OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifNusrat Rahmat
Asar nomiSoʻqmoqlar va saboqlar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Nusrat Rahmat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm20KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Soʻqmoqlar va saboqlar (hikoya)
Nusrat Rahmat

Bobo

U kishini bu muzofotda Shoʻro bobo ham, Xoʻjaev bobo ham, Rais bobo ham deyishadi.

Otaxon aslida Buxoro shahriga tutash joydan. Ulugʻ Vatan urushidan oldingi notinch yillarda Fayzulla Xoʻjaev tuhmatga uchraganda aayrim kaltabin kishilar familiyasi XOʻjaev boʻlganlarni ham shubha ostiga oladilar. Shunda Shoʻro bobo bir kechada ona qishlogʻini tark etib Paxtaobodga kelib qoladi. U past-balandni biladigan bilimdon kishi boʻlgani uchun avval brigadir, soʻng xosilot shoʻro, keyin raislikka saylashadi.

Urush boshlanadi. Oʻshanda ham rais tadbir bilan ish yuritib, kolxozning shuhratini ulugʻlaydi. Erkaklar frontga ketib, dalada asosan xotin-xalaj qolganiga qaramay kolxoz birinchi boʻlib qolaveradi. Rais frontga koʻplab gʻalla, meva joʻnatish bilan birga odamlarga ham ancha-muncha bugʻdoy taqsimlashni kanda qilmaydi.

Shularning evaziga boʻlsa kerak kolxozga eskigina yuk mashinasi - «politurka» berishadi. Ammo hadeganda uni haydaydigan shofyor topilavermaydi. Shunda rais shaharga tushib Vasya degan ozgʻin, sargʻish yigitni ergashtirib keladi.
–Bugundan e’tiboran Vasya kolxozimizning shofyori, - deydi rais, - uni hech kim ranjitmasligi kerak!

Vasyaning oʻzi ham bagʻoyat xushfe’l, kamtarin, mehnatkash yigit chiqib qoladi. Qishloq bolalarining peshonasidan ixlos bilan oʻpishni, ayollar, keksalarning hojatini chiqarishni odat qiladi, shovvoz. Ikki bortiga «Paxtaobod kolxozi» deb yozilgan mashina rayonda ham koʻpchilikka tanish, qadrdon boʻlib qoladi. Rais uning kabinasiga oʻtirib olib, ilgʻorlarni bot-bot shaharga olib chiqadi.

Ammo shoʻrlik Shoʻro boboni Buxoroda ta’qib etgan mash’um qismat bu yerga ham yetib keladi. Vasya aslida nemis ekanligi, uning haqiqiy nomi Vaysligi ayon boʻlib qoladi. Bu noxush gapdan Paxtaobod seskanib tushadi. Shu daqiqadan e’tiboran odamlar mashinaga yoʻlamay qoʻyadilar. Vasyaga boʻlgan iliq mehr oʻrnini behudud nafrat egallaydi.

Shofyor zudlik bilan juftakni rostlaydi-ku-ya, ammo qishloqda rais haqida ham noxush gap oralab qoladi. «Xoʻjaev nemislarga sotilgan emish. Oʻzi asli xalq dushmani boʻlgan emish».

Odamlar raisdan oʻzlarini olib qochadigan, unga yovqarash qilib oʻtadigan boʻlib qolishadi. NKVD Xoʻjaevning ijtimoiy kelib chiqishi bilan qiziqib qoladi.

U kolxoz muhrini qorovulga topshirib, bir kechada Paxtaoboddan gʻoyib boʻladi. Shunda: «Xoʻjaev nemislar tomonga oʻtib ketibdi», deyishadi odamlar. Bir necha oygacha paxtaobodliklar uni nafrat bilan eslab yuradilar.

Oradan ikki-uch yil oʻtgach, hamqishloqlar uni oʻzgacha ohangda eslay boshlaydilar: «Shoʻro bobo juda mehribon odam edi», «Kolxozchining boshini silardi», «Biror kishining burnini qonatmasdi».

