OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOʻsarali Nishonov
Asar nomiSiz ham toʻyga boring (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Oʻsarali Nishonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Siz ham toʻyga boring (hajviya)
Oʻsarali Nishonov

Oʻgʻil uylantirish taraddudida yurgan Abdurazzoq aka kechki payt choyxonada ulfatlari bilan «qittak-qittak» dori qilib, uyiga keldi. Kelishini kutib, koʻzi toʻrt boʻlib turgan xotini Sharofatxon:
— Bu ayroni achimagan erkakdan dod degim keladi-da! — deya koyib berdi.
— Tinchlikmi, xonim? — dedi shakarguftorlik bilan Abdurazzoq aka.
— Axir toʻyga hech qancha kun qolmadi, qarindosh, yor-birodarlarni aytganimiz yoʻq. Vaqt oʻtyapti. Siz boʻlsangiz imillaysiz, xolos.
— Ertadan astoydil kirishamiz, vahima qilaverma, baribir, toʻy boʻladi, xotin.
— Yoʻq, hozir «Jiguli»ni yurgizing. Hech boʻlmasa toʻrtta-beshta qarindoshga taklifnoma tashlab kelamiz.

Abdurazzoq aka qarasaki, xotinning fe’li chatoq. Darrov kiyindi. Oyogʻiga «kim ham qarar edi» deb, tufli oʻrniga kalishni ilib, xotinini orqa oʻrindiqqa oʻtqazib yoʻlga chiqishdi.

Katta yoʻldagi birinchi burilishdayoq xuddi birov oldindan aytib qoʻygandek, avtonazorat xodimi tayoqchasi bilan Abdurazzoq akaga toʻxtashni ishora qildi.

Mashina toʻxtadi.

DAN xodimi hurmat bajo keltirib, oʻzini tanishtirdi. Hujjatlarini koʻrib qoʻyish maqsadida toʻxtatganini aytib ulgurmagan ediki, Abdurazzoq aka oʻzidan hadiksirab gap boshladi:
— Okang aylansin, shoshib turibman, toʻqson yoshli kampirimiz olamdan oʻtib qolibdi. Hozir tilpon qilishdi. Shoshib, mana kalishda ketyapman, uka, endi... — deya yana gapni choʻzayotgan edi, orqa oʻrindiqda oʻtirgan xotini sabri chidamay eshikni ochib:
— Aylanay uka, tezroq qoʻyib yuboring, hali toʻyga aytadigan joyimiz koʻp, — deb qoldi.

DAN xodimi darrov hushyor tortdi.
— Toʻymi, yo...

Bu savolni er-xotin chala eshitdi. Xotin endi baland ovozda:
- Siz ham toʻyga boring-a, aylanay — dedi.

DAN xodimi miyigʻida kulib qoʻydi va ruxsat ishorasini qildi.