OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Oʻlmas Umarbekov. Soat (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻlmas Umarbekov
Asar nomiSoat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Oʻlmas Umarbekov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Soat (hikoya)
Oʻlmas Umarbekov

Biz koʻpchilikmiz. Dadam, oyim, men. Toʻrtta ukam ham bor. Oyim bilan dadam ishlashadi. Men oʻqiyman, ikkita ukam ham oʻqiydi. Shuning uchun ham har bir xonada soat bor. Bittasida osma soat, bittasida budilnik... Lekin hech qaysimiz bu soatlarga qaramaymiz. Oyimlar oʻzlari yurgizib tursalar ham, qaramaydilar. Hammamiz vaqtni dadamlardan soʻraymiz. Ularning qoʻl soatlari bor. Oddiy, lekin katta soat. Bilaklariga zoʻrgʻa sigʻadi. Budilnikka oʻxshab «jarang-juring», «jarang-juring», qilib yuradi.

Bu soat buvamlarniki. Ular urushda halok boʻlganlar. Uyga qoraxat bilan shu soat kelgan. Oʻshanda dadam ham frontda edilar. Oyim qutichaga solib berkitib qoʻyganlar. Dadam qaytib kelganlaridan keyin ham anchagacha koʻrsatmaganlar. Men tugʻilganimdan keyin koʻrsatganlar. Shundan beri qoʻllaridan tushmaydi.

Ishxonadan taqdim qilishgan soatlari ham bor. Taqmaydilar. Shuni taqadilar.

Tanish-bilishlari ba’zan:
— Boshqasini taqing, eskib ketibdi-ku! — deyishadi.

Shunda:
— Bu oddiy soat emas, dadamlarniki, — deydilar. Yaqinda men texnikumga kirdim.
— Mana, — dedilar shunda qoʻllaridan yechib, — katta boʻlib qoldingiz. Siz taqing.

Endi uyda vaqtni hamma mendan soʻraydi. Dadamlarning oʻzlari ham mendan soʻraydilar. Minut, sekundigacha aytib beraman soatimga qarab. U judayam katta. Bilagimga zoʻrgʻa sigʻadi. Budilnikka oʻxshab «jarang-juring», «jarang-juring» qilib yuradi. Raqamlariga dogʻ tushgan. Lekin oddiy emas, dadamlarniki.

1963