OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNodirabegim Ibrohimova
Asar nomiOq devor (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Nodirabegim Ibrohimova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oq devor (hikoya)
Nodirabegim Ibrohimova

Darsdan shoshib chiqdim. Ana xolos, yomgʻir beayov quyyapti-ku. Aksiga olib bugun bir koʻrgazma tashkilotchilari bilan suhbat uyushtirmoqchi edim.

Shunday yomgʻirda borish shartmikan-a? Yo bugun bormay qoʻyaversammikin? Yoʻq, ertangi darsga biror nima tayyorlashim kerak! Fikrlarimga qarshi chiqqanday yomgʻir ham savalab quyardi. Soyabonimni ochdim-u bekatga yugurdim. Biroz kutdim… Kutish asnosida bekatning ortida yomgʻirda ivib turgan yigitga koʻzim tushdi. Soyaboni ham yoʻq ekan, bekat ichkarisiga kirsa boʻlmasmikin? Anchadan beri turibdi-yov, qalin qop-qora sochlari suvga boʻkkan. Nigohi esa bir nuqtadan uzilmaydi — baland oppoq devor… Devor tarfda bir nima bormi, deb rosa tikildim — devor begard. Notanish yigit zerikdimi yoki charchadimi, oxiri bekat oʻrindigʻiga — shundoq yonimga choʻkdi. Shu payt avtobusim ham keldi. Chiqishim kerak. Oʻrnimdan turdim. Notanish yigit xoʻrsindi… Toʻxtadim. Avtobus ketdi. Men joyimga qaytib oʻtirdim. Shu damda menga koʻrgazmadan ham koʻproq «notanish» qiziq edi. Balki u ham bir dardkashga muhtojdir…
— Biror muammoga duch kelgan koʻrinasiz?

U «Menga gapirayapsizmi», deganday qaradi. Biroz oʻtib jilmaydi:
— Nima, siz muammoga duch kelmaysizmi?
— Boʻlib turadi. Lekin… uni yengish kerak. Siz esa oʻzingizni…
— Xarob qilyapmanmi?
— Oʻzingiz ham bilarkansiz-ku buni. Nega bunday boʻldi, deb oʻylanavermay muammoni hal etish yoʻllarini izlash kerakdir balki…
— Yoʻq, nega bunday boʻldi, deb oʻylayman men. Chunki shunday boʻlishi kerak edi. Uni hal etish yoʻli ham yoʻq. U endi yonimga qaytmaydi…
— Ha… sevgi muommosi deng?
— Sevgi... Ehtimol, sevgi bu tuygʻu oldida ojizdir.
— Muhabbatingiz shunchalik kuchli ekan, nega uni yoʻqotdingiz?
— Kim biladi? Bu faqat Allohga ma’lum. Oʻzi shunday — goʻzal xilqat bevafo boʻladi.
— Demak, sevganingizga vafo yetishmabdi-da?
— Ha… u meni jilmayibgina tashlab ketdi. Usiz yasholmasligimni bilardi… Javohiridan kechib ketdi-ya!

Notanishning ham koʻzlaridan tomchilar yogʻa boshladi, xuddi bugungi yomgʻirday… Yigit kishi yigʻlaganini koʻrmaganman. Nima deyarimni, nima qilarimni bilmay qoldim. «Bir qizga ham shunchalikmi?» deb oʻyladim.
— Aytgancha, nega mana bu devorga tikilib turgandingiz?
— Chunki devor ortida uning uyi bor.
— Chiqishini poyladingizmi?
— Yoʻq… U chiqmaydi. Yomgʻirni yaxshi koʻradi, shuning uchun yoniga keldim. Ammo devor ortiga oʻtish…
— Ha, kimdir koʻrsa durust boʻlmaydi. Birovning uyiga beruxsat kirish…
— Menga ruxsat shartmas. Endi kerakmas… Avval ikkimiz kimlarningdir ruxsati-yu buyruqlari ostida yashadik. Oxiri nima boʻldi?! Hatto biror marta qoʻlidan ham tutolmadim…
— U hozir… turmushga chiqqanmi?
— Turmushga chiqsayam roziydim. Axir bir kun qolgandi toʻyiga. Ammo u istamadi! Menga xiyonat qilolmadi…
— Unday boʻlsa… Nima muammo?

Notanish oʻrnidan turdi.
— Men undan xabar olib kelay…
— Mayli… Unga salom ayting.

Notanish yigit ketdi. Devor yoqalab ketdi… Eshigi qaerdaykin, bilmadim. Men ham ketdim. Koʻrgazmaga emas, uyimga. «Biror nima« ham yozdim: »Devor ortida…». Menga hanuz jumboq edi, ne bor edi devor ortida? Notanishni yigitni esa qayta uchratmadim. Balki yomgʻir yana yoqqanida koʻrarman uni. Javobsiz savollarimga javob berar u.

Yomgʻir esa boshqa yogʻmadi… Oradan bir oy oʻtdi. Havo issiq, oʻsha bekatdaman. Devor oqlanayapti. Hasharchilardan soʻradim:
— Devor ortida kim yashaydi?
— Hech kim yashamaydi. Bu yer bezabonlar makoni. Qabriston…
— Qabriston…

Men bekatga qaytdim. Oʻrindiqqa ogʻir choʻkdim. Yonimda bir onaxon devorga tomonga qarab oʻqtin-oʻqtin xoʻrsinadi: «Eh, bolam-a… nimalar qilib qoʻyding? Toʻyingni koʻrolmagan onang oʻlsa boʻlmasmidi? Oh, Javohirim!»