OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻlmas Umarbekov
Asar nomiMuhabbat qoʻshigʻi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Oʻlmas Umarbekov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/12
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Muhabbat qoʻshigʻi (hikoya)
Oʻlmas Umarbekov

1

Kimning ovozi bu? Kim kuylayapti? Bulbulmikan sayrayotgan? Sa’vamikan? Bulbul emas sayrayotgan, sa’va emas, Bay Vasilning goʻzal qizi — Atina bu!

2

Bay Vasilni oʻldirishdi. Qoratogʻ etagida, makkor yovning oʻntasiga bas keldi u bir oʻzi. Oʻn birinchi yov tashlanib qilich sanchdi bagʻriga... Yetti yoshli oʻgʻli Ilcho, goʻzal qizi Atina yolgʻiz uyda yolgʻiz qoldi, yetim qoldi ikkisi.

3
— Oʻgʻlim, — dedi oʻlayotib Bay Vasil Ilchosiga. — Sen yetimsan, opang yetim, soʻzlarimni unutma: oʻch olgin sen dushmanlardan, ham asragin opangni!

4

Bay Vasilni koʻmdilar, Maritsa qirgʻogʻiga. Ilcho bilan Atina-chi, yetim qoldi ikkovi!

5

Kunlar oʻtdi, oylar oʻtdi, Atina — yengiltak qiz, ogʻir jangda halok boʻlgan otasini unutdi... Qachon koʻrmang, derazaning yonida, u koʻchada. Togʻu toshda aksi sado qoʻngʻiroq ovozidan. Koʻngil qoʻydi Atinaga yigitlarning qanchasi. Deyishardi gʻurur bilan: «Kim kuylayapti ekan? Bulbulmikan sayrayotgan, sa’vamikan? Bulbul bunday kuylolmaydi, sa’valar ham! Bay Vasilning goʻzal qizi Atina — bu!»

6

Shoʻrlik Ilcho sovchilardan gangib ketdi, axir dedi yigitlarga, otasidek salmoqlab:
— Atinaning oʻzida gap, ixtiyori oʻzida!

Atina-chi? U hech kimni yoqtirmasdi, suymasdi. Qah-qah urib yigitlarni mazax qilib kulardi. «Kimga koʻngil qoʻyarkin u, kimga salom berarkin?» Qishloqdagi biron odam buni sira bilmasdi...

7

Kunlar oʻtdi, oylar oʻtdi, yil oʻtdi. La’nati yov yana keldi bostirib.

8

Koʻchalar qon. Dodu faryod tutib ketdi olamni.

9

«E, parvardigori olam! Oʻzing madad ber, bosqinchini yerimizdan haydaylik».

10

Yoshu qari jangga kirdi... Tangri bermadi madad. Beglar begi qilich soldi shafqat qilmay hech kimga! Goʻdaklarning ustida u tulporini oʻynatdi, keksalarning koʻz yoshiga parvo qilmadi mutlaq, mevalari hil-hil pishgan bogʻlarni payhon etdi, oʻt chaqnadi koʻzlarida, ogʻzi olov purkadi, yatagʻoni chaqmoq chaqdi yigitlarning boshida, ayollarning koʻkragidan qon aralash sut oqdi...

11

Hammasini koʻrib turdi derazadan Atina, kipriklari marjon takdi alamzada yoshidan. Shu top nima boʻldi oʻzi?! Bibi Maryam, koʻmak ber! Beglar begi dubulgʻasi uchib tushdi boshidan. Koʻrib qoldi uni nogoh bizning goʻzal Atina...
— Yigit boʻlsa shunday boʻlsa! — dedi yashindek chaqnab. Hali bunday latofatni koʻrmagandi umrida. Qoshlar xuddi shohi choyshab gulidagi yoy kabi, burgut koʻzlar sanchiladi oʻkday qizning qalbiga. Choʻchib tushdi qiz bechora va sevinchdan boʻshashdi... Gʻoyib boʻldi jangga kirgan yigitlarning barchasi, qoni daryo boʻlgan Pyotr, Stefan ham yoʻqoldi, qoʻngʻir sochli Mincho, Gencho, Asparuxlar yoʻqoldi... Qulogʻiga kirmay qoldi ayollarning yigʻisi. Nima boʻldi oʻzi shu top? Bibi Maryam, koʻmak ber!

12

Sevib qoldi Bay Vasilning goʻzal qizi Atina, sevib qoldi otasining ashaddiy dushmanini, ona yurti unga bergan nonni harom qildi u, otasini unutdi u va zotini unutdi.

