OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻrinboy Usmon
Asar nomiBir bor ekan… bir yoʻq ekan (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Oʻrinboy Usmon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm19KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/02/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
yoki Daraxtga Don'gan Odam


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bir bor ekan… bir yoʻq ekan (hikoya)
Oʻrinboy Usmon

Nega bir tupgina daraxt tikishgan ekan? Bi-i-ir tupgina!.. Uchta, toʻrtta, yoʻq, oʻn-ta, oʻn beshta tikishmaydimi? Qalin oʻrmonga aylantirib tashlashmaydimi… Eh-h... Ana, yana bittasi kelyapti. Ishqilib, uni koʻrib qolmasa edi. Koʻzi tushdimi, inda-may oʻtib ketavermaydi. Xuddi unga aqalli ikki ogʻizgina gap qotmasa, toʻyxonaga yaqin yoʻlatishmaydiganday...

U garchi oʻylayotgan boʻlsa-da, tilini tishladi. Tili ogʻrimadi. Katta koʻcha tomonda sharpa sezib, oʻzini tezgina yolgʻiz soʻppaygan daraxt ortiga oldi.

«Otasiga balli shu yigitlarning...»

E, Xudo, uniyam daraxtga aylantirsang-chi!.. Oʻshanda hech narsani eshitmasdi, hech narsani koʻrmasdi...

«... Odamlar bor, topganini yetti joyidan tugib, sandiqqa tashlaydi. Bir tiyin-ni puflab-puflab, choʻntakka urishadi.Endi bu azamatlarning himmatini koʻring, yetim bolalarning qoʻlini halollashyapti-ya!»

«Bir kungina ilgari omonatingni olsang boʻlmasmidi, xudoyim! – Masrur quloqlarini berkitdi. – Bu yorugʻ dunyoda boshimni yerga yopishtirib yurish uchun asrading-mi, meni...»

«Endi yaratganning oʻzi bu olihimmat bandalarining koʻngliga solgan-da...»

Masrurning ichiga kirpi terisiga oʻralgan fildek bir «dod»qamalib oldi-da, goh ayamay koʻksini yuldi, goh boʻgʻzini timdaladi, oyoqlaridan madorini oʻgʻirlayotib, iligiga chang soldi. Toʻrt tomoniga tikan qadalgan «dod» hali tanining bir yerida-gi ogʻriq toʻxtamasdan, ikkinchi yoqqa yumalar, miya demay, yurak demay, ignalarini ayovsiz sanchardi. Boʻgʻziga yetib kelganda, qattiq qadalgancha uzoq qimirlamas, nuqul «qah-qah»lab kulardi.

«Nega ustimdan kulyapsanlar? Aqalli sengina kulmasang, boʻlmasmidi?»

«Meni qoʻyvor... qoʻyvor... Oʻz holimga qoʻygin! Oʻshanda kulmayman... yigʻlamay-man... Qafasda qiynalyapman...»

«Qoʻlimdan kelmagan ishni soʻrama! Seni qoʻyvorsam... Oʻzganing mulkiga aylana-san. Unda men qanday chidayman?..»

«Boʻpti. Boʻgʻzing tilinishini, yuraging zirqirashini, ichingni tipratikanlar uya-ga aylantirishini istasang, oʻzing bilasan!..»

Masrur koʻzini ochsa, boshini daraxtga toʻxtovsiz uryapti. Moʻltirab turgan daraxtga ichi achidi.

«Kechir meni, daraxtjon! Sen menga panoh berding, lekin men joningni ogʻrit-dim. Asli noshukur banda ekanman. Noshukur! Bilaman, sen mening gaplarimga tushunmaysan. Balki, tushunsang-da, eshitishni istamaysan. Bu dunyoda har kimning dardi oʻziga yetib-ortadi.»

Daraxt ortida kimdir shivirladi. Masrur hozir ming bekinishni istamasin, ovoz egasini koʻrgisi keldi. Nega u baralla gapirmayapti? Shivirlayapti... Shivirdan biron ma’no anglash uchun quloq tutdi. Hech narsa ilgʻay olmadi. Bor vujudi - sochlaridan tortib tirnoqlarigacha quloqqa aylansa-da, hatto bittagina soʻzni ajrata olmadi. Hafsalasi pir boʻlib, sochlari sochga, tirnoqlari tirnoqqa doʻnayotgan mahal haligi berahm shivir qiqirladi. Daraxt ortidan soya uzildi. Uni Masrur koʻrgan. Koʻrgan. Qaerdadir... Aniq koʻrgan...

