Muzayyan qilma tarxi istiqomat,
Jahoni bebaqodur sust bunyod.
Koʻngul qasri muhabbat dogʻi birla,
Muabbad to abad ma’muru obod.
Jahon makkora zoli bevafodur,
Vafo birla koʻngulni qilmadi shod.
Qani Farhod ila Majnun nishoni.
Qani Shirinu Layli aylagʻil yod.
Aloyiq barcha zanjiri ajaldur,
Qoʻyar andogʻki domi hiyla sayyod.
* * *
Bording nazarimdin, ey parizod,
Men qulni dubora qilmading yod.
Hajr ichra firoq shiddatidin
Yuz nolau sad hazor faryod.
Qonligʻ koʻngul ichra maddi ohim,
Andogʻki chamanda sarvi ozod.
Mujgon ila nargisingdin, ey shoʻx,
Kasb ayladi qon toʻkarni jallod.
Men oh ila togʻni suv qildim,
Tund ayladi teshasini Farhod.
Faryodki hajr tund bodi,
Ayshim chamanini berda barbod.
Din Nodiradin kamol topdi,
Iqbol rafiqu mulki obod.
* * *
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Ul parivash vaslidin boʻldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
Yor uchun agʻyor dardin tortaman,
Koʻrmadim bir yorni agʻyorsiz.
Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo boʻlmadi devorsiz.
Berma nisbat qaddiga, ey bogʻbon,
Sarvdur bu bogʻ aro raftorsiz.
Nodira ahvolidin ogoh boʻling,
(Ey musohiblarki, qolmish yorsiz).

Lugʻat

A

Abas — befoyda.

Avbosh — bezori, tarbiyasiz.

Abjad — arab alifbesining bosh harflari: a, b, j. d — larning yigʻindisi. Alifbening boshi ma’nosida ishlatiladi.

Avqot — vaqtlar, vaqt soʻzining koʻpligi.

Adam — yoʻqlik, adam boʻlmoq — yoʻq boʻlmoq.

Ajuza — qari xotin, kampir.

Azm aylamoq va azm etmoq — niyat qilmoq, qasd qilmoq.

Anjum — nujumlar, yulduzlar.

Ato — bagʻishlash, ahvol.

Alloma — olim; bir sohaning bilimdoni.

Amnu-amon — tinchlik.

Analhaq — arab tilida «men haqmen», ya’ni «xudo men» degani. («Ana» arab tilida «men», «alhaq» haq — «xudo»): Qadimgi manbalarning bildirishicha: Mansur dunyoning bevafoligidan xafa boʻlib, analhaq — men oʻzim xudomen deb yurar ekan.

Angisht — barmoq.

Anqo — qushlarning podshosi hisoblanmish bir qush. Ba’zan yoʻq narsaga yoki kamyob narsaga ham oʻxshatiladi.

Arsa — maydon.

Argʻuvon — qizil daraxt.

Ashk — koʻz yoshi.

Atvor — «tavr»ning koʻpligi — yurish-turish, xulq, chek, harakat, miqdor.

Atfol — «tifl»ning koʻpligi — goʻdaklar, bolalar.

Afgor — yaralangan, majruh, afgor aylamoq — yaralamoq.

Aflok — «falak»ning koʻpligi — koʻklar, falaklar, osmonlar.

Afsun — diqqatni tortish, rom etib olish.

Afsurda — sovigan, muzlagan, birovdan koʻngli qolgan ma’nosida ham ishlatiladi.

Asror — sirlar.

Ayodat — xabar olish, koʻngil soʻrash.

Ayogʻ — may ichadigan piyola.

Ahbob — «habib»ning koʻpligi — doʻstlar, yorlar, sevimlilar.

Ahmadi muxtor — Muhammad paygʻambar (s.a.v.)ning sifati.

Ayyom — «yavm»ning koʻpligi — kunlar.

Aqiq — haqiq, qizil tusli, qiymat baho tosh. Ba’zan goʻzalning labi (qizil lab) deb kinoya etiladi.

B

Badxoh — yomon oʻyli, yomon fikrli.

Bazl — saxiylik, saxiylik bilan sarf etish; tortiq, hadya.

