OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

2 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNosiruddin Rabgʻuziy
Asar nomiQisasi Rabgʻuziy (nasriy bayon, II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Nosiruddin Rabgʻuziy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm204KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/12/11
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qisasi Rabgʻuziy (nasriy bayon, II- qism)
Nosiruddin Rabgʻuziy

Ya’qub Alayhissalom Qissasi

Ya’qub Isroilloh ibn Ishoq Safiyulloh ibn Ibrohim halilulloh juda koʻrkam va baquvvat kishi edi, quvvatiga quvonardi. Olloh taolo undan manmanlikniketkazdi. Rivoyat qilishlaricha, bir kecha u qoʻy-qoʻzilari va mol-hollarini yaylovga olib chiqadi, oʻz ishi bilan mashg‘ul boʻldi. Olloh taolo bir farishtani oʻg‘ri qiyofasida yuboradi. Shunda Ya’qub alayhissalom u bilan yoqalashib qoladi. Farishta uni koʻtarib, yerga uradi. Shunda u «agar Olloh taolo meni bu darddan xalos qilsa, qaysi yemish va ichimlik menga suyimli boʻlsa, oʻshani oʻziga harom qilaman»;, deya nazr qiladi. Olloh taolo shifo ato etadi. Yemishlardan tuya goʻshtini, ichimliklardan tuya sutini hush koʻrardi u. Bu ikkisini nazrga binoan oʻziga harom qildi. Shundan beri uning avlodlari uchun bu ikki ob-ovqatni yemaslik sunnat boʻlib qoldi. Ular oʻzlarini ovutmoqchi boʻlib, «Bu narsalar hamma payg‘ambarlarga Odamatodan beri harom boʻlib kelgan»;, dedilar. Olloh taolo ularning bu gaplari yolg‘on ekanligini isbotlab, oyat nozil qildi: «Tavrot nozil qilinmasdan ilgari Isroil farzanlariga oʻzlari oʻziga harom qilgan narsalar halol edi»;.

Savol: Ya’qub alayhissalom nima sababdan Isroil deb ataldi?

Javob: «Isr»; soʻzining ma’nisi asir deganidir, oʻsha paytda shayton asir qilingandi. Bu soʻz oʻshandan qolgandir.

Hikoyatda kelishicha, Ya’qub alayhissalom Bayt-ul Muqaddasda xizmatda boʻlib, uning olti yuzta chiroqlarini yoqardi. Shayton alayhil-la’na esa har kecha kelib, chiroqlarini oʻchirib ketardi. Aytishlaricha, bu hol koʻp davom etdi. Bundan bezor boʻlgan Ya’qub alayhissalom bir kechasi poylab turib, Shayton chiroqlarini oʻchirayotgan paytdi bir sakradi-da, uni tutib oldi, boʻyniga zanjir soldi, asirga oldi. Shuning uchun Isroil ataldi.

Yana bir jabob shuki, Isr qul degani, Il esa Tangrining ismidir.

Ya’qub alayhisalomning oʻn ikki oʻg‘li va qizi bor edi. Koifr podsholardan biri qizini soʻratib, odam yubordi. Ya’qub alayhissalom koʻnmadi.

-Qizingni mengabermading, endi sen bilanayovsiz jang qilaman, - dedi podishoh.

Uning qoʻshini behisob edi. Shundafarmon keldi:
— Kofirlarni halok qilmog‘imni istasang, ularni halok etib, seni g‘olib qilayin. Istamasang, oʻz odamlaringbilan halokqilgin!
— Qay birini tanlaysiz, - dedi Ya’qub alayhissalom oʻg‘illariga qarab.
— Bizlarni qolib qilsun, - deyishdi ular.

Ya’qub alyhissalom duo qildi. Olloh taolo kofirlarning barini yer ostiga ravona qildi, halok etdi.

Yana bir podishoh ham qizini soʻrab keldi.
— Mening shariatimda bir sunnat ish bor, - dedi Ya’qub alayhissalom. - Butun qoʻshining bilan shu ishni bajarsang, mayli qizimni berayin.
— U sunnat ish qaysidir? - soʻradi podishoh.
— U sunnat ish - hatna qilmoqlikdir, - dedi Ya’qub alayhissalom.

Podishoh rozi boʻldi, oʻzini ham, qoʻshinlarini ham xatna qildirdi. Ular xatna qilgan holda og‘rib yotganlarida Ya’qub alayhissalom oʻg‘illari bilan ustilariga qilich tortib keldilar va hammasini qirdilar.

Yana ulamolarning aytishlaricha, Odning Shaddot ismli oʻg‘li boʻlar edi. Uerning ustida jannat qurdirdi-yu, undan bahramand boʻlish oʻziga nasib etmadi. Shaddotning Imloq ismli oʻg‘li, Ya’qub alayhissalom bilan zamondosh edi, ming beklargabosh boʻlgan.
— Menga sahra qoʻynida kengbir soz tuproqli tekis yer hozir qiling, dedi u beklarni toʻplab.

Beklar ishga kirishdalar. Joy tayyor boʻlgach, Imloq kelib oʻlchab koʻrdi, keyin oʻn ikki yig‘och yerni kavlatda va suvga toʻlatdi. hovuzning oʻrtasini tosh bilan koʻtarib chiqib, ustiga qizil toshdan supa qurdilar. Kengligi ham balandligi qirq qari edi.

har birini oʻn yigit qoʻriqlab yuradigan oʻn ming vaziri boʻlar edi. Ularning har birining ihtiyorida oʻn ming jangchisi bor edi.

hosil qilingan supaning Qutrum shahristoni deb atadilar va supa ustiga bir saroy barpo etdilar. Saroyning g‘ishtlari biri oltindan, biri kumushdan yasaldi. Soʻngra supa ustini boʻstonlar, bozorlar bilan toʻldirdilar. Saroyning oʻrtasi esa balandligi ikki yuz arshin boʻlgan tomoshagoh qurdirdi.

oʻsha shahristonda toʻrt eshik qurdirdi. Darvozalar balandligi yigirma toʻrt arshinedi. Qurilish nihoya topgach, saroyga koʻchib kirdi va taxtini egalladi.

Qaysi bir yili Kan’on diyorida qahadchilik boʻldi. «Qutrum shahristonida oshliq sotishyapti»;, degan habarni eshitgan Ya’qub alayhissalomning oʻg‘illari yoʻlga otlandilar. oʻn kunlik yoʻlni bosib, Qutrumga kelishdi. Minorasida oʻtirgan Imloqi la’in Ya’qub oʻg‘illarining tuya minib kelayotganini koʻrdi. Qarasaki, boshlarida bir parcha oq bulut soya tashlb turardi. U bulutga qaragan imloqi la’in «Laa ilaaha illallohi Muhammadur rasulullohi»; yozuvini koʻrardi. Yigitlarni olib kelmoqlik uchun vazirlarni joʻnatdi.
— Podishoh sizlarni chaqirtirmoqda, - deyishdi vazirlar.
— Biz Olloh payg‘ambarining ishini tamom qilmaguncha bormasmiz, - deb javob berardi Yahudo.

Vazirlar bu gupni podishohga yetkazdilar. Imloqning oʻzi kelib, boʻylari, husnlari birdek boʻlgan oʻn yigitni koʻrib, hayratlandi.
— Sizlar kimsizlar? - soʻradi podishoh.
— Biz oʻnovimiz qarindoshlarmiz, Ya’qub payg‘ambarning oʻg‘illarimiz. Otamiz ihoq payg‘ambar, Yanada ulug‘ bobomiz Ibrohim alayhissalomdir.

Kan’ondan yegulik olish uchun kelganmiz, - dedi Yaxudo unga javoban.
— Boshqa qarindoshlaringiz ham bormi? - soʻradi yana podishoh.
— Yusuf va ibn Yamin degan yana ikki birodarimiz ham bor, - deyishdi.
— Men erkak qarindoshingizni emas, qiz qarindoshingiz bor-yoʻqligini soʻrayman, - dedi podishoh.
— Bitta qiz singlimiz bor, - deyishdi.
— Unda singillaringizni menga beringlar, otangizni va yana sizlarni ham mol bilan siylagayman, hammadan koʻra boy qilaman, - dedi podishoh.
— Sizlar nima deysizlar? - deya Yahudo birodarlariga boqdi.

Bu gapdan Sham’un bilan Rubil achchig‘landilar. Ya’qub alayhissalom farzandlari achchig‘lansalar, oʻsha viloyatni harob qilmaguncha jahldan tushmasdilar, qachonki Ibrohim alayhissalom urug‘idan kimdirularning orqasini silamaguncha achchig‘lari pasaymasdi. Yahudo koʻrdiki, ikki birodari achchig‘landi. Shunda u «Qutrum shahristonni vayronqilsalar mashaqqatimiz yengil boʻlmaydi»;, deb oʻyladi-da Rubilning orqasiga qoʻlini qoʻydi, jahldan tushdilar.
— Ey podishoh, oʻg‘ling sen bilan maslahatlashmay turib, qizingni birovga bera oladimi? - soʻradi bosiqlik bilanYahudo.
— Yoʻq.
— Bizning ham otamiz hayot. Boraylik, soʻzlaringni yetkazaylik, otamiz nima desa shu boʻladi, - dedi yahudo.

Podishoh bu soʻzdan sevindi. oʻnta tuyada bug‘doy, oʻnta tuyada unortib, yana ming kumush tanga, oʻn botmon ifor, oʻn botmon anbar, oʻn botmon kofur in’om etdi.

Bu narsalarni otangizga yetkazing va ushbu soʻzlarimni ham ayting: «Men seni otalikka qabul qildim, sen ham meni oʻg‘illikka qabul qilg‘il. Soʻzimni eshitiboq toʻg‘ri oldimga kelgil, qizingni menga bergil!»; - dedi podishoh.
— Podishoh bizga shuncha molni in’om qildi va yana sen uchun ham bir qanchasini tuhfa qildi, - deyishdi oʻg‘illari otasi huzuriga qaytib kelib.
— Mendan ilgariga hech bir payg‘ambar qizini kofirga bergani yoʻq edi, - deya yig‘ladi Ya’qub alayhissalom bu soʻzlarni eshitib.
— oʻzing bilguvchisan, - deyishdi oʻg‘illari.

Bu soʻz boʻlib oʻtgandan bir oy keyin Imloqdan shu mazmunda maktub keldi: «Bu noma buyuklar buyugidan, podishohlar podishohidan, kiborlarkiboridan, ulug‘ mamlakatlik, ulug‘ qoʻshinlik Imloqdan ul tuban, faqir va haqir Ya’qubga tegsin. Ushbu noma tegishi bilan qizini menga tayyorlab qoʻysin. Agarbunga koʻnmasa, men borib, yurtingni buzarman. Seni oʻg‘illaring bilan qoʻshib oʻldiorarman, qizingni tortib olaman. Payg‘ambarliging senga foyda bermas, chunki yer tangrisi menman (og‘zingga tuproq). Osmon tangrisining men bilan nima ishi bor»;.

Maktub Ya’qub alayhissalomga kelib tekkach, oʻg‘illarini toʻplab, oʻqib berdi. O’g‘illari oʻyga toldilar va:
— Ey ota, oʻzingga ham, bizga ham zulm qilmagil, Kan’onni vayroq qilmag‘il, qizingni podishohga beraqolgil, - deyishdi.

Bu gapdan Ya’qub alayhissalom hafa boʻldi va Yahudoga dedi:
— Noma javobini yozgil. «Bismillahir rahmanir rahiym. Men Ya’qub Isroilulloh ibn Ishoq Safiyulloh ibn Ibrohim Halilullohdan dunyo va oxirat badbaxti Imloqi la’inga. Bilgilki, hech bir payg‘ambar qizini kofirga bergani yoʻq, men ham bermasman. Agar »;Laa iaaha illallohu Ya’qubi rasulullohi« (Yagona Ollohdan oʻzga ma’bud yoʻq va Ya’qub Ollohning elchisidir) desan u yog‘i Ollohga havola qilinguvsidir»;.

Maktub yozilib, muhrlanib Imloqqa joʻnatildi. Maktubn6i olgan Imloqning yuzi g‘azabdan sarg‘ayib ketdi. O’q ikki ming beklariga qaradi.
— Ey podshoh, kuching, qoʻshining bor, g‘am chekma. Farmon boʻlsa, biz borib, qizni olib kelamiz, - deyishda beklari.

Shundan soʻng qoʻshin toʻplash boshlandi. Podshoh oʻn ikki ming beklari hamrohligida otlandi.
— Nima qilamiz? - deyishdi oʻg‘lonlar.

Ya’qub alayhissalom yig‘lab, Olloh taologa yolvordi. Shunda Jabroil alayhissalom farmon keltirdi:
— Ey Ya’qub, Olloh taolo senga salom aytdi va dediki: «O’g‘lonlaringga ayt, qoʻrqmasinlar, men sizlarga madadkorman. Ey Ya’qub, qizing mening huzurimda azizdir, uni dushmanga bermagayman, kofirni payg‘ambarim ustidan hukumronlik qilishiga yoʻl qoʻymayman. O’g‘illaringga ayt, ertaga kofirlar bilan yuzma-yuz chiqsinlar, jang qilsinlar. Men qudratimni koʻrsaturman»;.

Bu mujdadan Ya’qub alayhissalom behad shod boʻldi, oʻg‘illarini jangga chiqmoqqa amr qildi.
— Ey ota, biz oʻnovimiz ming-ming kofirlarga qarshi qanday jang qilamiz, - deyishdi oʻg‘illari.
— Men sizlarga bir qurol bermanki, kim u bilan jang qilsa, tangri dushmanlari ustidan zafar qozongay, - dedi otalari.
— Otajon, amringga itoat etamiz, - deyishdi oʻg‘illari.

Ya’qub alayhissalom sandig‘ini ochdi. Undan Odami safiy choponini olib, Sham’unga berdi. Shis alayhissalom choponini olib, Rubilga berdi. Ibrohim alayhissalom qoʻchqorning shoxini olib, Yag‘sarga berdi. Muso alayhissalom hassasini olib, Yahudoga berdi. Yahudoni toʻqqiz oʻg‘illariga bosh qildi, ular kunday porlab, oyday nurlanib, maydonga chiqdilar.
— Ya’qub oʻg‘lonlari nima uchun chiqdilar, bilinglar, - dedi ularni koʻrgan Imloq beklariga buyurib. - Agar tinchlik bilan chiqqan boʻlsa, tegmang, jangga chiqqan boʻlsa, oʻnalasining ham boshini kesib, menga olib keling.
— Nima maqsad bilan keldingiz, - deyishdi oʻn ming yigitlari bilan yetib kelgan beklar.
— Jang qilgani keldik, - deyishdi. Bundan vazirning jahli chiqdi.
— Yuzma-yuz turing! - buyurdi Yahudo. Soʻngra oʻzi safning oldiga oʻtdi-da, tayog‘ini osmonga irg‘itib, Yana tutib oldi (bu odat Yahudodan qolgan bizlarga). Keyin nido qildi, toʻqqiz ukasi ham unga qoʻshildi. Osmondan turib farishtalar ham nidoga qoʻshilishdi. Bu hayqiriqlar haybatidan oʻn ming dushman askarning yuraklari yorilib oʻldi.
— Nima boʻldi, qoʻshining ovozi eshitilmay qoldi, - soʻradi podshoh.
— Ey podshoh, oʻn oʻg‘lon nido qilganda uning dahshatidan oʻn ikki ming askarimiz halok boʻldi, - deyishdi.

Podshoh beklariga yuzlandi. Endi yigirma toʻrt ming Askar bilan jangga kirdilar.
— Ey Ma’mun, sening galing keldi, - dedi Yahudo.

Sham’un oldinga chiqdi va «Laa ilaaha illallohi Ya’qubi rasulullohi»;, dedi. Qoʻshnilar Sham’unga tashlangandi, u nido qildi. Shunda osmondan oʻt tushib yigirma toʻrt ming askarni kuydirib yubordi. Buning habarini eshitgan podshoh filiga minib, Yana oʻn ikki ming beklari bilan jangga otlanib keldi.
— Kelinglar, bir yoʻla takbir aytaylik, - dedi Yahudo birodarlariga.

Olloh taoloning farmoni Bilan toʻrt saf farishtalar tushdilarki, har bir safda qirq mingta farishta jamlangandi. Ya’qub oʻg‘lonlari yerda, farishtalar osmonda birgalikda jangga kirdilar. Kofirlar bularni koʻrib, qoʻrqib qochib ketdilar. Imloqning bir oʻzi qoldi. Bir fursatdan soʻng yetib kelgan payg‘ambarzodalar Imloqni Saroy ichida topdilar.
— Ey mal’un, tangri qudratini koʻrding, endi «Laa ilaaha illallohi Ya’qubi rasulullohi»;, deb takbir aytgin, - deyishdi ular. Imloq unamadi. Shundan Sham’un sog‘olidan tortib, taxtdan tushurdi va otasi oldiga keltirdi.
— Tahlil aytgil, - dedi Ya’qub alayhissalom Imloqni koʻrgach.
— Ey Ya’qub, men bu kun sening qoʻlingda asirman, hohlaganingni qilgil. Men uchun sendan va sening tangringdan dushmanroq hech Kim yoʻq, - dedi imloq.
— Ey Imloq, agar imon keltirganingda edi, Olloh taolo senga yana ziyodi bilan mulk berardi va ertasi kuni jannatdan ham oʻrin bergan boʻlardi, - dedi Ya’qub alayhissalom.
— Menga fursat bergil, uyimga borayin. Sening tangring menga davlat beradimi-yoʻqmi, koʻrayin, bersa imon keltirayin, - dedi Imloq.
— Ey Ya’qub, tangri taolo farmon qildi, fursat bergil, - dedi Jabroil alayhissalom payg‘om keltirib.
— Qancha fursat kerak senga, - soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— O’n yil.

Imloqni qoʻyib yubordilar. U qaytib kelib, taxtiga oʻtirdi. Olloh taolo oʻn yil ichida unga bir-qancha mulk, davlat berdi, yigirma toʻrt ming sarkardalari boʻldi. Fursat tamom boʻlgach, Jabroil alayhissalom farmon olib keldi:
— Ya’hudoni Imloqning oldiga yuborgil, imon keltirsin!
— Ey mal’un, senga berilgan fursat tamom boʻldi. Olloh qudratini koʻrding, mulk-davlatli ham boʻlding. Endi imon keltirgil, - dedi Ya’hudo podshoh huzuriga borgach.
— Ey Ya’hudo, sen elchisan. Agar elchilarni podshohlarga or boʻlmaganida edi, boshingni kesib, etlaringi fillar oyog‘i ostiga tashlar edim. Otangga borib aytgilki, oʻtgan gaplarni unutsin, yaxshilikcha qizini menga yuborsin. Agar koʻnmasa, hozir boʻlib tursin, qoʻshin tortib borurman. O’g‘illaringni oʻldiraman, xalqingni ot tuyoqlari ostida halok qilaman, qizingni tortib olaman. Koʻrayin qaysi tangri sengma madad qilarkin, - dedi Imloqi la’in.

Yahudodan bu gaplarni eshitgan Ya’qub alayhissalom Olloh taologa munojat qildi. Shunda Jabroil alayhissalom farmon olib keldi:
— Ey Ya’qub, Olloh taolo senga salom yoʻllab, dediki: «men halimman, shoshilmasman. Yahudoga aytgil, Yana borsin. Imloqqa Mening birligimni va sen mening payg‘ambarim ekanligingni yetkazsin»;.
— Ey mal’un, bilgilki, Olloh yakkayu-yagonadir, otam Ya’qub uning payg‘ambaridir, - dedi Yahudo Imloq huzuriga kelib.

Imloq bundan behad achchiqlandi, qoʻshin toʻpladi. Qishinning adadi yigirma toʻrt mingdan yigirma toʻrt guruh boʻldi. O’zi filga minib, Kan’onga yaqin joyga kelib tushdi. Buning habarini eshitgan Ya’qub alayhissalom yana tashvishlandi, Ollohdan madad tiladi. Jabroil alayhissalom «Bu kecha u mal’undan senga yomonlik beraman»;, degan payg‘om keltirdi. Tunda shamolga «Esgil»; deb, amr etildi. Tongga borib podshohdan asar qolmadi, uning butun hashamati yer ostiga kirdi. Jabroil alayhissalom Olloh amri Bilan «Qutrum shahristoni»;ni yer Bilan qoʻshib, ostin-ustin qilib tashladi.
— Ey Ya’qub, Olloh buyurdiki, Imloqning mol-mulkini, oltin-kumushlarini olgin. Qolganlarini esa oʻtga yoqqil, - degan farmon keltirdi Jabroil alayhissalom. Ya’qub alayhissalom bu farmonni oʻg‘lonlari Bilan toʻkis ado etdi.

Yusuf Siddiq Alayhissalom Qissasi

Olloh taolo kitobi qadimda, Qur’oni azimi munavvari karimda habar berib yorlaqadiki, (Oyat) «Biz senga bu uzun va axsan (eng yaxshi) qissani bayon qilmoqchimiz»;.

SAVOL: «Axsan»; demakda nima hikmat bor?

JAVOB: Qur’on ichidagi hamma qimssalardan kattaroq, foydasi ziyodaroq qissa - Yusuf qissasidir. Shu boisdan ahsan qissa deyiladi. Ikkinchi javob shuki, bu qissa boshidan ohirigacha qirq yil (ba’zi manbalarda sakson yil) davom etgani uchun ham shunday nomlangan. Uchinchi javob shuik, boqa qissalar turli suralarda keldi, ammo Yusuf qissasi toʻlaligicha bir surada keldi. Toʻrtinchi javob: boshqa qissalar voqeotlari yod kishilar orasida kechadi. Bu qissa esa ota-ona va birodarlar orasida kechgani tufayli ham eng yaxshi qissa deyiladi. Beshinchi javob: bu qissada rohatda, mashaqqatda, Olloh toatida, haloyiqlar orasidagi ezgu muomala, ozodlikdagi va bandilikdagi holatlar borligi uchun ham yaxshi qissadir. Oltinchi javob: Yusufning qarindoshlari bilan yaxshi muomalada boʻlgani, ularning jafosiga sabr qilgani uchun. Yettinchi javob: bu qissaning avali ham, oʻrtasi ham, ohiri ham tush boʻlgani uchun. Sakkizinchi javob: bu qissa ishq Bilan tamom boʻlgani bois yaxshi qissa deyiladi. Toʻqqizinchi javob: Rasul alayhissalom dedilarki, kimki oʻn baloga yoʻliqsa oʻn surani oʻqisin: vasvasa mendan ketsin desa «Alhamdu»; surasini, oʻg‘rilardan omon boʻlayin desa «Baqara»; surasini, qashshoqlikdan qutilayin desa «Oli Imron»; surasini, qayg‘ular menga harom boʻlsin desa «Allam nashrax»; surasini, kufr va shikrdan yiroq boʻlayin desa «Ixlos»; surasini, sehr-jodulikdan omonlik istasa «Falaq»; va «Nas»; suralarini oʻqisin. Agarki bu oʻn balolar mendan nari boʻlsin desa «Yusuf»; surasini oʻqisin. Negaki, bu oʻn balolar hammasi «Yusuf»; surasida bordir.

Deydilarki, Ya’qub alayhissalomning olti xotini bor edi. Ularning har biridan ikkitadan, jami oʻn ikkita oʻg‘li boʻldi.

LATIFA. Yuqori osmonda oʻn ikki burj mavjud. Bu burjlar quyidagilardir: qoʻy (hamal), sigir (savr), egizaklar (javzo), qisqichbaqa (saraton), arslon (asad), boshoq (sunbula), tarozi (mezon), chayon (aqrab), yoy (qavs), tog‘ echkisi (jadiy), qovg‘a (dalv), baliq (hut). Bu oʻn ikki burjda yettita yulduz boʻladi. Ular qaysilar? Bular: Zuhal (Saturn), Mushtariy (Yupiter), Mirrix (Mars), Shams (Quyosh), Zuhra (Venera), Atorud (Merkuriy), Qamar (Oy).

Quyi osmonda bu yetti yulduzdan oʻn ikki burj paydo boʻldi. Yetti yulduz degani shunga ishoraki, Ya’qub alayhissalom va olti xotini Shavsha, Za’ura, Sunbula, Qamar, Habiba, Rahil Bilan yettilikni tashkil qilar. oʻn ikki yulduzlar shuki, bular Ya’qub alayhissalomning oʻn ikki oʻg‘illari - Rubil, Loviy, Sham’un, Yahudo, Joda, Don, Yag‘sar, Yastoxir, Zabotuq, Qozur, Yusuf, Ibn Yaminga ishoradir.

Yusuf oʻn birinchi oʻg‘il edi. Olloh taolo unga oʻn karomatni ato etdi. Bular - chiroy, yaxshi qiliq, uzrhonlik (kechirimlilik), payg‘ambarlik, tushni ta’birlash, toʻg‘ri soʻzlik, omadlilik, yaxshi oqibat (natija), mushkulotlarni yecha olish, Ibrohim alayhissalom kitoblar sharhini bilmoqlik.

Rivoyat qilishlaricha, Misr xalqi yetti yil qahatchilikkka mubtalo boʻldi. Ular molini, dunyomini, mulkini, asbobini, qulini, koʻnglini Yusufga sotib, yegulik olardilar. Bora-bora omborlarda yegulik narsa qolmadi. Yangi xosil pishishiga esa toʻrt oy qolgandi. Shunda odamlar Yusuf alayhissalomning uydan chiqqanligini idrok etardi. Kimki Yusuf alayhissalomga boqsa, huddi koʻzguga qaraganday oʻzini koʻrardi. U taomni yutsa, boʻg‘izidan to xalqumigacha koʻrinib turardi. Qorong‘u kechada u kunday boʻlib koʻrinardi. Manglay nurlaridan "Shoqiyu an-ni’mon deb nomlangan chechak uyalardi.

Yusuf Bilan ibn Yamin ismli ayoldan tug‘ilgan edilar, kichiklik paytlarida onalari vafot etadi. Ya’qub alayhissalom bular erta yetim qoldilar, Deya aka-ukaga koʻproq shavqat koʻrsatadi. Ammo Yusufni oʻzgacha sevar, usiz yura olmas edi.

Yusuf yetti yoshga kirganda bir tush koʻradi: birodarlari Bilan sahroga chiqadilar, qoʻllaridagi tayoqlarini yerga suqadilar. Shunda hamma tayoqlar koʻkaradi, ammo uzoq yashamaydi. Yusufniki esa koʻkaradi, gullaydi, boʻyi birinchi osmonga qadar yetadi. Yana aytishlaricha, birodarlarining tayoqlari kelib, Yusufning tayog‘iga sajda qiladilar.

Yusuf bu koʻrgan tushini birodariga aytgandi, u borib boshqalariga aytadi. Bu tush ularga yoqmadi. Shunda:
— Koʻrmaysanmi, bu Rohilning oʻg‘li otamizga yana ham sevimli koʻrinmoqni istaydi, - deyishadi.

Ikkinchi kecha Yana tush koʻradi: O’n bir yulduz, quyosh va oy yerga tushib, Yusufga sajda qildilar. Yusuf bu tushini ham otasi Ya’qub alayhissalomga soʻylab beradi.

Aytishlaricha, Boʻston degan juhud payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan soʻrabdi:
— Yusufga sajda qilgan oʻn bir yulduzning ota nimadir?
— O’sha yulduzlarning otini aytib bersam, imon keltirarmisan? - dedi payg‘ambar alayhissalom.
— Mayli, shundan keyin, - dedi juhud.
— Ul yulduzlar - chizon, toriq, qoyis, handuq faylaq, musabbih, vassob, rayyol, zayyol, zulumudon, zulfara’, zulkitofon. Bu oʻn bir yulduz quyosh va oy Bilan birgalikda osmonning etagida, koʻkdan tushib, sajda qildilar, - dedi payg‘ambar alayhissalom.

-Ollohga qasamkim, Tavrot ichida shunday deb oʻqigan edim,- dedi juhud va imon keltirdi.

O’g‘li tushini eshitgan ota shunday maslaxat berdi :
— Ey yusuf, tushlaring juda hayrli erur, uni birodarlaringga aytmagil, senga dushman boʻlib qoladilar, Shayton odamzot uchun ochiq dushmandir.

Bu soʻzlarni Rubilning onasi Qamar eshitib turgandi, borib oʻg‘liga aytdi, u esa akalariga bildirdi. Bu soʻzni eshitgan Ya’qub oʻg‘onlarining nafrat-hasratdan boʻyin tomirlari boʻrtib chiqdi, terilari jimirlashdi va tuklari tik turdi.
— Rohilning oʻg‘liga teng emasmizmiki, otamiz uni bizdan ortiq suyar, oʻziga yaqin tutar. Bu ham yetmaganday, u oʻzini ortiqroq sevdirayin deb tush koʻrganligini yolg‘ondan soʻzlar. Biz boʻlsak tunu kun sahroda mol-qoʻy boqsak, mehnat-mashaqqat cheksak hamki, unga teng boʻlolmasmiz, - Deya oʻg‘lonlari torindilar. Soʻngra kengashdilar - Yo Yusufni oʻldiraylik, yo shahardan uzoqroqqa badarg‘a qildiraylik. Shunda otamizning muhabbati bizga xos boʻlsa ajabmas.

Savol: Yusufni oʻldiringlar yoki uzoqroq bir yerga olib borib tashlanglar, degan Kim edi?

Javob: Birodarlari bir-birlariga aytganlar. Yana bir javob shuki, Bu soʻzni shayton soʻzlagandi. U keksa chol qiyofaida kelib ularga:
— Yusuf sizlarning qullaring boʻlishga loyiq, - dedi.
— Buning uchun nima qilaylik, - deyishdi birodarlari.
— O’ldiring yoki shahardan olisroq yerga yashiring. Uni qoʻsh-*qumrsqalar yesa, otangiz muhabbati sizlar tomon burilgay, - dedi shayton.
— Yusufni oʻldirsak, otamizga va Olloh taologa osiy boʻlamiz, - deyishdi ular.
— Bu ishni qilgach, tavba etsangiz Olloh taologa osiy boʻlmagaysiz, (Oyat): «Va shundan keyin yaxshi bir qavm boʻlasizlar»;, - dedi shayton va shularni soʻzlagach, g‘oyib boʻldi. Bu gapni muhokama qila boshladilar.
— Bu niyatdan qayting, Yusufni oʻldirmang, uni biror tashlandiq quduqqa tashlangalarki, zora yoʻlovchilar olib ketsa, - dedi birodarlaridan biri.

Savol: Bu tadbirni oʻrgatgan kim edi?

Javob: Aytishlaricha, Rubil edi, chunki u hamalaridan kattarog‘i va xolasining oʻg‘li edi. Yana ba’zilarning aytishlarcha, Yaxudo edi. Ba’zilar Sham’un edi dedilar. Soʻngra «Qon toʻkmaklik - ulug‘ gunoh, quduqqa tashlaylik»;, deb kengashdilar. Maslahat pishgach, otalari qoshiga bordilar.
— Ey ota, kunlar isib qoldi. Bu kun Quyosh otlik sulton Hut degan qishloqdan Hamal degan qishloqqa kirdi. Shu kezda yuksak osmon yig‘lar, haqir yer esa kular. Bulutlarning oqizgan koʻz yoshlaridan yer goʻyoki onadan Yangi tug‘ilgan oʻg‘lon kabi yashnab, yashil maysalarga burkanar. (Shu joyda Rabzuziyning «Bahoriyot»;i berilgan).

Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam navroʻzi,

Kechdi bahman zamharir qish, keldi olam navroʻzi. . .
— Ey ota, bunday safoli kunlarda, suvlar sharqiragan ayyomda Yusufni bizga qoʻshgil, gulga burkangan sahroalrni koʻrsin, qoʻyu-qoʻzilarni koʻrib, koʻngillari yayrasin, qayg‘ulardan forig‘ boʻlsin, - deyishdi oʻg‘lonlari Ya’g‘ub alayhissalomga yolg‘on til bilan.
— Ey oʻg‘lonlarim! Bilasizki, men yusufsiz goʻyo suvsiz qolgan baliqman. Bir dam koʻrmasam chidolmasman, sizlarga qoʻshib sahroga yuborib qandoq ham chidarman, - dedi otasi.
— Ey ota, bizlarga ishonmaysanmi? Yusufga sen ota boʻlsang, bizlar qarindoshimiz. Sen uni qanchalik sevsang, biz ham uni shunchalik suyarmiz, oʻn birodar uchar qushni asraganday asraguvchidirmiz, - deyishdi birodarlari.

(Oyat): «Uni olib ketishlaringiz meni mahzun etar, Men sizlar g‘aflatda qolib, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman»;, - dedi otalari.

Savol: Ya’qub payg‘ambar alayhissalomning «Sizlar ovga borganda Yusufni boʻri yegay»;, demoqligiga qanday dalil bor?