Bunaqa iliq gaplar shuning uchun avj oladiki, birinchidan, Xoʻjaev oʻz qishlogʻida brigadir ekanligi ayon boʻlib qoladi. Ikkinchidan, undan keyin raisboʻlib kelgan Shoʻro bobo qoʻygan qadrlarni zudlik bilan almashtiradi, ayrim begunoh kishilarni quvgʻin ostiga oladi. Kolxoz planni bajarolmay qoladi. Kolxozchilar ancha qashshoqlashib, hatto urush yillari oladigan bugʻdoy, oqjoʻxori singari ulushlardan mahrum boʻlib qoladilar. Ikkinchi yili ahvol undan ham xarob boʻladi. Raykom raisni yangilashdan oʻzga iloj topolmaydi.

Yangi rais atigi bir yil ishladi. Qishloqdagi bir yengiloyoq ayol bilan don olishib qolgani ayon boʻlgach, oʻzi juftakni rostlab qoʻya qoladi.

Kolxozchilar oʻzlariga munosib rais izlab yurgan kunlarning birida qishloqqa tasodifan Shoʻro bobo kirib keladi. Odamlar unga bagʻoyat xushfe’llik va xursandlik bilan peshvoz chiqadilar.

AYon boʻlishicha, rais haqiqatan ham ona qishlogʻiga qaytib ketgan ekan. Borishi bilan jonu holiga qoʻymay brigadir qilib tayinlashibdi. Koʻp oʻtmay raislikka ham lozim koʻrishibdi. Shoʻro bobo tadbirkor emasmi xoʻjalikni tez koʻtaribdi. Paxta, gʻalla plani oshigʻi bilan bajarilibdi. Shunda katta bir yigʻilishda raisga soʻz berib, ana shu yutuqlarning omillari haqida gapirishni soʻrashibdi. «Bu yerda hech qanday sir yoʻq, - debdi rais, - yerga nuri berib, odamlarga haq toʻlasang, har qanday xoʻjalikni yuksaltirish mumkin. Qolgan hamma omillar ikkinchi darajali»..

Yigʻilishdan keyin NKVD boshligʻi uni kabinetiga taklif qilibdi.

«Siz yerga nuri bilan odamlarga haq toʻlashdan boshqa hamma faktorlar ikkinchi darajali, dedingiz. Oʻrtoq Stalinning rahbarlik siyosatini ham... Bizga tushuntirish xati yozib bering!»

U tushuntirish xati yozib beribdi-yu, Paxtaobodga qarab yoʻl olibdi. Paxtaobodliklar Xoʻjaevni biror haftagacha izzatini joyiga qoʻyib mehmon qilgach, rais boʻlishini iltimos qilib qolishibdi.

«Yoʻq,- debdi u, - men endi rahbarlik qilmayman! Lozim topsalaring tegirmonni beringlar, yurgizib yuraman».

Odamlar jonu holiga qoʻymaydilar. U avval hosilot shoʻro, soʻng rais boʻladi.

Paxtaobod tagʻin yilma-yil taraqqiy etadi. Kolxozning nomi gazetalarning birinchi sahifalarida, hurmat taxtalarida jaranglab qoladi. Katta majlislarda Xoʻjaev nuqul prezidiumga saylanadigan boʻladi. Qisqa vaqtda zamonaviy posyolka, stadion quriladi. Nufuzli mehmonlarni koʻpincha Paxtaobodga olib keladigan boʻladilar.

Oltmishinchi yillarning boshlarigacha davom etadi bu shirin davron.

Oʻsha yili Rossiya shaharlaridan birida yashovchi toʻqimachilik fabrikasi kommersiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining uyini oʻgʻri uradi. Tabiiyki, jabrdiyda zudlik bilan militsiyaga xabar yetkazadi. Operativ gruppa tuziladi, iskovuch it olib kelishadi, xullas, oʻgʻrilar qoʻlga tushishadi. Ular bir necha oʻsmir yigitchalar ekan. Bolalar ancha-muncha oltin, marvarid buyumlarni pullashga ham ulgurishibdi.