Batho — Makka shaharining yaqinidagi vodiy nomi. Asli ma’nosi yomgʻir suvi oqadigan keng joy.

Balad — shahar

Bargashta — sindirilgan, xafalangan, oʻldirilgan, agʻdarilgan.

Barxurdor — foydalanuvchi, baxravar, baxtli.

Barjasta — eng yaxshi, koʻzga koʻrinib turgan,

Baxshoyish — berish, bagʻishlash, hadya qilish.

Baqo — doimiylik, mangulik.

Begirona — cheksiz, tuganmas.

Benavo — kimsasiz, yordamsiz.

Bexurdu-xob — ovqatsiz, uyqusiz.

Besomon — kambagʻal, ojiz, yoʻqsil.

Bizoat — sarmoya.

Bismillah — Allohning nomi bilan.

Bisyor — koʻp.

Bihamdillah — Allohga maqtovlar.

Bob — eshik.

Bol — qanot.

Bolo — yuqori.

Bolu-par — qanot va quyruq.

Bolin — yostiq, koʻrpa.

Bunyod etmoq — asosini qurmoq, yuzaga keltirmoq.

Burk — tuyaning junidan qilingan kiyim. Daryo va yulduz ismi.

V

Vazih- — aniq, ochiq, toza; kasallik nomi.

Vafobob — vafoga munosib

Vasl — yetishish; qovishish, birlashish.

Voze’ — asos soluvchi, paranjisiz ayol.

Vola — hayron, shoshib qolgan.

Voqif — xabardor.

Vubol — uvol.

G

Gavharfishon — gavhar toʻkilib turgan.

Gardish — aylanish, doʻnish.

Gardun — osmon.

Gardankash — boʻysunmovchi, itoat etmovchi.

Garon — ogʻir; katta, zoʻr.

Gisu — xotin-qizlarning oʻrilgan sochi.

Giyru-dor — olish, tutish; podsholik qilish ma’nosida.

Girdibod — quyun, shamolning aylanishi.

Giribongir — ayblovchi.

Girih — tugun, terish, chigallik.

Gila — nihoyat, yigʻi, oh-voh, ta’na, hayfsan.

Giryon — yigʻlagan, yosh toʻkkan.

Guvora — oʻngʻay hal qiluvchi, yoqimli, rozilik.

Guzargoh — oʻtish joyi.

Guljabin — gul peshonali.

Gulandom — gulbadan.

Gulroʻ — gul yuzli.

Gulfom — gul rang.

Gumroh — yoʻlini yoʻqotgan, toʻgri yoʻldan chiqqan, yoʻldan ozgan, adashgan.

Goʻsha — burchak.

Guftigoʻ — gap-soʻz, tortishuv, suhbat.

Guftor — gap-soʻz, suhbat.

D

Dabiriston — maktab.

Dast — qoʻl.

Dastor — salla.

Dayri foniy — «bevafo dunyo», oʻtkinchi dunyo.

Dilsiton — dilbar, koʻngilni oluvchi.

Dilovez — koʻngilni quvontiradigan, yoqimli, hidli, xushboʻy.

Diloro — sevimli, mahbub.

Diyda — koʻz.

Dilovar — mard, botir, qahramon, jasur.

Dilkusho — xursand qiluvchi, quvontiruvchi.

Dovar — podsho, hokim.

Dodrasi — haqqoniy, adolatli.

Domon — etak.

Durd — quyqum, quyqa.

Durdamoq — may quyqasini ichuvchi, mayga berilgan ma’nosida.

Durfishon — dur sochuvchi, yaltiroq, ravshan.

Duto — bukilgan, egilgan.

Dushvor — ogʻir, mushkul, qiyin.

Z

Zarq — ikki yuzlamalik; aldash, soxtalik, hiyla.

Zamzam — Makkadagi buloqning ismi.

Zanax — iyak, tana ma’nosida ham keladi.

Za’f — ojizlik, quvvatsizlik.

Zebu-far — yasan-tusan.

Zimra — jamiyat, guruh.

Zinnor — but.

Zol — keksa. qari kampir; hiylagar.