Javob: Payg‘ambarimiz muhammad alayhissalom deganlarki, «Olloh taolo Ya’qubni Yusuf firoqi bilan yig‘latmoqni tilagan chog‘da Ya’qubning koʻngliga havf shahshatini soldi. Bu dahshat vahmidan Ya’qub qirq kecha-kunduz mijja qoqmadi, toat-ibodatdan ayrilmadi, behad azob tortdi. Qirq kecha-kunduz tamom boʻlgach, Ya’qubga uyqu g‘alaba qildi, tush koʻrdi: tushida tog‘ ustida yotganda, Yusuf qoʻynida edi. O’n boʻri paydo boʻlib, Yusufni qoʻynidan tortib, boʻrilardan birining boshqalarini haydab, Yusufni hujumdan xalos qilganini, soʻngra yer yorilib Yusufning unga tushgani va uch kundan keyin yana chiqqanini koʻrgan edi. Ya’qubning qoʻrqinchiga va yuqoridagi soʻzlarni aytmoqligiga sabab shu edi»;.

Otalarining Yusufga ijozat bermasliklarini bilgan birodarlari Yusufning oldiga kelib, aldov vam akr-hiyla bilan koʻnglini ovladilar. Yusuf otasi oldiga borib, yalindi, iltimos qildi:
— Meni birodarlarimga qoʻshib, sahroga yuborgin, gullagan biyobonni va qoʻy-qoʻzilarni koʻrayin, koʻnglim ochilsin.
— Ey koʻzimning nuri, belimning quvvati, koʻnglim chirog‘i, - dedi yig‘lab Ya’qub alayhissalom. - Men seni shunchalik sevarmanki, qarigan chog‘imda sensiz qanday chiday olayin.
— Bilamanki, meni koʻp sevarman. Sevmoqlikning alomati shuki, mahbubing tilagiga rozi boʻlishdir. Mening tilagim birodarlarim Bilan borishlikdir, - dedi Yusuf.
— Ey koʻrkam yuzli Yusufim, soʻzingni qanday qilib sindirayin! Olloh hukmiga rozi boʻldim. Ertaga birodarlaring Bilan qoʻshib yuborurman, - dedi Ya’qub alayhissalom ruxsat bermakka iloj topolmay. - Bu kecha qoʻynimga olayin, bag‘rimga bosayin, koʻrkam yuzlaringga boqib toʻyayin.

Ertasi kuni birodarlari kelishdi, Yusufni otalaridan tiladilar.
— Ey oʻg‘lonlarim, meni Yusufimdan ayrib qoʻymang. Yusufga yaxshi qarang: ochiqsa ovqat Bering, chanqasa suv bering, toliqsa koʻtarib oling. Yusufni oʻzlaringdan yiroq qilmanglar, boʻri va tulkiga oldirmanglar, yaxshi parvo qilinglar. Sizlarni xudoga topshirdim, - dedi Ya’qub alayhissalom yig‘lab turib.
— Ey ota, bu gapni begonalarga aytsang yarashadi, nahotki biz oʻz birodarlarimizni ochqatib, chanqatib qoʻysak, - deyishdi birodarlari.

Ya’qub alayhissalom yig‘lab yurgan holda Yusufning boshini yuvdi, sochini taradi, yaxshi liboslar kiydirdi, soʻngra duoga qoʻl koʻtardi:
— Parvardigoro, Yusufimni senga topshirdim, uni menga tirik qaytargin. Firoq oʻtida yondirmagin, - dedi Ya’qub alayhissalom.

Shundan keyin Yusufni akalari qoʻliga topshirdi. Otalari oldida Yusufni Rubil yelkasiga mindirib oldi. Keyin Yahudo, soʻngra sha’mun, undan Loviy oldi. Ya’qub alayhissalom baland tepa ustiga chiqib, oʻg‘illarining qorasi koʻrinmay qolguncha termulib, boʻtasidan ayrilgan tuyaday ingranib turdi. Ular koʻrinmay qolgach, bor ovovzida yig‘laganicha, uyiga kirib ketdi.

Otalari oldidan uzoqlashgani hamono Yusufni yerga tushirdilar-da:
— Ey rohilning oʻg‘li, otamizga yaxshi koʻrinish uchun yolg‘on tushlar aytganlaring yetmaganday, endi boʻynimizga minarmisan, oʻz oyog‘ing bilan yurgil, - deyishdi.

Piyoda holda oldilariga solib, quvladilar. Yoʻl qumlik, havo issiq edi. Bechora yusufning oyoqlari kuydi. U qaysi akasi yoniga koʻmak istab kelsa, urib quvladilar, rahm qilmadilar. Shunda horigan, qorinlari ochiqqan, chanqagan Yusuf otalarini shafe’ keltirib yolbordi, ammo bunga hech qaysisi quloq solmadi.
— Ey birodarlarim, behad ochiqdim - tamo bering, chanqadim - suv bering, - deya zor-zor yig‘ladi Yusuf.
— Borib yolg‘on tushingdan soʻragil, senga non-suv bersin, deyishdi. Suv soʻrasa - shapati berishdi, non tilasa - musht. Yusuf alayhissalom och-nahor, horib-charchab, qiynalib yurdi, muborak oyoqlari tosh va tikan zahridan yara boʻldi, yuzu koʻzlari qon va tuproqqa belandi. Akalari oldinroq borib bir tepa ustiga chiqdilar-da, kengasha boshladilar.
— Tosh bilan urib oʻldiraylik, - dedi biri.
— Pichoq bilan soʻyib qoʻya qolaylik, - dedi ikkinchisi.
— Borib oʻsha yolg‘on tushingga ayt, seni qutqarsin! - dedi Rubil yuz oʻgirib.

Yusuf alayhissalom Rubildan yaxshilik chiqmagach, Sha’munga borib yolvordi, undan ham turtki yedi, yuzi Bilan yerga yiqilib, yanoqlari qumga belandi. Osmonga boqdi - uzoq, yerga boqdi - qattiq. Oh tortdi, endi Yahudo oyog‘iga bosh urib yig‘ladi:
— Ey Yahudo, bularning hammasidan koʻra mehribon, oq koʻngil edinng, zorimga quloq tut, rahm et, - deb qip-qizil yanog‘i uzra koʻz yoshlarni anhordek oqizdi Yusuf alayhissalom.
— Ey ukajon, menga yaqinlashmagin, sen bilan soʻzlashayotganimni koʻrishsa, meni ham oʻldirgaylar, - dedi mehri tovlana boshlagan Yahudo. Soʻngra atrofiga toʻplana boshlagan birodarlarini insofga chaqirdi. - Ey qarindoshlarim, kelinglar, otamiz haqqini asraylik, ukamizga yovuzlik qilmaylik, ulug‘ kunda qanday javob berishimizni oʻylaylik.

Aka-ukalar Yahudoni turli ta’nalar Bilan ozorladilar. Buni eshitgan Yusuf alayhissalom yolvorib, zori nola qildi:
— Ey birodarlarim, meni qaysi gunohim uchun oʻldirursiz?!
— Buni oʻldirganimiz bilan yer bizga kengayib qoladimi? Kelinglar, qoʻl-oyog‘ini bog‘lab quduqqa tashlay qolaylik, oʻsha joyda oʻlib ketadi, - dedi Yahudo.

Shundan keyin maslahatlashib, Yusufni quduqqa tashlamoqqa kelishdilar. (Izoh boshqa manbalarda bu quduq Som ibn nuh qudug‘i deb ataladi). Yusufni tutib, quduq tepasiga sudrab olib kelishdi. Shunda u har bir birodarining yuziga bir-bir boqib yolvordi:
— Ey birodarlarim, menga rahm qiling. Menga rahmingiz kelmasa, keksa otamga rahmingiz kelsin. Olloh taolodan qoʻrqing!
— Bunday yalinguncha ustingdagi kiyimni yech! - deyishdi unga.
— Ey qarindoshlarim, otam haqqi kiyimlarimni yechib olmanglar. Agar tirik qolsam avratimni oʻraydi, oʻlib ketsam kafanim boʻladi. O’tinchim - qoʻlimni bolamang, toki quduqdagi ilon, chayonlardan oʻzimni qoʻrigayman, - Deya koʻp zorlandilar, parvo qilishmadi.
— Oy, kunu yana bir yulduzingga aytgil kiyim bersin, qoʻlingni yechsin, - deyishdi-da, kiyimlarini yechib olishdi, oyoq-qoʻlini bog‘lashdi. Soʻngra belidan arqonga bog‘lab quduqqa tashladilar. Quduqning yarmiga yetganlarida arqonni kesib yubordilar. Goh boshlaricha, goh oyoqlaricha, quduq atrofiga urinib-turtinib pastga tushib boraverdilar. Shunda Olloh taolodan Sidrat ul-muntahoda Jabroil alayhissalomga farmon boʻldi: «Bandamni tutgil!»; Jabroil alayhissalom quduq suviga yetmasdan turib tutdilar. Quduq ostida bir oq tosh bor edi. Uni suv ustiga chiqardilar va qanotlari Bilan siladilar, tosh muloyim boʻldi. Soʻngra uning ustiga oʻtkazdilar, Olloh taolo farmoni bilan jannatdan bir koʻylak keltirib, kiydirdilar va shunday dedilar:
— Ey Yusuf, Olloh taolo salom yoʻlladi va farishtalar durud aytdilar, senga payg‘ambarlik keltirdim. Olloh taolo ayturki, mening hikmatimga rozi boʻlib, balolarimga sabr qilsin, najot berib, Misr eliga podshoh qilaman, Yana otasiga qoʻshgumdir, - Deya payg‘om keltirdi Jabroil alayhissalom va ushbu duoni oʻrgatdilar:

"Ey bori Hudoyo! Ey har bir qayg‘uni ketkazguvchi! Va ey duolar eshitguvchi! Va ey bor mavjudotning ustasi! Va ey har bir siniqni tuzatguvchi! Va ey g‘ariblarning hamnishini! Va ey yolg‘izlarning munisi! Va ey har bir sirri suhbatning guvohi! Va ey bandaning boshiga tushgan balolardan habardor! Va ey sendan oʻzga birorta ma’bud boʻlmagan poko parvardigoro!

Sendan bu tashvishdan chiqish joyinimenga oson va yengil qilishingni soʻrayman va mening qalbimga oʻz muhabbatingni solib qoʻyishingni soʻraymanki, menda sendan boshqa zikr va qayg‘u boʻlmasin va meni oʻz hifzu himoyangga olishingni soʻrayman va ey mehribonlarning mehribonrog‘i, menga rahming kelishini soʻrayman".

Jabroil alayhissalom qanoti Bilan quduq ichini silagandi boʻston kabi gullar bilan bezandi. Bu quduq madina Bilan misr orasida edi. Kan’onga uch yig‘ochlik yoʻl edi. Uni Nuh alayhissalomning oʻg‘li Som qazigandi. Oti «Hubbul-ahyor»;, ya’ni «Ezgu quduq»; demakdir. Quduqning suvi achchiq edi, shirin boʻldi, qorong‘u edi ravshan va muattar boʻldi. Jabroil alayhissalom Yusuf alayhissalomning qoʻl-oyoqlarini boʻshatdi, jannatdan bir tovoqda meva (behi) keltirdi, yedilar, toʻydilar. Quduqning ichida bir soʻqir ilon bor edi. Yusuf alayhissalomning ovozini eshitib, bosh koʻtargan edi, Jabroil alayhissalom «Ey aziyat berguvchilar, Yusufi siddiq bundan chiqmaguncha bosh koʻtarmang»;, deb nidro qildi, ilonning qulog‘i eshitmaydigan boʻldi.

RIVOYAT. Shayh Basriy (rahmatullohi alayh) ayturlarki, Yusuf quduqqa kirganda yetti yoshda (ba’zi manbalarda oʻn ikki yoshda) edi. Malik qoʻlida sakson yil boʻldi, bir yuz yigirma yoshda vafot etdi. Habarda kelishicha, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Jabroil alayhissalomdan soʻradilar: «Osmondan yerga tushmoqlikda qiynalmasmisan?»; Javob berdi: «Ey Ollohning rasuli! Toʻrt marta behad mashaqqat tortganman. Birinchisi, Ibrohim halilullohni manjaniqqa solib, gulhanga otganlarida Sudrat-ul muttahodan tushib, qanotlarim Bilan oʻtga tushmasdin ilgari tutib oldim. Ikkinchisi, Ibrohim Ismoilni qoʻrbon qilganda pichoqni tortmasdan oldin »;Tutgil!« degan farmon boʻldi. Shunda sidrat-ul muntahodan tushib, pichoqni yuzini orqasiga qaytardim. Uchinchisi, Yusufni birodarlari quduqqa tashlab, arqonni kesganlarida, Sidrat-ul muntahodan tushib, uni tutdim. Toʻrtinchisi, Uhud jangida sening muborak tishingga tosh tegib, qon oqqanda »;Qon yerga tushmasdan burun tutgil!« degan farmon boʻlganda Sidrat-ul muntahodan tushib tutdim. Agar qon yerga tushganida qiyomatga qadar unda maysa-giyoh unmagan boʻlardi. Shu tariqa toʻrt marta mashaqqat tortganman»;.

Savol: Yusufni quduqqa solib, Yana chiqarishlikning hikmati nimada?

Javob: Bashi rva Bushro ismli ikki habashiy yigit bor edi. Ular ikkalasi ham Malik Za’r degan podishohga qul edilar. Qirq yil qullik qilganlaridan soʻng Za’r podshoh Misrda Shomga tomon sayohatga chiqar boʻldi. Olloh qudrati Bilan Ka’non viloyatiga kelib qoldilar. Yusuf yotgan quduq boshiga kelganlarida ularning qoʻlliklariga qirq yil, Yusufni quduqqa tushganiga toʻrt kun boʻlgandi. Bashi rva busharoni quduqdan suv olgani yubordilar. Ular quduqqa chelak tashladilar. Olloh farmoni Bilan Yusuf ikki oyog‘ini chelakka soldi. Bashir chelakni tortib olib, koʻrsaki, chelak ichida oydan-da, kundan-da chiroyli Yusufni koʻrdi va sherigini chorladi:
— Bushro, suyunchi quduqdan bir yigit chiqdi.

Ya’qub payg‘ambar alayhissalomning oʻg‘illari birodarlari Yusufni quduqqa tashlaganlaridan soʻng bir qoʻyni sfoʻyib, unitng koʻylagini oʻsha qoʻyning qoniga boʻyadilar. Kechki payt ular g‘amgin qiyofada, «Oh Yusufim, oh Yusufim»; - deya otalari oldiga yig‘lagan hollarida kirib keldilar.
— Ey ota, Yusufni narsalar oldida qoldirib ketgan edik, bizlar kelguncha uni boʻri yeb ketibdi, - deya qonli koʻylakni otalari oldiga tashladilar.

Bu soʻzlarning eshitgan Ya’qub alayhissalom behush boʻlib yiqildilar. Qachon hushiga kelganlarida «Endi Yusufimni qaerdan izlayin»;, deya faryod chekardilar.
— Qandoq mehribon va rahmdil boʻri ekanki, koʻylagini yirtmasdan yebdi. Agar rostdan ham boʻri yeganida yekoʻylagini yirtgan boʻlardi. Agar koʻylagi uchun oʻldirganida edi, unda nega koʻylakni olib ketmabdi, - deb otash-firoqlari ziyoda boʻlardi. Boʻri yedi deganlarini quloqlari Bilan eshitib, qonli koʻylaklarini koʻzi bilan koʻrib, g‘amlari ziyoda boʻldi, yetti kechayu kundan Kan’on biyobonini zor-zor yig‘lab kezib chiqdi. Tilida esa ushbu soʻzlar joriy edi.

«Ey suyukligim, ey koʻzimning nuri, ey bag‘rimning bir parchasi, ey koʻnglimning mevaasi! Qaysi quduqqa koʻmdilar seni, qaysi djaryoga qarq qildilar seni, qaysi qilich bilan chopdilar seni, qaychsi yerga koʻmdilar seni! Ey Yusufim! Qaysi boʻri qornida yotursan, ushal yumshoq etlaringni yeyar chog‘da qiynalishlarga qandoq sabr qilding. O’shal pokiza suyaklaring qaysi byuiyobonda yotur ekan. Koshki, seni yegan boʻrini koʻrsaydim, oyog‘i tuprog‘ini koʻzimga surtardim, uni oldimdan ketkazmasdim»;.

Yetti kun ichida uch yuz oltmish marta hushidan ketdilar. Uch kun chida biror luqma taom yemadilar, biror qatra suv ichmadilar.

(Izoh: boshqa manbalarda aytilishicha, shu holda farishtala: «Iloho, doʻstingni bunchalik betoqatligiga oʻzing rahm qil!»; Deya munojat qildilar. Shunda Jabroil alayhissalomga farmon boʻldi: «Ya’qub xotiriga tasalli bergil!»; Jabroil alayhissalom keldilar va: «Ey Ya’qub, sabr qilgil, oʻg‘ling bilan topisharsan»;, dedilar. Shunda Ya’qub alayhissalomning: «Ey birodar Jabroil, Yusufdan habar berarmisan?»; degan soʻrog‘iga Jabroil alayhissalom sukut qildilar. Yusuf alayhissalomning birodarlari oʻz g‘qilmishlaridan yuz ming pushaymon va nadomatlar chekdilar, sharmandalikdan otalari yuziga boqa olmadilar).
— Birodamiz Yusufni zoy’e qildik, otamizni oʻldirdik-ku! - deya otalariga qoʻshilib yig‘lashdi ular ham.
— Ey oʻg‘lonlar, bu ish sizlarning makrlaringizdir, hasaddan boʻlgan ishdir. Endi menga sabrdan oʻzga chora yoʻqdir, - dedi Ya’qub alayhissalom koʻzlaridan qonli yoshlar oqizib.
— Ey ota, boʻri yeganiga ishonmayapsan, istasan biz Yusufni yegan boʻrini tutib keltiraylik, zora, uni koʻrib koʻngling taskin topsa, deyishdi oʻg‘lonlari.
— Boring, keltiring, - dedi otalari.

Hammalari biyobonga otlandilar. Oldilaridan bir boʻri chiqib qoldi, uni tutdilar, oyoqlarini bog‘ladilar, og‘ziga qon surtib,

(Izoh: boshqa manbalarda keladiki, boʻri dedi: "Misrdan boʻlaman, bir qarindoshimni yoʻqotibman. Bu mamlakatga uni izlab kelganman. Bilishimcha, uni shu mamlakatning podishohi tutib olibdi. Shuni g‘amida oʻn yetti kun boʻldiki, taom yeganim yoʻq). Ey Ya’’ub, bu yolg‘onchilar meni tutib, og‘zimga qon surtib, senga olib keldilar. Duo qilgilki, uning barokatidan farzandimni topib olsam, - dedi boʻri.
— Shu boʻri yedi, demaganmidilaringiz? - soʻradi ota oʻg‘illaridan.
— Boshqa boʻri yegan ekan, borib topib kelamiz, - deya yana chiqib ketdilar.
— Ey boʻri, Yusuf haqida hech habaring bormi? - soʻradi payg‘ambar.
— Ey nabiulloh, Jabroildan soʻramadingizmi?
— Soʻradim, javob bermadilar.
— Agar ul zot sirni ochmagan boʻlsalar, men ham bu sirni oshkor qilmasman, ammo uni boʻri yemagandir.
— Duo qilsam, farzandingni topsang.
— Men ham duo qilayin, Yusufingiz topilsin. Iloho, Ya’qub payg‘ambarining oʻg‘lini salomat yetkazgan, - jeji boʻri. Ya’qub alayhissalom duosi barokatidan boʻri shu kuniyoq bolasini topdi vash od-hurram boʻlib Misrga qaytib ketdi. Naql qiladilarki, jannatga besh hayvon - Ya’qub alayhissalomning boʻrilari, Ashobi Qahfning itlari, Solih alayhissalomning tuyalari, Iso alayhissalomning eshhaklari, Ali raziallohu anhuning duldullari kirarkan.
— Bu ish oshkora boʻladigan koʻrinadi. Endi borib yusufni topaylik, agar oʻlmagan boʻlsa, chiqarib oʻldiraylik, boshinik yechib otamizga keltiraylik, shunda zora koʻngli joyiga tushchsa, - Deya kengashdi oʻg‘illari sahroga chiqqach.

Shu paytda Yahuda bu kengashdan behabar holda quduq yoniga kelgandi, hol-ahvol soʻrab, taom berayotgandi. Qaytayotib birodarlariga duch keladi.
— Borib Yusufni quduqdan chiqaraylik, otamizning oldiga olib boraylik. Sirimizni aytmaslikni tayinlaylik-da «oʻg‘ri olib ketgandi»;, deb ayttiraylik. Shunda otamizni firoq dardidan qutqaramiz. Bechora otamiz betoqat boʻlib, taom yemay koʻp aziyat chekmoqdalar, - dedi Ya’hudo birodarlariga. Bu gapdan ular behad g‘amgin boʻlishdi. Soʻngra quduq boshiga ravona boʻldilar.
— Qayon borursizlar? - soʻradi shayton la’in solih odam qiyofasida kelib, birodarlar yoʻlini toʻsarkan.
— Yusufni chohdan chiqargani borurmiz, - deyishdi birodarlar.
— otangiz oldida yana yolg‘onchi boʻlasizlarki? Ilgari boʻri yedi deb, endi oʻg‘ri olganda deb borsangiz, gapingizni burdi qoladimi? Otangiz ham, haloyiq ham sizni dushman deb biladilar, - dedi Shayton la’in. (Ushbu gunoh, ya’ni otalarini ranjitganlari sababli ular payg‘ambar boʻlmadilar).

Hikoyatda keladiki, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytadilar: "malik Za’r Hazoyi degan savdogar bor edi. Uyi Misrda edi. U bir kecha tush koʻrdi6 Quyosh osmondan tushib, qoʻyniga kirdi. Soʻngra bir parcha oq bulut kelib, undan javohirlar yog‘ildi. Muabbirlardan ta’birini soʻradi.
— Ey malik, kan’on diyoridan boʻlgan bir qulga ega boʻlasan, mol-mulkin behisob boʻladi, avlodalarining ham boy boʻladilar, - dedi muabbir va malikdan munosib tuhfalarni oldi.

Bu ta’birdan hurram va hushg‘ol boʻlgan Malik hozirlik koʻrib, Shom safariga chiqdi. Kan’on diyoriga kelgach, bir necha kun turib qoldi. Shomga bordi hamki, koʻrgan tushining roʻyobidan darak boʻlmadi. Shomga qaytar chog‘ida ham qulning fikri-yodi xotiridan ketmadi. Qaytar chog‘ida karvon ahli yoʻlini yoʻqotdi. Shunda Jabroil alayhissalom tuyalar boshini tutib, quduqning yoniga olib keldi. Savdogarlar yoʻlidan adashganlarini bildilar, haddi va poenii yoʻq sahro oʻrtasida. Toʻxtab, suv qidirdilar. Ikki qoʻlini (ya’ni, Bashi rva Bushro) suv topib kelishga buyurdilar. Ular suv qidirib yurib, quduqqa duch kelishdi. Charm chelakni quduqqa tashlab, suv tortib oldilar. Uchinchi tortishlarida Yusuf alayhissalom oʻzini chelak ichiga soldi. Shu mahalda Jabroil alayhissalom: «Ey Yusuf, esingda bormi, falon paytda oʻzingni oynaga solib, bahoingni bilmoqchi boʻlganding, endi oʻz bahoingni koʻrgil»;, dedilar. Qullar chelakni quduqdan torta olmadilar, yordamga uchinchi odamni ham chaqirdilar. Malikni ham chorladilar toʻrt kishilashib tortdilar. Shunda Jabroil alayhissalom koʻmakka keldi, chelakni tortib olishdi. Koʻrdilarki, chelak ichida bir oy ruhsor oʻtirardi.
— Ey bashorat boʻlmish zot, qachondan beri seni koʻyingda yurardim, endi topdim, - dedi Malik. . .

Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarganlarida ul zot qoʻllari Bilan ikkila habashiy qulning yuzlarini silanandi, badanlari oppoq boʻldi. Bundan sevinishib imon keltirdilar va sajdaga bosh qoʻydilar.
— Ey yigitlar, mahluqqa, mahluqqa sajda qilmangalar, bu ravo emas, sizu bizni yaratgan tangriga sajda qiling, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Sizu bizni kim yaratgandir? - soʻradi Bushro.
— Borliqni yaratgan Ollohdir. Uning mulkiga sherik va zavoli yoʻqdir, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Bizga imondan saboq bergil, - deyishib, Yusuf alayhissalom koʻmagi bilan imon keltirdilar va musulmon boʻldilar. Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarmoqning hikmati shu edi.\

Savol: Payg‘ambar farzandlarini sotmoq joiz emas. Yusufning qul sifatida sotilmog‘iga nima hikmat bordir?

Javob: Kunlarning birida Yusuf koʻzguga boqib, oʻz aksini koʻradi va hayratlanadi. Shunda uning koʻnglida «Shu chiroy Bilan qul boʻlganimda sotib olishga kimning kuchi yetar edi»;, deya oʻz koʻrkiga quvongandi. Goʻzalikka quvonmoqlikning bahosini koʻrgizdilar. Sotilmoqlikning hikmati shunda.

Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarib olganlarida birodarlari yetib qoldilar.
— Bu bizning qochib yurgan qulimiz edi, uch kundan beri qidirib yurgandik, agar olmoqchi boʻlsang, sotamiz, - deyishdi. Soʻngra Rubil kelib, Ibriy tilida tayinladi: - Biz nimani istasak, sen shunday edi, deb turgil, yoʻqsa oʻldiramiz.
— Qulmisan? - soʻradi Malik Za’r.
— Ha, qulman, Ollohning quli, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Bu qul kichikligidan boshlab biz bilan birgadir, shu bois sotishga koʻngilimiz yoʻqdir, agar oʻzi hohlasagina soamiz, - deyishdi. Ammo, buning uch aybi bor, birinchi aybi - oʻg‘ridir, ikkinchi aybi - qochoqdir, uchinchi aybi - yig‘loqidir.
— Mayli roziman. Ammo menda aqcha yoʻq edi, istasangiz ot, tuya, mol-qoʻy berayin, - dedi malik Za’r.
— Bizga unday narsalar kerak emas, ulardan zerikkanmiz, ozgina boʻlsa ham aqcha bersang boʻldi, rozimiz, - deyishdi ular bir-birlari bilan obdan kengashib olgach. Negaki, ular mol-qoʻy oladigan boʻlsalar, otalari oldida ayblari oshkor boʻlib qolardi.
— Qnacha beray boʻlmasa, - dedi malik Za’r.
— O’n sakkiz aqcha bersangiz kifoya, - deyishdi.
— Mayli, oling, - dedi Malik Za’r va oʻrnidan turib aqcha keltirdi. Misr aqchalarini tarozida tortib koʻrdilar, ular Kan’on yarmog‘ining yarmiga toʻg‘ri keldi. Demak, Yusuf alayhissalom toʻg‘g‘iz Ka’on aqchasiga sotildi.
— O’z qoʻlingiz bilan xat qilib berasiz,- dedi Malik Za’r.
— Xatni shu shart bilan beramizki, qulimizning oyog‘iga kishan urasan, qattiq egarga mindirasan, uzoqroq yerga olib borib sotasan, - deyishdi va shurtga Malik Za’r ham rozi boʻldi.

Xat bitildi, uni Yahudo yozdi:

«Bismillohir rahmonir rahiym. Biz Ya’qub alayhissalomning oʻnala oʻg‘lonlari: Birinchi - Rubil, ikkinchi - Sham’un, uchinchi - Yahudo, toʻrtinchi - Loviy, beshinchi - Joda, oltinchi - Don, yettinchi - Yag‘sar, sakkizinchi - Yastoxir, toʻg‘g‘izinchi - Zabotuq (ba’zi rivotlarda Riyyolun deyilardi), oʻninchi - Qozur -Yusuf degan qulimizni malik Zo’rga oʻn sakkiz aqchaga sotdik hamda uch aybini: oʻg‘rilik, qochoqlik, yig‘loqilik - aytdik va Malik Za’r bilan uch shartga - oyog‘iga kishan urmoqlik, qattiq egarga mindirmoqlik, yiroq joyga eltib sotmoqlikka kelishdik, deb bu xatni faoln kun, falon oyda oʻz qoʻlimiz bilan bitdik»;.

Vaqtiki, birodarlari Yusuf alayhissalomni Malik Za’rga topshirib, oʻtovlariga qaytgandan soʻng uylariga ketmay turdilar. Chunki ular koʻnglida «Mobodo Yusuf, otamiz qoshiga qochib borib, bizlarni sharmanda qilmasin»;, degan hadik bor edi. Kech kirgach, Yusuf alayhissalom Malikdan ruxsat tiladilar:
— Ey Malik, bir kishini hamroh qilsang, birodarlarim bilan vido qilib kelsam. Kichikligimdan beri ular Bilan katta boʻlganman.
— Ular seni qulimiz deya sotishdi-yu, sen boʻlsang birodarlari deysan, - deya taajublandi. Shundan boʻlsa-da bir odamni hamroh qilib ruxsat berdi. Oyoqlariga kishan urilgan Yusuf alayhissalom yiqila-yiqila koʻrklik yuzlari tuproqqa belanib, yanoqlariga tikanlar sanchilib, yuzu koʻzi qonga belanib, qarindoshlari oldiga keldi. Yusufni bu ahvolda koʻrib, ular ham yig‘lashdi, hijolatdan yuziga boqolmadilar.
— Ey birodarlarmi, bunday ishni menga nisbatan qildingiz, boshqalarga hargiz qilmangiz. Qari otamdan ayirdingiz, qiyomat kuni unga qanday javob berarsizldar?! Taqdiri ilohiy shu ekan, rizo boʻlmoqdan oʻzga choram yoʻq. Otamga mendan salom denglar. Otam men uchun koʻp ta’ziyatlar tutadilar, - dedi Yusuf alayhissalom birodarlarining har qaysisi Bilan alohida-alohida vido qilarkan. Navbat Yahudoga yetganda boʻynidan quchoqlab olib, hoʻng-hoʻng yig‘ladi. - Ey jondan aziz qarindoshim, menga hammadan mehribonroq eding. Qaerda quduq koʻrsang, meni yodingga olgin. Qachonki otam Bilan birga boʻlsang, «Yusuf qaerda ekan, Kim bilan birga yuribdi ekan»;, deb yodlagin. Ey Yahudo, bugun toʻrtinchi kunki, sizlardan ayrilganman. Sizlarsiz g‘ariblikda nima qilaman, - dedi Yusuf alayhissalom akalariga qarab.

Yusuf alayhissalom shunday bir holatga tushdiki, butun badani suv boʻlib eridi, iztirobga tushdi-da, betoqatlik bilan «Oh, onam! Oh, onam!»; deganicha oʻzini tuyadan tashladilar. Qabrni quchoqlab, oftobdek ravshan yuzlarini tuproqqa surtib, rosa yig‘ladilar. Ul zotning yig‘ilaridan osmonda uchgan qushlaru, daryoda suzgan baliqlar ham tug‘yon va fig‘onga keldilar.
— Eyo onam, sizdan ayrilganim yetmasmidi, otamdan ham ayirdilar. Ustiga-ustak qul boʻlib sotildim, qattiq egardan nozik badanlarim yanchildi. Qoʻl-oyog‘im og‘ir zanjirlardan xarob boʻldi. Mehribonginam, koshki tirik boʻlganingizda holimni soʻrgan boʻlardingiz, - Deya nolayu zor qildilar.
— Ey hojam, u qul tuyadan tushib qochibdi, - deya faryod koʻtardi qul Aflih Yusuf alayhissalomni yoʻqotib qoʻyib.
— Sotgan kishilar qochoq ekan deb toʻg‘ri aytgan ekanlar, - dedi Malik qidirib topinglar.

Hamma izlashga tushdi. Aflih yetib kelib koʻrdiki, u bir qabrni quchib, yig‘lab yotardi.
— Boʻldi, bas, oʻg‘ri qul! - deya zolim habash Aflih Yusuf alayhissalomni bir shapatilab urdi va oyoqlaridan sudrab olib bordi. Shunda Yusuf alayhissalomning koʻzi oldida oʻt chaqildi, koʻngli og‘rindi, og‘iz-burinlariga tuproq toʻldi, girya va nola qildi:
— Iloho, oʻzing koʻrib, bilib turibsa! Na boʻlg‘ayki, karvon ahliga qudrating Bilan bir tanbeh bersang!
— Iloho, bu yetim bechoraning holiga rahm qil, uning nolasiga toqatimiz qolmadi, - deyishdi farishtalar ham larzaga kelib.

Duo ijobat boʻldi. Shamol qoʻzg‘ali, olamni qora bulut bosdi. Shamol zoʻrayib, koʻz ochib boʻlmay qoldi. Qorong‘ulik kunduzni kechga aylantirdi. Karvon yoʻlini yoʻqotdi.
— Agar karvonda Ollloh taologa isyon qilgan kishi boʻlsa, tavba qilsin, - dedi Malik Za’r karvonni toʻplab. Shoyad, Olloh taolo bu baloni bizlardan daf qilsa.
— Bu oʻg‘lon duo qilgandi, shu voqealar sodir boʻldi, - dedi Aflih Malik Za’r oldiga borib. Shunda Malik Aflihni olib kelib, Yusuf alayhissalomning oyoqlariga yiqildilar, uzrhohlik qildilar.
— Ey Yusuf, bu Afliq bilmay beadablik va behurmatlik qilibdi. Siz avf etib, gunohini bag‘ishlang, shoyad bu balo bizdan daf boʻlsa.

