OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻrxon Kamol
Asar nomiEng muhimi, non!.. (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Oʻrxon Kamol
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonHikoyat Mahmudova
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Eng muhimi, non!.. (hikoya)
Oʻrxon Kamol

Vaqt allamahal boʻlib qolgandi. Shift takkinasidagi birdan-bir lampochka xonani gʻira-shira yoritardi. Oytan haftalik gazetaga berilgan reklamalarga tikilgan koʻyi chorpoyada yotardi. U bosma satrlarga qanchalik tikilmasin, bari bir hech narsani koʻrmas, holbuki, xuddi shu sahifada nomining oʻziyoq qizlarning yuragini orziqtirib yuboradigan ashyolar reklama qilingan edi. Bunda ip va jundan toʻqilgan, odmi satindan tikilgan, rasmli hamda rasmsiz narxi oʻn beshdan yetmish liragacha boʻlgan jimjimador qoʻlqoplar; yetmish beshdan uch yuz liragacha boʻlgan kumush hamda oltin suvi yuritilgan upadonlar; bilaguzugu taroqlar; taqinchogʻu munchoqlar; kechki tufli-yu botinkalar; sumka-yu kechki koʻylaklar; chepchigu, orlonu jun hamda neylondan toʻqilgan sviterlar, koftalar; yuzga ishlatiladigan grimu kiprik uchun tushlar; Idish-tovoq, guldonu qanddonlar, keramika xullas, hamma-hammasidan bor.

Oytan ilovani qoʻlida ushlab tursa ham unda nimalar yozilganini koʻrmasdi. Shunday qilib, boshqa iloji yoʻq: maktabni tashlab ishga kirishi kerak. Hademay pivoxonadan otasi mast-alast keladida, odatdagi diydiyosini boshlaydi: «Jonga tegdilaring, badbaxtlar! Hammasi ostin-ustun boʻlib ketdi! Axir, necha bor senlarga aytdim: ish yoʻq, senlar boʻlsa tushunishniyam istamaysanlar! Meni tiriklay goʻrga tiqmoqchimisanlar? Oʻlib-netib qolsam bormi, darrov ishga yugurgilab qolardilaring. Senga aytyapman, hoy xotin, ishga kir. Qizimizam ishlasin.

Demak, maktab bilan xayrlashishga uning navbati kelganga oʻxshaydi. Uning koʻpgina tengdoshlari birinchi sinfga yigʻilganlarida qanchalik shoʻx-shodon va begʻam-betashvish edilar-a! ish deya maktab bilan xayr-ma’zur qilishga majbur boʻlgandilar.

Hamma orzulari chippakka chiqdi endi unga na maktab, na meditsina instituti, na vrachlik diplomi nasib qiladi. Kelajagi noma’lum hayot boshlanadi. Choʻntakda hemirisiz, ayanchli, yarim och holdagi tirikchilik. Gavjum koʻchalar hamda xiyobonlar boʻylab daydib yurish. Shundoqqina yonginangdan gʻizillab oʻtayotgan avtomashinalar oqimiga qarash. Bularning hammasi sen uchun emasligini bilasan ham. Orzularingning sarobligini, hech vaqoga haqqing yoʻqligini tushunasan. Och qolmaslik uchun dugonalaringga oʻxshab maktabni tashlab, trikotaj fabrikasi yoki boshqa biron joyga ishga kirishga majbursan. Onasi necha marta koʻz yoshi toʻkkancha: «Otangga quloq solma, qizalogʻim, maktabni tashlama, xohish va iqtidoring bor ekan, oʻqiyver. Bugun biz bormiz, ertaga xudo podsho!» deb uning qulogʻiga quyardi.

Qiz jahl bilan reklama varagʻini itqitib yubordi.

Xudoning bergan kuni dadasi onasini qistovga olib qayerga boʻlmasin kirchimi, yo pol yuvadigan boʻlibmi ishga joylashib olishini talab qilardi. Qiz shoʻrlik behisob janjalu gʻidibidilarni eshitaverib necha-necha kechalarni qon yigʻlab oʻtkazgandi. «Hoy xotin, otang prokurorligi vaqtida surgan davru davronlaring tugadi endi, deb gap boshlardi dadasi koʻpincha, — sen aytgan tollar allaqachon kesilib ketgan. Xomtama boʻlma.

