OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻlmas Umarbekov
Asar nomiSarkarda Petro (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Oʻlmas Umarbekov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sarkarda Petro (hikoya)
Oʻlmas Umarbekov

1

Pahlavon Bay Petroni koʻrgan bormi? Alam toʻla suhbatida boʻlgan bormi?!

2

Pahlavon Bay Petroni men koʻrganman. Alam toʻla suhbatida boʻlganman! Shuhratparast ukasi sotdi uni. Bu qaygʻuli voqeadir, ogʻaynilar.

3

Yetti kun davom etdi Silistra uchun jang, yetti kun yer titradi otlarning dupuridan. Momaguldurak kabi botirlarning ovozi yangrab turdi gohi u, goh bu yerda yetti kun. Dunay suvmi yoki qon — bilib boʻlmadi mutloq.

4

Botirlarning ichida eng botiri Bay Petro! Har qilich solganda u tutdek toʻkilardi yov! Nayzasini otganda dushman otdan qulardi. Bay Petro esa, kulib, moʻylovini burardi.
— Sarkardaning kayfi chogʻ! Demak, gʻalaba bizda! — deyishardi gayduklar uni koʻrganda har choq. Dimitr esa xafa, ichini it tirnardi...

5

Yetti kun davom etdi Silistra uchun jang, yetti kun yer titradi gayduklar na’rasidan. Botirlarning ichida eng botiri Bay Petro! Har qilich solganda u tutdek toʻkilardi yov! Dimitr esa xafa, ichini it tirnardi:
— Nega men sarkardamas, nega akam sarkarda?!

6

Yetti marta yov chekindi — dosh berolmay zarbaga va nihoyat hiyla qildi — yolladi Dimitrni.
— Silistra senikidir, sarkarda ham sen oʻzing! Faqat bizga akang kerak, uni keltir sen turib! — shunday dedi dushman, qulluq qildi Dimitr.

7

Nozu ne’mat toʻlib ketdi Dimitr chodirida.
— Aka, — der u. — Tongga qadar yov choʻchiydi hujumdan. Tongga qadar dam olaylik, mehmon boʻl chodirimga! Orom olsin gayduklar ham, otlarga yem berishsin.

8

Yoʻq, demadi sodda aka, yoʻq demadi Bay Petro. Yarim tunda quladi u uka bergan zahardan va namatga oʻraldi u hushidan ketib mutloq.

9

Lashkarboshi oʻtiribdi hushsiz Petro oldida, hasad bilan, gʻazab bilan tikilar pahlavonga. Bay Petroning hushsizligi — hushli jangchidan afzal!
— Zanjirband qiling uni va elting ona yurtga, bu gaydukning oʻligidan tirigi foydaliroq!

10

Yoʻl yurdi yov karvoni, yoʻl yursa ham moʻl yurdi. Qoʻngʻiroqlar jaranglab, karnay-surnay chalinib, kutib oldi karvonni podsho xizmatkorlari.

11

Faqat saroydagina koʻzini ochdi Petro. Oʻtkir ekan la’nati uka bergan zahri. Koʻzini ochdi Petro va hech narsa tushunmay alangladi atrofga. Birdan yondi koʻzlari, birdan mushtga aylandi pahlavonning qoʻllari. Mudhish taqdirni koʻrib yoʻlbars kabi oʻkirdi.
— Kaygʻurma koʻp Bay Petro, — dedi sulton iljayib. — Qul boʻlish yoki oʻlish jangchining boshida bor! Bizga oʻtgin, xizmat qil menga sadoqat bilan, shunda ozod boʻlursan, oltinga gʻarq boʻlursan.

12

Rozi boʻlmadi Petro, bizning asir pahlavon! Nafrat bilan tupurdi sulton basharasiga.
— Senga xizmat qilishdan oʻlganim yaxshirokdir, senga xizmat qilishdan qul boʻlish yaxshiroqdir!

Sulton dargʻazab boʻlib, xanjar otdi Petroga, qorongʻi boʻldi dunyo, koʻzsiz qoldi bechora. Koʻzsiz qoldi sarkarda Bay Petro oʻsha kuni.
— Haydang, — dedi sulton, — bugunoq saroyimdan. Koʻzsiz jangchi — Oʻqsiz kamon deganning oʻzginasi. Haydang uni, boʻlsin endi ovora va darbadar, koʻzsiz odam — tirik murda deganning oʻzginasi.

13

Yoʻlga tushdi sarkardamiz Bay Petro, yoʻlga tushdi qoʻlda hassa, koʻzda yosh...

14
— Pahlavon Bay Petroni kim koʻrgan? Alam toʻla suhbatida kim boʻlgan?!
— Bay Petroni men koʻrganman, koʻp koʻrganman, alam toʻla suhbatida koʻp boʻlganman.

15

Shuhratparast Dimitr-chi?! U endi yoʻq. Niyatiga yetmadi U. Oʻldirildi...

16

Omon boʻlsin, Bay Petromiz, omon boʻlsin, qoʻshiqlari Bolgariya boʻylab yursin! Jaranglasin Rodopida, Qoratogʻda, gayduklarga ilhom bersin, quvvat bersin!