OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1.5 / 5 (2ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNusrat Rahmat
Asar nomiEng ashaddiy kallakesar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Nusrat Rahmat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm16KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/01/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Eng ashaddiy kallakesar (hikoya)
Nusrat Rahmat

Chakatilo!

Bu sovuq familiya hoynahoy qulogʻingizga chalingan chiqar. 1991 -1992 yillar davomida ana shu xunxoʻr haqida yozmagan gazeta–jurnallar kam qoldi. Tugʻri, axborotlaar bir–biridan farq qilar: roʻznomalardan biri Chikatilo yigirmadan ortiq qiz–juvonni zoʻrlab, keyin chavaqlab tashlaganini yozsa, oʻzgasi ana shu raqamni oshirish yoki quyuqroq rang berish payida boʻlardi. Jinoyat tafsilotlari ham shunaqa: haqiqat bilan afsona oʻrtasidagi chiziqni hamisha ham ilgʻab boʻlmasdi.

Boisi: hali tergov tugamagan, hukm oʻqilmagan edi.

Tergov bir yil davom etdi. Sud Chikatiloni otib oʻldirish haqida hukm chiqardi. Oradan bir yil oʻtgach – 1993 yilda hukm ijro etildi.

Naq 53 ( ellik uch ) qiz yo ayolni zoʻrlagan va soʻygan bu ablahni otib tashlashgani toʻgʻri boʻlibdi, degandim oʻzim ham avval. Keyin esa tergov jarayonlarini oʻqib, otilgan odamlar taqdirini oʻrganib, fikrimdan qaytdim. Oʻlim jazosi bir umrlik qamoq jazosi bilan almashtirilishi zarur ekan, degan qatiy xulosaga keldim.

Chikatiloning jinoyati bilan men oʻrtaga quyayotgan muammo bir–birini inkor etadiganday, qutbning ikki tomoniday boʻlib tuyulishi mumkin. Aslini olganda, har ikkisida ham inson taqdiriga munosabat yotibdi.

Mayli, kechinmalar xususida yoʻl–yoʻlakay bahslasharmiz.

Matbuot Chikatiloni betinim qotil, xunxoʻr jallod, yirtqich – xullas, insonning behudud nafratini ifodalaydigan haqoratlar bilan «siylab» turdi. Zino qilib, keyin pichoq sanchishi mash’um izni yoʻqotish uchun qilingan chora deb yozishdi. Boshqalar bu holni qandaydir kasallikka yoʻyishdi va hakozo.

Mavzudan andak chekinib, etiboringizni tabiatga, aniqrogʻi boʻri yoki sherga qaratmoqchiman. Agar bu yirtqichlar biror inson xunini tatib koʻrsa, umr boʻyi odam ovchisiga aylanadi. Yolgʻizlar, ojizlarga tashlanadi, bolakaylarni olib qochadi.

Bunday hayvonlar juda makkorlashadi. (Ehtimol, inson qonidan oʻtar). Manaman degan ovchilarni dogʻda qoldirib, hali bu qishloqda, hali u dashtda odamni yorib ketadi. Har gal izini ustakorlik bilan yashiradi.

Ha, biz koʻp savollarimizga aynan tabiatdan javob izlashimiz zarurga oʻxshaydi. Faqat savol berib, javobini tinglaybilsak kifoya. Inson goʻshtidan mazaxoʻrak boʻlgan sher bilan boʻri haqida soʻz yuritdik. Hatto ilon, zaharli ilon ham xun ta’mini tatisa, xavfli dushmanga aylanadi. Yoki kana, chivinni oling. Ular sizni topib boraveradi.

Xoʻsh, bu ne hikmat? Ehtimol, inson ya’ni mono sapiens qon tomirlarida vujudni sarmast qiluvchi, safo beruvchi modda bordir va unga nashavand boʻlgan jonzod oʻzini idora etolmay qolar?!

Gazetalardan biri Chikatilo haqida shunday deb yozdi. «Chikatilo ovga chiqqandi oʻsha kuni. Qonga tashna yirtqich oʻrmon yoqalab borarkan, qarshisidan toʻqqiz–oʻn yashar qizaloq chiqdi. U qoʻziqorin terardi. Chikatilo nigohlari bilan uni paypaslab chiqdi, soʻng xotirjamgina dedi: «Bu yerlarda qoʻziqorin kam boʻladi, yur men serob joyni koʻrsataman». Qizaloq, beixtier unga ergashdi. Bu gʻarkoʻz amakinig nigohlari oldida laxta–laxta qilingan navqiron vujud, qizaloqning xayolida esa quziqorin degani toʻkib quyilganday serob joylar namoyon edi.