Ha, mana shunaqa.» «Hoy, dadasi, hech boʻlmasa qoʻshnilardan nomus qilsangizchi. Shundogʻam bizlarni butun olamga abtar-daftar qilib yubordingiz!» «Abtar-daftarlaringga tupurdim!» «Men esam tupurmayman! Qizimiz katta boʻlyapti, axir, hech boʻlmasa oʻz pushtikamaringizdan boʻlgan qizchangizning kelajagi haqida oʻylasangiz boʻlardi!» «Men toʻgʻrimda kim bosh qotirgandi, xoʻsh? Mening kelajagim haqida kim qaygʻurganiydi? Boʻynimga toʻrva xalta osib koʻchaga haydaganlarida oʻn besh yoshga ham kirmagandim. Menga oson tutasan, shekilli? Yo men odammasmidim? Oʻqishni xohlamaganmidim? Oʻqib, kasb-hunarli boʻlib olgan ogʻaynilarimni koʻrsam, ich-etimni mushuk tirnaydi! Menga birontasining rahmi keldimi yo nochor vaqtimda yordam berdimi?» «Unda uylanib bola-chaqa orttirishning nima hojati bor edi?» «Gʻunajin koʻzini suzmasa, buqa arqonni uzmaydi. Uzingku kitob ichiga oʻldim-kuydim deb, ishqiy maktublar solib bergan. YO yolgʻonmi?» «Bas qiling!» «Nega bas qilarkanman? YO tagʻin qoʻshnilaringdan choʻchiyapsanmi?» «Qizimiz hali uxlagani yoʻq, eshitib qoladi! Nomus qilsangiz-chi!» «Eshitsa eshitaversin! Bu uylanish menga qaysi huzur-halovat uchun kerak edi? Tagʻin, kelib-kelib, manman degan prokurorning qiziga uylanishni menga kim qoʻyuvdi! Menga oddiy xizmatchi qiz ham boʻlaverardi! Bir birimizga yordam berardik, uyalib ham oʻtirmasdik, ta’na-malomatlarga ham oʻrin qolmasdi!» «Haqiqatanam yaxshi boʻlardi. Oʻtgan ishga salovat, endi obidiyda qilishning hojati yoʻq!» «Nimasi kech ekan, haliyam tuzatish mumkin. Qizingning oʻqimishli boʻlishini istasang, pol yuvishgami, kir yuvuvchilikkami, oshpazlikkami yoki xohlagan joyingga borib ishla! Meni unut! Qizing haqida oʻyla!» Xudoning bergan kuni shu ahvol.

Oytan koʻrpaga oʻralib yum-yum yigʻlagancha, bu janjallarni eshitib yotardi. Koʻchada qor yogʻar, boʻron quturar, shamol oynalarni taraqlatardi. Keyin bahor boshlanardi. Uyda esa har kech dahanaki jang davom etardi. Onaning boʻzargan yuzi jiddiy tus olgan, xuddi isitmalayotganday yiltillagan koʻzlari ostida teran qora koʻlagalar paydo boʻlgandi. Bod va yurak xastaligidan zaiflashib qolgan ayol birovlarnikida pol yuvuvchi, kir yuvuvchi, oshpaz yoki tikuvchi boʻlib qanday ishlay olsin?

Eshik taqilladi. Oytan oʻrnidan sakrab turib, eshikni ochishga shoshildi. Ostonada jahldor, xom semiz, qip-qizil yuzlari shishgan otasi turardi. U hatto qiziga qiyo ham boqmay uyga kirib keldi. U oʻzining butun turq-tarovati bilan shu tarzda gapirayotganday boʻlardi: «Nahot, unga, pensionerga, pivoxonada oʻtirish huquqi man etilgan boʻlsa? Uydagilari roʻzgʻorni tebratib turganda bormi!»
— Bundan buyon ishlar pachava, deb necha bor aytdim, deya u odatdagi diydiyosini boshlardi.
— Nafaqa yuq ham boʻlmaydi. Eh, qani endi hamma oila a’zolaringni, oʻgʻil-qizlaringni yigʻib tergab ishga joʻnatsang! Uyga ham darhol qutbaraka kirardi. Ha, eng muhimi, non!

U allaqachon dastlabki sariq rangini yoʻqotgan, yirtiq-yamoq, loybalchiqqa belangan botinkasini yechdida, ogʻir qadam tashlagancha zinadan koʻtarila boshladi.
— Avval taom, soʻngra kalom! Bilim olish, hunar yegallashning oʻzi boʻlmaydi. Bir tovuqqa ham suv, ham don kerak. A, labbay? Ha, avvalo non, undan keyin har xil maktablar. Hamma bilan murosa qiladigan, har qanday gapga ha, barakalla, deb turgan davrlarim oʻtib ketdi. Endi ikki qoʻlimni burnimga tiqib oʻltiravera-man. Yo rabbim! Pichoq borib suyakka taqaldi-ku. Ortiq bu tarzda yashashga qodir emasman. Oʻlganimdan keyin qizim vrach boʻlganidan menga nima foyda? Oʻziga oʻxshash vrach yoki aptekachiga tegadi-ketadi-da?! Uh! Darmonim qolmadi-ya!