Yusuf alayhissalomning koʻngillari hush boʻldilar, kuldilar. Shu zamon havo ochildi, olam charog‘on boʻldi. Karvon ahli bu moʻjizani koʻrib, xushg‘ol boʻldilar. Yusuf alayhissalomning oyoqlaridan kishanlarni yechib oldilar, chiroyli kiyimlarni kiydirdilar.
— Ey Yusuf, sen karvonning oldida yurishga loyiqsan, boshqalar hammalari seni orqangdan yursinlar, - deyishdi unga. Olloh taolo bir parcha bulutga amr qildi. Bu bulut soya qilib, choʻl issig‘idan saqlab bordi.
— Ey malik, bu bola Ollohga yaqin oʻg‘lon ekan. Uning koʻnglini zinhor og‘ritmang! - deyishdi karvon ahli bu moʻjizalardan tong qolib.
— Ey Yusuf, tuyadan tushib qolibsan, qochish maqsading bormi? - soʻradi malik Za’r.
— Hudo saqlasin, hargiz qochmagayman. U joyda onamning qabri bor edi, u bilan vidolashgani tushgandim, - dedi Yusuf alayhissalom.

Savol: payg‘ambarlar haloyiqni duoibad qilmas edilar. Yusufning karvon ahlini duo qilmog‘ida ne hikmat bor?

Javob: Yusufning duosi duoibad emas. U xot bu qul meni urdi, gunohkor boʻldi, qiyomatda azob koʻrgusi. Zora Olloh qudratini koʻrib, tavba qilsa, gunohidan forig‘ boʻlsa, doʻzax azobidan qutilsa, degan umidda hayrli duo qilgandi.

Alqissa, karvon yoʻlga ravona boʻldi. Misrga yetishga bir kunlik yoʻl qolganda Ushvon degan joyda, dengiz qirg‘og‘ida toʻxtadilar.
— Ey oʻg‘lim, suvga tushib, yuvinib, oʻzingni gard-g‘uborlardan poklab olgin, ertaga shahar xalqi bilan uchrashurmiz, - dedi malik Za’r.

Yusuf alayhissalom suv boʻyiga keldilar va Ollohga munojat qildilar:
— Iloho, bir pardani karomat qilgil. Badanlarimni kishilar koʻrmasinlar.

Olloh taolo Aynulhiton baliqqa amr qildi. U baliq suv ichidan chiqib, gavdasi biolan Yusuf alayhissalomni toʻsdi. Ul zot yechinib, yuvina boshladi.
— Iloho, Yusufning barokatidan shunday karomat bergilki, jamiki baliqlar ichida nomim ezgulikka burkansin, - dedi baliq. Bu duo ijobat boʻldi. Olloh taolo unga ikkita balo berdiki, ulardan birining qornida Yusuf alayhissalom qirq kun turdi. Yana birining qornida esa Sulaymon alayhissalomning uzuklari qirq kun turib qoldi.

Yusuf alayhissalom yuvinib boʻlganlaridan soʻng Jabroil alayhissalom jannatdan nurdan yaratilgan koʻylak keltirdi. Malik Za’r unga shohona toʻn kiydirdi, boshiga oltin toj, kiydirib gavharlar Bilan ziynatilgan kamar bog‘ladi. Yasatib, tuya kajavasiga oʻtkazgan edi Yusuf alayhissalomning bir husnlari ming boʻldi, haloyiqning koʻzi hira, aqli tiyra boʻldi.

Savol: O’sha karvon ichida boshqa joylardan kelganlar ham bor edi. Yusufni aynan Malik Za’r qoʻliga tushirilganda qanday hikmat bor?

Javob: Misr shahrida Zulayho degan zaimfa bor edi. Olloh taolo taqdiri azalda bu zaifaga Yusuf alayhissalom qoʻlida imon keltirishlikni taqdir qilgandi. Yusufning Malik Za’r sotilish, Misrga keltirilishi va Yana sotilishidan sabab shu edi.

Vaqtiki, malik Za’r Yusuf alayhissalomni Misr yaqiniga olib kelganida shaharda shunday gap yurdi: «Malik osmon oyini yerdan topib olganmish. Kimki uning yuziga boqsa, koʻzi hira boʻlarmish. Uning husnu malohati oldida kunu oy hira tortarmish»;. Bu gapni eshitgna Misr ahli borki, hammasi: yoshu qari, erkaku ayol tomoshaga chiqdilar. Hammasining koʻzi Yusuf alayhissalomda edi, uning boshi uzra bir parcha bulut soya tashlab turardi. Buni koʻrgan odam borki, oshiqu shaydo boʻlardi, Yana bir koʻrsam, deya orzu qilardi, hargiz ajratgilari kelmasdi. Hamma viloyatning beklari kelib, Yusufni sotib olmoq umidida oltin, kumush, mol-qoʻy, tovar yig‘a boshladi. Ular pullari yetmasa, jonlarini ham berishga tayyor edilar. Dallollar oraga kirib, narhini tinmay oshirish payida edilar. Chiroyli koʻrinishli ayvon qurib, naqshlar Bilan bezatdi, shohona gilam va bisotlar bilan oroyish berdi. Oltin taxt qoʻyib, zarboplar Bilan bezatdi. Juma kuni edi. Misr xalqi kimdir sotib olishga, kimdir tomoshaga yig‘ildilar. Jarchi baland ovoz Bilan chorlay boshladi:
— Ey Misr xalqi, koʻringlar, chiroyda hech bir odam bolasi tenglasha olmaydigan bu oʻg‘lonni kim sotib oladi. Kulcha yuzli, yumaloq boshli, qora sochli, oʻngi soʻlida qirq gajaklik, badani kumushdek oppoq, qoshlari kamon bilan chizilgandek kamon, yuzi kundek ravshan, yanoqlari anor donasidek qizil, kipriklari oʻqdek, tishlari gavhardek, og‘izlari pistadek, hipcha bellik, shirin soʻzlik - suratiyu sifati shunday oʻg‘lonni sotib olishga kim qodir. (Oyat) «Kim dunyoda oʻxshasha boʻlmagan nazofatli, goʻzal soʻzli g‘ulomni Kim sotib oladi?»;
— Ey jarchi, - dedi Yusuf alayhissalom boshini quyi solib, koʻzidan qonli yoshlarni oqizib, - sifatlaydigan boʻlsang toʻg‘risini soʻzlagin.
— Qanday aytayin, - dedi jarchi.
— Aytgilki, (Oyat) «Kim dunyoda tengi boʻlmagan qayg‘uli, zaif, orqi, bechora bir g‘ulomni sotib oladi»;, deb. Sening aytganlaring urf va odatlarga mos emas, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Rsotini aytarman, - dedi jarchi.
— Rost soʻzlashga koʻngling moyil boʻlsa aytgilki, (Oyat) «Kim Ollohning doʻsti Ibrohimning abirasi, ollohning qurboni Ishoqning nabirasi, Ollohning bandasi Ya’qubning oʻg‘li, Ollohning rostgoʻy bandasi Yusufni qul qilib sotib oladi»;.
— Shunday desam haloyiqning yuragi yorilmaydimi? - taajjublandi jarchi.

Aytishlaricha, dallollar yig‘ilib, Yusuf alayhissalomning narxini oshira boshladilar. Uning qiymatini oʻzi og‘irligicha oltin, oʻzi og‘irligicha kumush, oʻzi og‘irligicha ifor, oʻzi og‘irligicha shakar, oʻzi og‘irligicha harir, oʻzi og‘irligicha anbar, oʻzi og‘irligicha kofurga tenglashtirdilar. Yana ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, Yusuf alayhissalomning oʻn yoʻsindagi og‘irligicha boʻldi. Qachonki, jarchi Yusuf alayhissalom otalarining nomlarini ayta boshlasa, Malik Za’r koʻzi yoshga toʻldi, koʻnglida oʻt alanga oldi.
— Ey Yusuf, oʻsha kunda quduq boshida bu sirni nega aytmading, sotib olmagan boʻlardim, - dedi Malik Za’r.
— Birodarlarim meni oʻldirib qoʻyishlaridan choʻchigandim, - dedi Yusuf alayhissalom. (Oyat) «Tag‘in sen kaon tepaliklaridan birida oʻtirib olib, »;Ey Parvardigorim, dilimning mevasi, qoʻzimning qorasi oʻg‘limni menga qaytarib ber!« deb zor-zor yig‘lab turgan g‘amgin moʻysafidning oʻg‘li boʻlmagin»;, - dedi Malik Za’r.
— O’sha koʻzi yoshlik, bag‘ri kuyuk, firoq oʻtida oʻrtangan, hasrat dengizida g‘arq boʻlgan, oʻqday boʻyi yoydek egilgan, oydek ochiq koʻngilli tutdek toʻkilgan Isroilloh oʻg‘li, Zabihulloh nevarasi, Halilulloh chevarasi boʻlgan Yusuf mendirman, - dedi. Buni eshitgan malik Za’r oʻrnidan shartta turdi-da, Yusuf alayhissalomning oyoqlariga yiqildi, behad uzr soʻradi.

O’sha paytda misrning podishohi malik Rayyon ibn Navzod, ibn ol-Valid ibn arosht, ibn Miron, ibn Umar, ibn Amloh ibn Lovad ibn Som ibn Nuh alayhissalom edi. O’g‘lon ovozasi unga ham yetdi. U Azizi Misr ismli vazirini joʻnatdi6
— Borib koʻrgil, odamlar aytganchalik boʻlsa, sotib olay.

Azizi Misr kelib, Yusuf alayhissalomni taxtu izzatda, toju davlatda, husnu malohatda koʻrib, tanu dili Bilan oshufta boʻldi. Oh deganicha otidan tushdi-yu, hushi boshidan uchdi, soʻzlagani holi qolmadi. Malik Za’rga Rayyon Malikning soʻzlarini aytganicha iziga qaytdi.

FOYDA. Koʻrarsanki, Quyosh ismli podshoh tunning yarmida baland osmondan malohatli yuzni koʻrmoq uchun qora yerga oʻzi tushdi, Yusufga sajda qildi.

Iso alayhissalom ahvolida ham insoniyatga toʻsiq-parda qoʻyildi, u ham boʻlsa otaliq pardasi ediki. haloyiq to qiyomatga qadar fitnada qoldilar, maryamni Ollohning xotini dedilar, Iso alayhissalomni Hudoning oʻg‘li dedilar. Ammo Yusuf alayhissalomning yuziga niqob tortmadi, suratini hijob ichiga yashirmadi, shuning uchun quyosh va oy uning jamolin koʻrib bir kecha osmondan tushdi, sajda qildi. (Oyat) «Agar Olloh taolo inson ruhini shakllantirib koʻrsatganda edi, uni koʻrgan odam borki, sajda qilgan boʻlardi»;. Aziz ham shu boisdan oy yuzli oʻg‘lonnikoʻrib, oyog‘iga bosh urdi.

Xullas, Azizi Misr Yusuf alayhissalomni sotishlarini soʻradi.
— Hali shaharga kirganimiz yoʻq, bozorni ham koʻrmadik, qulni bozorga solmadik. Ertaga siz nimani istasangiz, oʻshani qilarmiz, - dedi Malik Za’r va Aziz Misrni qaytarib yubordi.

Ertasi kuni Malik Za’r Yusufga podshohlar libosini kiydirdi, boshiga toj kiydirdi. Qosh yoylari, kpriq oʻqlari, malohat lashkari Bilan jonlarni asir etmoqlikka, ellarni talamoqlikka, koʻngillarni zabt etmoqlikka qasd qilib, shohona kiyimlar kiygan, shohona otlar mingan holda Misrga kirib bordilar. Yusuf alayhissalomni bir taxt ustiga oʻtqizdilar. Jarchilar ishga tushdilar:
— Mana bu latofatli, zarofatli qulni bahosiga yetib kim oladi7
— Mana bu g‘arib qulni kim oladi, deb aytgin, - dedi Yusuf alayhissalom boshini quyi solib, koʻzidan yoshlarini oqizib.
— Mana bu nodir qulni kim oladi? - dedi jarchi.
— Mana bu haydalgan qulni kim oladi degin, - dedilar Yusuf alayhissalom.
— Mana bu latif qulni kim oladi, - dedi jarchi.
— Mana bu zaif qulni kim oladi degin, - dedi Yusuf alayhissalom.

Jarchi xislatlarini deb tirishardi, Yusuf alayhissalomning esa koʻzidan yoshlar shashqator boʻlardi.
— Ey Yusuf, qayg‘urmagil, sabr qilgil. Bugun qul boʻlib stoilsang, ertga podishohlikka yetkazib, Misr xalqini qul qilib berurman. Bugun horlikni tortib, ertaga izzatini koʻrgin. Bugun «Men olayin»;, degan haridor, ertaga «Men sotayin»;, deb intizqor boʻlurlar, - Ollohning bu amirini Jabroil alayhissalom olib keldilar. (Oyat) «Bu mamlakatda Yusufga biz shunday martaba berdik»;.

Rivoyatlarda kelishicha, Vahab ibn Munabbah aytdilar: «Yusufning bahosi toʻrt yuz ritl oltin, toʻrt yuz ritl, toʻrt yuz ritl inju, toʻrt yuz ritl gavharga teng boʻldi»;. Zulayho eri Azizi Misrga dedi.
— O’sha oʻg‘lonni sotib oling, bizga qul boʻlsin. (Bilmadiki uning zi qul boʻlarini).

Yana bir rivoyatda Zulayho kajavada oʻtirib, sayr tamoshadan kelayotganda Yusufga yoʻliqdi, koʻngli buzildi.
— Bu oʻqlonni sotib olgin, - dedi Azizi Misrga.
— Bizda buning bahosiga yetgulik molimiz yoʻq dedi Aziz.
— Bor molimizni beraylik, yetmaganiga otamdan keltiray, u ham yetmasa boʻynim va quloqlarimdagi ziynatlarimni ham chaqirib berayin, - dedi Zulayho. Darhaqiqat, qullik ipi bog‘langan boʻyniga marjon ne hojat!
— Ey Zulayho, men Yusufni sotib olish uchun podshohdan vakil boʻlib kelganman. Sening nomingdan ham soʻzlayin, - dedi Aziz.
— men borib podshohdan ruxsat soʻrayin, rozi boʻlsa, Yusufni sotib olayin, - dedi Zulayho. U parvonaday oʻzini olovga otda, qul olmoqchi boʻlib, oʻzini qullikka sotdi. Yoʻli Yusufga, koʻzi goʻzalga tushgach, tuzoq qoʻyaman deb, oʻzi tuzoqa tushdi. Koʻz Bilan koʻrayin deb, koʻnglini oldirdi. Uzoqqa yuguraman deb, qopqonga ilindi. Yoʻl ustida toʻlin oyni koʻrdi-yu, asir boʻldi. Xushsiz boʻlib otdan tushdi-yu, chechakday chehrasi soʻldi. O’zga chora topolmay Azizga Yusufni olishni targ‘ib qildi. Iloji boʻlmagach, podshohga bordi, iltimos qildi. Ijobat boʻlgach, mol toʻpladi, bahosini berib Yusuf alayhissalomni sotib oldi.

Aytadilarki, malik Za’r Yusuf alayhissalomning otalari kimligini bilgach, Halilning nasabidan ekanini bilgach, Isroil urug‘idanligini bilgach, savdodan pushaymon boʻldi, ba’yni buzmoqchi boʻldi, ammo uddalay olmadi. Yusufni olib Kan’onga eltmoqchi, olganlarini qaytarmoqchi boʻldi-yu, koʻnmadilar. Nechukki, azalda bu taqdirni malik Zay’r yozmagandi. Taqdirda yozilgan qismadni Za’r oʻg‘li buza olmasdi. Zulayhoning koʻngilda tushgan «Uning muhabbatiga mubtalo boʻlibdur»; oyati hukmiga Malik Za’rning shafoati foyda bermasdi. «Anna shunday martaba berdik biz Yusufga oʻsha mamlakatda»; oyati amriga Abu Zuloma qanday ham ora kirsin, Zulayhoning koʻnglidan ishqni qandayin chiqarsin, Yusufni bu davlatdan nechun mahrum eta olsin. oʻsha savdo uzilmagach, bay’ buzilmagach, Yusuf alayhissalomga yolvorishga tushdi.
— Ey risolatga erishgan sulola xonadonining a’zosi, payg‘ambarlik ildizining mevasi, ey saltanat vorisi, ey saodat muhri, ey aslnasab odamizodlar ulug‘i! Koshki, oʻsha kunda rost aytganingda sotib olmagan boʻlardim. Olsam ham Kan’onga olib borgan boʻlardim. Endi nima qilayinki, erkim qolmadi, qaytarib olmoqqa qoʻlim qisqa, yarog‘im yoʻq, soʻzimdan qoʻytmoqqa holim qolmadi. Imkonim yoʻq, nima hiyla qilayin, kimdan kengash soʻrayin.
— Boshqa yoʻling qolmagan boʻlsa, hamma bahoimni olmagin, ozod kishilar bahosiga sotmagin, - dedi Yusuf alayhissalom. Malik za’r bu soʻzni qabul qildi. Baholarni tushira boshladi.

LATIFA. Oqil kishilarga oyyu kunday ravshanki, kofirlar bu dunyoning chiroyini behad koʻp mol berib sotib oldilar, lekin og‘rinmadilar, chunki ular ham mol oldilar, ham jamol. Musulmonman deguvchilar, sizlar oxirat Yusufin (ya’ni goʻzal oqibatin) toat-ibodat otlik narx bilan sotib olishda og‘rinmang, yoʻqsa, ikkisidan ham quruq qolursizlar. Negaki, (Oyat) «Albatta Olloh taolo birovga oxiratning hisobiga dunyo beradi»;.
— Sening soʻzlaringni eshitdim, - dedi molik Za’r Yusuf alayhissalom oldiga kelib. - Olgan mollarni Azizi Misrga topshirdim. Endi sendan bir hojatim borki, ijobatidan umidvor haridorman. Molim behad ziyoda-yu ammalarim yoʻq. Butoqlari yoʻq quruq yog‘ochman. Sendan duo boʻlsa, uning ijobatiga haqdan umidim bor. Aytdilarku, oʻg‘il-qiz goʻrga nur, koʻzlarga Surur bo’larlar. Rasul alayhissalom aytadilar: «Farzandlarimiz - yerda yurgan jigarlarimiz»;.

Bu soʻzlarni eshitgan Yusuf alayhissalom koʻkka muidvor tikildi.

Jabroil amin shu lahzada keltirdi:
— Ey Yusuf, bu qulimizning hojatini soʻragin, ijobat eshiklari ochiq.
— Ey risolatga erishgan sulola xonadonining a’zosi, payg‘ambarlik ildizining mevasi, ey saltanat vorisi, ey saodat muhri, ey aslnasab odamizodlar ulug‘i! Koshki, oʻsha kunda rost aytganingda sotib olmagan boʻlardim. Olsam ham Kan’onga olib borgan boʻlardim. Endi nima qilayinki, erkim qolmadi, qaytarib olmoqqa qoʻlim qisqa, yarog‘im yoʻq, soʻzimdan qoʻytmoqqa holim qolmadi. Imkonim yoʻq, nima hiyla qilayin, kimdan kengash soʻrayin.
— Boshqa yoʻling qolmagan boʻlsa, hamma bahoimni olmagin, ozod kishilar bahosiga sotmagin, - dedi Yusuf alayhissalom. Malik za’r bu soʻzni qabul qildi. Baholarni tushira boshladi.

LATIFA. Oqil kishilarga oyyu kunday ravshanki, kofirlar bu dunyoning chiroyini behad koʻp mol berib sotib oldilar, lekin og‘rinmadilar, chunki ular ham mol oldilar, ham jamol. Musulmonman deguvchilar, sizlar oxirat Yusufin (ya’ni goʻzal oqibatin) toat-ibodat otlik narx bilan sotib olishda og‘rinmang, yoʻqsa, ikkisidan ham quruq qolursizlar. Negaki, (Oyat) «Albatta Olloh taolo birovga oxiratning hisobiga dunyo beradi»;.
— Sening soʻzlaringni eshitdim, - dedi molik Za’r Yusuf alayhissalom oldiga kelib. - Olgan mollarni Azizi Misrga topshirdim. Endi sendan bir hojatim borki, ijobatidan umidvor haridorman. Molim behad ziyoda-yu ammalarim yoʻq. Butoqlari yoʻq quruq yog‘ochman. Sendan duo boʻlsa, uning ijobatiga haqdan umidim bor. Aytdilarku, oʻg‘il-qiz goʻrga nur, koʻzlarga Surur bo’larlar. Rasul alayhissalom aytadilar: «Farzandlarimiz - yerda yurgan jigarlarimiz»;.

Bu soʻzlarni eshitgan Yusuf alayhissalom koʻkka muidvor tikildi.

Jabroil amin shu lahzada keltirdi:
— Ey Yusuf, bu qulimizning hojatini soʻragin, ijobat eshiklari ochiq.
— Qanday duo qilayin. Ishorat va ibodatni oʻrgatgil, ey Jabroil, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Aytgilki: «Ey birovni azizu, birovni hor qilguvchi Zot! Ey birovning martabasini balandu, birovnikini past qilguvchi Zot! Ey birovga berguvchiyu, birovni mahrum qilguvchi Zot! Ey har narsaga qodir Zot, mana bu boʻysafidga oʻg‘il farzandlar ato etgil!»; - dedi Jabroil amin.

Tanbeh. O’e oʻg‘il-qizi boʻlmaganlar, murodi hosil boʻlmaganlar! Qalblaringizni poklang, e’tiqodingizni mustahkamlang, bu kalimalarni tilda joriy qiling. Yusuf alayhissalom duosi barokati tufayli Olloh taolo barcha tilaklaringizga yetishtirgay. Inshoollohu taolo!

Siddiqning bu duosi ijobat boʻldi. Abdulloh ibn Abbos r.a.ning rivoyatiga koʻra, «Yusuf alayhissalomning Molik Za’rga qilgan duosi ijobat boʻldi. Molikning oʻn ikki choʻrilari bor edi. Ul kecha hammalari Bilan qovushdi. Ularning har qaysisi egiz farzandga homilador boʻldilar. Toʻqqiz oydan soʻng yigirma toʻrt oʻg‘il tug‘ib berdilar»;.

Savol: Yusuf alayhissalomning Ollohga shunchalik yaqin holati boʻlsa-yu, bunchalik mashaqqat tortmog‘iga ne sabab?

Javob: Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo alayhissalom deydilarki: «Haqiqatda balolarning eng kattasi payg‘ambarlarga tushadi, ulardan keyin avliyolarga, undan keyin ulardan quyilarga va undan keyin shu tartibda. Olloh taolo dargohida avliyo qullar misoli igna kabi boʻladilar. Hamma choponlar igna bilan tikiladi-yu ammo oʻzi yalang‘och qoladi. Yoki ba’misoli chiroq: oʻzi yonaru, oʻzgalarga yorug‘lik berar»;.

Ammoriy qissalarda kelishicha, Yusuf alayhissalomni savdolashib, sotib olinayotgan paytida tuya minggan koʻchmanchi arabni koʻrishibdi. Ul tuya bu oy yuzlik zotni koʻrib tilga kiribdi: «Yaratganning taqdirida nima hikmat bor bilmasman»;. Buni eshitgan hamma haloyiq lol qoldilar. Aytishlaricha, tuya uch kunlik masofadan Yusuf alayhissalomning hidini sezdi, koʻrmoqqa mushtoq boʻldi, uch kungacha na oʻt yedi, maqsadiga yetgach, soʻzlab yubordi. Ishorat. Yusuf alayhissalom tufayli munglik va bezabon tuyaning holi shu boʻlgach, bechora Zulayho qandoq sabr qilsin.

Aytishlariga koʻra, Zulayho Azizi Misrning xotini edi. Azizi Misr qibtiy edi, Rayyon Malikning etikdoʻzi edi, moʻmin edi, imon keltirganini Rayyon malik ham bilar edi. Unga «Sening yumushlaringni ado qilayin, meni imondan qoʻytarmagil»;, deb oʻtinch qilgan edi.

Olloh taolo Yusuf alayhissalomning koʻrkidan olib, Zulayhoga ham bergan edi. Aytishlaricha, oʻsha kunda Yusuf alayhissalom oʻn uch yoshda, Zulayho esa oʻn sakkizda edi. Azizi Misr Yusuf alayhissalomni sotib olib, uyiga keltirdi.
— Bunga yaxshiliklar qilgin, boshqalardan ortiqroq qaragin, totli taomlar, yumshoq kiyimlar kiydirgin, uni g‘oyatda izatli tutgin, - dedi u Zulayhoga tayinlab. - Bizlarga foydasi tekkusidir, Sotsak, undan koʻp foyda olarmiz, sotmasak, uy ichida ishlatarmiz, shoyad foydasi tegsa. Ma’lum tushsa, ozod qilib, oʻg‘il tutinarmiz.

Hadis. Ibn Ma’sud r.a. rivoyat qiladiki: eng rostgoʻy va farosatli odam uchratur - birinchisi, Azizi Misr va uning «Shoyad bizga foydasi tegsa yoki oʻg‘il qilib olamiz»; degan soʻzi; ikkinchisi - Shuayb alayhissalomning qizi.

haligi koʻchmanchi arab yana keldi.
— Ey yigit, nimaga yig‘larsan, - dedi u.
— Nechun yig‘lamayinki, otamdan ham onamdan ayrildim, qul qilib sotildim, - dedi Yusuf alayqissalom. - Sen qaysi yurtdan kelding, ey arobiy
— Kan’ondan keldim, - dedi.
— Ya’qub alayhissalomni bilarmisan? - dedi Yusuf alayhissalom.
— Nega ham bilmayin, payg‘ambarimiz - Ya’qubdir, - dedi u.
— Ya’qub oilasidan qanday xabar berarsan? - dedi Yusuf alayhissalom.
— Ya’qubning Yusuf degan oʻg‘li bor edi. Birodarlari uni biyobonga ovga olib borib, «Boʻri yedi»; deb qaytib keldilar. Yig‘lay-yig‘lay Ya’qubning koʻzlari koʻrmas boʻldi. Yoʻl boshida «Bayt ul-ahzon»; («?amlar uyi»;) degan uy qurib, oʻshanda ibodat bilan yig‘lab turar, - dedi u. Bu gapni eshitgan Yusuf alayhissalom hushidan ayrildi. Hushiga kelgach dedi:
— Ey arobiy, Ya’qub payg‘ambarining Yusuf degan oʻg‘li menman, qarindoshlarim qul qilib sotdilar. Kan’onga borsang, Ya’qub payg‘ambarga mening salomimni yetkazgil va Yana degilki: «Ey otam, men uchun yig‘lay-yig‘lay koʻzlaring koʻr boʻlibdur, buni eshitib zaif tanimga taom singmaydirgan boʻldi, yorug‘ jahon koʻzimga tangu tor boʻldi, qoraydi»;, - degach Yusuf alayhissalom duo qildi. Uning tuyasi oʻrnidan turdi, yoʻlga tushdi, Yusuf esa yig‘lagan holda uyga kirdi.

Koʻchmanchi arab kan’onga keelib, Ya’qub payg‘ambarning eshigini qoqdi. Shunda Yusuf alayhissalomning Zayna ismli qiz qarindoshi eshikni ochdi.
— Kim boʻlarsan, qanday odamsan? - soʻrdai Zayna.
— Ya’qub payg‘ambariga gapim bor, uni boshqalarga aytmasman, - javob qildi arobiy.
— Ya’qubning bugun oldingga chiqqulik holi yoʻqdir. Bugun u Yusufning qonli koʻylagini qoʻlga olgandir. U Odam alayhissalom ridosini kiydi, Shis alayhissalom tojini boshiga qoʻydi, Nuh alayhissalom xassasini qoʻliga oldi, Ibrohim alayhissalom koʻylagini egniga ildi, Ismoil alayhissalom belbog‘ini beliga bog‘ladi. Arzini behojat podishohiga «Iloho, Yusufning oʻlik yo tirikligini menga bildirgin!»; - Deya arzi hol qildi Zayna.
— Duosi ijobat boʻldi, men Yusufning oldidan keldim, - dedi arobiy. Zayna kirib bu soʻzlarni aytgandi, Ya’qub payg‘ambar uni huzuriga chorladi. A’robiy Yusuf salomini topshirgach, ota oh-dodi-yu xushidan ayrildi. Xushiga kelgach:
— Ey arobiy, tushmisan? - deb soʻradi.
— Tushmasman, Yusufning oldidan keldim, - dedi u. Shunda Ya’qub payg‘ambar oʻrnidan turdi-da, arobiy quchib, ikki koʻzini oʻrtasidan oʻparkan:
— Ey arobiy, Yusufimni shu koʻzlaring bilan koʻrdingmi? - deb soʻradi.
— Koʻrdim, - dedi arobiy.
— Ey arobiy, meni shunchalik sevintirdingki, ne hojating boʻlsa aytgil, Ollohdan soʻrab berayin, sen ham sevinchga toʻlgil!
— Ey Ollohning rasuli, menga mol-dunyo kerakmas, yeguligim, kiyguligim bor. O’ttiz qizim boru oʻg‘lim yoʻq. Duo qilgin, Olloh taolo menga oʻg‘il ato etsin, - dedi arobiy. Ya’qub alayhissalomning duosi ijobat boʻlib, arabiyga oltmishga oʻg‘ilning karomati qildi.

Yusuf alayhissalom balog‘atga yetgach, Olloh taolo unga ilmi hikmat, ya’ni tushlar ta’birini evaz qilib berish bilan yorlaqadi. (Oyat) «Vaqtiki, u kamolga yetganda Biz unga hikmatni va ilmni berdik. Yaxshi amal qilguvchilarni Bizga anna shunday mukofotlaymiz»;.

(Aytishlaricha, balog‘at yoshi oʻn sakkizda, Yana aytarlar yigirmada, yana yigirma beshda derlar, tag‘in oʻttiz, oʻttiz uch, qirq va yana oltmishda derlar).

Zulayhoning sabri qolmadi. Bir kuni Yusufni boʻstonga kiritib:
— Ey Yusuf, koʻnglida bir sir borki, uni hech kimsaga aytmasman, bu qanday sirligini bilurmisan? -dedi.
— Ey Zulayho, sening koʻnglingda nima borligin qayoqdan bilay, - dedi Yusuf.
— Mening koʻnglimda sening muhabbating bor, seni behad sevarman.
— Meni sevguncha oʻz eringni sevgil.
— Ortiq sabr qilolmasman, ne iloj qilay?
— Sabrdan ortiq iloj yoʻqdir, mening yuzimga boqmagin.
— Tirikligim boisi senga sabr qilmoqdir. Yana jonimning halovati sening yuzingdir. Yana koʻziming nuri sening diydoringdir, - dedi Zulayho. Bu soʻzlarni eshitgan Yusuf alayhissalom

Zulayhodan oʻzini yiroq tuta boshladi. Shu kuni qaytib koʻrinmadi. Ertasiga Zulayho uning oldiga keldi.
— Ey Yusuf, boʻstonimiz yana goʻzallashmish, turfa chechaklar ochilmish, ne’matlardan bahramand boʻlish vaqti yetmish. Turgil, boʻstonga borgil, ne’matlardan yegil, chechaklarni hidlagil, tomosha qilgil, - dedi Zulayho.
— Ey Zulayho, mening boʻstonim Kan’onda qoldi, oʻzga boʻstonning keragi yoʻqdir, - dedi Yusuf alayhissalom unga javoban.
— Boshqa bir boʻstonda chechaklar suvsiz qolib soʻlmish, unga suv bergil, - dedi Zulayho.
— Soʻlgan chechakka suv berish boʻston egasiga munosibdir.
— Ey Yusuf, sening muhabbatingdan koʻzim yoshlarga g‘arq boʻldi. Koshki, seni koʻrmagan boʻlsam edi, - dedi Zulayho. Sen mening qulim boʻlaturib, nega boʻysunmassan?
— Men tangrining quliman.
— Ey Yusuf, yaqinroq kelgin, kimdan qoʻrqasan?
— Ikki haqni saqlarman: biri yaratgan Olloh haqqi, ikkinchisi meni sotib olgan Aziz haqqidan qoʻrqaman.
— Osmonlar tangrisidan qoʻrqar boʻlsang, hazinamdagi molu, oltinu-kumush, yoqut va gavharlarimni yoʻqsillarga berib, sening gunohlaringdan kechirayin. Agar erimdan qoʻrqar boʻlsang, hoziroq og‘u berib oʻldiraman-da, tavba qilaman, - dedi Zulayho.
— Gunoh qilmagin, tavba g‘amiga botmagil, - dedi Yusuf alayhissalom.

Bu gaplardan achchig‘i chiqqan Zulayho tarbiyachi enagasi oldiga borib, oʻz holini unga bayon etdi. Enagasi unga koʻp nasihatlar qildi. Ammo Zulayhoga bu oʻgitlar yoqmadi. Qayg‘u cheka-cheka, oʻlar holatga yetganda kampar enaga yig‘lab shunday dedi:
— Ey Zulayho, menga koʻp mol bergilki, men ularni shunday harj qilayin, maqsadingga yetkazayin.