Ular ovloq soʻqmoqlar boʻylab ancha ichkari kirishdi. Chikatilo atrofga tagʻin bir bor xavotirona koʻz yugurtirdi–yu qizchaga tashlandi, uning nozik boʻynidan tutib yiqitdi, chayir qullari bilan qisdi. U dod deyolmadi. Qotil chap qoʻli bilan oʻljasini yerga bosib, oʻng quli bilan kiyimlarini yechib tashladi. Zoʻrlab boʻlgandan keyin hamon xushiga kelmagan qizaloqning koʻksiga tigʻ sanchdi. Uning jimgina sizayotgan qonidan bir qultum ichdi-yu, yoʻlida davom etdi.

Gap shundaki, Chikatilo birinchi yoki oxirgi xunxoʻr nashavand emas. Bunday vos–voslar boʻlgan va boʻlib turadi. Oʻtganlarini bilib koʻyish, kelajakdagisidan ogoh boʻlish shart! Ha. Shart! Axir, farzandalar, singillar, opalar bor...

Bu qassobni Igor Kostoev rahbar boʻlgan oʻta xavfli jinoyatlarni ochuvchi guruh qoʻlga oldi. Birqator gazeta–jurnallar mazkur guruhni koʻklarga koʻtarib maqtadi. Kostoevning oʻzini komissar Kataniga qiyoslashdi.

Aslini olganda, guruhning yigirmaga yaqin a’zosi atigi bitta jinoyatchini sakkiz yil izlashdi. Chikatiloning militsionerlarday ratsiyasi, toʻponchasi, mashinasi yoʻk; ularday katta maosh olmaydi. Sakkiz yil davomida yigirma kishiga chap berib, yashirinib yurdi va ellik uch kishini hayotdan benasib etdi.Ular kimningdir qizi, xotini, singlisi edi.

Qaygʻular, hayratlar, motamlar…

Rio de Janeyroda jinoyatni yigirma toʻrt soatda ochmagan politsiya guruhini landavoʻr va lakalov hisoblab, ishdan chetlashtirisharkan.

Kostoevchilar esa tugunni bir qoʻl bilan yechmoqchi boʻlgan qasamxoʻrlarga oʻxshab ketadi.

Toʻgʻri, Chikatilo makkor, biror iz, ashyoviy dalil qoldiray, hidini chiqarmay qassoblik qilgan. Buning ustiga turli shaharlarda ish koʻrgan. Jurnalistlar komissar Kataniga tenglashtirgan oʻsha Kostoev va uning sheriklaridan koʻra tadbirkorroq boʻlgani uchun ham sakkiz yil davomida qon toʻkkan u!

Mayli, men tafsilotlar haqida gapiray, xulosalarni oʻzingiz chiqaring.

1982 yilning may oyida Rostov shahri yaqinidagi elektr poezdi bekatiga tutash oʻrmondan politexnika instituti studenti Katya I.ning jasadi topiladi. Ekspertiza marhumani toʻrt kun ilgari oʻldirilganini aniqlaydi. Bugʻilgan, tajovuz qilingan, koʻksiga uch bor pichoq sanchilgan, Bu toʻla tafsilot emas. Mutaxassislar aktida yaralar

ning hajmi, xarakteri, oʻlimining sodir boʻlish sabablari ilmiy tilda bayon etilgan, albatta.

Atrofdan birorta ashyoviy dalil topisholmaydi, qotil barmoq izi ham qoldirmagan. Iskovich it rosa gʻingshib, temir yoʻl tomon ravona boʻladi.

Zudlik bilan operativ gruppa tuziladi, shubhali odamlar roʻyxatga olinadi.

Shu orada tergovchi Ryabov Katyaning kundalik daftarini hijjalab oʻqib, quyidagi yozuvning ostiga chiziq tortadi: «Yaramas V. bilan urishib qoldim Niyati buzuq. Endi gaplashmayman».