Zohid — dunyo ishlaridan havasi qaytib, ibodat bilan mashgʻul kishi, soʻfiy.

Zarrot — «zarra»ning koʻpligi; atomlar, qismlar.

Zuhd — harom ishlardan saqlanish, soʻfiylik,

I

Ikrom — hurmat.

Iltizom — zaruriy, maqsadga muvofiqlik; tirishish.

Ilk — qoʻl.

Imdod — yordam.

Insho — asar, yozma narsa.

Intixob — saylov, tanlash.

Inqilob — oʻzgarish.

Irshod — rahbarlik, toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchilik.

Istisno — tortinish, nozlanish.

Itob qilmoq — ta’na qilmoq, ta’zir bermoq.

Iqomat etmoq — yashamoq, turmoq.

Iqtido — bir narsaga ergashish, taqlid qilish.

Iqtidor — qudrat, kuch, krbiliyat.

Irsol — yuborish, joʻnatish, yoʻllash.

Iyer — havo, atmosfera.

Iyd — hayit, bayram.

Ixtisob — tegishli boʻlish.

K

Kavkab — yulduz.

Kavokib — «kavkab»ning koʻpligi — yulduzlar.

Kamand — ip, arqon, bogʻ, tuzoq.

Ka’ba — Makkadagi muqaddas joy.

Ku’ba — qizlik, qiz bolalik.

Kahkashon — somon yoʻli, galaktika.

Kibriyo — buyuklik, kattalik, ulugʻvorlik; kuch, qudrat, ustunlik.

Kiynaparvar — dushmanlik koʻzi bilap qarovchi, kiynali, yomon niyatli.

Kishtzor — ekinzor.

Kom — maqsad, xohish, tilak.

Komyob — maqsadga erishgan, niyatiga yetgan.

Kofi — yetarli miqdorda.

Kudurat — xafalik, qaygʻu.

Kulkul — behuda soʻz, tekshirish. Juda nordon limon.

Kulola — sochlar, kokillar, guldasta.

Koʻka — boyqush, tutingan ogʻayni.

Koʻhkan — Farhodnnng laqabi, togʻ qazuvchi ma’nosida

L

Lavs — kuch, qudrat; ifloslik; sustlik.

Lavas — pastkashlik, tubanlik.

Lavh — quyosh yoki yulduzning koʻrinishi; yarqirash, nur sochish.

La’l — yoqutga oʻxshash qizil rangli, qimmat baho tosh; majozan qizil may va dilbarning labi.

La’l shakarbor — shakar lab ma’nosida.

Lojiram — shubhasiz; noiloj.

M

Mavzun — vaznga solingan, oʻlchangan, chiroyli.

Mavlo — sohib, molik, janob.

Ma’bad — ibodat etiladigan oʻrin.

Ma’vo — jon, maskan, panoh, oʻrin.

Maddioh — oh chekish, uzoq azoblanish; davomli oh chekish ma’iosida.

Madoro — yuzaki doʻstlik

Mazhab — yurish, vosita, diniy fikr, qoida, tartib.

Malih — goʻzal, yoqimli, pozik, kelishgan.

Manzar — koʻrinish, yuz, yuz ifodasi.

Manzur — gullagan, goʻzal, koʻm-koʻk boʻlgan.

Maoniy — «ma’no»ning koʻpligi, ma’nolar.

Marotib — «martaba»ning koʻpligi — darajalar, unvonlar, vaqtlar.

Marhala — kunning oʻtishi, toʻxtash joyi.

Mazmum — qoʻshilgan, yigʻilgan, birlashtirilgan.

Mardum — xalq, omma, koʻz qorachigʻi.

Masdud — yopiq, qulfli.

Masih va masiho — Isoning laqabi, majozan — jonlantiruvchi, jon beruvchi, tiriltiruvchi ma’nosida

Muslax — tayyorlangan.

Muslih — qayta quruvchi, tuzatuvchi.

Mayi nob — toza may, tiniq may.

Maykada — mayxona.

Maymanat — qoʻlnpng oʻng tomoni, baxt, gullab yashnash.

Matbax — oshxona.

Mariz — kasallik, xastalik.