U hozirgina qizi yotgan chorpoyaga choʻzildi. Oytan bir paytlar, kichkintoyligida qiladigan odati boʻyicha uning yoniga kelib oʻtirdi. U qoʻlini otasining yelkasiga qoʻydida, muloyimgina suykaldi. Birdan otaning koʻngli yumshab, qizning quyuq qoʻngʻir sochlaridan siladi. Uyga qaytayotib yangi janjal chiqarish uchun butun dunyo-ni, shu jumladan, xotini, oilasi va albatta, xotinining otasi prokurorni ham astar-paxtasini agʻdarish niyatida diliga tugib quygan barcha dagʻal soʻzlariyu haqoratlari ham esdan chiqdi.
— Dadajon, men maktabdan ketmoqchiman.

U xuddi shapaloq yeganday birdan boshini silkitdi.
— Nega endi ketarkansan?
— Ishga kiryapman.
— Qayerga?
— Trikotaj fabrikasiga. U yerda dugonalarim ish-lashadi. Aytishlaricha, avvaliga maosh ozroq boʻlarkan, keyinchalik, ish oʻrganib, tajribam ortgach esa. Bilasizmi, ular bilan birga ishlashimni eshitib, shunaqayam suyunib ketishdiki! Ertaga ertalabdan boradigan boʻldim.

Ikki gapning birida, ona-bola ishlashgandagina uyda farovonlik boʻlishi mumkin, deb ta’kidlaydigan ana shu johil odamning qalbida nimadir titrab ketdi. U oʻkinch, hatto afsuslanish hissini tuydi. Tomogʻiga bir narsa tiqilganday nafasi qisilib, koʻzida yosh aylandi,
— Xotin! Hoy xotinjon!—boʻgʻiq ovozla chaqirdi u. Koʻpikli qoʻlini kir peshbandiga artgancha, baland boʻyli, ozgʻin, rangpar ayol unga yaqinlashdi.
— Gapiring, qulogim sizda.

U: «Bilasanmi, qizimiz ishga kirmoqchiymish?»—demoqchi boʻldi-yu, lekin indamadi, agar hozir ogʻiz ochib bir narsa deydigan boʻlsa, yigʻlab yuborishi aniq edi. Er-xotin bir-birlariga sassiz tikilib qolishdi. Oytan hamon, avvalgidek, otasining yonida oʻtirgancha uning barmoqlarini oʻynardi. U xayrlashishi lozim boʻlgan maktabi haqida, ayniqsa, eng sevimli ximiya darsi haqida oʻylardi. Ximiya, biologiya, matematika. Ertangi kunga ancha dars berilganiydi. Agar hozir oʻtirib dars tayyorlay boshlasa, yarim kechada tugatishi ham amrimahol. Ximiya oʻqituvchisi uning maktabga kelmaganini eshitib rosa ajablansa kerak oʻziyam. Matematika muallimichi?! Oytan maktabga kelmabdi? Yoʻgʻ-e, issigʻi qirq darajaga koʻtarilib turganda ham darslarni qoldirmaydigan oʻsha Oytan-a? Boʻlmagan gap! Kasal boʻlib qolganida ham qancha qistashmasin, u biror martayam maktabdan uyiga ketmasdi! Yopiray, shu qiz maktabga kelmadimi, deb rosayam hayron qolishsa kerak. Uqituvchilar doim u bilan faxrlanishardi! Axir, biologiya oʻqituvchisi uni oʻqishni davom ettirib, albatta, doktor boʻlishga koʻndirmaganmidi. Sevimli muallimi hamda yarim xaroba kulbada umrining oxirgi damlarini kechirayotgan yetmish yoshli qoʻshnisi Hadiya xola unga katta umid bogʻlashgandi. Agar qoʻshnilar holidan xabar olib, oʻtinu koʻmir, kiyim-boshidan tortib ovqatigacha galma-galdan tashib turishmasa bechora kampirning shoʻriga shoʻrva toʻkilardi. Oytan ham tez-tez undan xabar olib turardi. Yugurib kelib: «Hadiya buvijon!»—deb chaqirardi. «Ha, chirogʻim»: «Doktor boʻlganimdan keyin, sizni albatta kasalxonamga olib borib oyogʻingizni tuzataman». «Iloyim aytganing kelsin, qizalogʻim!» «Yap-yangi oppoq kofta, yangi tufli olib beraman». «Usha vaqtga borib meni esingdan chiqarib yuborasan, boʻtalogʻim». «Hecham esimdan chiqarmayman, Hadiya buvi, xudo haqqi rost, gapiryapman!» «Esingdan chiqarsang-chi?» «Agar esimdan chiqarsam koʻr boʻlay buvijon!» «Unday demagin, boʻtalogʻim! Dushmanlarimizning koʻzlari koʻr boʻlsin. U vaqtda esingdan chiqarsang ham, meni hozirgi kunda eslab turganingning oʻzi kifoya».