Qochib borayotgan sharpa ortiga bir lahza oʻgirildi. Masrurning tomogʻiga boyagi «dod» tikanlari yanaada qattiqroq qadaldi. Undan ikki uch qadamcha narida oʻzi, fa-qat yetti-sakkiz yosh kichikroq Masrur turardi. Qarashlari yurakni teshaman deydi.

Masrur najot izlab daraxtga yopishdi. Daraxt siltab tashladi. Qayga qochsa? Qa-erga yashirinsa? Atrofda mana shu bir tupgina daraxtdan oʻzga biron panoh koʻrin-maydi. Toʻyxona-chi? Ana, atrofini baland-baland daraxtlar qurshab olgan choy-xona. Ichkariga kirvolgach, uni topib boʻlishibdi. Qoʻshhovuz atrofidagi ikki qator tikilgan ulkan tollardan panoh soʻraydi. Tepasiga chiqvolib, qalin, serbarg shoxlari orasiga koʻmiladi...

Choyxona – toʻyxona tomondan karnay «vat-vat»lab, Masrurning daraxt tanasiga yopishgan qoʻllarini itarib tashladi. Qish oʻtib, bahor oʻtib, pishiqchilik kelgach, u toʻy qilmoqchi, oʻgʻilchalarining qoʻlini halollash bahona, elga osh bermoqchi edi. Boshqalar toʻyga ikkita karnaychi aytsa, u toʻrtta karnay opkelishni oʻylardi. Ikki karnaychi koʻchaning bir tomonidan, ikkisi boshqa tomonidan chalib kelaveradi. Ikki tarafdan toʻyxona oldiga yaqinlashib kelishgach, u oʻgʻillarini yoniga oladi-da, miriqib oʻyinga tushadi. Oʻynaydi, oʻynayveradi. Karnaychilar charchaydi, lekin u charchamaydi...

Shoshma, hozir karnayga kim oʻynayotgan boʻlsa?! Tanasiga urilgan bosh daraxtning jonini ogʻritdi. Shoxlari ingradi. Uzoq vaqtgacha karnay ovozidan oʻzga ovoz qulogʻiga kirmayotgan Masrur bu ingrashni sezmadi. Boshi daraxtning bujur tana-siga qayta yaqinlashayotganda ingroqni ilgʻadi-yu, boya shashti pasaygan «dod» yana ot-ga mindi.

«Qoʻy, muncha jigar-bagʻringni ezma, Xudo koʻrsatmasin, agar bir narsa boʻlsa, sen-ga kim kuyadi?»

Masrur qarshisida bemalol chordona qurgancha oʻtirgan yetti-sakkiz yosh kichikroq Masrurga horgʻin tikildi.

«Men adashdim. Oʻshanda yelkamga quruq choponni tashlab chiqib ketmasimdan, unga uch oylik boʻlsa-da, oʻgʻlimni oʻrab ketishim zarur ekan. Men adashdim. Oʻsha qanjiq-qa jahl qilib...»

«Aadashgan sen emas, menman-ku. Koʻz qonga toʻlgan mahal hatto farzanding ham koʻrinmas ekan. Aslida mendan oʻtgan. La’natini shartta tilkalab, bolani opket-maymanmi? Men... men... endi uni abadul abad yuvsam-da, tozalanmaydi, degan xayol-ga borganman...»

«Odam yashayverarkan. Men uning javdiragan koʻzlarini, mitti qoʻlchalarini, yuragimni orziqtiradigan shirin boʻyini uzoq vaqt unutolmadim. Keyingi xotin birinchi oʻgʻilni tuqqanida Umidjonning mitti qoʻlchalarini, ikkinchi oʻgʻil koʻrganimizdan keyin esa, shirin boʻyini unuta boshladim. Butunlay unutvoraman, deb oʻylagandim. Ammo, tushlarimga oʻsha javdiragan koʻzlari kirib chiqadi. «Menda ne gunoh» degandayin naq qorachiqlarimga qadalvoladi...»

«Otini yaxshi niyatlar bilan Umid qoʻygandim... U-miiii-id... Men Umidimni bir yaramasning qoʻliga tashlab ketaveribman. Endi bolamni – Umidimni kimlarga xor qip qoʻydim...»