Maqdam — qadam joyi.

Maqdur — belgilangan, boʻlishi mumkin boʻlgan, zaruriy, taqdir, imkoniyat.

Maqtal — oʻldirish joyi, dor tagi.

Magʻfar — dubulgʻa, kaska.

Mah — oy.

Mahaq — kumush va oltinlarga surtib ularning toza va notozaligini ajratadigan tosh.

Mahvash — oy chehra, oy yuzli.

Maxmur — xumor boʻlgan, mayga tashna boʻlgan.

Mahfil — majlis joyi, yigʻilish joyi.

Mashshota — grimchi, bezovchi, kelin va qizlarni yasantiruvchi xotin.

Miftoh — kalit, ochqich.

Miyno — shisha, havo rang oyna: havo.

Monand — oʻxshash.

Mochin — Xitoy imperiyasi.

Moh — oy.

Muanbar — atirlangai, xushboʻy hid sochuvchi.

Munavvar — nurli, nur sochib turuvchi, juda ham ravshan.

Muzayyan — yasatilgan, bezatilgan.

Mulavval — charchagap, horigan, tolgan, kasalvand, ojiz, xafa, xafa boʻlgan, gʻamgin.

Muntaxab — saylangan, tanlangan.

Munojot — xudoga iltijo, yolvorish.

Munfail — xijolatlik, hayrat.

Munhazim — haydalgan, yengilgan, tor-mor keltirilgan.

Mujallo — mashhur, shuhrat topgan.

Mujgon — kiprik.

Mujda — xat, maktub, quvonchli xabar.

Muloqot — uchrashuv, suhbat, soʻzlashish.

Muozalloh — xudodan panoh tilash ma’nosida.

Muqtarin — doʻst, ittifoqchi, ergashuvchi.

Musaxxar — kuch bilan qoʻlga kiritilgan, zabt etilgan, boʻysundirilgan.

Mustamand — faqir, baxtsiz, qaygʻuli, xafalangan.

Mutrib — muzikant, ashulachi, sevintiruvchi, shodlantiruvchi.

Mufarrih — koʻngil ochuvchi, shod etuvchi.

Mushkin — hidli, xushboʻy.

Muqarrab — yaqin, yaqin qarnndosh, doʻst.

Mushkbor — mushk sochuvchi, xushboʻy.

Mushtari — sotib oluvchi, xaridor.

Murgʻzor — oʻtzor, koʻkalamzor, chaman.

Muxlis — ixlosmand, berilgan.

Muhayyo — mavjud, tayyor, hozirlangan.

Mu’tamad — ishonchli.

Mu’tod — odat, odatlangan.

Mugʻtanam — gʻanimat, oʻlja hisoblangan.

Mugʻtanim — oʻlja oluvchi, paytdan foyda.

Moʻr — chumoli.

N

Navmid — umidsiz.

Navola — nasiba, hissa; osham, luqma.

Nazzora — koʻrinish, qarash, boshqarish, tomoshabin.

Nangu nom — or-nomus.

Nargis — bir turli gul; goʻzalning koʻzi.

Naxliston — koʻchatzor, xurmozor.

Nokom — maqsadiga yetmagan, baxtsiz.

Nashiman — oʻtiradagan narsa, kursi, majlis, yigʻilish, vatan.

Nashot — yaratish, oʻsish, taraqqiyot.

Najot — oila, kelib chiqish, boshlangʻich.

Nix — ip, tola.

Neknom — yaxshilikda nom chiqargan, dongdor, shuhratli.

Nisor — sochish, oyoq ostiga sochish.

Novak — oʻq, kamon oʻqi.

Noyob — kam topiladigan, kamchil, nodir.

Nun — arab alifbesida «n» harfi.

Noʻsh — ichish, noʻsh qilmoq — ichmoq

O

Obdor — porloq.

Obi hayot — hayot suvi, tirgizuvchi suv (Afsonaga koʻra, qandaydir bir gʻorda chashma boʻlib, kimki uning suvidan ichsa goʻyo oʻlmay, abadiy yashar emish). Bu suvni obi hayot, obi hayvon, obi baqo, obi zindagoniy, xizri hast, xizr suvi, chashmai hayvon deb ham yuritiladi.