Oʻsmirlar qamoqqa olinadilar. Oradan ancha vaqt oʻtgach, haligi yigitchalardan biri markaziy gazeta redaktsiyasiga juda ta’sirli xat yoʻllaydi. Ota-onasi ertadan-kechgacha fabrikada ishlashlariga qaramay, uylarida loaqal radiopriyomniklari ham yoʻqligini, bu mansabdor esa bitib ketganini yozadi, redaktsiyadan adolat muruvvat soʻraydi. Redaktsiya xatni prokurorga joʻnatadi. Prokuror jinoiy ish qoʻzgʻaydi. Haligi amaldor oʻz tushuntirish xatida bu boyliklar ota meros ekanligini yozib, otasining vasiyatnomasi, notarius tasdiqlagan bir talay hujjatlarni ham koʻrsatadi. Prokuror bu haqiqatni redaktsiyaga ma’lum qilishga va ishni yopishga qaror qiladi. Ammo, tasodifan qarangki, u avtomobil halokatiga uchrab, ish oxiriga yetmay qoladi.. Uning oʻrniga tayinlangan prokuror ishni qaytadan boshlab, chuqurroq tergov oʻtkazadi. Ma’lum boʻlishicha, haligi amaldorning otasi betayin bir alkash oʻtgan ekan. Boshqa hujjatlar ham anchayin qalbaki oʻtgan ekan. Uni biroz iskanjaga olishga toʻgʻri keladi. Direktor oʻrinbosari bu boyliklarni oʻzbekistonlik ayrim doʻstlari sovgʻa qilishganini yozadi.

Bu «doʻst» lardan biri paxta zavodi savdo boʻlimining mudiri ekan. Militsiya uning hiqildogʻidan tutadi. U ancha-muncha talmovsirab, taysalga solib koʻradi-yu, nihoyat paxtapurushlik qilganini boʻyniga oladi. Bu qorchalonga pul choʻzgan raislar, buxgalterlar, kassirlar roʻyxatini ham undan «sugʻurib» oladilar.

Masala katta qozonda qaynaydi. Avval rayondagi, soʻng oblastdagi kazo-kazo raislar ustidan jinoiy ish qoʻzgʻaladi.

Boshqa xoʻjaliklar qatori Paxtaobodni ham taftish qilishadi. Ma’lum boʻlishicha, ilgʻor brigadalardan biri ana shu nopoelikka aralashib qolgan ekan.

«Majburiyatni bajarishiga ikki protsent qolgandi Rais bobo xafa boʻlmasinlar, deb shunday qildim», deydi u.

Brigadirni qamoqqa olishgandan keyin Shoʻro bobo juda oʻksib ketadi. Bir haftada bukchayib qoladi. Raykomga yozgan arizasida: «Men raislikka noloyiqman, kolxozda shunday hol berishiga men ham aybdorman», deb yozadi. Yoʻq, uni hech kim ayblamadi. Ammo iltimosu iltijolarini inobatga olib raislikdan ozod qilishadi.

Otaxon pensiyaga chiqib, odamlarning yodidan ham chiqib ketgan juvozni tiklaydi.

Arzi hol

Hurmatli doʻstim Goderdze!

Ancha vaqtdan beri maktub yozmaganim uchun kechir! Ishga koʻmilib qoldim. Buning ustiga uy-roʻzgʻor ishlari koʻpayib ketdi. Oʻylab qarasam, sen bilan armiyada xizmat qilgan paytlarimiz oltin davr ekan. Naqadar betashvish, begʻubor kunlar edi.