Tashqarida yana havo aynigan: shamol aralash hoʻl qor yogʻyapti, hammayoqda loygarchilik. Oytan birdan bugun Hadiya buvinikiga bormaganligini eslab qoldi.

Chorpoyadan sakrab turib, oshxonaga chopib kirdida, yasmiq yovgʻonidan tovoqqa solib, bir boʻlak non, ozroq tuz, katta bosh piyoz olvoldi. Endi unga otasi bilan onasining nima haqda gapirayotganlari bari bir edi. U shitob bilan uydan chiqdida, xuddi shamol bilan quvlashmachoq oʻynaganday, oʻqday uchib Hadiya buvining kulbasiga otilib kirdi. Kampirsho nimdoshgina quroq koʻrpaga oyogʻini oʻragancha, ikki bukilib olovda isinib oʻtirardi. Aftidan, qoʻshnilardan kimdir yaqinginada koʻmir olib kelib manqalni yoqib bergan shekilli. Keksa ayolning fikrlari uzoq oʻtmishda aylanib yurardi.

U bundan ellik yil avval Istambuldagi xuddi bugungiday sovuq, boʻronli tunni eslagandi. Zeyrekning chekka mahalla-koʻylaridan biridagi peshtoqi oʻymakor ulkak yogʻoch uyni xotirladi. Oʻshanda u gʻunchadakkina edi, ertalabdan kechgacha tinim bilmay pillapoyadan yuqoridan pastga yugurgani-yugurgan edi, ertalab esa tong yorishar-yorishmas na qor, na sovuqni pisand qilmay buloqdan suv olib kelgani borardi.
— Hadiya buvi, bu yoqqa qarang, men keldim! Oytanning ovozini eshitib, keksa ayol xayol daryosidan shoʻngʻib chiqqanday boʻldi.
— Xush kelibsan, boʻtalogʻim!
— Nima haqda oʻylanib qoldingiz?
— Uzim ham bilmayman, avvalgi hayotim haqida eslayotgandim.
— Yasmiq yovgʻon, non va topingchi, yana nima olib kelganimni.
— Piyozdirda?
— Ha, topdingiz!
— Rahmat, senga, qizalogʻim. Bu dunyo-yu u dunyo Ollo taolo seni yorlaqasin.

Oytan engashib ovqatni kampirga yaqinroq surdi, keyin non bilan piyozni ham qoʻydi. Hadiya buvi qizning qoʻngʻir sochli boshini mehr bilan quchoqlab, yonoqlaridan oʻpdi.
— Oytan, qizalogʻim, qanday qarorga kelganimni bilasanmi? Sen doktor boʻlmaguningcha oʻlmaslikka ahd qildim. Qutaman. Doktor boʻlishingga yana necha yil bor.
— Sakkiz.

Hadiya buvi barmogʻini bukib sanay boshladi, bu vaqtga kelib u yetmish sakkizga kirarkan! Oʻsha kunlarga yeta olarmikan? Tagʻin sakkiz yil yashay olarmikan? Ha, mayli, bu haqda oʻylamaslik kerak. Qizni xafa qilib, umidlarini puchga chiqarishning nima hojati bor.
—Sening kasalxonangni supurib-sidirib tozalayman, bemorlarga qarab turaman, sen boʻlsang, oyogʻimni davolaysan, keyin qand kasalimni, oshqozonimni.

Oytan koʻz yoshlarini zoʻrgʻa tiygancha, odatdagidek:
— Albatta, albatta!—deb javob qildi.

Keyin u kulbadan otilib chiqdida, qor hamda xalqoblarni bosib uyiga chopib ketdi.