Volodya degan yigitcha yuqori kurs studenti boʻlib, Katya bilan uchrashib turarkan.Ularni kinoda, oʻrmon sayrida koʻrganlar bor ekan. Darhaqiqat yigirma toʻrt soat davomida Volodya qoʻlga olinadi. Birinchi suhbat chogʻida Ryabov Katyaning nobud boʻlganidan soʻz ochmay ularning munosabatlari, uchrashuvlari bilan qiziqadi. Volodya qizni majnunona

sevishini tan oladi, masalaning mohiyatiga yetmay angrayadi. Ikkinchi suhbatda terguvchi kundalik daftardagi yozuvni niqtab koʻrsatadi izoh soʻraydi. «Ha, men oʻrmonda… lekin u koʻnmadi» deydi yigitcha.

Hullas, Katyaning vahshiyona oʻldirilganidan voqif boʻlgan Volodya behudud dard, nadomat bilan yigʻlaydi. «Uni sen oʻldirgansan!» deydi tergovchi qat’iy qilib. Oshiq yigit bundan battar nadomat chekadi, qasam ichadi. Keyin esa «boʻyniga oldirishadi.» «Uni men oʻldirdim, meni tezroq otib tashlanglar», deb zorlanadi. Ammo tergovchilar qahrga mingan, hayajonga tushgan odamlar bilan qanday muomala qilishni bilishadi. Tagʻin dalda berishadi.

Inson taqdiri ustida soʻz ketganda, boʻyinga olishning oʻzi kifoya emasligini, buni isbotlab berish kerakligini sha’ma qilishadi. Volodya isbotlab beradi: oʻrmonga olib borgani, zoʻrlagani, pichoqlagani… Tagʻin ilmoqli savollar, argumentli javoblar.

Institut komsomol qizlari zudlik bilan imzo toʻplab Volodyaga oliy jazo chorasi qoʻllashni talab qilishadi.

Bir oydan soʻng viloyat sudi oshiq yigitchani qatl etish haqida hukm chiqaradi. Qirq uch kundan keyin hukm ijro etiladi.

Hammasi risoladagiday. Aniq hujjatlar, dalillar asosida, zarracha e’tirozga oʻrin qoldirmay amalga oshiriladi.

Oradan olti oy oʻtgach, shaharning boshqa bir chekkasida, oʻrmonga tutash joyda oʻn yashar qizaloqning jasadi topiladi. Qarashsa, xuddi Katyadek zoʻrlangan, koʻksiga pichoq sanchilgan, mammasi tishlab olingan.

Muhtaram oʻquvchi! Men bir vaqtlar oliy jazo hukmini bir umrlik qamoq bilan almashtirish zarurligini yozgan edim.

Katyani ham, oʻn yashar qizaloqni ham Chikatilo oʻldirgani bir

necha yillardan keyin ayon boʻldi.

Bechora Volodya! Qaybir xatoning qurboni u?! Bunga tergovchilar sababmi yogʻud oʻlim hukmini joriy etgan qonunchilar?! Balki unisi ham bunisi hammasdir: majnunona, muhabbat qurboni boʻlgandir, shoʻrlik Volodya!

Oʻsha oʻn yashar qizchaning otasi uyushgan jinoyatchilar sarkori ekan, Kostoevga uchrashib, qotilni topgan kishiga «Volga» va’da etadi, shubhali kishilar roʻyxatini tutqazadi.

Shundan keyin bu ish «Oʻrmon» deb nomlanadi. Guruhga qoʻshimcha izquvarlar ajratiladi, shubhaga olinganlarning har bir qadami nazoratdan qochirilmaydi.

Ammo arqonni juda uzun tashlashgan ekanmi olti oy orasida tagʻin ikki qiz xuddi shu usulda oʻldiriladi. Qotillikning biri Kiev, ikkinchisi Leningrad shahri yaqinida sodir etiladi. Tergov ishlariga mazkur shaharlarning ham dongdor izquvarlarni jalb etishadi.

Uzoq bahs–munozaralardan keyin jinoyatchining taqribiy portretini yaratishadi ular. Ana shu ta’rifga binoan u taxminan 25 – 30 yoshlarda, avval sport bilan shugʻullangan baquvvat, kelishgan kishi. Ilgari sudlangan, hech qaerda ishlamaydi, chalasavod. Rostovda tugʻilgan va shu yerda propiska qilingan bulishi kerak. Ruhiy kasalik alomatlari

bor. Ehtimol jinnixonada yotib chiqqandir.Atrofdagilar bilan kam muloqotda boʻladi. Koʻproq elektr poezd bekatlarida, oʻrmon yoqalarida yuradi. Gapga chechan, qizlar ayollarni tez qarmoqqa tushiradi. Uning qoʻlida diplomat bor ichida oʻtkir pichoq, toʻponcha boʻlishi kerak.