Armiyadan qaytib kelganimdan keyin allamahalgacha bekor yurdim. Aniqrogʻi, nima ish qilishimni bilmay qoldim. Ayrim tengdoshlarim rayondagi turli tashkilotlarga qatnab ishlashadi. Ular menga ancha-mancha ish ham topishdi. Ammo ota meros bir parcha zaminni tashlab ketishga koʻzim qiymadi. Busiz ham qarovsizlikdan tomorqalar qaqrab, imoratlar toʻkilay deb qolgandi. Shuning uchun qishloqda qolib taqdirimni sinab koʻrmoqchi boʻldim. Toʻgʻri, kolxozda ishning boshi ham, oxiri ham boʻlmaydi. Maoshingni ham vaqtida ololmaysan. Ammo zaminni, hamqishloqlarni tashlab ketaverish ham unchalik joʻn ish emas ekan!

Yedingda boʻlsa, senga Shoʻro bobo haqida gapirib bergan edim. Hozir qishlogʻimizda otaxonning oʻgʻli – Fayzulla rais boʻlgan. Bir-ikki hafta dam olgach, shuning oldiga kirdim. Yaxshi yigit ekan.

«Xoʻsh, senga nima ish bersam ekan-a», dedi u oʻylanib. «Menga traktor bering, - dedim fursatdan foydalanib, - hujjatim bor, armiyada ham tankist boʻlganman!»

U bosh injenerni daraklab, menga ish berishni tayinladi. Injenerimiz ham kamtarin, kamsuqum yigit ekan. Meni traktor parkiga ergashtirib bordi-yu, bir chekkada turgan shaloq «Belorus» ni koʻrsatib, bor haqiqatni gapirib berdi.
–Bultur egasi yoʻl qurilishi idorasiga ketib qoldi. Bir oz harajat qilish kerak. Biz ham qarab turmaymiz...

Traktorni daladan loy holda haydab kelib, shundaygina tashlab ketgani uchun u zanglab ketgandi. Akkumulyatori, startyori, faralaridan tashqari generatori, kichik filtri, bir forsunkasi ham yoʻq edi. Noinsof traktorchilar kabinadagi qoʻlga ilinadigan asbob-uskunalarni ham oʻmarib ketishgandi. Rosti gapki, xafa boʻlib ketdim. Buni injener sezdi.
–Bugun forsunka bilan generatorni topib berishadi, - dedi mehribon ohangda, - mexanik bilan uyo-buyogʻini tortaveringlar, qani, tagʻin bir gap boʻlar.

Doʻstim Goderdze! Bu shaloq dahmazani epaqaga keltirish uchun naq bir oy unnadim. Shodivoy degan taksichi doʻstimdan bir oz qarz koʻtarishga ham toʻgʻri keldi. (Akamdan soʻramoqchi boʻldim-u, yangamdan andisha qildim.) Traktorni ne-ne mashaqqatlar bilan haydab chiqqanimdan keyin ham ish topish amrimahol boʻldi. Hamma briganing oʻz traktori, traktorichisi bor ekan. Lekin meni ham ishsiz qoldirishmadi. Traktorlarga yoqilgʻi tashishga qoʻyishdi.

Rosti gapki, bu ish meni sira qanoatlantirmasdi. Tushgacha barcha traktorlarni zapravka qilib chiqaman-u, keyin nima ish qilishimni bilmayman. Tomorqaga zoʻr boʻrmoqchi boʻlgandim, chngam roʻyxushlik bermadi. «Biz u yerda imorat qurmoqchimiz», dedi.

Bir kuni «Belorus» ni choptirib ketayotganimda yoʻlda Shoʻro boboni koʻrib qoldim. Tormozni bosib, tushib koʻrishdim. (Kolxozimizdagi hamma shofyor-u, traktorchilar shunday qilishadi.)

«Sen Ochil tegirmonni oʻgʻlimisan? Nima ish qilib yuribsan? Sani oʻrningda boʻlsam, koʻchani changitib yurmay, Daryovotni obod qilardim», dedi u kishi.

