OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Nurali Qobul. Qaytish (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNurali Qobul
Asar nomiQaytish (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Nurali Qobul
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm17KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qaytish (hikoya)
Nurali Qobul

«
Odamning oʻz jonini ham tikishga tayyor turgan biror narsasi boʻlishi kerak...
Lev Tolstoy
»

Martning boshlari edi. Dashtlarga etagini yoza boshlagan bahor adirlar va togʻ yonbagʻirlariga oʻtlardi. Kordan soʻng yer betida qoladigan yupqa pardani yorib chiqqan ilk boychechaklar hali ochilib ulgurmagan, quyosh qizdirishi bilan yerdan koʻtariladigan hovurdan nam va koʻkat isi keladi. Saidqul akaning bola-chaqasi va koʻch-koʻloni ortilgan bir yuk mashinasi oldinma-ketin qishloqqa kirib kelganda kun peshindan oqqandi...

Saidqul aka ikki oʻt oʻrtasida yonardi. Shuning uchun xam keyingi paytda yuragi tez-tez urib, oʻqtin-oʻqtin sanchadigan boʻlib qoldi. Tez-tez xayoli qochadi. U yigirma yillik mehnati singgan dasht bilan manguga xayrlashib tugʻilib oʻsgan, bolaligi kechgan ona qishloqqa abadul-abad qaytmoqda. Yuzidan parishonhol koʻrinsada, unsiz yigʻlardi. U ona tuproqqa soch-soqoliga oq oralagan, uch-toʻrtta jagʻ tishi tushgan, dovi yurmagan bir ahvolda qaytyapti. «Jigulisining orqa oʻrindigʻida oʻtirgan xotini iyagining ostida gapirayotgan boʻlsa ham qulogʻiga kirmaydi. Nima desa ma’qullab, bosh irgʻab kelyapti. Erining odamovi boʻlib qolganidan xotini tashvishda. Yelib-yugurib uning koʻnglini olishga urinadi. Kech turmush qurishgani uchun bolalari yosh, hali hech narsaning farqiga borishmaydi. O’ychan va kamgapligidan katta qizi nimanidir sezgandek...

Avval oʻzi kelib oʻrmon xoʻjaligi direktori bilan gaplashib, soʻngra koʻchib kelsa boʻlardi. Biroq sabri chidamadi. Begona yurtlarga bormayapman-ku, oʻyladi oʻzicha. Otasidan qolgan bogʻ va peshayvonsiz uy ham bir ahvolda. Unda koʻchmanchi choʻponlar yashaganidan bogʻ oyoqosti boʻlib ketdi. Bogʻning yarmini qoplab yotgan tokzordan ildizlargina qolgan. Uch-toʻrt tup jiyda bilan soʻppaygan qari doʻlanadan boʻlak soyalaydigan daraxt yoʻq.

Yuk mashinasining shofyori kira haqini olib, tuppa-tuzuk uy-joyini tashlab yarim vayronaga koʻchib kelgan bu kishining xatti-harakatidan hayron boʻlgancha xayrlashib, iziga qaytdi. Bolalar quvonchdan qiyqirishib, soyga tushib ketishdi. Xotin emizikli bolasini bagʻriga olgancha, boʻgʻcha chetiga ogʻir choʻkdi.

Hozir bolalari yosh. Ular hali hech narsani bilishmaydi. Dunyoda ulardan baxtli odam yoʻq. Lekin hademay ulgʻayishadi. Eshitishadi. Shunda otasi haqida nimalarni oʻylashadi. Ular es-hushini taniguncha ulgurish kerak. Boʻlmasa unga bu dunyo harom...