«Sen faqat alam chekkansan, xolos. Oʻtgan – oʻtmishga aylandi-ketdi. Men-chi? Meni oʻylasang-chi! El-yurt orasida endi qanday bosh koʻtarib yuraman? Men tirik

urib, pushti kamarimdan boʻlgan farzandni allakimlar toʻy qilib, yetti yot alla-qaysi boyvachchalar qoʻlini halollasa? Aytgin, men qanday bosh koʻtarib yuraman!»

«Baribir sen faqat oʻzingni oʻylayapsan. Vaqti kelib, Xudo uzoq umr bersa, Umidim ulgʻayar. Katta yigit boʻlib, el yurtga qoʻshilganda, odamlar «Anovining qoʻlini falon-falon boyvachchalar yonidan xalqqa toʻy berib, halollagan» deyishsa, qanday chidaydi? Oʻshanda oʻѓlim uchun yer yuzi, yorugʻ dunyo zulumotga aylanmaydimi?»

«Iltimos, ming iltimos, boshqa gapirma, yana bir ogʻizgina... bir ogʻiiiizgina... gapirsang, boshim tars-tars yorilib, ming... ming bir boʻlakka aylanadi... Ilti-mos..!»

Qarshisidagi yigit kulimsiragancha Masrur tomon yurdi. Quchogʻini ochgancha yaqinlashaverdi. Masrurni quchoqladi-da, xuddi havoga evrilganday yoʻqoldi-ketdi. Kimsasiz tevarakka alanglarkan, Masrurning yuragi shuvilladi. Endi bitta oʻzi nima qiladi? Yana karnay chalishsa, quloqlarini chirt-chirt uzvolmaydimi? Hey, qanisan? Qaerga ketding? Shunchalik bagʻritoshmisan?
— Uka, hey, uka...

Masrur daf’atan ovozning qaerdan kelayotganligini anglay olmadi.
— Betta nima qip turipsiz?

U yonginasida oʻziga achinganday qarab turgan kishini koʻrib, yashirinishga joy izladi.
— Bu qanday turish, uka, - haliyam nigohidagi achinish yoʻqolmagan kishi qoʻynidan oq qiyiqcha olib, yuz-koʻzini artdi. – Bu qanday turish, deyapman senga. Choy-xonaga yursang-chi! Butun qishloq toʻyxonaga koʻchib kelsa-yu, sen xuddi birovdan qochganday pisib turibsan. Bu toʻyga xizmat qilish nari tursin, bir choʻqimgina oshidan totinsang ham savob boʻladi-ya...
— Mayli, siz boravering... Men... bir kishini kutayotgandim, - Xudodan daraxt bagʻrining kavakka, kavakning gʻorga aylanishini soʻrayotgan Masrur tiliga kelgan kalimadan quvonib ketdi. – Birga kiramiz, degandi, oʻshani kutayotgandim...
— Unda oʻzing bilasan. Bordi-yu, biron sabab bilan ogʻayning kelmay qolsa, savobdan benasib qolma, tagʻin...

«Indamay ketaversangiz, boʻlmasmidi, togʻa! Savob deysiz-a, tagʻin. Gunohimni qanday yuvishni bilmay, doʻzax oʻtida yonyapman-u... Men-ku endi quruq tanamni sud-rab yuraveraman. Oʻgʻlim-chi!.. Oʻgʻ-liiim?.. Bu soʻz tilimga qanday keldi? Xudoyim, nega meni soqovga aylantirmayapsan, nega?»

«Bir marta soqov boʻlib koʻrganding-ku, oʻsha yetarli emasmi, oʻgʻlim?»

Masrur rahmatli otasining ovozini tanidi. Uni sogʻingandi, koʻrgisi kelayotgandi, lekin u hozir otasini qidirmadi, yuragini gʻijimlagancha turaverdi.

«Esingdan chiqqan emasdir? Nimalar deyapman, besh oygina oldingi gapni unu-tarmiding? Oʻgʻlim, koʻzim tirigida bolalaringni toʻyini koʻrib ketay. Kimsan falonchi nevaralariga osh bermay ketdi, deyishsa, goʻrimda qanday tinch yotaman, degandim...»

«Dadajon, men gʻofil ekanman...»

«Gapimni boʻlma. Esingdami, katta oʻgʻlingniyam opkelasan, ikkita ukasiga qoʻshib toʻyini oʻtkazamiz, deganimda, tilingni tishlavolganding.»

«Dada. Hali toʻyga tayyorgarligim yoʻgʻidi. Agar, men sizning... boshimga bu kunlar tushishini bilganimda...»

«Otamni chaksa kepakka sotardim, de!»