Zulayho enagasiga ming oltin, ming misqol ifor, ming misqol kofur va qimmatbaho ichchi chopon berdi. Kampir bu mollarni sarflab, shishadan (ba’zilar aytishlari marmardan) bir uy bino qildirdi. Bu uyni oynadan yorug‘ qildirdi, naqshlar Bilan ziynatlatdi. Devorlari va shiftiga Zulayho va Yusufning suratlari chizdirdi. Yashil, koʻk, qizil, sariq chechaklar bilan bezatilgan xonani kofiru guloblar va turli tilsimlar bilan toʻldirdi. (Aytishlaricha, begona kampirni uyga kiritmaslik lozim. Agar qaysi uyga kirsa buzmayin chiqmas).

Uy bitgach, Zulayho badanlari koʻrinib turadigan harir kiyimlar kiygan holda bu uyga kirib oʻtirdi. Yusufni ham chaqirib, uyga kiritdilar. Bu uyning yettita eshigi boʻlib, har biriga zanjirlar solingandi. Yusuf alayhissalom qaysi bir eshikdan oʻtgan zahoti u eshikni mahkam berkitdilar. U Zulayho oʻtirgan xonaga kirganda Zulayhoni harir kiyimlar kiygan, bezangan va oroyish berilgan holda koʻrdi. Zulayho oʻzini Yusufga bag‘ishladi. Yusuf alayhissalom esa uni koʻrgach, lozimi bog‘ichlariga tugun sola boshladi. Buni koʻrgan Zulayho u bog‘ichlarini yechayotir, Deya umid qila boshladi.
— Ey Yusuf, yuing muncha ham goʻzal, - deya gap qotdi Zulayho.
— Parvardigorim meni shunday yaratmish.
— Sochlaring namuncha chiroyli?
— Qabrimda hammadan oldin toʻkiladigan mana shu sochlarimidir.
— Koʻzlaring bunchalar goʻzal?
— Qabrda qurt-qumirsqalar avval ularni yerlar.
— Ey Yusuf, menga bir boqqil, - nozlandi zulayho.
— Umrim soʻngida qorong‘ulikdan (koʻr boʻlib qolishdin) qoʻrqarman.
— Qoʻlingni siynamga qoʻygin.
— Doʻzaxdagi zanjirlardan qoʻrqaman.
— Men kabi goʻzallarni koʻngling istamaydimi?
— Istaydi, ammo Ollohdan qoʻrqaman.
— Men seni sevaman.
— Men Ollohni sevarman.
— Men bilan yotoqxonaga kirgin, - chorladi Zulayho.
— Jannatdagi oʻrnimdan mahrum boʻlib qolishdan qoʻrqarman.
— Sen mening sotib olgan qulimsanu, nega boʻysunmaysan?
— Meni sotgan odamlar birodarlarim edi.
— Mega mendan qochrasan?
— Ikki zotning haqqi uchun: biri - yeru osmonlarning Ilohining haqqiki, undan qoʻrqarman; ikkinchisi - sotib olgach, «Buni g‘oyatda izzatda tut»; degan odamning haqqidan qoʻrqarman, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Mol-dunyoim behad koʻpdir, sadaqa qilsam, koʻk tangrisi gunohingni kechirgay, erimdan qoʻrqsang, zahar berib oʻldirayin, - Deya Zulayho necha bor talpindi, ammo maqsudi hosil boʻlmadi, hafsalasi pir boʻldi.
— Olloh taolodan panoh tilayman, - dedi unga javoban Yusuf alayhissalom. - Azizi Misr sotib olib, menga ezgulik qildi. Shu bois unga yovuzlik istamayman. Agar shunday qilsam, oʻzimga zulm qilgayman. Zolimlarning tangri taolo azobidan omon topishga imkonlari yoʻq. (Oyat) Yusuf dedi: «Hudodan panoh tilayman. Albatta, U mening parvardigorim, U mening darajasni chiroylik qildi. Albatta, zolimlar va toʻg‘ri ish qilmaganlar hargiz najot topmaslar»;.

Savol: Yusuf haqida Zulayhoning ezgu niyatlari koʻp edi, ammo u Azizni yaxshiladi. Buning hikmati nimada edi?

Javob: Zulayhoning ehsoni kibr-havo Bilan bulg‘alangandi, shu bois uni yaxshi demadi. Azizi misriyning ehsoni kibrdan holi edi, shu tufayli Yusuf uni yod etdi.

Zulayho talpinganida Yusuf alayhissalom uni koʻrmayin, deya ortiga oʻgrilganida, oʻzining suratinik oʻrdi. Zulayho Bilan birlashib turgani rasmga solingandi. O’ngga, soʻlga, osti-yu ustiga boqdi, shu manzaraga takror-takror koʻzi tushaverdi. Shundan soʻng Zulayhoga boqdi, bir suratiga qaradi, behad goʻzal edi. Aytishlaricha, Havvo onadan keyin ayollar ichida Zulayhodan koʻrkami yoʻq edi, koʻnglida mayl uyg‘ondi.

Savol: Zulayho Yusufga qasd qildi, ammo Yusuf Zulayhoga nega qasd qilmadi?

Javob: Zulayho kofira boʻlganidan zinoga qasd qildi. Yana aytishlaricha, oʻsha vaziyatda mayl qilishlik erlik nishoni Bilan emas. Negaki, barcha payg‘ambarlar butun ayblardan holidir. Erkakning er emaslik aybi hamma ayblardan og‘irroqdir. Boshqa kichik ayblar payg‘ambarlarda boʻlmas ekan, nega endi ulug‘ ayb Yusuf alayhissalomga ravo boʻlsin.

«Ehson al-bayon»; degan tavsirda kelishicha, Madina shahrida Sulaymon ibn Yasar ismli goʻzal va koʻrkam bir yigit bor edi. Madina ayollari uning ishqi Bilan mast boʻlib, erlariga koʻngilsiz boʻldilar. Sulaymon ibn Yasor bundan habar topgach, baloga yoʻliqmayin, Deya madinadan qochib borib, Shomga oʻrnashdi. . . Yettish yildan soʻng Yusuf alayhissalomni tushida koʻradi.

Undan «Ey yusuf, xotinlarga mayl qilib, qasd qilgan senmisan?»;, deb soʻradi. Shunda Yusuf alayhissalom «Agar parvardigorimning moʻjizalarini koʻrmaganimda edi, malomating oʻrinli boʻlardi. Ayt-chi, ayollarga qasd qilmasdan ulardan qochgan senmisan?»; deya javob beribdi. Ushbu dalil Bilan ma’lum boʻladiki, Zulayho qasd qilganida Ollohning moʻjizasini koʻrgan Yusuf alayhissalom obroʻyi bilan oʻzini saqladi.

Payg‘ambarimiz muhammad mustafo s.a.v. debdurlarki: «Menga dunyodagi uch narsa suyukli boʻldi: biri xushboʻy narsalar, ikkinchisi xotin zoti va uchinchisi namozda koʻzimning yorug‘ boʻlishi»;.

Ishorat: Agar Yusuf Zulayhoga qasd qilmaganida edi, (Oyat) «Biz shundoq qildik, undan yomonlikni va behayolikni qaytarmoq uchun»; deyilmagan boʻlardi. Yusuf alayhissalom qasd qildi, ammo Olloh taolodan qoʻrqdi va shariat haqqini saqladi. Olloh taolo marhamat qiladiki: «Kimki bizshga Yusuf singari sig‘insa, uni Yusufni qutqargandan qutqazurmiz»;.

Hikoyat. Bir ayol imom Muhamma ibn hasan Shayboniyga oshiq boʻlib qoadi. U yoʻl boʻyida poylab oʻtirib, imom Muhammad kelganida dedi:
— Ey moʻminlarning imomi, sendan bir masalalni soʻramoqchi edim. Uyga kirgil, soʻrayin.

Imom uyga kirishi bilan ayol ortidan eshikni berkitdi-da, unga tashlandi. Imom unga qancha nasihat qilmasin, qabul qilmadi.
— Mening xirsim kuchlidir. Jon achchig‘idan xirs achchig‘i qattiq deyishadi. Meni koʻrgil, hojatimni ushatib olayin, undan keyin sening murodingni hosil qilayin, - dedi imom.

Ayol bunga koʻndi. Imom tashqariga chiqib, oʻzining vujudidan chiqqan najosatini yuziga, boʻyniga surtgan holda qaytib kirdi. Buni koʻrgan ayolning koʻngli sovidi.
— Erkak kishi ham shunday boʻladimi, bor ketgil! - deya uyidan chiqarib yubordi. Imom Muhammad uyiga borgach, ming oltinni sadaqa qildi va Olloh taologa shukrona keltirdi. Deydilarki, odamzotdan ikki narsa qolar: ezgulik va yomonlik.

Koʻrgilki, Zulayhoning oʻtganiga necha yillar boʻlsa ham uning yaroqsiz ishini hamon barcha imomlar mehrobda, hamma olimlar minbarda, barcha qorilar anjumanlarda, hamma farzandlar maktablarda oʻqib keladilar. Shuning barobarida Yusuf ham dunyodan oʻtganida qancha yillar boʻlsa-da, uning ezgu nomi qoldi va uni Olloh kalomi ichida (Oyat) «Haqiqatda u Bizning muxlik qilingan bandalarimizdar»;, deya qiroat qilinmoqda.

Qachonki, Zulayho Yusufni uyga kiritganidan keyin eshiklarni temir zanjirlar bilan berkitganida Yusuf alayhissalom koʻngli noxushlikni sezib, ishtoni bog‘ichini tuga boshladi. Buni koʻrgan zulayho Yusuf ishtoni bog‘ichlari yechmoqda, deb oʻylab, sevinganidan uyning toʻrida turgan but ustini chodir Bilan yopib qoʻydi.
— Ustini yopganing nima edi? - soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Topinadigan butim oʻshadir, undan uyalurman, - dedi Zulayho.
— Sen bir sanamdan uyalganingda men nega Ollohdan andisha qilmayin, - dedi Yusuf alayhissalom.

Ba’zilar aytadilakrki, Yusuf bu ishni qilayinmi, Deya ikbilanib qoldi. Qulning oʻz murodi ustidan erki boʻlmasdi, ammo Yusufni oʻzi koʻrgan dalillar toʻxtatib qolgandi. O’sha dalillar nima edi?

Biri shuki, Yusuf «Qanoti yulingan qushday boʻlishni istaysan-mi? Boshqa qushlar koʻkka uchsa, sen yerda qolursan»;, degan ovozni eshitgandi.

Yana biri shuki, uy shiftida Ya’qub alayhissalomni koʻrganda va u «Ey Yusuf, payg‘ambarlardan ekanligingni unutib, ahmoqlar ishini qilasanmi?»; degan edi.

Yana biri shuki, uyning shiftida «Ey Yusuf, zino qilmagin!»; degan yozuvni koʻrgandi.

Yana biri shuki, Azizi Misrni koʻrgandi. Yana aytishlaricha, Zulayhoning yuziga boqqanda, koʻziga koʻrksiz koʻrindi: yuzi yong‘oq kabi qavargandek, lablari habashiylar lablaridek, koʻzlari chaqir, burun teshiklari keng holda namoyon boʻldi. Bu holatni koʻrgan Yusuf alayhissalom yuzini oʻgirdi.
— Ey Yusuf, bittagina soʻzim qoldi, sabr qilgin aytib olayin, - dedi zulayho.

Ammo Yusuf alayhissalom ortiga burildi, Zulayhodan kechmoqqa tushdi. Zulayho yusufni tutmoqchi boʻlib oʻrnidan turdi, biri qochdi, ikkinchisi quvladi. Yusuf alayhissalom qaysi eshikka yetgani hamoni Olloh qudrati bilan eshikning temir zanjirlari oʻz-oʻzidan ochilardi. Bir-birlarin qocha-quva yettinchi eshikka yetganlarida Zulayho Yusuf alayhissaloming etagidan tutib oldi, tortganida etak yirtilib, bir parchasi qoʻlida qoldi. (Oyat) «Ular har ikkalasi darvoza tomon yugirdilar va u Xotin Yusufning orqa etagidan yirtib oldi hamda darvoza oldida ul xotinning erini uchratib qoldilar»;. Eshik oldida oʻz erini koʻrgan Zulayho aybni Yusuf alayhissalomga ag‘dardi:
— Seni uyingda xotining yomonlik qilgan, taomingga qoʻl choʻzgan odamning jazosi nimadir? - dedi Zulayho oʻzini oqlamoqchi boʻlib.
— Mening ayolimga kim yomonlik qildi, kim qoʻlini choʻzdi? - dedi eri.
— Uyda yotgan edim, Yusuf kirib qoldi, yolg‘izligimni koʻrib, menga qoʻl choʻzgani qasd qildi. Achchig‘imdan uni quvib chiqqanimda, sen duch kelding, - dedi zulayho.

Latifa. Zulayho kofira edi, oʻz ayblarini Yusufga ag‘dardi. Zulayho bir soat ichida uchta makr tuzdi. Avvalo aybini oʻz zimmasidan Yusufga ag‘dardi; keyin uni oʻldirib qoʻyadilar deb qoʻrqdi-da, zindonga solishni talab qildi; Yana zindonga soldirganim uchun menga nisbatan adovat uyg‘onadi deb oʻyladi-da, qattiq azobga solishini tiladi.
— Men seni sotib olgandim, ishonchli va ixlosli deb bilgandim, oʻg‘il tutingandim. Bularning evaziga shunday javob qildingmi? - dedi aziz Zulayhoning iddaslarini eshitgach, Yusufnga qarab.
— Men pokman, gunohim yoʻq, - dedi Yusuf alayhissalom oʻzini himoya qilarman. - Zulayhoning oʻzi qasd qildi, quvladi, qochib chiqdim.
— Sen unday deysan, bu esa bunday deydi. Qaysi birlaringgizning soʻzlaringiz yolg‘on ekanligini bilmay qoldim, - dedi Aziz bu gaplardan ojiz qolib, hayolga choʻmarkan.
— Bu ishga shoshilmagin, yaxshi oʻylab olgil, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Pokligingga qanday guvohlik keltirasan? - Soʻradi aziz. Shunda Yusuf alayhissalom Zulayhoning Talhon ismli xizmatkorining beshikda yotgan toʻrt oylik chaqalog‘ini koʻrsatdi.
— Ey Yusuf, gunoh qilganing, yolg‘on soʻzlaganing yetmasmidi, yana mening ustimdan kularsan? Toʻrt oylik bola qanday qilib soʻzlasin? - dedi Aziz ginaxonlik qilib.
— Menga yaqin kelgin, soʻzlarimdan hursandchilik va farq toparsan, - dedi chaqaloq shunda azizga qarab. Aziz bolaning oldiga keldi. - Ey Aziz, Yusufning koʻylagini oldi tomonidan yirtilgan boʻlsa, Zulayho rostgshoʻylardan boʻlar, Yusuf yolg‘onchilardan boʻlar. Agar koʻylakning orqa tomnidan yirtilgan boʻlsa, Yusuf rostgoʻylardan boʻlar, Zulayho yolg‘onchilardan boʻlar.

Savol: Chaqaloq Zulayho yolg‘on aytdi, Yusuf toʻg‘ri soʻzladi, Deya aniq-ravshan nishorna bermasdan, ishorat bilan gapirdi. Buning boisi nimada?

Javob: mahluq (yaratilmish)larning gunohliklari ikki narchadan biriga nishona beradi: yo poklaydi, yo ravo qiladi. Ammo bu bola Olloh taolo dargohidan soʻz soʻzladi. Shu sababdan yolg‘on soʻzlash ravo emasdi, rost gap aytilsa rasvolik boʻlardi. Rasvo qilmoq Yaratganga ravo emas, shu jihatdan Zulayhoning pardasini ochmadi, balki ibrat Bilan emas, ishorat bilan bildirdi.

Foyda. Ey moʻ‘min, oʻz gunohingni oʻzgalarga yuklamagin, yuklaguday boʻlsang, Olloh uning pokligini albatta bildirib, seni rasvo qilgay. Zinhor biror kimsaga dushmanlik qilmagilki, u ham senga dushmanlik qilmasin. Birodiring aybini odamlar oldida ochmagin. Negaki, Yusuf alayhissalom ham zarurat boʻlmaguncha oʻzini oqlashga intilmadi.

Chaqaloq bergan nishona ravshan boʻlmasa ham Azizi misr mulohaza Bilan angladi. U Yusufning etagiga qarab, orqasi yirtilganini koʻrdi.
— Bu siz ayollarning hiylangiz ekan, - dedi Aziz Zulayhoga tanbeh nazari bilan boqarkan. - O’zingizni oqlash uchungunohingizni boshqalarga ag‘darib qutilmoqchi boʻlasiz. Ayollar makri-hiylasiga chek-chegara yoʻq ekan.

Aytishlaricha, ayollarning makri shahvat Bilan birga boʻlganidan ulug‘ turadi, ammo shaytonning makri kichikdir, chunki u Olloh zikri bilan zaiflashdi. Zero. Olloh taolo ham Qur’onda Azizdan habar berarkan «Haqiqatda sizlarning makr-hiylalaringiz ulug‘dir»; dedi, Shaytonlar haqida esa «Haqiqatda shaytonning makri zaifdir, hech narsa emasdir»; deya marhamat qilgandir.

Savol: Ayollar hiylasi nimadan ulug‘ boʻladi-yu, shaytonning hiylasi nimadan zaif boʻladi?

Javob: Shaytonning hiylasi yashirin boʻlganidan zaifdir. Ayollar hiylasi ochiqligidan ulug‘ boʻur.

Yana bir javob: Ollohning nomini eshitsa shayton qochib ketadi, ammo ayollar ming oyat oʻqilsa ham qochmaydi.

Yana bir javob: Shayton hiyla qilgan chog‘da yolg‘iz boʻladi, ayollar esa makr boshlasalar ularga shayton quldosh boʻlur. Shu tufayli shaytonniki zaif, ayollarniki ulug‘dir.

Manbalarda hikoya qilinishicha, bu gaplarni aytgach, Aziz Misr achchiqlanib chiqib ketadi. Shunda Zulayho Yusuf alayhissalomga malomat boshlaydi:
— Ey Yusuf, sen qochmaganingda men bu holga tushmagan boʻlardim. Endi men senga shundoq azoblar qilayinki, ularni hali dunyo koʻrmagan.
— Ey Zulayho, sharm qilmading, gunohdan parhez tutmading. Menga qanday zoʻzlar aytilganini oʻzing ham eshitding. Hudodan qoʻrqmading, bandalardan uyalmading. Qoʻlingdan kelganini qilsang, mayli, roziman, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey Yusuf, menga shunday zaharning zahrini torttirdingki, men hargiz bu og‘uning totini senga ham torttirmayin qoʻymasman, - dedi Zulayho.

Shunda Olloh taolodan adab keldi:
— Ey Yusuf, baloga uchrading, endi sabr qilgin! Elda yaxshilik Bilan noming chiqsin! Ey Zulayho, erksiz holda koʻnglingni oldirding, endi tavba qilgin, gunohingni Olloh kechirsin! Ey Yusuf, Zulayhoning sirlarini boshqa ochmagin, dushman boʻlib qolmasin! Ey Zulayho, oʻz gunohingni birovlarga ag‘darmagil, mening haqqimni saqlagil!

Shundan soʻng zulayhoning kundan-kunga holi zabun boʻlib, kechasi uyqusi, kunduzi oromi qochib, Yusuf alayhissalomga muhabbatlari behad oshib boraverdi. Boʻlib oʻtgan voqealar Misrning besh-olti ayoliga eshitilib, ular «Zulayho bir qulga oshiq boʻlib qolib, uni oʻziga moyil qilmoqchi boʻlib, hamisha quvlarmish, quli esa qocharmish»;, deya malomat qila boshladilar.

Ulamolarning aytishlaricha, malomatchi xotinlar olti kishi edi: vazirning, soqiyning, bakovulning, yasovulning, qozining, hojibning xotinlari edi. Azizi Misrdan soʻng bu xotinlarning erlari podishohga yaqinroq va ulug‘roq edi. Xotinlarning g‘oyibona malomatlarini eshitgan Zulayho ulardan oʻzini torta boshladi.
— Ey Yusuf, sen tufayli malomat oʻqiga nishon boʻldim. Bir qancha ayollar g‘oyibona malomat qilmoqdalar. Maqsadim shuki, ularni mehmondorchilikka chaqiraman. O’sha vaqtda sen oftobda va dastshoʻy olib kirgin, - Deya tayinladi Zulayho Yusuf alayhissalomni chaqirib, u zot rozi boʻldilar.

Zulayho ularni mehmondorchilikka chorladi. Tansiq taomlar pishirtirdi, hammalarining oʻtirar oʻrinlarini belgilab chiqdi. (Oyat) «Vaqtiki u (Zulayho) ularning hiylalarini eshitdi, ularga odam yubordi va ular uchun chiroyli bir majlis hozirlab qoʻydi»;. Ayollarning oʻrinlari belgilangach, har birining oldiga bir tovoqda goʻsht, yoniga pichoq va qovun qoʻydirib chiqdi. O’sha olti Xotin bilan yana boshqa ayollarni ham, jami qirq xotinni mehmonga chorladilar.
— Ey mening dugonalarim, qoʻldoshlarim, shuncha yilki, doʻstlashdik, bordi-keldimiz bor, taomu ne’matlardan bahramand boʻldingiz. Bugun sizlardan bir tilagim bor, oʻsha tilagimni bajo qilurmisiz? - dedi zulayho mehmonlari kelib oʻtirgach.
— Ey Zulayho, nima tilaging boʻlsa, aytgil, hozirmiz, - deyishdi xotinlar ta’zim bajo qilib.

Chodirlaringizni kiysangiz, yuzlaringizni oʻrasangiz, pichoqlarni qoʻlingizga olsangiz. Doʻstim Yusuf kelganida mening koʻnglim uchun oldingizda goʻsht va qovunlardan kechib, Yusufning og‘ziga qarab otavering. Kim koʻproq tirishsa, kattaroq boʻlakni kesib, Yusufning og‘qziga qaratib otsa, unga kattaroq mukofot in’om etaman, - dedi Zulayho.

Hammalari rozi boʻlishgach, Yusuf alayhissalomga odam yubortirib, chorlatdi. Ul zot ham Zulayhoning soʻzi sinmasin, Deya chiqib keldilar. (Oyat) «Vaqtiki, u xotinlar Yusufni koʻrdilar, g‘oyatda hayratda qoldilar. Va u xotinlar bamisoli kunduz kuni chiqqan quyoshni koʻrdilar»;.

Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Me’roj tunida Yusufni koʻrdim, u toʻlin oyga oʻxshardi. Kimki Yusufning yuiza boqsa, u aksini unda koʻradi. Misli koʻzguda koʻrganday. Yuzi koʻrklik, sochlariu zun kokil, qadlari uzun boʻylik, oq yuzlik, shaxlo koʻzlik, ingichka bellik, yoʻg‘on bilaklik, dumaloq boshlik edi. Kulsa tishlaridan nur taralar edi»;.

Yusuf alayhissalomni koʻrgach, ayollar shoshganlaridan pichoq Bilan goʻshtni kesib, «Yusufning og‘ziga tekkizayin»;, deyach ota boshladilar. Koʻzlari Yusuf alayhissalomga bog‘lanib qolgandi. Bir koʻz bilan ikki ishni bitirib boʻlmas ekan. Koʻzlari Yusufni koʻrar, tillari Yusufning nomini tilga olar edi-yu, goʻshtning oʻrniga barmoqlari va qoʻllarini kesdilar. Va tillarida «Menga kelaqol, chunki men dugonalarimdan koʻra goʻzalroqman!»; Deya chorlaganicha, Yusuf alayhissalomning koʻrkiga mahliyo boʻlib, qoʻllarini toʻg‘raganlarini ham, kiyimlari qip-qizil qonga boʻyalganini ham sezmasdilar.

Qatoda rahmatulloh aytadilar: «Qoʻllarini bilaklariga qadar kesdilar. Negaki, koʻzlari va koʻngillari bilan Yusufning jamolini koʻrib, og‘riqni sezmadilar»;.

Vahab ibn Munahhab aytadilar: «Ular qirq xotin edilar, ularning toʻqqiz ayoli oʻldilar»;.
— Subhanolloh! Bu odam bolasi emas, farishtaning yerdagi aksidir deyishdi xotinlar. - Olloh taolo oʻzining jamolini koʻrsatish maqsadida uni yerga joʻnatdilar.

Zulayho koʻrdiki, xotinlar goʻsht toʻg‘radilarmi yo qoʻllarini toʻg‘radilarmi, bilmas edilar. Bu manzaradan Zulayho kuldi-da, Yusufga «Uyga kirgil!»; dedi.
— Qoʻllaringizga boqing, - dedi Zulayho xotinlarga qarab. Koʻrsalar hammalarining barmoqlari, bilaklari boʻg‘in-boʻg‘inlaridan kechilmish, kiyimlari qip-qizil qonga boʻyallmish. - Sizlar bir martagina koʻrib, qoʻllaringizni toʻg‘radingizlar. Erta-yu kech uni koʻrib turgan holda men qandayin ham sabr qilayin?! Qandayin ham oshiq boʻlmayin?! Malomat qilishlikka arzirmikan yo yoʻq?

Xotinlar hijolatdan boshlarini qoʻyi soldilar. Soʻzlagudek hollari qolmadi. Zulayho tahsinlar aytib, koʻp uzrlar soʻrashdi. Zulayho qilgan ishiga iqror boʻldi. Aytdilarki, chiroqni koʻrib, oʻzini oʻtga urgan parvonani malomat qiladilaru, ertasi oʻzlari ham parvona kabi chiroqqa kelib quyiladilar.
— O’z qulingga oshiq boʻlding, Deya malomat qildinglar, bundan tonmayin, - aybini tan oldi Zulayho. - Yusufni huzurimga chaqirib, eshiklarni berkitdim, koʻylagi etagini ham men yirtdim. Ammo, Yusuf oʻzini saqladi, menga boʻysunmadi. Bilinglarki, bu Yusuf koʻhlikdir, pokizadir, ham zohid va olimdir. Men uning koʻngliga ma’qul tushmadim, rasvo boʻldim, El malomatiga uchradim, sharmanda boʻldim. Agar u mening buyrug‘imga itoat qilmasa, albatta zindonga tashlaturman.
— Bu ishingdan qaytgin, - deyishdi xotinlar. - Bu ishni bizlarga qoʻyib bergin, uni zindon Bilan qoʻrqitib, senga moyil qilib beraylik.
— Ey Yusuf, Zulayhoni nima uchun qabul qilmading, - dedilar xotinlar Yusuf alayhissalom chaqirtirib oʻrta olishgach. Ammo har qaysisining koʻnglida uni oʻzlariga moyil qilish orzusi bor edi. - U seni qancha miqdorda mol berib, sotib olgan-ku! U seni oʻldirsa ham, har qancha azob bersa ham haqlidir.

-Iloho, avvaliga Zulayho yolg‘iz edi. Endi unga olti Xotin qoʻshildi. Yettoviga qarshi men ne qilay? Holim ne kechar? Bularning yoʻliga yurgandan koʻra zindon yaxshiroqdir.

Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Olloh taolo birodarim Yusuf alayhissalomga rahm qilsin. O’sha kunda Yusuf alayhissalomning oʻrnida men boʻlganimda zindonga tashlanishga koʻnmagay edim. »;Iloho, meni zindondan va xotinlar balosidan oʻzing asragin«, der edim»;.

Deydilarki, ul xotunlarning Yusuf alayhissalomni zindonga soldirmoqlikdan niyatlari shu Ediki, «Yusuf zindonband etilsa, Zulayhodan uzoq boʻladi, biz ham har doim borib koʻrishga, goʻzal yuziga toʻyib termulishga muyassar boʻlgaymiz»; degan.

Savol: Yusuf alayhissalom uchun qiynoqlar va jazolar koʻp edi. Nega Zulayho bilan Azizning koʻngliga zindondan boshqa azob berish kelmadi, buning hikmati nimada edi?

Javob: Olloh taolo bir avliyo qulini zindonga kiritgandi. U zotning koʻnglida Yusuf alayhissalomning muhabbati bor edi. U «Hudoyo, menga Yusufning jamolini koʻrgazgil!»; deb duo qilgandi. Tangri taolo uning duosini ijobat qildi. Shu bois Zulayho bilan Azizning koʻngliga solindiki, ular Yusuf alayhissalomni zindonga soldirdilar. O’sha avliyoning murodi hosil boʻldi. AytishlarichA, Yusuf alayhissalomni zindonband qildirmoqlikdan Zulayhoning maqsadi shu Ediki, «Men El ichida ovoza boʻldim, Yusufni ilgarigidek koʻrgim ham yoʻq. Men koʻrsam, oʻzgalar ham koʻrmasinlar»; deb.

Aytdilarki, Aziz ham, Zulayho ham Yusuf alayhissalomdan boshqalardan koʻrmagan narsalarni: etakni yirtmog‘ini, chaqaloqning guvohini, qoʻllarning kesilganini, xotinlarning «Bu odamzotning farzandi emas»;, degan iqrorlarini, Yusufni pokizaligini koʻrdilar. Zindonga solinmog‘iga sabab ham manna shunda edi.

Deydilarki, Yusuf alayhissalomni zindonga olib kelishganda zindonbon «Yusufning kiyimlarini almashtiraylik»;, deganda bunga Zulayho koʻnmadi: «Buning zindonga kirguday gunohlari yoʻq. Biz uni odamlardan asramoq uchun zindonga kiritdik»;, dedi. Shundan soʻng zindonni tozaladilar, hushboʻy qildirdilar, bisotlar toʻshadilar, taxt qoʻydirdilar.

Yusuf alayhissalom zindonga «Bismillahir rahmanir rahiym»;, deb kirdilar va soʻngra «Assalomu alaykum, ey ahli zindon!»; dedilar. Zindoniylar ham «Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuhu»;, deb javob qildilar. Yusuf alayhissalom borib taxtga oʻtirdilar, u zot kirgach, zindon yorishib ketdi, bundan zindoniylarning sevinchlari oshdi.

Bir vaqtdan soʻng asr namozi vaqti kirdi. Namoz oʻqidilar, soʻngra yig‘ladilar, zindoniylar ham qoʻshilib yig‘lashdi. Olloh taolo shundan soʻng zindonda Yusuf alayhissalom namoz oʻqib turganida Olloh taolo Jabroil alayhissalomni yubordi. U zot uzumga oʻxshash mevani keltirib, Yusuf alayhissalomning og‘ziga soldilar, meva eridi va hamma tomirlariga yoyildi, tushlar ta’biri shu orqali singidi.

Msir xalqi turli taomlar olib, Yusuf alayhissalomni koʻrgani kelar edilar. Qoʻli kesilgan xotinlar ham tansiq taom pishirib, zindonga keltirar edilar. Yusuf alayhissalom bu taomlarni zindon ahliga tarqatardi.
— Ey yusuf, bizlar seni behad sevarmiz, - dedilar zindoniylar.
— Olloh oʻzi asrasin! - dedi Yusuf alayhissalom bunga javoban va qattiq yig‘ladi. - Otam jondan azizroq tutgandi, - quduqqa tushdim, ozod edim, qul boʻldim. Zulayho jonidan ortiq koʻrgandi - zindonga tushdim. Endi sizlar suyar boʻlsangiz, boshimga Yana ne mashaqqatlar tushar ekan.

Ertasi kuni namozni ado etgach, mehrobda turib, zindoniylarga ilm oʻrgatayotgan chog‘da ikki yigitni zindonga olib keldilar. Ularning biri Rayyon podshohning bakovuli, Yana biri esa podishohning soqiysi edi. Bakovulni Malso, soqiyni Sanvo derdilar.

Savol: U ikkiovning zindongakirmog‘ligiga nima sabab boʻlgan?

Javob: Abdulloh ibn abbos ayturki: «Rum podshohi Misr podshohi bilan xusumatli edi. Negaki, Rum podishohi misrga elchi yuborib tayinladi. Misrliklar bizga hiroj bersin va nomimizga pul zarb qilsin!»;, bu amr bajarilmagach, xusumat paydo boʻldi.
— Rayyon podshohni qanday qilib daf qilarmiz, - dedi rum podishohi vazirlarini mashvaratga chorlarkan.
— Rayyonning ikki ishonchli odam bor: biri bakovul va biri soqiy, - dedi vazirlardan biri. Ularga koʻp mol bersak, soqiy sharob bilan bakovul taom bilan zahar berib oʻldiradilar. Murodimiz hosil boʻladi.

Bu gap podshohga ma’qul tushadi. Ikki odamga koʻpdan-koʻp mol-dunyo, zer-zavarlar va shirin va’dalar berib, Misrga joʻnatdi. Elchilar misrga kelganlarida kun kech boʻlib qoladi. Tunashga uy qidirib yurib, bir kampirga duch kelishdi.
— Qoʻnoq kerakmi? - deyishdi elchilar eshigi ostonasida oʻtirgan kampirga.
— Menday kampirni istasanglar, tushaveringiz, - dedi kampir.

Tunagani tushdilar, ammo otlarini boylashga joy topmadilar. Bundan kampirning jahli chiqdi:
— Podshohimizga tangri oʻlim bersin!
— Podshohni qarg‘amoq - yomon ishdir, - deyishdi elchilar.
— Otamdan uy bilan yer qolgan edi. Endiga kelib uni mendan tortib oldilar. Bugun mehmonlarning otini boylashga joy topolmasman, - dedi kampir, zarda bilan.
— Biz ikkovimiz bir boʻlib, podshohga zahar bersak boʻlarmikan? - deyishdi elchilar kampirning podshohdan norizo boʻlganini fahmlab.
— Podshohning soqiysi va bakovuli bor. Ular ikkovi meni ona oʻrnida koʻradilar, - dedi kampir. - Ular mening oldimga kelib turadilar. Kelganlarida ularga mol-dunyo bersang, ishingni bitirib berarlar.