Oyin — odat, rasm, tantana.

Oluda — bulgʻangan, ifloslangai, iflos.

Oshufta — mubtalo, oshiq, parishon.

Oshiftahol — achinarli holatda, gʻamli kayfiyat.

Oshom — ichuvchi; may oshom — may ichuvchi, mayxoʻr.

Oshub — fitna, toʻpolon, gʻavgʻo.

Omoda — tayyor, hozir.

Oraz — yuz, bet.

Oroyish — bezak, bezash, ziynat.

Ogʻoz — boshlanish, ibtido.

Ozurda — xafa, xafalangan, ranjigan.

Ozigʻ — foyda, paf.

Osiy — gupohkor, boʻysunmovchi, itoatsiz.

Osor — «asar»ning koʻpligi — ta’sirlar, izlar.

Osuda — tinch, xotirjam, ozod.

P

Padidor — ochiq, ravshai koʻrinib turgan.

Pariroʻ — pariga oʻxshash goʻzal.

Partav — shu’la, nur.

Payvasta — birlashgan, tutashgan; yaqin, tutash.

Payk — xabarchi, chopar.

Paymonishkan — va’dasini buzuvchi, ahdini buzuvchi

Pinhon — yashirin, maxfiy, sir.

Pirohan — koʻylak.

Piri mugʻon — mayxonachi.

Po va poy — oyoq.

Pokdoman — aqlli, dono, toza, pokiza, pok.

Punba — paxta.

Purtob — oʻq, sakrash, yaltirash, nurlanish.

R

Raiyat — xalq, tobelar, dehqon.

Rastaxez — qiyomat, maxshar kunn, toʻpolon, qiy-chuv.

Rahnamo — yoʻlboshchi, rahbar.

Reza — qirqindi, mayda.

Rishu-burut — soqol-moʻylov.

Rizvon — jannat, bogʻ, boʻston.

Rikob — uzangi, ot.

Rind — may ichuvchi, oshiq.

Rishta — ip.

Rif’at — yuksaklik, buyuk martaba.

Riyo — ikkiyuzlamalik, munofiqlik.

Riyoz — bogʻlar, oʻtzorlar.

Rusiyoh — yuzi qora.

Ruhafzo — koʻngilni oluvchi, oʻziga koʻngilni tortuvchi.

Rutubat — namlik, zaxkashlpk.

Roʻzu-shab — kecha-kunduz.

S

Sabz — koʻm-koʻk, yangi, toza, koʻkarayotgan narsa.

Sabih — goʻzal husnli, oq yuz.

Sabu — piyola, qadah.

Sabir — sabr etuvchi, chidamli, bardosh etuvchi.

Savdo — ortiq darajada bershshsh, sevgi va muhabbat ogʻirchiligi.

Sad — 100, toʻsiq, gʻov.

Samad — xoʻjayin, janob, boshliq, rahbar.

Samur — qimmatli hayvon terisi.

Sanjob — qush ismi.

Sanad — hujjat, asos, tayanch.

Sargashta — sarson, hayron, boshi aylangan.

Sarafroz — yuksak, baland, baxtga erishgan.

Sarmanzil — mehmonxona, toʻxtash joyi.

Sarshor — toʻla, toʻlib toshgan, sugʻorilgan, mast.

Sarxush — sarmast, mast.

Salosil — zanjirlar.

Sulosil — tomoqdan oʻtuvchi toza suv, toza vino.

Salotin — sultonlar, podshohlar.

Sayd — ov.

Sayyod — ovchi, mirishkor.

Sarih — ochiq, aniq, ravshan.

Sarsar — ahmoq, aqlsiz, tentaklik.

Sahbo — qizil may.

Sahih — toʻla, mukammal, sogʻlom, haqqoniy, haqiqiy asl.

Sahob — bulut.

Saxovat — saxiylik.

Sahiym — kasal, nosogʻ, kuchsiz.

Sirishk — kuz yoshi

Sitam — jabr, jafo, haqsizlik.

Sitamkor — zulm va haqsizlik qiluvchi, sitamgar.