Ta’kidlab oʻtaman, bu taxmin koʻp asoslarga tayanib tuzilgan. Jinoyat xarakatlari, mulohazalar hisobga olingan.

Bu 1983 yil edi. Lekin 1990 yilda koʻlga olingan Chikatilo salkam ellik yoshda, hech qachon sport bilan shugʻullanmagan, novcha manfur, avval sudlanmagan, fabrikada ta’minotchi boʻlib ishlaydigan oliy ma’lu-

motli (filolog) KPSS a’zosi, oilasi, ikki farzandi bor, mutlaqo sogʻlom, atrofdagilar bilan hushmomula kishi ekan. Qoʻlida kichik sumkacha, ichida pichoq, chilvir.

Qarang–a, qancha katta fark. Ehtimol, izquvarlarni ham chalgʻitgan narsa ana shu farqdir.

Mayli, xulosani aytib qoʻyishga shoshilmaylik. 1985 yili Anatoliy Kravchenko degan kishi shubha bilan qoʻlga olindi. Bu odamning qopqonga tushish tafsiloti gʻalati. Kostoev guruhida ishlovchi Zoya degan leytenant qiz tuzoq sifatida bekatlarda yuradi, xotin – qizlar bilan muloqotda boʻlgan shubhali kimsalarni kuzatadi, oʻzini ularga moyil qilib koʻrsatadi.

Rostov yaqinidagi bekatlardan birida Kravchenko Zoyaning qarmogʻiga ilinadi. Tanishuvdan keyin uni oʻrmonga taklif etadi. Zoya qarasa, bu odamda ular izlayotgan qotilning hamma alomatlari bor: tatuirovka qilingan qulida diplomat, gapga chechan, xushqomat. Ular ancha ichkari kirishadi. Kravchenko bu xushraftor, oqtomoq va arzon oʻynashning uyoq–buyogʻini ushlash payida boʻladi. Zoya esa nuqul chap berib boʻlar–boʻlmas narsalarni soʻrayveradi. Shunisi gʻalatiki, bu javoblar ham qiz kutganday boʻlib chiqaveradi. Ezmalik joniga tegadi, shekili.

Anatoliy qizga tashlanib, uni ostiga oladi. (Erkakchilik: gʻunajin koʻzini suzmasa, buqa ipini uzmaydi). Ehtiyot choralarini koʻrib quygan Zoya uni tepib yuborib, oʻrnidan turadi va raqibiga toʻpponcha toʻgʻrilaydi! Keyin ratsiya bilan sheriklarini chaqiradi.

Tekshirib koʻrishsa, Kravchenko Rostovda tugʻilgan, avval ayol kishini zoʻrlagani uchun qamalib chiqqan, hech yerda ishlamaydi.

Kravchenko bir oygacha hech nimani boʻyniga olmaydi. Keyin gardaniga qoʻyishadi. U bir emas, olti xotin–qizni oʻldirganini yozib beradi. Gazetalar ashaddiy qotil qoʻlga tushganligi haqida shov-shuv koʻta-

rishadi.

Sudda u tagʻin tonadi, ammo jabrdiydalarning dargʻalab qavmlari, ulardan sovgʻayu mukofotlar olib qoʻygan tergovchilar hamma vositalarni ishga solib. uni otib tashlashni talab qilishaveradi, Sud uni otib oʻldirish haqida hukm chiqaradi.Tagʻin xatoga yoʻl quyishdan choʻchigan jinoyat kodeksining daqqoq kalamushlari hukm ijrosini uch oyga choʻzishadi.

Men insonni otib oʻldirish kaltabinlik ekanligini ta’kidlashdan oldin tagʻin bir ayanchli voqea xususida soʻz yuritmoqchiman.