«Dadajon!..»
— Endi gapning kelishi-da, oʻgʻlim...Oʻshanda qulogʻingni kar qilib turmaganingda, bu kunlarga qolmasmidik? Men-ku, nevaralarimning qoʻlini halolla-yolmay, armonda ketdim. Aqalli, sen... otam katta oʻgʻlimning toʻyini koʻrishni istagandi, deya mening armonimni vasiyat oʻrnida bilmading. Endi qishloqda falonchining nevarasini, falonchining oʻgʻlini begonalar toʻylab berishipti, deyishsa, qandoq chidaymiz!»

«Dada! Dadajon!»

«Qoʻy endi, ortiq soqov boʻlma, kar boʻlma! Eshitdingmi, oʻgʻlim!»

Otasi armonini soʻzlayotgan daraxtga evrilishni istayotgan Masrur ustma-ust tavba qildi. Anovi... bu... shu hodisaga otasi goʻrida tinch yota olmagan ekan, tirik boʻla turib, u qanday chidaydi? Toʻyni toʻxtatishi zarur! Yoʻqsa, bir umr armon ortidan ergashib, yurak-bagʻrini kemiraveradi. Toʻxta, toʻyni qanday buzadi? Beshta bolani toʻy qilamiz, deb xabarlab ketishmaganmidi? Be-esh-ta bola! Ikkitasining otasiyam, onasiyam yoʻq, gʻirt yetim deyishadi. Bittasining yolgʻiz onasi borakan, qoʻli kaltalik qilib, uzoq vaqtdan beri toʻy qilolmay yurgan ekan, deyishadi. Yana bittasining... Toʻyni buzish insofdan emas. Lekin... toʻybolalar orasida uning oʻgʻliyam bor. Otasiyam, onasiyam tirik bola. U hali katta boʻlgach...
— Toʻxtanglar, birpas dam olaylik...

Masrur shoshgancha daraxtning boshqa tomoniga oʻtdi.
— Yursangizchi, yana bitta-ikkita koʻrganlar toʻydan koʻngil uzolmasdan turishibdi, demasin.
— Qiziqsiz-a, qoʻshni, koʻngil uzmasak, qaytib kiraveramiz-da. Nima, birov quvib chiqararmidi. Koʻrmadingizmi, itniyam, bitniyam qoʻllarini koʻksiga qoʻyib, izzat-ikrom bilan kutvolishyapti.
— Mayli-mayli, ukalar, arzimagan gapga aytishmanglar. Nafsi yomon hayitda oʻladi, deganlariday, oldimga qoʻyganlarini tushiraveribman-tushiraverib-man, qornim shishib ketdi. Birpasgina nafasimni rostlay, keyin jilamiz.
— Mayli-yu, shunaqaykan, oʻshatta choyni maydalab oʻtirsak boʻlardi, usta. Ustiga manovi qoʻshnim shoshirdi, xuddi bir soatgina bormasa, gʻoʻzalari chan-qab, qurib qoladiganday.
— Sizlarni turdik, deya shoshirganim rost. Lekin oʻzing koʻrding-ku, odam degani turnaqator kep turipti. Joy yetishmay qolmasin, dedim-da.
— Bunisi kallamga kelmapti. Naq besh-olti yuz kishiga joy qilishibdimi. Dasturxonni qarang, dasturxonni. Joningizdan boshqa narsa bor-a. Pista-bodom deysizmi, mayiz-yongʻoqmi, olma-uzummi... Hozirgi uncha-muncha odamlar haftasiga ikki marta qozon osayotgan mahal... Uchta toʻyqozonda osh damlaship-timi?
— Shunisini aytaman-da, uka, mana san davlatning bir idorasida savlat toʻkib oʻtirasan, rostingni ayt, yetti yot begonalar tursin, oʻzingni bolalaringga shunday katta toʻy qilarmiding?
— Usta yoʻq joydagi gaplarni topasiz-da. Naq bilagimgacha yogʻ oqib, maza qilib osh yedim, deya kimning toʻyida aytgandingiz?
— Buyogʻi minnatga oʻtdi-ku!
— Kulmang qoʻshni, ustaning tagdor gaplariga ilon poʻst tashlaydi. Hamma koʻrpasiga qarab oyoq uzatadi-da. Nima, men uchta emas, bitta qozonda osh damlatgan boʻlsam, birontasi toʻyimdan toʻymay ketibdimi?!
— Mayli, endi oʻzingiz aytmoqchi, biz oddiy bir suvchimiz, sizlarning dumli gaplaringizga qandoq tishim oʻtsin? Lekin men boshqa narsani oʻylayapman: bir kun kelib, boyvachchalarimiz sunnat toʻyingni men qilib bergandim, deya yigit-chalarning boʻynini egishmasa edi...
— Sizga nuqul shunaqa gaplar boʻlsa, uka, - usta deyotganlari gapini davom et-tira olmay, ustma-ust kekirdi. – Savob ishdan ham qingʻirlik izlaysiz-a. Toʻrt tomonga qishlogʻimizning dongʻi ketishini oʻylasangizchi buning oʻrniga. Ana, kinochilargacha suratga olishyapti... Bir emas, yettita bolani toʻylashyapti. Toʻyning daragini eshitib, bitta xotin ikkita oʻgʻilchasini yetaklab kepti...
— Toʻgʻri-yu...
— E, qoʻying-e! Yana oʻzingiz bilgandan qolmaysiz. Turinglar, ketdik, betta oʻtiraversak, sasib-bijiyveramiz, shekilli.