Sinon — nayza, uchli nayza.

Sihiy — toʻgʻri, tik; sarv sihiy boʻyli — toʻgʻri va chiroyli boʻyli.

Sihi qad — qomati kelishgan, sarv qomat.

Siyah (siyoh) — qora, baxtsiz.

Sobit — barqaror, tebranmas; isbotlangan.

Sokin — bir yerda turuvchi, harakatsiz.

Soqiy — may quyuvchi, goʻzal, kosagul.

Sogʻar — may qadahi.

Spehr — osmon, taqdir, dunyo.

Suguvor — yigʻlash, shikoyat qilish, gʻamgin, xafa.

Sud — foyda, naf.

Sukun — tinch, tinchlik, harakatsiz tanaffus, doimiylik.

Sumanso — goʻzal.

Suluk — yoʻl; bir yoʻlni qabul etish, chunonchi, tariqat yoʻliga kirib, ibodat bilan mashgʻul boʻlish.

Surayyo — hulkar yulduzi.

Surox — qichqiriq.

Suruk — gala, toʻda, guruh.

Sunbul — oʻrilgan sochga oʻxshash, ingichka va uzun boʻlib oʻsadigan xushboʻy oʻsimlik.

Sun’ — ustalik, hunar.

Savmaa — ibodatxona.

T

Taboh — buzilgan, aynigan, xarob.

Tavahhum — xayol, faraz, tasavvur etish, shubha; xavfsirash, qoʻrqish.

Tavfiq — muvofiq kelish, yordam, koʻmak.

Takallum — suhbatlashuv, suhbat, soʻzlash.

Takyagoh — tayanadigan yer, soʻfiylar ibodat qiladigan va rasm-rusumlarni oʻtkaziladigan joy.

Tal’at — yuz, bet, chehra, koʻrinish; goʻzallik.

Talx — achchiq, taxir.

Talxkom — ishi oʻngidan kelmagan, baxtsiz, qaygʻuli.

Taokallo — zuhur etish, ravshan bir suratda koʻrinish; shu’la, jilva.

Tajammul — goʻzallik, savlat, bezaklik.

Tamanno — istak, orzu, talab, duo, oʻtinish.

Tama’ — ochkoʻzlik, toʻymaslik.

Tarab — shodlik, sevinch, xursandlik.

Tariq — yoʻl, uslub, qoida, odat.

Tarror — tovlamachi, oʻgʻri, choʻntakkesar, aldoqchi.

Tarovat — tozalik, yangilik.

Tagʻallub — boʻysundirish, bosib olish, aldash, qalbakilik, soxtalik.

Taxtassaro — yerning tagi.

Tahammul — chidam, toqat.

Taharruk — harakat qilish, harakatlanishlik.

Tahayyur — hayratda qolish.

Ta’mir — tuzatish.

Tiyradil — dili xira.

Tifl — bola, goʻdak.

Tilovat — oʻqish (qur’onni), fikr yuritish.

Tiyra — xira, qora, qorongʻy.

Tobon — porloq, yorugʻ sochib turuvchi, munavvar.

Tobu-tab — kuch-quvvat, qodirlik.

Tugʻro — podshohning nomi ham koʻrsatilgan maxsus bir belgi boʻlib, buyruq, farmon, qaror kabilarning tepasiga tushirilgan boʻladi.

Tundbod — qattiq shamol.

Turra — kokil

Tul — urush, kurash, janjal, tortishish.

U

Uzor — yuz.

Unnob — chilonjiyda.

Ushshoq — oshiqlar.

Uyrulmoq — aylanmoq, oʻgirilmoq; qaygʻurmoq.

Unon — faryod, oh-voh.

Uqov — yulduz ismi.

F

Fath — ochish, qoʻlga olish, tortib olish,

Firdavs — bogʻ, jannat.

Favt — yoʻqotish, oʻlim.

Fano — yoʻqlik.

Farz — buyruq, topshiriq, majburiyat, majburiy boʻlgan ish.

Farrux — chiroyli, goʻzal, baxtli.

Farzona — ongli.

Farxunda — muborak, qutluq, baxtiyor.