Kampir elchilarni bakovul bilan soqiyning uyiga olib borib, tanishtirdi, doʻst tutindilar. Elchilarning gapiga koʻndilar.
— Rayyon podshoh bizlarga ishonib, oʻziga xos qildi. Uning tufayli koʻplab mol-dunyo egasi boʻldik. Agar elchilarning aytganini bajarsak, podshohga koʻrnamaklik qilgan boʻlamiz. Men bundan ishni qilishni or deb bilaman, - deya andishaga bordi soqiy.
— Ey soqiy, Rayyon senga ishonch bildirib, oʻziga yaqin qildi, uning yaxshi otini mingding, yaxshi toʻnlarini kiyding. Endi bir dushmanning yolg‘on va’dalariga ishonib, koʻrnamaklik qilasanmi, hiyonatga qoʻl urasanmi? - dedi kampir uning oʻylanib qolganini koʻrib.
— Men ham shunday andishaga borgandim, sening fikrlaring menga quvvat boʻldi, - dedi soqiy va bundan qarori qat’iylashdi, soʻngra rayyonga borib aytdi: - Ey podishohi olampanoh, men bakovulning hatti-harakatida shubha sezyapman. U biror shumlik boshlab qoʻymasin, degan havotirdaman, habardor boʻlib tursangiz undan.
— Men soqiy bilan birgalikda sendan yoman shubha-gumonlarga bordik, - dedi podshoh bakovulini chorlatib.
— Menda hech shubhalanadigan ish boʻlgani yoʻqdi, - dedi bakovul oʻzini oqlab. - Ammo soqiydan men ham gumondaman.

Rayyon soʻzlardan soʻng har ikkisini ham gumon qilib, Azizi misrga maslahat soldi.
— Odam oʻldirish oson ish, - maslahat qildi aziz, - tiriltirmoq mushkul. Yaxshisi bularni zindonga solgan ma’qul.

Podshohga bu maslahat ma’qul kelib, ikkalalarini zindonga yuborganda Yusuf alayhissalom zindoniylarga nasihat qilib, ularning tushlarini ta’birlab turgan edi. Ikkiovlarik yengashdilar.
— Bu kecha tush koʻribman, - dedi soqiy Yusuf alayhissalomni sinamoqchi boʻlib. - Tushimda bir tup tokni koʻrdim, uch bosh uzumi bor edi. Ularni siqib, suvini qadahga solib, falakka qadah tutar emishman.
— men esa tushimda uchta tandirni koʻrdim: biri oq, biri qora, biri qizil. Uchovida ham non pishirib, boshimga qoʻyib, podshoha olib boray deganimda havodan qushlar kelib, talashib olib ketdilar, - dedi bakovul ul koʻrgan tushini bayon qilib.

Ular tushlarini aytib tugatgach, ta’birini soʻradilar. Yusuf alayhissalom koʻrsalarki, birining tushi hayrli, biriniki esa hayrsiz edi. Koʻngliga keldiki, «Bularni imonga da’vt qilayin, tushlari hayrsiz roʻyobga chiqsa ham moʻmin boʻlib oʻlsinlar»;, deya.
— yomon oqibat sodir boʻlmasdan burun sizlarga ta’birini aytib berayin. Qani aytinglar-chi, uzum oqmidi yo qizilmidi, achchiqmidi yo chuchukmidi? Nonlari qanday edi-yu, idishlari qay tarzda edi? Hammasini soʻzlab bering, - dedi Yusuf alayhissalom ulardan soʻrarkan. Va bu belgi-alomatlarni ham oʻzlari aytib berdilar.
— Idish ham bizniki edi, taom ham bizniki edi. Sen qaerdan bilasan ularni? - taajublanishdi ikkovlari ham.

Rayyon soʻzlardan soʻng har ikkisini ham gumon qilib, Azizi misrga maslahat soldi.
— Odam oʻldirish oson ish, - maslahat qildi aziz, - tiriltirmoq mushkul. Yaxshisi bularni zindonga solgan ma’qul.

Podshohga bu maslahat ma’qul kelib, ikkalalarini zindonga yuborganda Yusuf alayhissalom zindoniylarga nasihat qilib, ularning tushlarini ta’birlab turgan edi. Ikkiovlarik yengashdilar.
— Bu kecha tush koʻribman, - dedi soqiy Yusuf alayhissalomni sinamoqchi boʻlib. - Tushimda bir tup tokni koʻrdim, uch bosh uzumi bor edi. Ularni siqib, suvini qadahga solib, falakka qadah tutar emishman.
— men esa tushimda uchta tandirni koʻrdim: biri oq, biri qora, biri qizil. Uchovida ham non pishirib, boshimga qoʻyib, podshoha olib boray deganimda havodan qushlar kelib, talashib olib ketdilar, - dedi bakovul ul koʻrgan tushini bayon qilib.

Ular tushlarini aytib tugatgach, ta’birini soʻradilar. Yusuf alayhissalom koʻrsalarki, birining tushi hayrli, biriniki esa hayrsiz edi. Koʻngliga keldiki, «Bularni imonga da’vt qilayin, tushlari hayrsiz roʻyobga chiqsa ham moʻmin boʻlib oʻlsinlar»;, deya.
— yomon oqibat sodir boʻlmasdan burun sizlarga ta’birini aytib berayin. Qani aytinglar-chi, uzum oqmidi yo qizilmidi, achchiqmidi yo chuchukmidi? Nonlari qanday edi-yu, idishlari qay tarzda edi? Hammasini soʻzlab bering, - dedi Yusuf alayhissalom ulardan soʻrarkan. Va bu belgi-alomatlarni ham oʻzlari aytib berdilar.
— Idish ham bizniki edi, taom ham bizniki edi. Sen qaerdan bilasan ularni? - taajublanishdi ikkovlari ham.
— (Oyat) «Har kuni rizqlanib turgan taomlaringiz kelmay turib, men sizlarga tushlaringiz ta’birini aytib berman. Bu narsa esa menga parvardigorimning ta’lim bergan narsalaridandir, - dedi Yusuf alayhissalom»;.
— Bu karomatni qanday topding?
— (Oyat) «Haqiqatda men Ollhga imon keltirmaydigan qavmlarni tark etdim. Kofirlardan uzoq boʻldim»;.
— Bu yoʻlni tark qilgaen boʻlsang, qaysi yoʻldan yurursan?
— (Oyat) «Men otalamri Ibrohim va Ishoq hamda Ya’qublarning tutgan yoʻllariga ergashdim»;.
— Otalaring bu yoʻlni nimadan topdilar.
— Olloh taologa hech kimni sherik qilmadilar, - dedi Yusuf alayhissalom. - (Oyat) "Bu esa Ollohning bizlarga va boshqa inosnlarga bergan fazlu-karamidir, lekin odamlarning koʻpchiligi bunga shukur qilmaydilar.

Ey mening zindoniy ikki qoʻldoshim, yaratilgn ilohlar yaxshiroqmi yo Yaratuvchi Olloh yaxshiroqmi? Siz oʻzingiz butlar yasaysizu uni iloh deb aytasiz. Vaholanki (Oyat) «Olloh taolo ular uchun hech bir dalil tushurmagandir»;. Taqdir hukmi ham, hamma amrijrosi ham Ollohdandir. Ey soqiy, tushingning ta’biri shuki, uch kundan keyin seni zindondan ozod qiladilar. Soʻzingning rostligi ma’lum boʻlib, senga sarupolar berib, uzrlar aytib, mansabingga qaytarurlar, izzat-hurmating oldingidan ham ziyoda boʻlur.

Soqiy bu ta’birdan behad sevindi. Bakovul ham koʻrgan tushining ta’birini istagandi, Yusuf alayhissalom «Ta’biri yoʻq»;, deya aytmadilar. Bakovul koʻp qistovga oldi.
— Seni zam uch kundan keyin zindondan chiqararlar. Maydonga olib chiqib, . . . osarlar, qush-qumrsqalar kelib, goʻshtlaringni tortishib yerlar, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Men tush koʻrganim yoʻq, yolg‘on aytgandim, - dedi bakovul.
— Aytdingiz, ta’bir qildim, hxlasangiz ham, hoxlamasangiz ham bu ishlar Olloh tomonidan hukm qilib boʻlingan, taqdirda shunday yozilgan, hukm oʻzgarmaydi, - dedi Yusuf alayhissalom.

Uch kundan soʻng ikkisini ham zindondan chiqardilar. Biri mukofotga, biri jazoga giriftor boʻldi, birining martabasi koʻtarildi, brining esa oyog‘i yerdan koʻtarildi, osildi.
— Podshohga yaqin boʻlganingda meni esingga olgin, meni bu yerdan ozod qilsin, - dedi Yusuf alayhissalom soqiy zindondan chiqayotgan chog‘ida.

Bu soʻzlar Olloh dargohida xush kelmadi, negaki bu fikrni uning diliga shayton solgandi. Jabroil alayhissalomga farmon boʻldi.
— Ey Yusuf, seni otang bilan qovushtirgan kim? - soʻradi jabroil alayhissalom.
— Olloh taolo, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Birodarlaring qoʻlidan seni kim qutqardi?
— Olloh taolo.
— Ayollar makridan seni Kim saqladi?
— Olloh taolo.
— Olloh taolo senga shuncha ezguliklar qiladi-yu, sen nega Ollohni qoʻyib, boshqalardan haloslik istaysan, bandalarni rabbim deyursan? Izzatu jalolim haqqi-hurmati seni soqiyga unuttirgayman, Yana yillar davomida zindon ichida qoldirgayman, - degan farmonni yetkazdi jabroil alayhissalom.

Keyin Shayton soqiyga Yusuf haqida podshohga aytishlikni ununntirdi, yetti yil Yana zindon ichida qolib ketdi.

Savol: Olloh taoloning soqiyga shayton tufayli unuttirmog‘ida ne hikmat bor edi?

Javob: Agar soqiy unutmaganda, podshohga aytganida Yusuf alayhissalomni zindondan chiqarsalar edi, podshoh «uni men chiqardim»;, deya minnat qilgan boʻlardi. Olloh talo ularning minnatini Yusuf alayhissalomga ravo koʻrmadi, oʻz fazli-karami Bilan chiqardi, minnat Olloh taolodan boʻldi.

Bir kuni jabroil alayhissalom kelib, Ushbu duoni oʻrgatdilar: "Rahmli va mehribon Olloh nomi Bilan boshlayman. Ey barcha ulag‘larning ulug‘i. Na sherigi, na oʻxshashi bor va har narsaga qodir zot! Quyosh va yorug‘ oyni yaratguvchisi, yosh goʻdakka rizq berguvchi va ulug‘ yoshli moʻysafidga rahm qilguvchi va oʻliklarni tiriltirguvi zot!

Daryodan yettita sigir chiqdi: sariq tusli, yuzlari oq, yelinlaridan sut oqib turardi. Keyin yana yetti sigir chiqdi: oriq, tishlari toʻng‘iznikiday, burni filnikiday. Oriq yetti sigir semiz yetti sigirni yedi, qorni toʻymadi. Bundan tashqari yetti tup bug‘doyni koʻrdim: poyasi sabza, donlari toʻla edi. Oriq sigirlar u donlarni yegani qasd qildi. Ammo yeb ulurmasan Yana yetti tup bug‘doy paydo boʻldi: quruq, kamdon edi. U quruq bug‘doy, serdon bug‘doyga chirmashib, uni quritdi. Shu payt bir qattiq shamol paydo boʻldi va yetti oriq sigirni, yetti tup kamdon bug‘doyni yoʻq qildi. Bundan qoʻrqib uyg‘onib ketdim. Ey muabbirlar, bu tushimning ta’birini aytinglar!"

Muabbirlar tush ta’birini topa bilmadilar, uch kun maslahat soʻradilar. Uch kundan soʻng qoʻrqqanlaridan «Bu tush parishon va boʻlg‘anch tushdir. Uning ta’biri yoʻq»;, deyishdi.

Aytishlaricha, oʻsha kecha Yusuf alayhissalom ham tush koʻrdilar. Bir kishi osmondan tushib, Misr boyliklarini keltirib, Yusuf alayhissalomning qoʻyniga solardi. Yusuf alayhissalom boʻlsa ularning hammasini qaytarib berardilar. Uyqudan uyg‘ongach, oʻz tushlariga ta’bir qilgach, zindon ahlini xushnud qildi:
— Ey doʻstlar, sizlarga sevinchli boʻlsin, hammalaringiz zindondan qutilib chiqqaysiz. Misr xalqi sizga qul boʻlur, ular och, siz esa toʻq boʻlarsiz.

Aytishlaricha, shu kecha Zulayho ham tush koʻrdi. Tushlarida Yusuf alayhissalom taxt ustida oʻtirgan emish, boshlarida toj. Zulayho uning oyoqlariga yiqiladi, ammo Yusuf alayhissalom uni oyoqlari bilan itarib tashlaydi. Zulayho lolu hayron boʻlib uyg‘onadi, oh urib «tushimda ham meni hoʻrlar, boʻysunmas!»; deb yig‘lardi.

Xullas, muabbirlar podshohning tushiga ta’bir topolmay ojiz qoldilar.
— Shunchi yildan beri meni nonu tuzimni yedinglar. Uyalmasdan mening tushimni parishon va bulg‘anch dersizlar, - dedi podshoh g‘azablanib va kattalarini oʻldirtirdi, bir nechasini yurtdan chiqarib, quvib yubordi.

Shu payt zindondan qutilib chiqqan soqiy Yusuf alayhissalomni yodga oldi. Yusuf alayhissalomni Zulayho ham, Misr xalqi ham yetti yilgacha unutgan edi.
— Bu tushning ta’birini bilguvchi oldiga men boraman, uning oldiga yuborgil, - dedi soqiy Riyonga.
— U kimdir? - soʻradi podshoh.
— Goʻzal suratli bir dono va rostgoʻy yigitdir, - dedi soqiy.
— U yigit qaerda?
— U yigit zindondadir.

Rayyon soqiyni zindonga yubordi. Soqiy Yusuf alayhissalom oldiga kelgach, soʻzining ustidan chiqmagani, Yusuf alayhissalomni podshohga eslatib qoʻymagani uchun hijolat tortib, koʻp uzrlar soʻradi:
— Sizni faromush qilibman, gunohimdan oʻtsangiz, - dedi soqiy. - Ey toʻg‘ri soʻzlik, dono yigit ma’zur tuting.

Aytishlaricha, ular kfoir edilar, shu bois Yusuf alayhissalomni donno deya e’zozladilar. Kofirlar kofirlik hollarida ham uni olim deb hurmatladilar. Kimki olimni hurmatlasa, farishtalar qatorida boʻlar, kimki olimni hoʻrlasa, Iblis qatorida boʻlar.
— Ey Siddiq, bir mushkul tushki, uning ta’birini bilishga kelibman. Rayyon podshoh tush koʻribdi: yetti oriq sigir yetti semiz sigirni yer. Yetti tup quruq bug‘doy yetti tup sabza bug‘doyga chirmashib quritidir. «Bu tushimizni ta’birlasin»;, deya meni oldingizga yubordi, - dedi soqiy.
— Yetti semiz sigirning ma’nosi - yetti yil ma’murchilik boʻlgay. Yetti tup sabza bug‘doy ma’nosi shuki, yetti yil hosil moʻl boʻlib, taom serob boʻlgay. Yetti oriq sigir - yetti yil qahadchilik boʻlishidan darak. Yetti quruq bug‘doy - yetti yil qurg‘oqchilikdan shohidlik berar, yetti yil yomg‘ir yog‘mas, ocharchilik boʻlar. Odamlar non deb jon bergaylar. Ota oʻg‘lidan, ona qizidan qochgay, - dedilar Yusuf alayhissalom tush ta’birini bayon qilarkan.

Rasuli akram s.a.v. dedilarki: «Birodarmi Yusufga rahmat! Shuncha yil zindonda yotib ham, tush ta’birini oʻzim borib podshohga aytaman, demadi, shu bahonada zindondan chiqmoqni ihtiyor etmadi. Agar men boʻlsam shu bahonada zindondan chiqar edim. Olloh taolo fazlu karami bilan salomat asrabdi, g‘am zindonida koʻnglini shodu hurram saqlabdi. Olloh bir bahona tufayli bir podshohni uning huzuriga yuborib, yuz ming izzatu hurmat bilan zindondan chiqarur»;.

Soqiy Yusuf alayhissalomdan eshitga ta’birlarini borib, podshohga bayon qilibdi. Podshoh hayronu lol qolibdi.
— Borib uning ta’birini ham soʻrab kelgin, - buyurdi podshoh soqiyga.
— Yetti yil bug‘doyu tariqni koʻp ektirsin, yemishlariga yarashasini yanchib, qolganini omborlarga joylasin, - dedi Yusuf alayhissalom ta’bir soʻrab kelgan soqiyga. - Yetti yildan soʻng yana yetti yil kelgayki, unda osmondan yomg‘ir yog‘aydi, yerdan giyoh unmaydi. Oldin yetti yilda toʻplangan oziqlarni keyinggi yetti yilda yeydilar. Keyin yana farovonlik boʻlgay.

Soqiydan bu gaplarni eshitgan podshoh farosatli yigitning aqliga qoyil qolib, hayolga choʻmdi.
— Borib, tush ta’birini aytgshan yigitni bu yerga olib kelgin, - buyurdi podshoh. - Bu ishning ta’birini eshitib, koʻnglim taskin topsin.
— Podshoh seni huzuriga chorlaydi, - dedi soqiy zindonga qaytib kelib.
— Zindondan chiqmasman.
— Nima uchun?
— gunohim bormi, yoʻqmi, zindonga tushdim. Buning sababini podshoh qoʻli kesilgan ayollardan soʻrasin, ular nima uchun qoʻllarini kesdilar, egnilarini ne sababdan qonga boʻyadilar, murodlari nima edi? Shularni soʻrab bilsin, mening gunohsizligimga ishonch hosil qilsin. Ungacha zindondan aslo chiqmasman, - dedi Yusuf alayhissalom.

Aytishlaricha, uning maqsudi shu ediki, «Ayollarning soʻzlari podshohga ayon boʻlmay turib chiqsam, Malik Rayyon nima sababdan zindonga tushganimni soʻrab qolsa, xotinlar holini soʻzlab bersam, Rayyon koʻngliga bu yoqadimi, yoʻqmi, menga dushmanlik kayfiyati uyg‘ongay. Yaxshisi oʻzi soʻrab bilsin, begunohligimni aniqlasin, soʻngra chiqayin»;, degan hayolga borgandi. Payg‘ambar alayhissalom aytibdilarki, «agar oʻshanda men birodarim yusufning oʻrnida boʻlganimda edi, darhol zindondan chiqqan boʻlardim. Ammo u bu ishni yaxshi qildi, Malikning koʻngli sof va ravshan boʻlsin, dedi»;.

Soqiy kelib boʻlgan gaplarni podshohga yetkazdi. Podshoh oʻsha xotinlarni va Zulayhoni chaqirdi, Yusuf alayhissalom va Zulayho mojarosini soʻrab-surishtirdi. Xotinlar bu mojaroni podshoh bilan utrib bizlardan soʻramoqda, deb gumon qildilar-da, boʻlgan voqeani birma-bir bayon qildilar.
— Ey podshoh, Yusuf pokiza va begunohdir, unga biz tuxmat qilib, zindonga tashlagandik. Biz oʻzimizni unga bag‘ishlagan edik, ammo u bizlarga qiyo ham boqmadi. Biz unda hech bir ayb ishni koʻrmadik, - deyishda ayollar ayblariga iqror boʻlishib.
— Yusuf mendan shikoyat qilib, hech yomonladimi? - soʻradi parda ichida oʻtirgan Zulayho soqiyga murojat qilib.
— Sen haqingda bir og‘iz ham yomon gap aytmadi, - dedi soqiy.
— Ofarin! Qanday yaxshi er kishiki, qandayin yaxshi olim va obid, qandayin yaxshi taqvodor zotki, mening tuhmatimdan oʻn ikki yil zindonda yotsa hamki, sirimni fosh etmadi, aybdor qilmadi, - dedi Zulayho. Soʻngra chodirdan chiqib keldi-da, podshoh qoshiga turib aytdi: - Ey podshoh, hozirga qadar muhabbatim majoziy edi, endiga kelib haqiqat zohir boʻldi, haqiiy muhabbatga erishdim, shu bois haqiqatni aytish payti keldi. Hamma gunoh menda, gunohni unga yuklagan ham men, oshiq boʻlgan ham men, uyga chaqirgan ham men, quvlab, etagini yirtgan ham men, yolg‘on soʻzlagan ham men, gunohkor ham mendirman. U pok gunohsizdir, - dedi Zulayho.

Ayturlarki, Zulayho Azizi Misr va rayyon oldida uch soʻzni rost aytgandi: birinchisi - haqiqat zohir boʻldi; uchinchisi - men uni oʻzimga moyil qilmoq uchun harakat qilgandim; uchinchisi - haqaqtda u rostgoʻylardandir. Bu uch soʻzni karomatidan uch karomat topdi: kofira edi - imon topdi, xoʻr edi - aziz boʻldi, qari edi - yosh boʻldi, Yusuf alayhissalomga juft boʻldi.
— Ey podshoh, - dedi Zulayho iqroriga davom qilarkan, - agar Yusuf bu davrgacha zindonda turmaganida edi, uning ishqida oʻzimni halok qilgan boʻlardim. Muhabbatim avvalgidan ham ziyoda boʻldi.

Hikoyat. Zulayho Yusuf alayhissalomni zindonga soldirgandan keyin hpam zindonga borib turardi.
— Borgil, Yusufni bog‘lagil, ayamay tayoq bilan savalagil, toki uning faryodini eshitib turayin, - der edi zindonbonga tayinlab. Ammo bu gap zindonbonga xush kelmay Yusuf alayhissalomga borib aytardi.
— Zulayhoning tilagini bajo qil, meni urgal! - dedi Yusuf alayhissalom unga javoban.
— sen bir nido qilgil! - dedi zindonbon bunga unamasdan va zulayhodan qoʻrqqanidan bir tayoqni olib kirib yerga tashlarkan. Yusuf alayhissalom zindonbonning koʻngli uchun nido qilardi, Zulayho buni eshitib, saroyga qaytar edi.

Savol: Zulayho Yusufni sevardi-ku, tayoq Bilan urdirishda nima hikmat bor edi?

Javob: Zulayho oshiq edi. U «Yusufning yuzini yaqindan koʻrolmasman, hech yoʻqdir uzoqdan boʻlsa-da ovozini eshitayin, koʻnglim ovusin»;, der edi. Shu kabi moʻmin bandaga ham doʻzah koʻrsatilgay. Ollohning doʻsti boʻlgan moʻmin qullar doʻzah qoʻrqinchidan oʻt ichida turib nola qilgaylar. Shunda Olloh taolo (Oyat) «Gunohkor bandalarimning gunohlarini eslab, mendan qoʻrqim ingrashi-rostgoʻy bandalarning baqirib kulgan duosidan mahbubroqdir»;. Olloh taolo moʻminlarni suygani tufayli kofirlarga koʻrsatib, «Hayoti dunyoda meni yod qilgan qullarim bor edi. Ularni bu kun doʻzaxga tashlagandim, ular oʻt ichida turib ham meni yod etarlar»;, der ekan.

Soqiy zindonga borib, ayollar va Zulayhoning soʻzlarini yetkazdi.
— Sening nafsing oʻz xohinlarida haddan oshdi, uning yoʻlidan ozdirishlaridan omonda boʻla olmaysan, chunki nafs yetmishda shaytondan ham yomonroqdir, - dedi jabroil alayhissalom.

Aytishlaricha, Yusuf alayhissalom yetti yil zindonda yotdilar. Soqiyga umid bog‘lagani uchun Yana olti yil zindonda qoldirildi. U zot zindonda uch yumush bilan mashg‘ul boʻldilar: duo qildi, xalqdan umiz uzdi va sabr qildi. Shu tufayli Olloh taolo unga farah berdi.

Aytadilarki, Yusuf alayhissalomning soʻzlarini yetkazganlaridan podshohning ishtiyoqi ortib ketdi va zindonga shohona liboslar Bilan odam yubordi.
— Yusufni meng olib kelinglar. Uni oʻzimga xos qilayin, mamlakat ishlarini unga topshirayin, - dedi.
— Ey sodiq zot, turgil, seni podshoh chorlaydir. Pokliging aniq boʻldi, gunoh va hiyonat boshqalardan chiqdi, - dedi podshoh elchilari.

Yusuf alayhissalom hushnud boʻlib, zindon eshigiga kelib boshlarini yuvdilar, sochlarini taradilar, shohona liboslar kiyib, boshlariga toj qoʻndirdilar.
— Ey yusuf, bu zindonda koʻp yillar beri bizga esh edingiz, oshu nonlar berib, koʻp yaxshiliklar qildingiz. Endi bizlar sizdan ayrilib, qandoq tura olamiz, - deyishdi zindoniylar hammalari yig‘ilishib.
— Podshohga borib, Yusuf koʻp yillar zindon ahli bilan ulfat boʻlib edim. Endi men bu yerdan chiqib ketadigan boʻlsam, bularning bag‘ri biryon, koʻzi giryon boʻlib qoladi. Inoyat qilib, bularni ham ozod qilsin, gunohlaridan oʻtsin, yoʻ0qsa meni bulardan ayirmasin deb aytdi degin. - Yusuf alayhissalom shu soʻzlar bilan soqiyni qaytarib yubordi. Soqiydan bu gaplarni eshitgan podshoh zindoniylarning barchasisni ozod qildi, yaxshi liboslar qiydirdi.

Bashorat. Bu kun yer podshohi Yusuf alayhissalomning sharofatlari Bilan zindoniylarni ozod qilib yubordi. Erta kelar kunda Olamlar podshohi muhamma alayhissalomning sharofatlari Bilan barcha osiy ummatlarni doʻzaxdan ozod qilsa ne ajab!

Yusuf alayhissalom hamma zindoniylar bilan zindondan chiqqanlarida, eshik oldida oltin aravani koʻrdilar. O’sha davrda podshoh kimga izzat koʻrsatsa, uni oltin aravaga mindirar eldi. Yusuf alayhissalom oltin aravaga oʻtirarkan, qog‘oz va qalam soʻradilar va unga shu soʻzlarni bitib, zindon eshigiga yopishtirgizdilar: «Bu doʻzax-tiriklarga goʻrdir, doʻstlarga riyozat joyidir, dushmanlarga malomat va ozor joyidir»;.

Yusuf alayhissalomni oltin aravaga mindirib, izzat-ikrom Bilan Misrga olib kirdilar.
— O’n ikki yil oldin qoʻliga zanjir, oyog‘iga kishan urilgan, eshakka mingdirib, zindonga olib borilgan oʻg‘lon shumi?! Qarang, bugun bundayin shohona izzat-*ikromga musharraf boʻlibdi-ya! - deyishda shahar ahli bir-birlariga. - Iloho, oʻsha hoʻrlik nimaga edi-yu, bu izzatlar nimaga boʻlur.
— Ul zot kimni istasa aziz qilur, kimni istasa hor qilur. Men uning hukmiga roziman! - dedi Yusuf alayhissalom.

Vaqtiki, Yusuf alayhissalom podshoh huzuriga kirganida:
— Assalomu alaykum, marhamatli fuqarolar! - Deya salom berdi.

Yusuf alayhissalom kirib kelganlarida podshoh uni oʻrnidan turib qarshi oldi va yonidan joy berdi. Aytishlaricha, podshoh Yusuf alayhissalomga yetmish til Bilan soʻz soʻzladi, ul zot ham hamma tillarda javob qildi. Mujodala soʻngida Yusuf alayhissalom ibroniy tilida podshohni duo qildilar.
— Bu nechuk tildir? - soʻradi podshoh.
— Bu mening otalarim Ibrohim, Ishoq va Ya’qub alayhissalomlar tilidur, - javob qildi u zot.

Yusuf alayhissalomning javoblari podshohga yoqdi, tush ta’birini soʻradi.
— Bu kun qadr-qammatingiz ma’lum boʻldi. O’z tasarrufimdagi hamma narsalarni senga ishondim, senga vazirldikni berayin, - dedi.
— Vazirlik Azizi Misrning haqqidir. Mening zimmamda uning koʻp haqlari bor. U tirik ekan, vazirlikni olmasman, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey Yusuf, jamiki podishohlik senga munosibdir, qaysinis kerak boʻlsa olgil.
— Ey podshoh, boshqa narsani istamasman, menga faqat yer hazinasini yetti yilga topshirsangiz bas, boshqa mansab menga munosib emas, dehqonchilikni yaxshi bilarman, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey Yusuf, mening davlatimda istaganingni qil, faqat ikki ishdan oʻzingni saqlagil: xonadanimdagi xotinlarim va kanizlarim bilan soʻzlashmagin, - dedi podshoh.
— Bizning shariatimizda bunday ishlar harom hisoblanur, mening ham bunday ishlarga hoxishim yoʻqdir.
— Ikkinchisi shuki, mening Bilan bir tavoqda taom yemaysan, men ham sen bilan ovqatlanmasman, - dedi podshoh.
— Sen bilan birga ovqatlanmoq men uchun ham or hisoblanur.
— Nima uchun? - taadjublandi podshoh.
— Men Ya’qub payg‘ambarining oʻg‘li, ishoq payg‘ambarining nabirasi, Ibrohim payg‘ambarining avlodidanman. Shunday boʻlgach, sen Bilan qandayin ham birga ovqatlanay, - dedi Yusuf alayhissalom.

Podshoh Yusuf alayhissalomga qasri oliy hozirlatdi. Yusuf alayhissalom yetti yil g‘alla ektirdilar. Ularni somoni bilan omborga qmadailar. Tog‘larda suqurlar qazdirib, ularni ham donlar bilan toʻldirdilar.

Aytishlaricha, oʻsha zamonda podshoh fuqaroning yarim hosilini olar edi. Yusuf alayhissalom esa aholiga adolatli hukm yuritdi. Yurt obod boʻldi. Uch yil oʻtganidan keyin Azizi Misr oʻldi va uning oʻrni Yusuf alayhissalomga berildi hamda uning boshchiligida yetti yilda yetishtirilgan hosil omborlarga joylandi. Ma’murchilik va arzonchilik yillari tamom boʻlgach, qahatchilik davri boshlandi, yetti yilgacha yog‘in yog‘madi, yerda giyoh unmadi. Haloyiq bundan tashvishga tushdi. Bir botmon arpa bir oldiga teng boʻldi.

Yana aytishlaricha, qahat kelar kechasi yetishganda Yusuf alayhissalom hizmatkorlagiga buyurdi:
— Arpa noni pishirib qoʻyinglar, shu kecha sahar vaqtida menga keltirib berasizlar.

Aytganidek qildilar. Sahar vaqti boʻlganda podshoh «qornim och»;, deb uyqudan uyg‘ondi.
— Ey Yusuf, umrimda bunday shirin yeganim yoʻq edi, - dedi podshoh Yusuf alayhissalom keltirib bergan nonni yeb koʻrgach.
— Ey podshoh, bu arpa nonidir, arpa esa ot va sigirlar hoʻragidir. Arpa nonining shirin, totimliro0qligi qahatchilikning boshlanishidan darakdir, - dedi Yusuf alayhissalom.

Shundan keyin aholiga oʻlchov bilan oshlik tarqata boshladilar. Bechora va faqirlarga sadaqa qilindi, boylarga esa sotildi va tushgan pulni hazinaga topshirdilar. Yetti yil ichida hazina toʻlib ketdi. Yusuf alayhissalom ushbu vazifaga tayinlanayotgan chog‘da besh yillik hosil podshoh ihtiyoriga, ikki yilligi esa unga beriladigan boʻlgandi. Yusuf alayhissalomning hosilni olish navbati kelganda bir botmon urug‘i oʻnta eshakka yuk boʻlarli miqdorda hosil berdi. Yusuf alayhissalom bug‘doylarni kuya tushmasin, deb yanchmasdan omborga joylattirdi.

Yusuf alayhissalomning qirq darvozavoni va qirq ming hizmatkorlari bor edi. Bora-bora Misr xalqi ham unga tobe boʻldilar. Birinchi yili haloyiqlar oltin-kumushlarni, ikkinchi yili ot, tuya va sigirlarni berib yemish oldilar. Uchinchi yili qul va choʻrilarni sotdilar. Toʻrtinchi yili yer-joylarini, beshinchi yili esa roʻzg‘or asboblarini bug‘doyga almashtirdilar. Oltinchi yili oʻg‘il-qizlarini, yettinchi yili esa oʻzlarini sotdilar.

Yettinchi yilda haloyiqda hech vaqo qolmadi, ularning hammasi Yusufning quliga aylandilar. Negaki, ochiqqan xalq bolalarini va oʻzlarini sotib don olib yegandilar. Yil taomo boʻlishiga qirq kun (ba’zilar toʻrt oy deyishadi) qolganda omborlar boʻshab qoldi. Bug‘doy pishishiga yetolmaganxalq oshlik soʻrab kelganida Yusuf alayhissalomning boshi qotdi. Shunda Jabroil alayhissalom Olloh taoloning farmonini olib keldi:
— Ey Yusuf, biyobonga chiqqil, och haloyiqqa yuzingni koʻrsatgil!

