OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNormurod Norqobilov
Asar nomiOqboʻyin (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Normurod Norqobilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm73KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/17
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oqboʻyin (hikoya)
Normurod Norqobilov

«
Normurod Norqobilov 1953-yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi Qishloq qishlogʻida tugʻilgan. 1982-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan.
Yozuvchining «Zangori koʻl», «Unutilgan qoʻshiq» kabi hikoyalar toʻplamlari chop yetilgan. Ayni paytda oʻzbekiston televideniyesi Adabiy-badiiy koʻrsatuvlar tahririyatida bosh muharrir oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.
»

Tovuq patini oʻynashda davom yetdi. Patni yertalab topgan, nimaligiga aqli yetmay boshi garang yedi. In yonidagi chirik xashaklar ustida choʻzilib yotgan ona it bezovta gʻingshiganidan soʻnggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga oʻgirildi. Besh odimcha narida uy yegasi – Sodiq aka bilan norgʻul bir odam – Karim podachi, yegnida yagʻiri chiqqan paxtalik, oyoqlarini kerib turardi. Undan goʻng, pichan, silos va yana allambalolarning hidi anqirdi.

Oqboʻyin bu xil tashriflarga koʻnikkan, har keldi-ketdidan soʻng ogʻa-inilaridan birortasi gʻoyib boʻladi, keyin onasi tuni bilan gʻingshib chiqadi. Boshda ular oʻnta yedi. Uchtasini, urgʻochi yekan, birinchi haftadayoq gumdon qilishdi. Bu gal navbat qaysi biriga yekan?

Karim podachi oyoqlari ostida oʻralashayotgan inisi — Oqtoʻshni qoʻliga olib, obdon paypaslab koʻr­di, panjalarini diqqat bilan koʻzdan kechirdi. Yoqtirmadi. Oqtoʻsh nari ketishni xayoliga ham keltirmay, tagʻin suykala boshlagandi, Karim podachi yetigi uchi bilan turtib yubordi. Joni ogʻrigan Oqtoʻsh angillaganicha onasi tomon pildillab qochdi.

Inisi Oqboʻyinga yoqmaydi, oʻlgudek yaltoq, koʻringan qoraga suykaladi. Akasi Malla yesa tamomila aksi – tajang, salga zardasi qaynab darhol «yoqa boʻgʻishadi». Hozir ham u in toʻriga biqinib olib, Karim podachiga adovatli tikilib turardi.
— Anovi turqi sovuqni ober-chi, — dedi podachi Mallani koʻrsatib.

Sodiq aka Mallani inidan tortib chiqardi-da, unga uzatdi. Karim podachi uni uzoq tutib turmay, darrov yerga qoʻydi.
— Bunisi qopagʻon boʻladi, - dedi Malla tishlagan barmogʻiga puflab. Podachining yezgʻilashlari Oqboʻ­yinga yoqmadi. Ammo tabiatan bardoshli uchun boshqalar kabi toʻpolon qilmadi. Temirdek qattiq barmoqlariga tish botirishdan oʻzini tiyib, jimgina turib berdi.

Karim podachi — sinchi, itni farqlay biladi. Umri fermada oʻtgan bu odam itni ishqibozlik uchun yemas, zarurat yuzasidan asraydi. Negaki, qish kezlari qir oshib keladigan boʻrilardan kuygan — jondor desa yetmish yetti tomiri tortishadi, boʻrilarga yemish boʻlgan tomday-tomday novvoslari koʻz oldiga kelib, ichi-tashi baravar yonadi. Avvallari ahvol aytarli darajada yomon yemasdi, salgina poʻpisa-yu qutqu bilan jondor otini daf yetmoq mumkin yedi. Ammo uch yil burun Yoldor degan bir mahluq paydo boʻldi-yu podachidan halovat ketdi. Arloni boʻri itlarni pisand qilmaganidek, miltiqqa ham osongina chap berardi. Tunlari boʻri poylayverib, biqinini shamollatib qoʻyganidan soʻng, Karim podachi qopqon qoʻyib koʻrdi. Biroq Yoldor qolib, qopqonga ferma tevaragida aylanib yuradigan daydi yeshak­lardan biri tushdi. Yetni dorilab yoʻlga tashladi. Yoldor yemas, iti zaharlanib oʻldi. Keyingi asragan iti yesa gʻoyat keraksiz chiqdi. Yoldorning qorasini ilgʻar-ilgʻamas yeshik tirnab, gʻingshigancha ichkariga intildi, ba’zida qishloqqa qochib qolardi. Bu qish oʻrtasi bu hol yana takrorlangach, Karim podachi jahl ustida itni otib oʻldirdi. Chunki Yoldor toʻdasi boshqa mol quriganday, uning tanasini boʻgʻizlab ketgandi-da. Shundan buyon podachi yaxshi it qidirib yuradi. Xuddi shunday it hozir uning qoʻlida yedi. Bu kuchuk arloni it naslidan. Bunaqasi mingdan bitta chiqadi. Nasib yetsa, uzogʻi bilan yana toʻrt-besh oydan soʻng bu atrofda unga teng keladigani boʻlmaydi. Jondor zoti borki, ovozini yeshitishi bilan qir boshida mixlanib qolaveradi. Karim podachi ich-ichidan xuruj qilib kelayotgan quvonchini bazoʻr yutib, uy yegasiga yuzlandi.
— Shunisini tanladik.
— Yoʻq. Bunisi oʻzimizda qoladi, — dedi Sodiq aka qat’iy bosh chayqab. — Qanjiqni yoʻqot­moq­chimiz…
— Bir qoʻy qoʻzisi bilan.

Sodiq aka Oqboʻyinga qiziqish bilan tikilarkan, togʻasi haqligini angladi. Ichida uning topqirligidan qoyil qoldi. Togʻasi mehmon boʻlib kelgan kuni kuchukvachchalar yendi oyoqlagan yedi. Togʻa qanjiqni yoʻqotib, arlon it asrashni maslahat berarkan, kuchukvachchalarni choponi bariga solib, tomorqa adogʻiga oborib tashladi. Issiq joyidan qoʻzgʻatilgan kuchukvachchalar notanish joyda nima qilishlarini bilmay paypaslanib turishganida, Oqboʻyin toʻdadan ajralib, sal narida bezovta gʻingshib turgan onasi tomon intildi. «Mana shunisini asra, - dedi togʻa. – Bundan zoʻr it chiqadi. Qolganlari bir pulga qimmat. Sodiq aka uchun hamma it bir it yedi. U bu borada hovli itsiz boʻlmasligi kerak degan aqidaga boʻysunib ish tutardi. Togʻaning gapidan soʻng Oqboʻyinga nisbatan qiziqishi ortganday boʻldi. Bir tomoni mehmon hurmati uni asramoqni koʻngliga tugdi. Podachining gapidan keyin Oqboʻyinga qiziqishi oʻn chandon ortdi. Axir hech zamonda it savdolashilganmi? Qishda bir chaksa qorni birovga ravo koʻrmaydigan shunday bir odam qoʻy va’da qilyaptimi, demak bu kuchukda bir gap bor. Turishini qara, pinak buzmaydi-ya.
— Ana bor, ikkita qoʻy.
— Aka, bilasiz men bitta gapiraman.
— Obbo, qoʻrang toʻla molmidiki, it asraysan.
— Yaxshi it hammagayam kerak.
— Buni asrab naf koʻrmaysan. Rashkim yomon, birda boʻlmasa, birda otib oʻldiraman.
— Yarashadagan gapni qiling, aka.
— Otmagan taqdirdayam baribir Xidir xira otib ketadi.
— Otib koʻrsin.…

Savdosi pishmagan Karim podachi itni yerga qoʻyarkan, zarda bilan biqiniga tepdi. Zarb kuchli boʻlmasa-da, bu xil muomala Oqboʻyinga yomon ta’sir qildi. Irillash barobarida akilladi. U oʻz qadr-qimmatini yaxshi bilardi. Bu jihatdan otasi Olaparga tortgan yedi. Olapar qoʻshni qishloqlik Abdurayim ovchining iti. Kuzda u bu tomonlarga qadam qoʻyganda, uning haybatli, koʻrkam kelbatini koʻrib, butun qishloq lol qolgandi. Olapar hovliga boshqa itlar kabi devor oshib yemas, toʻgʻri darvo­zadan kirgan. Uy yegasining doʻq-poʻpisasiga zigʻircha ye’tibor bermay, bamaylixotir yurib, tomor­qaga oʻtgan, kartoshkapoyada, oʻn chogʻli it qurshovida «nozlanib» yotgan qanjiqni bir zumda oʻziniki qilib olgan.

Hali hech kimdan bu xil muo­malani koʻrmagan Oqboʻyin gʻazab va alamdan beixtiyor akillab yuborgandi. Akillagan sari izzat-nafsi allanechuk orom topib, ovozi oʻziga xush yoqdi. Karim podachi Mallani qoʻyniga solib, yeshik ortida koʻzdan yoʻqolmaguncha u tinchimadi.

Shu kundan ye’tiboran u hurishni oʻrgandi.

Oqboʻyin dilxiralikni tez unutdi. Tagʻin tovuq pati bilan andarmon boʻldi. Ilgari bir nima bilan oʻynashganda irillardi, yendi boʻlar-boʻlmasga akillashni odat qildi. Yepkin tovuq patini havolatganda, akillagancha ortidan quvlaydi, sakraydi, tappa bosadi, panjalari bilan piypalaydi va oxir-oqibatda hafsalasi pir boʻlib, yendigina boshqa narsaga alahsimoqchi boʻlganida, birdan tovuq patiga «jon» kiradi, shabadada «qanot qoqadi». Oqboʻyin tagʻin unga tashlanadi. Tutadi, piypalaydi. Nimaligiga aqli yetmay garang boʻladi.

Chor atrofi baland devor bilan oʻralgan tor joyida uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar toʻlib-toshib yotibdi. Shulardan biri burchakdagi teshikdan tez-tez moʻralab turadigan kattakon kalamush yedi. Oqboʻyin unga nisbatan yaxshi munosabatda yedi, ogʻa-inilariga tegajoqlik qilgandek, u bilan oʻynashgisi keladi. Ammo kalamush kuchuk yaqinlashishi bilan ura qochadi. Yana biri ahyon-ahyonda tom boshida paydo boʻladigan targʻil mushuk yedi. Mushuk oliftanamo qadamlar bilan devor ustidan yurib keladi-da, tomga sakrab, soatlab oʻziga oro beradi. Yeng qizigʻi devor boshida oʻqtin-oʻqtin koʻrinish beradigan babaq xoʻroz. U oʻziga hayratomuz tikilib turgan Oqboʻyinga boshini u yon-bu yon burib anchayin qarab qoʻyadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, shoʻrlik Oqtoʻsh qochaman deb oʻmbaloq oshib tushadi. Oqtoʻsh jur’atsizligiga yarasha oʻlgudek boʻshang – salga dodlaydi. Oqboʻyin xuddi mana shunisiga ishqiboz, uni yerga bosib yezgʻilashni yaxshi koʻradi. Onasining xotirjam boqishlarida oʻz qiligʻiga ragʻbat sezgan sayin gʻayrati yanayam joʻshadi, oqibatda, onasi oʻrtaga tushishga majbur boʻladi. Qilgʻiliqni Oqboʻyin qilib, gapni Oqtoʻsh yeshitadi, boʻshashmay, ket, lapashang!

Gohida shu ish ustida uy yegasining oʻrtancha oʻgʻli Rasul kelib qoladi. Ana unda koʻring tomoshani. Rasul ularni atay oʻchakishtiradi, ya’ni Oqboʻyinni Oqtoʻshni tagiga bosib gʻashiga tegadi. Bundan Oqboʻyinning gʻazabi shu qadar qoʻziydiki, tutqundan boʻshashi bilan sakrab turib, hech bir gunohi yoʻq inisini tishlab – tortqilay ketadi. Natijada, Oqtoʻsh tashqariga chiqolmay soatlab biqinib oʻtiradi. Onasi in ogʻzida choʻzilib intiqom oʻtida yonayotgan Oqboʻyinni ichkariga yoʻlatmaydi, hovuridan tushishini kutadi. Oqboʻyin alamidan Mallaga yopishadi. Ammo Malla boʻsh keladiganlar xilidan yemas, «mushtga musht bilan» javob beradi. Ayniq­sa, kechagi janjal yomon boʻldi. Rasulning qutqusi bilan u Mallani yendi tagiga bosgan yedi, kutilmaganda oʻng oyogʻi akasining jagʻlari orasiga tushib qoldi. Jag’ yemas, misoli qopqon, qani qoʻyvorsa. Angillab yubordi. Rasul uni yerdan koʻtarib bagʻriga bosdi. Lat yegan oyogʻini silab-siypadi. Mallani yesa tepib haydadi.