Men otaxon bilan xayrlashdim-u, bot-bot dadam haqida oʻylaydigan boʻlib qoldim. Rahmatlini Ochil tegirmon deyishardi. Magazinlarda un koʻpayib, kasbu kori kasod boʻlguncha tegirmonchilik qilgan u. Keyin arava berishdi. Umrining oxirida aravadan ham voz kechib, soy boʻyida bogʻ qilishga kirishdi.

Dadamning nogahonda bunday qarorga kelishining boisi menga qorogʻu edi. Qishloqdooʻlarimiz Daryovot deb ataydigan bu qiyaliklar soy sohilida boʻlsa hamki, suvdan benasib edi. Buning ustiga qayroqtosh koʻpligidan ketmon urib boʻlmasdi. Dadam erta bahorda ana shu yonbagʻirlrga yongʻoq, shotut, olma – xullas, qoʻliga tushgan niholni qadayverdi. Togʻda bir nechta doʻlana ham koʻchirib keldi.

Bu qashshoq zaminda nihol koʻkartirish uncha joʻn ish emasdi, albatta. Dadam avval bagʻoyat sinchkovlik bilan joy tanlar, soʻng sandalday yerning shagʻal, qumlarini chiqarib, oʻrniga toza tuproq tashib kelardi. Men ham har kuni maktabdan chiqib Daryovotga yoʻl olardim. Koʻpincha akam ham menga hamroh boʻlar va biz uchovlashib allamahalgacha ter toʻkardik. Hammadan ham nohollarning atrofini oʻrash qiyin boʻlgandi. Tohdan yovvoyi bodomcha tashib, chetan devor tiklagandik. Azoi badanimga tikan qadalib, rosa ozor chekkanman.

Oʻsha bahor – koʻchatlarning oldi barg yozganda dadamning shundoqqina koʻkragi ustidan bez chiqdi. Biz seskanib tushdik. Chunki bobomni ham koʻkrak ustidan chiqqan ana shunaqa bez olib ketganini bilardik-da!

Dadamning madori qurib, ishtahasi boʻgʻiladigan boʻldi. Lekin u imkon boricha koʻproq ishlashga, aniqrogʻi, koʻproq ulgurishga ichki bir talvasa bilan tirishadigan boʻldi.

Grachand daryo yaqin boʻlsa-da, undan chelaklab suv tashishga toʻgʻri kelar, bu esa oson emasdi. Ne-ne uqubatlarda olib chiqilgan suvni chanqoq zamin tashna tuyaday bir qultum qqilib simirib yuborardi. Bu yerda tomchi suv hisobda boʻlardi. Men dadamga tushlik olib borganimda, goh u, goh bu nihol ostida qoʻl yuvar va ichki bir qoniqish bilan ta’kidlab qoʻyardi: «Buning ham halqumiga suv tegdi!»

Bez yiriklashdi: avval danakday, soʻng yongʻoqday... Bormagan doktoru duoxonlarimiz qolmadi. Ammo dardning mudhish changali beshavqat ekan. Dadam yotib qoldi. Kundan-kun qoqsuyak boʻlib borayotgan dadajonimni quvontirishning birdan-bir yoʻli nihollarni sugʻorish ekanligini ich-ichimdan his etardim. Darsdan chiqib, toʻgʻri Daryovotga yoʻl olardim. Ammo harchand qilmayin bogʻ ham dadamga oʻxshab qovjirayverdi. Bir juft doʻlana bilan yongʻoq jon saqlab qoldi, xolos.

Shoʻro bobo bilan salomlashgan kunning ertasidayoq Daryovotga yoʻl oldim. Qarasam, daraxtlar ancha ulgʻayib qolishibdi. Chamalab koʻrsam, bu yerda salkam chrim gektar yer behuda yotibdi. Bitta nasos sotib olsam, Shoʻro bobo aytganday kattagina bogʻ qilish mumkinday edi. Shundan keyin kunu tun bogʻni oʻylaydigan boʻldim. Biror hafta oʻtar-oʻtmas shu masala bilan raisga kirdim.

