OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNurmamat Almurodov
Asar nomiOdamning xoʻrozi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Nurmamat Almurodov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Odamning xoʻrozi (hajviya)
Nurmamat Almurodov

Bugun Ravshan aka Hazratqulovning shirkatlar uyushmasiga rais etib tayinlanganiga roppa-rosa ikki hafta boʻladi. Birovni tanisa, birovni hali yaxshi tanimaydi. Ishni nimadan boshlashni bilmay xonasida xayol surib oʻtiribdi. Nogahon telefon jiringlab qoldi. Goʻshakni olib, oʻng qulogʻiga tutdi.
— Allo, yaxshimisiz. Men viloyat hokimligidan Hamroqul Sultonovman. Toshkentga borayapman. Agar xizmat boʻlmasa bir soat ichida katta yoʻlga Xoʻrozni olib chiqing, iltimos, — dedi qisqagina qilib.

Ravshan aka shunday katta lavozimdagi kishining oʻziga yaqin olib ish buyurganidan boshi osmonga yetib:
— Xoʻp, akajon, bir ogʻiz gapingiz. Boshqa xizmatlar boʻlsa ham bosh ustiga. Hech tortinmay aytavering, akajon, — deb goʻshakni joyiga qoʻydi.

Darhol vaqtni qoʻldan boy bermaslik uchun uyiga kelib, xotini Oybarchin bilan maslahatlashdi:
— Kattakonlardan biri xoʻrozni olib chiqing, Toshkentga borayapman, deb sim qoqdi. Ammo nechtaligini aytmadi. Qoʻchqorni olib chiqing, demaydimi. Koʻkrakni kerib, boʻrdoqi hisori qoʻchqorlardan birini olib chiqar edim. Hokimlar ham qiziq. Arzimagan parrandani nima qilar ekan, xotin.
— E, dadasi, juda ham soddasiz-da, — dedi Oybarchin bilagʻonlik qilib, — xoʻrozga ishqiboz birorta nozik odamga sovgʻa qilsa kerak. Oʻki birorta yaqin kishisi shifoxonada yotgan boʻlsa, folbin-solbin qon chiqarib, xoʻroz bilan qoqtirib tashlang degandir. Qani, tez boʻling, kechikasiz, — deb tovuqxonadan ikkita dakang xoʻrozni ushlab berdi.

Ravshan akaning koʻngli joyiga tushib moshina tezligini oshirdi. Hamroqul Sultonov allaqachon oʻzi aytgan joyga kelib, yoʻl boʻyidagi chinor tagida kutib turgan ekan. Salom-alikni ham nasiya qilib:
— Xoʻroz qani, Xoʻroz? — dedi.

Ravshan Hazratqulov qosh qoʻyaman, deb koʻz chiqarib qoʻyganini oʻzi ham bilmay:
— Mana, akajon, — deya iljayib moshinasi yukxonasidan oyogʻi mahkam bogʻlangan ikkita semiz xoʻrozni olib koʻrsatdi. — Moshinaning qaeriga qoʻyay.

Sultonov yetti uxlab tushida koʻrmagan bu qiziq voqeadan hayron boʻldi:
— Nima deyapsiz, Ravshanbek, — dedi kulib, — bu boʻlmaydi...

Jabborqulda jon bormi deganlaridek, rais Ravshan Hazratqulov:
— Boʻlmasa boshqasiga almashtirib kelaman, — deb yugurib ketayotgandi, shunda Sultonov qat’iy:
— Toʻxtang! — deb orqasiga qaytardi. — Qanaqangi gapga tushunmaydigan odamsiz. Men sizga tovuqning xoʻrozini emas, odamning xoʻrozini — oqqovunlik mohir fermer Xoʻroz Abdujabborovni olib chiqing degandim. Oʻzim bilan u kishini ertaga Toshkentda boʻladigan katta yigʻilishga olib bormoqchi edim. Attang, vaqtim bekorga ketdi.

— E, shunaqami. Uzr, akajon. Men kallavaram boshqacha tushunibman, — deb Ravshan Hazratqulovning nafasi ichiga tushgancha, Xoʻroz Abdujabborovning uyiga qarab oq «Neksiya»sini yeldik uchirib ketdi.