Rasul boshdanoq Oqboʻyinga ayricha mehr qoʻygan. Oqboʻyin buni oʻzicha his qilgan sayin tantiqligi ortadi. Aslida, yeshikdan kirib keladiganlar orasida yeng gʻamxoʻri ham Rasul yedi. Shu bois, bolaning kelishini Oqboʻyin ilhaq kutadi. Kelavermasa, yeshik yoniga borib, tashqariga moʻralaydi. Tirqishdan keng hovlining bir burchagi – oʻchoq boshi koʻrinadi, xolos. U yerdan kunda uch mahal yaloqqa toʻkiladigan ovqat hidi keladi.

Tovuq pati joniga tekkach, Oqboʻyin yeshik yoniga bordi. Tirqishga tumshugʻini suqib gʻingshidi. Tanish hiddan darak yoʻq, qadam tovushlari ham yeshitilmaydi. Rasul kelmaguncha, u yeshikdan nari ketmadi, goh gʻingshib, goh akillab uni yoʻqlab turdi.

* * *

Nihoyat bu kech uning sabr kosasi toʻlib toshdi. Ortiq bardosh berishga oʻzida boʻlak kuch topmadi. Supada uxlab yotgan bolani koʻzi qiyib-qiymay, devor oshib koʻchaga chiqdi. Koʻchadan dalaga. Katta ariq boʻyiga yetib bir zum toʻxtadi. Ariqdan nariyogʻi Mallaning tasarrufidagi yerlar. Xuddi shuni ta’kidlagandek fermaxona tomondan Malla hurdi. Ovozida yakka hokimlikka da’vat qorishiq. Aynan shu narsa Oqboʻyinni fermaxona tomonga tortardi.

Tun oydin. Malla qishloqdan uzilgan qorani uzoqdanoq payqadi. Ovoziga hayrat indi. Qiziq, uning yeriga qadam qoʻymoqqa jur’at yetgan kim boʻldi yekan? Azbaroyi tutaqqanidan boʻgʻilib qolayozdi. Quturib olgʻa intilarkan, yarim yoʻlga yetmay, beixtiyor toʻxtadi. Qaysi koʻz bilan koʻrsinki, qarshisidan hov birda oyogʻini sindirgan bahaybat mahluq kelardi. Malla talvasada turib qoldi. Zora qaytib ketsa degan umidda Malla yer tirnab jon-jahdi bilan hurdi. Biroq raqibi pinak buzmadi, loaqal irillashni oʻziga yep koʻrmadi.

Malla nima qilarini bilmay tahlika ogʻushida turarkan, shu payt fermaxona tomondan yeshikning gʻijirlab ochilib-yopilgan yelas-elasi yeshitildi. Shunda u birdan yengil tortdi. Raqibi koʻziga ortiq dahshatli koʻrinmay qoʻydi. Nima qilishini u yendi yaxshi biladi. Oqboʻyinni chalgʻitib, fermaxona biqinidagi uycha yaqiniga olib borsa boʻldi, qolganinini Karim podachi yeplaydi. Hafta burun qoʻshni qishloqdan uloqib kelib qolgan kattakon sariq itnnig kuni ham shu tariqa bitgan yedi.

Malla kalta-kalta hurish bilan podachini voqeadan ogoh yetganicha sekin-asta chekina bordi.

Oqboʻyin – sodda, firibni sezmadi. Intiqom tuygʻusi vujudini shu qadar zabt yetgan yediki, pastak yeshikning qiya ochilganini koʻrsa-da, ye’tibor bermadi. Mallani devorga siqib borarkan, odatdagidek, hamla chaqnab, oʻq ovozi qarsilladi. Yagʻiriniga choʻgʻdek qadalgan zarbdan Oqboʻyin yiqildi. Dimogʻiga oʻsha tanish miltiqdori hidi urilishi bilan dahshatga tushib, sakrab turdi. Ogʻriqdan ham koʻra kutilmagan bu hodisadan qoʻrqib ketgan Oqboʻyin raqibining ayovsiz talovlari ostida sharmandalarcha qochdi.

Badanidagi tish izlari tez bitib ketdi-yu, lekin oʻq teshgan jarohatiga qurt tushib, behad azob cheka boshladi. Ovqatga qaramay qoʻydi. Oʻn kun ichida avvalgi kelbatidan asar ham qolmadi.

Ota hali qaytmagan, onaning it bilan ishi yoʻq, yolgʻiz Rasulgina uning dardiga sherik, oʻzi bilganicha, qoʻlidan kelganicha muolaja qilardi. Oldiniga kul sepib yurdi, kul ham foyda beraver­magach, allaqayerdan bir shisha quyuq qoramtir, qoʻlansa dori topib keldi. Ammo doriniyam yordami tegmadi. Itning ahvoli kundan-kunga yomonlasha bordi. Oxir-oqibat Rasulning mol doʻxtiri – Salom pakanaga borib yalinishdan oʻzga chorasi qolmadi.

Salom doʻxtirni tomorqasidan topdi. U ikki ishyoqmas oʻgʻlini piyoz oʻtoqqa qoʻyib, oʻzi kartoshka chopayotgan yekan. Otaning kayfi buzuq, bolalarining qovoqlari qizargan, kattarogʻining yalongʻoch sonida chiviq izlari shundoqqina koʻzga tashlanib turardi.

Rasul yaqinroq borishga yuragi betlamay turganida, Salom doʻxtir uni koʻrib qoldi.
— Nima kerak?

Rasul qimtinibgina unga yaqinlashdi.
— Kuchugimiz oʻlyapti, - dedi tomogʻiga yigʻi tiqilib.
— Nima qilay shunga? – Salom doʻxtir hayron boʻldi.
— Tuzating. Tuzatib bering.
— A! – hayratdan Salom doʻxtirning qoshlari chimirildi. Bu bolaning yesi joyidami oʻzi, degan ma’noda unga boshdan-oyoq tikildi. Shu damgacha unga hech kim itim kasal deb kelmagan. Allaqanday oʻlaksa uloqchasi ogʻriganda uning yeshigiga tanda qoʻyadigan odamlar iti dardga chalinganda parvo qilishmas, nari borsa, joni qiynalmasin, deya biror jar-parga chiqarib otib tashlashardi.
— Agar xoʻp desangiz, yevaziga piyozingizni oʻtab beraman, - dedi Rasul yalinchoqlik bilan.

Salom doʻxtir yendi unga ayricha qiziqish bilan tikilarkan, dimogʻida hi-im, deb qoʻydi.
— Tuzating, har kuni daladan sigiringizga oʻt yulib kelaman.

Salom doʻxtir ish desa tom oshib qochadigan oʻgʻillaridan kuygan yemasmi, bolaning bu gapi favqulodda mehrini qoʻzgʻatib yubordi.
— Anovilarga qarashib yubor-chi, keyin bir gap boʻlar, - dedi kulimsirab.

Rasul hash-pash deguncha ikki pol piyozni oʻtab tashladi.
— Ana, koʻrdilaringmi, qanaqa ishlash kerak,- dedi Salom doʻxtir oʻgʻillariga xoʻmrayib. Kimsan xola hayron: «Tovba, it molmidiki, doʻxtir koʻrsa. Shu Salomniyam yosh bola fe’li bor-a».

Rasul doʻxtir aytganday qilib itning oyoqlarini kullakladi. Oqboʻyin qarshilik koʻrsatmadi, zero bunga holi ham yoʻq yedi. Taqdiriga tan bergandek, bir alpozda gʻingshib yotaverdi.

Salom doʻxtir itning tum­shugʻini tasma bilan sirib bogʻlagach, kattakon qora sumkasini ochdi. Boshda jarohatni obdon koʻzdan kechirdi, soʻngra qoʻlidagi yaltiroq tigʻni shartta yaraga botirdi. Oqboʻyin boshini koʻtarib turmoqqa intildi.
— Lalaymay, boshidan tut! – deya buyurdi Salom doʻxtir. – Ustiga minib ol!

U imillagancha yaradagi qurt va sochma oʻqlarni bittalab terarkan, Oqboʻyin ustidan Rasul­ni itqitib yubormoqqa intilar, toʻlgʻanar, ingrar, gʻingshir, Salom doʻxtirga yeb-yutib qoʻygu­dek tikilardi.

Nihoyat Salom doʻxtir jaro­hatini bogʻlab, oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Peshona terlarini bilagi bilan sidirarkan, chogʻroqqina shisha­dagi qoramtir dorini bolaga tutqazdi.
— Kunda uch mahal surasan. Aytgancha vaqti-vaqti bilan yarasiga siyib tursang ham boʻladi. Ha, nimaga ishshayasan? Voy-boʻy, uyalib ketdilarmi? Seni qarayu, buning nimasi uyat. Agar bilsang, siydik yeng yaxshi malham, tez qotiradi. Jarohatiga tili yetganida sen bilan menga kuni tushib turmasdi, yalab-yalqab oʻzi tuzatib olardi.

Hafta oʻtib, jarohati xiyla bitgan Oqboʻyin oz-ozdan ovqat yeydigan boʻldi.

Quvvatga kirgan sari oʻsha mash’um kecha xotirida tobora ravshanroq jonlana borib, Mallaga nisbatan adovati behad kuchaydi. Boz ustiga, keyingi vaqtlarda Malla battar haddidan oshgan, gohida uning ovozi shundoqqina qishloq yonidan, koʻchalardan yeshitilib qolardi. Shunisi qiziqqi, uning sasi chiqishi bilan qishloq itlarining ovozi mayin tortar yoki butunlay oʻchar, hatto yaltoqli akillashlarni ham yeshitish mumkin yedi.

Mallaga nisbatan zimdan kuch toʻplay boshlagan Oqboʻyin yendigi uchrashuv soʻnggisi boʻlishini ich-ichidan sezar va shu kunning kelishini betoqat kutardi.

U zoriqib kutgan vaqt yetib kelganida, barglar sargʻayib, havo salqin tortgandi. Yendi Rasul hovlida yemas, uyda uxlardi. Shunga qaramay, Oqboʻyin tunlarini deraza ortida oʻtkazardi. Yeski odatini hanuz tark yetmagandi u. It bir nimaga odatlandimi, uni hech kanda qilmaydi.

Bugun u derazada shu’la soʻnishi bilan devor oshib koʻchaga chiqdi. Gʻoʻzapoya gʻarami yonida qoʻshni it – Toʻrtkoʻzga roʻpara keldi. Toʻrtkoʻz gʻajib turgan suyagini tashlab, dumini likillatgancha uni doʻstona qarshiladi. Yaltoqlanib iskalandi. Oqboʻyin uni yoqtirmasdi, ortidan yergashgandi, irillab berdi: yoʻqol koʻzimdan! Toʻrtkoʻz gʻingshib qoldi. Oqboʻyin ariq boʻyiga yetib choʻnqaydi. Muzdek yelga yuz tutib, hid oldi. Mallaning makkorligi yesida. Toʻgʻri bosib borishga yuragi chopmadi. Tadbir qidirdi. Ammo ming bosh qotirmasin, miyasiga joʻyali bir fikr kelmadi. Alamidan uvlab yubordi. Uzoqdan Malla hurdi. Shundan soʻng Oqboʻyin tavakkaliga olgʻa yurdi. Saldan keyin oʻzi tomon shiqib kelayotgan Mallani ilgʻadi. Vujudi gʻazabga toʻlib, qadamini tezlatdi. Biroq Malla yugurib kelayotgan joyida taqa-taq toʻxtadi. Oqboʻyin ildamroq harakat qilgandi, u shartta iziga burildi-da, qocha boshladi. Oqboʻyin xatosini tezda fahmlay qolmadi. Qachonki, Malla oʻtgan galdagidek kalta-kalta hurganicha kimnidir koʻmakka chaqirayotganini anglagachgina, yana firib ishlatayotganini payqadi. Toʻxtadi. Malla yesa yer tirnab hurgancha jigʻiga tegishda davom yetdi. Oqboʻyin ilgari borishga yuragi betlamay birpas hardamxayol turarkan, noiloj iziga qayrildi. Oqboʻyin oʻgirilishi bilan yana ura qochdi. Quvib yetolmasligiga koʻzi yetgach, Oqboʻyin qishloq tomon yurdi. Malla ketidan qolmadi, chotidan olgudek bir vajohatda yergashib kelaverdi. Shunda Oqboʻyinning koʻngliga shumlik oraladi. Avvaliga loʻkilladi, soʻng chinakamiga qochgan boʻldi. Ariqqa yuz odimcha qolganda, Oqboʻyin shartta iziga burildi-da, yashin tezligida unga tashlandi. Malla oʻzini oʻng­laguncha boʻlmay, Oqboʻyinning oʻtkir tishlari boʻgʻziga qadaldi. Qaynoq qon hididan qutirib ketgan Oqboʻyin zumda uni gʻajib tashladi. Keyin sal chetlanib, raqibining jon talvasasida toʻlgʻanishlarini gʻolibona kuzatib turdi. Mallaning soʻnggi nolasi qanchalik ayanchli boʻlmasin, koʻnglida unga nisbatan tariqcha shafqat sezmadi. Qaytanga gʻalabadan sarmast holda jasad atrofini uch qur aylanib chiqdi. Soʻngra qishloqni boshiga koʻtarayotgan ariq boʻyidagi itlar toʻdasiga ye’tibor bermay, bir-bir bosgancha tepalik sari yurdi. Shunga qaramay, koʻnglining bir cheti hanuz xira yedi. Zafar zavqidan toʻla bahramand boʻlishga nimadir xalaqit berardi. Nimaligini bilmagan sayin xunobi oshib, oxir-oqibat uvlab yubordi. Uvlash barobarida fermaxonaga koʻzi tusharkan, shundagina nimadan dilgirligini anglab yetdi.