«Davay, - dedi u odatdagidek, gapimni oxirigacha ham eshitmay, - oʻzim yordam beraman. U yerda ikki gektarcha yer bor. Bul’dozer bizdan, motor ham topib beraman. Kelajakda bogʻlarni koʻpaytirishimiz kerak!

Doʻstim Goderdze! Bu yerdagi choʻqqiga chiqib qarasang, Daryovot katta hovuchga oʻxshab ketadi. Dehqonning beoʻxshov hovuchiga!

Har biri yetmish besh, yuz ot kuchiga ega boʻlgan buldozer va traktorlar ana shu «hovuch» ning ichini bir hafta ichida epaqaga keltirdilar. Tuproq ostidan behisob tosh, shagʻal chiqdi. Men yon-verimga qaramay tosh terishga tushib ketdim. Tezda xotinim, singlim yonimga kirishdi.

Oradan koʻp oʻtmay Daryovotga rais keldi-yu, quvonib ketdi.

«Davay,-dedi, - bu yogʻini ham zichlang! Nima yordam kerak boʻlsa, biz-za! Agronom shu hafta ichi nihol olib keladi. Odam ham topib beraman.!»

Shunday qilib nihollarni ham qadab oldik. Raisning maslahati bilan oralariga chigit ekdim. Hozir ularni parvarishlab yuribman. Qiyinchilik koʻp, ammo noliydigan joyim yoʻq. Kolxoz yordam berib turibdi.

Hozircha bor gap shuyu Tagʻin oʻzgarishlar boʻlsa yozarman. Sening ham maktubingni kutaman. Salom bilan: RAUF.

Javob

Qadrli doʻstim Rauf! Meni kechir! Oylar, yillar oʻtib maktubingga javob yozolmadim. Senga oʻxshab mening ham tashvishlarim koʻpayib ketdi. Boshimga ancha tashvishlar tushdi, doʻstim.

Yodingda boʻlsa bobom yuzdan oshganligini yozgan edim. U kishidan ajralib qoldik. Armiyadan kelib ishga joylashish tashvishida yurgan kunlarim edi oʻshanda... Hali-veri oʻladigan emasdi-yu, falokat roʻy berdi.

Bayram arafasida uni nogahonda shaharga taklif qilib qolishdi. Bobom koʻnmadi. Chunki salkam ellik yildan beri shaharga tushmagan edi-dp. Urush yillari frontga mandarin, uzum joʻnatgani tushgan, xolos. U rozi boʻlmasa hamki, men galvars jonu holiga qoʻymay borishga da’vat etdim. «Orden-medallaringizni taqib oling, - dedim, - har ehtimolga qarshi, Stalin, Orjonikidze bilan tushgan suratlaringiz ham qolib ketmasin. Ehtimol lojaga chiqarib qoʻyishmoqchidir. Balki soʻz berib qolishar».

Yoʻq, lojaga ham chiqarishmabdi, soʻz ham berishmabdi. Shunchaki yuz yoshdan oshgan moʻysafidlarni mashinaga mindirib maydondan olib oʻtishibdi. Xuddi yaxshi otlarni namoyish qilganday ularni ham xaloyiqqa, rahbarlarga koʻrsatishibdi. Matsdondan oʻtgach, burilishda mashna silkinib ketibdi-yu, bobom yiqilib tushibdi.

Yetib borganimda tirik edi boyaqish. Menga qarab jilmaydi ham. «Sizga nima boʻldi?» – soʻradim vahm bilan. U javoban batamom boshqa gaplarni gapirdi: «Goderdze, saklani ehtiyot qil! Toklar, mandarinlar qovjirab qolmasin!»

Keyin harchand qilsam ham gapirmadi. Qishloqqa olib borganimdan keyin jon berdi.