Uchovlon uzoqlashib, qoralari koʻrinmay qolgach, Masrurning yelkasidagi tegirmontosh pastga surildi-da, haligi suvchi yigitning «boyvachchalarimiz sunnat toʻyingni men qilib bergandim, deya, yigitchalarning boʻynini egishmasa edi», degan soʻzlariga osilib, naq boʻyniga minib oldi. Haligi uchovlon ketgan tomondan toshchalar yogʻilib kelaverdi: » ... yetti yot begonalar nari tursin, oʻzingni bolalaringni shunday katta toʻy qilarmiding?» «... yigitchalarning boʻynini egishmasa edi». «...egishmasa edi», «egishmasa edi...»

Masrur qoʻliga yonarmoy toʻla idishni oldi-da, choyxona atrofiga tutilgan chodirga sepib chiqdi. Gugurt chaqib otgandi, chodir gurillab yondi. Karnay ovozini qiy-chuv bosib ketdi. Toʻyxona olov ichida qoldi.»Dadajon, meni qut-qaring, yonib ketyapman, meni qutqaring!..»

Qizib turgan beti ivib, Masrur choyxona tomon ezgin tikildi. Yoʻq, u bunday qilmaydi, qila olmaydi... hech qachon!... Toshchalar esa hamon boshiga toʻxtovsiz urilardi: »...yigitchalarning boʻynini egishmasa edi...». «egishmasa edi...»

Masrur toʻgʻri toʻyxonaga bostirib bordi. Tavoze bilan koʻksiga qoʻlini qoʻyib turganlarga ham, «keling, mehmon, bu yoqqa oʻting»lab yoʻl boshlayotganlarga ham e’tibor bermay, oʻgʻlini qidirdi. Topdi-yu, bagʻriga mahkam bosgancha koʻchaga otildi:» Oʻgʻlim, seni boshingni egmaydilar, egolmaydilar. Men oʻzim toʻy qilib beraman, bundan katta toʻy qilaman!»
— Amaki, toʻyxonaga kirmaysizmi?

Masrur qarshisida koʻzlarini katta-katta ochgancha tikilib turgan oʻn uch-oʻn toʻrt yoshli bolani koʻrdi.
— Menmi?.. Men kirib chiqdim.

Bola indamay uzoqlashayotganda, Masrur xayoliga kelgan fikrdan yigʻlab yuboray dedi: unga aytib, Umidni chaqirtirsa-chi!
— Ukajon, menga qaragin!

Bola xuddi shu gapni kutayotganday iziga qaytdi.
— Bitta xizmat qilasanmi?
— Qoʻlimdan kelsa, bemalol, - bola kattalardek salmoqlandi.

Toʻyxonaga kirasan-da, Umid degan bolani, anovi toʻybolalardan birini ay-tib kelasan. Koʻchada seni... bitta amaking poylab turibdi, juda zaril gapi

orakan, degin.
— Yigʻlayotganingizni aytmaymi?
— Men yigʻlapmanmi? Qiziq bola ekansan-ku...Aytib kelasanmi?
— Boʻpti.

«Oʻgʻlim, bolajonim! Men sening boshingni birovlarga egdirib qoʻymayman. Oʻzimning boshim... Agar... nima degan odam boʻlaman!..»
— Mana, opkeldim...