U soy tomon chopqillab ketayotgan oʻgʻilchasini kuzatgancha shularni oʻylardi. Xotini erining mayus va horgʻin kayfiyatiga monand qiyofada unga tikilib oʻtirar-di. U hammasini biladi. Eri ogʻiz ochib dardinn yordi deguncha koʻnglini koʻtarib, dalda bergan boʻladi. Dalda berganda nima ham derdi. Ayolning kishi yigʻisini keltiradigan aylanib-oʻrgilishi.
— Ishqilib, bolalarning baxtiga boshingiz omon boʻlsin. Bu kunlar ham oʻtib ketar. Oyning oʻn beshi qorongʻi boʻlsa, oʻn beshi yorug, — deydi dami ichiga tushib.

Saidqul oʻsha yorugʻ kunlarga yetish, odamlarga, oʻzi tugʻilib oʻsgan ona tuproqqa yaxshilik qilish uchun bu yerga qaytdi. Eng muhimi, yonida sadoqatli koʻmakchisi — xotini bor. Unga suyansa boʻladi. Doimo borini oshirib, yoʻgʻini yashiradi. Hech qachon yigitning oʻz ostonasidan boshi egik chiqmasin...

Ota meros uyning eshik-derazalarini tuzatib, ustini suvoq qilishga biror haftacha mashgʻul boʻldi. Qarovsiz qolib, kegin bogʻida mollar oʻtlaydigan joy boʻlib qolgan uy va hovliga odam oyogʻi tegishi bilan boshqacha boʻlib ketdi. Qishloqda bunday xaroba va yarim xaroba uylar anchagina edi. Odamlarning bir qismi Mirzachoʻlni oʻzlashtirish boshlanganda koʻchib ketishin. Qishloqdan oʻtadigan suvni quvur orqali rayon markaziga olib ketishgandan soʻng qolgan-qutgan odamlarning ham qishloqdan umidi uzildi. Bogʻlar qurishni boshladi.

... Odamlar togʻlarni unutmoqdalar!O’z tugʻilgan qishlogʻini shu ahvolga solib ketgan kishilardan nimani ham kutish mumkin?Axir, shu togʻlar boʻlmasa, dashtga suv qaerdan boradi?Buloqlar qaynab turishi uchun togʻda dov-daraxt boʻlishi kerak!Biz choʻllarga yopishib, yerning yoqasidan boʻgʻib oldik. Bilmadim, yer bizning yoqamizdan tutganda nima boʻladi!Yaxshi yeb, yaxshi kiygingimiz keladi! Choʻlda esa, buning uchun imkoniyat qulayroq!Uning bagʻri keng va saxiy! Istagancha dehqonchilik qilishing mumkin! Togʻda esa tadbirkorlik kerak, adirlar osonlikcha haq bermaydi!

Lekin dunyodagi bor hikmat togʻda. Uni bilgan biladi. Bir tup daraxt ekilmagan togʻ etaklari va adirlarga xayot baxsh etish kerak. Saraton kirmay yaylovlarning fayzi qochadi. Hatto qoʻzining oldiga ilinadigan giyoh ham qolmaydi. Katta-kichik mollarni togʻning muhofaza qilinadigan ichkari qismiga, qoʻriqxonalarga qarab haydashadi. Togʻ etaklari va qirlar bogʻ boʻlsa, suv keladi. Boglardan oqib chiqqan suv yaylovlarni sugʻoradi...

Saidqul shular haqida oʻylarkan, yana hovlidan kaftdek koʻrinib turadigan Barlostepaga tikilib qoldi. Xayoliga kelgan fikrdan dili yorishib ketdi.

«Yengʻoq ekish kerak, — dedi oʻziga oʻzi ovoz chiqarib. — Barlostepaning ustiga yongʻoq ekish kerak. Tepalik nishabroq boʻlgani uchun suruvlar koʻp yotgan boʻlishi kerak. Yermisan, yer. Yongoq orasiga shaftoli, olma ekilsa zoʻr boʻladi. Yongʻoq hosilga kirguncha shaftoli qariydi. Shun-day bogʻni yarata olsang, oʻlsang armoning yoʻq... Lekin uning armoni bor. Shunday bogʻii yaratgandan soʻng ham u oyoq-qoʻlini uzatib, jon berolmaydi. Bu armonning adogʻi yoʻq... » Xayol suraverib, boshi ogirlashgan Saidqul aka bitta non bilan bir hovuch parvardani beliga tug-di-da, qirga qarab joʻnadi.
— Meni Tilabov surishtirsa, Barlostepaga ketdi degin, — tayinladi xotiniga. — Kechga yaqin qaytarman.

