OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNusrat Rahmat
Asar nomiNoma’lum rassom (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Nusrat Rahmat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm12KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Noma’lum rassom (hikoya)
Nusrat Rahmat

Mahalladoshlar uni xushlamaydi. Deyarli har yili yangilanib turiladigan mashinalar, dangʻillama imoratdagi chet el jihozlari nopok yoʻl bilan kelayotganini hamma biladi. Shunga qaramay uning oldiga kelib turishadi, iltifot koʻrsatishadi. Axir, kimning tashvishi yoʻq? Birovga gʻisht, boshqa birovga koʻmir zarur boʻlib qoladi. Kimningdir oʻgʻlini sudda himoya qilish kerak, yana birov mashina olomay halak. Bunaqa yuumushlarga uning suyagi yoʻq: tanishlarini ishga soladi, urushda «qon toʻkkanini» pesh qiladi, bular ham ish bermasa tegishli joylarga yozadi.

Shaharga tutash kolxozning brigadiri uning uyiga yoz davomida meva, sabzavot joʻnatib turadi. Avji pishiqchilik davrlari oʻzi ham keladi, mahsulotni topshirolmay ovora boʻlayotganidan noliydi. Shunda bu odam uning mushkulini oson qiladi, gohida alohida vagon olib beradi.

Kiborlarga xos nopisandligini jinim yoqtirmasa, buning ustiga suhbatimiz uncha qovushmasa hamki, uning qarshisida oʻtirib, meshchan falsafasiga quloq tutishga majburman. Bu dargohga ijara izlab kelganim kechagiday yodimda. Menga peshvoz chiqqan xushbichim beka boloxonadagi uy boʻshligini, xoʻjayin esa kechqurun kelishini aytdi. Oʻsha kuni qorongʻi tushmasdan yetib keldim va bu odam bilan tanishib qoldim. Yodimda: xoʻjayin menga xuddi bozordagi xaridorlarga xos sinchkovlik bilan razm soldi-yu, qaerdanligimni surishtirib qoldi.
–Urgutdanman, - dedim, soʻng qoʻshib qoʻydim: - Yurfakda oʻqiyman.
–Ha, tuzuk, - dedi u chiroyi ochilib.

Shu bilan gapimiz tugadi. Ikkalamiz ham jimib qoldik.
– Mayli, - dedi u nihoyat, - ammo mast boʻlinsa, ayol-payol olib kelinsa xafalashib qolamiz.

Koʻchib kelganimning birinchi haftasi edi. Kechqurun xonamga kirib ketayotganimda, xivichdan toʻkilgan kresloda yalpayib oʻtirgan xoʻjayin meni choyga taklif qilib qoldi. Uning roʻparasidan joy oldim-u, nigohim koʻkragiga chizilgan katta rasmga tushdi. Tabiatan badaniga turfa yozuvlar va rasmlar boʻlgan kishilarni yoqtirmasdim. Noxush boʻldim. Xoʻjayin hol-ahvol soʻragan boʻlib, choy uzatdi. Uning kayfiyati yaxshi edi. Oʻzimni mumkin qadar beparvo tutishga urinib, uning koʻkragiga tagʻin nazar tashladim. Balogʻat yoshidagi qizning juda zoʻr hafsala va did bilan chizilgan rasmi edi u. Qiz boshini osiyolik juvonlarga xos tangʻib olgan boʻlsa-da, qirra burni va yana allanimalari yevropacha edi. Koʻkragi juda boʻliq, siynabandi osmonrang. Koʻkragining yarmi xoʻjayinning maykasi ostida qolgandi. Ammo, sinchiklab qaralsa, toʻr ostidagi uning bor vujudini koʻrish mumkin edi. Nazarimda u hozirgina choʻmilishdan chiqqanday, ustiga mato tashlab olgandi. Qizning boshi negadir bir oz xam qilib chizilgan, tabassumida bilinar-bilinmas gʻussami, istehzomi yashiringandi.
–Oʻqish qachon tamom boʻladi? – nogahonda soʻrab qoldi xoʻjayin.
–Yana bir yil bor.
–Yaxshi! Keyin hayot tuzuk boʻlib ketadi. Hozir sudyayu tergovchilarning pichogʻi moy ustida.