Yusuf alayhissalom biyobonga chiqib, taxt ustiga oʻtirdi va yuzidan pardagni koʻtardi. Yusuf alayhissalomning jamolini koʻrgan haloyiq Oshu taomni unutdilar. Qirq kun (ba’zilarning aytishlaricha, toʻrt oy) odamlar hech narsa yemadilar, Yusufning jamoli bilan kun kechirdilar, oziq-ovqatga muhtoj boʻlmadilar.
— Ey yusuf, biz seni qullikka solmaganimizda edi, bugun qullik qadrini qaerdan bilarding? Qullar qadrini bilaning uchun endi bugun misr xalqini ozod qilgaysan! - deya Ollohdan farmon keldi. Shundan soʻng jar chaqirtirib, Misr xalqini yig‘dilar.
— Ey Misr xalqi, eru xotin barchangiz mening qulimmisih? - soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Hoʻ, qulingizmiz, - deyishdi ular.
— Olloh taoloning hushnudligi uchun barchangizzni ozod qildim, - dedi Yusuf alayhissalom jarchilarga buyurib.

Rivoyat qiladilarki, Yusuf alayhissalomning Kan’ondan chiqqaniga yigirma yetti yil boʻlganida, ochorchilik va qahatchilik yillarining beshinchi yilida Ya’qub alayhissalom oʻg‘illariga dedi:
— Misrda oziq-ovqat bor deyishlarlar, sizlar borib don-dun keltiringlar.

Payg‘ambarzodalarning har biri ikkitadan tuyaga yog‘, qurut, poshloq, jun ortib, Misrga yoʻl oldilar. Yusuf alayhissalom bilardiki, boshqa yurtlarda don-dun yoʻq, qarindoshlari qachondir oziq qidirib keladilar. Shu maqsadda yoʻllarga toʻqsol (qorovul)Lar qoʻydirdi.
— Qachonki, uzun boʻyli, koʻrkam yuzli yigitlar kelsa, mening oldimga olib kelinglar, -* deb tayinladi qorovullarga.

Ya’qub alayhissalomning qaddi-qomatlari birdek, bir hil kiyim kiygan oʻn oʻg‘loni shaharga kirib kelishdi. Bu habarni eshitgan Yusuf alayhissalom ularning oʻz birodarlari ekanligini bildi. Deydilarki, yigirma yetti yil mobaynida Yusuf alayhissalom birodarlariga boqib, yuzlari yoʻlning gardu g‘uborlariga bulg‘anganini, kiyimlari kir boʻlib ketganini koʻrgach, bu niyatdan qaytganiga yana bir bor hursand boʻldi va «Mening ulug‘ligimni bilsinlar, ularni hursand qilib yuboray»;, degan qarorga keldi.
— Qaydin kelursizlar, - soʻradi Yusuf alayhissalom. - Kimning farzandlari boʻlursiz?
— Kan’ondan kelurmiz, - deyigdi ular. - Ya’qub payg‘ambarining oʻg‘illari boʻlarmiz.
— Otangiz tirikmilar?
— Tirikdurlar.
— Nima ish qilarlar?
— Payg‘ambardirlar, Olloh taologa toat va ibodat qilarlar.
— Kimdan kimga payg‘ambardirlar?
— Haqdan xalqqa payg‘ambardirlar.
— Payg‘ambar boʻlsalar, nega misr eliga kelmas, uning xalqiga payg‘ambarlik qilmaslar?
— Kan’onga va uning atrofidagi xalqlarga payg‘ambardiralr. Buning ustiga koʻzlari ojiz boʻlib qolganlar.
— Koʻzlari nima sababdan koʻrmaytsdigan boʻlib qoldilar?
— Yusuf degan oʻg‘li bor edi, uni behad yaxshi koʻrardi. O’sha oʻg‘il g‘oyib boʻlgach, uning firoqidan yig‘layverganlaridan koʻzlari koʻr boʻldi.

Rivoyat qilishlaricha, bu paytda harir kiyimlar kiygan holda taxt ustida oʻtirgandi. O’ng tomonlarida ming g‘ulombacha oltindan kamar bog‘lagan holda, chap tomonlarida ming g‘ulombacha kumushdan kamar bog‘lagan holda turardilar. Saroylarning eshigida esa yuz kishi qora kiyimda qoʻllariga oltin aso tutganicha, yana yuxz kishi esa kumush aso tutganicha turardi.
— Hammangizlar bir otadan boʻlasizlarmi? - soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Shunday, - deyishdi aka-ukalari.
— Yana boshqa aka-ukalaringiz bormi?
— O’n bir birodarmiz, birimiz uyda qolib, otamiz hizmatini qilyapti.
— Qanday ajoyib hushroʻy, hushsu’rat va hushqad yigitlar ekan-a?! - dedi Yusuf alayhissalom huzurida turgan beklariga qarab.
— ?oyib boʻlgan ukamiz bizlardan koʻra hushmu’rat edi, - deyishdi.
— Qay yoʻsinda g‘oyib boʻlgan u?
— Boʻri yedi, - dedi biri.
— O’g‘ri oʻldirdi, - dedi ikkinchisi.
— Biyobondan koʻylagini qonga belgangan holda topdik, - dedi uchinchisi.
— Bular josusdirlar. Negaki, soʻzlari bir-biriga muvofiq kelmayotir, - dedi Yusuf alayhissalom ularning soʻzlarini ayri chiqqaninik oʻrib.
— Bizlar payg‘abarzodalarmiz, bizlardan oʻg‘rilik sodir boʻlmas, haqaqtan ham yoʻqolgan inimizning oʻlik-tirigini bilmasmiz, - deyishdi.
— Menda bir jom bor. har nimaniki soʻrasam javob qilur, - dedi Yusuf alayhissalom va oʻsha jomni qoʻliga olib qoqdilar, bir voz chiqdi. Bu jom ingizni tirik deydir.

Yusuf alayhissalom ularni uch kun bir uyda saqladilar, soʻng amr qildi:
— Bularning har biriga yuir tuyadan bug‘doy bering, keltirgan yog‘lari, qurutlari va yunglarini ham bildirmasdan qoplariga solib qoʻying. Shunday qilingki, ular qoplarini ochmasinlar.

Soʻngra birodarlariga yuzlanib soʻradi:
— Otangizga va ukangizga bir tuyadan bug‘ldoy bersam, olib ketasizlarkim? - Ular koʻvngachs, ikkita tuyada bug‘doy berdi va yana ta’kidladi. Yegulieklaringiz tugasa, yana kelinglar. Faqat bir shartim bor: uyda qolgan birodaringizni ham olib kelasiz. Boʻlmasa bug‘oy bermayman.
— Bu podshoh Yusufga oʻxshar ekan, - dedi Yahudo oʻz tillarida.
— Qayoqdagi gaplarni aytasan-a? Bu mamlakat, bu podshohlik qaerda-yu, Yusuf qaerda? - deyishdi boshqalari. - U shuncha qoʻshinni qayoqdan olsin?! Agar tirik boʻlganida daragi chiqqan boʻlardi, otasini soʻrardi, bungun esa bizga yaxshilik qilmagan boʻlardi, oʻch olardi!

-Ibn Yaminni keltiring, deganidan bildimki, bu yusuf! - dedi Yahudo.
— Bu gapni qoʻygil, - deyishdi va tashqariga chiqishdi. Yusuf alayhissalom ularning soʻzlarini eshitib, parda ichida tabassum qilar edi.

Xullas, birodarlar yuklarini olib, kan’onga qaytdilar. Otalariga salom keltirdilar. Ya’qub alayhissalom hursand boʻlib, farzandlaridan holu ahvol soʻradilar.
— Misr podshohi bizlarga koʻp yaxshiliklar qildi: hammamizga bir tuyadan bug‘doy berdi, senga va Ibn Yaminga ham bir tuyadan bug‘doy tuhfa qildi, yana bizlar olib borgan narsalarni oʻzimizga ibldirmasdan qoplarimizga solib qoʻyibdi. U Yana aytdiki: «Uydagi ukangizni olib kelsangiz, Yana g‘alla beraman. Agar olib kelmasangiz oshlik bermasman»;, dedi (Oyat) «Bizlar uni albatta, muhofaza qilarmiz»;, - deyishdi oʻg‘lonalr.
— Yusufni oldib borib yoʻqotib keldinglar. Endi buni ham yoʻqotib kelmoqchimisizlar? - Sizlarga boshqa ishona olmayman, - dedi Ya’qub alayhissalom.
— Ey ota, bizlardan bir xatolik oʻtib, beparvo qoldik. Endi buni yaxshi saqlaymiz. Hudo hoxlasa, salomat keltiramiz, - deyishdi.
— Ibn Ya’minga yomonlik qilmaymiz, deb Ollosh taologa ahd qilib, bir xat beringlar, - dedi otalari. - (Oyat) «Men uni sizlar Bilan hargiz yubormasman, to sizlar Olloshh talolo tarafidan bir ahdi-paymon keltirmaguningizcha»;.

Hammalari ahd qilib, xat berdilar. Ya’qub alayhissalom oʻziga berilgan ulushning yarmini Kan’on xalqiga ulashdi. Inb Yaminni olib, Misrga boradigan boʻldilar. Katta karvon yig‘ildi.
— Ey ota, bizlarga nasihat qilsangiz, shunga qarab ish tutsak, - deyishdi oʻg‘lonlari.
— Avvalgi soʻzim shuki, qoplaringizdan chiqqan narsalarni qaytarib olibborasizlar. Negaki, ular bizlarga haromdir. Yo yodlaridan chiqqan, yo sizlarni sinomaoqchi boʻlgan. Ikkichisi shuki, Misrga borganlda hammangiz bir darvozadan emas boshqa-boshqa darvozalardan kiring, toki xalqning koʻzi tegmasin.

Hadis. Payg‘ambar alayhissalom deydilar: «Yomon koʻz erni goʻrga kirgizar, tuyani qozonga»;.

Hikoyatda kelishicha, arablarning bir qabilasi bor edi, koʻz ovchiligi bilan mashg‘ul boʻlgaendi. Ular qachon goʻsht yegilarik yelib qolsa, xotinlariag qozon ostirib, oʻzlari koʻchaga chiqab oʻtirar ekanlar.

Yoʻldan oʻtayotganlarga qarab: «qanday chiroyli oting, yo sigiring, yo tuyang bor-a!»; deyisharkan. Shunda oʻsha hayvonlar oʻlar va goʻshlarini sotgani olib kelishar ekan.

Hikoyat. Quraysh kofirlari Muhammad alayhissalomga zarar yetkazishga qasd qilib, oʻsha qabiladan bir kishiga «Muhammadga koʻz tekkiz, u halok boʻlsin!»; - deyishadi. U badbaxt payg‘ambar alayhissalomga koʻz tekkizishga ahd qilib, yoʻlga tushganda, Jabroil alayhissalom mana bu oyatni keltirdi: «Albatta, kofirlar Qur’oni karimni eshitganlarida seni yomon koʻzlar Bilan toydirishlariga oz qoldi. Va ular »;albatta bu majnun boʻlsa kerak«, deyishdi. Vaholanki, bu Qur’oni karim butun olam uchun faqat bir nasihatdir»;. O’sha kimsa keldib, payg‘ambar alayhissalomga koʻz solunga qadar Rasul alayhissalom bu oyatni oʻqib, uning oʻziga dam soldi. Shu zahoti u badbaht kimsaining ikki koʻzi oqib ketdi.

Yana bir hikoyatda kelishicha, bir kampir payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib shunday dedi:
— Yo rasululloh, ahvolimiz yaxshilanarmikan deb biz sahroda mol-qoʻy boqarmizu, lekin holimiz yaxshi boʻlmayapdi.
— Mol-qoʻyni soting, odamlar orasiga kirib, ekin eking, ekinzorlaringizga qoʻriqchilar oʻrnating, - dedilar payg‘qambar alayhissalom. Shunday qilingan edilar, ahvollari yaxshilandi.

Savol: Ekinzorga qoʻriqchi oʻrnatishdan nima foyda bor?

Javob: Foydasi shuki, agar yomon koʻzli biror kimsa nazar tashlasa, ekinlar quriydi, qoʻriqchi oʻrnatilgan boʻlsa, koʻz nazari ekinga emas, qoʻriqchiga tushadi. Negaki, ekindan azizroq turar. Shu bois oldin unga tegar, ekinga keyin tegar, ammo zarar qilmas.

Savol: Oldin nazar tushganiga zarar qilib, keyingisiga ziyon yetmasligining hikmati nimada?

Javob: Koʻzning zarari oldingi boqishd boʻlar. Qaysi narsa azazroq boʻlsa, oʻshanga tegib, keyingisiga ziyon yetmas.

Savol: Koʻz tegishida nima hikmat bor?

Javob: Hikmat shuki, Olloh taolo moʻminlarini suydi hamda oʻzini va moʻminlarini «Seving!»; dedi (Oyat) «Olloh ularni yaxshi koʻradi va ular Ollohni yaxshi koʻradilar»;. qachonki, moʻmin odam biror narsaga suyuk koʻzi bilan qarasa, Olloh taoloning rashki kelar. «Mendan boshqaga suyuk koʻzi Bilan qaramasin»;, deya oʻsha narsani halok qilar. Rasul alayhissalom debdilarki: «men rashkchiman, sa’d ham rashkchi, ammo Olloh har ikkialamizdan ham arshkchiroqdir»;.

Savol: qoʻriqchining koʻz zararini qaytarishda qanday qudrati bor?

Javob: qoʻriqchining hech qanday qudrati yoʻq, misoli butlarning odamlarni yoʻldan ozdirishda qadrati boʻlmagani, lekin bunga sababchi boʻlgani kabidir.

Ya’qub alayhissalomning oʻg‘illari Misrga kelganlarida otalari buyurganidek, har qaysilari boshqa-boshqa darvozadan kirdilar. Yahudo Bilan Ibn Yamin bir darvozadan kirib, barchlg‘alaridan oldinroq Yusuf alayhissalom saroylari eshigiga kelib turdilar. Boshqalari ham yetib kelib, salom va duoni ado qilgach, saroyga kirdilar. Otalari berib yuborgan Ibrohim alayhissalomdan qolgan meros sallani Yusuf alayhissalomning oldiga qoʻyishdi.
— Otamiz «Bu sala menga Ibrohim alayhissalomdan meros qolgan edi. Uni senga yuboryapman»;, dedilar - deyishdi. Yusuf alayhissalom bundan behad sevinib ketdi, negaki bu salla kimga tegsa, u payg‘ambar boʻlar edi.
— Bu narsalar yuklarimiz ichidan chiqdi, yanglishib qoʻyilgandir, deya qaytarib olib keldik, - deyishdi yuklari ichidan chiqqan narsalarni Yusuf alayhissalomning oldiga qoʻyar ekanlar.
— Olib kelib yaxshi qilibsizlar, ammo bu narsalarga muhtoj emasmiz. Sizlarga berdik, olib yoʻl harji qilinglar, - dedi Yusuf alayhissalom va bu narsalarni otasi qaytarib yuborganini fahmladi.
— Bu ish bizlarga davlat va saodat boʻlar, - deyishdi hammalari oʻrinlaridan turib ta’zimu tavoze qilganlaricha.

Ibn Yaminni chodirga kiritib, taxt ustiga oʻtkizdirdilar va oldiga bir tovoqda osh qoʻydilar. Yusuf alayhissalom niqobini koʻtarib, yuzlarini ukasiga koʻrsatdi. Ibn Yamin oh urib, behush boʻlib yiqildi. Gulob sepib, oʻziga keltirdilar.
— Nima darding bor, tutqanoqmisan? - soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Payg‘ambarzodadirman. Menda tutqanoq kasali boʻlmas. Yuzingizni koʻrgandim, g‘oyib boʻlgan akamning yuiza oʻxsharkan, shuning uchun hushimdan ketdim, - dedi Ibn Yamin.
— Qayg‘urmagil, oʻsha g‘oyib boʻlgan akang menman, - dedi Yusuf alayhissalom va shundan keyin Ibn Yamin yana hushidank yetdi. Yana gulob sepib, oʻvziga keltirdilar.
— Otamning ahvoli qalay, shundan gapir, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Sening g‘amingda «Bayt ul-ahzon»;ga kirib yig‘lay-yig‘lay ikki koʻzlari koʻr boʻldi, - dedi Ibn Yamin. Bundan Yusuf alayhissalom koʻp yig‘ladi.
— Ey uka, sen oshingni yegin, men sarguzashtlarimni aytayin, - dedi Yusuf alayhissalom. Avval meni quduqqa soldilar. Quduqdan chiqib, qul deb sotdilar. Keyin zindonga tushim va koʻp yillar u yerda yotdim. Olloh taolo fazli Bilan zindondan chiqib, bu mulku davlatga ega boʻldim. Bu soʻzlarni sen ulraga aytmagin. Olloh taolodan ruhsat yoʻq.
— Men sizdan ayrilib qandoq toqat qilurman, - dedi Ibn Yamin.
— Men seni bir bahona bilan olib qolurman.

Ketar vaqti boʻlganda Yusuf alayhissalom omborchiga buyurdi:
— kan’oniylarning har biriga bir tuyadan bug‘doy bergil, Ibn Yaminning qopiga paymona (qadah)ni hech kimga bildirmasdan solib qoʻygin.

Deydilarki, bu idish kumushdan edi. U Qur’onda «siqoya»; deyilgan. Siqoya arab tilida suv idishi deganidir. Yana bir joyida «savog‘»; deyilgan. Savog‘ arabchada tarozi degani boʻladi. U tarozi toʻrt oyog‘i bor edi, ularning har biri turli-turli gavharlardan yasalgandi. Ichida uch yuz oltmishda mehroq qilingandi. Har bir mehrobda bir shariat sohibining surati aks ettirilgandi.

Hammalri Yusuf alayhissalomni duo qilib, yoʻlga tushdilar. Yoʻlda kelayotib Ayn ush-Shams degan yerda toʻxtadilar. Endi ovqatlanib boʻlganlarida Yusuf alayhissalom toʻrt ming yigiti bilan yetib keldi.
— Ey karvon ahli, biz sizlar yemish olgani kelgan savdogarlar, deb oʻylagan edi, ammo sizlar beshak oʻg‘ri ekansizlar, - deya jar chaqirtirdi.
— Foyda. Deydilarki, oʻg‘rilar toʻrt turli boʻladi: mol oʻg‘risi, namoz oʻg‘risi, soʻz oʻg‘risi, tarozi oʻg‘risi. Mol oʻg‘risining qoʻlinik yesarlar, soʻz oʻg‘risini oʻtda kuydirarlar, namoz oʻg‘risining yuzidan unr olingay,, tarozi oʻg‘risini esa olib qolib, mukofotlar berishgay.

Yana deydilarki, dunyoda oʻg‘ri degan ortiqroq yovuz nom yoʻq. O’g‘riga beriladigan jazodan ortiqroq jazo yoʻq. Uning jazosi sog‘ qoʻlini kesish azobidir. Negaki, oʻsha kesilgan sog‘ qoʻl Bilan oʻg‘rilik qilarlar, oʻsha qoʻl bilan taom yerlar, u bilan tahorat qilarlar, yaxshilikni ham oʻsha qoʻl bilan qilarlar. Manna shunday ishlarga qodir boʻlgan qoʻlning kesilishidan ortiqroq jazo, undan-da ortiqroq azob bormi?! Shunday aziz inson a’zosi bir yoki yarim oltin uchun kesilur!

Ya’qub alayhissalom oʻg‘lonlari oʻg‘rilik soʻzini eshitib, qoʻrqib ketdilar, ranglari og‘arib, oyoqlaridan mador ketdi.
— Nima yoʻqotdingiz? Kimni oʻg‘ri qilmoqchisiz? - tashvishlanishdi ular.
— Podshohning tarozisini yoʻqtdik. Kim topib bersa, bir tuyada bug‘oy mukofoti berilur, - javob qildi jarchi.

Savol: Suyunchiga boshqa narsa tayin etmay, bug‘doy beramiz, deyishlikda nima hikmat bor?

Javob: Qahatchilik va ocharchilik paytida hech nima bug‘doydan ortiq boʻlmaydi. Bu bois (Oyat) «Kimki uni topib bersa, unga bir tuya oshliq berilgay va men bi va’daning ustidan chiqishga kafildirman»;, deya jar chaqirtirildi.

Aysh-Shams muzofotining eru ayol ahli tomoshaga chiqdilar. Shu paytda toʻrt ming askari bilan Yusuf alayhissalom ham yetib keldi.
— Tarozini topa olmadik, - deyishdi jarchilar.
— Ey yigitlar, bizlar sizlarni g‘allaga kelgan savdogarlar, desak oʻg‘ri ekansizlar, - dedi Yusuf alayhissalom birodarlariga.
— Biz bu elga yomon niyatda kelmaganmiz, biz payg‘ambarzodamiz, oʻg‘ri emasmiz, - deyishdi birodarlar. - Yuklarimiz ichidan chiqqan narsalarni Kan’ondan Misrga qaytib olib kelgan bizlar qandayin ham tarozi oʻg‘risi boʻlaylik. Hattoki Kan’ondan chiqqach, begona mulkda ungan oʻtlarni yeb qoʻymasin, kofirlar daraxtidan barg tishlab uzmasin, deya tuyalaimiz og‘izlarini bog‘lagan odamlarmiz. Misrdan chiqqandan keyin ham shunday qildik. O’zlarini bunday ehtiyotlagan odamlar bug‘doy tuhfa qilgan, taomlar Bilan siylagan podshohning saroyidan tarozi oʻg‘irlashi mumkinmi?
— Ahtarsak, mabodo sizlardan chiqsa nima boʻlar? - soʻradi Yusuf alayhissalom. - Topsak, oʻg‘rining qoʻlini kesarmiz, zindonga tashlarmiz.
— Ahtaring, agar bizlarning oramizdan kimning yuki ichidan chiqsa, oʻsha odam mol egasiga qoʻl boʻlsin, bizning shariatimizda shunday, deyishdi birodarlar. - Ihtiyor sizda, Xohlang bizning yoʻlimizda hukm qiling, xohlang oʻz yoʻlingizda.
— Yuklaringizni ochinglar! - dedi Yusuf alayhissalom.

Avval hamrohlarining yuklarini ochib koʻrdilar. «Ishqilib, oʻshalar yukidan chiqsin-da, biz payg‘ambar oʻg‘lonlarining yuzi yorug‘ boʻlardi»;, deya sevindilar. Ammo, navbat oʻn oqa-inining yuklariga keldi. Axtardilar, ulardan ham chiqmadi. Yusuf alayhissalom uzr aytib, qaytmoqchi boʻlgandi, Rubil uni qaytardi:
— Manavi bittamizning yukimizni qaramadingiz, uni ham koʻring.

Ibn Yaminning yukini ochib koʻrgandilar, tarozi uning chidan chiqdi. Hammalari qayg‘uga botib, boshlarini egdilar.
— Ey Rohilning oʻg‘li, onaning ikki oʻg‘il tug‘g‘andi, ikkovingiz ham oʻg‘ri chiqdingizlar. Biringizda qutilgan Edik, endi sen qoluvmiding. Buning onasi ham yomon6 edi oʻzi! - deyishdi birodarlari malomat toshlari yog‘dirib.
— Ey birodarlarmi, men oʻg‘ri emasman, Hudo haqqi men oʻg‘irlamadim, - deya nola qila boshladi Ibn Yamin.
— Zoru nola qilguncha, koʻnglingni tiysang nima qilardi! - deyishdi uni yana tanbehga koʻmishib.

Savol: Ibn Yamin tarozini oʻg‘irlamagan edi. Yusuf alayhissalomning (Oyat) «Sizlar, albatta, oʻg‘ridirsizlar»;, deyishligi nima uchun ravo boʻldi.

Javob: Olloh taoloning «Qarindoshingni shu asnoda olib qolgin!»; degan farmoniga binoan edi. Bu bahona birodarlarga mushkl holatda qoʻl kelib, «bir tug‘ishgan akasi ham oldin oʻg‘irlik qilgan edi»;, deya qutilib qolmoqchi boʻldilar.

Savol: Yusuf alayhissalomni oʻg‘irlik qilgan deyishlariga, oʻg‘irlikka qoʻl urmagan holda malomatga nishon boʻlishlariga nima sabab edi?

Javob: Onalari rohil ukasi Yaminni tug‘ish payti vafot etgandi. Ibn Yaminni enagaga topshirdilar. Kichikna Yusufni esa holalari tarbiyasiga berishdi. Ya’qub alayhissalomning ikohida boʻlgan bu xolasi uni behad sevardi. Besh yoshga kirganda otalari olib ketgani kelganda, xolasi Yusufning koʻylaklari chiga Ishoq alayhissalomdan qolgan kamarbandni bog‘lab qoʻydi. Soʻngra «Kamarim yoʻqolib qoldi»;, degan bahona bilan orqalaridan borib, uni yusufning belidan topib olganday boʻldi. «Bu bola endi meniki boʻldi»;, degan talabi oldida Ya’qub alayhissalom noiloj boʻlib qoldiyu Xolasi yusufni oʻzi bilan birga olib ketdi. Og‘alarining oʻg‘ri bdeyishlari shu sababdan edi.

Xullas, Yusuf alayhissalom darg‘azabnamo boʻlib, mil bilan jamni qoqdilar. Soʻng soʻradi:
— Jom nima deydi?
— Bilmasmiz, - dedilar.
— Jom ayturki, birodarlari Yusufni makr-hiyla bilan otalaridan soʻrab olib, turfa azoblar bilan quduqqa soldilar, soʻn «qulimizning uch aybi bor»;, deya uch shart bilan sotdilar. «Boʻri yedi»; deganlari yolg‘ondir, - dedi Bilmasmiz, - dedilar. Birodarlar hayron qoldilar.
— Jom nima deydi? - yana jomni qoqib soʻradi Bilmasmiz, - dedilar.
— Bilmasmiz, - dedilar.
— Jom ayturki, yoʻqolgan birodarlari tirikdur, ammo hozir uzoqqda, yaqin fursatda topishadilar. Birodarlari podshohga rost gapni aytdilar, keyin otalari Bilan ham topishadilar, soʻngra Olloh taolo ularning gunohlarini kechirgay, - dedi Bilmasmiz, - dedilar.
— Jom nima deydi? - soʻradi Bilmasmiz, - dedilar jomni yana qoqib.
— Bilmasmiz, - deyishdi ular.
— Jom ayturki, Yusufni quduqqa solib, qoʻyni soʻyib, uning qoniga koʻylagini botirib, otalariga olib bordilar, yolg‘on soʻzladilpar. Undan keyin oʻn sakkiz chaqa pulga sotib, hudiy tilida xat yozib, muhr bosib sotib olgan kishiga berganlar. Shu soʻzi rostmi? - soʻradi Bilmasmiz, - dedilar.
— Boʻri yegani rostdir. Sotdi deganlari yoldg‘on, - deyishdi ular tonib.
— Jom ayturki, - dedi bilmasmiz, - dedilar jomni yana bir bor qoqib, - Bularning orasida bir yigit bor: g‘azabi kelsa, badanlaridagi moʻylari kiyimlarini teshib chiqar ekan. U qaysi biringizdir?
— Mendirman, - dedi Yahudo oʻrnidan turib.
— Shunchalik bahodir boʻla turib, Yusufni boʻriga yedirib qoʻyishlikdan sharm qilmadingmi? - soʻradi Yusuf alayhissalom.

Yahudo hijolatdan qizarib ketdi. Yusuf alayhissalom yana domni qoqib soʻradilar:
— Jom ayturki, bularning orasida bir yigit bor: g‘azabi kelganida toshni changaliga olib siqsa, un kabi maydalanib ketar emish. U kimdir?
— Mendirman, - dedi Rubil turarkan.
— Shunchalik quvvating bor ekan, ukang Yusufni nima uchun boʻriga yedirding? -s oʻradi Yusuf alayhissalom.
— Jom nima deydi? - yana soʻradi jomni qoqarkan.
— Bilmasmiz, - dedilar.
— nima deydir? - soʻradi yana jomni qoqib.
— Bilmasmiz, - deyishdi.
— Ayturki, bularning orasida bir yigit bor: agar sherga yuzma-yuz kelsa, ushlab og‘zini yirtib tashlar emish. U kimdir?
— Men, - dedi Kozuro oʻrnidan utrib.
— Sherga kuching yetgan, boʻriga yetmasmidi?
— Nima deydir? - oʻradi yana jomni qoqib.
— Bilmasmiz, - dedilar.
— Ayturki, - dedi Yusuf alayhissalom, - Melik Za’rga berilgan xat podshohning hazinasida, deydir.

Buyurdilar. Borib hazinadan oʻsha xatni olib keldilar. Yusuf alayhissalom ul xatni birodarlariga koʻrsatdi.
— Bunday xatdan bizning habarimiz yoʻq, - deyishdi ular xatni koʻrgach.
— Bu xat yolg‘onmi? - soʻradi Yusuf alayhissalom IMbn Yamindan.
— Bu birodarlarining xatidir. Jom rost aytadir, - dedi u. - Ey podshohi olam, bu jom Yusufni tirik, tez fursatda otasi bilan topishadi, dedi. Otamizga bir noma yuborsak, behad hoʻrsand boʻlar edilar.
— Otamizning shu vaqtgacha tortgan mehnatu mashaqqatlari ozmidi? - deyishdi birodarlari. - Uning ustiga xat yuborib, dardu firoqlarini yana ziyoda qilmoqchimisan, yangidan oʻtga solay dermisan? Hudo hohlasa, sendan ham qutilgaymiz. Sen podshohning tarozisini oʻg‘irlab, bizlarni ham hijolatga qoʻyding!

Latifa: Qiyomat qoyib boʻlganda Olloh taolo hamma bandalaridan hisob oladi. Bandalar gunoh ishlarni inokr qilarkanlar. Shunda ularning nomai a’molini (ya’ni qilgan amallarining kitobini) keltirarkanlar. Oyu kun, kechayu kunduz, jamiki yulduzlar guvohlik berarkanlar. Shunda farishtalar: «Endi nrima deysan?»; deyishganda ul bandalar: «Bularning hammasi odam farzandiga dushmandirlar. Guvohliklariga ishonib boʻlmaydi»;, derkanlar. Shundan keyin osmonu yer guvohlik berarkan, ammo u ham qabul qilinmaydi. Anna shunda u bandaning jamiki tana a’zolari alohida-alohida guvohlik berarkan. Bu guvohlikdan soʻng u doʻzahga haydalarkan.

Alqissa, birodarlarning oqatlari toq boʻlib, iltijo qildilar:
— Ey podshoh, bizga ortiq ozor bermang. Mol olsangiz mayli, oling, ammo ukamizni olib qolmang. Agar zarur boʻlsa, bizlardan xohlaganingizni olib qoling. Uning qari otasi bor, unga rahm qiling, - deyishdi ular.

Otangizning haqqi-hurmatini saqlamaganimda sizlarga, albatta, jazo bergan boʻlardim. Nima qilayki, payg‘ambarzodasizlar, - dedi Yusuf alayhissalom.

Savol: Nega otalarining payg‘ambarliklarini emas, qariliklarini shafe’ keltirdilar? Buning hikmati nimada edi?

Javob: Ular misr mamlakatini qaysi dinda ekanligini bilmasdilar. Payg‘ambarlikni musulmonlargina hurmatlar, kofirlar esa ahamiyat qilmasdilar. Shu sababdan payg‘ambar emas, qarilikni vaj qildilar.

Birodarlar koʻp zoru tarozzu qilib, otalarini shafe keltirib, tavallo qildilar, boʻlmadi. Yusuf alayhissalom Ibn Yaminni zindonga buyurdi. Maqsadi - uni shu bahona bilan olib qolmoqlik edi.
— Tarozim kimdan chiqqan boʻlsa, oʻshani olib qolaman. Boshqa birovni olib qolar boʻlsam, unga zulm qilgan boʻlaman, bundan Ollohning oʻzi saqlasin! - dedi Yusuf alayhissalom.

Iltimoslari ijobat boʻlmagach, birodarlar nochor va noumid boʻldilar. Shundan keiyn ular kengashdilar.
— Ey birodarlar, - dedi Yahudo. - Uyatli ish boʻldi, endi otamiz yoniga qaysi yuz bilan boramiz. Birodarimizni qanday boʻlmasin ajratib olishimiz kerak. Sizlar podshohning qoʻshiniga bas kelsangiz, men podshoh bilan olishayin. Agar sizlar podshohga bas kelsangiz, me uning qoʻshini Bilan bellashayin. Men borib, zindon yoqasiga oʻtirayin. Ibn Yaminni olib kelishganida bir na’ra tortay. Shunda sizlar toʻplanib kelib, shamshir tortasiz, Misr xalqi oʻliklardan tepa yasaylik.