1990 yilda Chikatilo qoʻlga olingandan keyin, izquvarlar guruhi ustma–ust qoʻpol xatolar qilganiga ishonch hosil etgach, vijdon azobidanmi yoki boshqa sababdanmi Lvov shahriga – Kravchenkoning onasinikiga borishadi. «Marina Nikiforovna bizni kechiring, deyishadi, xato kilibmiz, oʻgʻlingiz begunoh ekan. Behudaga otilibdi…» «Anatoliyni otishdimi» quloqlariga ishonmay soʻraydi kampir.

Ayon boʻlishicha, uning qatl etilganini kampirdan yashirib yurishgan ekan. Boyaqish gʻayritabiiy tarzda faryod chekadi-yu, yuragini changallab yiqiladi. Nachora, inson qalbi gʻaladon emaski, hamma narsani sigʻdiraversa…

Tagʻin: Kravchenko qoʻlga olingach, qizlari singillari oʻldirilgan alamzadalar al qasosu, minal haq deya bosh koʻtaradilar. Familiyasi Kravchenko boʻlgan oilalar, odamlar ikki kunda shaharni

tark etishga majbur boʻladilar.

Men nohaq nobud boʻlgan Volodyani, Anatoliy ni eslasam, rahmatli buvimning mahzun allalari yodimga tushadi.

Balolardan, qazolardan alhazar!

Noxush, noxush sazolardan alhazar!

Ostonamni omon saqla oʻzginang,

Nohaq tuhmat,

Jazolardan alhazar!

Alhazar – o

Alhazar – o

Alhazar...

1986 yil, ya’ni Kravchenko qatl etilgandan ikki oy oʻtgach Toshkentning aeroport rayonida (hujjatlarda shunday deb qayd etilgan) oʻrta yoshdagi ayolning jasadi topildi. Aynan bugʻilgan, zoʻrlan –gan, yuragiga pichoq sanchilgan, mamasi tishlangan. Keyin Olmaotada…

Voy, ablah!

Naqadar nooʻngʻaylik!

Demak, tantanalar ancha erga nishonlangan ekan. «Oʻrmon» operatsiyasini davom ettirishdan oʻzga chora yoʻk.

Kim u olchoq?! Qanday qilib qoʻlga olish kerak, arvoh urgurni?

Shundan keyin ham u toʻrt yil davomida

Kostoev guruhini ( boshqalarni ham ) tahlikaga solib, qaqshatib yurdi. Turli shaharlarda qizlar, ayollarning qonga boʻlangan jasadlari topilaverdi. Shubhaga olingan oʻnlab kishilar qamoqqa tashlanadilar.

1990 yilga kelib, nogahonda Chikatilo ham shubha bilan, tasodifan qoʻlga tushadi. Qotil elekr poezdidan daydi ayolni tushib qolishini talab etadi, lekin u koʻnmaydi. Buni kuzatib turgan izquvarlar ikkalasini ham olib ketishadi. Chikatiloning vizitkasidan oʻtkir pichoq va chilvir chiqadi. Ayolni oʻrmon sayriga taklif etganini buyniga oladi. Uni rosa soʻroq qilib, pichoqqa ilinadigan gap chiqarisholmaydi. Javob berib yuborgandan keyin sanchiklab oʻrganishsa, aynan jasadlar topilgan Kiev, Leningrad, Toshkent, Almati shaharlariga idora tomonidan komandirovka qilingan ekan.

Qayta tutib, siquvga olishadi. Zoʻr kelgach, gardaniga oladi va isbotlab beradi.

Qonun posbonlari tagʻin adashishmadimikin?

Yoʻq, bu gal ular aynan qoʻli qon qotilning hiqildogʻidan tutishgan edi. Uzoq davom etgan savol- javob, tahdid, aldam–qaldamlardan keyin qirq

xotin–qizni oʻldirgan, degan aybnomaga oʻzi tuzatish kiritadi. Ya’ni, 53 ( ellik uch! ) kishini aspalasopinga joʻnatganini yozib beradi. Isbot uchun izquvarlar bilan borib, oʻrmonlarda koʻmilgan yoki suyaklarigina qolgan jasadlarni koʻrsatadi.

Hammasi shu!

Yoʻq, hammasi shu emas. Men bu hikoyani Oʻzbekistonda oʻlim jazosi bekor qilinishidan ilgari yozgan edim.»Paxta ishi» bilan nohaq oʻlim jazosiga hukm etilgan vatandoshlarning qismatlari haqida qalam tebratgandim.

Hikoyaning qolgan qismini oʻchirib tashladim.