Fermaxonada shunday bir kuch yashirin yediki, Oqboʻyin shakl-shamoyilini toʻla tasavvur yetolmasa-da, qarsillagan ovozi, koʻz olguvchi shu’lasi, yoqimsiz hidi, kuydiruvchi zarbidan gʻoyat darajada dahshatli narsa yekanini fahmladi. Uning nimaligini koʻrmasdan, bilmasdan turib bundan keyin biron daqiqa ham xotirjam yurolmasligini his yetgan sayin tashvishi ortib, koʻngli gʻussaga toʻlib borardi. Qiziq, nima yekan?

Oqboʻyin tabiatan qanchalik jasur va dovyurak boʻlmasin, uzoq ikkilanishdan keyingina bir qarorga keldi. Tepalikdan tushib har bir qadamini oʻta yehtiyotkorlik bilan bosgancha fermaxona tomon yurdi. Fermaxonaga yaqinlashgach, choʻzilib yotga­nicha tevarak-atrofni uzoq koʻzdan kechirdi. Qator darchali oppoq devor boʻylab, dar­chalardan biriga yaqinlashdi. Ochiq deraza raxiga panjalarini qoʻyib, ichkariga moʻraladi. Dimogʻiga oʻtkir shiptir hidi urildi. U bu yerda uzoq qolmadi. Devor yoqalab uycha tomon bordi. Yarim yoʻlga yetmay yanada sergak tortdi. Tumshugʻini choʻzib havoni iskadi. Oʻsha tanish miltiq dori hidi uycha tarafdan kelmoqda yedi. Shu kech Karim podachi oʻq yasay turib, bir chimdim dorini yoqib koʻrgandi. Tekshirmasa boʻlmaydi, namiqqan dori pand berib qoʻyishi mumkin… Oqboʻyin hidga yergashib yeshikkacha keldi. Bu yerda dori hidi boshqa hidlarga qorishib ketgandi. Ichkaridan yeshitilayotgan xurrak ovozini tinglagan sayin oʻsha sirli va dahshatli kuch butun borligʻi bilan koʻz oʻngida gavdalana boshladi. Sirli kuch hech kutilmaganda odam bolasi boʻlib chiqqanidan Oqbuyin oʻzida yoʻq quvonib ketdi. Odam bolasi bilan tenglashib boʻlmasligini u allaqachon anglab ulgurgan. Dunyoda insongina istagan ishini qila oladi - xohlasa, boʻyniga zanjir soladi, xohlasa, oyoqlarini kulluklab, yetini burdalaydi. Xohlasa... Xullas, yeng yaxshisi, ular bilan pachakilashmagani ma’qul. Tegmasang, tegmaydi.

Oqboʻyin yoʻlni toʻgʻri Sariqtepaga soldi. Osmon toʻla yulduzlarga boqqanicha oʻzga ohangda uvillab yubordi. Pastda qorayib turgan qishloqdagi itlarning uni oʻchdi. Loaqal birortasi poʻpisaga hurmadi. Toʻrtinchi yo beshinchi ulishidan soʻggina Toʻrtkoʻz yaltoqlanib javob qaytardi. Keyin unga boshqa itlar qoʻshildi. Goʻyo ular yangi «hukmdor»ni olqishlashar yedi.

* * *

... Uzoq choʻzilgan qoraso­vuqdan soʻng yerga birinchi qor tushdi.

Oqboʻyin yomgʻir nimaligini biladi, tumanni koʻrgan, lekin bunisiga aqli yetmadi. Iskab koʻrdi, yalab koʻrdi… keyin koʻnikdi. Ilk qor quvonchidan u ham bebahra qolmadi. Hovlida Rasul bilan rosa toʻpolon qildi.

Biroq kechga borib yuragi oʻz-oʻzidan bezovta boʻla boshladi. Oʻyin koʻngliga sigʻmay, boʻyniga osilgan Rasulni siltab tashladi, koʻp tirgʻalmay nari tur, shusiz koʻnglim siyoh. Rasul qorda choʻzilib yotarkan, unga hayratomuz tikildi. Itni birinchi marta oʻta bezovta va jonsarak holda koʻrayotgan yedi. Oqboʻyin oshirib yuborganini sezdi shekilli. Yarashuvdan soʻng bola uni chanaga qoʻshdi. Avval hovli yuzida uchishdi, keyin koʻchaga chiqishdi. Boshda bu yumush Oqboʻyinga gʻalati tuyulgan boʻlsa-da, soʻng-soʻng juda qiziqib qoldi. Rasulning mayliga boʻysunib, bolalarning koʻzini oʻynatib, qishloq koʻchalarini bir aylanib chiqdi. Yevaziga bir changal qand bilan siylandi.

Kechki ovqatdan keyin Oq­boʻyin odatdagi joyiga – deraza tagiga uzala tushdi. Qor yum­shoq, havo iliq yedi. Oqboʻyin koʻzlarini bir nuqtaga tikkancha, ichkaridan yeshitilayotgan sho­vurga quloq tutib yotarkan, birdan sergak tortdi. Ustiga qoʻngan qorni silkib tashlab, oyoqqa qalqidi. Nafasini ichiga yutib, quloqlarini ding qildi: koʻp oʻtmay choʻziq ulish ovozi yana takrorlandi. Oqboʻyin itnikiga oʻxshab-oʻxshamay ketadigan bu nido zamirida yurakka vahima soluvchi nimadir borligini ilgʻar-ilgʻamas, qishloq itlari jazavaga tushib qolishdi. Oqboʻyin boshini bir yon qiyshaytirib, itlar ovoziga diqqat qilarkan, ularning ovozida bezovtalik sezdi. Bunga sari goh aniq, goh yelas-elas yeshitilayotgan ovoz yegasi tasavvurida gʻaroyib va dahshatli mahluqqa aylana bordi. Qoʻrquv bilmas yuragiga qiziqish oraladi. Shu qiziqish halpida devor oshdi. Koʻcha va daladan oʻqdek uchib oʻtib, tepalikka intildi. Chor atrofga alanglab, havoni iskadi. Qor hididan boʻlak hidni tuymay, norozi gʻingshidi. Shu dam hazin ulish yana qaytarildi. Oqboʻyin uning qaysi tarafdan kelayotganini anglab ulgurmay, kun botish tomondan yana biri quloqqa chalindi. Dasht oppoq qor, Oqboʻyin ikki qishloq oraligʻidagi doʻngda qorayib turgan sharpani bazoʻr ilgʻadi.

U oʻsha tomonga yugurmoqchi boʻlgan joyida beixtiyor toʻxtadi. Qorani Olapar deb oʻyladi, shuningdek, dov toʻkib borishga oʻzini haqsiz sezdi. Nimaga deganda, doʻnglikdan naryogʻi Olaparga daxldor. Bu haqda Olapar oʻtgan gal oʻta jiddiy bir tarzda ogohlantirganki, uning oʻsha paytdagi holati hanuz Oqboʻyinning koʻz oʻngida, yeslasa yeti junjikadi.

Ikki haftacha burun sutdek oydin tunlarning birida Oqboʻyin oʻz tasarrufidagi yerlarni aylanib yurib, tasodifan otasiga duch kelib qoldi. Olapar doʻngda qir tarafga tikilgancha choʻnqayib oʻtirgan yekan. Oqboʻyin avvaliga ye’tibor bermadi. Qurigan oqquraylar oralab doʻnglikka koʻtarilarkan, toʻsatdan mixlangandek qotib qoldi. Qaysi koʻz bilan koʻrsinki, qarshisida oʻzi oʻylaganchalik joʻngina it yemas, bahaybat maxluq savlat toʻkib turardi. Jismi goʻyo poʻlatdan quyilgandan, har moʻyidan kuch yogʻiladi. Koʻz­larida yesa na gʻazab, na adovat – jiddiy osoyishtalikdan oʻzga narsa aks yetmasdi. Oʻz kuchiga behad ishongan jonivorgina mana shu tarzda xotirjam boqa oladi. Oqboʻyin olgʻa borishniyam, chekinishniyam bilmay turganida notanish itning jiddiy nigohlarida, kimsan, bu yerga qanday kelib qolding, degan ma’noni uqdi. Bu xil sokin va bosiq muomala kamdan kam itning qoʻlidan keladi. Bunday damlarda aksariyat itlar darhol poʻpisaga oʻtadi, kuchi yetsa-yetmasa hamla qilmoqqa tirishadi.

Oqboʻyin tabiatan ogʻir yemasmi, jizzakilik qilmadi. Kalta akillash bilan javob qaytardi. Notanish itning kalomi unikidan ham qisqa boʻldi: «Vov!» Bu tarzdagi muloqot odamlarga bir xil tuyulsa-da, ovozning baland-pastligiga qarab, turli ma’noni anglatadi. Deylik, agar it boshini xiyol quyi yegib, vov desa, qani, joʻnab qol, degan ifodani bildiradi. Yohud, koʻkka tumshuq choʻzib, shu xilda hursa, qani, yaqinroq kel, turqingni bir koʻrib qoʻyay, degani boʻladi. Shundan soʻng bir-biriga yaqin kelib, obdon iskanishadi. Bu vaziyat oʻta xavfli. Biron tomon jindek qoʻpollikka yoʻl qoʻysa, tamom-oʻrtada naq qirgʻinbarot yuz beradi.

Haytovur, ular oʻrtasidagi bu holat tinch va osoyishta oʻtdi. Tabiiy, tomonlar qon-qarin­doshligini bilishmadi, ammo kuch-quvvatda bir-biridan aslo qo­lishmasligini anglashdi. Shuning uchun ham Olapar hissiyotga yerk bermay, doʻngdan nariga oʻtish yaxshilikka olib kelmasligini bosiqlik bilan anglatib bildirdi. Bu bilan qanoatlanib qolmay, yer tirnab belgi yasarkan, tuprogʻini bu tomonga sochdi. Oqboʻyin ham rizolik alomatida tirnalgan yerga panja botirib, u tarafga tuproq toʻzgʻitdi.

Shundan keyin ular tinchgina ayrilishdi. Doʻngning uchdan ikki qismi Olaparning chekiga oʻtdi.

Hozir Olapar doʻnglikning oʻziga tegishli tomonida turardi. Hovliqishu jazavaga tushishga asosi qolmagan Oqboʻyin noiloj yerga choʻkarkan, birdan sergak tortdi. Yendi koʻlanka ikkitaga aylangan va ular doʻngning berigi betida gʻimirlashardi. Buni koʻrgach, Oqboʻyin ular tomon oʻqdek uchdi, yarim yoʻlga yetmay, hali oʻzi uchun butunlay notanish boʻlgan hidni tuydi. Ajabsinib toʻxtadi. Havoni qayta-qayta iskadi. Yoʻq, bu Olaparning hidi yemas. Unda nimaniki boʻldi yekan? Oqboʻyin yugurishda davom yetarkan, azbaroyi gʻazablanganidan, jiddiy xatoga yoʻl qoʻydi, ya’ni odatiga xilof ravishda hurdi. Turgan gap, boʻri zoti itning qanaqaligini ovoziga qarab biladi. Kuch jihatdan ustun boʻlgan itga hech qachon roʻbaroʻ kelishmaydi. Ularning makkor­ligiyam shunda. Yovuzligi tufayli hujum qilsa, makkorligi tufayli jon saqlaydi.