U rayonimizda badavlat odamlar koʻpligini aytib, Gena degan serpul kishini surishtirib qoldi. Tanimasligimni bilgach, afsuslandi.
–Juda ham uddaburro odam. Bir vaqtlar Moskvadagi bir restoranda direktorlik qilgan. Bunday odamlarni tanib qoʻyish kerak!

Uning oʻgitlarini tinglagan kishi boʻlib, tagʻin rasmga nazar tashladim. Har qalay bu ulkan san’atkorning ishi edi. Rasm uchun chap siynaning usti ya’ni yurak atrofi tanlangani bejiz emasdi. Yurak tepkanda qizning uzun kipriklari, boʻlik, oppoq koʻksi tebranib ketar va bu gʻayritabiiy hol kishini beixtiyor hayajonga solardi. Bu sohibjamolning nozik barmoqlari ham shu qadar oppoq va navosatli ediki, ta’rifiga ham soʻz ojizlik qilardi.

Xoʻjayin qoʻzgʻaldi, negadir dekanimizning familiyasini surishtirib qoldi. Men choʻchib tushdim va javob berdim.
–Taniyman, - dedi u. – agar biror ish chiqib qolsa, menga aytilsin, yordam beraman!

U homuza tortib, xonasiga kirib ketdi. Rasm esa xayolimga koʻchdi va mixlanib qoldi.

Ertasi xoʻjayin kech keldi. Uning kayfi baland edi. Beka sarosimalanib unga suv tayyorladi.
–Bilasanmi, xotinlar nima uchun yaratilgan? lablari tamshanib, xotiniga savol berardi u.
–Bilaman, bilaman – erkaklarning ermagi uchun, - hazil tariqasida, qoʻrqibgina javob qaytarardi xotini.

Ayol erini uyiga olib kirdi. Xoʻjayin kimnidir boloxonador qilib soʻkdi. Keyin jimlik choʻkdi.

Bir haftagacha uning maykachan chiqishini kutib yurdim. Yakshanba kuni endigina kreslodan joy olganda, haligi tanish brigadir kelib qoldi. U rasmga mutlaqo e’tibor bermay, nuqul iltimos qilardi.
–Faqat pomidor qoldi. Ikki kun tursa bari ezilib ketadi. Boramizu kelamiz.

Ular chiqib ketishdi va tushdan keyin shirakayf boʻlib qaytishdi. Tok ostida joy hozirlashgach, qimtinibgina pastga tushdim.
–Qani, student, bir-ir choy ichaylik.

Men ichkaridan omonatgina joy olib, tashna nigohlarimni boʻlsa kerak, qizning yanoqlarida reza-reza ter yaltirardi. Inson qiyofasi aks etgan jamiki polotnolar, portretlar, haykallardan faqrli oʻlaroq, bu rasm jonli edi: u qizarar, terlar, gohida chimirilar, tabassum qilgan boʻlardi.

Brigadir nuqul bu yil hosil barakali boʻlganini, birinchi uni ta’riflaganini takrorlardi. Xoʻjayin ezma suhbatdoshining gapiga shunchaki odob yuzasidan quloq solganday boʻlsa-da, aslida batamom boshqa narsalarni oʻylayotganini bilib olish qiyin emasdi. Nafsilambirini aytganda, uchalamiz ham rol ijro etayotgan aktyorlarga oʻxshab ketardik shu tobda.
–Topshirishni oʻylamang, - dalda bergan boʻldi xoʻjayin, - biz bor ekanmiz, hosilingiz yerda qolmaydi.

Suhbat qovushavermagani uchun boʻlsa kerak, brigadir uzr soʻrab, ketishga shaylandi. Uni darvozagacha kuzatib qoʻydik. Xoʻjayin kreslodan olib, xotinini chaqirdi.
–Qarzni obkeldimi, ana u? – qoʻshni tomon imladi.

Yoʻq! Keyinroq berar, xotinini Leningradga olib ketdi. Bu yerda davolab boʻlmasmish...
–Nodon! Rizqi but boʻlsa, nima farqi bor?!