Masrur haligi bola yonida turgan, zar tikilgan qora kimxob chopon kiygan, boshida zar salla, oyogʻida yaltiroq etik toʻybolani koʻrdi-yu bagʻriga bosdi. Shoshganicha oldi-ortiga qaramasdan yugurdi. Katta koʻchaga chiqmadi. Bogʻlar oralab, oyoq ostida ezilib ingranayotgan za’faron yaproqlarga quloq tutmay, dalalarda – makkapoya ildizlarining boldiriga sanchilishiga parvo qilmay yuguraverdi. Bola toʻxtovsiz «Qoʻyvoring! Meni qayoqqa olib ketyapsiz? Qoʻy- voring!» derdi. Masrur uning ovozini eshitib qolmasliklari uchun bagʻriga qattiqroq bosardi.

Yugurgan sari yoʻli unmayotgandek tuyulaverdi. Nazarida hozir toʻyxonada-gilar ortidan quvib kelishadi. Haligi bola choyxonaga kirib «Umidni bir kishi opqochdi,» deya vahima qilgan. Bu xabarni eshitib, butun toʻyxona oyoqqa turgan. Tezroq chopishi kerak, yoʻqsa, hozir yetib kelishadi. Quvib yetishgach, oʻgʻlini tortib olishadi. Keyin... koʻrpaga dumalatishadi... Usta avrab-aldab... Yoʻ-oʻq!..

Masrur bolaning chirillashiga quloq solmay qoʻydi. Bir zumgina nafas rost-lamasdan chopaverdi.

Bunday qarasa, kimsasiz, huvillagan bogʻda turibdi. Qishloq chetidagi bu ov-loq joyni tanidi. Bolani yerga qoʻydi. Chap qoʻli bilan boʻynidan quchgancha unga uzoq termuldi. Bola dir-dir titrar, soqoli oʻsgan, koʻzlari jiqqa yosh odamga qoʻrqibgina qarab turardi.
— Umid! Umid, oʻgʻlim, hali men senga shunday toʻy qilib berayki...
— Kerak emas. Hech qanaqa toʻylaring kerakmas. Manovilarni kiymayman, dedim, oyim zoʻrlab kiygazdilar, - bola ustidagi toʻnni, boshidagi sallachani yechib uloqtirdi. – Bergan moshinchalariniyam buzib tashlayman...
— Umid, men senga hammasidan zoʻr toʻn, ka-at-ta moshin oberaman.
— Kerakmas!
— Umid, meni tanimaysan-a?
— Tanimayman. Nega tanishim kerak sizni?

Besh yashar bolaning gaplaridan Masrurning yuragi uvishdi:»Tavba, kattalar-ga oʻxshab soʻzlaydi-ya...»
— Oting Umidmi?
— Ha. Nimaydi?
— Men... men... dadang boʻlaman...
— Dadam?! Mening dadam oʻlib qolganlar...
— Unday dema, oʻgʻlim. Bolam... oying meni... aldagandir seni...

Nega ishonmaysiz? Bir yil boʻldi. Goʻristonga men ham hassa tayanib borgan-man. Dadamning oʻlganini ukam bilmaydi, men bilaman. Nega meni opqochdingiz?
— Ukam dedingmi? Ukang bormi, seni?
— Ha, men yettiga kirdim, u endi ikkiga kirdi. Oti – Oʻtkir. Biz Yodgor deb chaqiramiz. Uniyam toʻy qilishyapti. Nega meni opqochdingiz? – bola yigʻiga tushdi. – Lekin baribir oʻzim qochmoqchiydim.

Masrur boshini changalladi. Ukam deyapti, dadam oʻlgan deyapti. Nahotki, u bosh-qa bola boʻlsa?!
— Oting Umidmi?
— Ha, dedim-ku! Muncha soʻrayverdingiz?
— Onang... onang bormi? – Masrur bolaning biyronligidanmi yoki yuragiga bos-tirib kelayotgan gʻashlikdanmi, dovdiradi.
— Bor. Hali aytdim-ku, anovi kiyimlarimni zoʻrlab kiygazdilar, deb. Mendan boshqa yana bitta Umidni toʻy qilishyapti. Sizning oʻgʻlingiz oʻsha Umiddir...

Masrurning quloqlari ogʻir shangʻilladi. Qarshisida tinmay bidirlayotgan, haligi titrogʻini oʻziga koʻchirgan bolaga tikilgancha qarab qoldi. «Ajab boʻldi, xoʻb boʻldi,» karnay oldida eshilib oʻynayotgan birinchi xotini tinmay Masrurga koʻz suzardi. Atrofida esa bujur tanli daraxtlar kavakka imlar edi...

1994 yil, yanvar.