Yusuf alayhissalom bularning kengashlarini bildi va Ibrohim alayhissalomning sallalarini boshiga bog‘ladi. Birodarlar har tomonga borib turdilar. Yahudo zindon boshida turdi. Agar uning g‘azabi kelsa, koʻzi qonga toʻlib, badanidagi tuklari kiyimlaridan teshib chiqardi. Buni yaxshi bilan Yusuf kichik oʻg‘li ga tayinladi:
— Agar Yahudo na’ra tortsa, odamlar behush boʻlib yiqiladi, homilador ayollarni bolalari tushib qoladi. Sen borib orqasidan silagin, gapirsa, aslo soʻz qotmagin.
— Mendan uzoqroq turing, bularga bir koʻrsatib qoʻyayin, - dedi Yahudo xozlanib. Shunda Yusuf alayhissalom oʻg‘liga ishorat qilgandi, u borib Yahudoning orqasini siypadi. Yahudo na’ra tortayin, deb qasd qilgandi, g‘azabi pasayib, ovozi chiqmay qoldi. Bir payt hammalari yig‘ilib kelib, Yahudoga qarab taajublandilar.
— Nima uchun na’ra tortmading? - soʻrashdi undan.
— Bu yerda Ya’qub alayhissalom urug‘idan kimdir bor ekan. Bir oʻg‘il bola kelib, orqamni silagan edi, g‘azabim pasayib qoldi. Na’ra torta olmadim, - birodarlarining hangu-mang boʻlganlarinik oʻrib soʻzida davom etdi Yahudo. - Boʻlgan voqealarni borib otamga aytipngalr, Ibn Yaminni zindonga tushganini ham aytinglar. Toki, otam ijozat bermas ekan, bu yerdan aslo qimirlamasman.
— Ey uarvon ahli, hamma kuch-qudrat bizdagina bor, boqalarda yoʻq deb oʻylaysizmi? Tarozini oʻg‘irlaganda, uni soʻraganlar Bilan jang qiling. Bu qanday ish boʻldi?! - dedi Yusuf alayhissalom va Ibn Yaminni olib qaytib ketdi. Ular Aysh-Shams muzofotida qolib ketdilar.
— Ey birodarlar, otamiz bizdan xat olgan, biz esa Ibn Yaminni salomat topshirishlikka ahd qilganmiz. Bundan oldin Yusuf tufayli yoʻlsiz qolgandik, endi Ibn Yaminni bu yerda qoldirib Ka’ononga borolmayman. Otam yuziga qanday boqaman. Yo otambdan ijozat boʻlmaguncha, yo Olloh taolodan biror hukm boʻlmaguncha shu yerda qolaman, yo birodarimni olib ketaman. Shu uch ishdan biri boʻlmaguncha bir qadam ham jilmasman, - dedi Yahudo qaiyyat bilan.

Yusuf alayhissalom Ibn Yaminni olib ketgach, hayronlikda qoldilar. Yuklarini oʻsha yerda omonatda qoldirib, yig‘langanlaricha Misrga qaytdilar. Misrga kelatyotganlarida kengashdilarki, «Har birimizning qanday kuch-qudratimiz bor, urushib ukamizni olamiz»;, deyishdi. Ular yog‘ochlar kesdilar, sobqonlar uchun toshlab yig‘dilar. Har birimiz ish-hunar koʻrsataylik, deb maslahatlashdilar.

Yusuf alayhissalom ulardan habardaor boʻlib turishlik uchun soqchilar qoʻygan edi. Soqchilar «Ular Yusuf bilan urushamiz deyishayotganlarining habarini berdi. Yusuf alayhissalom qirq ming yarog‘lik askar yig‘dirdi. Bu ishdan habar topgan Rayyon podshoh »;Men ham otlanayin«, degandi Yusuf alayhissalom mening oʻzim kifoya qilaman»;, deb unamadi.

Ertasi kuni har biri bir darvozdan kirib kelishdi. Yahudo qattiq na’ra tortgan edi, Misr xalqining barchasi behush boʻldilar, homilador ayollrning homilasi tushdi. Sha’mun Yana bir darvozadan kirgan edi, uni koʻrgan odamlar qoʻrqib qochdilar. U bir toshni koʻtarib Yusuf alayhissalom saroyiga otgandi, yemirilib ketdi. Ularga hech qanday kuch qarshi turolmasligini bilan Yusuf alayhissalom Ibrohim alayhissalom sallalarini olib chiqib roʻbaroʻ tutdilar. Shunda ularning ovozi chiqmay qoldi. Ularning barchasini ushlab tutdilar. Yahudoning na’rasidan qoʻrqib yotoqxonasiga berkinib olgan Rayyon podshoh ham ularning tutilganini eshitib, yashiringan joyidan chiqib keldi. Misr eli yig‘ladi.
— Dunyoda bizdan zoʻri yoʻq Deya maqtanur edingiz. Manna sizdan boshqa mardlar ham bor ekanligini koʻrdingizmi? - dedi Yusuf alayhissalom birodarlariga qarata. - O’tgan gunohlaringizni kechirdim, ozod boʻldingizlar, endi bu yerda bosh olib chiqib ketasizlar.
— Men bormayman, sizlar otamizga borib, oʻg‘ling oʻg‘rilik qildi, deb aytinglar, - dedi Yahudo.

Toʻg‘g‘iz oqa-ini kan’onga keldilar. Ya’qub alayhissalomga boʻlgan voqeani bayon qildilar.
— Oldin birini olib borib yoʻqotgan edingiz. Endi esa Yana birini yoʻqotib kelib, oʻg‘rilik qildi, deya bahona qilarmisiz? Bu yolg‘ondir, - dedi Ya’qub alayhissalom ikki oʻg‘lini kam koʻrgach.
— Bizga ishonmasangiz, oʻsha muzofotda boʻlgan karvon ahlidan soʻrang, - deyishdi oʻg‘illari.
— Menga endi sabrdan boshqa chora qolmadi, - dedi Ya’qub alayhissalom, (Oyat) «Endi sabr qilmoq yaxshidir. Shoyad, Olloh ularni hammasini birgalikda menga qaytarsa. U haqiqatda ilm-hikmatlik zotdir»;.

Behad koʻp yig‘ladi. Soʻng dovot, qalam olib xat bitdi: Misr xalqiga, podshohiga!

Bu xat Ibrohim halilulloh nabirasi, Ishoq zabuhulloh oʻg‘li Ya’qub isroilullohdan Fir’avn avlodi - Misr podishohiga tegsun.

Bilingki, bizlar payg‘ambarlar avlodidanmiz. Otalamrimiz balo-musibatga mubtalo edilar: Ulug‘ otam Ibrohim alayhissalom Namrud oloviga otildi, otam Ishoq alayhissalom Olloh farmoni Bilan boʻg‘izlandi, men esa ikki oʻg‘il qayg‘usiga mubtalo boʻldim. Birisini boʻri yedi dedilar, Yana birisini oʻg‘irlik qildi, deb sen olib qolbsan. Bizda oʻg‘irlik qiladigan odam boʻlmaydi. Men bir zaif, qayg‘u-hasratlik, koʻzi ojiz qariyaman. Yoshim ulg‘aydi, suyaklarim moʻrtlashdi, soch-choqolim oqardi, beli qayg‘u-hasratda bukildi. Koʻzimning nuri boʻlgan oʻg‘limni bag‘rimga qaytargn. Senga ezgu duolar qilayin. Bu jahonda ezgulik koʻrgil, u dunyoda azoblardan emin boʻlgin. Bizning koʻnglimizni og‘ritmagin, soʻzimizni zoe’ qilmagil, senga yaxshi boʻlmaydi bu ish. Agar yubormaydigan boʻlsang, ertaga sehr oʻqini sening ustigga yuborgayman. O’zing, mamlakating va elling kunfayakun boʻlgaysizlar. Vassalom.

Savol: Yusuf Firavn avlodidan emasdi. Nega bunday deb yozdi?

Javob: Misr podshohlarining hammasi namrud avlodidan edilar. Ular Firavn deb atalar edi. Bu podshohni ham oʻshalar avlodidan deb oʻylagan.

Farzandlarimni yuborgin, boʻlmasa, duo bilan mulku-davlatingni nobud qilman, debsiz. Mening javobim shuki, ota-bobolaringiz balolarga qanday sabr qilgan boʻlsalar, siz ham shunday sabr qiling. Ular qanday najot topgan boʻlsalar, siz ham shunday najot topgaysiz. Sabr qilmoq payg‘ambarlarga merosdir. Zinhor bizni duoibad qilmagaysiz. Shoyat Olloh taolo oʻg‘lingizni tez kunda siz Bilan g‘ovushtirsa. Vassalom".
— Bu noma kofirlarning maktubi emas, - dedi Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning xatini oʻqib chiqqach. - Bu noma payg‘ambarlar yoki siddiqlar maktubidir. Bu yusufning maktubi boʻlib chiqqay.

Aytishlaricha, oʻsha holatda Ya’qub alayhissalomni uyqu bosdi. Tushida Azroil alayhissalomni koʻrdi. Soʻradiki: «Ey oʻlim farishtasi, Yusufimni jonini oldingizmi?»; Azroil alayhissalom: «Yusuf tirik, uning jonini olganim yoʻq. Olloh seng Yusufni qovushtirgay, sevingaysan»;, dedi. Bundan Ya’qub alayhissalom sevinib uyg‘ondi.
— Vo darig‘, Yusufimning holi qanday ekan? - dedi uyqudan uyg‘onib.
— Ey Ya’qub, nimaga yig‘laysan? Olloh taolo Yusufni senga qovushtirgayman, - degan farmonni keltirdi Jabroil alayhissalom.

Ya’qub alayhissalom sevinganidan boshini sajdaga qoʻydi. Olloh taologa shukur qildi. O’g‘li Yusuf uchun qirq yil, ba’zi manbalarda sakson yil yig‘ladi, oqibatda koʻzlarik oʻrmas boʻldi.

Savol: Odam alayhissalom uch yuz yil yig‘ladilarki koʻzlari oqarmadi. Ya’qub alayhissalom qirq yil yig‘ladi-yu koʻzlari oqardi. Buning hikmati nimada?

Javob: Odam alayhissalomning guryalari Olloh taoloning qoʻrquvidan edi. Negaki, u ta’qiqni buzib, bug‘doyni yedi, gunohiga yig‘lagandi. Ammo Ya’qub alayhissalomning yig‘ilari esa oʻg‘li uchun edi. Hikoyatda kelurki, Dovud alayhissalom qirq yil yig‘ladilar. Atrofidagi qirq qari joyda masalar undiki, ularning orasida oʻzlari ham koʻrinmay qoldilar. Bir kuni havodan bir qush uchib kelib, Dovud alayhis salomning koʻz yoshlaridan ichdi. «Ajiyu xushta’m, shirin suv ekan»;, dedi. Buni eshitib «Menga qushlar ham ta’na qilarlar»;, deya yana ham koʻproq yig‘ladilar. Shunda Ollohdan «Ey Dovud, nimaga yig‘larsan?»; degan xitob keldi. Dovud alahissalom «Iloho, shunday holga tushdimki, menga hatto qushlar ham ta’na qilarlar»;.

Xitob keldiki: «Ey Dovud, ul jonivor rost aytur. Gunohi uchun yoig‘laganlarning koʻz yoshi shirin boʻlar. Dunyoda gunohkorlarning koʻz yoshidan totliroq hech narsa yaratmadim»;. Dovud alayhissalom bu soʻzlarni eshitib, Yana ham qattiqroq yig‘ladi. Hikoyatda kelishicha, Shayh Zunnuni Misriy bir kecha uyning tomiga chiqib ibodat qilar edi. Shuncha koʻp yig‘ladiki, koʻz yoshlari tarnovdan oqib tushdi. Tarnovdan oqayotgan koʻz yoshlari tom tagidan oʻtib borayotgan bir kishining ustiga tushdi. U odam: «Tarnovdan oqayotgan bu suv tozami yoki iflosmi?»; dedi. Buni eshitgan Zunnun: «Ey moʻmin, kiyimlaringni yuvib, poklagin. Oqayotgan suv bir gunohkor bandaning koʻz yoshlaridir»;, dedi.

Ya’qub alayhissalom yig‘lab turganlarida Jabroil alayhissalom odam qiyofasiga kirgan holda oldilariga keldi.
— Ey Ya’qub, koʻzingni nima oqartirdi, belingni nima bukchaytirdi, yuzingni nima ochdi? - dedi jabroil alayhissalom.
— Yusuf usun yig‘laganimdan koʻzim oqardi, Ibn Yamin qayg‘usi belimni bukchaytirdi. Yahudo sog‘inchi yuzimni ochdi, - dedi Ya’qub alayhissalom.
— Ey Ya’qub, seni Yusuf yaratganmi? - soʻradi Jabroil alayhissalom.
— Yoʻq, - dedi Ya’qub alayhissalom.
— Senga Ibn Yamin rizq berarmi?
— Yoʻq.
— Unda nima uchun tangridan shikoyat qilursan? - dedi va oʻsha lahzadayoq koʻzdan g‘oyib boʻldi. Ya’qub alayhissalom bildiki, bu kelgan odam Jabroil ekan.
— (Oyat) «Agar bu qamchin Bilan meni oldinroq urganingda edi, men Yusufni eslab, umrimni zo’e qilmagan boʻlardim»;, - dedi Ya’qub alayhissalom.

Otalarining zorugiryalarini koʻrgan oʻg‘il-qizlari: (Oyat) «Hudo haqqi sen doyib Yusufni eslaysan, oʻzingni juda ham ziyoda qiynaysanki, yo halok boʻlguvchilardan boʻlrasanmi?»; deyishlardi. Bunda Ya’qub alayhissalomning qayg‘usi ortardi-da: (Oyat) «Haqiqat shuki, men oʻz betoqatligimni va hafaligimni Hudogagina arz qilmoqdaman»;, derdi. Qachon toat va ibodatdan forig‘ boʻlsa shunday duo qilardi: «Ey hayr-ehsoni koʻp zot, ey yaxshiligi doimiy boʻlgan zot! To oʻzing bilan uchrashmagunimcha islomda mahkam qil!»; Yana bu duoni ham aytar edi: «Ey boriHudoyo, gulu rayhonimni oʻzimga qaytarib Ber, keyin xohlaganingni qilgil!»;

Rivoyat. Abdulloh ibn Abbos r.a. rivoyat qilarki, Ya’qub alayhissalom tangriga yolvordi, dilxushlik tilab, yuqoridagi duoni qayta-qayta aytavergani bois bir kuni Azroil alayhissalom odam qiyofasida oldiga keldi.

U zot dediki: «Mening izzat va jalolim haqqi Yusuf Bilan ibn Yamin agar oʻlgan boʻlsalar ham tiriltirgan va yana senga qovushtirgan boʻlardim. Ular ikkisi tirikdir. Qandayin ham qovushtirmayin»;.

Buni eshitgan Ya’qub alayhissalom oʻg‘illariga dedi:
— Misrga borib, Yusuf bilan Ibn Yaminni izlanglar.
— Ey ota, boʻri yegan yusufni qanday topamiz, - deyishdi oʻg‘illari.
— Olloh taoloning karamidan noumid boʻlmanglar, - dedi Ya’qub alayhissalom. - Yusufni boʻri yemagan, Ibn Yamin oʻg‘rilik qilmagan.
— Tirik ekanini bilar ekansan, qachon qovushtirishini bilmaysanmi?
— Qovushtirishini bilaman, ammo qachonligini bilmasman, shuning uchun yig‘layman, - dedi otalari.

Shunday qilib, Ya’qub alayhissalom oʻg‘lonlari yemish izlab, yana Misrga borar boʻldilar. Payg‘ambarzodalarning Misrga kirb kelganliklarini habari yetganda Yusuf alayhissalom oʻn ming oltin dubulg‘ali yigitlarni ularni qarshi olmoqqa yubordi, yana yuz ming dubulg‘ali yigitlarni oʻz qavatiga turg‘azdi.

Deydilarki, Yusuf alayhissalomning yetti qavatli saroyi bor edi. Ularning shiftlari oltin va kumushlar bilan bezatilgandi, yog‘ochlari aqaqdan edi. O’sha yetti qavat saroylarni turli-tuman narsalar Bilan bezatdi - ilk qavat saroyga ipak kiyimlar kiygan Misr ulug‘larini oʻtkazdi; ikkinchisini yashil bezaklar bilan ziynatlab, beklarni oʻtkazdi; uchinchisi qizil bezak bilan oroyish berib, bahodirlarni oʻtkazdi; toʻrtinchisini oq bezak bilan jilolab, oqsoqollarni oʻtkazdi; beshinchisini lolalar bilan bezatib, munajjimlarni oʻtkazdi; oltinchisini ifforlar bilan orolab, donishmandlarni oʻtkazdi; yettinchisini esa chechaklar bilan koʻrkamlab, oltin taxt oʻrnatdi. Taxtning oʻng tomonidan oltin dubulg‘ali ming yigit qoʻllarida oltin gurzi bilan, chop tomonida esa kumush dubulg‘ali ming yigit kumush yoy-oʻq bilan turardilar. Taxtning orqasida tanasi oltindan, shoxlari kumushdan, barglari injudan, mevalari yoqutdan yasalgan bir tup daraxt oʻrnatilgan.

Birodarlari eshik oldiga kelganlarida bu hashamat va dabdabani koʻrib yuraklari orqaga tortib ketdi, ular «podshohning bizga bunday dalillarini koʻrstaishdan maqsadi oʻch olish boʻlsa kerak»;, degan oʻydan qoʻrqa boshladilar. Saroyga kirgach, ularning har birini alohida taxtlarga oʻtirgizdi, Yusuf alayhissalom esa Ibn Yamin bilan bir taxtda oʻtirdi.

Bu payg‘ambarzodalarning uchinchi bor kelishlari edi. Qahatchilik shu darajaga yetgandiki, bir eshak yuik bug‘doy toʻrt oltinga sotilardi. Bu safar pulsiz kelgandilar. Tovar, toʻrva, mushk xaltasi, arqon olib kelgandilar xolos. Ularni ortmoqlab, yolvorib yig‘lagan holda kirib kelgandilar.
— Ey podshoh, bizga va farzandalrimizga qiyin boʻldi, ochlikdan toqatimiz sob boʻldi. Hazinaga arzirlik biror narsa keltirolmadik. Olib kelgan narsalarimiz bug‘doy bahosiga yetmaydi. Shunday boʻlsa-da ularni olgin-da qoʻlimizni qaytarmagil, - deya yolborishdi birodarlar. - Bizlarga rahm qilmasang, qari otamizga rahim qilgin.

Yusuf Bilan Ibn Yamin koʻzlaridan shashqator boʻlganicha taxtdan tushib, oʻzlarini ichkariga olishdi va behad koʻp yig‘lashdi.
— Ey podshohim, toʻrt yilki hamma odamlar zori nolon qilarlar, ularning holiga yig‘lamasdan, bularning holiga yig‘laysiz? Nima boʻldi? - soʻrashdi atrofdagilar.
— Jim boʻling! Bular mening qarindoshlarimdir. Qari otamga va birodarlarmiga og‘ir kunlar kelibdi, mashaqqatlarda mubtalo boʻlishibdi. Bunga nechun yig‘lamayin, - dedi Yusuf alayhissalom.

Aytadilarki, odam farzandlari uchun ming xil balo qila olmagan ishni bir soatlik ochlik qila olur. Yana bir soatlik toʻg‘lik qila olgan ishni shayton ham qila olmas. Yana ayturlarki, Olloh taolo insonlarning nafslarini yaratganida nido qildi: «Men kimmanu, sen kimsan?»; Shunda nafs: «Sen sensan, men menman!»; deb javob qildi. U buni toʻg‘ holatda aytgan edi. Shundan keyin Olloh taolo uni ochlik Bilan qiynadi, soʻngra nafs: «hudoyo, Sen Ollohsan, men qulman!»; dedi. Yana deydilarki, Olloh taolo amri Bilan jannatiylar jannatda turgan hollarida doʻzahiylarga koʻrinar ekanlar, ularni doʻzahiylar koʻrgach, hamma azoblarga chidar ekanlari ammo ochlik va tashnalik azobiga chidayolmasdan faryod qilar ekanlar. (Oyat) «Doʻzahiylar jannat ahliga nido qilib yolborar ekanlar: »;Bizlarga suvdan yoki Olloh taoloning ne’matlaridan biroz tashlanganlar«, deb. Shunda jannatiylar: »;Bizlar ichib va yeb turgan taomlarni Olloh taolo sizlarga harom qilgandir« degaylar. Hamma azobalrdan ochlik azobi qattiq ekanligiga manna bu oyat ham dalildir: »;Olloh u ikki ne’matni kofirlarga harom qilgandir".

Homid nasafiydan rivoyat qilishicha, Yusuf alayhissalomning nonushtasiga qirq ming oltin harj boʻlarkan. Kechki taomiga ham shunchalik. Yana har kuni qirq ming oltinni sadaqa qilarkan.
— Bilmaysizmi, bir tarozi bug‘doyning narhi qirq oldin boʻldi. Sizlarning keltirganingiz hech vaqoga arzimaydi, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey podshoh, sening butun olamni yoritib turgan tantiliging, biz g‘aribalarga ham biroz nur sochsa ne boʻlar. Keksa otamiz bor. O’g‘li Ibn Yamin uchun g‘on yig‘layotgan shu otamizga rahm qil! Ibn Yaminni bizga sadaqa qilsang edi, ajrini Olloh taolo berardi, - deyishdi birodarlar.

Abdulloh ibn Horis ibn Navfal r.a. rivoyat qiladiki, Payg‘ambarzodalar Yusuf alayhissalomdan iltimoslariga ijobat ololmagach, Ibn Yaminni koʻrmagach soʻradilar:
— Ey aziz, oʻg‘ri deb ushlagan birodarimiz qani?
— Uni sotib, maktubga almashdim, - dedi Yusuf alayhissalom. Manna oʻsha maktub, ammo bu maktub yahudiy tilida boʻlgani uchun oʻqiy olmadik. Bu sizlarning tilingiz, shundaymi, oʻqing eshitaylik.

Yahudo hijolatlik Bilan maktubni Rubilga berdi, Rubil esa Sham’unga, Sham’un Loviyga uzatdi, qoʻldan-qoʻlga oʻtkazdilaru oʻqimadilar. «Bu maktubni oʻqiy olmasmiz»;, dedilar.
— O’z tilingizni ham bilmaysizmi, bu qanday hol? O’qinglar! Har qanday jazo boʻlsa, tortayligu makutbni oʻqish mashaqqatidan xalos qilgin. O’z tilimizda yozilgan maktubni oʻqiy olmasmiz, - deyishdi birodarlar.

Qiyomat qoyim boʻlganda ham shu kabi holat yuz berarkn. O’shanda hapr bandaning qilmishlarini bir kitob qilib qoʻliga berilar va oʻqigin deyilar ekan. Bandalar koʻrsalarki, kitoblardagi yozuvlarning barchasi oʻzlarining gunohu mavsiyatlari ekan, ularni oʻqiy olmaydilar. «O’qingiz!»; degan farmon kelganida, faryod qilib: «kitobimiz shu boʻlsa, oʻrnimiz aniq doʻzaxdir. Hijolatpazlikning zoʻridan bu kitobni oʻqiy olmasmiz»;, deyishar ekanlar.
— hech qanday bahona sig‘mas, oʻqing! - dedi Yusuf alayhissalom. Va maktubni Yahudoga berdi. Yahudo xatni olib oʻqidi. Unda Malik Za’rning Ya’qub payg‘ambar alayhissalomning oʻg‘illaridan biri - Yusuf degan goʻzal suratli oʻg‘lonni olganini bildirilar edi.
— Biz unga bir oʻg‘lonni qul qilib sotgan edik, - deyishdi payg‘ambarzodalar Malik Za’r ismini eshitgach.
— Shu paytga qadar uni boʻri yedi, deyayotgan edingiz-ku, endiga kelib uni qul qilib sotdik, demoqdasiz. Yana uni qarindoshimiz deysiz, qarindoshni qul qilib sotish ravo boʻlmadi-ku?! Ushlang bularni, - deb amr qildi Yusuf alayhissalom.

Ularni ushladilar. Misrning hamma urug‘lari yig‘dirildi. «Bularni nima qilaylik?»; deya maslahat solindi ulrga.
— Qoʻllarini kesing! - deyishdi bazilari.
— Dorga osing! - dedi boshqalari.
— Bularni shunday azoblangki, qiynoqlar ostida oʻlsinlar, toki bu oʻzgalarga ham ibrat boʻlsin, qarindoshlarini sotmasinlar! - dedi Yusuf alayhissalom. Kishanlab, bozorga olib bormoqchi boʻlgandilar, birodarlar faryod qila boshladilar:
— Ey Aziz, bugun nima qilsang ham hadding sig‘ar, shunga loyiqmiz. Sendan birgina tilagimiz bor: bizni oʻldirganingdan soʻng beqadr mol-tovorlarimiz Bilan suyaklarimizni otamizga yuborgin!
— otamiz Ya’qub payg‘ambar shu kunga qadar bir oʻg‘li uchun yig‘layverib, kzlaridan ajralgandi. Endi oʻn oʻg‘ildan judo boʻlgach, ne koʻyga tusharkin! - dedi yig‘lagan holda Yahudo.
— Yemish soʻrab, sadaqa qil, degandik undan kechdik, Ibn Yamin birodarimizni sadaqa qil, degandik undan ham kechdik. Endi boshqa narsani soʻraymiz - quruq boshimizni sadaqa qilgin! - deyishdi birodarlar zor-zor yig‘lashib. Ularning bu holini koʻrib Misr elining barchasi yig‘ladi.

Shu paytda jabroil alayhissalom farmon olib keldi: «Ey Yusuf, Olloh taolo amr qildi. Kelturganlaringni olmading, va’da qilgan bug‘doyni bermading, Yana oʻldiraman deb qoʻrqitarsan. Ularga bunchalik mashaqqat yuklamagin!»;
— Keltirganlaringizni qabul qildim, oshliq beraman, berganda ham oshiribroq beraman. Qolgan ishlaringizni ertaga bitiraman, - deya birodarlarini behad sevintirdi Yusuf alayhissalom.

Qiyomat kunida ham Olloh taolo hamma bandalarini doʻzax oʻti bilan qoʻrqitar. Azobini koʻrgandan keyin, ularni oʻz fazli Bilan jannatga kiritar ekan. Hikoyatda kelishicha, Olloh doʻstlaridan biri vafot etadi. Soʻngra uni tushida koʻrib, «Olloh taolo sen Bilan qanday muomala qildi?»; deb soʻraydilar. U shunday javob berdi: (Oyat) «meni mahkam qilib hibsga oldilar va soʻroq qildilar, soʻng yaxshilik qilib, ozod etdilar»;.

Aytishlaricha, birodarlar «bu xatni oʻqimaymiz»;, deya bosh tortishdi. Shunda Yusuf alayhissalom oʻz kotibiga berdi, u oʻqidi.
— Ey podshoh, bu bizning xatimizdir. Yusuf degan qulimizni sotgan edik, - dedi Yahudo xat oʻqib boʻlingach.
— Bu voqeani qanday boʻlgandi, aytib bering, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Inimiz bilan ovga chiqqan edik. Biz ov bilan mashg‘ul boʻlib qolganimizda uni boʻri yeb ketdi, - dedi Yahudo.
— Bu soʻzing menga ma’qul emas. Menda bir tarozi pallasi bor. Undan nimani soʻramayin rostini soʻzlaydi, - dedi Yusuf alayhissalom va tarozi pallasini qoʻliga olib, uni qoqqan edi, undan sado chiqdi.
— Ey yigitlar, sizlarning orangizda bir yigit bor ekan. Agar uning jahli chiqib, oyog‘i bilan yerni tepsa, tizzasigacha kirib ketarmish. Agar u toshni qoʻliga olib ezg‘ilasa, undek maydalanib ketarmish. Achchig‘lansa, tuklari kiymidan teshib chiqarmish. Agar na’ra tortsa, ovozi bir yig‘och masofaga yetib borar va shu deparadagi homilador ayollarning bolasi tusharmish. U kimdir? - soʻradi Yusuf alayhissalom.
— O’sha mendirman, - dedi Yahudo.
— menman degani andisha qilmaysanmi? Shunchalik quvvating bor ekan, Yusufni nega boʻriga yedirib qoʻyding? - dedi Yusuf alayhissalom va yana tarozini qoqdi. Tarozi ayturki, sizlarning orangizdi bir yigit bor. U soyasida ming qoʻy yota oladigan daraxtni bir qoʻli bilan sug‘irarmish. Agar jangga kirsa, yigirma ming yigitga bas kelarmish. U kimdir?
— U mendirman, - dedi Sham’un.
— Shuncha quvatingg boʻla turib Yusufni boʻriga yedirgani uyalmadingmi? - dedi Yusuf alayhissalom va tarozini yana bir bor qoqdi. - Tarozi ayturki, bularning orasida bir yigit bor. U tuyani boshidan oshirib, dast koʻtarib tashlarmish. U kimdir?
— Menman, - dedi Loviy.
— Shunchalik qudrat Bilan Yusufni qanday qilib boʻriga oldirding? - dedi Yusuf alayhissalom va shu tariqa oʻn bor torozni qoqib, har biriga itob qildi. Yana bir bor tarozini qoqib davom qildi. - Bu tarozi ayturki, sizlar yusufni oʻldirishga jahd qildingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib, qul qilib sotdingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib qul qilib sotdingiz. «Oyog‘iga kishanlar urgil, qattiq egarga mindirgil, uzoq yerlarga olib borib sotgil, uch aybi bor: qochoq, yig‘loq, oʻg‘ridir»;, dedingiz. Bugun shunday kun keldiki, endi qoʻllaringizni kesib, Misr elining eshiklariga ostiraman.
— Kelinglar, bunday sharmandalarcha azoblardan oʻlgandan koʻra, mardonaligimizni koʻrsatib, erlarcha koʻz yumaylik, - ular oʻz tillarida maslahatlasha boshladilar.

Ba’zilarning aytishlaricha, bu soʻzlarni eshitgan Yahudo sapchib oʻrnidan turdi-da:
— Ey birodarlar, shu paytga qadar bu soʻzlarni hech kimga aytganimiz yoʻq edi, hattoki otamizu oʻg‘il-*qizlarmiiz ham bilmas edilar. Buning ustiga otamiz «Boring undan Yusufni va Ibn Yaminni soʻrang»;, deb tayinladi. Shunga koʻra Ibrohim payg‘ambar, Ishoq payg‘ambar, Ya’qub payg‘ambar alayhissalomlar haqqi-hurmatidan aytamanki, bu podshoh Yusufning oʻzidir, - dedi.
— Ey podshoh, agar yusuf boʻlsang, bizni ortiq qiynamagin, qari otamizni yana qayg‘uga solib azoblanamagin, - deyishdi ular.
— Men oʻsha Yusufman, - dedi Yusuf alayhissalom va yuzidan pardani koʻtardi, boshidagi nishonasini koʻrsatdi. - mana bu Ibn Yamin mening tug‘ishgan qarindoshimdir.

Savol: Ibn Yaminning Yusufga qarindoshligini hamma Bilan edi, «bu mening qarindoshim»;, deyishda nima hikmat bor edi?

Javob: Tarozi uning qopidan chiqib, oʻg‘ri degan nomni oldi, qul deb atalib olib qolindi. Qul nomni eshitganda koʻp qayg‘urgani bois bugun koʻngli oʻssin, sevinsin, degan ma’noda qilindi. Bundan koʻrinadiki, har bir qayg‘aning soʻngida sevinch, har bir mashaqqatning ohirida ne’mat bor ekan.
— Ey yusuf, biz seni qul deb sotdik, g‘ariblikka soldik, ammo sen bu podshohlikka qanday erishding? - deb soʻrashdi birodarlari.
— Olloh taolo bergan davlatdir. (Oyat) «Haqiqatda Olloh taolo bizga katta yaxshilik qildi. Kimda-kim yomonlikdan saqlansa va sabr qilsa, uning ajri Ollohning oʻzidadir, chunki Olloh yaxshi amal qilnguvchilarning ajrini zoe’ qilmaydi»;. Men Olloh taoloning hukmiga sabr qildim, Misr ayollarining balosidan oʻzimni saqladim. Shularning barokatidan podshohlikka yetishdim, - dedi Yusuf alayhissalom. Shundan soʻng birodarlari uzr soʻradilar, Yusuf alayhissalom esa ular uzrini qabul qildi, birodarlarini qayg‘udan xalos qildi. - (Oyat) «Ey birodarlarim, sizlar meni quduqqa tashlamadingizlar, balki meni taxtga oʻtirdingizlar. Ey birodarlarim, sizlar meni g‘urbatga tashlamadingizlar, balki meni podshoh qildingizlar»;.
— hudo haqqi (Oyat) «Olloh seni aziz tutib, bizdan yuqori g‘ilibdi va bizlar aniq hato qilguvchilardandirmizlar»;, - deyishdi ular.
— (Oyat) «Sizlarga bugun hech bir itob yoʻqdir»;, dedi Yusuf alayhissalom. - «Olloh sizlarni mag‘firat qiladi, chunki u rahmidillarning rahimdilrog‘idir»;.