Uning qalbi bezovta edi. Koʻp koʻrgiliklarni koʻrgan yuragn hayotida keyingi paytda yuz bergan barcha tashvish va koʻngilsizliklardan etak siltab, qadrdon togʻi bagʻriga kelganidan, yuragida qat-qat boʻlib yotgan armonlari ushalishi mumkin boʻlgan mashaqqatli manzil boshida ekanligidan shod va bezovta edi.

Barlostepa hovlidan yaqin koʻriigani bilan, uzoq edi. Bolaligida bu yerga ot-ulovsiz chiqish mashaqqatday tuyulardi. Endi esa u bolalardek sugʻonib, entikib oʻralab borardi. Soylik va soyaliklarda turib qolgan qorlar erib, yerga singardi. Kuyoshning tafti qanchalik iliq boʻlmasin, hali qorli choʻqqilar qish uyqusida. Goʻyo bahorning unga mutlaqo aloqasi yoʻqdek. Yurakni entiktiradigan, hapriqtiradigan, orziqtiradigan iliqqina bahor havosi edi. Etak tomondan sovuqqina sharq shamoli esar, soʻl tomondan soydan toʻngʻizlarning suv kechib yugurishayotgani eshitilardi. «Toʻngʻizlar kun bermaydi, nima eksaig, yer bilan bitta qilib ketadi»... Beixtiyor otasi bilan O’rtaqirga noʻxat ekkanlari yodiga tushdi

... O’sha yili qish qattiq kelgandi. Yer tobiga kelmay yigirma kunlar chamasi kechikib urugʻ tashlashdi. Kambagʻal roʻza tutsa kun uzaygandek, buning ustiga yoz ham salqin keldi. Kuzning oxiriga boribgina noʻxatning tanasi quridi. Otasi ikkalasi bir hafta mobaynida avaylab noʻxat yulishdi. Ekinni toʻngʻizdan saqlash uchun qurilgan chayla atrofiga noʻxat bogʻlarini yanchishga moʻljallab yoyishdi.
— Men qishloqqa tushib kelay. Sen choy-poy qilib ichgin-da, dam olib yot. O’choqqa oʻt yoqib qoʻysang, toʻngʻizlar yoʻlamaydi, — tayinladi otasi ketaturib, — lekin ehtiyot boʻl. Men tong yorishmasdan qaytaman.

Kun boʻyi ishlab charchagani uchun naridan-beri buloq suvi bilan non yegan boʻldi. Xirmonning chaylaga tutash tomonida noʻxat boglaridan soʻri yasab, stiga koʻrpa toʻshab choʻzildi. U chalqancha yotgancha koʻzi ilinganini eslaydi.

Tongi salqindan junjikib uygʻonganda otasi chayla atrofida aylanib yurardi. Xayoliga nega otam meni uygʻotmadi, degan fikr keldi. Koʻzlarini katta-katta ochgancha, tushimmi yo oʻngimmi, deya oʻylay boshladi. Kecha kun boʻyi paykaldan tashib chiqilgan noʻxat bogʻlari yoʻq, otasi minib kelgan ot shetda oʻtlab yurardi. U qoʻrquvdan anchagacha oʻrnidan turolmadi. Unga soʻri vazifasini oʻtagan besh-olti bogʻdan boshqa noʻxat bogʻlarini toʻngizlar yeganicha yeb, qolganini yer bilan bitta qilib ketgandi. Tuproqqa qorishib yotgan noʻxatlarni koʻrib koʻ-zidan tirqirab yosh chiqib ketdi. U haykaldek qotib, qancha oʻtirganini bilmaydi. Otasining ohangidan alam aks etgan gapidan oʻziga keldi.
— Senga ishonib ketsam! Xayfi odam ket!Shunaqa begʻam boʻlsang umr boʻyi biring ikki boʻlmay, itning keyingi oyogʻi boʻlib oʻtasan!...