Bir hamqishlogʻim bor edi – Gogiashvili degan.Otasi naq yuz oʻn yil yashadi. Cholning vafotidan keyin qabriga shunday zoʻr maqbara oʻrnatdiki, naq ogʻzing ochilib qoladi. Marmarda keksa Gogiashvili tok novdalarini avaylab bogʻlayotgani aks ettirilgandi. Aslini olganda chol shuncha yil yashagan boʻlsa hamki, oʻzidan boshqani oʻylamagandi. Umrini togʻdan yogʻoch kesib sotish, daryodan baliq tutib pullash bilan oʻtkazgandi. Oʻgʻli ham otasiga oʻxshab yashyaning yoʻlini bilardi: nkqul mandarinpurushlik qilardi. Endi oʻzing oʻylab koʻr: dadam inqilobdan oldin yashirin partiya tashkilotiga a’zo boʻlib kirgan, urushda ikki oʻgʻlidan ajralgan boʻlsa-yu, uning qabri mugʻayib tursa. Yoʻq, dedim, bunaqasi ketmaydi! Ammo buning uchun ancha-muncha pul kerak edi. Shunday qilib pul topish payiga tushdim. Shahardagi ateistlar idorasiga shofyor boʻlib oldim. Bu yerda ishning tayini yoʻq edi. Shuning uchun ham bekor oʻtiravermay odamlarning hojatini chiqarishga tushdim. Kimda tashvish yshq: birov vokzalga shoshadi, boshqa birov esa bozorga borishi kerak. Albatta, xoʻjayinning hojatini ham chiqarib turdim. Keyin gap-soʻz boʻlib yurmasin, koʻpam shubhalanishmasin deb, mashinaning eshigiga shaxmat chizdirib oldim. Har ehtimolga qarshi eski taksometr ham oʻrnatdim. E’tibor beryapsanmi – qonuniy taksining oʻzi edi-da! Lekin hammaga ham xizmat qilavermasdim, oʻz muxlislarim bor edi: monaxlar, poplar... Ular shikoyat qilishmaydi, mayda-chuydalarga e’tibor berishni gunoh deb bilishadi. Shu tariqa pul topib, zoʻr sogʻona qurdirdim. Aslida shundan keyin qishloqqa qaytishim, bobomning vasiyatini bajo keltirishim kerak edi. Men nodon boʻlsam, badnafslik qilib, erta, indin ketaman, deb qoʻlga tushdim. Eh, koʻp azoblar chekdim. Qamab yuborishdi, johillar! Bir talay qurilishda ishladim.

Majburiy xizmatdan qaytib kelsam, sakla toʻkilay deb qolibdi. Shunday qilib, yeng shimargancha ishga kirishdim. Bultur uylarni ham ta’mirladim. Toklarning ham bir qismini yangiladim. Bu yil yaxshi hosil olsam kerak. Chunki butun oilam bilan yopishib ishladik.

Bogʻbonlik, paxtakorlik qilayotganingni oʻqib quvondim. Chunki yerda ishlagan odam bebahra qolmaydi. Odamlarning dasturxoniga meva, oʻzlariga libos tayyorlab berishdan koʻra ezgu ish bor. Buning ustiga magazinlarda paxtadan toʻqilgan mato kamayib ketyapti.

Yaqinda Samarqand, Buxoro sayohatida boʻlgan bir hamqishlogʻim sizlar tomonda ham bu borada ahvol nochorligini aytdi. Ishonqiramadim. Nahotki million tonnalab paxta ishlab chiqaradigan yurtda u tanqis boʻlsa. Mantiqqa toʻgʻri kelmaydi! Oʻzi hamqishlogʻim lofchiroq. «U yerda kafanlik uchun oq surp sotib olishga ijrokom ruxsati kerak», dedi. Rosa ustidan kuldik.

Doʻstim, Rauf! Maktub yoʻllasang, shu haqda ham batafsilroq qalam tebrat. Umuman oilang, hayotingda nimalar boʻlayotganidan bizlarni voqif et.

Agar yor-birodarlar bidan biz tomonlarga mehmon boʻlib kelsang, boshim osmonga yetardi!

Salom va ehtirom ila, doʻsting: GODERDZE