Shundan keyin ular oʻrinlaridan turib, bir-birlari bilan quchoqlasha ketdilar. Yusuf alayhissalom oʻg‘li afrohimni qarindoshlari bilan tanishtirdi. Misr xalqi bilan ham uzrxonliklar boʻldi.
— O’shanda qonli koʻylakni men olib borgan, otamizni qayg‘uga botirgan edim, - dedi Rubil Yahudoning oyog‘iga bosh urgudek boʻlib. - Qayg‘u mendan boʻlgandi, sevinch ham medan boʻlsin.
— O’shanda koʻylakni ham olib borgan boʻlsa, bu safar ham oʻsha eltsin, -dedi Yusuf alayhissalom har biri bu ishga da’vogar boʻlib turgan birodarlarini murosaga keltirib. Rubil boradigan boʻldi.

Savol: Ya’qub va Yusuf alayhissalomlarning ayriliqlariga sabab nimada edi?

Javob: Yusuf yosh chog‘ida Ya’qub alayhissalomning Mubashshara ismli xizmatkori bor edi, uning Bashir degan oʻg‘li boʻlar edi. Bir kuni oʻynab yurgan chog‘da Bashir yusufga bir shapati uradi. Shunda Yusuf yig‘lab otasi oldiga kelganida, Ya’qub alayhissalom bashirni sotib yuboraman, deya qasam ichadi. Va ohir-oqibatda uni onasidan ayirib, sotib yuborada. Mubashshara yig‘laganicha qoladi. Shunda Olloh taolo: «Ey Ya’qub, Sen Bashirni onasidan ayirib sotding, men ham yusufni sendan ayirib sotgayman. Hamma odamlar bilsinlarki, etni tirnoqdan ayirish kerak emas!»; Deya tag‘qdir etgandi. Aytishlarcha, mubashshara oʻg‘li Bashirning qayg‘usida yig‘lay-yig‘lay koʻzlarik oʻr boʻldi, Ya’qub alayhissalomda ham bu hol takror boʻldi. Mubashshara zor yig‘lab Ya’qub alayhissalom oldiga keladi. Shunda u zot Olloh taologa murojat qiladi: «Iloho, mubashshara oʻg‘li bilan qovushadimi? Mening oʻg‘lim ham men Bilan qovushadimi?»; Xitob keldi: «Ey Ya’qub, Mubashsharaning oʻg‘li Bilan qovushtirmaguncha, seni oʻg‘ling bilan qovushtirmayman. Taqdir shudir»;. Ya’qub alayhissalom bu sevinchli habarni aytganida Mubashshara dilida ishonch va quvon uyg‘ondi. Kak’on yoʻlining boshiga kepa tikib, oʻtira boshladi. O’g‘li Bashir Misrda qul edi. Yusufning habaridan ogoh tapgach, «Bu Sevinch habarni Ya’qub payg‘ambarga yetkazib, sevintirayin»;, deya yoʻlga tushdi. Bashir ilgari rubil ortidan Kan’onga borapr edilar. Kano’nga yetganda Bashir onasi oʻtiragn kapachaga borib suv soʻradi. Onasi suv berdi.
— Qaydin kelib, qayga borursan, - soʻradi kampir.
— Misrdan kelarman, Kan’onga borarman. Ya’qub payg‘ambarga oʻg‘li sevinchisini aytgani keturman, - dedi Bashir.
— Yolg‘on gapirma, - dedi kampir.
— Ey kampir, bunday diyishingning boisi nima?
— mening oʻg‘lim ham mendan ayriliqda. Ya’qub payg‘ambarining duosi Bilan Olloh taolo habar berganki: «Mubashsharani oʻg‘li Bilan qovushtirmaguncha, Yusufni otasiga qovushtirmagayman»;, deb. hali menga oʻg‘limning sevinchisi kelgani yoʻq. Shunday ekan Ya’qubga Yusufning sevinchi qandayin ham kelsin.
— Oting nimadir, ey ona?
— Mubashshara.
— O’g‘lingning oti nimadir?
— Bashir, - dedi kampir. Buni eshitgan oʻg‘il tuyadan sapchib tushdida onasining oyog‘iga tashlanib «O’g‘ling menman!»;, dedi. O’g‘lini bag‘riga bosib quchoqlagan onaning koʻzlari ochildi.

Aytishlaricha, rubil Misrdan chiqib, yoʻlning yarmiga yetganida Ya’qub alayhissalom Kan’onda turib, Yusuf alayhissalom koʻylagining hidini sezdi. U zot faryod qilib aytdiki: (Oyat) «Men Yusufning hidini sezyapman. Men aqldan ozgan, Deya ta’na qilmanglar»;.
— Yusuf qayg‘usida qariding. Hamon eski soʻzingni davom ettirmoqdasan, - deyishdi uydagi qizlari.

O’sha kuni Bashir onasi bilan kirib kelib, Ya’qub alayhissalomga sevinchlik habarni yetkazdilar. Keyin Rubil kirib kelib, koʻylakni otasi oldiga qoʻydi. Koʻylakni koʻzlariga surtgan Ya’qub alayhissalomning koʻzlari koʻra boshladi. Rubilni quchoqladi, Yusufni darakladi. Rubil oʻtgan voqealarni birma-bir soʻzlab berdi. Ertasi kuni qolgan oʻg‘illari kirib keldilar, Yusuf alayhissalomning xizmatkorlari ham yetib kelishdi.

Savol: Koʻylakni surtish bilan Ya’qub alayhissalomning koʻzlari ochildi. Buning hikmati nimada edi?

Javob: Aytishlaricha, Yusuf alayhissalomning ikki moʻ‘jizalari bor edi. Biri tarozu edi - qaysi savolni soʻrasa, javob berar edi. Ikkinchisi koʻylak edi - qachonki, Namrud alayhil la’na oʻtga otganida, Jabroil alayhissalom Olloh taolo farmoni bilan jannatdan bir koʻylak keltiririb, uni Ibrohim alayhissalomga kiydirgandi, oʻt uni kuydirmagandi. Bu oʻsha koʻylak edi. Yusuf alayhissalomga meros edi.

Alqissa, Yusuf alayhissalom koʻylakni yuborib, ertasi birodarlariga: «Sizlar ham boringlar, bola-chaqalaringizni olib kelinglar»;, deb ruxsat berdilar. Ibn Yamin «Kan’ondan necha kishi keladi?»; deb soʻragandilar katta-kichik yetmish jon (yana bir rivoyatda toʻrt yuz kishi) deb javob beradi. Yusuf alayhissalom kishi boshiga yuz misqol oltin, yuz misqol kumush, yuz misqol anbar, yuz misqol mushk berib yubordi. Yuklarni ot, tuya, mol-qoʻylar bilan Ibn Yaminga berib, noma yozdilarki: «Xizmatlariga oʻzim borayin, degandim farmoni ilohiy boʻlmadi. Hammalaringizni bu yerga kelishingizga amr boʻldi. Bu zaru zevarlarni yoʻl harjlariga sarflarsizlar»;, deb.
— Ey ota, bizlar badkirdorlarmiz. Olloh taolodan gunohlarimizga mag‘firat tilang, ularni kechirsin, - deyishdi birodarlar otalariga.
— Gunohlaringizni parvardigorimdan tilarman, - dedi Ya’qub alayhissalom.

Rivoyatlarga koʻra, Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning daraklarini eshitgach, ikki rakaat shukrona namozini ado qildilar. Jamiki nevara va evaralariga kelgan hadyalarni ulashib berdilar. Yoʻl tadorigini koʻrib, Misrga qarab yoʻlga tushdilar. Rubil Yusuf alayhissalomga habar yetkazish uchun oldinroq yoʻlga tushdi. Hammalari toʻda-toʻda va toʻp-toʻp boʻlib, Misr yoʻliga tushdilar. Rubildan xushhabar olgan Yusuf alayhissalom oʻg‘li Afrohimni uch ming kishi bilan ularni kutib olgani yubordi. Misrga uch kunlik yoʻl qolgan joyda Afrohim bobosini uchratdi, otdan tushib, salom qildi.
— Bu kimning oʻg‘li boʻldi? Koʻnglimga biram yoqdiki, Yusufga oʻxshab ketarkan, - dedi Ya’qub alayhissalom.
— Ha, bu Yusufning oʻg‘lidir, - deishdi. Ya’qub alayhissalom oʻg‘lonni bag‘riga bosib, mahkam quchoqladi.

Yusuf alayhissalom «Kimki meni hurmat qilsa, otamni qarshi olgani chiqsin»;, deya jar chaqirtirdi. Toʻrt ming kishi otlandi. Karnay-surnay, nog‘oralar chalib, otasiga peshvoz chiqdi. Uning qizil oltindan yasalgan, inju yoqutlar bilan bezatilgan, yulduzlar oʻrnatilgan alvon bayrog‘i bor edi. O’sha bayroqni koʻrsatsalar, osmon larzaga kelardi, buni eshitgan haloyiq behush boʻlardi. Yusuf alayhissalom oʻsha bayroqni olganicha otasiga peshvoz yurdi.

Ya’qub alayhissalom dastlabki odamlar toʻpiga yetdilar. Ular toʻrt ming kishi edilar.
— Yusuf bormi, bularning ichida? - soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Yoʻq, bular Yusufning chavandozlaridir, - dedi Ibn Yamin.

Sipohlar otdan tushib, ta’zim bajo qildilar. Keyin yana toʻrt ming bezatilgan tuyalar toʻdasiga duch keldilar. Har bir tuyaning ustida ikkitadan kanizak oʻtirardi.
— Bular kimlar boʻldilar? -soʻradilar Ya’qub alayhissalom.
— Akamning kanizaklaridir, - javob qildi Ibn Yamin.

Yana bir toʻda peshvoz keldi. O’n ming kishi kelib, payg‘ambar otining oʻzangisini oʻpdilar.
— Bular kimlar boʻladilar?
— Og‘amning kechayu kunduz xizmatlarida turadigan g‘ulomlardir.

Ulardan keyin toʻrt ming oq kiyimli, oq sallali, oq otli oqsoqollar keldilar.
— Bular kimlar? - soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Bular og‘am sizdan oʻz gunohini soʻrash uchun yuborgan olim va fuzalolardir, - dedi Ibn Yamin.
— Nima gunoh qilgan ekan?
— «Koʻrgan tushingni og‘alaringga aytmagin»; , deganingizda unga quloq tutmay birodarlariga aytgan ekan. Shu gunohini soʻraydilar, - dedi Ibn Yamin.

Ya’qub alayhissalom darhol avf etdilar. Shundan soʻng oʻn ming odami bilan Yusuf alayhissalom paydo boʻldilar.
— Bular kimdir? - soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Og‘am Yusuf xos lashkari bilan kelayotir, - dedi Ibn Yamin.

Ya’qub alayhissalom tuyadan tushib, piyoda boʻlib oldilar. Yusuf alayhissalom esa uchrashuv ishtiyoqi bilan piyoda boʻlmoqlikni faromiush qildi va otasini ot ustida turib quchoqladi.

Savol: Yusuf alayhissalom nima uchun otasi bilan otdan tushib koʻrishmadi?

Javob: Rayyon podshoh «Otdan tushmagin!»; degan edi. Yusuf alayhissalom mulohazaga berildi: «Agar otdan tushsam, podshohning koʻngli og‘riydi. Agar tushmasam, otam koʻnglini ozorlagan boʻlaman»;. Namoz oʻqidi, sajdada tush koʻrdi, tushida: «Oy Yusuf, otdan tushmagin. Podshoh mahluqdir, seni kechirmaydi. Olloh taolo karam sohibidir, seni kchirgay!»;, degan gapga rioya qildi. Shu sababdan otdan tushmadi. Buning oqibatida Yusuf alayhissalomning farzandlariga payg‘ambarlik tegmadi.

Boshqa rivoyatda aytishlaricha, hazrat Jabroil alayhissalom ogohlantirdilar. Darhol otdan tushib, piyoda boʻldi va otasi istiqboliga yugurdi. Buni koʻrgan hamma odamlar piyoda boʻldilar. Ikki g‘amzada qalb ishtiyoq va mashaqqat otashida, ayriliq alagansida qovrulib, bir-birlariga ulandilar. Muborak qoʻllar boʻyinlarga chirmashdi, goh xushlaridan ketar, goh xushlariga kelar edilar.

Yusuf alayhissalom otasini oʻn ming ot qoʻshilgan oltin aravaga chiqardi, otlarning barchasi oltin va kumush jihozlar bilan ziynatlangan edi. Aravani toʻrt ming oltin dubulg‘ali yigitlar qurshab borardilar. Misrga shunday dabdaba bilan kirib bordilar. Saroyda ular uchun alohida tayyorgarlik koʻrilgan edi. Bu paytda Yusuf alayhissalomning holalari Ya’qub alayhissalomning nikohlarida edi. Otasi va xolasini taxtga chiqardi. Shunda otasi va xolasi hamda oʻn bir birodarlari Yusuf alayhissalomga sajda qildilar.
— Ey ota, Kan’ondalik paytimda oʻn bir yulduz bilan oy va quyosh sajda qildi, degan tushim bugun oʻngidan keldi, - dedi shunda Yusuf alayhissalom.

Savol: Mahluqqa sajda ravo boʻlmasdi. Ya’qub alayhissalomning hamma oʻg‘lonlari bilan sajda qilmoqliklariga sabab nimada edi?

Javob: Sajda toʻrt qismdir: Sajdai ibodat, sajdai savh, sajdai tilovat, sajdai tahiyat. Sajdai ibodat - Ollohdan boshqaga ravo emas.

Shundan soʻng Ya’qub alayhissalom oʻg‘illaridan boʻlib oʻtgan voqealarni soʻradilar. Yusuf alayhissalom hamma sarguzashtlarini birma-bir bayon qildilar, lekin birodarlarining kirdikorlarini «Toki otamning ulardan koʻngillari sovimasin»;, degan mulohaza tufayli aytmadilar.

Savol: Yusuf alayhissalom tushining ta’biri roʻyobga chiqquncha necha yil vaqt kerak boʻldi?

Javob: Hasan va katoda soʻzicha, sakson yil oʻtgan edi. Sulaymonning soʻzicha, qirq yil oʻtgandi. Sa’di ibn Habir soʻzicha, oʻttiz olti yil va yana bir rivoyatga koʻra yigirma ikki yil hamda Muhammad ibn Ishoq soʻzicha, oʻn sakkiz yil vaqt oʻtgan edi.

Alqissa, Ya’qub alayhissalom Misrga kirganda koʻrdilarki, koʻchalar oynavandli qilinibdi, har qaysi supalarda bulbullar sayrab, xushovoz hofizlar kuylab turardi. Misrning hamma ahli jome’ masjidiga toʻplanib, Ya’qub alayhissalomni mehmon qildilar.
— Ey Misr xalqi, - dedi Yusuf alayhissalom taomdan forig‘ boʻlganlaridan soʻng. - Sizlar koʻmsizlaru men kimdirman?
— Ey podshohi olam, siz bizlarning koʻnglimiz sururisiz. Bizlar kattayu kichik, erkaga ayol barchamiz sizning qulingizmiz, - deyishdi ular joʻravoz boʻlib.
— Ey haloyiq, - baland ovozda murojat qildi Yusuf alayhissalom, - bilinlar va ogoh boʻlinglarki, bu payg‘ambari zamon mening otam boʻladilar. Uning farzandlari boʻlgan mana bu yigitlar mening birodarlarim boʻladilar. Bularning haqqi-hurmatidan hammalaringizni qullikdan ozod qildim.

Shu bilan birga mulku davlatlari ham qaytarib berildi. Shunda Misr xalqi Ya’qub alayhissalomning shunday ulug‘ zot ekanligiga amin boʻlib, «Laa ilaha illalohu Ya’quba nabiulloh»;, deya imon keltirib, musulmon boʻldilar.

Qiyomat vaqti kelganda xuddi shunga oʻhshash voqea yuz berarkan. Qiyomat qoyim boʻlib, hamma odamlar mahsharga jam boʻlganda, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni oʻngt qoʻllaridan Jabroil alayhissalom, chap qoʻllaridan Mekoil alayhissalom maqomi mahmud (munosib joy)ga eltishar ekanlar. U joyga bir minbar qoʻydilar, payg‘ambar alahissalom unga chiqar ekanlar. Shu payt Olloh taolo tarafidan nido kelar ekan: «Ey mahshar ahli, sizlar kimsizlaru Men kimdirman?»; Shunda: «Iloho, sen bizning parvardigorimiz va hojamizdirsan! Bizlar sening osiy va gunohor bandalaringizmiz!»; der ekanlar. Shunda Olloh taolodan yana nido kelarkan: «Men habibim Muhammadning xushnudligi uchun sizlarning hammangizni doʻzaxdan ozod qildim!»; degan. Inshoolloh, yo rabbil ‘olamiyn!

Xullas, ertasi kuni Rayyon podshoh Misrning butun ulug‘lari kelib, Ya’qub alayhissalomga salom qildilar va huzurlirida hammalari musulmon boʻldilar.

Rivoyat qiladilarki, Yusuf alayhissalom Rayyon podshohning huzuriga kelganida, uning saroyi oldida har biri besh ming botmondan boʻlgan yettita tegirmon tosh bor edi. Podshoh Yusuf alayhissalom bilan koʻrishgani borayotganda, uning koʻrku jamoliga mahliyo boʻlib, shu toshlarga oyog‘ini urib oladi. Shunda Yusuf alayhissalom u toshlarni dast koʻtarib, chetga olib qoʻygan va bu kuch-qudratni koʻrgan podshoh hayron qolgan edi. Vaqtiki, podshoh Yusuf alayhissalomning birodarlarini koʻrganida shu voqea yodiga tushadi. Va ularning ham qudratlarini koʻrmoqchi boʻladi.
— Og‘alaringiz shijoat sohiblarimi? - soʻradi podshoh.
— Imtihon qilib koʻrsangiz boʻlar, - dhedi Yusuf alayhissalom.

Shundan keyin podshoh ularni ovga taklif qildi. Sha’mun bir arslonni tutib, podshohning oyog‘i ostiga keltirib tashladi. Rubil bir sherni tosh bilan urib oʻldirdi. Loviya bir botmon toshni bir qoʻli bilan havoga irg‘itib, yana bir qoʻli bilan tutib oldi. Shu tariqa har birlari bir zoʻrlik namoyish qilib, podshohning tahsiniga sazovor boʻldilar.

Podshoh Yusuf alayhissalom qoshiga kelib:
— Og‘alaringizga ayting, menga bir viloyat olib bersinlar, - dedi.

Yusuf alayhissalomdan bu soʻzni eshitgan birodarlari otalari qoshiga borib, undan ijozat oldilar. Soʻng har qaysilari ming kishidan oʻn ming qoʻshin olib rumga bordilar. Shom Bilan Rum oralig‘idagi oʻn bir qoʻrg‘onning hammasini zabt etib qaytdilar.
— Yana qaysi tarafda dushmaning boʻlsa, ayt, yoʻq qilaylik, - deyishdi birodarlar podshoh qoshiga kelib.
— Endi menga viloyat kerakmas, qaridim, olgan yurtlaringni oʻzingizga berdim, - dedi podshoh ularga. Birodarlarning har biri bir yurtga hokim boʻldilar. Bani isroil ularning avlodlari boʻldi.

Aliqssi, Rayyon podshohning Muz’af ismli oʻg‘li bor edi. Toʻqqiz yoshli bu bolani Yusuf alayhissalom tarbiyasiga topshirdilar. Podshoh esa musulmon boʻlganidan soʻng uch yilu sakkiz oy umr koʻrib, vafot etdi. Ya’qub alayhissalom boʻlsa, Misrga kelgach, yigirma toʻrt yil umrguzaronlik qildilar, hamma haloyiq unga imon keltirib, musulmon boʻldilar. U zot vafot topgach, jasadlarini Kan’onga eltib, dafn qildilar. Yusuf alayhissalom otalari vafotidan soʻng payg‘ambarlikni qabul qilib, yigirma yetti yil yashadilar. Vafotlari misrda boʻldi va shu yerda dafn qilindi. Muso alayhissalom zamoniga kelganda, uning suyaklarini Kan’onga eltib, otasi yoniga dafn qildilar.

Xadis. Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) deydilarki: "Payg‘ambarlarning eti yerga haromdir, chirimaydir. Ammo Zulayho Yusuf alayhissalomni uyga qamab, oʻziga tortgan paytda iltifotni koʻrmaganida degan edi:
— Ey Yusuf, koʻzlaring muncha-yam koʻrklidir?
— Ertaga bu koʻzlar qabrda soʻlg‘uvsi, tuproqqa aylanguvsidir, - dedi unga javoban Yusuf alayhissalom.
— Qanday goʻzal sochlaring bor-a?
— Ertaga qabr ichida birin-birin chiriguvsidir.
— Behad chiroyli tishlaring bor-a?
— Ertaga goʻr ichida hammasi toʻkilguvsidir.

Zulayhoning soʻrovlariga Yusuf alayhissalom uning koʻngli sovisin deb shu tariqa javob qilgan edilar. Olloh taolo Yusuf alayhissalomning shu soʻzlari rostga chiqsin, deb etlarini chiritdi, suyaklarni ushatdi".

Yusuf Alayhissalomning Zulayhoga Qovushganlari

Azizi Misr vafot etib, Zulayho tul qolgach, oʻn sakkiz yil umidvorlik Bilan kutdi, uni soʻragan Misr ulug‘lariga unamadi. Koʻnglida kundan-kun Yusuf alayhissalom muhabbati ortgandan-ortib, firoqda zor-zor yig‘lar edi. Borliq boyligini sarf qildi: kimki Yusuf nomini aytsa, unga bir oltin berdi; kimki Yusuf soʻzini aytsa, unga bir oltin berd iva oqibatda dunyosi tugadi, faqira boʻldi, qashshoqlashdi. Yusuf alayhissalom firoqida Ya’qub alayhissalom kabi zor-zor yig‘lay-yig‘lay koʻzlari koʻr boʻldi. U qachon och qolsa, «Oh Yusuf»; der, - qorni toʻyardi, qachon chanqasa «Oh Yusuf»; der, - chanqog‘i qonardi. O’n sakkiz yillik hayoti shu tahlitda oʻtdi.

Kunlarning birida Zulayho Yusuf alayhissalomning ovga otlanganini eshitib qoldi.
— Qoʻlimdan tutib, Yusufning kelar yoʻliga olib borgin, - dedi u oʻzi bilan qolgan yolg‘iz kanizagiga. U kanizak Zulayhoni yoʻl boʻyiga olib bordi va bir uy soyasida oʻtirdilar. Yusuf alayhissalom lashkari bilan paydo boʻlganida kanizak Zulayhoga ma’lum qildi.
— (Oyat) «Hamdu sano Ollohga boʻsinki, U qulni sabr barokatidan podshoh qilibdur, podishohni esa shahvat falokatidan qul qilibdur»;, - dedi tayoqqa tayanib oʻrnidan turgan holda Zulayho baland ovoz bilan. Ammo uning ovozini Yusuf alayhissalom qoʻshinlarining shovqini bosib ketdi va u eshitmadi. Shunda Ollohning amri bilan shamol Zulayhoning ovozini Yusuf alayhissalom quloqlariga yetkazdi. Zulayho ovozini eshitgan Yusuf alayhissalom otning jilovni tortdi-da «Ey Zulayho!»; dedi. Yori ovozini eshitgan Zulayho sevinchidan oh urib, xushidan ketdi. Yusuf alayhissalom Zulayhoning ahvolini koʻrib, yig‘ladilar.
— Yoshliging, husnu amoling qani? - soʻradi Yusuf alayhissalom Zulayho xushiga kelgach.
— Ishqingda barbod boʻldim, - dedi Zulayho.
— Molu davlating qani?
— Sening habaringni keltirganga fido qildim.
— Koʻzlaring nima uchun koʻr boʻldi?
— Firoqingda koʻp yig‘lamoqlikdan.
— Nimani tilarsan?
— Jamolingni bir koʻrmoqlikni.
— Buni saroyga olib boringlar, qaytganimda yonimga olib kelasizlar, - dedi Yusuf alayhissalom.

Zulayhoni Yusuf alayhissalom saroylariga olib kelganlarida Ya’qub alayhissalom hayot edilar. Boʻlib oʻtgan qissalardan bohabar boʻlgan Ya’qub alayhissalom kechmishlarni Zulayhoning oʻzidan eshitmoqlik niyatida boshidan oʻtganlarini soʻzlab berishini soʻradilar. Zulayho esa barcha ishlarni rostgoʻylik Bilan bayon qilib berdi.
— Ey Zulayho, Yusufning muhabbati hanuz koʻnglingda bormi? - deb soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Muhabbatim avvalgidan ham ziyodaroqdir, - dedi Zulayho.

Yusuf alayhissalom ovdan qaytganida Ya’qub alayhissalom Zulayhoni uning huzuriga olib keldi. Yusuf alayhissalomning qoʻlida dastasi oltindan yasalib, la’l, yoqut, zumraddan ziynatlangan qamchi bor edi.
— Ey Yusuf, qamchiningizni uchini menga bering, - dedi Zulayho.

Yusuf alayhissalom qamchining uchini og‘ziga tutganida Zulayho bir oh uradi, shunda uning og‘zidan oʻt chiqib, qamchiga tushadi va qamchi erib, oqib ketadi.
— Ey Zulayho, - dedi Yusuf alayhissalom. Seni kumushdan yasalgan bir buting boʻlardi, uni nima qilding?
— Bir kuni oʻsha butga borib shunday dedim: «Sakson yil boʻldiki, senga topinaman. Manna qaridim, kampirga aylandim. Bugun sendan uch hojatim bor, shularni ravo qilishingni soʻrayman: avvalo-yoshligimni qaytarib bergin, ikkinchi-husnu jamolimni qaytargin, uchinchi - koʻzimni ochgin!»; Necha bor zoru tavallo qilsam-da, hech javob bermadi. Achchig‘landim, tosh bilan urib, pora-pora qildim, keyin oʻtga yoqdim. Endi seni oldingga keldim. Toʻrt hojatim bor, Olloh taolodan soʻrab bergil, ravo qilsa, imon keltirayin.
— Aytgil, - dedi Yusuf alayhissalom.
— Meni oʻz nikohingga olgin, - dedi Zulayho.
— Haligacha bu soʻzingdan qaytmadingmi? - achchig‘landi Yusuf alayhissalom. - Buni olib chiqinglar!
— Ey Ya’qub, Yusufga aytgil, va’dasini bajarsin, Zulayhoning hojatini chiqarib, uni oʻz nikohiga olsin! - deya Olloh amirini olib keldi Jabroil alayhissalom.

Ya’qub alayhissalom Olloh taoloning bu amrini Yusuf alayhissalomga yetkazgandi, u darhol qabul etdi. Toʻy asboblarini hozir qildilar. Olloh farmoni Bilan kelgan Jabroil alayhissalom ularni nikohladilar, Odam layhissalom Bilan Havvo onamizning nikohlariga oʻqilgan xutbani oʻqidilar. Misr xalqi sevinchlarga toʻldi, Ya’qub alayhissalom tangriga shukrona keltirdi.

Aytishlaricha, Olloh taolo Zulayhoning koʻnglidagi muhabbatni olib Yusufning diliga soldi va oʻrniga oʻz muhabbaini soldi. Shundan soʻng Zulayho kechayu kunduz toat-ibodatga yuzlandi, Yusuf alayhissalomni esa unutdi. Qachon Yusuf alayhissalom mayl qilsa, Zulayho undan qochar edi.
— Ey Zulayho, ilgari men sendan qochar edim, sen ortimdan quvarding. Endi boʻlsa, sen mendan qochasan, men boʻlsa ortingdan quvarman, bu ne hol boʻldi? - taajubga tushda Yusuf alayhissalom.
— Men oʻsha mahalda husnni koʻrib, koʻzimni oldirgandim. Endi latif boʻldim, oʻziga sig‘indim, - javob qildi Zulayho. Ul kunda izzat koʻrdim, koʻngil berdim, aziz boʻlib, oʻziga bog‘landim.

Aytishlaricha, bir kuni Zulayho kechki ibodatga boray deb hozirlanganda Yusuf alayhissalom uni tutib qolmoqchi boʻldi, Zulayho qochadi. Yusuf alayhissalom ortidan yuguradi, tutmoqchi boʻlib, qoʻl uzatgandi, Zulayhoning orqa etagi yirtildi. Shu payt bir farishta keldi-da:
— Ey Yusuf, endi bir-biringizda haqlaringiz qolmadi. Zulayho sening firoqingda etak yirtgandi, sen ham Zulayhoning firoqida etak yirtding, - dedi.
— Ey Yusuf, men sizni sevdim, ammo rahm qilmadingiz, yoʻlingizda molu dunyoimni sarf qildim, hech iltifot etmadingiz. Ohirida yaratgan Parvardigorim dargohiga yuzlandim, alhamdulilloh, murodimga yetdim. Endi kechayu kunduz uning ibodatiga mashg‘ul boʻdayin, - dedi Zulayho.

Bundan sevingan Misr xalqi hadyalar keltirdilar, mol-dunyo nisor etdilar, ammo Zulayho ularning hammasini Yusuf alayhissalomning qarindoshlariga berdi.

Aytishlaricha, Zulayhoni Yusuf alayhissalomga nikoh qilganlaridan soʻng ikkovlari hilvatga kirganlarida Zulayho shunday dedi:
— Ey Yusuf, men seni shunchaki sevgan emasman. Ikki sababdan sevdim: biri - seni koʻrking uchun sevdim, zero goʻzallikni sevmoq ayb emas. Ikkinchidan - erim Azizi Misr menga yaramas edi, agar mayl qilib qolsa, faryod urib qochardi. O’n sakkiz yoshda unga tekkan boʻlsam, shu kunga qadar er bilan qovushmoq lazzatini koʻrmadim, onadan tug‘ilgandek bokiraman. U qachon mayl qilsa, faryod urib qochardi. Sababini soʻrasam, «Seni ortingda ikki arslon paydo boʻladi va menga hamla qiladi, ulardan qocharman»;, derdi.
— Ey Zulayho, u ikkisi arslon emas, farishtalar edi, Olloh taolo farmoni bilan seni kofirdan men uchun saqlagan edi, - dedi Yusuf alayhissalom. Yusuf alayhissalom Zulayho bilan qoʻshilganlarida u onadan tug‘ilgandek bokira edi.
— Umrim davomida hech bir er bilan suhbat qilmaganim, oʻzga kishini koʻnglim tilamaganim barobarida Azizning sirini hech kimga oshkor qilmadim, Ollohga beadad shukurki, murodimga yetkazdi, - dedi Zulayho.

Aytishlaricha, Yusuf alayhissalom Zulayho bilan birgalikda oʻn sakkiz yil roʻzg‘or qildilar, besh oʻg‘il, ikki qiz farzand koʻrdilar. Shundan soʻng vafot etdi. Yusuf alayhissalom umrlari oxiriga yetganda shunday menojot qildilar:
— Iloho meng mulk berding, tush ta’birini koʻrsatding, shariat hukmlarini bildirding, beadad shukr. Ilohi, meni va yeru osmonni yaratgan O’zingsan, meni quduqdan chiqargan, qullikdan xalos etib, podshoh qilgan oʻzingsan. Iloho, Dune va ohiratda saylaganim oʻzingsan. Iloho, dunyoda azizu mukarram qilding, ohiratga borarimda meni imon va islom bilan huzuringga olgin!

Aytadilarki, Olloh taolo payg‘ambarlariga qaysi ayolni taqdir qilsa, u ayolni huddi Zulayhoni Yusuf alayhissalom uchun saqlagandek saqlar ekan.

Savol: Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) Xadicha onamizni yuzi ochiq olmadimi?

Javob: Olloh taolo oʻz payg‘ambarlari ayollarning avvalgi erlarini Azizi Misr kabi biror illatga mubtalo qiladiki, xotinlari Bilan qovusha olmaydilar.

Savol: Yusuf alayhissalom aytgan mulk qaysi edi?

Bunga yetti javob bordir. Avvalgi javob shuki - Yusufga hasad qildilar, uning uchun qayg‘uli boʻldilar.

Ikkinch javob: xusni chiroy mulki edi.

Uchinchi javob: koʻngil mulki edi. Koʻrganlar Yusufni sevib qolardilar, koʻrmaganlar eshitib suyib qolardilar.

Toʻrtinchi javob: sahovat mulki edi. Ochlik yillarida hech kim Yusuf alayhissalomchalik sahovatli boʻlmagandi.

Beshinchi javob: payg‘ambarlik mulki edi. O’n sakkiz yoshida payg‘ambarlikka munosib koʻrildi.

Oltinchi javob: Olloh taolo qazosiga rozi edi.

Yettinchi javob: hammasidan aniqrog‘i Misr mulki edi. . .

Bu qissa koʻngil koʻzi ochiq, basirat sohibi (zehni oʻtkirlar) uchun ibratdir.

Vallohi taolo a’lam bissavob.

Izoh: Qoʻlyozmaning shu yerida «Yusuf va Zulayho»; dostoni uzilib, keyingi sahifadan boshqa rivoyat boshlanadi. U rivoyat Muso alayhissalom qissalarining boshlanishidir. Rivoyatning boshlanish qismi qoʻlyozmada yoʻq.

Kitobda berilgan ushbu izohni keltirish bilan «Rabg‘uziy qissalari»; kitobining birinchi qismi tarjimasini tugallaymiz. Va ushbu hayrli ishga muyassar etgani uchun Olloh subhanahu va taologa beadad hamdu sanolar aytamiz.

II- qism
 
Keyingi