... Bu soʻzlar hamon uning qulogʻi ostida jaranglaydi. Yoshi otasining shu gapni aytgan yoshidan oshdi hamki, bu soʻz kundan-kun koʻproq esiga tushadi. Bu bolaligidagi birinchi va koʻpga tatiydigan dogʻda qolishi edi. U shundan soʻng uzoq vaqt, dasturxonlar nonga toʻlib, toʻ-kinchilik boʻlgunga qadar ota-onasi va ukalari oldida oʻzini gunohkor sezib, ularning koʻziga qarolmay yurdi. Otasi hamma narsani tushunadigan odam boʻlgani uchun ham har qanday gunohni kechirar, qiyinchiliklarga chidamli odam edi. Ota boʻlib unga qattiq gapirgani ham shu. Har qalay, oʻtgan kun ortda qolib ketar ekan. Biroq esingni taniganingdan soʻnggi omadsizlik va dogʻu hasratdan ogʻiri yoʻq ekan. Shunday voqealar boʻlar ekanki, shundan soʻng sening taqdiring va umringning poyoni qariganingda yonib tugab borayotgan shamdek aniq-tiniq koʻrinib qolarkan. Bu sham qanchada yonib tugaydi, tutay dimi, tutamaydimi — bu sening sa’y-harakatingga bogʻliq boʻlmay qolar ekan. Atrofingdagi odamlar taqdi ringni oʻzing tasavvur etmagan yoʻlga solib yuborar ekan. Umr cheksiz boʻlsa ekanki, yoʻl qoʻygan xatolaring va omadsizlik oʻrnini qoplab boʻlsa. Yoʻlning yarmida qolib, bolangni oʻzing yetolmagan oʻsha manzilga yetishini kutib yashay boshlaysan. Tirikligingga shukr qilib, bir vaqt oʻzing chekib yurgan qaygʻu va quvonch tashvishlari qalbiga koʻchgan bolangniyam yurak urishiga quloq tutib yashayverasan. Bolangning qarshisida ham togʻlar va daryolar bor. Daryodan oʻtish uchun suzishni bilish kerak. Suzishni esa birov biladi, birov bilmaydi. Suzishnn bilganlar daryodan ham naridagi togʻlarga, begʻubor qorli choʻqqilarga yetadi. Suzishni bilmaganga daryoda miriqib choʻ-milish ham nasib etmaydi. Biz istasak istamasak, hayot shunaqa.

Saidqul aka Barlostepaga chiqqan edi. O’ylaganidek qoʻylar yotoqlab yurgan joy ekan. Hatto bir necha yillik qoʻylar qatqat boʻlib yotibdi. U bolalarcha quvonchdan entikardi. Begʻubor va salqin havo dimogʻini qitiqlar. jamiki jonzotga jon va qon ato etguvchi bahor siqilgan qalbinn yumshatardi. Oyqorga mangu yashillik baxsh etib turgan ming yillik archalar, hali gʻunchasi ochilmagan boychechaklar, koʻklayotgan yaylov, koʻm-koʻk osmon va etakdagi soyniig sharqiroq ovozi uning dardlarini boʻlishardi. Yuragida paydo boʻlgan iliq bir tuygʻudan koʻzi yoshlandi. Ichidan yuqorilab kelayotgan bir narsa boʻgʻziga tiqilib qolgandek boʻldi. Kirning qancha gek tarligini bilish uchun qadamlab sanay boshladi. Ilgarilagan sari sovuq bahor shamolidan koʻzi yoshlanardi...