13

Gayduklarim, azamatlar, nafratingiz oʻrinli! Ammo qoʻshiq tugamadi, quloq bering, tugatay.

14

Ogʻir jangda beglar begi gʻolib chiqdi. Asirlar zanjirband boʻldi. Oʻljalar xachirlarga ortildi.

15

Toʻxtang, toʻxtang! Kim kelmoqda? Kelayotgan kim oʻzi? Kampirmi u, yo bevami yolgʻiz qolgan bu yurtda? Yoʻq! Atina, Bay Vasilning goʻzal qizi — Atina!

16

Kelinchaqtsay yasangan u. Lablarida tabassum, Yurishlari tovus kabi xiromon va muloyim. Toʻgʻri keldi maydonga u, salom berdi gʻolibga — bekka nazar tashladi u oymomodek egilib. Keyin dedi:
— Begim, senga oshiq boʻldim, qulingman! — shunday deya tiz choʻkdi qiz tulpor bilan yonma-yon.

17

Hamma hayron. Hatto, bek ham hayron boʻldi avvali. Keyin qizni dast koʻtardi va oʻtqazdi oldiga, momiqday oq koʻkragidan boʻsa oldi la’nati!

18

Oh, Atina, noqobil qiz, seni nima jin urdi?! Qaerdasan, Ilcho, otang hurmati — koʻr opangni!

19

Belglar begi otiga qamchi bosdi, yoʻlga tushdi asirlar. Qaerdasan, Ilcho, otang hurmati — koʻr opangni!

Yo oʻch olgin xoʻrlangan zot, tuproq uchun ulardan, yo boʻlmasa bosh olib ket alamdiyda qishloqdan.

20

Ilcho xomush. Koʻzi yoʻlda, karvon ketgan tomonda.
— Ota, oʻzing qoʻlla, — derdi ichida u dam-badam. — Quvvating ber qoʻllarimga, oʻch olayin dushmandan... — Shunda dedi, bilaklari kuchga toʻldi gʻoyibdan, uyga kirdi, otasining kamarini bogʻladi, yelkasiga miltiq osdi, qilich taqdi beliga. — Ota, oʻzing qoʻlla meni, quvvating ber qoʻlimga!

21

Beglar begi kuylamoqda Atinaga joʻrovoz, asirlarning qoʻllari musht, lablari tugun, boshlar xam.
— Badbaxt dunyo! Bay Vasilda nima qasding bor edi? Bechora qiz yuragini zaharlading ne uchun?!

22

Olisdan otliq koʻrindi. Qoʻllar boʻldi soyabon. Bu — xoʻr-langan yer oʻgʻli! Kelayotgan bu paxlavon azamat yigit — Ilcho!

23

Devdek na’ra tortdi, Ilcho, beglar begi toʻxtadi. Atinani titroq bosdi, xoʻjasiga yopishdi.

24
— Ey, la’nati beglar begi! Yurak boʻlsa otdan tush, kuch sinaylik yakka-yakka, yo boʻlmasa oʻliksan!

25

Beglar begi yoydek egri qilichini sugʻurdi, botir Ilcho sherdek boʻlib qarshisiga yugurdi.

26

Olishdilar roppa-rosa uch kechayu uch kunduz, qilich sinib, navbat keldi, navbat keldi xanjarga...

27

Ukasining botirligi Atinani shod qildi. Koʻpik sochdi beglar begi dosh berolmay hujumga. Boshi uzra oʻynab ketdi botir Ilcho xanjari. Shu top... Nima boʻldi oʻzi?! Bibi Maryam, koʻmak ber! La’nati qiz qalqon qildi bekka oʻz koʻkragini! Yuragini kesib oʻtdi ukasining xanjari... Beglar begi qochdi otga qamchi urib ketma-ket. Yiqildi qiz.
— Begim, toʻxta! — bekka tomon choʻzdi qoʻl. Beglar begi toʻxtamadi, chang ichida yoʻqoldi...

28

Oh, Maritsa, Maritsa, gʻamgin va sokin daryo, qirgʻogʻingdan qabrlar kimlarning qabrlari? Goʻr boshida dev qaddini bukib yigʻlayotgan kim?!
— Bay Ilcho bu. Bay Vasilning sodiq, asl farzandi. Qabrlarda Bay Vasil ham Atina uxlamoqda... Yigirma yil boʻldi Ilcho har kun kelar bu yerga, qabrlarga yangi gullar qoʻyadi-da, yigʻlaydi.

— Ota, meni kechirgil, sen, gunohimdan oʻtgil sen, sevikli Atinangni arsab qola olmadim!