Oqboʻyin soyga yenib, yalan­glikka koʻtarilganda, doʻngda jon asari koʻrinmasdi. U chopib borayotgan joyida baland-baland sakrab, tevarakka alanglagancha raqiblarini qidirdi va qir tomon yoʻrtib ketayotgan ikki qorani koʻrdi. Yoʻlni oʻsha tarafga soldi. Yetolmadi. Boʻrilar qir oshib, koʻzdan yoʻqoldilar.

Shundan ye’tiboran, Oq­boʻyinning notinch va behalovat tunlari boshlandi. Boʻrilar kunda boʻlmasa-da, kunaro qishloq tomon yenishar, bir kechasi yesa ikki birday iti bor qoʻtondan uch-toʻrt qoʻyni boʻgʻizlab ketishdi. Oqboʻyin oʻzi sezmagan holda dashtning haqiqiy qoʻriqchisiga aylandi. Har kech derazadan shu’la soʻnar-soʻnmas, dashtga chiqib ketar va tong-azonda bir ahvolda qaytar yedi. Hovliga kirishi bilan deraza tagiga kelar, nafasini ichiga yutib, ichkariga quloq tutar va Rasulning bir maromda pishillashini yeshitgandan soʻnggina koʻngli xotirjam tortib, pinakka ketardi.

Oqboʻyin boʻrilar bilan quv­lashaverib, ularning yoʻlbo­shchisini yaxshi tanib oldi. U Karim podachini qon qaqshatgan oʻsha yirik Yoldor boʻri yedi. Makkorlikda uning oldiga tushadigani yoʻq yedi. Raqibini chalgʻitish uchun u shunday hiylalar oʻylab topardiki, oqibatda, Oqboʻyin laqillab qolaverardi. Masalan, boʻrilar qoʻton ora­lagan kecha Yoldor yeng yepchil sheriklaridan birini Oqboʻyinga roʻpara qilib qoʻydi-da, qolganlari bilan suvsiz soy oʻzanidan pisib kelib, bir necha sovliqni tinchitib ketdi. Bu paytda Oqboʻyin qirdagi boʻri bilan andarmon yedi.

Oqboʻyinning boʻrilarga nis­batan gʻazabi boshda shunchaki oʻchakishish tufayli yedi. Qachonki, jar tubida yeshak jasadiga duch kelgandan keyingina unda nafrat uygʻondi. Kuni-kecha fermaxona tevaragida oʻralashib, mollarning nishxoʻrdiga qanoat qilib yurgan bu beozor, beziyon jonivorni xomtalash koʻrib, dastlab gʻoyat hayratga tushdi. Negaki, umri bino boʻlib hali biron tirik jonni bu ahvolda koʻrmagan yedi. Boshiyu qovurgʻalarini demasa, shoʻr­likdan hech vaqo qolmabdi.

Oqboʻyin jasadga yaqin kelmay, uning atrofini aylanarkan, boʻri hidini ilgʻab, battar taajjublandi. Ishongisi kelmay gʻingshidi. Shu choqqacha boʻrilarni qishloq itlari kabi ojiz va qoʻrqoq sanab kelardi. Koʻrdiki u oʻzga hid istab, harchand iskalan­ma­sin, boʻri hididan boʻlak hid ololmadi. Qorasini koʻrishi bilan shataloq otib qochadigan raqiblarining yirtqichligiga toʻla amin boʻlgach, u alam bilan uvlab yubordi. Tumshugʻini koʻkka choʻzib-choʻzib uvlarkan, tuyqusdan nigohidan qoʻrquv va dahshat ifodasi qotib qolgan jasad koʻziga tushib, beixtiyor yeti seskandi. Yesida, bunday nigohlarga koʻp bor duch kelgan, lekin Mallani hisobga olmaganda, birortasiga ziyon yetkazmagan, poʻpisa bilan cheklangan, xolos.

Tirik jonni Oqboʻyin ikki toifaga ajratadi: biri beziyon jonivorlar, odam bolasi ham shunga kiradi, ular hatto tishlashga arzimaydi. Ikkinchisi – Mallaga oʻxshash badxulq mahluqlar, ularni yo mahv yetmoq lozim, yo boʻysundirmoq. Aks holda huda-behuda jigʻingga tegaverib, tinchingni buzadi. Yoz boʻyi qilgan beminnat mehnati yevaziga yegasi uni qish oldi koʻ­chaga haydab yuborgandi.

Oqboʻyin xumday boshini oyoqlari ustiga qoʻyganicha jasadga tikilib yotarkan, agar ojiz boʻlgan taqdirida oʻzining ham qismati mana shu tarzda yakun topishini toʻla his qildi. Uyga qaytgisi kelmay, boʻrilar izidan tushdi. Qir bagʻridagi tepalikda izlar shu darajada chalkashib ketgan ediki, u qay tarafga yurarini bilmay, garang turib qoldi. Choʻnqaygan koʻyi atrofni kuzatarkan, tong gʻira-shirasida Qorovultepadan pastga yenib borayotgan Olaparni koʻrdi. Boʻrilar kelib uning ham tinchi buzilgan yedi.

Yoldor har qancha ustamonlik qilmasin, baribir Oqboʻyin uning yoʻnalishini aniqlashga muyassar boʻldi. Boʻrilar qirdan jar ichi bilan yenib kelishardi-da, tepalikda toʻxtashardi. Xiyla taradduddan soʻnggina biron manzilni qora tortishardi. Ularning yurishi Olapardan koʻra Oqboʻyinning chekiga koʻproq toʻgʻri kelardi. Tunlari uzluksiz davom yetayotgan bu jangu jadaldan odamlar mutlaqo bexabar, itlar yesa ogoh, ammo koʻmakka chiqishga birortasi ham jur’at yetmasdi. Xanuz ahdidan qaytmagan Karim podachi Oqboʻyinni yoʻq qilish payida tunlari miltigʻiga toʻngʻiz oʻqi joylab qoʻyishni kanda qilmasdi.

Tunlari besamar izgʻishlar joniga tegib, Oqboʻyin yoʻl poylamoqqa ahd qildi. Tabiiy, u qurbonlar uchun yemas, raqiblarining behad surligidan, boz ustiga, qanchalik yelib-yugurishiga qaramay, osongina laqillatib ketishlaridan alamda yedi. Oqboʻyinda tabiiy kuch, jasorat bisyorlikka bisyor yediyu, lekin hiyla kam, Yoldorning xilma-xil nayranglari oldida dovdirab qolardi. Ana shunday kezlarda u butun quvvatini ovoziga beradi, ya’ni biror tepalikka chiqadi-da, choʻnqaygancha osmonga qarab uliydi. Yoldorni nomarddan olib, nomardga solgancha, uni ochiq jangga chorlaydi. Turgan gap, Yoldor uning nodonligidan boʻrilarcha kuladi, gohida yesa bu xil vaziyatdan ustalik bilan foydalanadi.

Oʻtgan kuni shunday boʻldi. Qishloq yaqinidagi tepalikda tumshugʻini koʻkka choʻzib obidiyda qilayotgan Oqboʻyin tuyqusdan javob chorlovini yeshitib qoldi. Avvaliga quloqlariga ishonmadi. Soʻng nafasini ichiga yutib, vujudi quloqqa aylandi. Sal oʻtmay nido yana takrorlanadi. Ovoz kelayotgan tomonni ha deganda aniq­layver­magach, Oqboʻyin shamolga yuz oʻgirib, havoni iskadi. Dimogʻiga oq­shomda bolalar jar ichida yoqqan gulxandan qolgan kuyindi hidi urildi. Bir ozdan soʻng uning oʻrnini silosning oʻtkir hidi yegalladi. Tepa yetagidan oʻtgan yoʻldan silos toʻla qop ortilgan yeshagini qichab borayotgan koʻlankaga nazar solarkan, Oqboʻyin norozi gʻingshidi. Qishloq tomondan jur’atsizgina hurayotgan itni tiriklayin yeb-yutib qoʻygudek yedi.

Nihoyat navbatdagi chorlov­dan soʻng ovoz yegasi Qoravultepadaligini fahmladi. Tepagacha boʻlgan masofada chuqur jarlik, past-baland doʻngliklardan iborat keng dasht yastanib yotardi.

Azbaroyi hovliqqanidan Oqboʻyin soʻqmoqni adashtirib qoʻyib, tir jarlikdan quyiga uchib tushishga bir bahya qoldi. Jar labida bazoʻr toʻxtarkan, qop-qora boʻshliqqa koʻzi tushib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Ortiqcha shashqaloqlik yaxshilikka olib kelmasligini angladi. Qolgan masofani koʻpda oʻpkasini qoʻltiqlamay, xiyla xotirjam bosib oʻtdi. Oshiqib nima qiladi, axir raqibi qochayotgani yoʻq, aksincha jangga chorlamoqda-ku. Ammo uning ahvolini ham tushunmoq kerak, negaki, chorlov hech kutilmaganda yuz beradi-da. U bunday boʻlishini kutmagan, kutmagani uchun ham intiqom zavqidan yuragi toshib borardi.

Ammo manzilga yetib kelarkan, birdan hafsalasi pir boʻldi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, tepalikda uni Yoldor yemas, yirik bir maxluq kutib turardi. Butun gʻazabi Yoldorga qaratilgani tufayli Oqboʻyin toʻdadagi boshqa boʻrilarga nisbatan aytarli darajada adovat sezmasdi. Tunlari dashtda qora quyunday izgʻib yuradigan toʻda orasidan faqat Yoldornigina koʻzi koʻrar, shuningdek, toʻdani harakatga keltiruvchi asosiy kuch Yoldor yekanini, agar u mahv yetilsa, qolganlari qaytib bu tomonlarga dorimasligini his yetardi.

Boʻrilar koʻpchilik boʻlishiga qaramay, unga yuzma-yuz kelishdan mudom qochishardi. Aslida bunga ularning jur’atsizligi yemas, Yoldorning tadbirkorligi sabab yedi. Zoʻr oldida dum qisishdek itlarga xos zaiflik boʻrilarga ham yot yemas. Keksa makkor boʻri har qanday toʻqnashuv oʻzining halokati bilan yakunlanishini, Oqboʻyinning oʻtkir tishlari, boʻgʻziga qadalishi bilan sheriklari tumtaraqay boʻlishini yaxshi biladi. Boz ustiga, Oqboʻyin tabiat saxiylik bilan in’om yetgan kuch-qudratga yega. Bunday itlar yuzdan, hatto mingdan bitta boʻladi. Odamlar ularni alohida ye’zoz va hurmat bilan «arslon» yoki «sirtlon» deb ataydilar. Boʻri zoti ulardan iloji boricha uzoqroq yurishga harakat qiladi. Yoldorning surbetligiga kelsak, gap shundaki, Oqboʻyin hali xom, hayotiy tajribasi kam, agar oyoq ildam boʻlsa, hozircha uni istagancha laqillatish mumkin. Ammo keyinchalik bu tomonlarga, yaxshisi, dorimagani ma’qul. Negaki, vaqt oʻtgan sayin u tobora pishib yetilib boradi. Ana unda har qanday ayyorlik zigʻircha ish bermay qoladi. Oqboʻyin otasidek kamhafsala yemas, Yoldor Olaparning ana shu kamchiligidan foydalanib, goh-gohida uning yerlariga ham bosh suqib turadi. Yaxshiyamki, boʻrilarning baxtiga ikki qoʻchqorning boshi bir qozonda qaynamaydi. Qaynasa bormi?