Soy etagida bir otliq koʻzga chalindi. Zum oʻtmay qir chetida otini yetaklagan, oʻrmon xoʻjaligi direktori Tilabov paydo boʻldi. Uning koʻnglidan, «aytganimga koʻnmasa-ya», degan fikr oʻtdi. Koʻnsayam, koʻnmasayam, bari bir. Chekinish yoʻq. Bu yer mening ona yerim. Unga daraxt ekishga haqqim bor.
— Hormang, Saidqul aka! G’ayratingizga qoyilman-e! Erinmay piyoda keldingizmi-a? Ot bilan ikki soatlik ioʻl-ku, bu! — tez-tez gapirardi Tilabov.
— Qoʻy boqqan vaqtlarni qoʻmsab ketdim, uka! Quvvat bor ekan, yurishga nima yetsin. Yurgan yashaydi, — past ovozda javob qildi Saidqul aka.
— Qandai shamol haydadi sizni bu tepalikka? Ichingizda biror narsani pishitayotibsiz shekilli!

Tilabov otini tushovlab, qoʻyib yubordi. Egardagi hurjun bilan choponini olib, Saidqul aka tomon yurdi. Choponni yerga toʻshadi. Toʻnning ustiga belbogʻini yozdi. Xurjundan non va qand-qurs oldi. Saidqul aka ham belidagi non va parvardani oʻrtaga tashladi. Tilabov termosning ogʻzini ochdi.
— Ertalabdan buyon tuz totganim yoʻq. Bir mazza qilib choy ichadigan boʻldik-da. Barlostepa juda bahavo joy. Yil — Oʻn ikki oy shimol tomondan salqin shabada esib turadi. — Tilabov termos qopqogʻiga choy quyib uzatdi-da, nonni ushata boshladi.
— Barlostepaning usti qancha gektar bor? — soʻradi Saidqul aka issiq choyni xoʻplarkan.
— Ming gektarga yaqin. Ikki yil burun oʻlchovdik. Bog qilmoqchi edik. Qandaydir ilmiy tekshirish institutidan ruxsat berishmadi.
— Nega?
— Sovuq emish. Daraxtlarni sovuq urib ketarmish.
— Yolgon!
— Kim biladi deysiz.
— Bu togʻni mendan oʻn barobar yaxshi bilasiz. Mana shu yuqoridagi archalar orasida necha xil mevali daraxt bor. Yovvoyi olma deysizmi, togʻolcha yoki doʻlana deysizmi. Nega ularni sovuq urmas ekan. Daraxtlar ham insonga oʻxshaydi. Bora-bora hamma narsaga koʻnikib, moslashib ketadi.
— Bu olim degani, yelim degann ekan. Bir narsaga yopishib olsa, yomon boʻlarkan. Har tarafga xat yozaverib, bitib turgan ishingni ham chipakka chiqararkan. O’lsin agar qogʻozdagi qoidalariga oʻzidan boʻlak hech kim tushunsa. Ilgarigi sekretarimiz sovuq suvni ham puflab ichadigan odam edi. Odamlarni tinglab emas, koʻproq qogʻozga qarab ishlardi. Aslida, bunaqalar ilmiy xodim boʻlishi kerak. Oldiga kirib, yozilib biron ishni hal qilib chiqolmaganman. O’shanda ekkanimizda, haligacha daraxtlar uch yillik boʻlardi.
— Endigi sekretar qalay?
— Koʻp yelib-yuguradi-yu, ishining salmogʻi yoʻq...
— Gaplashsa boʻladigan odammi?
— Bilmadim.
— Shu yil Barlostepaga yongʻoq ekamiz!
— Qanday qilib? Plansiz, smenasiz, ming gektar...
— Endi ishni planga, qolipga solib oʻtirish shart emas. Bu yogʻiga menga qoʻyib bering! Daraxt eksak, hech kim kelib sugʻurib tashlamasa kerak. Siz qarshilik koʻrsatmasangiz boʻldi. Biz bir ish qilishimiz kerakki, shu paytgacha hech kim qilmagan boʻlsin. Bu bilan rahbar sifatida sizning el oldida yuzingiz yorug boʻladi. Men... men ham oʻz gunohimni yuvaman...