Ayol mendan xijolat boʻldi. Mavzuni ustalik bilan boshqa tomonga burdi.
–Oʻgʻlingiz attestatini olibdi... Bilim yurtiga borsam maylimi, deyapti...
–Yoʻq, - dedi u keskin, - yo yurfakka yoki savdo sistemasiga boradi. Mana shu bolalar, - u men tomon imladi, - qishloqdan kelib oʻqiyaptilar-ku.

Shundan keyin oradan oʻn kunlar chamasi vaqt oʻtdi. Mening shirin umidlarim, orziqib kutishlarim sarob boʻlib qolaverdi. Bu orada beka meni juda qadrlaydigan boʻlib qoldi. Oʻsha kuni uning maslahati bilan mahallaga toʻyga borgandim. Xizmat qilib yurganimda xoʻjayin kelib qoldi. Uch-toʻrt bakovul unga peshvoz chiqib toʻrdan joy koʻrsatishdi. Soʻng alohida dasturxon yozib, noz-ne’mat keltirishdi. Xoʻjayin bu yerda ham oʻziga xos viqor bilan oʻtirdi. Mahalla komitetining raisi bilan qadah urishtirdi, kimgadir zarda qildi. U chiqib ketishi bilan odamlar gʻiybatga tushib ketdilar.
–Mast boʻldi muttaham!
–Bu zulukni odam qilib yurgan – oʻsha xotini. Boʻlmasa allaqochon baloi azimga duchor boʻlardi.

Ularni gapidan shu narsa ayon boʻldiki, beka xoʻjayinning uchinchi xotini ekan. Birinchisi uzoq yil kutgan boʻlishiga qaramay, xoʻjayin oʻsha yoqdan xotin olib kelibdi. Keyin ikkalasi murosa qilmagani uchun javoblarini berib yuboribdi.
–Bari bir mahallaga shunaqa odam kerak, gʻiybatni yakunlashdi ular, - yordami tegib turadi.

Toʻydan kelsam, xoʻjayin kresloda maykachan oʻtirgan ekan. Juda quvonib ketdim.
–Xoʻsh, student, ishlar joyidami, toʻyga borildimi?
–Ha.
–Koʻrildimi, bari menga dumini likillatadi. Lekin qoʻllaridan kelsa bir kun qoʻymaydi, bu nokaslar!

Tanish rasmga koʻzim tushib, yuragim gupillab ura boshladi. Uning nigohlarida bu gal oʻta johil odamning qoʻliga tushib qolgan bokira ayolning iztiroblarini koʻrganday boʻldim. Eh, goʻzal edi u.

Shundan keyin har gal uning yangidan-yangi qirralarini kashf etardim. Men u qizni intiqlik bilan, bir tashnalik bilan qoʻmsardim, negadir peshonalarini silagim, dalda bergim kelardi. Xoʻjayin esa aksiga olib, koʻpincha xalat kiyib chiqar va mening tashna nigohlarim mungʻayib qolaverardi.

Oʻsha kuni mahalladan bir kishi iltimos bilan kirib keldi.
–Shu akamiz kasal boʻlib qolgan deng. Duxturga borsak, joy yoʻq, deydi...

Xoʻjayin kresloda yastanib oʻtirib oldi, xotini telefon apparatini oldiga keltirib qoʻydi. U kimlargadir telefon qilib, haligi odamning hojatini chiqardi. Soʻng soʻradi:
–Qaerlarda ishlayapsiz?
–Oʻsha – avvalgi joyda.
–Avvalgi joy qaer edi?
–Parrandachilik fabrikasi.
–Darvoqe, tovuqlar semirib yuribdimi?
–Semirib yuribdi.
–Nima, eshitish bor-u, koʻrish yoʻqmi?

U bugunoq yetkazishga soʻz berdi. Xoʻjayin quvondi va negadir namoyishkorona xalatini yechib koʻkragini ochdi.
–Mana, student...

Men xijolat tortdim. Xoʻjayin rasmni yoqtirib qolganimni bilmaydi, deb oʻylagandim-da.
–Bilganman, student, bilganman shu rasm yoqib qolganini.