Quvgʻinga uchragan kezlari Yoldor tabiatning bu qadar tentakligidan xafa boʻlib ketardi. Mislsiz kuch-qudratini Oqboʻyinga berguncha oʻziga bermaydimi. Bu ne holki, besh birday jondor allaqanday bir itdan qochib yursa. Aslida Yoldor tabiatning bu ishidan nolimasa ham boʻladi. Tabiat kuch-quvvat bobida Oqboʻyinga qanchalik himmat qilgan boʻlsa, makkorligu tadbirkorlik, ziyrakligu hushyorlik borasida Yoldordan ham oʻz sahovatini ayamagan yedi. Yoldor shu xususiyatlari tufayligina oʻz rizqu roʻzini terib yurardi. Masalan, u qopqon degan narsani yuz odimdan sezadi. Temir iskanja qanchalik ustalik bilan koʻmilmasin, unda oʻtirib qolgan turli hid yuzada qolaveradi-da. Ovchi masalasiga kelsak, Yoldor qadam olishidanoq uning qanday odam yekanini bilib oladi. Xashaki itlarni pisand qilmaganidek, havasmand ov­chilardan ham sira choʻchimaydi. Yomon koʻrgani – sirtlon it. Agar oyoqlari yepchil boʻlmasa, bu balodan qutulmoq mushkul. Shuning-chun uchrab qolsa, ularni kuchukvachchaligidayoq gumdon qilishga harakat qiladi. Bu damgacha toʻrttasini quritdi. Soʻnggisini oʻtgan koʻklam boshida daf yetgandi.

Oʻsha kezlari Yoldor toʻdasi bilan togʻda izgʻib yurardi. Tunlardan birida tog’etagidagi qishloqqa yenayotib, itlar shovqini orasidan ingichka, oʻktam ovozni ilgʻab qoldi. Sezdi. Shu yaqin orada boʻlgʻusi kushandasi voyaga yetmoqda. Agar hozir harakatini qilmasa, keyinchalik bu yerlardan qadamini uzishga toʻgʻri keladi. Toʻxtab, ovozga quloq tutarkan, qorin gʻamini unutdi. Sheriklarini archazorda qoldirib, yolgiz oʻzi qishloqqa yendi. Itlarning diqqati archazorga qaratilganidan foydalanib, tor koʻchaga shoʻngʻidi. Qishloq mast uyquda. Kelayotgan balodan butunlay bexabar, ovoziga zoʻr berib akillayotgan qop-qora kuchukvach­chani u osongina topdi. Avvaliga pastak devor osha hovlini obdon koʻzdan kechirdi. Keyin yengil sakrab, toshsupa ustiga tushdi. Kuchuk­vachcha akillagancha uy tomon tislandi. Yoldor shoshilmay oldinga yurdi. Bunday paytda oshiqishni yomon koʻradi. Intiqom daqiqalarini iloji boricha uzoqroq choʻzishga harakat qiladi. Axir vaqti kelib, tengsiz qudratga yega boʻladigan jimitdek vujudning qaynoq qonini hovliqmay, oshiqmay ichmoqqa nima yetsin. Ammo uch-toʻrt odim oʻtmay, koʻngli andak xatar sezgandek boʻldi. Qadamini tezlatdi. Kuchukvachcha uydan oshxona tomonga qochdi. Yoldor ikki sakrashda unga yetdi-da, yagʻrini aralash boʻynidan xippa tishladi. Tishlari orasida nozik suyaklar qisirlab, kuchukvachcha angillab yubordi. Xuddi shu payt uy yeshigi sharaqlab ochildi-da, ostonada yarim yalangʻoch miltiq tutgan odam paydo boʻldi. Yoldor oʻljasini ogʻzidan qoʻymay, yashin tezligida hovlini kesib oʻtib, devorga sakradi. Ulgurmadi, miltiq varanglab, quymichiga urilgan kuchli zarbdan koʻcha yuziga agʻdarilib tushdi. Hartugul oyoqqa qalqishga kuch topti. Qishloq itlari yes-hushini yigʻib olguncha boʻlmay archazorga yetib olishga ulgurdi.

Oqboʻyinning qishlogʻi togʻdan ancha berida, koʻklam keldi deguncha boʻri zoti bu tomonlardan oyogʻini uzadi. Aks holda u ham Yoldorning nazaridan chetda qolmagan boʻlardi.

Oqboʻyin raqibiga yetmay, taajjub ogʻushida xiyla berida toʻxtadi. Jangga chorlagan shumi yo boshqasimi degan xayolda tevarak-atrofga koʻz yugurtirdi. Ogʻir tun pardasi ostida mudrayotgan dashtda begona qorani ilgʻamagach, fursatni qoʻldan boy bergisi kelmay, darhol hujumga shaylandi. Biroq raqibi allaqachon tepadan yengan, ortiga qaray-qaray dasht boʻylab yoʻrtib borardi. Ularni kam deganda yuz yellik odim masofa ajratib turardi. Oqboʻyin oyogʻiga zoʻr berdi. Shu tobda u yirtqichlik mayliga berilgan azbaroyi intiqom oʻtidan yonganidan koʻziga jondordan oʻzga narsa koʻrinmas, tezroq raqibiga yetishu tomogʻidan xippa boʻgʻib, jon talvasasida tipirchilashini tomosha qilishdan boshqasini oʻylamasdi. Ammo qanchalik harakat qilmasin, oraliq masofa qisqaray demasdi.

Boʻri yoʻlni oʻngga solib, qir tomon qochdi.

Ular shu tarzda quvlashib, birinchi, ikkinchi, nihoyat uchinchi qirni ham bosib oʻtdilar, lekin oraliq deyarli oʻzgarmasdi. Oqboʻyin jon olish qasdida harchand urinmasin, raqibi ham jonini asrash gʻamida undan jadalroq harakat qilardi.

Uchinchi qirdan narisi Oqboʻyinga notanish joylar. Oqboʻyin u tomonlarda biror marta boʻlmagan. Shuning-chun qadamini sekinlatib, xarsangtoshga yetganda toʻxtadi. Bir oz nafas rostlab iziga qaytdi. Ikkinchi qirga yetmay raqibi ortidan qolmay kelayotganini payqadi. Qayrila solib yana quvladi. Bu safar toʻrtinchi qir yetagigacha quvlab bordi. Keyin bu hol yana bir bor takrorlangach, Oqboʻyin tagʻin hiylaga yoʻliqqanini angladi. Ammo u kechikkan, Yoldor sheriklari bilan tovuqboqarning yechkisini allaqachon tinchitib boʻlgandi. Oqboʻyin ularga jarda duch keldi. Qorni toʻq raqiblari, odatdagidek, u bilan pachakilashib turmay, jar yoqalab qochib qolishdi. Oqboʻyin birinchi qirda qolib, alamidan sahargacha uvlab chiqdi.

Tongga yaqin qishloqqa yenarkan, fermaxona yonidan oʻtayotib, Oqboʻyin birdan hushyor tortdi. Yeshikda timirskilanib yurgan Karim podachi uni koʻrib uychadan miltiq koʻtarib chiqqandi. Yegasidan pishang olgan kattakon ola it (Mallaning oʻlimidan soʻng podachi uni qoʻshni otardan olib kelgandi) vovullagancha unga tomon yugurib kelardi. Oqboʻyin unga ye’tibor bermay, soʻlga burildi-da, oʻq yetmaydigan joygacha yoʻrtib berib, soʻng bamaylixotir yoʻlida davom yetdi. Ogʻzidan oʻt purkovchi qora kaltak uzoqdan xavfsiz yekanini u allaqachon fahmlab yetgandi.

Karim podachi itning yoʻliga astoydil koʻz tikmayotgan boʻlsa-da, jonini olmoqdan aslo voz kechmagan yedi. Koʻr yemas, Oqboʻyinning xatti-harakatlarini koʻrib, bilib turardi. Bilgani uchun ham ich-ichidan zil ketar, shunday bir it oʻziniki boʻlmaganidan yuragi kuygani kuygan yedi. Hozir ham Oqboʻyinning ortidan havas bilan qarab qolarkan, akillay-akillay iziga qaytib, oyogʻi ostida oʻralasha boshlagan itining biqiniga jahl va zarda bilan tepib yubordi. It vangillagancha fermaxona ortiga qochdi. Podachi qolgan alamini yogʻoch oxurni suzib sindirgan buqadan oldi – kurak ikki boʻlak boʻlguncha savaladi.

Oqboʻyin xavfli joydan uzoqlashar yekan, daf’atan xayoliga kelgan oʻydan sergak tortdi. Yoldorning izidan bekordan bekorga izgʻiyvermay, biror pana-pastqamda poylab qoʻlga tushirsa-chi? Ana Karim podachi uni qanchalik yomon koʻrmasin, biror marta ortidan quvlaganini yeslayolmaydi, doim mushukday poylagani poylagan.

Oqboʻyin aynan shunday fikr yuritmagan boʻlsa-da, podachining harakatlari sabab raqibini quvlab yurmay, poylab qoʻlga tushirmoq lozimligini anglab yetdi. Qayerda poylashni yesa u yaxshi biladi. Ayniqsa, tom boshida targʻil mushukning qiligʻini kuzatgandan soʻng, fikri yana qat’iylashdi.

Mushukka u tasodifan alahsidi. Oʻsha kuni qornini toʻydirib, oftobroʻyada choʻzilib yotgandi. Somonxona yonida chumchuq poylayotgan targʻilga koʻzi tushib qolib, qiziqsingancha uning harakatlarini kuzata boshladi. Tomning nishabi hovliga qaragani uchun undagi narsalar yaqqol koʻzga tashlanib turardi. Ogʻilxona tomidagi pichan gʻarami yonida donlab yurgan chumchuqlar mushukni sezmay qolishdi. Targʻil oʻqdek otilib, ulardan birini tutib oldi. Ikki soat ichida bu hol yana takrorlandi.

Yertasi u chiroq oʻchishini kutmay dashtga chiqdi-da, hech qayoqqa alahsimay, yoʻlni katta jarga soldi. Uzun jarlik bu yerda ikkiga boʻlinib, bir uchi qirga borib taqalardi. Yoldor toʻdasini xuddi shu jar ichi bilan boshlab kelardi-da, shu atrofdagi tepaliklardan biriga koʻtarilib, bir muddatlik ken­gashdan soʻng biron manzilni qora tortardi.

Oqboʻyin jar tubidagi qalin yulgʻunzorga yaqinlasharkan, koʻz ostiga olib qoʻygan yerida Olaparni koʻrib hangu mang turib qoldi. Olapar kalta gʻingshib, tajo­vuzkorona irilladi. Bu safargi gʻingshishi ham yerkalanish, ham zorlanish ohangiga yoʻgʻrilgan boʻlib, u Yoldordan shikoyat qilgan yedi. Oqboʻyin ham xuddi shu tarzda javob qaytargach, ikkisi bir muddat iskashdilar. Soʻng Oqboʻyin uning yoniga choʻzildi. Ortiq bir-birlari bilan ishi boʻlmay, tor soʻqmoqqa tikilib qolishdi.

Shu tariqa ular doʻstlashishdi. Ularning totuvligi vaqtincha yedi. Negaki, Olapar aqlli it, bunday paytda ishonchli sherik ziyon qilmasligini yaxshi bilgani uchun noiloj roʻyxushlik bergandi. Boshqa vaqt uni yaqiniga ham yoʻlatmagan boʻlardi. Vujudidan kuch yogʻilib turgan bu navqiron it unga sira yoqmasdi. Nimaga deganda, u boshqa itlar kabi yaltoqlanmas, joyi kelsa, haqini talab qilishdan ham qaytmasdi. Kim biladi, yerta-indin… bu tentakdan har narsani kutish mumkin.

Olapar koʻz qirida sherigini kuzatarkan, ichida unga nisbatan hasadga oʻxshash nimadir tuydi. Qulogʻidan gʻarchcha tishlab olishdan bazoʻr oʻzini tiyib, tagʻin yoʻlga koʻz tikdi.

Tun yarmidan oqqanda Olapar toʻsatdan bezovtalanib qoldi. Oqboʻyin uning nimadan xavotirdaligini boshda tushunmadi. Tevarakka alang-jalang boqib, nima gap degan ma’noda sekin gʻingshidi. Olapar qulogʻini ding qilgancha yulgʻun novdalarining tebranishini kuzatar va tinmay havoni iskardi. Shundagina Oqboʻyin qarshi tomondan yesayotgan shamol yoʻlini oʻzgartirganini payqadi. Mabodo Yoldor ularning hidini olsa, oʻlaqolsa, bu tomonlarga yoʻlamasligini Olaparning xatti-harakatiga qarab angladi. Olaparning bezovtaligi mana shundan yedi.

Nihoyat bebosh shamol tagʻin yoʻnalishini oʻzgartirib, qarshidan yesa boshladi. Olapar tinchlandi, hatto Oqboʻyinni beozorgina tishlab qoʻydi. Pistirmada yotganda shamol asosiy rol oʻynashini Oqboʻyin shundagina bildi. Olaparning tishlashini koʻpda yoqtirmay, koʻngilga ogʻir botmaydigan tarzda irillab, sal nari surilib yotdi.