Tilabov boshini egdi. Eshitgan ekan, oʻyladi Saidqul aka. Toʻnini teskari kiyib olmasa boʻlgani...
— Kulogʻingizga chalingandir. Shunday boʻlsa-da, bari bir, siz hammasini bilishingiz kerak. Siz meni bolaligimdan bilasiz. Shuning uchun ham oldingizga qora tortib, bosh egib keldim. Meni yarim yil burun partiyadan oʻchirishdi. Men xato qilgandim. Kechirishmadi. Boshqalarga saboq boʻlishi uchun kechirishmadi. Bir hisobda, toʻgʻri qilishdi. Hammaning gunohi kechirilaversa, biz kurashayotgan e’tiqodga putur yetadi. Hayot biz oʻylagandek silliq va faqat shodliklardan iborat emasligini mendan yaxshi tushunasiz. Vijdon azobida kechalari uyqum kelmaydi. Hozir bolalarim yosh. Kattasi oʻn ikkida. Hademay, ular ham odam boʻlib, qatorga qoʻshiladi. Bir kun boʻlmasa bir kun mening partiyadan oʻchganligimni eshitishadi. Biri boʻlmasa biri mendan buning sababini soʻraydi. Shunda nima deb javob beramiz? Ularning oldida nima degan odam boʻlaman? Shularni oʻylab oʻtirib, boshim ogʻirlashib ketadi. Mana shu Barlostepani menga bering, uka. O’tov tikib, koʻchib kelaman. Yongoq koʻchatlarini bir joydan gaplashib qoʻyganman. Rasmiylashtrishga koʻmaklashib, qoʻllab-quvvatlasangiz, bas. Qolganini oʻzimga qoʻyib beravering. Taqdir yetkazsa, shu yongoqzor hosilga kirganda a’zolikka kandidatlikka ariza beraman...

Saidqulning koʻzi yoshlanib, gapi boʻgʻziga tiqilib qoldi. Rangi oʻchib ketgan kostyumining yengi bilan yoshini artdi. Lekin oralagan peshonasi terladi. Yuzi kat’iy tus oldi.
— Kechiring, uka!Obidiyda qilyapti, deb oʻilamangBu ojizlik alomati emas. Koʻnglim boʻshrok odamman. Mening baxtim ham, baxtsizligim ham shunda. Biroq bu odat rahbar boʻlganda hecham asqatmas ekan. Endi aytganimni qilmasam qoʻymayman. Men oʻzimni oqlab oʻlishim kerak. Gapning boʻladigani shu. Qoʻlingizdan keladi, menga yordam bering. Odamning boshiga ish tushganda toʻgʻri yoʻlda ham adashib ketar ekan, sen bilan bir tovoqdan osh yeb yurganlar ham oʻzini olib qocharkan. Dov-daraxtga yaqin odam boshqalarga qaraganda toʻgʻri va samimiyroq boʻladi. Meni tushunarsiz. Menga hech narsa kerak emas. Agronomman. Sovxozda bosh agronom boʻlib ishladim. Kasbim endi asqatadigan boʻldi. Yongʻoqlarning orasiga tez pishar mevali daraxtlar ekamiz. Pushtaga noʻxat, lalmi tarvuz, beda ekamiz. Bir ishlaylikki...

... Yana Saidqul akaning koʻzi yoshlandi. Yuzi nurlanib ketdi. Soʻngra bu nur vujudiga tarqaldi.
— Sizga havasim kelyapti, — dedi uzoq sukutdan soʻng hamsuhbati xoʻrsinib.

Saidqul aka uning gapini eshitmadi. U Barlostepaga qay tomondan suv olib chiqishni oʻylardi.

Ertasi kuni traktorning tepalikka chiqishi uchun yoʻl qilishdi. Indiniga kechqurun Barlostepada haydov traktorlari chizgan nlk qora chiziq koʻzga tashlandi. U Barlostepa etagidan boshlanib, Oyqorning oppoq qorli va nurli choʻqqilariga tutashganga oʻxshardi...