Meni nogahoniy xijolatdan chiqarish uchun boʻlsa kerak, u qadahlarga kon’yank quydi, birini menga uzatdi.
–Hech icholmayman! Ichmaganman!
–Olinsin, student, rasmning tarixini aytib beraman!

Men qadahni oldim.
–Bu rasm – Polshadan yodgorlik. Kontslagerdan.

Qiziqishim oshib, unga yaqinlashdim. U ham e’tiborimni jamlab olishim uchun bir lahza sukut saqlab davom etdi.
–Bir rassom bilan birga tushib qolgandik. Juda moʻmin-qobil odam edi. Bizning taqdirimiz ma’lum emasdi. Oʻzimiznikilar yaqinlashib kelayotgan paytlar edi oʻshanda.

«Doʻstim, - dedi bir kuni oʻsha rassom juda iltijo bilan, - oʻttiz yildan beri xayolimda bir siymoni olib yuribman. Yoʻq dema, shuni sening koʻkragingga chizay. Koʻksing juda keng, begʻubor ekan».

«Rasm chizishga balo bormi, - dedim noxush, - erta-indin oʻladiganga oʻxshab turibmiz-u...»

«Yoʻq, biz oʻlmaymiz, - dedi u ishonch bilan, - bu rasm senga asqotadi. Ishonaver!»

Men chalqancha yotdim. U ancha unnadi. Qalam bilan chizib, ignani qora rangga botirib sanchib chiqdi. Bir haftadan keyin bizni otishga olib chiqishdi. Ablah fashistlar barimizni qator qilib qoʻyishdi. Bir mahal moʻ‘jiza roʻy berdi. Safning oldidan oʻtib ketayotgan ofitser atayin orqaga qaytib, koʻkragimdagi rasmga suqlanib tikilib qoldi. Soʻng sheriklarini ham chaqirdi. Ular allamagʻalgacha chuldirab mugʻokama qilishdi. Keyin ofiyer meni safdan chiqarib yubordi.
–Qolganlar-chi? – shoshib soʻradim.
–Otib tashlashdi, - dedi u sovuqqina qilib.
–Rassomni hammi?
–Ha!
–Afsus! Nomini soʻramaganmidingiz?
–Yodimdan chiqib ketgan, - dedi u loqaydgina, - keyin oʻsha ofitser rasmni yaxshi koʻrib qoldi. Meni Germaniyaga olib ketmoqchi boʻlgandi, ammo biznikilar bostirib kelib, iloji boʻlmadi. Keyin oʻpkam shamollab gospitalda yotdim. Vrachim ham shu rasmni yaxshi koʻrib qolsa boʻladimi. Keyin bilsam, tuzalganimdan keyin ham javob bermay yurgan ekan. Bir hamshira bilan soz boʻlib qoldik. Oʻshani olib, qaydasan Samarqand deb yoʻlga tushdim. Bu yerda kundoshlar kelimolmadi. Ikkalasidan ham voz kechib, bu ayolimga uylanganman.

Xoʻjayin tin oldi. Mening koʻz oʻngimda oʻlimga mahkum etilgan iste’dodli rassom, mana bu galvarsni bir necha yil kutib, orzulari sarobga aylangan ayol, yana allanimalar gavdalandi. Xoʻjayin davom etardi:
–Bir kuni hammomda bir chol shu rasmni yoqtirib qoldi. Rassom ekan. «Ruxsat ber, peshanasidan bir oʻpay», deb yalindi. Javob soldim.

U qarshisidan qadahni toʻldirdi. Mening ryumkamni ham zoʻrlab tutqazdi.
–Davay, student, ichamiz!
–Mayli.
–Davay!
–Nuqul yaxshi odamlarga qiron keltirgan urushga qiron kelishi uchun!

Keyin xonamga shoshildim. Hayot-mamot jangida qatnashgan xoʻjayin, uni ezgulikka chorlagan rassom va yana allakimlar koʻz oʻngimdan xuddi kino lentasiday paydar-pay va bot-bot oʻtib turdi.

1975