OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Oʻlmas Umarbekov. Ota (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻlmas Umarbekov
Asar nomiOta (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Oʻlmas Umarbekov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/17
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ota (hikoya)
Oʻlmas Umarbekov

1

Yeftim degan chol yashardi. Qoratogʻ etagida, dehqonchilik edi kasbi, erta-yu kech dalada. Kulbasi bor edi xarob, oʻlimtik bir hoʻkizi, ikki tanob yerda bogʻi — yashash uchun kifoya.

2

Bay Yeftimning bor quvonchi edi ikki farzandi, ikki oʻgʻil, har ikkisi otasiday zahmatkash. Biri togʻda oʻtin tersa, biri omoch haydardi, shunday oʻtar edi kunlar qaygʻusiz va kulfatsiz.

3

Shunday oʻtar edi kunlar Qoratogʻ etagida, shunday oʻtar edi kunlar butun bolgar elida...

4

Bir kun bogʻda Yeftim, oʻgʻillar ham yonida, ot dupuri eshitildi, keyin qiy-chuv boshlandi. Bosh koʻtardi yerdan Yeftim, yoʻlga tikdi koʻzini va koʻp oʻtmay koʻrdi qishloq yonganini buruqsab. Bay Yeftimni titroq bosdi, qaltiradi lablari. Kim biladi, balki shu top yolvorgandir Xudoga?

5

Qishloq esa, yonar edi alangasi togʻ quchib. Kimdir uvvos solib yigʻlar, kimdir soʻkinar edi... Ikki oʻgʻil ikki yoqdan yopishdi otasiga, gʻazab lov-lov yonar edi ikkovining koʻzi-da...

6

Shu top yoʻlni chang qopladi, paydo boʻldi otliqlar, paydo boʻldi tish-tirnogʻi bilan qurollangan yov. Payhon qildi ekinlarni ot qoʻyib har tarafga. Kishan soldi keyin dushman ikki yoshning qoʻliga. Bay Yeftimning gʻazabdan koʻzlari chaqnab ketdi. Bor kuchini toʻplab turib changal soldi dushmanga. Lekin chol-ku? Chol bechora ne qilardi kurolsiz? Ne qilardi oʻnta dushman qurshab tursa atrof-dan? Alamini ichga yutib yalindi bekka shunda:
— Begim, oʻzing rahm qilgin, olib ketma ularni. Hali ular yosh juda ham, hali hayot koʻrganmas. Kerak boʻlsam men amringda, quling boʻlay umrbod.

Qah-qah urdi dushman bari, qah-qah urdi ablahlar!
— Esing bormi? — Oʻshqirdi bek. — Sen kimsanu bular kim? Bular endi kuchga toʻlgan jiyron otning oʻzidir. Sen kim boʻlding? Qari bir chol, bir oyogʻing goʻrda-ku? Seni bizga foydang ham yoʻq, ziyoning ham tegmaydi.

7

Shunday deya qamchi bosdi otiga bek, lek shu top, u toʻxtadi va iljaydi cholga qarab muloyim.
— Mayli, ey chol, rahm qilay yoshing hurmati senga. Bolalardan bittasini, mayli, oʻzing tanlab ol.

Bay Yeftimni titroq bosdi, qaltiradi lablari, kim biladi? Balki shu top yolvorgandir Xudoga — yolvorgandir bagʻri yonib bu dahshatli hukmdan, yolvorgandir la’nat oʻqib bebaxt otalik uchun.
— Nega jimsan? — soʻz qotdi bek. — Tanla sevgan oʻgʻlingni! Tanla, yoʻqsa ikkalovi sotiladi qul boʻlib.

8

Bay Yeftimning boshi qotdi, nima qilsin bechora? Qay birini tanlasin u? Ilcho yoki Ivaylo? Ikkalovi oʻz farzandi, ikkalovi oʻz pushtidan — ikkovining tomirida oqadi uning qoni! Bay Yeftimning boshi qotdi, nima qilsin bechora?
— Ota, — dedi shunda Ilcho. — Ivayloni olib qol. Mendan u yosh, keyin mendek... Oʻyinqaroq bolamas.
— Yoʻq, yoʻq, ota, — dedi shunda Ivaylo uni boʻlib. — Ilcho qolsin huzuringda, Ilcho mendan kuchliroq.

9

Bay Yeftimning boshi qotdi, nima qilsin bechora? Qay birini tanlasin u? Ivaylo yo Ilchoni? Ikkalovi oʻz far-zandi, ikkovi oʻz pushtidan — ikkovining tomirida oqardi uning qoni.
— Boʻl, chol, tezroq! — doʻq urdi bek. — Tanla sevgan oʻgʻlingni! Tanla, yoʻqsa ikkalovi sotiladi qul boʻlib.

10

Bay Yeftimning boshi qotdi, xayol surdi uzoq vaqt. Titroq bosdi vujudini, qaltiradi lablari. Kim biladi, balki shu top yolvordimi Xudoga? Yolvordami bagʻri yonib qutqargin, deb bu dahshatli taqdirdan? Yoʻq, Bay Yeftim yigʻlamadi, yolvormadi Xudoga! Koʻzi birdan choʻgʻdek yonib, tikildi u dushmanga! Va nafrat-la dedi:
— La’nat! La’nat! La’nat, sen it oʻgʻliga!

11

Shu zahoti u quladi dushman yatagʻonidan. Yoʻlga tushdi ikki oʻgʻil zardob boʻlib yuragi, yoʻlga tushdi nelarnidir soʻzlab qonsiz lablari, ikkovi ham yigʻlamadi, yolvormadi Xudoga!