OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻlmas Umarbekov
Asar nomiXadicha (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Oʻlmas Umarbekov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xadicha (hikoya)
Oʻlmas Umarbekov

1

U yotardi gʻor ichida bir necha kundan beri, qaygʻu bilan toʻla edi alamzada yuragi. Nima boʻldi? Nega kelmas yoniga sevgilisi? Nima boʻldi? Unutdimi? Yo topdimi oʻziga er?! Shu xayollar girdobida yotar edi Sayfiddin — Qoratogʻda dongʻi ketgan pahlavon va qaroqchi. Yotar edi va oʻylardi xotini Xadichani, oʻylar edi, tishi-tishiga tegib shoʻrlik gʻazabdan: nima boʻldi? Nega kelmas yoniga sevgilisi? Unutdimi, yo bironta aylantirdi boshini? Aylantirsa arzigulik Xadichaning husni bor: ikki yuzi Gul vodiysini bezagan lolalardek, qoshlar xuddi pahlavonlar qoʻlidagi yoy kabi, lablar xuddi atirgulning gʻunchasiday xushbichim, momiqdek oq koʻkraklari Chervenberg olmasi... O, Xadicha!... Nima boʻldi? Nega sendan darak yoʻq? Noqobil er, qaroqchingni unutdingmi, vafosiz! Shu top nima qilmoqdasan? Uzga erkak koʻynida yotibsanmi yoki?.. Yoʻq, yoʻq! O’zing koʻmak ber, ollo! Bu dahshatli xayollardan qutqar gʻarib bandangni!..

2

Shiddat bilan sakrab turdi oʻsha tuni Sayfiddin, gʻordan chiqdi, alangladi atrofga bir daqiqa! Soʻngra yurdi qishloq tomon xavf-xatarni oʻylamay. Yelkasida qoʻshotari, qoʻllari musht gʻazabdan...

3

Kirib keldi qishloqqa u qoplon singari pusib, hayajondan titrab sekin taqillatdi eshikni.
— Kim u? — dedi ichkaridan qoʻngʻirokdek bir ovoz. Eshitdi-yu, qon quyuldi qaroqchining boshiga!
— Kim boʻlardi! — zarda qildi. — Xudo qoʻshgan eringman. — Zanjir birdan sharaqladi, eshik ochildi shu zum, roʻparada paydo boʻldi qaroqchining xotini — Xadicha!
— O, sekinroq!.. — dedi juvon seskanib. — Qishlogʻimiz askarlarga toʻlib ketgan, sekinroq!..

Ichkariga kirdi Sayfi, qoʻl uzatdi yoriga, sogʻingan lab shivirladi nelarnidir shu mahal, boshlar boshga suyanishdi, koʻkrak tegdi koʻkrakka. Va tongacha orom oldi yor qoʻynida qaroqchi... Tongda esa, yoʻlga tushdi yana gʻoriga tomon, yoʻlga tushdi yana pusib, askarlarga koʻrinmay.

4
— Qani soʻyla, ering qayda? — dedi tongda yuzboshi. Xadichani vahm bosdi, kim sotdi ekan uni? Kim koʻribdi yarim tunda eri kelib ketganin? Yo yuzboshi aldadimi, sinamoqchimi uni?
— Qaydan bilay? — dedi juvon. — Erim qochgan sizlardan, yildan oshdi ketganiga. Qaerda, men bilmayman.
— Yolgʻon gaping! Tuni boʻyi birga eding u bilan. Yo boshlab bor, yo boʻlmasa oʻlasan shu qoʻllardan! — va yuzboshi imo bilan koʻrsatdi askarlarni, Xadichani vahm bosdi: hovli toʻla askarlar, har bittasi arslondek, tikilardi shoʻrlikka. — Boshlab borsang, sogʻ qoladi, — dedi yuzboshi shunda, — sogʻ qoladi va qaytadi uyingga.

Xadicha jim. Ming xil fikr chulgʻab olgan bechoraning boshini. Nima qilsin! Nima desin? Dushman kutar betoqat.
— Qani boʻl! Yoʻlni boshla! — dedi yana yuzboshi. Nochor yoʻlga tushdi juvon, yoshi koʻzda shashqator, yoʻlga tushdi, orqasida erining jallodlari.

5

Ona qishloq ortda qoldi, ortda qoldi dalalar. Ortda qoldi birinchi bor Sayfiddin quchgan soy ham. Tanish soʻqmoq yoʻl boshlandi, visol yoʻli — yor yoʻli, qaygʻuga esh, seryulduz tun, shodlikka zor-zor yoʻli... Togʻ ham keldi. Xadicha jim, qadam bosar zoʻr-bazoʻr, yaqin qoldi, yaqin qoldi tanish gʻorga! Yo, Xudo! Asra oʻzing panohingda shoʻrpeshana bandangni!..

6

G’or oldida oʻltiradi Sayfi pastga tikilib, soʻqmoq yoʻlda birdan nedir yaltiradi va soʻndi. Nima boʻldi? Kim boʻldiykin? G’orga kirdi u shoshib, xanjarini belga takdi, miltigʻini oʻqladi. Shu top ovoz keldi pastdan:
— Sayfiddin chiq! Bu menman! Agar tushsang tegishmaydi, va’da berdi yuzboshi!

Olov boʻlib yondi shu top, titrab ketdi Sayfiddin:
— Nima qilding, sotqin xotin! — alam bilan qichqirdi. Togʻ gumburlab ketdi shunda: oʻq uzgandi Sayfiddin, oʻq uzgandi moʻljal qilib Xadicha koʻkragini...

* * *

— Keyin nima boʻldi, dersiz? Esimda yoʻq, gayduklar, pastga tushib, balki oʻzi asir boʻlgandir yovga? Lekin bunga ishonmayman. Sayfi pahlavon edi, yo qochgan, yo olishib, mardlarcha halok boʻlgan.

1966