Oradan ikki soatlar chamasi vaqt oʻtgach, shamol jondor hidini olib keldi. Hidni ilgʻashlari bilan har ikkisi ham singib ketgudek yerga qapishdilar. Paxmoq junlari hurpayib dahshatli tusga kirdi.

Koʻp oʻtmay muyulishda Yoldor koʻrindi. Ortidan boʻy-bastiga qarab yana toʻrt sherigi qator kelishardi. Aftidan qorinlari xiyla toʻq shekilli, qadam olishlari lanjroq, hatto uzoq-yaqindan yeshitilayotgan hamjin­­s­larining uvlashlariga ham koʻpda ye’tibor berishmasdi. Saf oxirida kelayotgan jussasi kichikroq boʻrining nimadandir beto­qatlanishini hisobga olmaganda, toʻda tinch va sokin vaziyatda olgʻa siljirdi.

Ammo pistirmaga yetmish-sakson odim qolganda Yoldor kutilmaganda sergak tortdi. Toʻxtadi. Choʻnqaydi. Tumshugʻini koʻkka choʻzib, iskalandi. Oʻtgan kuni Oqboʻyinni ahmoq qilgan suyagi buzuq boʻri unga baqamti kelgach, ikkisi nima haqdadir uzoq kengashdilar. Soʻngra shamolda vahimali shovullayotgan yulgʻun­zorga tikilgancha turib qolishdi. Ularning nimadandir hadik olgani aniq yedi.

Yirtqichlar tabiatan juda bardoshli boʻlishadi. Ana shu xususiyatlari tufayligina ular koʻpincha hayotlarini xavf-xatardan asrab qolishadi. Ozgina shosh­qaloqlik yoki yehtiyotsizlik hamisha oʻlim bilan tugaydi. Yoldor koʻngil bezovtaligini aniq idrok yetolmagani uchun ham sabr qilishga qaror qilgandi. Bu yerda aql-idrokdan ham koʻra sabr-toqat koʻproq ish beradi. Yulgʻunzorda mabodo ovchi bekingan boʻlsa, baribir oʻzini bildirib qoʻyadi. Yoldor buni koʻp sinagan. Agar it boʻlsa, agar shunga jur’ati yetsa hademay irillagancha yugurib chiqadi. Qoʻpol bu jonivorlar kutishdan koʻra qutqu solishni afzal bilishadi. Ammo Yoldor bu gal adashgandi. Yulgʻunzor Olaparga yemas, Oqboʻyinga yaqinligi tufayli hatto hurishga yerinadigan Olaparning bu yerga kelishini tasavvuriga ham sigʻdirolmasdi.

Toʻgʻri, u bekorga vaqt yoʻqotmay, yulgʻunzorni aylanib oʻtishi ham mumkin yedi. Unda koʻngliga shubha solgan xatar jumboqligicha qolib, keyin yuragi gʻash tortib yuradi. Bundan tashqari, yana oʻtib-qaytishi bor. Agar xavfni bugun aniqlamas yekan, yertaga bu yerlarga qadam bosmoqni oʻylamasa ham boʻladi. Chunki bir xavfdan boʻri zoti xiyla yet tashlaydi. Baxtga qarshi shamol ham uning zarariga ishlamoqda yedi.

Shu dam jussasi kichikroq yosh boʻri betoqatlanib oldinga oʻtgandi. Yoldor yumma talab berdi. Sherigi yesa beboshning yelkasidan gʻarchcha tishlab chetga uloqtirdi. Odobsizligi uchun boplab ta’zirini yegan shoʻrlik gʻingshiy-gʻingshiy joyiga borib turdi .

Yoshlik – gʻoʻrlik, deb bejiz aytilmagan. Ayni paytda Oqboʻyin ham oʻzini zoʻr-bazoʻr tiyib turardi. Agar qavatida Olapar yotma­ganida, u allaqachon hujumga oʻtgan va har galgidek besamar quvlashlar bilan tong ottirgan boʻlardi.

Nihoyat, Yoldor joyidan qoʻz­gʻaldi. Yulgʻunzorda xavf yoʻqligiga imoni komil holda oldinga yurdi. Yosh boʻri uning ortiqcha yehtiyotkorligidan kulganday uvlab qoʻydi.

Tepalikka olib chiqadigan soʻqmoq shundoqqina itlar yashiringan joydan oʻtardi. Mushaklari tarang tortilgan Oqboʻyin sherigiga qararkan, uning oshiqmayotganini koʻrib, hayron boʻldi. Agar bu hol yana bir daqiqa choʻzilsa, u ortiq bardosh berolmasligini sezdi. Haytovur, Olaparning qaddi yerdan bir yenlik uzildi. Azbaroyi zoʻriqqanidan paylari boʻrtib, yelkasiga tegib turgan yulgʻun novdasi titrab ketdi. Bu orada Yoldor juda yaqin kelib qolgan yedi.

Oqboʻyin sakramoqqa yendi chogʻlagan ham yediki, oldinroq harakat qilgan Olapar uni turtib oʻtib, Yoldorga oʻqdek tashlandi. Oqboʻyin sal narida sarosimada turib qolgan boʻrilardan biriga hamla qildi. Bu oʻsha – suyagi buzuq ulkan boʻri yedi. Raqibi harchand chap berishga harakat qilmasin, boʻgʻzini Oqboʻyinning oʻtkir tishlaridan asrab qololmadi. It zumda uning boʻgʻzini yorib tashladi. Oqboʻyin yerda choʻzilib qolgan boʻriga qayrilib boqmay, ikkinchisiga tashlandi.

Ota-bola yulgʻunzorda uch boʻri jasadini qoldirib, ikki boʻrini qirgacha quvib borishdi.

Uchinchi qordan soʻng havo xiyla yumshab, hafta oʻtmay tizza boʻyi qordan asar ham qolmadi. Qish oʻrtasi boʻlishiga qaramay, kutilmaganda kunbotishdan yesgan iliq shabadadan yer selgib, dala-dasht nimyashil tus oldi. Havoda koʻklam hidi anqiy boshladi. Ammo bu holdan bolalarni demasa, kattalar mutlaqo quvonmadi. Negaki, havo shu tarzda yana uch-toʻrt kun turib bersa, dov-daraxtlar yoppasiga gulga kiradi-yu, navbatdagi qordan soʻng hammasi yer bilan bitta boʻladi. Koʻp­chilikning tirikchiligi bogʻdagi meva-cheva bilan. Ammo havoning keskin ilishi odamlarga ta’sir yetmay qolmadi: magazin oldi yosh-yalanglar bilan gavjumlashdi, chollar juvozxona qoshidagi odatdagi joyini yegalladilar, kampirlar urchugʻi-yu poʻstagini sudrab uydan supaga koʻchdilar. Bolalarni-ku, qoʻyavering, shum­takalar daladan beri kelmay qolishdi. Oqboʻyindan boʻlak jamiki tirik jon iliq oftob nuridan bahra olmoqda yedi.

Shu kunlarda Oqboʻyin moʻjazgina yogʻoch uychasida, qalin toʻshalgan poxol ustida dard azobini tortib yotardi. Yulgʻunzordagi zafari yevaziga u Karim podachi tomonidan toʻngʻiz oʻqi bilan siylangandi. Yirik pitra oʻng yelkasini titib yuborgandi.

Yulgʻunzor voqeasidan keyin Oqboʻyinning shuhrati kutil­maganda oshib ketdi. Hammasiga Mamarajab juvozkash sababchi. U hafta, oʻn kunda bir Toshlisoyga qatnab turardi. Toshlisoyliklar boshqa yekinlar qatori zigʻir, kunjut ham yetishtirishadi. Tutingan joʻralari juvozkashni yil-oʻn ikki oy zigʻir bilan ta’minlab kelishadi. Albatta, tekinga yemas, ammo bozor bahosidan ancha past, buning ustiga magʻzi toʻq, siqsang gʻarchcha yogʻ chiqadi. Xullas, qishda nima koʻp, toʻy koʻp. Toʻy oshi zigʻir yogʻsiz boʻlmaydi. Mamarajab juvozkash zigʻir umidida tong-saharlab yoʻlga chiqqandi. Katta yoʻldan aylanib yurishga yerinib, ot boshini soʻqmoqqa burdi. Aslida doimo qatnaydigan yoʻli shu yedi-yu, lekin qish kezlari jar oralab, dasht oralab yurishdan oʻzini tiyib kelardi. Bu safar nima falokat bosib, shu yoʻldan yurmoq istab qolganiga hanuz aqli yetmaydi. Jarga yetmay tong boʻzardi, oydin kunda dashtda jondor nima qiladi, degan oʻyda yulgʻunzorga qadam qoʻyarkan, shu atrofda oʻralashib yurgan Oqboʻyinga koʻzi tushib, yanada dadil tortdi. Ammo yulgʻunzorga kirar-kirmas birdan oti taysallab qolsa boʻladimi. Indamasa, iziga burilib qochadigan. Agar juvozkash itni koʻrmaganida, otning ra’yiga qaragan boʻlardi. Hozir yesa qahri qoʻzib ketdi. «Kelib-kelib itdan hurkasanmi. Harom qotgur», deya otni achchiq qamchi ostiga oldi. Tayoq jonidan oʻtgan shoʻrlik jonivor pishqira-pishqira noiloj oldinga yurdi. Otning qiligʻidan jahli chiqqan juvozkash uni maqtab sotgan Abdujalil qovchunni ham, uning gaplariga laqqa tushgan oʻzini ham changitib soʻkib borarkan, daf’atan koʻzi tushgan manzaradan yesi ogʻib qolayozdi. Qaysi koʻz bilan koʻrsinki, bir yemas, uch boʻri choʻzilib yotardi. Albatta, juvozkash ularni tirik gumon qildi. Shu sabab, beixtiyor ishtonini hoʻllab qoʻydi. Uzoq yili dashtda boʻrilarga yem boʻlgan qaynisining fojiasi xayolidan chaqmoq yan­gligʻ oʻtarkan, koʻziga kenja nevarasi koʻrinib ketdi. Uni qaytib koʻrolmasligini oʻylab, boʻgʻziga yigʻi tiqildi. Kalimaga tili kelmay, valdir-vildir qilarkan, yirtqichlarning harakatsiz yotganini payqab, u qor ustidagi qon izlarini, boʻrilar tanasidagi jarohatlarni koʻrdi. Shunda ham yaqinroq borishga yuragi betlamay, ot boshini ortga burdi. Hozirgina, juvoz haydamay men oʻlay, zigʻir moy yemay odamlar oʻlsin deb turgan odam, yendi rasvo boʻlgan ishtonidan boshqasini oʻylamasdi. Boʻrilarni oʻlik koʻr­ganidan xudoga ming karra shukrlar qilardi.

Mamarajab juvozkash yoʻl-yoʻlakay Qahhor ovchi yeshigini qoqmasdan oʻtolmadi. Axir koʻrgani hazilakam voqea yemas, buni birovga aytmasdan boʻ­larkanmi! Gap orasida, yuribsan-da, ovchiman deb, surishtirib kelsa bir itchalik chogʻing yoʻq, deya Qahhor ovchini chaqib olishdan ham qaytmaydi. Uyiga yetguncha yana besh-olti kishidan «suyunchi» oldi. Qahhor ovchi itga meng­zalishidan xafa boʻlib turmadi. Boshqa paytda-ku bu gapi uchun cholning yoqasini yirtgan boʻlardi-ya, lekin hozir bunaqa past-baland gaplarga ye’tibor berib oʻtirishning vaqti yemasdi. Cholning qorasi oʻchishi bilan yulgʻunzorga joʻnadi. Yoʻlda boʻri terisidan tushadigan foydani xomchoʻt qilib, dimogʻi chog’ boʻldi.

Bu yorugʻ olamda ovchi xalqidek hangomatalab odam kam topiladi. Qahhor ovchi terilarni ortmoqlab qishloqqa qaytarkan, koʻringanga Oqboʻyinni tarifu tavsif yetib borardi. Oqshom Yerkin puchuqning maslahat oshida ham jagʻi tinmadi. Mamarajab juvozkash uni ma’qullab turdi. Gurungda it yegasining qanchalik bahri-dili ochilgan boʻlsa, Karim podachiniki shunchalik xufton tortdi.

