OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻlmas Umarbekov
Asar nomiChoʻpon Vasil va uning farzandlari (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Oʻlmas Umarbekov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Choʻpon Vasil va uning farzandlari (hikoya)
Oʻlmas Umarbekov

1
Men ham bitta qoʻshiq aytay, quloq soling, gayduklar! Ammo koʻz yosh toʻkmang sira, koʻz yosh sizga yarashmas. Oyoq osti boʻlgan yurtim sher gerbini taqqanda — mayli, yigʻlang, koʻz yoshingiz Iskrday daryo boʻlsin.

2
Chervenbregda choʻpon Vasil yashar edi bir zamon. Kulbasi bor edi uning, farishtadek xotini, Tangri ato qilgan edi ularga yetti oʻgʻil, kattasining endigina moʻylovi nish urgandi.

3
Har oʻn kunda bir kelardi choʻpon Vasil uyiga, bolala-rin bir-bir oʻpib shoʻrtang peshanasidan — gap soʻrardi xotinidan podsho Shishman singari:
— Xoʻsh, onasi, qani soʻyla, kim kirmadi soʻzingga? Toʻpolonda qaysi biri uzib ketdi yoʻgʻimda? Kenjatoying Asparuxmi, Nikolaymi, Ivanmi? Yo Yeftimmi — ezmachuruk, Yordanmi yo Gencho?!

4
Bolalarga bir-bir qarab, derdi shunda onasi:
— Yoʻgʻingizda hech qaysisi toʻpolon qilgani yoʻq. Kenjatoyim Asparux ham, Nikolay ham, Ivan ham, Yefim va Yordanu jingalak soch — Gencho ham, yoʻgʻingizni bildir-madi, oʻtin yordi, yer chopdi...

Choʻpon Vasil xursand boʻlib, moʻylovini burardi va tonggacha bolalarga ertak soʻylab berardi.

5
Bir kun tongda qishloq boʻylab noxush xabar tarqaldi: yovuz dushman lashkarlari bostirib kelmoqdamish! Qonsiragan yov galasi shamoldek yelmoqdamish!

Butun qishloq temir qoʻrgʻon boʻldi qosh qorayguncha, derazalar yopildi-yu, tanbalandi eshiklar. Bay Vasil ham shunday qildi, faqat koʻcha tomonga ikki teshik ochib qoʻydi — otish uchun dushmanni.

6
— Kelaver, yov kelavergin! Chervenbregda qoʻrqoqlar tugʻilganmas! Kelaver, yov, kel, Muhammad ummati, qargʻalarga yem boʻlasan bu kecha!

7
Tongga qadar davom etdi tengsiz jang. Cherkov yondi, kulbalarning koʻpchiligi kul boʻldi. Halok boʻldi Chervenbregning azamat oʻgʻlonlari! Oʻgʻlonlarki, har bittasi togʻni talqon qilgudek, oʻgʻlonlarki, har bittasi ulugʻ poshshodan ulugʻ!

8
Bay Vasilning boshi qotdi, nima qilsin bechora?! Dushman zoti bas kelolmas uning merganligiga, lekin oʻklar ado boʻldi, oʻnta qoldi atigi! Bay Vasilning boshi qotdi, nima kilsin bechora? Oʻt qoʻysinmi kulbasiga, qochsinmi yiroqlarga! Oʻt qoʻysinmi uyiga u, yondirsinmi oʻzini, oʻt qoʻysinmi uyiga u — halok boʻlsin xotini, halok boʻlsin tangri ato qilgan yetti farzandi. Halok boʻlsin — Asparuxi, Nikolay va Ivani, halok boʻlsin Yeftim, Iordan, shalpangquloq Genchosi! Bay Vasilning boshi qotdi, nima qilsin bechora!

9
Bitta oʻq ham ketdi shu top, bitta yovni yiqitdi.

10
Toʻqqiz oʻqing qoldi, Vasil, dushman esa toʻqqiz ming, toʻqqiz oʻqing qoldi, Vasil, nima qilmoqchisan, ayt!

11
Bay Vasilning boshi qotdi, yuragi toʻldi qonga, yashin kabi chaqnab ketdi birdan horgʻin koʻzlari. Yetti marta oʻq uzdi u, yetti oʻgʻil yiqildi. Kenjatoyi Asparuxi, Nikolayi, Ivani, jingalak soch — Yeftim, Gencho barra moʻylovli Yordan...

12
— Xotin, kechir, — dedi Vasil, — xotin, gunohimdan oʻt — yov qoʻlida bolalarim oʻlmasin deb oʻyladim. Yov qoʻlida men oʻzim ham oʻlishni istamayman! Mana senga miltiq, olgin, ikki dona qoldi oʻq, sen sevgan koʻzlarimni yumib turay, ot meni, yuragimni moʻljallab ot, men otganday Genchoni, kenjatoying Asparuxu Nikolay va Ivanni, jingalak soch Yeftim bilan toʻngʻiching Yordanni...

13
Qarsillaydi nogahon oʻq: uyni tutun qopladi, yana bitta oʻq uzildi... Va sukunat bosdi uyni, qabriston sukunati...

Dushman lashkarlari bostirib kirgan zamon — toʻqqiz oʻlik yotar edi bir-birini quchoqlab. Bay Vasilning lablarida oʻynar edi tabassum, goʻyo derdi:
— Soʻyla, xotin, kim kirmadi soʻzingga! Kenjatoying Asparuxmi, Nikolaymi, Ivanmi? Yo Yeftimmi — ezmachuruk, Yordanmi yo Gencho?

14

Gayduklarim, bosh irgʻamang, bu qoʻshiq — afsonamas, men koʻrganman Bay Vasilni, sharobidan ichganman!