Fasohat — ustalik bilan gapirish, chiroyli gapirish, toʻgʻri va ochiq qilib gapirish.

Fayzosor — lutf-karamli; bahrali.

Foyizul-anvor — charogʻon, nurlantiruvchi.

Forugʻbol — joni tinch, xotirjam.

X

Xayl — toʻda, odouon, guruh.

Kam — egri, egilgan.

Xat — endigina chiqa boshlagap moʻylov.

Xirad — aql, zehn, fikr, farosat.

Xiromon — xirom bilan (noz bilap) yuruvchi, mahbub.

Xok — tuproq, yer; mamlakat.

Xokistar — kul.

Xun — qon, oʻldirish. oʻlim.

Xurshid — kun, quyosh.

Xoʻtan — Sharqiy Turkistonning bir viloyati.

Shahboz — lochin.

Shahvor — shahona, shohlarga maxsus.

Shahid — chiroyli, goʻzal. Muqaddas jangda halok boʻlgan shaxs.

Shahodat — guvohlik.

Shahna — qoʻriqchi, posbon.

Shikor — ov, ovlash.

Shitob — shoshilinch, shoshilish.

Shodob — hoʻl, nam, zax.

Shoyista — loyiq, munosib, shoyon, sazovor.

Shona — taroq.

Shohid — guvoh, dalil.

Shumora — son, adad, sanoq.

Shuhra — shuhrat, mashhur boʻlish.

Shoʻru-par — shovqin-suron, janjal, toʻpolon.

Ch

Chaspon — yaroqli, toʻgʻri keladigan, yarashgan, chiroyli.

Chirik — bu yerda qoʻshin ma’nosida.

Chobuk — tez, tez yurar.

Chokar — xizmatchi.

Chobuksuvor — uloqchi, chavandoz.

Chorkoʻl — toʻrtkoʻl.

Choʻgʻz — boyoʻgʻli, boyqush.

Choʻx — koʻp.

Gʻaddor — xoin, qattiq qoʻl.

Gʻulom — oʻgʻil bola, yigitcha xodim, qul, malay.

Gʻizol — kiyik.

Yovmulhisob — qiyomat.

Sh

Shakarbor — shirin soʻzli.

Shamoyil — shakl, surat, koʻrinish.

Shamshod — baland, toʻgʻri daraxt (jononning kelishgan qomatiga tashbih etiladi).

Shash qator — (olti qator), tizilgan, ketma-ket (koʻz yoshi haqida).

Sharar — zarar yetkazish, haqorat qilish.

Shaf’i — yoqlovchi, himoya etuvchi, vositachi.

Ya

Ya’juj — diniy afsonaga koʻra, goʻyo qiyomat payti kelganda «Ya’juj-Ma’juj» (yalmogʻiz) nomli qisqa boʻyli odamlar paydo boʻlib, hamma yoqni xarob etar emish.

Yagʻmo — talon, gʻorat; birovning narsalarini tortib olish, oʻgʻirlik.

Yasrib — Madina shaharining qadimgi nomi.

H

Hadis — 1) yangi, ilgari boʻlmagan. 2) yangilik; 3) soʻz, gap; 4) Muhammadning va undan soʻng oʻtgan imomlarning aytganlari va odatlari haqida naql va rivoyatlar.

Hovodis — «hodisa»ning koʻpligi — hodisalar.

Hajr — ayriliq, firoq.

Hadaf — qora, nishon, moʻljal, qasd etilgan nuqta.

Hazor — ming; sad hazor — yuz ming.

Hasud — hasadchi, koʻra olmovchi.

Hijob — parda.

Hashmat — savlat, dabdaba, ulugʻvorlik.

Hashr — yigʻin, yigʻilish.

Harim — harom.

Hayvonsuyi — obi hayot.

Hijrat — koʻchish, koʻchib ketish

Hilol — yangi oy, uch kunlik oy.

Huvaydo — zohid, koʻrinib turgan, ravshan, oshkor.

Hudhud — poʻpishak.

Hukamo — «hakim»ning koʻpligi; olim, faylasuf, doktor.

Humoyun — muborak, qutli, baxtli.

Humro — qizil.