Oxiri boʻlmadi, qarasaki, Qahhor ovchi hali-veri tinadigan yemas, podachi burchakdagi pechka qavatida issiq va maqtovdan terga botib oʻtirgan it yegasiga shum qarash qilib, ovchiga yuzlandi.
— Qahhorvoy, ishqilib, teri yaxshi pul boʻldimi?
— Bir navi. Nima yedi?
— Hammasini choʻntakka urgan chiqarsan?
— Nima, koʻchaga tashlab qoʻyishim kerakmidi?

Karim podachi javobga shoshilmadi. Bolishni biqiniga tortib, yonboshlarkan, qanshari ostidan unga kinoyaomuz tikildi.
— Koʻchaga tashlama, uvol boʻladi. Lekin teri puli it yegasiga tegishli yekanini unutganing chatoq boʻpti. Hech boʻlmasa, unga ulush berishing kerak.

Davraga sukunat choʻkdi.
— Mayli, biz rozi.

Oʻrtada oʻt chiqarish payida turgan podachi it yegasining bu gapini yeshitib, afti tirishdi. Nordonroq gap aytmoqchi boʻlib soʻz qidirarkan, oraga Mamarajab juvozkash suqildi.
— Unda teri pulida mening ham haqim bordir-a, Karimboy? Axir ularni birinchi boʻlib men koʻrdim-ku!
— Boʻlmasam-chi, - dedi ovchi qutquli ohangda.
— Hay, unda biz ham kechdik, olgan puli haloli boʻlsin, - juvozkash shunday deya Karim podachi tomon oʻgirildi. – Siz, Karimboy inim, buytib yoʻq yerdagi gapni kovlamang. Uyat boʻladi. Goʻng titmoq tovuqqa yarashadi. Yurak yutib boribdimi, qandini ursin. Mana, biz yaqinigayam yoʻlolmadik-ku…
— Yendi siz… ayolmijoz odamsiz-da, boboy, - dedi podachi kulib. – Hech zamonda yerkak kishiyam oʻlgan jondordan qoʻrqadimi?
— Til qurgʻur besuyak, ogʻizga kelganini aljimang, inim, - dedi juvozkash ogʻrinib. – Shu-u, sizga qarab turib fikr qilsam, Sodiqboyni iti sizdan yesliroqmi, deyman…
— Mengzamang, boboy!
— Unda siz ham sal yega boʻling. Tengquringiz yemasman! Koʻp oldida buytib behurmat qilmang.
— Aqling-ku bilmadim-a, - deya gapga aralashdi Sodiq aka, - lekin sodiqlikka sodiq. Rasul degan ulimizga koʻp qattiq mehr qoʻygan, jonivor. Yotar joyin boʻlak dema­sak, ikkisi doim birga. Qachon qa­rama, yetaklashib yuradi. Tunov ku­ni nega molni tagini tozalamading, deb uldi ozgina burovga oluvdim, irillab tarafini olib qolsa boʻladimi. Bolaga qoʻl koʻtarsam, oladigan shashti bor. Qoʻrqdim urishga.
— Unaqa itni bahridan keching, Sodiqvoy, - dedi Yerkin puchuq. – Har moʻyi tillaga teng boʻlsayam, keching bahridan. Koʻngil boʻshlik qilmang, oxiri yomon boʻlishi mumkin. Hozir men sizga bir voqeani aytib berayinu xulosasini oʻzingiz chiqaring. Shaharda bir noʻgʻay oshnam bor. Hov birda, katta uldi toʻyida ichib olib, ajab bir qiliqlar qilgan norgʻul yigit-chi. Ana oʻsha joʻram itga juda ishqivoz yedi. Bir nemis ovcharkasi boʻlgichi yedi. Odamday yesli. Kelvati naq yeshakday kelardi. Shu deng, bir kuni oshnam uyiga koʻproq otib boribdi. Oʻziyam koʻp ichardi, dayus. Ichib olib nuqul qoʻshiq aytardi. Oʻsha kuni xotini shoʻrlikning kayfi buzuqroq yekanmi, oshnamni bir-ikki silkibdi. Turtkilab-surtkilab uyga olib kirmoqchi boʻlibdi. Joʻram ham koʻnmabdi, xotini qistab qoʻymabdi. Orada yelkasiga bir-ikki musht tushiribdi. Naryoqda kuchugi yotgan yekan, xotin yeriga qoʻl koʻtargan hamon sakrab turib. Shappa tomogʻidan opti. Yegang oʻlgur it kishiga avvalo mehr qoʻymasin, mehr qoʻymasin, mehr qoʻydimi, qattiq qoʻyadi.
— Xotindan gapir. Xotin nima boʻldi?
— Nima boʻlardi, balnisaga yet­may uzildi. Oshnam itni chavaqlab tashladi. Mana shunaqa gaplar.
— Itni doʻst deymizu, lekin ming qilsayam, hayvon-hayvon-da.
— Bunaqa yekan, it asrab nimaga kerak?
— Ie, hamma it bir xil deb oʻylaysanmi? Mana, oʻzimizning koʻppaklar. Biror gap boʻlsa, dumini qisib qochishdan boshqasiga yaramaydi.
— Lekin Sodiqniki sara it…
— Sodiqvoy, haligi gapingiz chin boʻlsa, bu itni tezda yoʻqoting. Oʻrniga yuvoshroq koʻppak asrang. Aytib boʻladimi, tagʻin….
— Haq gap…
— Yoʻqotib nima qiladi, - dedi Karim podachi gapga suqilib. – Undan koʻra menga beraqolsin.
— Tushingizni suvga ayting, - dedi it yegasi tumshayib.
— Bekorga harom qotmasin, deyman-da, uka.
— Kim yekan oʻsha harom qotiradigan?
— Xidir xira qoʻzgʻoladigan vaqt yaqinlashyapti.
— Tegib koʻrsin!
— Chiranma. Qoʻlida qogʻozi bor uning. Bet boʻlaman deb tagʻin melisaga tushib yurma.
— Qogʻozini ogʻziga urib, ketiga tepib haydarman.
— Koʻramiz.
— Menga qarang, - it yegasi podachiga qattiq tikildi. – Qogʻozi bor oʻsha nomard nega sizning itingizga tegmaydi, a? Yo itingizda shoxi bormi? Balki oyi bordir? Yo har safar tomogʻini moylab yuborasizmi?
— Mening itim kolxoz mulkini qoʻriydi, nodon.
— Nima, meniki ammamning chorbogʻini qoʻriyaptimi?! Kechalari dashtdan beri kelmaydi. Gir aylanib qishloqni qoʻriydi. Uch birdan jondor buning isboti. Qogʻozi bor oʻsha ukagʻarga bu gaplarni aytsak, tushunar, axir. Kallasi bordir, hoʻl-quruqqa barobar oʻt qoʻymas. Gapning sirasini aytsam, hadigim sizdan. Bilaman, anchadan buyon tish qayrab yuribsiz. Tagʻin uyalmay-netmay menga ber deganingizga oʻlaymi!
— Sen bola, koʻ-oʻp achchivumni qoʻzitma! – gʻazabdan podachining rangi boʻzarib ketdi. – Surishtirib kelsak, oʻsha axta boʻlgir kuchugingni boʻynida itimning xuni bor. Otish kam, yetini nimtalasam, arziydi. Xudo nasib yetsa, bu ishni qilaman ham.

Sodiq aka boshmaldogʻini barmoqlari orasidan chiqarib, qoʻlini podachi tomon choʻzdi.
— Mana qilasiz!
— Karim podachi qoʻlidagi piyolani shaxd bilan otdi. Piyola tokcha qirrasiga tegib, sindi. Sodiq aka dasturxondagi chinni kosalardan birini qoʻliga oldi. Podachi irgʻib oʻrnidan turdi.
— Qoch, yoʻlimni toʻsma! – dedi oraga tushganlardan birining koʻkragidan itarib. – Ketaman! Qolsam yomon boʻladi! Manovini tikkalay soʻyib qoʻyishim mumkin. Qoʻyvor qoʻlimni! Qoʻlimni qoʻyvor, deyapman!
— Sodiq seniyam yosh bola fe’ling bor-a, - dedi Qodir traktorchi uning qoʻlidan kosani tortib olarkan, biqiniga turtib. – Axir it sigir yemas-ku, buncha iching kuymasa, berib yubor. Bermasang, baribir boshini yeydi.

Kinoyani payqab, kimdir kuldi, unga boshqalar qoʻshildi.

Bu paytda Karim podachi ayvonda toʻngʻillab, yetigini qidirardi.

U toʻgʻri fermaxonaga keldi-da, oldindan tayyorlab qoʻyilgan bir juft choʻchqa oʻqni miltiqqa joylab Oqboʻyin tunlari chiqib ulib oʻtirishni xush koʻradigan tepalik sari yurdi. Tepalikning qulayroq joyiga pistirma qoʻydi. Bolalar kovlab tashlagan chuqurlardan biri unga juda qoʻl keldi. Boshqa vaqt allaqanday itni deb zax yerda dumalab yotmagan boʻlardi. Lekin janjal tufayli anchadan buyon dilida tugib yurgan niyatini bu tun qanday boʻlmasin amalga oshirmoqqa qat’iy jazm qildi. Buni qarangki, Oqboʻyin ham koʻp kuttirmadi. Itning koʻrkam kelbati tepalik ustida, yulduzli osmon qoʻynida paydo boʻlganida, Karim podachi yendigina ikkinchi yonboshiga agʻdarilgan edi.

Aytish kerakki, u darhol miltiqqa yopishmadi. Sovuqdan uvishgan barmoqlarini ogʻziga olib borib, nafasi bilan isitarkan, itga mahliyo termulib qoldi. Oqboʻyin haqiqatan ham mahobatli yedi. Podachi umr bino boʻlib, hali bunaqasini koʻrmagandi. Shu damgacha zehn solmaganini qarang. Adovatli nigoh goʻzallikni sezmaydi. Podachi ham shu damgacha itdagi koʻrkni payqamagan, uni bemisl qudrat timsoli sifatidagina bilar, aynan shu xususiyatiga oshiq yedi. Ayni paytda podachi ruhida qarama-qarshi hislar tugʻyon ura boshladi. Otay desa, shunday it uvol. Bunaqasi onda-sonda bir dunyoga keladi. Otmay desa, ichi kuyib oʻladigan. U gʻayrishuuriy holatda miltiqni changallab, tepkini bosdi. Oqboʻyin kutilmagan kuchli zarbdan dumalab ketdi. Intiqom lahzasidan quturib ketgan Karim podachi hayallamay ikkinchi tepkini bosdi. Navbatdagi oʻq shundoqqina boshi ustidan vizillab oʻtishi bilan Oqboʻyin jon achchigʻida qocha boshladi. Hovliga yetib kelganida badanidagi oʻq hali sovub ulgurmagan, ogʻriqdan ham koʻra tashnalikdan koʻproq azob tortmoqda yedi. U ariq chetiga oyoq qoʻyib, yupqa muzni panjasi bilan urib sindirdi-da, yutaqib suv icha boshladi. Soʻng suvga qonib, kemtik tagiga kelarkan, sillasi qurib borayotganini his yetdi. Devor oshishga qurbi yetmay, gʻing­shi­gancha darvoza tomon sudraldi.

Sodiq aka itni yertalab darvoza tagidan topti. Oqboʻyin chala oʻlik holda yotardi. Agar u yulgʻunzorda shuhrat qozonmaganida, Sodiq aka uni ikki dunyoda ham Salom doʻxtirga bosh urib bormagan, oʻz navbatida Salom doʻxtir ham uni sidqidildan muolaja qilmagan boʻlardi. Suyagiga ziyon yetmagan yekan, jarohati tez bita boshladi.

Sodiq aka bu bedodlikka befarq qaramadi. Oʻsha kuniyoq suyil koʻtarib fermaxonaga bordi. Ammo podachi uni yozgi qoʻradan beriga oʻtqazmadi.
— Yana bir qadam bossang, otaman! – dedi miltiq oʻqtalib. – Bu senga oz! Shoshmay tur, hali senga shimildiriq koʻrsatish qanaqa boʻlishini koʻrsatib qoʻyaman!

Jarohati bitgan sayin Oqboʻyinning favqulodda ishtahasi ochila bordi. Avvallari ovqatga qiyo boqmaydigan jonivor yendi goʻyo oʻsha damlarning hissasini chiqarmoqchiday, yalogʻiga toʻkilganni koʻrdim demasdi. Keyinchalik uyda beriladigan ovqatdan nafsi qonavermagach, u dala-dashtga chiqib oʻlaksa qidiradigan boʻldi. Yoldorning oʻlimidan soʻng boʻrilar bu tomonlarga dorimasligi sababli dashtdan oʻlaksa deyarli arimasdi. Faqat qishloq itlari ahyon-ahyonda…. Ammo Oqboʻyin tezda ularni tartibga solib qoʻydi. Qargʻa-quzgʻunlarni demasa, uning nasibasiga sherik boʻlishga jur’at yetadigan jonivor yoʻq yedi. Boshda Oqboʻyin qargʻa-quzgʻunlar bilan ham obdon talashib koʻrdi. Yeplayolmadi. Bu qanotli maxluqlarni bir tomondan haydasa, ikkinchi tomondan yopirilardi.

Shu tariqa, Oqboʻyin boʻrilarcha yashay boshladi. Bu xil hayot yoqib qolganidan, yendi ilgarigidek mut­tasil Rasulning ortidan yergashib yurmas, yertalablari bolani maktab­gacha kuzatib boradi-da, keyin toʻgʻ­ri dashtga chiqib ketardi. Dashtdan gohida juda kech qaytadi. Ammo Rasuldan koʻngli andak bezovtalansa, hayallamay qishloqqa yuguradi.

Rasul koptok talashib urushgan kuni ham shunga oʻxshash voqea yuz berdi. Bu paytda Oqboʻyin jarda sangʻib yurardi. Koʻngli oʻz-oʻzidan bezovtalanavergach, qishloq tomon chopti. U tepalik ustida paydo boʻlganida, Rasul bolalardan biri bilan yoqa boʻgʻishardi. Oqboʻyin! – dedi birov baqirib. Bolalar quyundek yelib kelayotgan itni koʻrishlari bilan tumtaraqay boʻlib ketishdi. Maydonda it bilan Rasul qoldi.

Bugun ham u bolani maktab­gacha kuzatib bordi-da, muyulishda mashina kutib turgan odamlar yonidan magʻrur yurib oʻtib, dashtga chiqib ketdi. Ikki kundan buyon kamardagi harom oʻtgan sigir bilan band yedi. Goʻsht hidini uzoqdan sezib, tamshangancha qadamini tezlatarkan, uch-toʻrt it oʻlaksani bamaylixotir xomtalash qilayotganini koʻrdi. Oqboʻyin gʻazabdan quturgan koʻyi olgʻa intildi. Changaliga tushgan itni tilka-pora qilmoq qasdida yelib borarkan, baribir nafs degan balo ustunlik qildi, qochmoqqa tushgan itlarning izidan quvlab yurmay, xoʻrakka tashlandi.

* * *

...Oqboʻyin bu vaqtda hovlida yedi. Yaloqdagi ovqatni pok-pokiza tushirib boʻlgach, oftobroʻyoda birpas choʻzilib yotdi. Soʻng yendi Qoplonning oldiga joʻnay deb turganda, darvozadan Rasul kirib keldi. Itni koʻrgan bolaning koʻzlari shodlikdan chaqnab ketdi. Kelasolib Oqboʻyinning boʻynidan quchdi. Yerkaladi. Keyin qulogʻidan tortqilab oʻpka-gina qildi.
— Ha, daydi! Qayerlarda sanqib yuribsan, Qorangni koʻrsatmay qoʻyding? Hozir bir adabingni beraymi- a?!

Oqboʻyin bolani sogʻingan, yumalab, sakrab, bir zum oʻynashgan boʻldi. Keyin darvozaga yoʻnaldi.
— Ha-a, hali yana qochmoq­chimisan? Qochib boʻpsan, daydi!

Rasul itning qulogʻidan tutib, uychasi tomon sudradi. Oqboʻyin buni odatdagi hazil deb bilib, unga itoat yetdi. Qachonki koʻzi yerda chuvalanib yotgan zanjirga tushgachgina bolaning maqsadini angladi. Boshini keskin silkib, qulogʻini boʻshatdi-da, ortiga qayrildi. Rasul uning boʻynidan mahkam quchib, tutib qolmoqchi boʻldi. Kuchi yetmadi. Oqboʻyin bolani hech bir qiyinchiliksiz darvozagacha surgab bordi.

Ostonaga qoqilib tushgan bolaning alami qoʻzib, yerdan kattakon tosh oldi, lekin urishga qoʻli bormadi. Toshni mahkam siqqancha Keldiyor maxsumning hovlisi tomon yoʻrtib ketayotgan Oqboʻyinning ortidan qarab qolarkan, koʻziga yosh quyildi. Soʻng, daf’atan, otasining, iliqish davrida it zoti hamma narsani unutadi, ammo bu vaqtincha, keyin yana yes-hushi joyiga keladi, degan gapi yesiga tushib, xiyol yengil tortdi. Ichida Keldiyor maxsumning itini boplab soʻkdi.

Oqboʻyin Keldiyor maxsumning tomorqasiga oʻtib, Qoplonni joyidan topmadi. Yerkalab chaqirishlari ham javobsiz qolgach, u hid olib izidan tushdi. Iz uni toʻgʻri fermaxonaga boshlab bordi. Yozgi qoʻra chetida choʻnqayib turgan Qoplonni u uzoqdan koʻrdi. Yuragi hapqirib, qadamini tezlatarkan, fermaxona ortidan panshaha koʻtarib chiqqan Karim podachiga koʻzi tushib, sarosimada qoldi.

Oqboʻyinning bu qadar tez paydo boʻlishini kutmagan podachi avvaliga shoshib qoldi. Soʻng qoʻlidagi panshahani goʻngtepa chetiga sanchib, uycha tomon oshiqdi. Ichkariga kirib miltiqni qoʻliga oldi. Tepkisini koʻtarib, ortiga oʻgirilgan joyida shoshqaloqligi oʻziga yerish tuyulib, miyigʻida iljaydi. Tepkini tushurib, miltiqni devorga suyadi. Timirskilanib yurib, bir burchakda yotgan yeshak toʻqimini qidirib topdi. Toʻqimni tagiga qoʻyib, yeshik yoniga joylashib oʻtirdi. Yeshikni qiya ochib miltiqni tizzasiga oldi. Oraliqdan yozgi qoʻra bemalol koʻzga tashlanib turardi. Oqboʻyinning haliveri itga yaqin kelmasligini bilardi. Koʻngliga hadik oralagan itning joyidan jilishi qiyin, shuningdek, ming poʻpisa qilganing bilan uzoqlashib ham ketmaydi. Fursat poylab atrofda aylanishib yuraveradi. Ayniqsa, miltiq oʻqini tatib koʻrgan itlar bu borada juda omilkor boʻlishadi. Ammo shunga qaramay, manaman degan itning ham sabr-bardoshi bir-ikki soatdan ortigʻiga yetmaydi. Iliqish ta’siri ostida ular bora-bora xavf-xatarni unutib qoʻyadi. Podachining umidi mana shunda yedi. Ikki soat yemas, ikki kun poylashga ham rozi yedi u. Yaqin keltirmasdan turib, Oqboʻyinni bir yoqlik qilish juda qiyindek tuyulardi. Otib oʻldiradiyu, jasadini fermaxona ortidagi xandaqqa tashlab, ustidan tuproq tortib yuboradi. Qani, yegasi da’vo qilib koʻrsin-chi!

Oqboʻyin uychadagi taraddudni sezganday hamon joyida qotib turarkan, Qoplonning nolakor gʻingshishidan soʻng, sekin-asta olgʻa siljiy boshladi. Manzilga yuz odimcha qolganda, podachining oʻt solguvchi kaltagini yeslab, tagʻin toʻxtadi. Alamli gʻingshidi.

Oradan yarim soatlar chamasi vaqt oʻtgach, podachi zerika boshladi. Boz ustiga, hali mollarning yarmiga yemish tashlanmagan yedi. Bir xayoli, bu ahmoqona ishga qoʻl siltab, yumushiga unnamoqchi ham boʻldiyu, lekin yuragi kuyishib yurishini oʻylab, fikridan qaytdi. Tirqishdan moʻralab, masofani chamaladi. U tili tagiga nos tashlab, gardanini qirt-qirt qashirkan, toʻsatdan koʻzi fermaxona devoriga suyogʻliq turgan zarang podatayoqqa tushib, oʻzida yoʻq quvonib ketdi. Avvalroq shu narsa xayoliga kelmaganidan ichida oʻzini boplab soʻkdi. Axir, Oqboʻyin sherigining azobiga chidash berolmaydigan yovqur tabiatli itlar toifasidan-ku. Bunday paytda u oʻlsa oʻladiki, lekin hech balodan qaytmaydi.

Karim podachi tashqariga chiqdi. Borib tayoqni oldi. Yoʻl-yoʻlakay ustidagi paxtaligini yechib tashlab, Qoplonning yoniga bordi. Miltiqni simtoʻr devorga suyab qoʻyib, itni kaltaklashga kirishdi. Qoplon yuvosh va nozik it - zarb kuchli boʻlmasa-da, dunyoni boshiga koʻtarib vangillay boshladi. Oʻzini chor tomonga otib, qutulmoqqa urindi. Biroq tizimcha kalta, kaltak yesa uzun yedi.

Qoplonning kaltak ostida qolganini koʻrib, gʻazabdan Oqboʻyinning yesi ogʻib qolayozdi. Ammo miltiqdan qattiq yurak oldirgan, koʻnglidagi qoʻrquv hissini yengishga qurbi yetmadi. Gʻingshidi. Gʻingshigancha yer bagʻirlab beixtiyor oldinga siljidi.

Podachi oʻzini har yonga urib, tayoqdan qochishga urinayotgan Qoplonni kaltaklashda davom yetarkan, ora-sira Oqboʻyinga koʻz qirini tashlab qoʻyardi. Oqboʻyinning chumchuq poylagan mushuk singari yer bagʻirlab gʻalati alpozda harakatlanayotganini koʻrib kuldi, uni tez qutirtirmoq niyatida Qoplonni battarroq tayoqlay boshladi.

Ammo shu payt kutilmagan hodisa yuz berdi: kaltak jonidan oʻtgan Qoplon tuyqusdan podachiga tashlanib, oʻng bilagidan gʻarchcha tishlab oldi. Karim podachi ingrab yubordi-da, oʻzini bir odim ortga oldi. Tirqirab qon oqayotgan bilagiga razm solib turib, tutaqib soʻkindi. Keyin tayoqni ikki qoʻllab tutib, shoʻrlikni chinakamiga kaltaklashga tushdi. Gʻazabdan quturib ketgan podachi Oqboʻyinni juda kech payqadi. Na’raga oʻxshab ketadigan ovozni yeshitgandan soʻnggina oʻgirildi, oʻgirildi-yu, shu daqiqani kutgan boʻlishiga qaramay, oʻqdek uchib kelayotgan Oqboʻyin­ning vajohatini koʻrib, dabdurustdan vahimaga tushib qoldi. Tayoq bilan himoyalanmoqchi boʻlgan joyida miltiq yesiga tushib, qurolga yopishdi. Shoshganidan miltiq tepkisi qolib, qoʻndogʻini paypaslay boshladi. Nihoyat, tepkini koʻtarib, miltiqni Oqboʻyinga toʻgʻriladi. Juda yaqin kelib qolgan Oqboʻyin ayni shu damda naq odam boʻyi sakrab, yashin tezligida unga tashlandi. Oʻqi xato ketdi. Yelkalariga tig’ yanglig’ botgan tirnoqlar zarbidan dodlab yubordi. Jon achchigʻida pichogʻiga yopisharkan, qaynoq nafas aralash koʻz oʻngida bir lahzaga yalt yetgan oppoq oʻtkir tishlar tomogʻiga sanchilganini his yetdi. Koʻz oldi tumanlashib, hushini yoʻqotdi.

Oqboʻyin raqibini magʻlub yetganiga ishonch hosil qilgach, murdadan chetlandi. Tuproqqa yotib turganday ilkis silkindi. Soʻngra betinim gʻingshiyotgan Qoplonning yoniga borib, arqonni qon yuqqan oʻtkir tishlari orasiga oldi.

Fermaxonaga yem olib kelgan Toʻqli shofyor Karim podachining hali butunlay sovub ulgurmagan jasadini uchratganida, itlar dala tomon ketib borishardi. Toʻqli shofyor murda yuziga belbogʻini yopib, mashinasini qishloqqa burdi.

Yertasi Xidir xira boshliq toʻrt otliq itlarni kamardan topishdi. Oqboʻyin qochmadi. Orqa oyogʻini sudrab bazoʻr odimlayotgan Qoplonning girdini aylanib, tahdidli irilladi.

Zum oʻtmay kamarni miltiq ovozi tutdi.